#Seminar
“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi
_________
An practical seminar was organized within the framework of the "Yashil makon (Green Space)" national project
________
Организован практический семинар в рамках общенационального проекта “Yashil makon” («Зелёный массив»)
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
#Jarayon
#o‘rganish
Aholi muammolari o‘rganildi
✨Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY dagi ko‘p qavatli uylarda yashayotgan aholi sharoitlarini, ularning muammolarini o‘rgandi.
🖇Shuningdek, hudud tozaligi, ko‘p qavatli uylar atrofiga mevali, manzarali ko‘chatlar o‘tqazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
✨Mahalladagi tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi
🔰Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:
➖jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;
➖“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
🗓Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o'rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
✅Xavf darajasi past bo'lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilmaydi.
❌2025-yil 1-yanvardan quyidagilar uchun ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi:
➖fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
➖majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikasiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
➖xodimlar sonini yashirish.
❗️2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyasiya va kassasiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.
⚡️Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.
➡️Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo'lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so'ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.
👉 Manba
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Yashil_makon
Nurafshonda "Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bogʻi" tashkil etildi
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
#Иқтибос #Журнал_саҳифаларида
📌 “ҲАЁТДА ҚУЛАЙ ВА НОҚУЛАЙ РАҲБАРЛАР БОР...”
💠 Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаев ижтимоий тармоқларда жуда фаол: изоҳлар ёзади, кузатувчиларга шахсан жавоб қайтаради. Хусусан, унинг турли издиҳом-у хос давраларда айтган гаплари катта муҳокамаларга сабаб бўлган.
‼️ У зиддиятли, мураккаб мавзуларда дадил фикрлар айтишга ўрганган. Айни бир пайтда, аҳолининг фақат маълум қисмигина маъқуллайдиган хашаки, ёқимли гаплар айтишдан тийилади.
🔰 Қуйида Зойир Мирзаевнинг энг машҳур гапларидан айримларини ҳавола қилаяпмиз. Мақсад – Сизни ҳам фикрлашга ундаш, жамиятда содир бўлаётган воқеликларга фаол муносабат билдиришга чорлаш. Шу.
💎 ИҚТИБОСЛАРНИ КИРИЛЛ АЛИФБОСИДА ЎҚИШ
💎 IQTIBOSLARNI LOTIN ALIFBOSIDA O'QISH
Yoshlar kundaligi
Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda
Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan Respublikamiz hududida o'tkazilayotgan "YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" doirasida Ohangaron shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalarida yong'inlar bilan bog'liq baxtsiz hodisalar, is gazidan zaharlanish kabi holatlar to'g'risida keng qamrovli profilaktik targ'ibot va tushuntirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
#Jarayon
Respublikamiz hududida o‘tkazib kelinayotgan "Yong
‘in xavfsizligi oyligi" doirasida Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan ishlab chiqarish korxonlarida yong'in xavfsizligi qoidalari, yong'in sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi hamda birlamchi yong'in o'chirish vositalaridan foydalanish tartibi haqida ishchi-xizmatchi xodimlariga yo'riqnoma va tushuntirish ishlari o'tkazildi.
Shuningdek, is gazidan zaharlanish holatlari va oqibatlari bo'yicha ma'lumotlar yetkazilib, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha targ'ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi
#qaror_ijrosi
#xotin_qizlar
Bugun yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Savdo sanoat palatasi tomonidan yil davomida yuzdan ortiq ayollar tadbirkorlikka o‘qitilib, imtiyozli kreditlar olishga ko‘maklashildi.
Bugun shahar hokimligida o‘quv kurslarini yakjnlagan ayollarga sertifikatlar topshirildi.
/channel/ohangaronshahar
Respublikamiz hududida o`tkazib kelinayotgan "Yong`in xavfsizligi oyligi" doirasida Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi binosida Ohangaron shahar M va MTTga qarashli 4-sonli bog`cha tarbiyalanuvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" o`tkazildi.
Читать полностью…Ayni damda Ohangaron shahrida sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.
Читать полностью…#Tabrik
⚡️ Yoshlarni qo'llab - quvvatlash, ularni vatan ravnaqiga hissa qo'shadigan yoshlar etib tarbiyalashdagi alohida ezgu ishlari va fidokorona mehnati uchun bir qator yetakchilar ota-onalari taqdirlanishdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tashakkurnomalari Ohangaron shahar hokimi Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich tomonidan eng faol yetakchilar "Umid" MFY yetakchisi Abduvaitova Maftuna, "Baxt" MFY yetakchisi Xamraqulova Fazilat, "Navbahor" MFY yetakchisi Erkaboyeva Dilafruz hamda "Guliston" MFY yetakchisi Abdugaffarov Ahmadjon ota-onalariga topshirildi.
