#Минбар
Теледебатлар сайлов кўзгусига айланмоқда
🔖Мамлакатимиз тарихи ва тақдирига дахлдор бўлган жорий сайловлар ва унда ўтказилаётган теледебатлар нафақат сиёсий партиялар рақобати, балки миллий манфаатимиз ва келгуси тараққиётимиз йўлидаги якдил фикрлар, муносиб саволларга асосли жавоблари бўлган сиёсий майдонга айланиб бормоқда.
✍️Тарих фанлари доктори, мустақил эксперт Худойберди Ҳақназаров дебатлар ҳақидаги ўз фикр-мулоҳазалари билан ўртоқлашди.
✅Батафсил ўқиш
@olimlar_minbari
#ibrat_vaqti
Ikki yigit suhbatlashdi.
— Qayerda ishlaysan?
— Falon joyda.
— Oyliging qancha?
— 700 ming.
— Atigi 700 mingmi? Oz-ku? Shunchani qanday yetkazasan?
Bu gapni eshitib ishini yomon ko‘rdi. Maoshini ko‘tarishlarini so‘rab, shikoyat qildi. Boshlig‘i bosh tortdi. Ishdan bo‘shatdi. Ishi, oz bo‘lsa ham puli bor edi. Endi tamoman ishsiz qoldi.
Bir ayol boshqasidan so‘radi.
— Yaqinda farzandli bo‘ldingiz. Tuqqaningizda eringiz nima sovg‘a qildi?
— Hech nima.
— Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, o‘zingiz ayting? Siz ne azoblar bilan unga farzand tug‘ib bersangiz-u, u arzimagan bo‘lsa ham, sovg‘a bermasa? Nima, sizni qadringiz yo‘qmi?
Bu gaplar uning yuragini qizdirdi. Eri ishdan qaytganida g‘azab bilan kutib oldi. Urishishdi. Janjallashishdi. Axiri sovg‘a o‘rniga ajralishga erishdi.
Ota xotirjam yashardi. Undan so‘rashdi:
— Nima o‘g‘lingiz sizni ko‘rishga tez-tez kelib turmaydi?
— Ishi qiyin. Bo‘sh vaqti kam.
— Siz uchun ham vaqti yo‘qligiga ishonasizmi?
Ota farzandidan oldin rozi edi. Endi undan gina qilishni boshladi. Qalbidagi musaffolik ketdi. Loyqalandi.
Bunaqa savollar hammamizga beriladi. Har kuni. Har doim. Ham eshitamiz. Ham aytamiz. Biz uni eshitayotgan odamga qanday ta’sir qilishi xayolimizga ham kelmaydi. Oddiy so‘z bilan bir insonning hayotini ag‘daramiz.
Xulosa o‘zingizdan...
@ohangaronshahar
#Пресс_тур
💠 Оҳангарон шаҳрида 4 та сектор раҳбарлари томонидан, шаҳардаги эҳтиёжманд, ижтимоий ҳимояга муҳтож 400 та оилага озиқ-овқат маҳсулотлари тарқатилади.
✅ Йил бошида ижтимоий соҳа объектларига 37 та қуёш панели ўрнатилиши режалаштирилган бўлиб, бугунги кунга режадан орттириб яъни 114 фоизга ошириб, 42 та қуёш панели ўрнатилган.
📎 Хусусан, "Нўғайқўрғон" МФЙда жойлашган 14-ДМТТ тўлиқ қуёш панелларига ўтказилган. Пресс тур иштирокчилари мазкур муассаса фаолиятини ўрганди.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Fan olimpiadalari g'oliblariga to'lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg'alar daromad solig'idan ozod etiladi
#Subsidiya
Bugun Ohangaron shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan hokim yordamchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shahrimizdagi Iloq, Ohunboboyev, Namuna, Do'stlik, Qo'rg'on mahallalaridagi ishsiz va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashinalari subsidiya hisobida topshirildi.
@ohangaronshahar
#Press_tur
Ohangaron shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlangan press tur davomida jurnalist va blogerlar shahardagi xonadonlarda, ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lishdi.
Shahardagi Birlik mahalla fuqarolar yig‘inida aholini o‘ylantirayotgan, Temiryo‘l kesishmasi yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi yakuniga yetdi. Ko‘prik qurilishi aholi orasida kelib chiqayotgan ko‘plab muammolarga yechim berdi. Jurnalistlarning navbatdagi manzili temiryo‘l yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik bo‘ldi.
Shaharda faoliyat olib borayotgan “Artel” zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur zavod ijtimoiy himoyaga muhtoj, band bo‘lmagan aholini eng ko‘p ishga joylashtirgan zavodlardan biri hisoblanadi.
@ohangaronshahar
Bugun Ohangaron shahar hokimligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida shahar Kasb-hunar maktabida 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Sening tashabbusing-sening kelajaging!" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
✔️Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari K.Usmanova, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Sodiqova, shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, katta inspektor N.Karimxo‘jayeva, IIB XPB boshlig‘i, kapitan B.Baxtiyorov, shahar "Oqila ayollar harakati" rahbari D.Sodiqova va mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
⚡️Unda qizlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va "ommaviy madaniyat" kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish to‘g‘risida suhbat olib borildi. O‘quvchi qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.
✨Tadbir yakunida qizlarning bir qator takliflar tashkilotchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirilishi belgilandi.
✅ Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik J.A.Tilyabayev "Orzu" Yangilik MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar bilan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
🟢 Qabul davomida aholiga ijtimoiy yordam, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo'lga qo'yish masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
🟢 Shuningdek, aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o'rganilib hal qilish chora tadbirlari belgilab berildi. Muddat talab qiladigan boshqa turdagi murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
🌐 @ohangaronshahar
#Vakansiya #Vacancy #Вакансии
Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 22 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari taqdim etilmoqda
👉 Batafsil
The Department for Reducing Poverty and Employment of the Region is offering over 22,000 job vacancies
👉 In detail
Со стороны Главного областного Управления Сокращения бедности и содействия занятости предлагается более 22 тысяч вакансий (рабочих мест)
👉 Подробно
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
"Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari.
✨✨YOSHLAR DAFTARI BU SIZNING TANLOVINGIZ!
✨Ohangaron shahar "BO'STON" mahallasida istiqomat qiluvchi Boymirzayeva Shahzoda ingliz tiliga qiziqishi borligi yuzasidan yoshlar yetakchisiga qilgan murojaati tufayli bugun bu yoshimizning murojaati ijobiy hal etildi.
👏Shahzodaga O'zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining 312-qaroriga asosan “Yoshlar daftari” mablag'lari hisobidan oʻquv kurslari uchun 6 oylik oʻquv kursining toʻlovlari to'lab berilib ko'mak ko'rsatildi.
❇️Mahalla yoshlar yetakchisi yordami bilan bu yoshimiz bugungi kunda ingliz tilini oʻrganib kelmoqda.
📌Ushbu berilgan imkoniyatdan oqilona fоydalanib, ko'zlagan maqsadini amalga oshirishga ishonch bildiramiz.
@ohangaronshahar
#Nuroniy_jamg‘armasi
Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi amalda
🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va respublika nuroniylarining O‘zbekiston xalqiga MUROJAATI yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✓ Yig‘ilish shahar Nuroniy jamg‘armasi jamoatchilik kengashi va Xalq ta’limi kasaba uyushmasi a’zolari hamkorligida tashkillashtirildi.
✓ Yig‘ilish qatnashchilari Prezidentimizning kambag‘allikni qisqartirishni UMUMMILLIY HARAKATga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.
✓ Bu olijanob tashabbusni qo‘llab so‘zga chiqqan, 90 yoshga qarab borayotgan nuroniylarimizdan Mukarramhoji ona Abdujalilova, Abduvohid Nishonov va Yo‘ldosh Ergashevlar o‘z chiqishlarida o‘tgan davrlardagi qiyinchilik va mashaqqatlardan faqat mehnat va ilm orqali farovonlikka yetganliklarini hayotiy voqeliklaridan kelib chiqib so‘zlab berdilar.
@ohangaronshahar
#qaror_va_ijro
✨PQ-5152-son qaror doirasida Sardorbek Sarvarbek Kelajak qurilish BSK xizmat ko‘rsatuvchi "Vatan" MFY 3-kichik hudud 21-uy tomida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
@ohangaronshahar
#Минбар
“Сайлов – 2024”: сиёсий уйғунлик ва партиялараро рақобат юзасидан айрим мулоҳазалар
"Гармония – зиддиятлар уйғунлиги"
Гераклит.
