⚡️ Bugun Ohangaron shahar sport maktabi, sportchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
✨ Bunday tadbirlarning mazmun-mohiyati shundan iboratki, taʼlim muassasalarida korrupsiyani oldini olish, ijtimoiy-ma'naviy holatni yaxshilash, yoshlarni sport bilan shugʻullanishga yetaklashdan iborat.
@ohangaronshahar
⚡️ Ohangaron shahar prokuraturasi va departamenti tomonidan shahar DSIda soliq rejasi bajarilishi ijrosi, yangi soliq manbaalarini aniqlash va boqimanda qarzdorlikni undirish bo‘yicha tanqidiy muhokama o‘tkazildi va kunlik reja bajarilishi bo‘yicha soliq inspektorlariga tushuntirish berildi hamda budjet tushumlari rejasini bajarmagan xodimlarning qonuniy javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi haqida qat'iy ogohlantirish berildi.
@ohangaronshahar
✨ Ohangaron shahar hokimligi, shahar IIB, shahar YPX, RMMM shahar bo‘linmasi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, shahar Adliya bo‘limi hamda shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Farzandlarimiz kelajagimiz" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
⚡️Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarning ota-onalariga bugungi kunda yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yot g‘oyalar tasiridan asrab-avaylash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, san'at, sport va fan to‘garaklariga muntazam jalb etish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, farzandlarining odob-ahloqi va tarbiyalashda ota-onalarni o‘rni va ma'suliyati, asosiy burchi va vazifalari, farzandlarini doimiy o‘z nazoratidan chetda qoldirmasliklari, o‘zlari shaxsiy namuna bo‘lishlari yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
@ohangaronshahar
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi
Sherali Yoʻldoshev — Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Maxamadjon Nishanov — Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Adxam Ziyavitdinov — Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Shuxrat Xoshimov — Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Furqat Mahmudxodjayev — Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi;
Dolli Allayev — Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Sogʻindiq Turmanov — Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi;
Odilbek Artiqov — Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Murodjon Umarov — Buxoro viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Sherpoʻlat Boyqulov — Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Oybek Karimov — Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Gʻofir Aliyev — Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Ilhomjon Ikromov — Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi;
Baxtiyor Soatov — Jizzzax viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
@ohangaronshahar
🏐 Bugun 2011 va 2012-yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida "Voleybol" sport turidan "Viloyat kubogi" bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada Ohangaron shahar sport maktabi terma jamoasi ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni egallashdi. Kelgusida yoshlarimizdan bundanda yuqori natijalar kutib qolamiz.
✨ Ushbu musobaqalarga yoshlarimizni ishtirok etishi uchun hamkorlikda ish olib borayotgan Ohangaron shahar IIBga Sport maktabi xodimlari minnatdorchiligini bildiradi.
@ohangaronshahar
⚡️ Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun Ohangaron shahar sport maktabi mahallalarda yoshlarni sportga jalb qilish va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida sport tadbirlarini muntazam o'tkazib kelmoqda, shu bilan bir qatorda sport to'garaklari ham yoshlar bilan gavjum ko'rinishga kelgan.
@ohangaronshahar
⚡️ Ohangaron shahar prokuraturasi va departamenti tomonidan shahar DSIda soliq rejasi bajarilishi ijrosi, yangi soliq manbaalarini aniqlash va boqimanda qarzdorlikni undirish bo‘yicha tanqidiy muhokama o‘tkazildi va budjet tushumlarini ta'minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
@ohangaronshahar
🇺🇿 Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda kelajak avlodni Vatanga xizmat qilishga bo’lgan muhabbatini oshirish maqsadida Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligi bo’limi boshlig’i A.Uralov tashabbusi bilan qisqacha video tayyorlandi, zero Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir.
@ohangaronshahar
#Hokim_qarori
Viloyatda toʻsiqsiz turizm infratuzilmasi rivojlantiriladi
Endilikda turistik industriya obyektlari, madaniyat tashkilotlari va madaniy meros obyektlari, shu jumladan muzey, teatr va joylashtirish vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning bemalol harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
2024-yildan boshlab nogironligi boʻlganlar fuqarolarning madaniy meros obyektlarida toʻsiqsiz harakatlanishi uchun ularga pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlari oʻrnatiladi, Brayl alifbosi joylashtiriladi.
Shuningdek, ayrim mehmonxonalarning kamida 3 ta xonasi nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanadi hamda ularning eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlarida qulay sharoitlar yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
✅ Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi fuqarolarning pensiyaga oid murojaatlari uchun yangi 12-71 qisqa raqamini ishga tushirdi.