Yoshlar yetakchilariga ulkan zafarlar tilaymiz.
"Rahbar va yoshlar"
Ohangaron shahar hokimligi hamda shahar Obodonlashtirish Boshqarmasi mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-sonli qarori asosida oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini “Xonobod”MFYda olib borilayotgan holati va keyingi bosqichda amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar xususida ko‘rsatmalar berildi.
Читать полностью…#bayroq_day
#bayroq_chellenge
#Yoshlar_ishlari_agentligi
🇺🇿18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.
🇺🇿Sana munosabati bilan Yoshlar yetakchilari tomonidan chellenge tashkil etildi.
#Tabriklaymiz
Bugun Ohangaron shahar 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti direktori Nurchayeva Maftunaxon Jamol qizining tavallud ayyomi!
Maftunaxon Nurchayeva, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yosh avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqqiyatlar tilaymiz!
Shahrimiz rivoji, ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!
#Kuzgi_yumushlar
Kafolat boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli 26-28-ko‘p qavatli uylarning old qismlariga atirgul qalamchalari, manzarali gul ko‘chatlari o‘tqazildi.
Siz ham xonadoningiz atrofiga manzarali, mevali ko‘chatlar o‘tqazing! Bu orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrashga erishasiz!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Eslatma
Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda
Respublikamiz hududida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong'inlar va is gazidan zaharlanish, insonlarning o'limi bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, shuningdek "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlari, tungi vaqtda odamlar qoladigan maskanlarda tungi profilaktik nazorat, tushuntirish va ogohlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Tabriklaymiz
✨Bugun Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Usmanova Kamola Zayirqulovnaning tavallud ayyomi!
🌸Mehribon farzandlarning sevimli onasi, samimiy rahbar, Ohangaron shahar ayollarining yo‘lboshchisini bugungi ayyom bilan samimiy qutlaymiz!
✨Kamola Zoyirqulovna, yangi yoshingiz qutlug‘ bo‘lsin! Farzandlaringiz baxt-u kamolini ko‘rib yuring!
🥳Shahrimiz rivoji, ilm-fani, ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!
➡️Telegram ➡️Instagram
➡️Youtube ➡️Web sayt
#Яшил_макон
“Яшил” белбоғ лойиҳаси –
Халқ сайли, меҳнат байрамига айланди.
Жорий 2024 йил 23 ноябр куни Президентмиз Шавкат Мирзиёев бошчилигида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасига старт берилди.
Оҳангарон тумани Ойбулоқ МФЙ худудида қўшни туман-шаҳарлардан келган фаоллар, хусусан, нуронийлар, маҳалла раислари бошчилигидаги еттилик вакиллари иштирок этиб 3000дан ошиқ кўчат экдилар.
“Яшил” белбоғ барпо этиш лойиҳаси илк куни ҳақиқий халқ сайлига, меҳнат байрамига айланиб кетди, –дейди, “Нуроний” жамғармаси вилоятимиз раҳбари Абдусамад Носиров.
Бир томонда, фаоллар ўзаро эски қадронлари, биродорлари билан суҳбатлари, гурунглари, иккинчи томондан, қозон-қозон дамланган Ош ва безатилган дастурхон ҳақиқий байрамга айланди.
Айниқса, Қуёш шундайин чарақлаб чиқдики, кўм-кўк дала бўйларида 3000 га яқин фаолларнинг ҳаракати халқ сайлига айланди.
Энг асосийси яхшидан боғ қолади деганларидек, темир йўл ёқасида янги боғ барпо этилди.
Шавкат Камилов,
“Нуроний” жамғармаси Оҳангарон шаҳар бўлими раиси
#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi
Hurmatli fuqarolar❗️
⚡️ Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda.
⭕️Imkon qadar yong‘in to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot oling. Ogohlik bu xavfli hodisaning oldini olishga imkon beradi.
💢 Shu munosabat bilan, Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi shaxrimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.
Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#salomatlik_uchun
Sanitariya epidemiologiya bo‘limi xodimlari KTMPda tasdiqlangan kalendar rejasi asosida emlash ishlarining tashkillashtirilganligi, ko‘p marotobali asboblarning sterilizatsiya sifati, bir marotobali asboblar bilan ta’minlanganligi, fuqarolardan olinayotgan namunalarning tekshirilishi hamda aholiga xavfsiz tibbiy muolajalarning olib borilishi yuzasidan rejali tekshirishlar olib bormoqda.
