#Йўл_қоидаларига_амал_қилинг
❗️Йўл ҳаракати қоидаларига кўра, давлат рўйхатлаш рақам белгилари кўринмайдиган, қалбакилаштирилган, ўзгартирилган бўлса, транспорт воситаларидан фойдаланиш тақиқланади.
🚖 Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга кўра, давлат рақам белгиларини кўриш имкониятини чеклайдиган, уларни англашга тўсқинлик қиладиган турли ашёлар ўрнатиш ва қоплама суртиш – ана шу қурилмаларни мусодара қилиб:
👉 фуқароларга 270 минг сўмдан 810 минг сўмгача;
👉 мансабдор шахсларга эса – 810 минг сўмдан 1 млн 350 минг сўмгача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot
#Bayroq_chellenj_4
Ohangaron shahar "Shodlik" MFYda istiqomat qiluvchi Turdiboyeva Charos Otabek qizining lavhasi
@ohangaronshahar
#Bayroq_chellenj_2
Ohangaron shahar "Shodlik" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Autova Dilnoza tayyorlagan lavha
@ohangaronshahar
🔴 DIQQAT CHELLENJ
📣 Hurmatli kanal kuzatuvchilari!
🔥 "18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun" munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi tomonidan “Bayrog'imiz - faxrimiz” nomli chellenj e'lon qilishga qaror qildik.
⚡️ Chellenjda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
🔥 1 daqiqalik videorolik yoki kreativ foto tayyorlang. Bayrog'imizga bag'ishlangan video va foto tayyorlagan ishtirokchilar saralab olinadi va lavhasi kanalga joylanadi.
💥 Yuborgan videolavhangiz 1 daqiqadan oshmasligi talab etiladi!
⏳ Ayni vaqtdan boshlab tayyorlangan ijodiy ishlar video va foto tarzida @Sunnat_Saparaliyev ga yuboriladi!
🕗 Ijodiy ishlar yuborishning oxirgi muddati 18-noyabr kech soat 23:00 gacha.
🥳 Ijodiy ishlar tashkilotchilar tomonidan baholanadi va eng yaxshi 3 ta ijodiy ishga Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi tomonidan qimmatbaho sovg'alar topshiriladi.
@ohangaronshahar
#Nuroniy_jamg'armasi
√ "Birlik" mahalla fuqarolar yig'ini ma'muriy binosida «O'z bolangni o'zing asra!» shiori ostida «Mahallada bolalarning bеgonasi bo'lmaydi» mavzusida shahar Nuroniy bo'limi, Ma'naviyat bo'limi, Ichki ishlar bo'limi va prokuratura xodimlari ishtiriokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
√ Tadbirda jinoyatchilikning oldini olish, uyushmagan yoshlar, ayniqsa, tarbiyasi og'ir bo'lgan va ajrim yoqasida turgan, notinch oilalar bilan suhbatlar o'tkazildi.
√ Mahalla raisi J.Yo'ldoshеv, "Nuroniy" jamg'armasi shahar bo'limi raisi Sh.Kamilov, Ma'naviyat bo'limi rahbari U.Cho'lponova, Adliya bo'limi boshlig'i S. Xakimov, shahar prokuror o'rinbosari, profilaktika noziri va tajribali huquqshunos, mеhnat faxriysi X.Raximov mavzu yuzasidan o'z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
@ohangaronshahar
📣 Aziz hamshaharlarimiz!
Mazkur so'rovnomada 👆👆barchamiz faol qatnashib, Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulovga ovoz bеramiz.
@ohangaronshahar
#Ustoz va murabbiylar_bog‘i
🌴 Shahrimizdagi 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabining bo‘sh turgan yer maydoniga Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i A. Xamrayev boshchiligida "Ustoz va murabbiylar bog‘i" tashkil etildi. Mazkur bog‘ga bugun shahar maktablarining barcha direktorlari hashar bahona jamul-jam bo‘lishdi. Hasharda rahbarlar tomonidan 600 tup terak hamda 70 tup mevali daraxtlar o‘tqazildi. Sug‘oruv tizimi yaratilib, yangi daraxtlar sug‘orildi.
