#Ijtimoiy_rolik
🚗Haydovchilik o‘rtoqlar bilan emas, o‘qib o‘rganiladi!
Hurmatli ota-onalar, farzandingizning sog‘ligi, hayoti siz uchun ahamiyatli bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasini olmasdan turib, uning avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘ymang!
http://t.me/nurota_manaviyat
ТАБИИЙ ОФАТЛАР БИЛАН БОҒЛИҚ ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БЎЙИЧА ТЕЗКОР ЧОРА-ТАДБИРЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
Каналга уланиш:Читать полностью…
/channel/NurotaIIB
💼 ТАЙИНЛОВ
Xolboyev Shahobiddin Abduadizovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Navoiy shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
————————
Холбоев Шаҳобиддин Абдуадизович — Ўзбекистон Республикаси Президентининг Навоий вилояти Нурота туманидаги Халқ қабулхонаси мудири лавозимига тайинланди.
Тайинловга қадар Навоий шаҳар ҳокимлиги Ташкилий-кадрлар гуруҳи раҳбари лавозимида фаолият юритиб келган.
Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati
✅http://t.me/nurota_manaviyat
#iqtibos
Millatni uyg‘otish — uyg‘onganlarning vazifasi.
Abdulhamid Cho‘lpon
http://t.me/nurota_manaviyat
Қуш уясида кўрганини қилади...
🤔 Болаларни 2 гуруҳга ажратиб улар билан ижтимоий эксперимент ўтказишди.
Натижани кўргач, хонадонингиздаги муҳитни ва ўзингизни болалар олдида қандай тутаётганингизни бир назорат қилиб олинг!
✅http://t.me/nurota_manaviyat
Aссалому алайкум. Шанба тонги муборак бўлсин.
🍃Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
🍃Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!
Кириб келган янги кун барчангизга баракали, фазилатли, саодатли, садоқатли, унумли, сермазмун, манфаатли бўлсин, азизлар!
КУНИНГИЗ ХАЙРЛИ БӮЛСИН
☘ http://t.me/nurota_manaviyat
🖊Билимли авлод буюк келажакнинг, тадбиркор халқ фаровон ҳаётнинг, дўстона ҳамкорлик эса тараққиётнинг кафолатидир.
#Bilasizmi?
📌 Nurota chashmasi siri nimada?
🌊 Nurota chashmasining sirli jihatiga bu yerning tabiiy o‘rni va buloqning shifobaxsh xususiyatlari ham sabab bo‘lgan. Nurota chashmasining suvi minglab kilometr yerosti yo‘laklaridan soniyasiga 290 litr miqdorida oqib chiqadi. Chashma suvi qishin-yozin bir xil — 19,5 daraja iliq bo‘ladi.
Ming yillar davomida oqib turgan chashmaning muzlashi hech kuzatilmagan, u minerallashgan yumshoq ichimlik suvidir. Aniqlanishicha, mazkur suvning tarkibida oltin moddasi bor, u oshqozon-ichak xastaliklariga davo. Suvdagi yod moddasi buqoq kasalligiga, noyob brom moddasi esa asab kasalliklariga shifo ekanligi qadimdan ma’lum.
🐠 Nurota chashmasining baliqlari tog‘ daryolarida uchraydi, fan tilida sutbaliq, ya’ni daryo marinkasi deb ataladi. Mazkur baliqlar o‘rtacha 17 yil yashaydi. Baliqlar hech qanday tashqi ozuqasiz yashaydi.
👉http://t.me/nurota_manaviyat
#KUN_HIKMATI:
Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini o‘zi yo‘qolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.
O‘tkir Hoshimov
http://t.me/nurota_manaviyat
💥 Бугун, 12 апрель — Халқаро кенжа фарзандлар куни
Одатда оиладаги кенжа бола энг севимли, эрка ва айтганини қилдирадиган бўлади. Улар ҳар қандай ҳийла-найранг учун кечирилиши мумкин, уларга энг яхшисини беришларини хоҳлайдилар.
🎉Кичик фарзандингиз, укангиз ёки синглингизни бугунги ажойиб байрам билан табрикланг!
http://t.me/nurota_manaviyat
#Диққат
⚡️ ЭРТАГА ҲАММА ЎҚИШГА ВА ИШГА
13-апрел, шанба, расмий равишда дарслар ва дам олиш кунларидан кейин иш бошланадиган кун
2024-йил 13-апрел (шанба) ўқув ва барча учун иш куни ҳисобланади
Яқинларга ҳам улашинг!
🇺🇿http://t.me/nurota_manaviyat
🌦 Aссалому алайкум. Жума тонги муборак бўлсин.
🌷Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
🌹Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!
Кунингиз мазмунли ўтсин!
http://t.me/nurota_manaviyat
Vatan deb atalmish oʻz uyingizni, oilangizni koʻz qorachigʻidek asrang!
"Анонс". Долзарб мавзу.
Бугун соат 18:00да Навоий вилоят телевидениясида
@Navoiy_vtrk
#MEHR
Ayolning yuzlariga diqqat bilan qarang.... 😢😢
Undagi hissiyotlarni yuragingizga his qilishga urinib ko‘ring...
Insonga eng azobli hissiyot bu yolg‘izlik...😔😔
Siz-chi?
Insof bilan o‘zingizdan so‘rang! Sizga muhtoj bo‘lib qolgan ota-onangizga vaqtingizni, mehringizni ajratyapsizmi?
Bir kun bu hissiyotlarni qanday his qilishni bugun o‘zingiz hal qilasiz...
Yaqinlarimizga mehr-muhabbatli, e'tiborli va g‘amxo‘r bo‘laylik!!!
http://t.me/nurota_manaviyat
Эроннинг Занжон шаҳрида дўкондор Ҳожи Ҳасан шарафига велосипед ёнида турган одам ёдгорлиги ўрнатилган.
Бир куни унинг дўконига кимдир киради ва велосипедини Ҳожи Ҳасанга омонат сифатида қолдириб, негадир қайтиб келмайди.
Ҳожи Ҳасан велосипедни ҳар куни эрталаб дўкон ташқарисига олиб чиқар, эгаси келмагач кечки пайт ичкарига олиб кириб қўяр эди. Бу ҳолат 45 йил давом этди, Ҳожи Ҳасан шунча пайт омонатнинг эгасини кутди.
Ҳожи Ҳасан оламдан ўтди, лекин велосипед эгаси топилмади. Унинг вафотидан кейин ҳукумат шаҳар марказида дўкондор ва велосипедга монумент ўрнатди. Одамлар уни Ваъдага вафо ёдгорлиги дейишади.
Очиғи, ҳавасим келди. Улар ҳам мусулмон одамлар. Бизда эса... фуқаролик ва маъмурий судлардаги ишларнинг катта қисми омонатга хиёнат билан боғлиқ. Бизникилар йўқотган нарсаси, у ҳужжат бўладими, буюм ёки пул бўладими, қайтиб келмаслигини аниқ билади
Ҳой, одамлар, бизда қачон шунақа ёдгорлик ўрнатилади???
@farmontosh телеграм каналидан
👉 17 yoshida yashirin yo‘llar orqali Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan Sirojiddin Shokirov jang maydonida o‘ldirilgan
Hurmatli ota-onalar, farzandingizni aslo e'tiborsiz qoldirmang, ijtimoiy tarmoqlar orqali kimlar bilan aloqada bo‘lishini, qaysi sahifalarni kuzatib borishini doimo nazorat qiling! Ogoh bo‘ling, farzandingiz yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymang!
👉 17 ёшида яширин йўллар орқали Суриядаги террорчилар сафига қўшилган Сирожиддин Шокиров жанг майдонида ўлдирилган
Ҳурматли ота-оналар, фарзандингизни асло эътиборсиз қолдирманг, ижтимоий тармоқлар орқали кимлар билан алоқада бўлишини, қайси саҳифаларни кузатиб боришини доимо назорат қилинг! Огоҳ бўлинг, фарзандингиз ёт ғоялар таъсирига тушиб қолишига йўл қўйманг!
http://t.me/nurota_manaviyat
Bir kun keladi. Erta tongda uyg'onasiz.
Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo'rsinasiz.
"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo'yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o'sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.
• Bugun boshlang !
• Bugun urinib ko'ring!
• Bugun qadam tashlang!
Ertaga kech bo'lishi mumkin.
© Paulo Koelo
http://t.me/nurota_manaviyat
😊 Ассалому алайкум! Шанба тонги муборак бўлсин!
🌤 Тонг отиб, меҳрибоним, янги кун келса,
💐 Гуллар ифори ила шаббода елса,
🌼 Сиз кулиб қаршиланг ниятлар билан,
🌷 Ажабмас бирма бир ижобат бўлса...
Яқинларга Улашинг.. 🌸
http://t.me/nurota_manaviyat
✨#Xayrli_tun🌙
Erta tongda yana bir bor diydor ko‘rishish baxti barchamizga nasib qilsin. 😘😍❤️
Eng shirin tushlar uyqungizni bezagi bo‘lsin, qadrdonlarim! 😴
Bizni kuzatishda davom eting⤵️
http://t.me/nurota_manaviyat
Yoshlar oʻrtasida DXX kubogi musobaqalari oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʻllab-quvatlash maqsadida futbol va mini-futbol boʻyicha anʼanaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogi start olganini eʼlon qiladi.
Tumandagi 16 yoshdan – 30 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol boʻyicha DXX kubogida ishtirok etishlari mumkin.
Barcha yoshlarimizni 2024 yil 13-aprel kuni soat 16:00 da "Mirishkor" mahallasida joylashgan sun'iy qoplami stadionda bo'lib o'tadigan DXX raisi kubogi boʻyicha futbol musobaqalarining ochilish marosimiga taklif etamiz.
Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati
✅Web|🕊Telegram|📱Facebook| 📱Instagram|📺nurotauz_official">Youtube |🕊Twitter
#Kun_tarixi
🟦🟦🟦🟦
📆 12-APREL – SHERALI JO‘RAYEV TAVALLUD TOPGAN KUN
✅Taniqli oʻzbek xonandasi, bastakori, shoiri va aktyori Sherali Joʻrayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2018-yilda Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan. 1991-yil Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va 2022-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan ham taqdirlangan. Xalqimiz qalbidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning she’rini o‘zi yozgan va shoir sifatida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosidir. Uning repertuari koʻp qirrali va rang-barang boʻlib, qoʻshiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomiy) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov) shoirlarning sheʼrlari tashkil etadi. Xonanda uyida rumiyxonlik kechalari ham uyushtirgan. U “Sherali va Oybarchin” filmiga ssenariy yozgan va filmda bosh rolni oʻynagan.
👉http://t.me/nurota_manaviyat
#Mutolaa
Kitoblarni ikki guruhga ajratish mumkin: kun kitobi va barcha kunlarning kitobi.
✍ Jon Ruskin
http://t.me/nurota_manaviyat
Биласизми? Ойларнинг ўзбекча номи:
• Январь - Ўчоқ;
• Февраль - Соба;
• Март - Кўклам;
• Апрель - Чечак;
• Май - Елвизак;
• Июнь - Кунқизар;
• Июль - Кунёнар;
• Август - Домизлиқ;
• Сентябрь - Кузак;
• Октябрь - Ўрим;
• Ноябрь - Йиғим;
• Декабрь - Қозон 😁
http://t.me/nurota_manaviyat
#Tonggi_musiqa🕊
🎶Erta tongni vatanni madh etuvchi go‘zal tarona bilan boshlang!
📹 Ozoda Nursaidova- Yangi O'zbekiston bu
Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!🥰
💐🍀💐🍀💐🍀💐🍀
Yaqinlaringizga ham ulashing!🥰
http://t.me/nurota_manaviyat
#Биласизми
❗️Одоб-ахлоқ қоидаларига кўра, давлат хизматчилари хизмат гувоҳномаларини сақлаш ва фойдаланиш тартибига қатъий риоя этиш, улардан хизматга алоқадор бўлмаган ҳолатларда фойдаланмаслик, шу жумладан, ваколатли шахсларга хизмат гувоҳномасини кўрсатиб, мавқеини суиистеъмол қилмасликка мажбур.
Каналга уланиш👇👇👇
http://t.me/nurota_manaviyat
13 апрель куни Бухоро-Навоий вилояти баъзи ҳудудларида, 14 апрель куни Самарқанд, Жиззах, Сирдарё ва Тошкент вилояти айрим ҳудудларида, 13-14 апрель республика тоғли ҳудудлари ҳамда Сурхондарё-Қашқадарё вилояти баъзи ҳудудларида кучли ёғингарчиликлар бўлиши прогноз қилинмоқда. ⛈Ўзгидромет
http://t.me/nurota_manaviyat
Бу фильм "Оскар" мукофотини олган. У бор йўғи 1дақиқа давом этади. Яқинлар ва дўстларнинг борлиги қанчалар мухим!
http://t.me/nurota_manaviyat