10 ta dastur o'rnatmang, Telegram bo'lsa yetadi! Chunki botlar bilan hamma narsaning iloji bor! Telegramdagi foydali botlarni esa shu kanaldan topasiz! 📥 Bot joylash & ADS: @joylash_tartibi
#stiker
🔍 @StFindBot — kalit so'zlar asosida stiker topishga yordam beradi. Bazasida 9.000 dan ortiq stikerlar mavjud.
🤖 @NoyobBotlar
#emoji #wiki
🤩 @Emojipedia_bot — Emojilar haqida butun boshli ensiklopediya vazifasini bajaradi. Unga emoji yuborsangiz, o'sha emoji haqida ma'lumot beradi va qaysi operatsion tizim uchun qanday ko'rinishda ekanligini ham ko'rsatadi.
🤖 @NoyobBotlar
#rasm_izlash
🔍 @ImageFetcherBot — Telegramda turib Google'dan rasm qidiring. Foydalanish uchun suhbat maydoniga @ImageFetcherBot
va yoniga rasm nomini kiriting.
Ⓜ️ Masalan: @ImageFetcherBot gullar
🤖 @NoyobBotlar
#bildirishnoma #agent
🔔 @ytWatchBot — YouTube'ga kam kiradiganlar uchun yaxshi vosita. Sizga kerakli YouTube kanalida yangi video chiqsa, u haqida Telegramda turib xabardor bo'lishingiz mumkin. Buning uchun botga YouTube kanalining havolasini yuborib sozlash kerak.
🤖 @NoyobBotlar
#github
📥 @getgitbot — GitHub'dan fayllarni yuklab olish uchun bot.
🤖 @NoyobBotlar
🎶 Xira tovushlardan zerikkanlar uchun layfxak
Ko'pchilik musiqa izlash va yuklab olishda VK Music botidan foydalanadi. Lekin yuklangan musiqa sifati sizni quvontirmasligi mumkin.
Telegramda musiqa bilan ishlovchi boshqa botlar ham talaygina va ba'zilari sifatli musiqa eshitishingizni ta'minlay oladi.
🎵 @DeezLoad2bot — musiqani Deezer va Spotify musiqiy platformalaridan qidirish va kerakli sifatni tanlagan holda yuklab olishni qo'llab-quvvatlaydi.
💬 P.S: Sifatni o'zgartirish uchun botga /settings buyrug'ini yuboring.
🤖 @NoyobBotlar
#bulutli_xotira #konstruktor
💾 @PoshBot — kanalingiz uchun fayllarni saqlaydigan omborxona vazifasini bajaruvchi botlarni yaratishingiz mumkin bo'lgan konstruktor. Unda yaratilgan botlar faqat kanalingizga obuna bo'lgan holda fayllarni yuklab olishga imkon beradi.
🤖 @NoyobBotlar
#guruh_moderator
🛡@MainModerBot — bu guruhlarni boshqarish uchun funksional moderatorlardan biri. Guruh qoidalarini o'rnatish, foydalanuvchini ogohlantirish, bloklash, unvon berish va boshqa bir qancha qulayliklarga ega.
🤖 @NoyobBotlar
#insta_yuklovchi
📸 @Instatube_bot — Instagram va YouTube'dan fotosuratlar va videolarni yuklab oladi. Ovoz va video sifatini tanlashingiz mumkin.
🤖 @NoyobBotlar
🧐Битта iPhone 14 Pro Max моделини ишлаб чиқаришнинг харажати қанча бўлишини биласизми?
Читать полностью…#game #qiziqarli #aqliy
🧞♂ Akinator
Siz bitta personajni o'ylaysiz va botning savollariga javob berasiz. Oxirida bot siz o'ylagan personajni topib beradi 🤩
🌐 ingliz-rus tillarida
➖➖➖➖➖➖➖
💬 P.s: Ba'zan ko'proq savol va vaqt ketishi mumkin, lekin baribir topadi 💯
🤖 @NoyobBotlar
#antivirus
🧐 Shubhali faylni uchratdingizmi? Yuklashga shoshilmang!
🛡 @easyantivirusbot — hajmi 200 mb'gacha bo'lgan fayllarni VirusTotal ma'lumotlar bazasi orqali tekshirib beradi.
🤖 @NoyobBotlar
#youtube_yuklovchi
📥 YouTube platformasidan videolarni yuklab olishda yordam beradigan TOP 3 ta bot:
1. @utuberabot
2. @saveyoutubebot
3. @gozilla_bot
💬 P.s: Ushbu botlar 130 dan ortiq bot ichidan funksionalligi, videolarni tez va sifatli yuklab berishi bo'yicha saralab olindi. Reklama kelib turishini hisobga olmaganda botlarga gap yo'q 😉
🤖 @NoyobBotlar
#rasmlar
🌄 @givemepicbot — Shunchaki zerikkanda ajoyib rasmlarni tomosha qilish imkonini beradi.
🤖 @NoyobBotlar
#hisobchi
💰 @budgetmoneybot | Pullaringiz qayerga sarf bo'layotganini bilmayabsizmi? Ushbu bot daromad va xarajatlarni kuzatib borishga yordam beradi.
🌐 Rus tilida
💬 G'aznangizni nazorat ostida saqlang, zero saqlab qolingan 1000 so'm pul, ishlab topilgan 1000 so'mga tengdir!