🍛 Hashar yakunida barcha ishtirokchilarga osh tarqatildi. Hashar ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#yashil_makon
#hashar
Ohangaron shahar sport maktabi xodimlari "Ohunboboyev" MFYda joylashgan sport maktabi hududida obodonlashtirish va ko‘k'alamzorlashtirish ishlarini olib borishdi. Hashar davomida yon atrofdagi xazonlar tozalanib,
mavjud bo'sh yer maydonlariga ko'chatlar ekildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#hashar
Ohangaron shahar hokimining 03.11.2023 yildagi 1/4-1115-sonli topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida Ohangaron shahar SEO va JSB xodimlari tomonidan "Mustaqillik" MFY dagi ko'p qavatli uylar atrofida hashar o'tkazildi.
Hashar davomida ekilgan manzarali va mevali daraxtlar atrofi yumshatilib, ishlov berilib sug'orildi, hudud to'kilgan xazonlardan tozalandi, ekilgan ko'chatlar orasidagi xatoliklarga 4 dona behi ko'chati ekildi. Shuningdek, Amir Temur ko'chasining tegishli qismiga ekilgan manzarali ko'chatlar va gullar tagiga ishlov berilib sug'orildi.
@ohangaronshahar
#yashil_makon
Ohangaron shahar FVB xodimlari ham umumxalq hasharlarida doimo faol bo‘lib kelishgan. Bugungi hasharda ham "Vatan" MFY hududida o'zlari tomondan ekilgan ko'chatlarni parvarishlashga kirishdilar.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
☄️ Пенсия жамғармаси ва Халқ банки ҳамкорликда яна бир қулайликни жорий қилди
Эндиликда, фуқаролар янги туғилган фарзандлари учун “Суюнчи пули”ни "xazna" иловаси орқали осонгина олишлари мумкин.
Бунинг учун:
👉 "xazna" иловасига кириб;
👉 "Ижтимоий хизматлар" бўлимига ўтган ҳолда;
👉 "Суюнчи пули олиш" тугмасини босиш орқали пулларни банк карталарига қабул қилиб олишлари мумкин.
Шунингдек, “Суюнчи пули”ни туғруқхона ёки ФҲДЁ бўлимларининг ўзида ҳам олиш мумкин. Бунда, масъул ходим тегишли маълумотларни дастурга киритиш жараёнида ота ёки она номидаги банк картасини танлаши кифоя.
➡️ Ота ёки она “Суюнчи пули”ни ўз номига очилган фаол ҳолатдаги исталган банк картасига қабул қила олади.
⏺ "xazna" иловасини юклаб олиш учун ҳавола
📞 11-40 🌐 pfru.uz
✅ Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 pensiyauzb">Youtube
#targ‘ibot
Куни кеча Diniy qo'mitaning Ohangaron shahar bo'limi, "Xonobod" jomе' masjidi imom xatibi va noibilari shahrimizdagi 3-5-umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Intеrnеt va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfning oldini olish" mavzusida targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
📌Targ'ibot tadbirida so'zga chiqqanlar bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning ma'naviy hayotiga salbiy ta'sir qiluvchi turli xil yot g'oyalardan yoshlarning qalbini, ongini asrashga oid muhim tavsiya va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#Ma’naviyat
✅ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Adliya bo'limi va shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda shahar 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tinchlik eng oly ne'mat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
❇️ Davra suhbatida shahar Adliya bo'limi yuristi B.O'smonov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi D.Akbayeva yoshlarga yurtimizdagi barqarorliklar, inson qadri uchun olib borilayotgan islohatlar, xalqimiz va yoshlarimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, osmonimizni musaffoligi bularning barchasi vatanimiz tinchligi evaziga bo'layotgani haqida hamda biz yoshlar ona vatanimiz tinchligini ko'z qorachig'imizdek asrashimiz, vatanga sodoqat bilan boqishimiz, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, kelajakda komil inson bo'lib yetishishimiz kerakligi haqida ma'ruza qildilar.
