#Yig‘ilish
❇️Kuni kecha Ohangaron shahar 3-umumta’lim maktabida Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasi tashabbusi bilan voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida "Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni va ma’suliyati" mavzusida ota-onalar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
✅Yig‘ilishda shahar prokurori katta yordamchisi Sh.Zulfiyev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi mutaxassisi D.Akbayeva, komissiya a’zosi J.Sodikov va shoʻba mudiri N.Yuldashovalar yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi majburiyatlari, ularni salbiy illatlar va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, internetdagi tahdidlardan himoyalashda kitobning ahamiyati haqida so‘zladilar.
✳️Yigilishda maktab direktori Z.Erkabayev hamda ota-onalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.
✍Bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri, komissiya mas’ul kotibi N.Yuldashova
#Yoshlar_shukuhi
#Shaxmat_klubi
#G'oliblik
OHANGARONDA SHAXMAT KLUBI ISH BOSHLADI
⚡️Bugun Ohangaron shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida, shaxmat klubi ochilish marosimi va Shaxmat musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqani Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonkulov ochib berdi. Musobaqa 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 100 nafardan ortiq shaxmat muxlislarini birlashtirdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra,
Qizlar bahsida:
🥇-o'rin Abdumutalova Madina
🥈-o'rin Isroilova Asila
🥉-o'rin Begmatova Mushtariy
O'g'il bolalar bahsida
🥇-o'rin Ergashev Azizbek
🥈-o'rin Ismoilov Dilshod
🥉-o'rin Abdusamatov Zikriyo g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
Ushbu turnir Ohangaron shahar sport maktabi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
G'oliblarimiz Yoshlar ishlari agentligining esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
/channel/ohangaronshahar
#xushxabar
Ohangaron-Qorako'l maktab-internati 9-A sinf o'quvchisi Abdushukurova Nigina IELTSda 7,5 ball natija bilan xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida: Nigina Abdushukurova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga hujjat topshirib tanlovning respublika bosqichida shahrimiz sharafini munosib himoya qilgan edi.
/channel/ohangaronshahar
#SHAXMAT_IXLOSMANDLARI_DIQQATIGA
⚡️17-FEVRAL, JUMA KUNI SOAT 10:00 DA BARCHA SHAXMAT IXLOSMANDLARINI Ohangaron shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida, shaxmat klubida bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etishga taklif qilamiz! Musobqa Ohangaron shahar hokimi o'rinbosari Z.Karimov, Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi va shahar mahallalaridagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
✨Aynan shu kunda u yerda juda katta "shaxmat klubi" o’z faoliyatini boshlaydi!
🔥Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha havaskor va professional ishtirokchilar qatnashishlari mumkin.
💫Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan. (Jami 100 nafar)
O'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!
📍Manzil: Yoshlar markazi binosi, mo'ljal eski sport maktabi.
/channel/ohangaronshahar
Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 16-18 fevral kunlari A-373 “Toshkent - O‘sh" avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog'ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko'rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo'lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, joriy yil 14-20 fevral kunlari kutilayotgan yog'ingarchilik sababli respublikaning tog’li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo'stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog'larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Farg'ona viloyati: So‘x, Farg'ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi e'lon qilinadi.
Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.
Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
🔥Ohangaron shahar 9-umumiy o'rta ta'lim maktabi rahbari F. A. Mashkurova pedagogik jamoaga quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
📌Yig‘ilishda maktab direktori o'z xonadoniga quyosh panellarini o'rnatganini, bu orqali muqobil energiya resurslarini tejashga erishish mumkinligi xususida aytib o'tdi.
📌 Yig'ilish davomida quyosh panellarini o'rnatish bo'yicha har bir bankdan kreditlar ajratilayotganini, bundan unumli foydalanish kerakligi haqida so'z bordi.
Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi, tog‘ qorlarining erishi, tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi va boshqa sabablarga olib kelishi mumkin.
Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar Batafsil...
Boshqa yangiliklar👇
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Rasmiy_munosabat
Yoshlar kundaligi telegram messenjeri orqali e’lon qilingan “Ohangaronga islohotlar juda kech yetib keladi” nomli tanqidiy post yuzasidan munosabat
Shahardagi “Baxt” MFYdagi holat “Toza hudud” tomonidan bartaraf etildi.
Texnikalar yordamida chiqindilar olib chiqib ketildi.
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati
/channel/ohangaronshahar
Shahrimizdagi “Mustaqillik”, “Baxt”, “Adolat” MFYlarida quyosh panellarini o‘rnatish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mahalla faollari, aholi vakillari ishtirok etdi. Hokimlik mutasaddilari tomonidan quyosh panellarining afzallik xususiyatlari aholiga tushuntirib berildi.
#Manzara
Qish ziynati | Toshkent dengizi (“Tuyaboʻgʻiz” suv ombori).
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#E_lon
Ohangaron shahar Madaniyat va turizm bo’limi Sizlarga ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida
2023-yil 11-fevral kuni soat 14:00 da Ohangaron shahar 6-son bolalar Мusiqa va san’at maktabi faollar zalida “Yangi O’zbekistonda Inson aziz!” deb nomlangan konsert dasturiga taklif etamiz.
Konsertda Ohangaron shahar Madaniyat va turizm bo’limi hamda Ohangaron shahar 6-son bolalar Мusiqa va san’at maktabi jamoalari tomonidan go’zal kuy-qo’shiqlar, jozibali raqslar namoish etiladi.
MARHAMAT!
Keling, tomosha qiling va zavqlaning.
/channel/ohangaronshahar
Оҳангарон шаҳридаги барча муаммолар ўрганилади
⚡️Бугун Оҳангарон шаҳар Мусиқа ва санъат мактабида Юртбошимизнинг Парламентга ва халққа қилган мурожаатномасида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш, шунингдек, шаҳардаги ижтимоий-маънавий муҳитни ўрганиш ва яхшилаш юзасидан кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтди.
✅Унда вилоят касаба уюшмалари ташкилотлари бирлашмаси раис ўринбосари (республикадан бириктирилган вакил) Ўткирбек Рашидов, шаҳар сектор раҳбарлари, МФЙ, ҲУЖМШ раислари, корхона ва ташкилот раҳбарлари ҳамда секторларга бириктирилган ишчи гуруҳ аъзолари иштирок этди.
♻️Йиғилишда шаҳардаги 21 та МФЙга ҳоким ўринбосарлари, ташкилот раҳбарлари бириктирилиб, тегишли саволнома асосида ҳар бир маҳалла, кўча ва оилалардаги мавжуд муаммоларни аниқлаш юзасидан вазифалар белгиланди.
✔️Ўрганиш натижалари шаҳар, вилоят ва Республика даражасида ҳал этилиши бўйича сектор штабларида кунлик муҳокама этиб борилади.
Шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати.
🌐/channel/ohangaronshahar
#расмий
ТАЙИНЛОВ
Шеров Жаҳонгир Пайзуллаевич 2021 йил 6 январдан Оҳангарон шаҳар ободонлаштириш бошқармаси бошлиғи лавозимига тайинланди.
Ж.Шеров 1980 йил Оҳангарон туманида туғилган. Миллати ўзбек, маълумоти тугалланмаган олий.
Мазкур лавозимга тайинлангунга қадар Оҳангарон ўрмон хўжалиги корхонасида ўрмонни қўриқлаш нозири вазифасида фаолият юритаётган эди.
@ohangaronshahar
Kаналга уланиш :👇
🌐/channel/ohangaronshahar
Мактаблар аввалгидай "Онлайн" ҳамда "Анъанавий" тарзда давом этади
Барча мактабларда ўқув жараёнлари тўлиқ анъанавий шаклга ўтказилиши тўғрисида ижтимоий тармоқларда эълон қилинган хабар кўплаб тушунмовчилик ва эътирозларга сабаб бўлди.
Ушбу эътирозларни инобатга олган ҳолда, шунингдек, уйида касаллик тарқалишига ҳавотир катта бўлган, кексалари бор ҳамда саломатлигида сурункали хасталиги бўлган ўқувчиларнинг таълим олиши учун параллель равишда “Онлайн-мактаб” лойиҳаси ҳам давом эттирилиши маълум қилинади.
Шу ўринда фарзандини мактабга юбормайдиган ота-оналардан, уларнинг вақтини бесамар ўтказмасликлари ҳамда уйда таълим олишлари учун барча зарур шарт-шароитларни яратиб, уларни тўлиқ назоратга олишларини сўраб қоламиз.
ХТВ.
🌐/channel/ohangaronshahar
#муносабат
Фуқаро Муножот Тураббоева томонидан 2021 йил 4 январь куни ижтимоий тармоқ орқали йўлланган мурожаат юзасидан қуйидагилар маълум қилинади.
М.Тураббоева ўз мурожаатида 2014 йил Оҳангарон шаҳар "Умид" МФЙ. 2–даҳада жойлашган 1-уйнинг 5-хонадонини сотиб олганлиги, кейинчалик ушбу хонадоннинг меросхўри аниқланиб, унинг ушбу уйга бўлган хуқуқи бекор бўлганлиги, шунингдек, уйни сотиб олиш учун берган пулини ҳозиргача ололмаётганлигини маълум қилиб, мазкур масала юзасидан Оҳангарон шаҳрида истиқомат қилувчи фуқаро А.Акилов ва бошқа мансабдор шахсларга нисбатан жиноят иши қўзғатилишини сўраган.
Ушбу низоли масала 2019 йил 24 сентябрда Жиноят ишлари бўйича Оҳангарон шаҳар судида кўриб чиқилган бўлиб, унда жавобгар А.Акиловга нисбатан жиноят иши муддати ўтиб кетганлиги боис, Ўзбекистон Республикаси ЖК ва ЖПКнинг тегишли моддаларига мувофиқ бекор қилинган.
Бундан ташқари фуқаро М.Тураббоевага Оҳангарон шаҳар прокуратураси, шаҳар ИИБ томонидан юқоридаги масала бўйича тегишли ҳулосалар тақдим қилинган.
Бугунги кунда мазкур мурожаат жиддий назоратга олинган бўлиб, тегишли ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ўрганилмоқда. Ўрганиш натижаларига бўйича қўшимча маълумот берилади.
Оҳангарон шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати.
@ohangaronshahar
#Ohangaron_shahar
#Ma'naviy_ma'rifiy_tadbir
❇️Bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi tashabbusi bilan Ohangaron shahar hokimining Bolalarni himoya qilish sho'basi va Ohangaron-Qorako'l maktab internati bilan hamkorlikda Xorazmning aziz farzandi, ulug' olim Muhammad Ibn Ahmad Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan "Buyuk olim va mutafakkir" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
✅Tadbirda o'quvchilar tomonidan Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodidan ma'lumotlar, asarlaridan sahna ko'rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
✍Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Ohangaron shahar boʻlinmasi.
/channel/RMMMOhangaronsh
#Bandlik
✨Ohangaron shahridagi 6-sonli Musiqa va sanat maktabida Ohangaron shahar hokimi, shahar prokurori, Majburiy ijro bo
‘limi, shahar ichki ishlar bo‘limi,Ohangaron shahar Kambag
’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi tashabbusi bilan
bo’sh ish o’rinlari “Mehnat yarmarkasi” o’tkazildi.
❇️Mehnat yarmarkasida 33 ta korxona tashkilot 389 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi.
✅Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasida Ohangaron shahrida istiqomat qiluvchi 112 nafar band bo’lmagan ishsiz fuqarolar ishtirok etdi.
✨“Mehnat yarmarkasi”da 37 nafar fuqarolarga ishga joylashish uchun mehnat qonunchiligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, o’zini-o’zi band etish, kasbga o`qitish borasida maslahatlar berildi.
/channel/ohangaronshahar
#Obodlik
✨Ohangaron shahar Obodonlashtirish, Toza hudud bo‘limlari xodimlari tomonidan shahar hududida obodonlashtirilmoqda.
/channel/ohangaronshahar
#Jarayon
Ohangaron shahar hokimi tomonidan shahardagi ishlab chiqarish korxonalarida quyosh panellarini o‘rnatish masalasiga bag‘ishlangan targ‘ibot yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda “Ohangaron Don”AJ, "Hamkor nur savdo" MCHJ, "Tianrun" MCHJ XK korxona xodimlari bilan quyosh panellarining afzallik xususiyatlari, energiya tejovchi resurslardan foydalanishning ijobiy tomonlari xususida so‘z bordi.
/channel/ohangaronshahar
#hokimlik_hujjatlari
Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan xodimlar ham ragʻbatlantirib boriladi
Viloyat hokimligi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati xodimlari va ularning oila aʼzolarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyat mahalliy byudjetining hisobot choraklari yakuniga koʻra shakllanadigan qoʻshimcha manbalari hisobidan xodimlar har oylik maoshlarining bir baravaridan ikki baravarigacha boʻlgan miqdorlarda ragʻbatlantirib boriladi.
Tegishli hujjatga asosan, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Muzaffar Fayziyev, viloyat moliya bosh boshqarmasi har oylik toʻlovlarni doimiy ravishda ajratib borilishini taʼminlaydi.
Qarorning toʻliq matni quyidagi havolada:
https://e-qaror.gov.uz/uz/doc/1127573
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
📍DIQQAT AKSIYA
📎Kutubxona — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi.
⚡️Ohangaron shahar yoshlarini vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kitobxonlikka yanada qiziqtirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo'limi rahbari A.Uralov va shahar mahallalaridagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan shahrimizda joylashgan "Yoshlar markazi"da "Yoshlar kutubxonasi"ni tashkil etish uchun ishlar boshlandi.
🙋♂️Aziz shahrimiz aholisi va yoshlari "shahrim uchun kitob sovg'a qilaman" deb nomlangan aksiyamizda faol ishtirok eting va yoshlar kutubxonasiga o'z hissangizni qo'shing.
📚Kitoblarni "Yoshlar markazi"da qabul qilamiz.
📞Murojaat uchun tel: 931191086, 936119694
#Hokimlik_soati
Ohangaron shahar hokimligida navbatdagi hokimlik soati bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda barcha korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, hafta davomida bajariladigan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish masalasi dolzarb ekanligi, bu borada targ‘ibot tadbirlari davom ettirilishi lozimligi ta’kidlandi.
/channel/ohangaronshahar
#yoshlar_dasturi_amalda
#monitoring_2023
#yoshlarga_imkoniyat
✅Ohangaron shahar "Bo‘ston" mahallasi aholisi uchun sartaroshxona ishga tushdi.
✅Bo‘ston mahallasida yashovchi Yo‘ldoshev Toxir Tolibxo‘ja o‘g‘li o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib “Yoshlar daftari”ga o'zini-o'zi band qilish uchun maqsadida kiritilib kerakli bo‘lgan asbob uskunalari “Yoshlar ishlari agentligi tomonidan topshirilgan edi.
✨Bugun Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i A.Uralov hamda Bo‘ston mahalla yoshlar yetakchisi F.Kurbanova bilan birgalikda monitoring qilindi.
Monitoring jarayonida Toxirjon o‘z kasbining ustasi bo‘lib mahalla aholisiga xizmat qilgan holda o‘z tegdoshlarini ham kasbga o‘rgantib bir nechta shogirdlar tayyorlayotganining guvohi bo‘ldik.
Suxbat jarayonida Toxirjonga Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi boshlig‘i A.Uralov Ohangaron shahrida o‘z faoliyatini boshlagan Yoshlar markazida sartaroshlik o‘quv kursini ochish yuzasidan taklifini bildirdi.
/channel/ohangaronshahar
Ohangaron shaharda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz to'ldirish shahobchalariga quyosh panellarini o'rnatilishi yuzasidan Moliya-iqtisodiyot va kambag'allilni qisqartirish bo'limi boshlig'i-Ohangaron shahar hokimi o'rinbosari T.Sultonov Ohangaron shahar soliq inspeksiyasi boshlig'i A.Mo'minov hamda
Ohangaron shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Ohangaron shahar bo'limi boshligi A.Xadjiyevlar tomonidan tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
/channel/ohangaronshahar
#Navoiyxonlik_kechalari
Ohangaron shahridagi 2-IDUMda "Oramizda Navoiy asarlarini o‘qimaganlar bo‘lmasligi kerak" shiori ila Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✅Tadbirda o‘quvchilar sahnada Navoiyning g‘azal va ruboiylari, qo‘shiq va raqslarlarni maromiga yetkazib ijro etishdi.
