✨#Xayrli_tun🌙
Erta tongda yana bir bor diydor ko‘rishish baxti barchamizga nasib qilsin. 😘😍❤️
Eng shirin tushlar uyqungizni bezagi bo‘lsin, qadrdonlarim! 😴
Bizni kuzatishda davom eting⤵️
http://t.me/nurota_manaviyat
Yoshlar oʻrtasida DXX kubogi musobaqalari oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʻllab-quvatlash maqsadida futbol va mini-futbol boʻyicha anʼanaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogi start olganini eʼlon qiladi.
Tumandagi 16 yoshdan – 30 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol boʻyicha DXX kubogida ishtirok etishlari mumkin.
Barcha yoshlarimizni 2024 yil 13-aprel kuni soat 16:00 da "Mirishkor" mahallasida joylashgan sun'iy qoplami stadionda bo'lib o'tadigan DXX raisi kubogi boʻyicha futbol musobaqalarining ochilish marosimiga taklif etamiz.
Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati
✅Web|🕊Telegram|📱Facebook| 📱Instagram|📺nurotauz_official">Youtube |🕊Twitter
#Kun_tarixi
🟦🟦🟦🟦
📆 12-APREL – SHERALI JO‘RAYEV TAVALLUD TOPGAN KUN
✅Taniqli oʻzbek xonandasi, bastakori, shoiri va aktyori Sherali Joʻrayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2018-yilda Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan. 1991-yil Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va 2022-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan ham taqdirlangan. Xalqimiz qalbidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning she’rini o‘zi yozgan va shoir sifatida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosidir. Uning repertuari koʻp qirrali va rang-barang boʻlib, qoʻshiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jomiy) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov) shoirlarning sheʼrlari tashkil etadi. Xonanda uyida rumiyxonlik kechalari ham uyushtirgan. U “Sherali va Oybarchin” filmiga ssenariy yozgan va filmda bosh rolni oʻynagan.
👉http://t.me/nurota_manaviyat
#Mutolaa
Kitoblarni ikki guruhga ajratish mumkin: kun kitobi va barcha kunlarning kitobi.
✍ Jon Ruskin
http://t.me/nurota_manaviyat
Биласизми? Ойларнинг ўзбекча номи:
• Январь - Ўчоқ;
• Февраль - Соба;
• Март - Кўклам;
• Апрель - Чечак;
• Май - Елвизак;
• Июнь - Кунқизар;
• Июль - Кунёнар;
• Август - Домизлиқ;
• Сентябрь - Кузак;
• Октябрь - Ўрим;
• Ноябрь - Йиғим;
• Декабрь - Қозон 😁
http://t.me/nurota_manaviyat
#Tonggi_musiqa🕊
🎶Erta tongni vatanni madh etuvchi go‘zal tarona bilan boshlang!
📹 Ozoda Nursaidova- Yangi O'zbekiston bu
Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!🥰
💐🍀💐🍀💐🍀💐🍀
Yaqinlaringizga ham ulashing!🥰
http://t.me/nurota_manaviyat
#Биласизми
❗️Одоб-ахлоқ қоидаларига кўра, давлат хизматчилари хизмат гувоҳномаларини сақлаш ва фойдаланиш тартибига қатъий риоя этиш, улардан хизматга алоқадор бўлмаган ҳолатларда фойдаланмаслик, шу жумладан, ваколатли шахсларга хизмат гувоҳномасини кўрсатиб, мавқеини суиистеъмол қилмасликка мажбур.
Каналга уланиш👇👇👇
http://t.me/nurota_manaviyat
13 апрель куни Бухоро-Навоий вилояти баъзи ҳудудларида, 14 апрель куни Самарқанд, Жиззах, Сирдарё ва Тошкент вилояти айрим ҳудудларида, 13-14 апрель республика тоғли ҳудудлари ҳамда Сурхондарё-Қашқадарё вилояти баъзи ҳудудларида кучли ёғингарчиликлар бўлиши прогноз қилинмоқда. ⛈Ўзгидромет
http://t.me/nurota_manaviyat
Бу фильм "Оскар" мукофотини олган. У бор йўғи 1дақиқа давом этади. Яқинлар ва дўстларнинг борлиги қанчалар мухим!
http://t.me/nurota_manaviyat
#Bugun😢
Suratga yaxshilab qarang! So‘ng yana bir bor nazar soling!
Agar sovuqdan qaltiramasangiz va qalbingiz titramasa, siz suratga qaramabsiz...
®internet
INTERNETDAGI SURATGA QARAB
Aprel. Shanba. Yomg‘ir tinmas hoynahoy,
Havo izillaydi, ishga chiqqim yo‘q.
Issiqqina joyu, issiqqina choy -
Uyda yozni tashlab, qishga chiqqim yo‘q.
Internet ochaman, chiqadi suvrat:
Palatka, loy uzra yotar bolalar...
Bo‘g‘zimga tiqilar ulkan bir hasrat,
Qalbimni o‘rtaydi unsiz nolalar.
"Yurtim tinch, shukur", - deb aytsam ham asta,
Tatimaydi kunim, yurmaydi qalam.
Bola ozor chekkan bu dunyo - xasta,
Qaydadir urushning borligi - alam!..
✍️BOBUR BOBOMUROD
06.04.2024-y. 10:10.
👉http://t.me/nurota_manaviyat
#Эслатма
ИФТОРЛИК ВАҚТИ
🗓 7-апрель, Якшанба
🌙 Рамазон ойининг 28-куни
⏰ Ифторлик (оғиз очиш) 1⃣9⃣:1⃣2⃣
🌎 Нурота туман вақти билан!
🤲 Оғиз очиш дуоси:
Аллоҳумма лака сумту ва бика аманту ва аълайка таваккалту ва аъла ризқика афтарту, фағфирли йа ғоффарума қоддамту ва ма аххорту бироҳматика йа архамар роҳимийн, Аллоҳу акбар!
📣 Дўст ва яқинларингизга ҳам улашинг!
http://t.me/nurota_manaviyat
#Tonggi_musiqa🕊
🎶Erta tongni go‘zal tarona bilan boshlang!🥰
📹Sherali Jo‘rayev.
Aziz odamlar
Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin!🥰
💐🍀💐🍀💐🍀💐🍀
Yaqinlaringizga ham ulashing!🥰
👉http://t.me/nurota_manaviyat
Абдулла Орипов
КЕТМОҚДАМАН
Яхши қол, эй, дилбарим, дилда кадар, кетмоқдаман,
Ишқ аро энди ҳолим зеру забар, кетмоқдаман.
На ишончу на қувончу на кўнгилдан очма гап,
Барчасидан ушбу кун йўқдир самар, кетмоқдаман.
Мен қуёш юзлимга деб, тун-кечалар бердим юрак,
Оқибат отганда тонг қондир жигар, кетмоқдаман.
Неча кунлар ўтди, лекин сўрмадинг ҳолимни бир,
Охирида ҳол сўраб келсанг магар, кетмоқдаман.
Келганимда дедиларки, бу йигит кони зарар,
Кетмагимдан, охир айт, борми зарар, кетмоқдаман.
Билмадим, ҳеч бормикин асли дардимга шифо,
Хаста бу Абдулладан олгин хабар, кетмоқдаман.
1968
✍ Абдулла Орипов
http://t.me/nurota_manaviyat
Aссалому алайкум. Шанба тонги муборак бўлсин.
🍃Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
🍃Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!
Кириб келган янги кун барчангизга баракали, фазилатли, саодатли, садоқатли, унумли, сермазмун, манфаатли бўлсин, азизлар!
КУНИНГИЗ ХАЙРЛИ БӮЛСИН
☘ http://t.me/nurota_manaviyat
🖊Билимли авлод буюк келажакнинг, тадбиркор халқ фаровон ҳаётнинг, дўстона ҳамкорлик эса тараққиётнинг кафолатидир.
#Bilasizmi?
📌 Nurota chashmasi siri nimada?
🌊 Nurota chashmasining sirli jihatiga bu yerning tabiiy o‘rni va buloqning shifobaxsh xususiyatlari ham sabab bo‘lgan. Nurota chashmasining suvi minglab kilometr yerosti yo‘laklaridan soniyasiga 290 litr miqdorida oqib chiqadi. Chashma suvi qishin-yozin bir xil — 19,5 daraja iliq bo‘ladi.
Ming yillar davomida oqib turgan chashmaning muzlashi hech kuzatilmagan, u minerallashgan yumshoq ichimlik suvidir. Aniqlanishicha, mazkur suvning tarkibida oltin moddasi bor, u oshqozon-ichak xastaliklariga davo. Suvdagi yod moddasi buqoq kasalligiga, noyob brom moddasi esa asab kasalliklariga shifo ekanligi qadimdan ma’lum.
