ohangaronshahar | Неотсортированное

Telegram-канал ohangaronshahar - Оhangaron shahar hokimligi

3667

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Мurojaat va takliflar uchun: https://t.me/hokimlikbot

Подписаться на канал

Оhangaron shahar hokimligi

#jarayon

Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda...

🔥Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr  kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkazilmoqda.

Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar, yong'inlar, is gazidan zaharlanish holatlari, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida aholi yashash xonadonlari, ko'p qavatli uylarida tushuntirish, targ'ibot-tashviqot ishlari va tekshiruvlar amalga oshirilib kelinmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Сўровнома_2024

СЎРОВНОМА НАТИЖАСИ БИЛАН ТАНИШИНГ!

🤔Энг фаол ҳокимлар ўртасида ўтказилган сўровнома ўз якунига етди. Топ – 3 натижа эса қуйидагича:

🥇 ўрин: Алишер Райимов – 1 523 та овоз (Ангрен шаҳри);
🥈ўрин: Қобил Хамдамов – 1 257 та овоз (Олмалиқ шаҳри);
🥉ўрин: Музаффар Ражаббоев  - 1 108 та овоз (Оҳангарон шаҳри).

✈️ @qurama_market

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#obodlik

Ohangaron shahrida obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va chiqindilarni olib chiqish masalalari bo'yicha aholi o'rtasida murojaat va e'tirozlar ko'payib borayotganligi, bunga tegishli mas'ul tashkilotlar tomonidan befarqlik va loqaydlikga yo'l qo'yilayotganligini inobatga olib, 3-sektor IIB boshlig'i o'rinbosarlari va shahar hokimi o'rinbosari, tegishli tashkilotlar ishtirokida tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda mahalla va hududlarni obodonlashtirish ishlarini olib borish, chiqindilarni olib chiqib ketish uchun xizmatlarni bajaradigan mas’ul tashkilotlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

2024-yil 4-yanvardagi 5-sonli farmonining 8-ilovasida belgilangan vazifalarni bajarishda hamda mahalla yettiligi jamoatchilikni ham jalb qilishda faol bo'lishi bo'yicha aniq maqsadli ishlar belgilab olindi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Yashil_makon
#Mavsum

Tezkor xizmati-11, Kelajak kompaniyasi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan shahrimizdagi mahallalarga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#onatilimfaxrim

✨“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘aldir. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”

Pereval emas - DOVON!
Kuxnya emas - OSHXONA!
Spalnya emas - YOTOQXONA!
Dvor emas - HOVLI!
Lesnitsa emas - ZINA!
Dom emas - UY!
Koridor emas - YO‘LAK!
Trotuar emas - YO‘LKA!
Perekryostka emas - TO‘RTKO‘CHA, CHORRAHA!
Povorot emas - BURILISH!
Razvorot emas - QAYRILISH!...

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#kun_mulohazasi

Odamning baxti yoki hayotdan qoniqishi uning boyligiga qanchalik bog‘liq?

Baxt uchun ma’lum darajada boylik bo‘lishi kerak, albatta. Lekin pul - bu yagona omil emas! Yana bir omil borki, ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi - bu kutilma.

Har bir insonning hayotdan o‘z kutilmalari bo‘ladi. Masalan, ikki kambag‘al odam - daromadi bir xil, turmush sharoiti bir xil. Ammo kutilmalari turlicha. Biri ko‘proq xohlaydi, boshqasi kamroq. Kutilmasi ko‘p odamning o‘z turmushidan noroziligi ham ko‘proq bo‘ladi.

Kutilmaning ko‘p yo kamligi inson o‘zini kimlarga solishtirishi bilan belgilanadi. Odatda kutilmasi ko‘proq kambag‘al o‘z turmushini nisbatan boyroq odamnikiga qiyoslaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar kambag‘allarning boylar hayotidan xabardorlik darajasini oshirdi. Ilgari ular mahallasidagi biror boyga o‘zini qiyoslardi, hozir “Instagram”da hayotini ko‘z-ko‘z qiluvchi istalgan boyga qiyoslashi mumkin. Oqibatda kutilmalar avvalgiga nisbatan ortgan.

Odamning o‘rtacha turmush darajasi o‘sishi kutilmaning o‘sishidan ortda qolsa, u o‘zini baxtsiz his qilaveradi, garchi hayoti yaxshilanib borayotgan bo‘lsa ham. Qachonlardir internet tezligi 20 Mb bo‘lganda ham, "Jiguli" mashinasi boʻlganda ham odamlar xursand bo‘lar edi, hozir bu kam.

Boyroq davlatlarda odamlar o‘zini baxtsizroq his qilishi sababini kutilma bilan ham o‘lchash mumkin.

Kutilmalarning yuqorilashi jamiyatning umuman rivojlanishi uchun yaxshi, odamlar ko‘proq talab qiladi, kattarog‘iga intiladi va o‘sish bo‘ladi. Ammo bu alohida shaxslarning ruhan zo‘riqishi hisobiga ro‘y beradi.

O‘zingizni baxtsiz his qilsangiz, o‘ylab ko‘ring: hayotingiz rostdan ham yomonlashdimi yoki kutilmalaringiz o‘sdimi?

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Cўровнoма

"ҚУРАМА МАРКЕТ" СЎРОВНОМАСИ

🇺🇿Ҳудудингиздаги энг яхши ҳокимни аниқланг!

💬 @qurama_market

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Jarayon

Ohangaron shahar hokimligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.

✨Yig‘ilishda “Yashil makon” dasturiga muvofiq shaharda olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Mavsum tugagunga qadar, shahar hududiga mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini
o‘tqazish lozimligi belgilab berildi.

🖇Shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat zahirasini yaratish, korxona-tashkilotlar xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini zahira qilib qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.

⚡️Kambag‘allikdan farovonlik sari dasturi doirasida kambag‘allikni qisqartirish masalalarida mutasaddilarning axboroti tinglandi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Kuzgi_yumushlar

Kafolat boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli 26-28-ko‘p qavatli uylarning old qismlariga atirgul qalamchalari, manzarali gul ko‘chatlari o‘tqazildi.

Siz ham xonadoningiz atrofiga manzarali, mevali ko‘chatlar o‘tqazing! Bu orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asrashga erishasiz!


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Eslatma

Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda

Respublikamiz hududida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong'inlar va is gazidan zaharlanish, insonlarning o'limi bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, shuningdek "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlari, tungi vaqtda odamlar qoladigan maskanlarda tungi profilaktik nazorat, tushuntirish va ogohlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Tabriklaymiz

Bugun Ohangaron shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Usmanova Kamola Zayirqulovnaning tavallud ayyomi!

🌸Mehribon farzandlarning sevimli onasi, samimiy rahbar, Ohangaron shahar  ayollarining yo‘lboshchisini bugungi ayyom bilan samimiy qutlaymiz!

✨Kamola Zoyirqulovna, yangi yoshingiz qutlug‘ bo‘lsin! Farzandlaringiz baxt-u kamolini ko‘rib yuring!


🥳Shahrimiz rivoji, ilm-fani, ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda zafarlar yor bo‘lsin!

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Яшил_макон

“Яшил” белбоғ лойиҳаси –
Халқ сайли, меҳнат байрамига айланди.


Жорий 2024 йил 23 ноябр куни Президентмиз Шавкат Мирзиёев бошчилигида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасига старт берилди.

Оҳангарон тумани Ойбулоқ МФЙ худудида қўшни туман-шаҳарлардан  келган фаоллар,  хусусан, нуронийлар, маҳалла раислари бошчилигидаги еттилик вакиллари иштирок этиб 3000дан ошиқ кўчат экдилар.

“Яшил” белбоғ барпо этиш лойиҳаси илк куни ҳақиқий халқ сайлига, меҳнат байрамига айланиб кетди, –дейди, “Нуроний” жамғармаси вилоятимиз раҳбари Абдусамад Носиров.

Бир томонда, фаоллар ўзаро эски қадронлари, биродорлари билан суҳбатлари, гурунглари, иккинчи томондан, қозон-қозон дамланган Ош ва безатилган дастурхон ҳақиқий байрамга айланди.

Айниқса, Қуёш шундайин чарақлаб чиқдики, кўм-кўк дала бўйларида 3000 га яқин фаолларнинг ҳаракати халқ сайлига айланди.

Энг асосийси яхшидан боғ қолади деганларидек, темир йўл ёқасида янги боғ барпо этилди.

Шавкат Камилов,
“Нуроний” жамғармаси Оҳангарон шаҳар бўлими раиси

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi

Hurmatli fuqarolar
❗️

⚡️ Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda.

⭕️Imkon qadar yong‘in to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot oling. Ogohlik bu xavfli hodisaning oldini olishga imkon beradi.

💢 Shu munosabat bilan, Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi shaxrimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#salomatlik_uchun

Sanitariya epidemiologiya bo‘limi xodimlari KTMPda  tasdiqlangan kalendar rejasi asosida emlash  ishlarining tashkillashtirilganligi, ko‘p marotobali asboblarning sterilizatsiya sifati, bir marotobali asboblar bilan ta’minlanganligi,  fuqarolardan olinayotgan namunalarning tekshirilishi hamda aholiga xavfsiz tibbiy muolajalarning olib borilishi yuzasidan rejali tekshirishlar olib bormoqda.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

OBOD SHAHRIM-MENING FAXRIM

Ohangaron shahar "O'ZBEKISTON BOLALAR TASHKILOTI"  SARDORLARI tashabbusi

Ohangaron shahar  sardorlari  yoshlar yetakchilari bilan birgalikda "Obod shahrim- mening faxrim" shiori  ostida maktab atrofida va mahalla hududida hashar uyushtirishdi.

Barcha yoshlarimizni shahrimizni toza hududga aylantirishda va ularning mehnatini qadrlashda faol bo'lishga chorlaymiz...

✊Biz vatan ravnaqiga, shahrimiz obodligiga o'z hissamizni qo'shamiz. Sizchi?
Sizlar ham mehnatkash insonlar mehnatini qadrlayszmi?!😎

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

So‘rovnomada faol bo‘lgan barchaga rahmat! Hududi jihatdan kichik bo‘lgan shahrimiz uchun yaxshi natija!..

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Sektor_rahbarlari_faoliyatidan

Maktabingiz mavsumga shaymi: poliklinikada nima gaplar?

⚡️ Ohangaron shahar IIB boshlig'i  podpolkovnik J.Tilyaboyev 3-sektor hududida joylashgan 3-maktab binosiga borib, binodagi muammolarni o'rganish bilan birgalikda qish-kuz mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha issiqlik tizimlarini ko'zdan kechirdi.

➖O'rganishlar davomida
J.Tilyaboyev 3-sektor hududida joylashgan ko'p tarmoqli poliklinikaga tashrif  buyurib, binodagi muammolarni o'rgandi hamda tibbiyot xodimlarini aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatilishi bo'yicha topshiriqlar berdi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#bildirish

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining 2-sessiyasi chaqirildi.

2024-yil 28-noyabr kuni soat 10:00 da sessiya o‘z ishini boshlaydi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Yoshlar_tashabbusi

OBOD SHAHRIM-MENING FAXRIM!

Ohangaron shahar "O'ZBEKISTON BOLALAR TASHKILOTI"  sardorlari tashabbusi...

Ohangaron shahar 3-maktab sardorlari yoshlar yetakchilari bilan birgalikda "Obod shahrim- mening faxrim" shiori ostida maktab atrofida hashar uyushtirishdi.

Barcha yoshlarimizni shahrimizni toza hududga aylantirishda va ularning mehnatini qadrlashda faol bo'lishga chorlaymiz!

Biz Vatan ravnaqiga, shahrimiz obodligiga o'z hissamizni qo'shamiz.

Siz-chi?

Sizlar ham mehnatkash insonlar mehnatini qadrlaysizmi?!‌‌

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 290 dan ortiq Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 141 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 8 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 5 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Aziz hamshaharlar! So‘rovnomada faol bo‘ling! Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyevga ovoz berib, hududimizdagi eng yaxshi hokimni aniqlashda yordam bering! Ozgina vaqtingizni va quntingizni ayamang! Belgilangan kanallarga a’zo bo‘lib, ovozingiz ro‘yxatdan o‘tganiga ishonch hosil qiling! Qani, boshladik...

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Diqqat_bildirish

⚡️26-noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha Ohangaron shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishli 6 kv elektr uzatish tarmoqlarida va qurilmalarida joriy ta’mirlash, havo tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan shahardagi No‘g‘oyqo‘rg‘on, Xonobod, Guliston, Yangiobod MFYlarida elektr ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Ohangaron shahar elektr ta’minoti korxonasi.