Mazkur qisqa raqamga qoʻngʻiroq qilish orqali fuqarolar oʻzlarining pensiyaga oid savollariga mutaxassislardan javob olishlari yoki murojaatlarini qoldirishlari mumkin.
🔘 Maʼlumot uchun: kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va boshqa nafaqalarga oid masalalar boʻyicha fuqarolarning murojaatlari uchun 11-40 qisqa raqami Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkazilib, faoliyati davom ettirilmoqda.
📞 12-71 🌐 pfru.uz
@ohangaronshahar
#Qurilish_sohasi_kuni
Ohangaron shahar hokimining topshirigʻiga binoan har haftaning juma kuni “Qurilish kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan bugun shahar hokimi Akrom Eshonqulov shaharda qurilish sohasi hamda kommunal tashkilotlardagi muammo va takliflar bilan tanishdi.
@ohangaronshahar
👍 «IBRAT Academy» yoshlarning sevimli ilovasiga aylanmoqda
🇺🇿 Ohangaron shahar hududidagi mahallalarda yoshlarning ta'lim olish jarayonlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida «IBRAT Academy» ilovasini ko‘chabay va maktablarda yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarga keng targ'ibot qilish ishlari allaqachon avj pallasiga chiqqan va yoshlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.
👨👨👧👦 Aynan mahalla yoshlariga mobil ilovani o'rnatish posterini tarqatilishi orqali chet tillarini o'qitishda, ma'naviy kamol toptirishda ko'prik vazifasini bajarishiga amin bo'ldik.
📱 Ibrat farzandlari loyihasi siz aziz yoshlar uchun mutlaqo BEPUL tarzda CHET tillarini oʻrgatadi.
✅ Hoziroq ushbu ilovani yuklab oling va chet tillarini oʻrganing.
@ohangaronshahar
#Нуроний_жамғармаси
√ Бугун, 16-январ куни “Нуронийлар маскани”да Ўзбекистон Республикаси Президентининг 11.03.2023 йил 92-сонли қарори ижросини таъминлаш мақсадида “Бир нуроний ўн ёшга масъул” тамойили ва “Нуроний ҳар бир оилага масъул” лойиҳаси асосида уюшмаган ва муаммоли ёшлар, шунингдек, муаммоли оилалар билан Оҳангарон шаҳар ҳокими А.Эшонқулов томонидан тасдиқланган 1-чорак Учрашув режа жадвалига асосан Адолат, Ёшлик, Бахт, Нўғойқўрғон, Бунёдкор МФЙ ёшлапри билан давра сухбати ўтказилди.
√ Давра сухбатида ушубу маҳаллалар “Кексалар маслаҳати” гурухи раҳбарлари, маҳалла раислари, ёшлар етакчилари ва бир гуруҳ фаол ёшлар иштирок этдилар.
√ Нуронийлар ҳаёт йўли ёшларга ибрат ва намуна сифатида кўрсатилиб, ёшларни “Икки тил ва бир касб” тамойилига асосан илмга, билим олишга ва етук касб эгалашлиглари учун тавсиялар берилди.
@ohangaronshahar
#Mahallada_duv_duv_gap
#Xalq_va_armiya_bir_tanu_bir_jondir
✅ Bugun Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, Mudofaa ishlari bo‘limi, "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, shahar Maxsus harbiy maktabi bilan hamkorlikda "Namuna", "Bo‘ston" MFY yoshlariga I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida "XALQ VA ARMIYA-BIR TANU, BIRJONDIR" ezgu g‘oyasi asosida "Armiya, vatanparvarlik va jasorat maktabi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
❇️Tadbirda faol nuroniylar Sh.Aliyev, H.Raximov, M.Qurbonqulov, tuman Harbiy qism ofitserlari A.Anvarbekov, A.Safaraliyev hamda Mudofaa ishlari bo‘limi bo‘shlig‘i o‘rinbosari I.Pardayeva yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordilar. Tadbir davomida talabalar tomonidan badiiy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
✍ RMMM Ohangaron shahar bo'linmasi
@ohangaronshahar
Toshkent viloyat xokimining yoshlar ishlari bo‘yicha xokim o‘rinbosari O.S.Sultonbekov tashabbusi va Ohangaron shahar hokimligi Yoshlar ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Z.A.Karimov ishtirokida Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limidagi bemorlarni doimiy nazorati va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida 2 dona 22 104 488 so‘mlik krovat oldi monitori (Gerator UP7000) olib kelib o‘rnatildi. Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi ma’muriyati o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
@ohangaronshahar
#Premyera
#Ijtimoiy_rolik
⚡️Xalq xizmatchisi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi “Xalq xizmatchisi” nomli ijtimoiy rolikni taqdim etadi.
