Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi jamoasi 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan jamoa xotin-qizlarini bayram bilan qutlashdi.
/channel/ohangaronshahar
#bayram_muborak
Har bir ayol e'tiborimiz markazida
Bugun Ohangaron shahar 6-sonli boalar musiqa va san'at maktabi rahbari Shuxrat Nosirov boshchiligida maktabda faoliyat yuritayotgan erkaklar tomonidan xotin qizlarni kuy va qo'shiqlar sadosi ostida sovg'alar bilan "8 - mart xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan tabrikladi.
/channel/ohangaronshahar
Ohangaron shahar Yoshlar ishlari agentligining ayol hodimlarini 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram sovg'alari topshirildi. Barcha ayollarni ushbu bayram bilan muborakbod etamiz!
Читать полностью…#bayram_muborak
Har bir ayol e'tiborimiz markazida
Bugun Ohangaron shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boʻlimi rahbari J.Sodiqov boshchiligida boʻlim erkaklari xotin qizlarni 8 - mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrikladi.
#ehtirom
❇️Ohangaron "Saxovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyida yashovchi vasiylikka olinganlar "Yangi Oʻzbekiston Bogʻi", "Amir Temur muzeyi" va "Ashxabod sayilgohiga" olib borildi.
✅U yerda otaxon va onaxonlar sayr qilib, maroqli dam olib qaytishdi.
/channel/ohangaronshahar
Qabristonlar obodligi – oʻtganlarning ruhi shodligi
☪️ Oʻtganlar xotirasini ulugʻlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish, qabriston, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obodonlashtirish ezgu amallardandir.
☪️ Bugun Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi, barcha mahallalardagi Yoshlar yetakchilari va jamoat ishchilari tomonidan shahrimizdagi qabristonda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.
☪️ Hashar davomida qabrlar yovvoyi oʻt-oʻlanlar, shox-shabbalardan tozalanib obod holatga keltirildi.
☪️ Shu oʻrinda, fuqarolardan yaqin qarindoshlari dafn qilingan qabrlar atrofini obod etish ishlarida faol boʻlishga chorlaymiz. Zero bunday savobli amallar har-birimizning insoniy burchimizdir.
Kanalga ulanish:⤵️
/channel/Sunnat_Saparaliyev_1222
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda doimiy komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar muhokama qilindi. Jumladan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, dezinfeksiya masalalari hamda "Yashil makon" loyihasi asosida bahor faslida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha tegishli mas’ullar hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha navbatdagi sessiya ishida tegishli mas’ullar hisobotini eshitish belgilandi.
#Odob_axloq_qoidalari
⚡️Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat faoliyati va ishdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori umumiy qoidalari
"Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari" asosida turkum roliklar tayyorlandi.
Ulardan davlat xizmatchilari ishtirokidagi ochiq muloqot, seminar, davra suhbatlarida foydalanish mumkin
/channel/AOKBToshvil
Bahor kelmoqda...
Tozalik - poklik belgisi.
Poklik bor joyda - baraka bor
Poklik - bu iymondandir.
/channel/ohangaronshahar
#sayohat
✨Ohangaron "Saxovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar internet uyida yashovchi otaxon va onaxonlar turizm qishlogʻi “Ovjazsoy" sihatgohida maroqli dam olishib qaytishdi.
❇️Saxovat uyida yashovchi keksalar uchun bunday sayohatlarning tashkil etilishi keksalarning sog‘ligini yanada yaxshilashga ularning vaqtlarini mazmunli tashkil etishga zamin yaratadi.
/channel/ohangaronshahar
#Тabriklaymiz
Bugun, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi 7-Guliston saylov okrugi deputati Karabayev Jamol Xasanovichning tavallud ayyomi.
Shodiyona kun munosabati bilan deputat Jamol Karabayevni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Jamol Xasanovich! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin. Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, ishlaringizga rivoj, dasturxoningizga baraka tilaymiz.
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati
/channel/ohangaronshahar
https://telegra.ph/K%D0%8EZLARINGNI-%D2%9AACHON-OCHASAN-02-17-2
Maqolani oʻqisangiz xayron qolasiz🤫
Ayrim yoshlar mana bunday arzimas sabablar bilan ajrashayotgan ekan!
@ohangaronshahar
✅ Ohangaron shahar 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida «O‘quvchilarni zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda maktab ma'muriyati, pedagog xodimlari hamda o'quvchilari ishtirok etishdi.
📌 Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini yoshlarga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
🖇 Tadbirda ishtirok etgan o‘qituvchilar va o‘quvchilarga zilzila paytida harakatlanish qoidalari to'g'risida videorolik qo'yib eshittirildi. Shu orqali batafsil ma’lumotlarga ega bo'lishdi
2023 yil 16-fevral kuni Ohangaron shahar 6-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabining "ORZU" raqs jamoasi o'zlarining jozibador raqslari bilan O'zbekiston teleradiokompaniyasi "ZO'R" tv telekanalining "Ertalabdan salom" (jonli efir)ko'rsatuvida ishtirok etishdi.
Читать полностью…#Ohangaron_shahar
#Targ‘ibot_tadbiri
❇️Bugun Ohangaron shahar Xalq ta'lmi bo‘limi tasarrufidagi 5-umum ta'lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
✅Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning shahar bosh mutaxassisi D.Soipov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, shahar bosh imom-hatibi A.Akmalov va boshqalar ishtirok etdilar.
✳️Targ‘ibot tadbiri davomida o‘quvchilarga mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi.
#shukuh
Ohangaron Shahar 1-sektor Adolat MFYda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mahalladagi faol ayollar hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin-qizlarga bayram dasturxoni yozilib, bayram sovg'alari ulashildi.
/channel/ohangaronshahar
#eʼtibor
✅ Ohangaron shahar Mahallabay ishlash markazi tomonidan jamoada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar va samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyib kelayotgan Xalq banki xodimlarini bayram bilan qutladi.
/channel/ohangaronshahar
8 март "Халқаро хотин-қизлар" байрами муносабати билан Оҳангарон шаҳар прокуратураси ходимлари 2-секторда фаолият юритаётган барча хотин-қизларни айём билан табриклади.
Читать полностью…#obodlik
Ohangaron shahridagi 4-sektor hududiga qarashli Yangiobod, Navbahor MFYlarida eskirgan simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
/channel/ohangaronshahar
❇️3_sektor
“Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida ishlar qizg‘in pallaga kirdi
Ohangaron shahridagi 3-sektor hududiga qarashli “Yangilik” MFYda shahar IIB xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
/channel/ohangaronshahar
#Кун_тартиби
Бугун Зойир Мирзаев Оҳангарон шаҳридаги эркин иқтисодий ҳудудда бўлди
Бугун Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаев Оҳангарон шаҳрида бўлди. Вилоят фаоллари иштирокидаги "Ҳокимлик соати" Оҳангарон шаҳар ҳокимлигида, видеоселектор шаклида ўтказилди. Шундан сўнг Зойир Мирзаев ҳудуддаги эркин иқтисодий ҳудудда бўлиб, ишга туширилиши кутилаётган қувватлар билан танишди.
Хусусан, дастлаб “Бирлик” маҳалласида жойлашган полимер қувурлар ва фитинглар ишлаб чиқаришга ихтисослашган ""Silk plast quality” ва "Ideal Plast Manufactory" корхонасида ишлаб чиқариш занжири билан танишилди, ишчи-ходимлар билан суҳбатлашилди.
Шунингдек, вилоятимиз раҳбари бойитилган омухта ем ишлаб чиқариладиган "Agro Sammix", металл маҳсулотлари ишлаб чиқаришга ихтисослашган "Оҳангарон темир қувурлари" ва "Dal heavy industries" қўшма корхоналарида бўлиб, заводларнинг ишлаб чиқариш жараёнлари билан танишди, тадбиркорлар билан мулоқот қилди.
Ўрганишлар давомида Зойир Мирзаев ички бозорга сифатли, арзон нархларда телевизор етказиб бераётган "Quality device" қўшма корхонасида ҳам бўлиб, тадбиркор ва инвесторлар билан учрашди.
Мулоқот жараёнида ишлаб чиқариш ҳажмини кенгайтириш, янги иш ўринларини яратиш борасида ҳокимлик ваколатларига кирадиган йўналишларда тадбиркорларга амалий ёрдам кўрсатиш борасида сўз борди.
Зойир Мирзаев саноат ҳудудини ободонлаштиришга эътибор қаратди ва бу бўйича вилоят, шаҳар мутасаддиларига топшириқ берди.
📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegram
#Rasmiy
Viloyat hokimi xalq bilan muloqot, aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha “Oqqoʻrgʻon tajribasi”ni qolgan hududlarga keng joriy etishga topshiriq berdi
2022-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika Ishchi guruhi viloyatimizning Oqqoʻrgʻon tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish, ijobiy hal etish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan edi.
Xususan, tumanning 29 ta mahallasida olib borilgan “xonadonbay” oʻrganishlar natijasida 2 mingga yaqin murojaatlarga joyida yechim topilgan edi. “Oqqoʻrgʻon tajribasi”ning mohiyati shundayki, vazirlik va idoralar rahbarlari viloyat mutasaddilari bilan birgalikda mahallalarga kirib borishadi. Murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tartib-taomiliga koʻra, har bir masala iyerarxik tartibda koʻrib chiqilishi uchun muayyan vaqt ketadi. Bu yangi tizimda esa ana oʻsha oraliq muddatlar qariyb boʻlmaydi, masala joyida aniq hal etiladi.
Bugundan boshlab Respublika Ishchi guruhi viloyatimiz boʻylab navbatdagi oʻrganishlarni boshladi. Shu munosabat bilan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev videoselektor orqali hududlarni obodonlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yangi tizim barcha shahar va tumanlarda joriy qilinishi boʻyicha koʻrsatma berdi.
Oʻz navbatida, “Hokimlik soati”da bahorgi dala ishlari, qabristonlarni obodonlashtirish, “Yashil makon” dasturi doirasida rejalashtirilayotgan ishlar tahlil qilindi, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻygan mutasadilar ogohlantirildi.
Jumladan, aholi murojaatlariga yetarli darajada eʼtibor qaratmagani, berilgan topshiriqlar ijrosida suskashlikka yoʻl qoʻygani uchun Yangiyoʻl tumani hokimi Ulugʻbek Yalgashovga “hayfsan” intizomiy jazosi berildi. Shuningdek, uchinchi sektor rahbari ogohlantirildi, qurilish boʻyicha hokim oʻrinbosarining hatti-harakatlariga huquqiy baho berish lozimligi taʼkidlandi.
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Ohangaron_shahar
#Targ‘ibot_tadbiri
❇️Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi bosh mutaxassisi D.Akbayeva, Toshkent viloyati "Oqila-ayollar" harakati guruhi a'zosi Z.Xilvatullayeva, shahar "Oqila ayollar" harakati yetakchisi K.Akbarova va "Vatan" MFY yetakchisi R.Nurmuhammedovlar bilan hamkorlikda shahardagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Yangi O'zbekiston-inson qadri ustuvor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir" shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbir davomida 2023 yil-"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da O'zbekistonda "Inson manfaatlari-hamma narsadan ustun" shiori ostida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlari ta'minlanayotgan Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan barcha islohatlar "Inson qadri uchun" tamoyili asosida yoshlarimizga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanishlari lozimligi haqida ta'kidlab o‘tildi.
✍RMMM Ohangaron shahar bo‘linmasi
/channel/RMMMOhangaronsh
#Ibrat_farzandlari
✨ 1-2-sektor yoshlar yetakchilari tomonidan Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan "Ibrat farzandlari" loyihasi 1-maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida targ‘ib qilinib, tushuntirishlar berildi.
/channel/ohangaronshahar
"Toshkent suv ta‘minoti" MChJ Ohangaron shahar bo‘limi sizga quyidagilarni ma‘lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PK-408 sonli qaroriga asosan, Ohangaron shahar hududidagi Adolat, Mustaqillik, Vatan, Iloq, Orzu, Do‘stlik, Umid MFYlari hududidagi ma‘nan eskirgan zulfin (zadvijka)larni almashtirish, Bo‘ston MFY hududida 700 metr ichimlik suv tarmog‘ini rekonstruksiya qilish dasturga tushgan bo‘lib, mazkur qaror ijrosini ta‘minlash hamda “Bo‘ston” MFY A.Navoiy ko‘chasi hududida joylashgan d-500 mm.li ichimlik suv tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf etish uchun Ohangaron shahar hududida 2023-yil 21-fevral kuni soat 02:00 dan zulfinlar almashtirilib va nosozlik bartaraf etilgunga qadar ichimlik suvi to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Dispetcher xizmati: 24/7 70-645-22-24
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
/channel/ohangaronshahar
#Munosabat
Ohangaron shahar “Namuna” MFYdagi holat yuzasidan Oltin voha telegram messenjeri orqali e’lon qilingan murojaatga rasmiy munosabat
Ayni damda mahalladagi holat “Suvoqova” DUK xodimlari tomonidan bartaraf etildi.
Aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan Hokimlik axborot xizmati jurnalist va blogerlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildiradi.
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati
/channel/ohangaronshahar
✅ O'z faoliyatini yo'lga qo'yishga muvaffaq bo'lgan yosh tadbirkor Oybek To'ychiyev.
👩💻 Oybek To'ychiyev 2021-yilda ushbu texnoparkda rahbarlik lavozimida ish boshlagan.
👨💻 Aniq maqsad va tinimsiz intilishlar hamda puxta rejalarni amalga oshirish orqali hozirgi kunda texnoparkda "Robototexnika", "IT-dasturlash", "3D-modellashtirish" yo'nalishlari bo'yicha 500 nafardan ortiq yoshlarni o'qitib, sertifikatlar topshirildi.
👨💼 Ularning 40 nafardan ortig'i o'z yo'nalishlari bo'yicha doimiy ishlariga ega bo'lishgan.
🗺 Tadbirkorning kelajakdagi asosiy maqsadlaridan bir - bu Toshkent viloyatining elektron xaritasini ishlab chiqish hamda elektronlashtirish.
📺 Davomini esa ushbu video orqali ko'rishingiz mumkin...
Videoni sifatlisini ko'rish (Full HD)👈
👍 Kanallarga ulaning:
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🐤Twitter
Ohangaron shahar FVB_ogohlantiradi. Gaz jihozlaridan to'g'ri maqsadlarda foydalaning yaroqsiz va qo'lbola isitish pechlaridan foydalanmang.
✅✅✅ Xavfsizligingiz o’z qo’lingizda, bee’tibor bo’lmang!
#Ohangaron_shahar
#Ma'naviyat_soati
❇️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda shahar Xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Ajdodlar nomi barhayot" mavzusida "Ma'naviyat soati" o‘tkazildi.
✅Ma'naviyat soatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, bo‘linma mutaxassisi D.Akbayeva, shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutaxassisi H.Raximov, shahar "Ma'rifat" targ‘ibotchilar guruhi a'zosi hamda keksalar faxriysi R.Madaminova hamda maktabning MMIBDO‘ I.Raimqulovlar ishtirok etdilar.
✍Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi.
/channel/RMMMOhangaronsh