🐠 Nurota chashmasining baliqlari tog‘ daryolarida uchraydi, fan tilida sutbaliq, ya’ni daryo marinkasi deb ataladi. Mazkur baliqlar o‘rtacha 17 yil yashaydi. Baliqlar hech qanday tashqi ozuqasiz yashaydi.
👉http://t.me/nurota_manaviyat
#KUN_HIKMATI:
Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini o‘zi yo‘qolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.
O‘tkir Hoshimov
http://t.me/nurota_manaviyat
💥 Бугун, 12 апрель — Халқаро кенжа фарзандлар куни
Одатда оиладаги кенжа бола энг севимли, эрка ва айтганини қилдирадиган бўлади. Улар ҳар қандай ҳийла-найранг учун кечирилиши мумкин, уларга энг яхшисини беришларини хоҳлайдилар.
🎉Кичик фарзандингиз, укангиз ёки синглингизни бугунги ажойиб байрам билан табрикланг!
http://t.me/nurota_manaviyat
#Диққат
⚡️ ЭРТАГА ҲАММА ЎҚИШГА ВА ИШГА
13-апрел, шанба, расмий равишда дарслар ва дам олиш кунларидан кейин иш бошланадиган кун
2024-йил 13-апрел (шанба) ўқув ва барча учун иш куни ҳисобланади
Яқинларга ҳам улашинг!
🇺🇿http://t.me/nurota_manaviyat
🌦 Aссалому алайкум. Жума тонги муборак бўлсин.
🌷Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
🌹Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!
Кунингиз мазмунли ўтсин!
http://t.me/nurota_manaviyat
Vatan deb atalmish oʻz uyingizni, oilangizni koʻz qorachigʻidek asrang!
"Анонс". Долзарб мавзу.
Бугун соат 18:00да Навоий вилоят телевидениясида
@Navoiy_vtrk
#MEHR
Ayolning yuzlariga diqqat bilan qarang.... 😢😢
Undagi hissiyotlarni yuragingizga his qilishga urinib ko‘ring...
Insonga eng azobli hissiyot bu yolg‘izlik...😔😔
Siz-chi?
Insof bilan o‘zingizdan so‘rang! Sizga muhtoj bo‘lib qolgan ota-onangizga vaqtingizni, mehringizni ajratyapsizmi?
Bir kun bu hissiyotlarni qanday his qilishni bugun o‘zingiz hal qilasiz...
Yaqinlarimizga mehr-muhabbatli, e'tiborli va g‘amxo‘r bo‘laylik!!!
http://t.me/nurota_manaviyat
#Биласизми
🔰 Ҳозирги кунда Ўзбекистон ҳудудида:
#Navoiy_tarixi
Navoiy viloyati tarixi bilan tanishishni istaysizmi? Unda ushbu videoni tomosha qiling!
👉http://t.me/nurota_manaviyat
💥 Бугун 7-апрел Xалқаро саломатлик куни!
Бу кун билан барчангизни табриклаймиз. сизларга сиҳат-саломатлик, узоқ умр ва барча яхшиликларни тилаймиз!
http://t.me/nurota_manaviyat
☀️#Xayrli_tong🌷🌷🌷
🍃Sen bilan birga safarni boshlaydigan kishini topish oson. Ammo uni sen bilan yakunlaydigan kishini topish qiyin. Ibtido doimo goʻzal. Ammo intiho faqatgina vafolilarnikidir!
🍃Assalomu alaykum, xayrli tong yaxshilar!
Boshlangan kuningiz xayrli va ezgu amallarga boy bo‘lsin!
✿•┈┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈┈•✿
Yaqinlaringizga ham ulashing🥰
👉http://t.me/nurota_manaviyat
❗️30 ёшдан кейин қуйидагиларни истеъмол қилишни чекланг!
🔸Шакар. Кўп истеъмол қилинса, ажинлар пайдо бўлишини тезлаштиради
🔸Туз. Тузни ортиқчаси қон босими ва инсулт хавфини оширади.
🔸Кофе. Унинг таркибидаги кофеин асаб тизимига таъсир қилиб, уйқуни бузилишига олиб келади.
🔸Колбаса. Таркибидаги нитратлар саратон хавфини оширади.
🔸Фаст-фудлар. Уларда кўп миқдорда шакар, туз ва бошқа кимёвий қўшимчалар мавжуд.
👉http://t.me/nurota_manaviyat