ohangaronshahar | Неотсортированное

Telegram-канал ohangaronshahar - Оhangaron shahar hokimligi

3667

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot

Подписаться на канал

Оhangaron shahar hokimligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Fan olimpiadalari g'oliblariga to'lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg'alar daromad solig'idan ozod etiladi

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

➖nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag'batlantirish tartibi joriy etiladi;

➖asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar, ularning o'qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to'lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg'alar daromad solig'idan ozod etiladi.

🗓 2025-yil 1-dekabrgacha:

🔸xalqaro va mahalliy fan olimpiadalari natijalarining doimiy statistikasini yuritish, onlayn fan olimpiadalarini tashkil qilish va o'tkazish hamda olimpiadalar ishtirokchilarining ma'lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma yaratiladi;

🔸O'zbekistonda o'tkaziladigan buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari to'g'risidagi ma'lumotlar joylashtiriladigan, mahalliy va xorijiy o'quvchilarning ushbu olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishlarini ta'minlaydigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Subsidiya

Bugun Ohangaron shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan hokim yordamchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan shahrimizdagi Iloq, Ohunboboyev, Namuna, Do'stlik, Qo'rg'on mahallalaridagi ishsiz va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tikuv mashinalari subsidiya hisobida topshirildi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Press_tur

Ohangaron shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlangan press tur davomida jurnalist va blogerlar shahardagi xonadonlarda, ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lishdi.

Shahardagi Birlik mahalla fuqarolar yig‘inida aholini o‘ylantirayotgan, Temiryo‘l kesishmasi yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi yakuniga yetdi. Ko‘prik qurilishi aholi orasida kelib chiqayotgan ko‘plab muammolarga yechim berdi. Jurnalistlarning navbatdagi manzili temiryo‘l yuqorisidan o‘tuvchi ko‘prik bo‘ldi.

Shaharda faoliyat olib borayotgan “Artel” zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur zavod ijtimoiy himoyaga muhtoj, band bo‘lmagan aholini eng ko‘p ishga joylashtirgan zavodlardan biri hisoblanadi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahrida press tur o‘tkazilmoqda!

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Bugun Ohangaron shahar hokimligi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida shahar Kasb-hunar maktabida 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Sening tashabbusing-sening kelajaging!" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

✔️Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari K.Usmanova, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Sodiqova, shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, katta inspektor N.Karimxo‘jayeva, IIB XPB boshlig‘i, kapitan B.Baxtiyorov, shahar "Oqila ayollar harakati" rahbari D.Sodiqova va mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

⚡️Unda qizlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va "ommaviy madaniyat" kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish to‘g‘risida suhbat olib borildi. O‘quvchi qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.


Tadbir yakunida qizlarning bir qator takliflar tashkilotchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirilishi belgilandi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

✅ Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik J.A.Tilyabayev "Orzu" Yangilik MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar bilan navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.

🟢 Qabul davomida aholiga ijtimoiy yordam, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni yo'lga qo'yish masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

🟢 Shuningdek, aholi va shahar IIB probatsiya hisobida turuvchilar tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o'rganilib hal qilish chora tadbirlari  belgilab berildi. Muddat talab qiladigan boshqa turdagi murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

🌐 @ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Vakansiya #Vacancy #Вакансии

Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan 22 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari taqdim etilmoqda

👉
Batafsil

The Department for Reducing Poverty and Employment of the Region is offering over 22,000 job vacancies

👉
In detail

Со стороны Главного областного Управления Сокращения бедности и содействия занятости предлагается более 22 тысяч вакансий (рабочих мест)

👉
Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

"Yoshlar daftari” — imkoniyatlar daftari.

✨✨YOSHLAR DAFTARI BU SIZNING TANLOVINGIZ!