Rolikda ogʻir ijtimoiy muhitdan ilmi va mehnati bilan chiqib, davlat xizmatiga ishga kirgan, odamlarning duosini olayotgan xalq xizmatchisi ichki kechinmalari, ogʻriqlari, armonlari va maqsadlari aks etgan.
Bugun davlat xizmatida qahramonimizga oʻxshagan kadrlar juda koʻp. Har biringizni qadrlaymiz.Toki bugun davlat xizmatchisi boʻlish qanchalik sharafli yoʻl ekanligini anglagan ekansiz, Oʻzbekiston taraqqiyot yoʻlidan dadil boradi.
◽️Yoshlarimizga, davlat xizmatchilarimiz va keng jamoatchilikka tomosha qilish tavsiya etiladi.
@ohangaronshahar
❗️ DIQQAT
Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi boshlanadi
⚡️ 2024-yil Ohangaron shahri “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun jami 10 mlrd 278 mln 800 ming soʻm mablagʻ ajratilmoqda.
✅ Shundan jami 5 mlrd 139 mln 400 ming soʻm 1-mavsum uchun, qolgani 2-mavsum uchun ajratilishi belgilangan. Xabaringiz bor, ushbu loyiha bir yilda 2 marotaba oʻtkaziladi. 2024-yil 1-mavsumi 1-fevraldan start oladi.
📝 Bunga koʻra,
💬1-fevraldan – 20-fevralga qadar – loyiha kiritish bosqichi;
💬21-fevraldan – 11-martga qadar – loyihalarni saralash bosqichi;
💬12-martdan – 1-aprelga qadar – ovoz berish bosqichlari oʻtkaziladi.
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati
@ohangaronshahar
🟦🟦🟩🟩
Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni
🔘Piskent tumani. "Birlik" mahallasidan kelib tushgan murojaat tuman Suv taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan bartaraf etildi.
🔘Bekobod tumani. "Mallaboy" mahallasining ko’chalarida shag’allashtirish ishlari olib borildi.
🔘Bo'ka tumani. Tuman hokimi "Bunyodkor" mahallasining "Mevazor" ko'chasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
🔘O'rta Chirchiq tumani. Mahallalarda ichki ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi qurilish va kommunal sohadagi muammolarni oʻrganib, takliflar bilan tanishdi.
🔘Angren shahri. “Yangi Hayot” mahallasi “Oʻzbekiston mustaqilligi” koʻchasida ichki yoʻllar shagʻallashtirildi.
🔘Chinoz tumani. Tumanda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.
🔘Yangiyo'l shahri. Shaharda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘lagi va bolalar maydonchalari ta'mirlanmoqda.
🔘Nurafshon shahri. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutasaddilari ishtirokida 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Suvni birgalikda asraylik!" shiori ostidagi davra suhbati oʻtkazildi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
✨RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi hamda shahar "Barkamol avlod" bolalar markazi bilan hamkorlikda shahar "Ma'naviyat va ma'rifat maskani"da "Yangi O‘zbekiston kitobxonlar yurti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📚 Davra suhbatida bo‘linma rahbari U.Cho‘lponova "Barkamol avlod" bolalar maktabini 2-IDUMda faoliyat ko‘rsatayotgan "Yosh qalamkashlar" tarmoq to‘garagi a’zolariga kitob o‘qish madaniyati, kitob mutolasining inson hayotidagi o‘rni hamda maskanda tashkil etilgan kutubxonadan o‘rin egallagan "Ma'rifatparvar jadidchi bobolarimiz", o‘zbek adabiyotining namoyondalari, yozuvchi va shoirlarning asarlari haqida targ‘ibot ishlarini olib bordi.
📖 Davra suhbatida to‘garak rahbari M.Aliyeva, ijodkor o‘quvchilar R.Gʻulomjonova, H.Abduraxmonovlar so‘zga chiqib, o‘zlarini fikr va mulohazalarini bildirdilar.
