#Ma’naviyat
✅ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, shahar Adliya bo'limi va shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda shahar 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Tinchlik eng oly ne'mat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
❇️ Davra suhbatida shahar Adliya bo'limi yuristi B.O'smonov hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi D.Akbayeva yoshlarga yurtimizdagi barqarorliklar, inson qadri uchun olib borilayotgan islohatlar, xalqimiz va yoshlarimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, osmonimizni musaffoligi bularning barchasi vatanimiz tinchligi evaziga bo'layotgani haqida hamda biz yoshlar ona vatanimiz tinchligini ko'z qorachig'imizdek asrashimiz, vatanga sodoqat bilan boqishimiz, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, kelajakda komil inson bo'lib yetishishimiz kerakligi haqida ma'ruza qildilar.
@ohangaronshahar
#Jarayon
Bugun Ohangaron shahar "Shodlik" MFY hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan Ohangaron shahar IIB xodimi A.Norov, Yoshlar ishlari agentligi boʻlimi rahbari A.Uralov hamda BSK xodimlari va mahalla xodimlari hamkorligida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
@ohangaronshahar
#ogohlik
Hurmatli fuqarolar, Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi ogohlantiradi.
Kuz-qish mavsumida is gazidan zaxarlanishdan e'htiyot bo'ling. Uyingizdagi tabiiy gazda ishlovchi jihozlarning mutaxassis korigidan o
tkazishni unutmang. Ogoh bo`ling !
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#bildirish
Ohangaron shahrida “Har bir yoshga o‘n nihol” aksiyasiga start berildi
Xabaringiz bor, “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy yil kuzgi mavsumi uchun joylarda ko‘chat o‘tqazish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Ayni shu tadbirlar doirada, Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar boʻlimi tashabbusi bilan “Har bir yoshga o‘n nihol” aksiyasiga start berildi.
Shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo'shish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur aksiyada mahallalardagi yoshlar yetakchilari ko'chat ekish va obodonlashtirish ishlarini o‘z xonadonidan boshlab, ko‘chasi va mahallasida davom ettiradi.
Hurmatli yoshlar!
Siz ham aksiyada faol ishtirok etishingiz hamda jarayon aks etgan fotosur'at va ma'lumotlaringiz toʻgʻrisida Agentlikning telegram kanaliga yuborishingiz mumkin.
@ohangaronshahar
#fuqarolar_qabuli
✅ Bugun shahar hokimligi binosi oldida Ohangaron shahar Xalq qabulxonasi mudiri Muzrobxon Ibrohimov, shahar hokimligi vakili Ravshan Majidov boshchiligida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda shahrimizdagi korxona va tashkilot mas'ullari ishtirokida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojatlar tinglanib, mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.
Fuqarolar qabuli davomida 10 nafarga yaqin fuqarolarning oilaviy, tibbiy masalalar, uy-joy kadastri va komunnal sohaga oid murojatlari ko‘rib chiqilib, ijrosi nazoratga olindi
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик
—
Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
https://telegra.ph/DAVR-%D2%9AAHRAMONLARI-09-07-3
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#jarayon
✅ Bugun Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari B.Meliyev Ohangaron shahrida boʻldi.
📘 B. Meliyev hamda shahar hokimi A.Eshonqulov boshchiligida, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida hududimizdagi zavod va korxonalarda yigʻilish oʻtkazildi.
✍ Yigʻilishdan koʻzlangan asosiy maqsad kuz-qish mavusimiga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda sanoat korxonalarida elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashni targ‘ibot qilishdan iborat edi.
📣 Uchrashuv soʻngida kommunal soha mutasaddilariga qatʼiy topshiriqlar berildi.
@ohangaronshahar
#tabriklaymiz
Bugun Ohangaron shahar hokimligi Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari - Ravshan Majidovning tavallud ayyomi!
Ravshan Toirovich, Sizni, tavallud kuningiz munosabati bilan hokimlik jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Sizni talabchan rahbar, samimiy do‘st sifatida hurmat qilamiz. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, kerakli maslahatlarini ayamaydigan, har qanday vaziyatda ham jamoa himoyasini ta’minlashga intiladigan siz kabi insonlar mehnat qiladigan jamoada ishlash barchamiz uchun faxrdir.
Mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvafaqqiyatlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin!
Ohangaron shahar hokimligi jamoasi.
/channel/ohangaronshahar
#qaror_va_ijro
Ohangaron shahar hokimining 2023-yil 30-avgustdagi “Ohangaron shahrida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalаfоt o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 103-10-214-F/23-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida shahar FVDqT hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining hamkorligini muvofiqlashtirish va shayligini tekshirish” mavzusida, maxsus-taktik o‘quv mashg
‘uloti o`tkazildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#Yoshlar_yetakchisi_faoliyatidan
✨YOSHLAR DAFTARI BU SIZNING TANLOVINGIZ!
Yaqinda, Ohangaron shahar "Bo‘ston" mahallasida yashovchi Jononov Yodgorjon mahalla yoshlar yetakchisiga bandligini ta'minlashda yordam berishlarini so‘rab murojaat qilgan edi. Bugun uning murojaati inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 312-qaroriga asosan “Yoshlar daftari” mablag'lari hisobidan kerakli bo‘lvan barcha ish qurollari bilan ta'minlandi.
📌 Yodgorjon endilikda subsidiya asosida olgan uskunalar bilan o‘zining ko'zlagan maqsadini erishib, oilasiga daromad keltira olishiga ishonch bildiramiz.
📌 Bugun sizda ishtiyoq va qiziqish bormi? Unda mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga uchrashing.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#jarayon
✅ Shahar hokimi Akrom Eshonqulov hokimlik hovlisida shahrimizdagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
📣 Shahar rahbari suhbat jarayonida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarini oʻrgandi, taklif-mulohazalari bilan tanishdi. Qolaversa, tadbirkorlik muhitini kengaytirishi, aholini boʻsh ish oʻrinlari bilan taʼminlashi uchun yetarlicha takliflarini berib oʻtdi.
✍ Ochiq muloqot chogʻida xalqimizga nafi tegayotgan tadbirkorlarning faoliyati shahar hokimi tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#Xalq_qabuli
#Inson_qadri
✅ Ayni damda shahar hokimi Akrom Eshonqulov boshchiligida, korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida hokimlik binosining hovlisida fuqarolar qabuli oʻtkazilmoqda.
✍ Unda shahrimizdagi ehtiyojmand fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan muammolari bilan shahar rahbariga murojaat qilishmoqda.
📘 Qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llangan uy-joy, kommunal sohalar, bandlik va ijtimoiy xizmatlar xususidagi murojaatlar qabul qilinmoqda.
✍ Shahar rahbari tushgan murojaatlarni oʻz joyida bartaraf etmoqda, vaqt talab etiladigan ayrim turdagi murojaatlar masʼullarga yuklatilmoqda.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | You tobe | Instagram
#yetakchi_faoliyati
Yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish, dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
🔥 Ohangaron shahar "Yangilik" MFY va "Do'stlik MFY yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan mahallada sportning "shaxmat" turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada 10-30 yosh toifasidagi o'g'il-qizlar ishtirok etishdi. Yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan bunday musobaqalar tizimli yo'lga qo'yilgan va muntazam tashkil etilib boriladi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#sessiya
Sessiya ishi davomida Ohangaron shahrida 2023 yil 2-chorak yakuni bo‘yicha daromadlar rejasi orttirib bajarilgan qismi hisobidan tegishli tadbirlarga mablag‘ yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi, hamda Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jasur Saidkarimov o‘z xohishiga ko‘ra ozod etilib, shahar Kengashi kotibiyat mudiri lavozimiga Jamshid Uzoqov nomzodi bir ovozdan tasdiqlandi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#jarayon
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalafot oʻtkazish maqsadida soha vakillari tomonidan shahrimizdagi 3-kichik tuman 14-uyning tom qismi maxsus uskunalar yordamida yopildi.
@ohangaronshahar
#IT_haftaligi
#internet_tarmogʻi
VILOYATDA AHOLINI SIFATLI INTERNET BILAN TA’MINLASH KO‘RSATKICHI ORTMOQDA
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tezkor internet hamda sifatli aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bo‘yicha joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida 4,8 ming kilometr uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalari qurilib, 44,7 ming portga teng telekommunikatsiya uskunalari o‘rnatildi.
Bajarilgan ishlar natijasida aholi yashash maskanlarini optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olish darajasi 93,3 foizga yetkazildi.
Shuningdek, viloyatda mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirish hamda sifat darajasini yanada yaxshilash maqsadida, qo‘shimcha 281 ta yangi ba’za stansiyalari o‘rnatildi. Shu bilan birga, modernizatsiya qilindi.
Natijada viloyatdagi aholi yashash maskanlarining mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlanish darajasi bugungi kunda 98 foizga yetkazildi.
✉Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#tadorik
✅ Shahrimizda ijtimoiy soha obektlari va ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, joriy kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari har bir sektor hududida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Bugun shahrimizdagi 3-kichik tumandagi 14-uyning tom qismiga maxsus qoplamalar yordamida yopish ishlari jadallik bilan bajarilmoqda. Shuningdek, "Oxunboboyev" MFYdagi 5 dahada joylashgan 9-uyning fasad qismlari, 5-uyning tom qismi ta'mirlanmoqda.
Shahrimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari sektor rahbarlari va "Shahar shtabi" tomonidan nazoratga olingan.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#tezkor_shtab
⚡️⚡️⚡️
“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ shtab rahbari Nurlaxon Quddusov tomonidan shahar va tuman filiallaridagi shtablarda bajarilayotgan hamda iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilash va debitorlik qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etilayotganligi bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.
Hurmatli Fuqarolar!
Ichimlik suvi va oqova suv xizmati bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan xonadonlar o‘z vaqtida to‘lov amalga oshirmagan bo‘lsa, Ogohlantirish xati berilgandan so‘ng 3 ish kunida to‘lov qilmagan taqdirda abonentlarning qarzdorligi fuqarolik sudiga hujjatlar yig‘ma jildi topshirilib, Tuman MIB tomonidan undirilishi haqida OGOHLANTIRILADI.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#Yoshlar_siyosati
#Tashabbus
⚡️ Ohangaron shahar prokurori tashabbusi bilan va BOʻSM hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida sportning Milliy kurash turi bo'yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtadi.
📆 Bugun 17:00 dan 18:00 ga qadar vazn oʻlchash ishlari yakuniga yetkaziladi va 26-oktyabr kuni soat 15:00da musobaqa boshlanadi.
Musobaqada 10 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar ishtirok etishadi.
Erkaklar 20, 42kg, 46kg, 50kg, 60kg, 66kg, 73kg, 81kg, 90kg va +90kg kabi vaznlarda qatnashishadi.
@ohangaronshahar
#sayyor_sud
✅ Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarining tatbiq etilishi jazo muddatini o'tayotgan shaxslar hayotini mutlaqo o'zgartirib, bеrilgan imkoniyatdan xulosa qilib, to'g'ri yo'ldan og'ishmay yangicha yashashga kеng yo'l ochmoqda.
Shahar hokimligi binosida tashkil etilgan sayyor sud davomida insonparvarlik tamoyillari o'z ifodasini topdi. Unda jazo muddatini o'tayotgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyilini qo'llash maqsadida Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudining sayyor sud majlisi bo'lib o‘tdi.
Sud jarayonida Ohangaron shahar IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan, ijobiy tavsiflangan jami 13 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik prinsiplari qo'llanilib, jazodan shartli ravishda ozod etildi.
Sayyor sud majlisidan so'ng, shahar hokimining o'rinbosari hamda Jinoyat ishlari shahar sudi raisi N.Abdurashidov, IIB JXX boshlig‘i M.Xolmatovlar Probatsiya ro'yxatida turgan shaxslar bilan muloqotda bo'lib, Ularning mehnat faoliyati, yashash sharoitlari bilan tanishdi.
@ohangaronshahar
#jarayon
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi 82 sonli Farmoni va 2023-yil 1-iyundagi 176-sonli Qarorida koʻrsatilgan aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Ohangaron shahar “Inson” ijtimoiy hizmatlar markazi rahbari Ch. Yoʻldosheva tomonidan Yolgʻiz qolgan keksalar bilan ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati,taklif va muammolari xususida suxbat qurildi.
✍Shuningdek yolgʻiz qolgan qariyalarni elektron roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tadbiq qilingan platformaga Toshkent viloyati boʻyicha Ohangaron shahar “Ijtimoiy” xizmatlar markazi birinchi boʻlib ushbu jarayonni boshladi.
@ohangaronshahar
Ohangaron shahar prokurori T.T.Karimov shahar xalq qabulxonasi bilan birgalikda 2-sektor hududidagi "Bo‘ston" MFYda sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 10 nafar fuqaro ishtirok etib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy masaladagi murojaatlari qabul qilindi. 3 ta murojaat joyida qanoatlantirilib, ijrosi vaqt talab qiladigan 7 ta murojaat nazoratga olindi.
/channel/ohangaronshahar
#Жараён
#Фотолавҳа
Оҳангарон шаҳар ФВБ
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023-yilda 427-sonli "Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
📌 Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
✅ 2023-yil 1-dekabrdan boshlab tashqi reklama bozori ishtirokchilari uchun “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi;
✅ 2023-yil 1-dekabrga qadar tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xatlovdan o‘tkaziladi va ular ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi;
✅ Amal qilish muddati belgilanmagan reklama joyi pasportlarining amal qilish muddati davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar uchun 2024-yil 1-dekabrgacha va yer uchastkalari uchun 2030-yil 1-dekabrgacha etib belgilanadi.
Kanalga ulanish 👉 /channel/RaqobatGovUz
https://telegra.ph/%D2%9AATA%D2%92ON-%D2%9AURBONLARIDAN-EHDI-09-05-3
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
#jarayon
#Xalq_qabuli
“Namuna” MFY fuqarosi T.G:
- “Ohangaronsement”AJ yoki “Angren shakar” korxonasiga egallagan soham bo‘yicha ishga kirmoqchiman, yordam berishingizni soʻrayman.
Shahar hokimi Akrom Eshonqulov: - Mazkur korxonalarda ishlash istagingiz yuqori boʻlsa, astoydil mehnat qilishni istasangiz biz sizga albatta yordam beramiz. Bu boʻyicha masʼullarga sizni biriktirdim, korxona mutasaddilari bilan bogʻlanadi, nasib boʻlsa faoliyatingizni boshlaysiz.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">You tobe | Instagram
✅ Ohangaron shahrida "Xotin -qizlar o'rtasida ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish hamda "Ayollar daftari" tizimining 4- bosqichi doirasida xotin -qizlar jinoyatchiligini oldini olish,ularni bandligini ta'minlash borasida ishchi guruh o'z faoliyatini boshladi.
1-bosqich mahalla beshligi tomonidan 18 yoshdan 55 yoshgacha bo'lgan xotin -qizlarni shu oyning birinchi o‘n kunligida xatlovdan o'tkazib ishsiz hamda jinoyatchilikka moyillarni aniqlash belgilandi.
Xatlovdan so'ng aniqlangan muammolar bo'yicha "Yo'l harita"si ishlab chiqilib sektorlar, mas'ul tashkilotlar tomonidan muammolar xal etiladi.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram
#sessiya
#onlayn
Aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ohangaron shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Muzrobxon Ibrohimov ma'lumot bermoqda.
Ohangaron shahar hokimligi faoliyatini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring👇
📱Telegram | Fаcebook | Web-site | ohangaronshaharhokimligi">Youtube | Instagram