✨Ohangaron shahar "BO'STON" mahallasida istiqomat qiluvchi Boymirzayeva Shahzoda ingliz tiliga qiziqishi borligi yuzasidan yoshlar yetakchisiga qilgan murojaati tufayli bugun bu yoshimizning murojaati ijobiy hal etildi.

👏Shahzodaga O'zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining 312-qaroriga asosan “Yoshlar daftari” mablag'lari hisobidan oʻquv kurslari uchun 6 oylik oʻquv kursining toʻlovlari to'lab berilib ko'mak ko'rsatildi.

❇️Mahalla yoshlar yetakchisi yordami bilan bu yoshimiz bugungi kunda ingliz tilini oʻrganib kelmoqda.

📌Ushbu berilgan imkoniyatdan oqilona fоydalanib, ko'zlagan maqsadini amalga oshirishga ishonch bildiramiz.‌‌

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Nuroniy_jamg‘armasi

Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi amalda

🇺🇿 O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va respublika nuroniylarining O‘zbekiston xalqiga MUROJAATI yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

✓ Yig‘ilish shahar Nuroniy jamg‘armasi jamoatchilik kengashi va Xalq ta’limi kasaba uyushmasi a’zolari hamkorligida tashkillashtirildi.

✓ Yig‘ilish qatnashchilari Prezidentimizning kambag‘allikni qisqartirishni UMUMMILLIY HARAKATga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.

✓ Bu olijanob tashabbusni qo‘llab so‘zga chiqqan, 90 yoshga qarab borayotgan nuroniylarimizdan  Mukarramhoji ona Abdujalilova, Abduvohid Nishonov va Yo‘ldosh Ergashevlar o‘z chiqishlarida  o‘tgan davrlardagi qiyinchilik va mashaqqatlardan faqat mehnat va ilm orqali farovonlikka yetganliklarini hayotiy voqeliklaridan kelib chiqib so‘zlab berdilar.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#qaror_va_ijro

PQ-5152-son qaror doirasida Sardorbek Sarvarbek Kelajak qurilish BSK xizmat ko‘rsatuvchi "Vatan" MFY 3-kichik hudud 21-uy tomida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Минбар

“Сайлов – 2024”: сиёсий уйғунлик ва партиялараро рақобат юзасидан айрим мулоҳазалар

"Гармония – зиддиятлар уйғунлиги"
Гераклит.


🔖Милоддан аввалги 544 йилда қадимги юнон файласуфи Гераклит илмий меросидан келтирилган ушбу иқтибос замонавий ўзбек электорати нигоҳидаги партиялараро рақобатнинг ўзига хос ҳамоҳанглигини, назаримизда, аниқ ифодалайди. Бир қарашда, бундай турлича ва фарқли ёндошувлар жамиятда маълум антогонизм ёхуд зиддиятларни келтириб чиқариши мумкиндек.

⚡️Аммо айнан шу тафовутлар аслида сиёсий тизимни амалда такомиллаштиришнинг муҳим омили бўлади. Партиялар ўртасидаги ўзаро мусобақа ва сиёсий кураш жамият манфаатларини кенгроқ ҳисобга оладиган муқобил давлат сиёсатини яратишга замин бўлади.

✅Бўлиб ўтган дастлабки икки теледебатлар давомида партиялар етакчи ва маърузачилари ўз сайловолди платформаларига киритилган асосий таклифларини тақдим этдилар, баъзилари бир-бирини тўлдирса, айримлари эса бир-бирига тамоман зид бўлди. Қизгин мунозаралар сайловчиларни қизиқтирган долзарб муаммоларни акс эттирса-да, оммавий муҳокамалар иштирокчилари такомилга молик бир нечта муҳим жиҳатларни ҳисобга олишларини тақозо этади.

📎Умуман олганда, теледебатлар юзасидан туғилган холис мушоҳадаларимиз хулосалари шундан далолат берадики, мамлакат ижтимоий-сиёсий кўланкасида аниқлик, танқидийлик ва очиқликнинг қарор топиб бориши сайловчилар ишончини ошириш ва Ўзбекистонда сиёсий баҳс-мунозаралар сифатини яхшилаш йўлида ташланган муҳим қадам бўлмоқда.