@ohangaronshahar
#Jarayon
Bugun Ohangaron shahar "Shodlik" MFY hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Ohangaron shahar IIB xodimi A.Norov, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi rahbari A.Uralov hamda BSK xodimlari va mahalla xodimlari hamkorligida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
@ohangaronshahar
#ogohlik
Hurmatli fuqarolar, Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi ogohlantiradi.
Kuz-qish mavsumida is gazidan zaxarlanishdan e'htiyot bo'ling. Uyingizdagi tabiiy gazda ishlovchi jihozlarning mutaxassis korigidan o
tkazishni unutmang. Ogoh bo`ling !
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#hokimlik_soati
✅Ohangaron shahar hokimligida shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida navbatdagi "Hokimlik soati" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
❇️ Unda mahallalarga biriktirilgan mas'ullarning topshiriqlarni bajarish yuzasidan ijro intizomi va aholining soliq qarzdorligini undirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda soliq qarzdorligini undirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha mas'ullarga vazifalar belgilab berildi.
@ohangaronshahar
#Bayroq_chellenj_3
Ohangaron shahar 9-maktab o'quvchisi Ergashev Tohirjon lavhasi
@ohangaronshahar
#taqdirlash_marosimi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “ Ishchi kasblar bo'yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5140-sonli qaroriga asosan, Ohangaron shahrida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Kambag'allikni qisqartish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi tizimida Piskent kasb-hunarga o‘qitish markazi tasarrufidagi "Baxt"mahalla fuqarolar yig‘inida kasb-hunarga o'qitish maskani tashkil etilgan bo'lib, ushbu maskanda
🥘🍰 Oshpaz-qandolatchi kurslari tashkil etilgan. Xususan, bugun "Oshpaz-qandolatchi" yo'nalishi bo'yicha o'qish kursini tamomlagan 10 nafar "Ayollar va Yoshlar daftari" dagi ishsiz xotin-qizlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
@ohangaronshahar
#yashil_makon
🌳 "Yashil makon" loyihasi doirasida, Ohangaron shahar Ichki ishlar boʻlimiga biriktirilgan, shahrimiz hududidan oʻtuvchi A-373.M-39 avtoyoʻlini 133 kilometrida yoʻl bo‘ylari Ohangaron shahar Ichki ishlar boʻlimi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Norov va shahar IIB JQB boshligʻi D.Meyliev boshchiligida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. IIB xodimlari tomonidan belgilangan maydog‘ga ko'chatlar ekilib, yon atrofdagi chiqindi va xazonlar tozalandi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#Hashar
Bugun shahrimizdagi 3-umumtaʼlim maktabida hashar boʻlib oʻtdi.
Maktab direktori Ziyod Erkaboyev taʼlim muassasasining bogʻini obodonlashtirib, mevali koʻchatlar ekilishida bosh-qosh boʻldi.
@ohangaronshahar
#Диққат_сўровнома
ЁШЛАР МУАММОСИГА ЭНГ КЎП ЭЪТИБОР ҚАРАТАЁТГАН ҲОКИМГА ОВОЗ БЕРИНГ!
⚠️Ёшлар масаласи бугун давлат сиёсати даражасига кўтарилган. Ёшларнинг муаммоларига ечим топиш, қўллаб-қувватлашда эса ҳудуд раҳбарларининг ўрни ва имконияти катта.
✔️ Юқоридаги суратда сизга таниш чеҳралар - вилоятимизнинг 22 та туман-шаҳарлари ҳокимлари ўрин олган. Тўғри, уларнинг айримлари тайинланганига ҳали йил бўлгани йўқ, аммо масъуллар ўтган давр ичида ўз ҳудудидаги ёшлар билан танишишга етарлича вақт топа олди, деб ҳисоблаймиз.
✊ Сизнингча, Тошкент вилояти туман ва шаҳарларидаги қайси ҳоким ёшлар муаммосига кўпроқ эътибор қаратмоқда? Энг муносиб номзодга овоз беринг.
⏰Сўровнома 9 ноябрь куни соат 17:00 гача давом этади.