Murojaat uchun tel: 70-645-32-00


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Seminar

“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi
_________

An practical seminar was organized within the framework of the
"Yashil makon (Green Space)" national project
________

Организован практический семинар в рамках общенационального проекта
“Yashil makon” («Зелёный массив»)

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Jarayon
#o‘rganish

Aholi muammolari o‘rganildi

Shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev No‘g‘oyqo‘rg‘on MFY dagi ko‘p qavatli uylarda yashayotgan aholi sharoitlarini, ularning muammolarini o‘rgandi.

🖇Shuningdek, hudud tozaligi, ko‘p qavatli uylar atrofiga mevali, manzarali ko‘chatlar o‘tqazish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

✨Mahalladagi tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.


➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi


“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

➖jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

🗓Elektron tizimda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o'rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Xavf darajasi past bo'lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilmaydi.

❌2025-yil 1-yanvardan quyidagilar uchun ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi:

➖fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
➖majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikasiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
xodimlar sonini yashirish.

❗️2025-yil 1-martdan boshlab sudda ish yuritish taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatilganda, davlat boji birinchi instansiya sudida – 70 foizi, apellyasiya va kassasiyada – 30 foizi qaytarib beriladi.

⚡️Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

➡️Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo'lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so'ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

👉 Manba

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Yashil_makon

Nurafshonda "Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bogʻi" tashkil etildi

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Иқтибос #Журнал_саҳифаларида

📌 “ҲАЁТДА ҚУЛАЙ ВА НОҚУЛАЙ РАҲБАРЛАР БОР...”

💠 Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаев ижтимоий тармоқларда жуда фаол: изоҳлар ёзади, кузатувчиларга шахсан жавоб қайтаради. Хусусан, унинг турли издиҳом-у хос давраларда айтган гаплари катта муҳокамаларга сабаб бўлган.

‼️ У зиддиятли, мураккаб мавзуларда дадил фикрлар айтишга ўрганган. Айни бир пайтда, аҳолининг фақат маълум қисмигина маъқуллайдиган хашаки, ёқимли гаплар айтишдан тийилади.

🔰 Қуйида Зойир Мирзаевнинг энг машҳур гапларидан айримларини ҳавола қилаяпмиз. Мақсад – Сизни ҳам фикрлашга ундаш, жамиятда содир бўлаётган воқеликларга фаол муносабат билдиришга чорлаш. Шу.

💎 ИҚТИБОСЛАРНИ КИРИЛЛ АЛИФБОСИДА ЎҚИШ

💎 IQTIBOSLARNI LOTIN ALIFBOSIDA O'QISH

Yoshlar kundaligi

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda

Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan Respublikamiz hududida o'tkazilayotgan "YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" doirasida Ohangaron shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi ta'lim muassasalarida yong'inlar bilan bog'liq baxtsiz hodisalar, is gazidan zaharlanish kabi holatlar to'g'risida keng qamrovli profilaktik targ'ibot va tushuntirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#Jarayon

Respublikamiz hududida otkazib kelinayotgan "Yongin xavfsizligi oyligi" doirasida Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan ishlab chiqarish korxonlarida yong'in xavfsizligi qoidalari, yong'in sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi hamda birlamchi yong'in o'chirish vositalaridan foydalanish tartibi haqida ishchi-xizmatchi xodimlariga yo'riqnoma va tushuntirish ishlari o'tkazildi.

Shuningdek, is gazidan zaharlanish holatlari va oqibatlari bo'yicha ma'lumotlar yetkazilib, baxtsiz hodisalarning oldini olish bo'yicha targ'ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi

Читать полностью…

Оhangaron shahar hokimligi

#qaror_ijrosi
#xotin_qizlar

Bugun yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Savdo sanoat palatasi tomonidan yil davomida yuzdan ortiq ayollar tadbirkorlikka o‘qitilib, imtiyozli kreditlar olishga ko‘maklashildi.

Bugun shahar hokimligida o‘quv kurslarini yakjnlagan ayollarga sertifikatlar topshirildi.


/channel/ohangaronshahar

Читать полностью…
Подписаться на канал