◀️Батафсил

Бобур Алихонов,
Ўзбекистон Журналистика ва оммавий коммуникациялар университети фахрий профессори, медиа эксперт


@olimlar_minbari

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Kun_hikmati

▫️Bu fotosuratda haddan ziyod shaxsiy erkinlikning yomon tomoni va suiiste’mol qilinishiga juda yaxshi namunadir.

Suratda  bir bo‘lak pirog olgan odam ӯzining ulushini oldi.
Ha, to‘g‘ri, balki u o‘ziga tegishlisini olgandir, ortig‘ini olmagandir, lekin o‘z ulushini olish chog‘ida boshqalarning o‘z ulushini olishini qiyinlashtirdi.
Bu hatto adolatsizlikka ham yӯl ochmoqda.

Agar biz o‘z erkinligimizdan foydalangan holda boshqalarga zarar etkazayotgan bo‘lsak va adolatsizlikka sabab bo‘lsak, bu shaxsiy erkinlikni suiiste’mol qilishdir.
“Adolat arifmetik emas, geometrikdir”.  Platon.

Manba: twitter

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3200 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 557 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 247 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 489 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 232 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 301 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 23 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 160 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 111 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 47 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 104 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 59 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 26 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Bizning_yoshlar

✨Bunyodkor MFY da yashovchi Asilbek Abdujalolov hozirgi kunda Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabining 7-sinfida o‘qiydi.

⚡️Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi boks bo‘yicha xalqaro turnirda 55 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#targ‘ibot

Qizlar tarbiyasi-millat tarbiyasi!

Shaharda Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan qizlar o‘rtasida odob-axloq qoidalarini shakllantirish, milliy qadriyatlar, an'analarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

2-IDUMda Yangiobod, Xonobod va Vatan mahallalari xotin-qizlar faollari va shahar Tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda bugungi kunda qizlar tarbiyasida uchrayotgan salbiy xolatlar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchi qizlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar muhokama qilindi.


@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

✨Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi va shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati bilan hamkorlikda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi binosida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi.

⚡️Mehnat yarmarkasida 11 ta korxona-tashkilot 185 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Bu ish o‘rinlarining 115 nafari mutaxassislik talab etmaydigan bosh ish orinlari boldi.

🖇Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida Ohangaron shaharda istiqomat qiluvchi 45 nafar band bo’lmagan ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.

⚡️Yarmarkada ishtirok etgan band bo’lmagan ishsiz fuqarolarning 26 nafari ishga joylashtirish uchun korxona va tashkilotlarga yuborildi.

Shuningdek, Ohangaron shahar IIB probasiya guruhida roʻyhatda turuvchi 3 nafar nafar fuqarolar ham ishga joylashtirildi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Videolavha

Media tur o‘z nihoyasiga yetdi! Jarayonda ishtirok etgan jurnalist va blogerlarga, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Sizlar bilan muntazam hamkorlik qilishga tayyormiz!

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Ohangaron shahrida jurnalist va blogerlar ishtirokida press tur tashkil etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, turmush tarzi farovonligingi yaxshilash maqsadida Ohangaron shahrida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugun shahardagi 4 ta sektor rahbarlari tomonidan, shahardagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj 400 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Yil boshida ijtimoiy soha ob’yektlariga 37 ta quyosh paneli o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga rejadan orttirib ya’ni 114 foizga oshirib, 42 ta quyosh paneli o‘rnatilgan.

Bugungi kunda dolzarblik kasb etayotgan “Yashil energiya” resurslaridan oqilona foydalanish, ijtimoiy soha ob’yektlariga quyosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan. Xususan, shahardagi 14-DMTT  to‘liq quyosh panellariga o‘tkazilgan. Press tur ishtirokchilari mazkur muassasa faoliyatini o‘rganishdi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Ibrat_vaqti

93 yoshda ham baxtli yashash sirlari ochildi.