🤖 @NoyobBotlar
#shortner
🖇 @RLNBot — uzun havolalarni juda qisqa ko'rinishga keltirib beradi.
🤖 @NoyobBotlar
#guruh_moderator
🛡@ChatKeeperBot — guruhni nazorat qilish uchun ko'plab funksiyalarga ega TOP moderator botlardan biri.
🤖 @NoyobBotlar
🆕 Endi TikTok'da ham bormiz!
Loyihamiz ko'lamini yanada kengaytirish va botlardan foydalanishni batafsil ko'rsatib berish maqsadida TikTok sahifamizni ishga tushirdik.
Telegramda bajariladigan qiziqarli layfxaklar va foydali videolarni TikTok'ga joylab boramiz.
👉 noyob_botlar">TikTok sahifa
Agar sizda TikTok bo'lsa obuna bo'ling va videolarimizni kuzatib boring. Hali hammasi oldinda 😉
🤖 @NoyobBotlar
#raqam_aniqlagich
📞 @mnp_bot — telefon raqamini qaysi davlat, viloyat va mobil operatorga tegishli ekanligini aniqlab beradi.
🤖 @NoyobBotlar
#renamer
✍ @TGRename_Bot — Telegramdagi fayllarning nomini o'zgartirish uchun bot. /help tugmasi orqali qanday ishlatishni bilib olishingiz mumkin!
🤖 @NoyobBotlar
#fotomuharrir #ai
🔳 @photocolorizerbot
Bot har qanday rangsiz (чёрно-белый) fotosuratni sun'iy intelekt yordamida rangli qilib bera oladi. Bu bilan eski suratlarni qayta jonlantirishingiz mumkin.
🌐 Bot tili: Ingliz, Rus, O'zbek
🤖 @NoyobBotlar
#random
🎲 @RandomizeAllBot — raqamlar aro yoki siz bergan ro'yxat asosida tasodifiy tanlashni amalga oshiradigan bot.
🤖 @NoyobBotlar
#memlar
🎩 @memingbot — Turli shablonlar asosida matningiz bilan memlar yaratish uchun bot. O'zingiz ham shablon qo'shishingiz mumkin.
👆Qanday foydalanish tepadagi gifda ko'rsatilgan.
🤖 @NoyobBotlar
#akinator #game
🤔 Siz o'ylang, men topaman!
Bilsangiz hayolda o'ylangan aktyor, superqahramon va boshqa personajlarni topib beruvchi Akinator nomli veb-sayt o'yini bor.
Bu o'yinni bot versiyalari ham ishlab chiqarilgan:
🔸 @Akinator_RuBot
🔸 @AkinatorRuBot
🔸 @AkinatorOnBot
🔸 @AkinatoraBot
🤖 @NoyobBotlar
#konverter #pdf #documents
📄 Office2pdf
Talabalar hamda ofis xodimlari uchun kerak bo'ladigan eng foydali bot. U boshqa formatdagi hujjatlar va rasmlarni PDF formatiga o‘zgartirib beradi, shuningdek, DOC, DOCX, XLS, PPT va JPG fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi.
🌐 ingliz-rus-uzbek...
🤖 @NoyobBotlar
#shaxmat #game
♟ @ChessBot — Telegramdan chiqmasdan turib shaxmat o'ynash imkonini beradigan ajoyib bot.
🤖 @NoyobBotlar
#telegraph_post #reader
⚡️@chotamreaderbot — unga biror sayt sahifasidan havola yuborsangiz, bot uni Telegraph maqola shakliga o'tkazib, Telegramning o'zida o'qishga imkon yaratadi.
🤖 @NoyobBotlar
📥 Telegramda cheklangan kontentni saqlasa bo'ladi(mi)?
Ba'zi kanal egalari kanalidagi postlarni muhofaza qilish maqsadida kontent saqlashni cheklash funksiyasini faollashtirishadi. Bunda kanaldagi postni saqlash, nusxalash, ulashish va skrinshot olishning imkoni bo'lmaydi.
Lekin bu ish foydalanuvchilarga muammo tug'diradi. Axir post foydali bo'lsa saqlamasdan iloj yo'q-da! 😋
Baxtimizga Telegramda bu muammmoga qarshi turuvchi botlar mavjud. Quyida shunday botlarni e'lon qilamiz:
🔹 @GetFilesRoBot
🔹 @saverestrictedrobot
📜 Botga saqlab olmoqchi bo'lgan postdan havola yuborsangiz bas. Shu bilan maqsadingizga erishasiz!
🤖 @NoyobBotlar
#maxfiy_xabar
🤫 @nnbbot | Bot yordamida guruhlarda faqat bitta foydalanuvchiga ko'rinadigan maxfiy xabar jo'natishingiz mumkin. Buning uchun kerakli guruhga o'tib: @nnbbot [maxfiy xabar] [foydalanuvchi nomi]
ni yuboring.
✅ Namuna: @nnbbot Salom @kiber_servis
🤖 @NoyobBotlar
#deleter
🗑 @delall_bot | Kanalingiz yoki guruhingizdagi barcha postlarni o'chirib tashlaydigan bot. Buning uchun uni admin qilib tayinlashingiz va kanal yoki guruhga /delall buyrug'ini yuborishingiz kerak, shunda barcha xabarlar o'chiriladi.
🤖 @NoyobBotlar