✅Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Ohangaron shahar bo‘linmasi rahbari U.Cho‘lponova, mutaxassisi D.Akbayeva, shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar shoʻbasi mudiri N.Yuldasheva, Maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi M.Aliyevalar so‘zga chiqishdi.
✅ Tadbir davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatayotgan maktabdagi ma’sul xodimlarga Ohangaron shahar ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashakkurnoma va sovg‘alari berildi.
Muqaddas Aliyeva
/channel/ohangaronshahar
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятида Марказий ҳарбий округнинг артиллерия бригадасини бориб кўрди.
Мазкур ҳарбий қисмда катта ҳажмдаги қурилиш ва таъмирлаш ишлари амалга оширилиб, барча замонавий қулайликлар яратилган.
Олий Бош Қўмондон ушбу шароитларни кўздан кечирди, ҳарбий хизматчилар билан учрашди, ўқув машғулотларини кузатди.
Мутасаддиларга жанговар тайёргарликни янги поғонага кўтариш бўйича кўрсатмалар берилди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил артиллерийскую бригаду Центрального военного округа в Джизакской области.
В этой воинской части были проведены масштабные строительно-ремонтные работы, созданы современные условия для военнослужащих.
Верховный Главнокомандующий ознакомился с проделанной работой, встретился с военнослужащими, понаблюдал за учебными занятиями.
Ответственным лицам даны указания по выведению боевой подготовки на новый уровень.
#Mirziyoyev #safar #Jizzax #harbiyqism
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#расмий
ТАЙИНЛОВ
Содиков Аброр Мухиддин ўғли 2021 йил 7 январдан Оҳангарон шаҳар Eр ресурслари ва давлат кадастри бўлими бошлиғи вазифасини вақтинча бажарувчи этиб тайинланди.
А.Содиков 1992 йил Жиззах вилоятида туғилган. Маълумоти олий. 2017 йил Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институтини тамомлаган. Мутахассислиги ер тузиш ва ер кадастри.
Мазкур лавозимга тайинлангунга қадар Ўзбек давлат ер тузиш илмий лойиҳалаш институти “O’zdavyerloyiha” ДИЛИ “Тошвилерлойиҳа” бўлинмаси лойиҳа бош мухандиси вазифасида фаолият юритаётган эди.
@ohangaronshahar
Kаналга уланиш :👇
🌐/channel/ohangaronshahar
AKFA universiteti sovrinli olimpiada o'tkazadi
Toshkentdagi AKFA universiteti iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida matematika, kimyo, biologiya va ingliz tili bo'yicha olimpiada o'tkazadi. Unda mazkur Universitetda o'qish istagini bildirgan 11-sinf o'quvchilari va akademik litseylarning 3-bosqich o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar 👉bu havola👈 orqali 2021 yil 5 fevralgacha ro'yxatdan o'tishlari kerak.
Yakunda har bir fan bo'yicha g'oliblar aniqlanib, quyidagi sovrinlarga ega bo'lishadi:
1-2 o'rinlar—25 million so'm
3-4 o'rinlar—20 million so'm
5-6 o'rinlar—15 million so'm
7-8 o'rinlar—10 million so'm
9-10 o'rinlar—5 million so'm.
☝️Agar ishtirokchi bir nechta fanlar bo'yicha sovrindorga aylansa, mukofotlar jamlanadi, bu esa AKFA Universitetida bepul o'qish imkonini beradi.
batafsil | подробнее | more details
kanalga ulanish👇👇👇
🌐/channel/ohangaronshahar
Ota-onalar diqqatiga!
Ohangaron shahridagi "Qaldirg‘och" maktabgacha ta'lim tashkiloti 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun" qisqa muddatli guruhga bo‘sh o‘rinlar mavjudligini ma'lum qiladi.
Manzil: Ohangaron sh. No‘g‘oyqo‘rg‘on mfy.
Aloqa uchun: (99)430-44-38
🌐/channel/ohangaronshahar