✅ Сўровнома ҳомийси: "ЖАННАТ МАКОН" мебел компанияси.
🎁 Энг кўп овоз тўплаган иштирокчи йил якунида ҳомийимизнинг махсус совғаси билан тақдирланади.
ОВОЗ БЕРИШ УЧУН
#hashar
Bugun shahrimizdagi “Xonobod” jome masjidining imom-hatiblari tomonidan “Munchoqtepa” MFY hududidagi qabristonga 100 tup terak koʻchati ekildi.
@ohangaronshahar
#yashil_makon
Ohangaron shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi F.X.Ismoilov boshchiligida shahrimiz hududidan oʻtgan А-373.М-39 avtoyoʻlining 133 kmda yoʻlning yon atroflari obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Unda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chatlar o‘tqazilib, yon atrofidagi chiqindi va xazonlar tozalandi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#yashil_makon
🏢Shahrimizdagi 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi "Yashil makon" doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etishmoqda.
🌳 Hashar davomida maktab bog'idagi mеvali va manzarali daraxtlar, yangi ekilgan daraxtlar tuproqlari yumshatilib, oqlash ishlari olib borildi. Maktab hovlisidagi gullar parvarish qilinib, ular sug‘orildi.
✨Hashar ko'tarinki ruhda o‘tkazildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#yashil_makon
#obodonlashtirish
Ohangaron shahrida "Yashil makon loyihasi doirasida kuzgi mavsum uchun bеlgilangan tadbirlar amalga oshirilib, yashil maskanlarimiz tobora kengaymoqda. Bugungi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari avj pallaga kirdi. "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hodimlari shahar "Suv ta'minoti" bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda "Adolat" MFYda bugun ajratilgan maydonga mevali hamda terak ko‘chatlarini ekdilar.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tayanchiga aylanmoqda
Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish borasida Turizm qo‘mitasi tomonidan Turizmni qo‘llab-quvvаtlash jamg‘armasi mablag‘lari asosida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#jarayon
✅ Shahrimiz bo‘ylab obodonlashtirish va joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari keng qamrovda olib borilmoqda. Xususan, "Guliston" MFYda joylashgan 9-uyning 45 metr uzunlikdagi kirish yo‘lagi ta'mirlanib beton qoplamasi yotqizildi. Mahalla hududidagi 8-uyning ta'mirtalab tarnovlari qayta ta'mirlanib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#jarayon
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalafot oʻtkazish maqsadida soha vakillari tomonidan shahrimizdagi 3-kichik tuman 14-uyning tom qismi maxsus uskunalar yordamida yopildi.
@ohangaronshahar
#IT_haftaligi
#internet_tarmogʻi
VILOYATDA AHOLINI SIFATLI INTERNET BILAN TA’MINLASH KO‘RSATKICHI ORTMOQDA
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tezkor internet hamda sifatli aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bo‘yicha joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida 4,8 ming kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalari qurilib, 44,7 ming portga teng telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi.
Bajarilgan ishlar natijasida aholi yashash maskanlarini optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olish darajasi 93,3 foizga yetkazildi.
Shuningdek, viloyatda mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirish hamda sifat darajasini yanada yaxshilash maqsadida, qo‘shimcha 281 ta yangi ba’za stansiyalari o‘rnatildi. Shu bilan birga, modernizatsiya qilindi.
Natijada viloyatdagi aholi yashash maskanlarining mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlanish darajasi bugungi kunda 98 foizga yetkazildi.
✉Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#tadorik
✅ Shahrimizda ijtimoiy soha obektlari va ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari har bir sektor hududida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Bugun shahrimizdagi 3-kichik tumandagi 14-uyning tom qismiga maxsus qoplamalar yordamida yopish ishlari jadallik bilan bajarilmoqda. Shuningdek, "Oxunboboyev" MFYdagi 5 dahada joylashgan 9-uyning fasad qismlari, 5-uyning tom qismi ta'mirlanmoqda.
Shahrimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari sektor rahbarlari va "Shahar shtabi" tomonidan nazoratga olingan.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram