nurota_manaviyat | Неотсортированное

Telegram-канал nurota_manaviyat - Nurota Ma'naviyat

-

NUROTA TUMAN MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO`LINMASI Rasmiy kanali Каналга уланиш: t.me/nurota_manaviyat админга мурожаат: @Nurotamanaviyat

Подписаться на канал

Nurota Ma'naviyat

🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyoda kuchli uchlikda! Jamoamizga O'zbekistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida esa ulkan g'alabalar tilab qolamiz!

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Диққат

☄️💵Ўзбекистондаги ўртача маошлар маълум қилинди

Жорий йил биринчи чораги якунларига кўра, Ўзбекистондаги ўртача ойлик номинал иш ҳақи 4 млн 920 минг сўмни ташкил этди. Энг кўп ойлик олувчилар – банк, лизинг ва суғурта соҳаси ходимлари бўлиб, улар ўртача 13,2 млн сўм ойлик оляпти. Тиббиёт ва таълимдаги ойликлар энг паст даражада қолмоқда.

⚡️Ҳудудлар кесимида ўртача ойлик иш ҳақининг энг юқори миқдори Тошкент шаҳри (8 млн 117 минг), Навоий (6 млн 500 минг) ва Тошкент вилоятида (4 млн 764 минг) қайд этилган.

Энг кам маошлар эса Сурхондарё (3 млн 543 минг), Қашқадарё (3 млн 594 минг) ва Наманган (3 млн 642 минг) вилоятларида қайд этилган.

👉🏻http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

Бугун дам олиш куни.
Ҳар биримиз оиламиз ва яқинларимизга, айниқса ота-оналаримизни йўқлаб қўйишга вақт топишимиз жуда муҳим саналади.

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

🔰#Kun_hikmati  

To‘y va taziyag‘a sarf qilinaturg‘on oqchalarimizni biz turoniylar ilm va din yo‘lig‘a sarf etsak, anqarib ovrupoyilaridek taraqqiy etarmiz va o‘zimizda obro‘y va rivoj toparmiz.

✍️Mahmudxo‘ja Behbudiy


http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#хайрли_тонг

Ҳеч бир учрашув тасодиф эмас. Қаршимиздан чиққан ҳар инсоннинг бир сабаби бор. Базан бизга дўст бўларлар. Базан бизга дарс бўларлар. Ҳаётингдан сени ҳафа қилганларни чиқар-ки, сени сева оладиганлар учун жой очилсин.

Ассалому алайкум Қадрдон! Бугунги кунингиз хайрли, эзгу амалларга бой ўтсин!

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Tabassum😊

Haydovchilarga ham oson emas. 😂😂😂
Kuling, umringiz uzayadi.
😉😉😉

BIZGA QO‘SHILISHNI UNUTMANG!🥰
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Tonggi_musiqa🕊

🎶Erta tongni go‘zal tarona bilan boshlang!

📹📹 Dildora Niyozova - Yoshlik qaytmaydi

Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!
💐💐💐💐💐💐💐

Yaqinlaringizga ham ulashing!🥰

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

КУН ҲИКМАТИ:

"Ҳеч қачон бурнингни баланд кўтарма, акс ҳолда юлдузларни кўролмай қоласан"

Иоганн Волфганг фон Гёт.

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

☕️#xayrli_tong

🌞 Hayotimizdagi har lahza, har on ikkinchi marotaba takrorlanmasligini anglagan chogʻimiz ma'noliroq yashashni boshlaymiz, bugungi kunni ham ma'no va yaxshiliklarga toʻldiraylik!

Xayrli tong, yaxshilar.


👍http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

Uraaaa! Yarim finaldamiz!

G’alaba muborak barchaga!!

Yarim finaldagi raqibimiz Indoneziya! Xudo xohlasa, finalga chiqamiz va tarixda ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritamiz.

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

🏆Futzal. Osiyo kubogi. 1/2 final

🇺🇿O'zbekiston 3 - 3 Eron 🇮🇷

⚽️ | Ahmedzyanov

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

⚽️ GOL

⚽️ Futzal. Osiyo kubogi | 1/2 final

🇺🇿 Oʻzbekiston 2:3 Eron 🇮🇷

⚽️ | Azimi 29’

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

📌 U-23 Osiyo kubogi 🏆

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Saudiya Arabistoni 🇸🇦

Gol: Norchayev 45+2'


http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Биласизми

✔️ Қонунчиликка кўра, шахснинг яланғоч ҳолдаги фото- ва (ёки) видеотасвирини ўз ичига олган ахборотни унинг розилигисиз тарқатиш, шу жумладан ОАВда, телекоммуникация тармоқларида ёки интернетда тарқатиш ёхуд бундай ахборотни тарқатиш билан қўрқитиш БҲМнинг 400 бараваридан 600 бараваригача (136 млн сўмдан 204 млн сўмгача) миқдорда жарима ёки 360 соатгача мажбурий жамоат ишлари ёхуд 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари билан жазоланади.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Muhammad_Yusuf
#70_yilligi

Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kunga 70 yil to‘ldi.

Shoir she’rlarini yod olmagan, qo‘shiqlarini sevib ting­lamagan inson kam bo‘lsa kerak. Uning sodda, ravon va xalqchil she’rlarida kattayu kichik o‘z dardu tashvishi, quvonchu shodligini his etadi, shuning uchun ham har bir satrini yuragiga jo qiladi.

E'tiboringizga shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlab tasvirga olingan hujjatli filmni havola etamiz.

Mazkur havola orqali hujjatli filmni to‘liq tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=Fg2BbgVG2CE

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Qayerga_boramiz

Ayni kunlarda Nurota tumanidagi “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasi turistlar va mehmonlar uchun ochiq

Dam olish kunlarini doʻstlaringiz yoki oila aʼzolaringiz bilan oʻtkazishga nima deysiz?

📍Zilol chashma suvi, qadimiy Ark devorlari va shinam mehmonxonalar.

Hech ikkilanmay ushbu ziyoratgohga tashrif buyuring, afsuslanmaysiz!

📍 Lokatsiya

📹 Video

Yaqinlaringizga ham ulashing!🥰
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

Қум-шағал хом ашёсини ноқонуний қазиб олиш ҳолатлари аниқланди

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Навоий вилоят бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда “Н.Т.” корхонаси масъул шахслари Нурота тумани ҳудудида жойлашган “Кўчат” қум-шағал аралашмаси кони атрофидаги ер майдонларидан махсус техникалар ёрдамида ўзбошимчалик билан 17,9 минг куб ҳажмдаги қум-шағал ҳом ашёсини қазиб олиб, давлат ва жамият манфаатларига 232,9 млн сўм зарар етказганликлари аниқланган.

Шу каби, Департаментнинг Сариосиё туман бўлими томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда “М.М." корхонаси масъул шахслари тумандаги муҳофаза зонасига кирувчи ер майдонидан 5,5 минг куб ҳажмдаги қум-шағал ҳом ашёсини қазиб олиб, давлат ва жамият манфаатларига 143,4 млн сўм зарар етказганликлари аниқланган.


Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг 229-моддаси (ўзбошимчалик) моддаси билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

👉http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

Миямизни 100% ишлашга мажбур қиладиган махсулотлар...

🇺🇿http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

☀️#Xayrli_tong

Dunyodagi eng goʼzal neʼmat sizning shu hayotda borligingiz ekanini unutmang.
Hayotni seving, shunda olam ham oʼz goʼzalligini namoyish eta boshlaydi.

🌱 Assalomu alaykum azizlar!
🌱 Yana bir yangi tongni g'oyibona diydor ila qarshi oldik!


Yaqinlaringizga ham ulashing!🥰

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Кинодаги_ҳақиқат

Қаригандан кейин кераксиз буюмдай бўпқоларкансан...

Баъзи фарзандларга доим пули кўп бўладиган ота керак...

Амалинг, пулинг бўлса - ҳамма пойингга тиз чўкади, гапинг қиличдек кескир бўлади!

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Haj_2024 #Muhim_eslatma

FIRIBGARLARGA ALDANMANG YOXUD HAJ SAFARI TOʻGʻRISIDA MUHIM ESLATMA❗️


⚡️ Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar koʻpaymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yoʻq!

🔺 Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2024” vizasi boʻlishi shart.
Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega boʻlish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va b.lar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Saudiya qonunchiligiga koʻra qatʼiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.

🟥 Unutmang! Oʻzbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan, shunday ekan, ayrimlarning Oʻzbekiston orqali Haj safariga joʻnatamiz, degan aldovlariga uchmang! Ular fuqarolarimizni boshqa davlatlar orqali noqonuniy tarzda olib ketishga urinishmoqda. Bu esa, qonuniy asosga ega boʻlmagan va haj tashkil etishga vakolati yoʻq kimsalarning urinishidir. Kezi kelganda aytib oʻtish kerak-ki, bu kabi xatti-harakatlar Saudiya Arabistoni Podshohligi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida qatʼiy chora koʻrilishiga sabab boʻladi.


📃 Avval xabar berganimizdek, muborak safarlarga noqonuniy yoʻllar bilan borishga intilish 6 oy qamoq jazosi, Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.

❇️ Maʼlumot uchun, birgina 2022-2023-yillardagi Haj masumida Oʻzbekiston fuqarolari turistik, biznes va boshqa vizalar orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Haj amallari bajariladigan hududlarga kira olmaganlar. Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya va boshqa davlatlar orqali kelgan minglab fuqarolarimiz esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Ular Podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10 yil muddatga deportatsiya qilingan. Xususan, 2023-yilda butun dunyodan 150 mingdan ortiq shaxslar ushlanib jarimaga tortilgan va deportatsiya qilingan.

✅ Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yurtimizda “Haj” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshiriladi. Mazkur hujjatga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Haj” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. “Haj” faoliyati bilan boshqa tashkilotlarning, xususan, sayyohlik tashkilotlari va boshqalarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanadi.

❗️Aziz yurtdoshlar, ogoh boʻling, firibgarlarga aldanmang!

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

Ҳурматли оталар, қизларнинг кўнгли жуда нозик бўлади, уйга келганда уларга эътиборсиз бўлиб қолманг!

Қизларини яхши кўрадиган оталар бу видеони кўрганда юраги эзилиши аниқ:)

Охиригача кўринг.

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

"ТУЯҚУШГА "ЮК КЎТАР"-ДЕЙИЛСА, "МЕН ҚУШМАН"-ДЕРКАН. "УНДАЙ БЎЛСА УЧ"-ДЕЙИЛСА, "МЕН ТУЯМАН"-ДЕРКАН."✍️


http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

Futzal | Osiyo kubogi

Uchrashuv yakunlandi

🇺🇿 Oʻzbekiston 3:3 Eron 🇮🇷

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

⚽️ GOOOL

🏆 U-23 Osiyo kubogi | 1/4 final

🇺🇿 Oʻzbekiston 2:0 Saudiya Arabistoni 🇸🇦

⚽️ | Ismonaliyev 84’

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Таваккалчиликка асосланган ўйинларни ташкил этиш ва букмекерлик фаолиятини амалга оширишга рухсат этилади


“Лотереялар ва таваккалчиликка асосланган ўйинларни ташкил этиш ва ўтказишни тартибга солишни такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-68-сон, 19.04.2024 й.) қабул қилинди

🔰Фармонга кўра, 2025 йил 1 январдан:

🔹интернет тармоғида таваккалчиликка асосланган ўйинларни ташкил этиш фаолиятини ва букмекерлик фаолиятини амалга оширишга рухсат этилади;

🔹лотерея, интернет тармоғида ўйинлар ва букмекерликни ташкил этиш фаолиятлари қонунчиликка мувофиқ Истиқболли лойиҳалар миллий агентлиги (ваколатли орган) томонидан бериладиган лицензиялар асосида амалга оширади.

▶️ Лицензиялар асосида ташкиллаштирилган лотерея, интернет тармоғидаги ўйинлар ва букмекерлик гаровларида фақат 18 ёшга тўлган Ўзбекистон резиденти ва норезидентлари қатнашиши мумкин.

🗓 2025 йил 1 январдан 5 йил муддатга лотерея ҳамда интернет тармоғида ўйинларни ташкил этиш фаолиятини ва букмекерлик фаолиятини солиққа тортишнинг қуйидагиларни назарда тутувчи тартиби белгиланади:

➖лотерея, интернет тармоғида ўйинларни ташкил этиш фаолиятини ёки букмекерлик фаолиятини амалга ошираётган юридик шахслар лотерея, интернет тармоғида ўйинларни ташкил этиш фаолиятидан ёки букмекерлик фаолиятидан олинган жами даромадидан тўланган ютуқлар ва қайтарилган ставкалар чегирилган ҳолда 4 фоиз ставкасида айланмадан олинадиган солиқ тўловчилари ҳисобланади;

➖жисмоний шахсларнинг Агентлик томонидан берилган лицензиялар асосида ўтказиладиган лотереялар ҳамда интернет тармоғидаги ўйинлардан ва букмекерлик гаровидан олинган ютуқлар сифатидаги даромадлари даромад солиғи тўлашдан озод этилади.

🏢 Лотерея ва интернет тармоғида ўйинлар, букмекерлик фаолияти ташкилотчиларининг жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштиришга, терроризмни молиялаштиришга ва оммавий қирғин қуролларини тарқатишни молиялаштиришга қарши курашиш тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатларига риоя этишини мониторинг ва назорат қилиш функциялари Агентлик ва Бош прокуратура ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти томонидан амалга оширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

🏆Futzal. Osiyo kubogi. 1/2 final

🇺🇿O'zbekiston 2 - 2 Eron 🇮🇷

⚽️ | Ahmedzyanov (ag)

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

🏆Futzal. Osiyo kubogi. 1/2 final

🇺🇿O'zbekiston 2 - 1 Eron 🇮🇷

⚽️ | Ahmedzyanov

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

Bugun ikkala terma jamoamiz ham bir paytda o’ynaydi

U23 Osiyo kubogi chorak finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. G’olib jamoa kamida Parij-2024 Olimpiadasi uchun o’tish o’yinida qatnashish huquqini qo’lga kiritadi.

Futzal terma jamoamiz esa Osiyo kubogi yarim finalida 🇮🇷Eronga qarshi maydonga tushadi.

Ikkala o’yin ham soat 19:00 da boshlanadi. Yigitlarimizga omad tilaymiz!


http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…

Nurota Ma'naviyat

#kunkishisi

Bugun 26-aprel - Botir Zokirov tug‘ilgan kun.

🔹 Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda tavallud topgan. 
🔹 Uning ijrosidagi qoʻshiqlar xalqning qalbidan chuqur joy olgan, qachon yangramasin kishiga oʻzgacha xush kayfiyat bagʻishlaydi. 
🔹 Botir Zokirov 1956-yil “Yoshlik” yoshlar ansamblini tashkil etib, katta shuhrat qozongan edi.
🔹 U kuylagan opera ariyalari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari, xorij shlyagerlari oʻz davrida dunyo boʻylab tarqaldi.
🔹 Xonandaning repertuaridan milliy qoʻshiqlar bilan bir qatorda italyan, fransuz, ispan, rus, yunon tilidagi qoʻshiqlar ham joy olgan. 
🔹 Oʻzbek estrada sanʼatining rivoji Botir Zokirov ijodi bilan bogʻliqligini taʼkidlash oʻrinli.
🔹 Shuningdek, B.Zokirov tasviriy sanʼat, rejissura sanʼatlarida ham iqtidorli boʻlgan. 
🔹 Xonanda 1985-yil 23-yanvarda olamdan oʻtgan.
🔹 Botir Zokirov mustaqillik yillarida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 

http://t.me/nurota_manaviyat

Читать полностью…
Подписаться на канал