🔖Милоддан аввалги 544 йилда қадимги юнон файласуфи Гераклит илмий меросидан келтирилган ушбу иқтибос замонавий ўзбек электорати нигоҳидаги партиялараро рақобатнинг ўзига хос ҳамоҳанглигини, назаримизда, аниқ ифодалайди. Бир қарашда, бундай турлича ва фарқли ёндошувлар жамиятда маълум антогонизм ёхуд зиддиятларни келтириб чиқариши мумкиндек.
⚡️Аммо айнан шу тафовутлар аслида сиёсий тизимни амалда такомиллаштиришнинг муҳим омили бўлади. Партиялар ўртасидаги ўзаро мусобақа ва сиёсий кураш жамият манфаатларини кенгроқ ҳисобга оладиган муқобил давлат сиёсатини яратишга замин бўлади.
✅Бўлиб ўтган дастлабки икки теледебатлар давомида партиялар етакчи ва маърузачилари ўз сайловолди платформаларига киритилган асосий таклифларини тақдим этдилар, баъзилари бир-бирини тўлдирса, айримлари эса бир-бирига тамоман зид бўлди. Қизгин мунозаралар сайловчиларни қизиқтирган долзарб муаммоларни акс эттирса-да, оммавий муҳокамалар иштирокчилари такомилга молик бир нечта муҳим жиҳатларни ҳисобга олишларини тақозо этади.
📎Умуман олганда, теледебатлар юзасидан туғилган холис мушоҳадаларимиз хулосалари шундан далолат берадики, мамлакат ижтимоий-сиёсий кўланкасида аниқлик, танқидийлик ва очиқликнинг қарор топиб бориши сайловчилар ишончини ошириш ва Ўзбекистонда сиёсий баҳс-мунозаралар сифатини яхшилаш йўлида ташланган муҳим қадам бўлмоқда.
◀️Батафсил
✍ Бобур Алихонов,
Ўзбекистон Журналистика ва оммавий коммуникациялар университети фахрий профессори, медиа эксперт
@olimlar_minbari
#Kun_hikmati
▫️Bu fotosuratda haddan ziyod shaxsiy erkinlikning yomon tomoni va suiiste’mol qilinishiga juda yaxshi namunadir.
Suratda bir bo‘lak pirog olgan odam ӯzining ulushini oldi.
Ha, to‘g‘ri, balki u o‘ziga tegishlisini olgandir, ortig‘ini olmagandir, lekin o‘z ulushini olish chog‘ida boshqalarning o‘z ulushini olishini qiyinlashtirdi.
Bu hatto adolatsizlikka ham yӯl ochmoqda.
Agar biz o‘z erkinligimizdan foydalangan holda boshqalarga zarar etkazayotgan bo‘lsak va adolatsizlikka sabab bo‘lsak, bu shaxsiy erkinlikni suiiste’mol qilishdir.
“Adolat arifmetik emas, geometrikdir”. Platon.
Manba: twitter
@ohangaronshahar
Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari
Ohangaron shahar "Birlik" MFY da yashovchi Sahobiddinova Durdonaga Yoshlar daftari jamg'armasidan "Tikuv mashinasi" va "Overlog" subsidiya tariqasida berildi. Bugungi kunda Sahobiddinova Durdona o'zini o'zi band qilgan holda kasanachilik faoliyati bilan shug'ullanmoqda.
@ohangaronshahar
"Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari.
✨YOSHLAR DAFTARI BU SIZNING TANLOVINGIZ!
✨Ohangaron shahar "Shodlik" mahallasidan ishsizligi tufayli yoshlar yetakchisiga qilgan murojaati tufayli bugun Ergashaliyev Tursunalining bugun bandligi ta'minlanib o'zini-o'zi band qilish uchun kerakli bo'lgan ish qurollari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 312-sonli qaroriga asosan, “Yoshlar daftari” mablag'lari hisobidan olib berildi.
❇️Mahalla yoshlar yetakchisi yordami bilan ishsiz yoshimizning bandligi ta'minlandi.
📌 Tursunalining subsidiya asosida olgan ish qurollaridan samarali foydalanishiga ishonamiz!
#Эксперт_минбари
ПАРТИЯЛАРНИНГ ИККИНЧИ ДЕБАТЛАРИ БУТУН ЖАМОАТЧИЛИК ЭЪТИБОРИНИ ЎЗИГА ТОРТДИ
🌟Маълумки, жорий йил 4 октябрь куни Дебат Холлда мамлакатимизда фаолият кўрсатадиган сиёсий партияларнинг сайлов тарғиботи бўйича иккинчи дебатлари бўлиб ўтди.
🔰Партияларнинг давлат бошқаруви ва суд-ҳуқуқ тизимини такомиллаштириш борасидаги беллашуви, партия раҳбарлари ва сайловчилар ўртасидаги баҳслар юзасидан сиёсий фанлар номзоди, доцент Феруза Ўсарова ўзининг қуйидаги фикр-мулоҳазаларини баён этди.
✅Батафсил
@olimlar_minbari
✨Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi va shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati bilan hamkorlikda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi.
⚡️Mehnat yarmarkasida 11 ta korxona-tashkilot 185 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Bu ish o‘rinlarining 115 nafari mutaxassislik talab etmaydigan bosh ish orinlari boldi.
🖇Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida Ohangaron shaharda istiqomat qiluvchi 45 nafar band bo’lmagan ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.
⚡️Yarmarkada ishtirok etgan band bo’lmagan ishsiz fuqarolarning 26 nafari ishga joylashtirish uchun korxona va tashkilotlarga yuborildi.
Shuningdek, Ohangaron shahar IIB probasiya guruhida roʻyhatda turuvchi 3 nafar nafar fuqarolar ham ishga joylashtirildi.
#Videolavha
✨Media tur o‘z nihoyasiga yetdi! Jarayonda ishtirok etgan jurnalist va blogerlarga, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Sizlar bilan muntazam hamkorlik qilishga tayyormiz!
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati
@ohangaronshahar
Ohangaron shahrida jurnalist va blogerlar ishtirokida press tur tashkil etildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, turmush tarzi farovonligingi yaxshilash maqsadida Ohangaron shahrida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Bugun shahardagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan, shahardagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Yil boshida ijtimoiy soha ob’yektlariga 37 ta quyosh paneli o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga rejadan orttirib ya’ni 114 foizga oshirib, 42 ta quyosh paneli o‘rnatilgan.
Bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan “Yashil energiya” resurslaridan oqilona foydalanish, ijtimoiy soha ob’yektlariga quyosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan. Xususan, shahardagi 14-DMTT to‘liq quyosh panellariga o‘tkazilgan. Press tur ishtirokchilari mazkur muassasa faoliyatini o‘rganishdi.
#Ibrat_vaqti
93 yoshda ham baxtli yashash sirlari ochildi.
Otaxonning Hajda birga bo‘lgan do‘stlari bilan gapi bor ekan.
Barchamizga mana shunday saodatli umr kechirish baxti nasib qilsin!
/channel/ohangaronshahar
#O‘rganish
✨Majburiy ijro byurosi Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i R.Umirzakov “Namuna” MFY hududidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan suhbatlar olib bordi.
⚡️Jarayonda yoshlar bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
🌐 @ohangaronshahar
#Profilaktika_kuni
Profilaktika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori T.Karimov Namuna MFYda sodir etilgan JK 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokamasini o‘tkazib, yig‘ilganlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
⚡️⚡️⚡️
ДЕБАТЛАР ЭКСПЕРТЛАР НИГОҲИДА
📹 Анваржон Миркомилов,
“Тараққиёт стратегияси” марказининг бўлим бошлиғи.
@olimlar_minbari
13-oktabr Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosida umumiy oʻrta taʼlimi maktabi oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi
Читать полностью…#bunyodkorlik
Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish boshqaruv servis kompaniyasi hamda Toshkent suv ta’minoti MCHJ Ohangaron shahar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda Oxunboboyev MFY 5-daha 9-uy kanalizatsiya quvurlari almashtirildi.
@ohangaronshahar
#Bunyodkorlik
#jarayon
✨“Open budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan ta’lim muassasalarda qurilish, ta’mirlash, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.
⚡️Shahrimizdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda.
✨Muassasani foydalanishga topshirish uchun jadal ishlar amalga oshirilib, ayni damda pardozlash ishlari yakuniy jarayoniga yetmoqda.
🖇Ta’mirlash jarayonlari uchun qariyb 1360,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha Yagona buyurtmachi xizmati DUK tomonidan tashkil etilgan.
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.
Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar
#Taʻlim
☑️ Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
📌 Ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
👉 Manba
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Минбар
Сайловлар ҳамма муаммоларга ечим бўлиши керакми?
Ўзбекистонда ўтказилаётган сайловолди ташвиқотлари ва унга аҳоли муносабатлари юзасидан эксперт мулоҳазалари
✅ Батафсил
✍️Худойберди Ҳақназаров,
тарих фанлари доктори, мустақил эксперт
@olimlar_minbari