Otaxonning Hajda birga bo‘lgan do‘stlari bilan gapi bor ekan.

Barchamizga mana shunday saodatli umr kechirish baxti nasib qilsin!

/channel/ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#O‘rganish

Majburiy ijro byurosi Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i R.Umirzakov “Namuna” MFY hududidan o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan suhbatlar olib bordi.

⚡️Jarayonda yoshlar bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.

🌐
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Profilaktika_kuni

Profilaktika kuni munosabati bilan Ohangaron shahar prokurori T.Karimov Namuna MFYda sodir etilgan JK 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokamasini o‘tkazib, yig‘ilganlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni  oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

⚡️⚡️⚡️

ДЕБАТЛАР ЭКСПЕРТЛАР НИГОҲИДА

📹 Анваржон Миркомилов,
 “Тараққиёт стратегияси” марказининг бўлим бошлиғи.


@olimlar_minbari

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

13-oktabr Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosida umumiy oʻrta taʼlimi maktabi oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#bunyodkorlik

Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish boshqaruv servis kompaniyasi hamda Toshkent suv ta’minoti MCHJ Ohangaron shahar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda Oxunboboyev MFY 5-daha 9-uy kanalizatsiya quvurlari almashtirildi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Bunyodkorlik
#jarayon

“Open budjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan ta’lim muassasalarda qurilish, ta’mirlash, bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

⚡️Shahrimizdagi 300 o‘ringa mo‘ljallangan 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham ta’mirlash jarayonlari olib borilmoqda.

✨Muassasani foydalanishga topshirish uchun jadal ishlar amalga oshirilib, ayni damda pardozlash ishlari yakuniy jarayoniga yetmoqda.

🖇Ta’mirlash jarayonlari uchun qariyb 1360,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Loyiha Yagona buyurtmachi xizmati DUK tomonidan tashkil etilgan.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish:
👇👇👇👇
@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Taʻlim

☑️ Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

📌 Ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Минбар

Сайловлар ҳамма муаммоларга ечим бўлиши керакми?

Ўзбекистонда ўтказилаётган сайловолди ташвиқотлари ва унга аҳоли муносабатлари юзасидан эксперт мулоҳазалари

✅ Батафсил


✍️Худойберди Ҳақназаров,
тарих фанлари доктори, мустақил эксперт


@olimlar_minbari

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Donorlik_kuni

❣️Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasida 10-oktabr kuni soat 10-00 dan 14-00 gacha "Beg'araz donorlik kuni" o'tkaziladi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

❗️Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:
1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste’mol qilmasligi;
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste’mol qilmasligi;
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
5. Sariq kasalga chalinmaganligi va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.

🩸Qon — bu hayot, sizning qoningiz ko‘plab insonning hayotini asrab qolishi mumkin.

@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

MTTda nima gaplar?!

Ta’limning, tarbiyaning ilk o‘chog‘i hisoblanmish maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish muhim jarayondir.

Shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Karimov, Makatabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Xamrayev hamrohligida shahrimizdagi 6-maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini o‘rgandi.

Mutasaddilar tomonidan MTT oshxonasi holati, bolalar ratsionlari o‘rganildi.


@ohangaronshahar

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda shahar hokimligi ma’sul xodimlari A-373 avtomagistral yo‘lining Ohangaron shahri hududidan o‘tgan qismida, ya’ni, 133,7 km.da hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tegishli bo‘lgan Ohangaron shahri “Birlik” mahallasida joylashgan “Ohangaron” bekatidagi temir yo‘l liniyasida yer usti piyodalar o‘tish yo‘laklarining qurish ishlari jarayonini jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

@ohangaronshahar

Читать полностью…
Подписаться на канал