@ohangaronshahar
✅ Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, Adliya bo‘limi, "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi bilan hamkorlikda "Xonobod", "Yangiobod" MFY aholisi va yoshlariga "2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" nomiga bag‘ishlangan "Yoshlar ertamiz egalari" mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
@ohangaronshahar
✅ Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, Adliya bo‘limi, "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi bilan hamkorlikda "Ohunboboyev" MFY aholisi va yoshlariga "2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" nomiga bag‘ishlangan targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
@ohangaronshahar
✅ Ohangaron shahar hokimligi, RMMM shahar bo'linmasi, shahar Adliya bo‘limi, shahar "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi, Din ishlari bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda "No‘g‘oyqo‘rg‘on" va "Bunyodkor" MFY o‘quvchi yoshlariga 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "2024-yil Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" nomiga bag‘ishlangan "Yangi O‘zbekistonni ma'rifatli yoshlar bilan birga quramiz!" mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
❇️ Tadbirda RMMM shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, shahar Adliya bo‘limi YXKM boshlig'i B.O‘smanov, shahar Din ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi D.Soipovlar yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida targ'ibot ishlarini olib bordilar.
@ohangaronshahar
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berildi
Adliya vazirligi axborot xizmati 2024-yilning 20-yanvaridan 20-martiga qadar huquqiy aksiya o‘tkazilishini ma’lum qildi.
@ohangaronshahar
⚡️Bugun Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabr kuni qabul qilingan PF-209 sonli farmoni ijrosini taminlash maqsadida mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo'g'in sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida yig'ilish bo'lib o'tdi.
✨Yig'ilish davomida mahallalardagi xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari muhokama qilindi va shahrimizdagi xotin-qizlar faollarining 2024-yilgi rejalari bilan tanishildi.
@ohangaronshahar
Hurmatli fuqarolar❗️
🚒🚒🚒Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi ogohlantiradi❗️❗️❗️
🔹isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering;
🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang❌
🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.
⚡️Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.
👇👇👇👇👇
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | Youtube | Instagram
#Gazeta_92_yoshda
#TAVALLUD
“Ohangaron hayoti -Жизнъ Ахангарана” gazetasining ilk soni chop etilganiga 92 yil toʻldi.
Shu munosabat bilan tahririyat jamoasi Ohangaron gazetasida koʻp yillar va samarali mehnat qilgan, ayni damda nafaqa gashtini surayotgan nuroniy ijodkorlarni yoʻqladi.
Faxriy jurnalistlar Nurali Abdurasulov, Ozod Xushnazarzoda, mohir fotograf Joʻra Namozboyevga tahririyat tomonidan esdalik sovgʻasi hamda “Ohangaron hayoti - Жизнъ Ахангарана” gazetasining bir yillik bepul obuna cheki topshirildi.
Bu yil ham tahririyat faxriylarining xonadonlariga haftada bir marta qadrdon gazetamizning yangi sonlari yetib boradi.
@ohangaronshahar
✅ Qish faslini betalafot oʻtkazish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish maqsadida shahar IIB, 3-sektor rahbari F.X.Ismoilov shahar 3-sektor hududidagi ijtimoiy obyektlar va taʼlim muassasalarida boʻlib, qozonxonalarning sozligini nazorat qilmoqda.
✍ Xususan, shahar 3-sektor rahbari qozonxonalarning isitish sifatini oʻrganib, kelib chiqayotgan muammolarni tizimli va tezkor bartaraf etish choralarini koʻrmoqda.
✍ Kuzatilayotgan muammolar yuzasidan tegishli soha vakillariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olinmoqda.
@ohangaronshahar
#Ijtimoiy_e’lon
#aholini_uy_joy_bilan_ta’minlash
Diqqat, shoshiling AKSIYA!
Ohangaronda bunaqasi hali bo‘lmagan. Boshlang‘ich to‘lovingiz 12,5 mln so‘m evaziga Siz bilan uy-joy qurilishiga ulushdor shartnomasi tuziladi. Qolgan so‘m 36 oyga taqsimlanadi.
Oylik to‘lovingiz 5 mln.so‘mdan boshlanadigan uylarimiz ham mavjud. Kelgusi 2025-yilda kvartirangiz bitkazilib, korobka holatiga kadastr hujjati olinadi. Xohlasangiz uyingizni o‘zingizga qoldirasiz, xohlasangiz qimmatroqqa sotasiz va biz
bilan to‘lovlaringizni yakunlaysiz!
Aksiya bugundan boshlab birinchi 30 kvartira uchun amalda!
Murojaat uchun:
+998995814444
@ohangaronshahar