OBOD SHAHRIM-MENING FAXRIM
Ohangaron shahar "O'ZBEKISTON BOLALAR TASHKILOTI" SARDORLARI tashabbusi
Ohangaron shahar sardorlari yoshlar yetakchilari bilan birgalikda "Obod shahrim- mening faxrim" shiori ostida maktab atrofida va mahalla hududida hashar uyushtirishdi.
Barcha yoshlarimizni shahrimizni toza hududga aylantirishda va ularning mehnatini qadrlashda faol bo'lishga chorlaymiz...
✊✊Biz vatan ravnaqiga, shahrimiz obodligiga o'z hissamizni qo'shamiz. Sizchi?
Sizlar ham mehnatkash insonlar mehnatini qadrlayszmi?!😎
Ohangaronda sayyor qabul: sektor rahbarlari bilan yuzma-yuz
✨Aholi murojaatlarini o‘rganish yuzasidan Ohangaron shahrida haftaning har juma kuni sayyor qabullar tashkil etish an’ana tusiga aylangan...
⚡️Bugun Ohangaron shahar hokimligida Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
🖇Qabul davomida aholi vakillari tomonidan 50 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi.
✨Sayyor qabulda fuqarolarning subsidiya, kommunal soha, ishga joylashtirish, moddiy yordam ajratish, kadastr-yer masalalari ko‘rib chiqilib, ijro uchun mas’ul tashkilotlarga biriktirildi.
/channel/ohangaronshahar
#Sayyor_qabul
Aholi murojaatlari sektorlar kesimida ko‘rib chiqilmoqda. Aholining uy-joy, bandlik, kadastr, sog‘liqni saqlash masalalaridagi muammolari atroflicha o‘rganilmoqda.
Diqqat_e’lon
Sektor rahbarlari sayyor qabul o‘tkazadi
Ertaga soat 9:00 da Ohangaron shahar hokimligi majlislar zalida 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi!
Hurmatli shahrimiz aholisi, sayyor qabulda ishtirok etib, o‘z murojaatlaringiz bilan sektor rahbarlariga murojaat qilishingiz mumkin!
Hurmatli fuqarolar!
Chet elga ketishdan avval quyidagi tavsiyalarlaga albatta rioya qiling.
❗️Shaxsiy xavfsizligingiz uchun avvalo oʻzingiz javobgarsiz!
Markaziy bankning Toshkent viloyati boshqarmasi sayyor qabul o‘tkazadi.
20-noyabr kuni soat 11:00 da Toshkent viloyati, Ohangaron shahrining “Guliston” mahallasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabul o‘tkaziladi.
Bank sohasiga oid murojaatlaringiz bo‘lsa sayyor qabulda ishtirok eting!
#Ohangaron_shahar
#Millat_bayrog'i
✅ Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi hamda shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda maktabning
Tasviriy san'at va amaliy san'at yo'nalishlarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlar o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganlining 33 yilligi munosabati bilan "Hilpirayver Vatan bayrog'i" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.
❇️ Tanlovda faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar bo'linma tomonidan 1-2-3-darajali diplomlar va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.
Bizga qo'shiling 👇
/channel/RMMMOhangaronsh
#Ohangaron_shahar
#Millat_bayrog'i
✅ Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Mahsus harbiy maktabi hamda shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda "O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi" munosabati bilan "Millat_bayrog'i" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
❇️ Tadbirda maktabning o'quvchi-yoshlari va Harbiy maktabning yosh-kursantlari
davlatimiz bayrog'ini ulug'lovchi she'rlar, kuy-qo'shiqlar va vatanparvarlik chiqishlari bilan tashrif buyurgan mehmonlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladilar.
Bizga qo'shiling 👇
/channel/RMMMOhangaronsh
#Shukuh
MILLAT BAYROG'IGA EHTIROM KO'RSATILDI
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun Toshkent viloyatida keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan bugun hudud markazi Nurafshon shahrida oʻrnatilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi ostida viloyat faollari, senatorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hudud aholisi va yoshlar jam boʻlishdi. Barcha xalqimizning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoliga samimiy hurmat bajo keltirdi. Faxriy qorovul saf tortdi.
Mudofaa boʻlimi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq boʻlinmalar, avtoulovlarda harbiy xizmatchilar ishtirokidagi tantanali parad boʻlib oʻtdi.
“Millat bayrogʻi” shiori ostida boshlangan tadbirda dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tadbirni ochib berdi. Oʻzbekiston xalq shoiri Maxmud Toir ham soʻzga chiqib, barchani bugungi shodiyona bilan tabrikladi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati xonandalari tomonidan ona yurtni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari yangradi.
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter