Pediatriya bo’yicha 9-s’yezddaman. Chaqaloqlarga 1 oy turadigan periferiyadan markazga qo’yiladigan angiokateter master-klass.
Eng qizig’i biznikilar buni nazariy jihatdan bilishar, faqat moslama bo’lmaganiga qo’llolmagan
@neomaslahati
Ertaga soat 14:00 da “Oziq-ovqat allergiyasi” mavzusida of-line seminarga boring
Manzil: IAC (international allergy center) Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko’chasi 86
Tel raqam: 555089200
Narxi: BEPUL
Qizilcha kasalligi Rubella
Bu yuqumli kasallik qizilcha virusi keltirib chiqaradi. Asosan bolalarda uchraydi, shuning uchun 1yosh va 6 yoshda unga qarshi KPK vaksinasi qilinadi, vaksinani olgan bola kasallanmaydi.
Yuqishi insondan insonga havo orqali. Yuqori isitma, toshma, nafas yo'llari yallig'lanishi bilan kechadi.
Eng havflisi homilador ayol kasallik yuqtirib olsa homilaning og'ir nuqsonlari rivojlanadi:
⚠️Qizilcha uchligi
1⃣Tug'ma katarakta
2⃣Tug'ma karlik
3⃣Tug'ma yurak nuqsoni
Kasallikning oldini olishning eng asosiy yo'li emlamani vaqtida olish.
Agar bo'lajak ona bolalalikda KPKni olmagan bo'lsa homiladorlikni rejalashtirishda qon tahlili topshiradi, qizamiqqa qarshi immunitet borligi aniqlabadi, yo'q bo'lsa shu vaqtning o'zida vaksinatsiya olishi mumkin.
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Telegram | Instagram |Otzivlar
TORCH infeksiya nima?
Bu homiladorlikda homilaga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan infeksiyalar jamlanmasidir.
T (toksoplazmoz) - toksoplazmoz
O (boshqa) - boshqa infektsiyalar (gepatit B, sifilis, xlamidiya, turli viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan boshqa infektsiyalar)
R (rubella) - qizilcha
C (sitomegali) - sitomegalovirus infektsiyasi
H (herpes) - herpes I-II, II turdagi
Bu infeksiya ayol organizmiga jiddiy havf solmaydi, ba'zan simptomlar bermaydi.
Har qanday muddatda abort kuzatilishi, homila o'sishdan to'htashi, turli tug'ma nuqsonlar rivojlanishi, muddatidan oldin tug'ulish kabi og'ir oqibatlarga olib keladi.
Ayniqsa yuqoridagi infeksiyalar aynan homiladorlik davrida yuqib onada o'tkir kasallik kuzatilsa bola uchun havf yuqori bo'ladi.
Bu infeksiyalarning barchasimi davosi mavjud. Faqat klinik va labarator tekshiruvlar qilib, vaqtida aniqlab yuqorida bo'ladigan asoratlarni oldi olish mumkin bo'ladi.
Yanada ko'proq ma'lumot
Telegram | Instagram |Otzivlar
🔍Yaqinda bir loyihada intervyu bergan edim. Shu videopodkast joylanibdi. Hammangizni ko'rishga taklif etaman. Sarflagan vaqtingiz hayrli bo'lsin
https://youtu.be/flcR_Xz-oQg?si=pHeNHZUMARELheFW
00:01 AUTIZM SPEKTR BUZILISHLARI
02:30 Autizm va RAS farqi
08:00 Sababi. Irsiy nasliy degani emas
12:20 Qachondan belgilari ko'rinadi
15:30 Asosiy belgilari
25:00 Daun sindromida autizm bo'ladimi?
25:30 Autizm bo'lmasligi uchun nima qilish kerak?
30:36 Tashhis qo'yilgandan keyin
36:00 RAS da nevrolog kerakmi?
39:56 Yaxshi eshitmagan bola...
40:44 Autizm va emlash
43:37 Raqamli autizm
Spiker: bolalar nevrologi epileptolog PhD Furqat Nasibovich Samadov ⤵️
/channel/neoclinic_uzb
@neomaslahati
Kongresdaman, bugun ikkinchi kuni
Semirmaydigan bolalar haqida yangiliklar ko’p bo’ldi.
Tug’ma yurak nuqsonlar (porok) sabablariga ancha aniqlik kiritildi.
Antibiotiklar ta’sir qilmayotgan bakteriyali infeksiyalar tobora ortib borayotgani va raqamlar hayratli.
Albatta siz bilan bo’lishaman
@neomaslahati
AUTIZM haqidagi savolingizni qoldiring. Iltimoz mavzudan tashqari savol yozmang, spikerimiz chet eldalar biz uchun vaqt ajratmoqda noqulaylik yaratmaylik ⤵️
@neomaslahati
Chaqaloqni butilkachada ko'krakka qaytarish
Chaqaloqlar kichik bo'lsa ham miyasi orqali oson va qiyin yo'lni farqlash va osonini tanlash qobilyatiga ega bo'ladi.
Ma'lum sababga ko'ra ona chaqaloqqa o'z sutini yoki sun'iy aralashmani butilkachada bir necha marta berishida bola ko'kraklardan ko'ra osonroq va oz vaqtda ko'proq emayotganini bilib, ko'krakdan voz kechishi mumkin.
Bunday vaqtda ko'krakka qaytarish uchun eng avval butilkadan voz kechamiz.
Qanday qilib?
🍼❌Butilkachani tashlab yuboring yoki qo'lingiz yetmaydigan joyga olib qo'ying(onalar ko'ngilchang bo'lamiz, bolani yig'isiga osongina taslim bo'lamiz, butilkani qayta berib qo'yishimiz mumkin).
🥣Ko'krakka o'rgangunigacha oldin ko'krak taklif qilasiz, olmasa sutingizni sog'ib piyola yoki qoshiqchada bering.
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Yanada ko'proq ma'lumot
Telegram | Instagram |Otzivlar
Bizi onajonlarimizni bugun ham qabul qilishadi.
Erta ta‘limni eng yaxshi jihati
Bu ona va bola o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlashida.
Uyda ta‘lim berishni nimadan boshlashni bilmayotganlar bo‘lsa kurs siz uchun.
Gulzodani avvaldan taniman. Bizni bir qancha vebinarlarimiz o‘quvchisi
Izlanuvchan onalardan
Kanalga ulanib biroz kuzatsangiz o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.
Atopik dermatit (diatez)ni davolash
🌳🌴🌞Toza havoda sayr;
🛀Gigienik vannalar, havo vannasi;
👕🩳🛏Kiyimlar, choyshablarni tabiiy matoligini ishlatish;
🛋🧸Uyda chang yig'uvchi buyumlar, o'yinchoqlarni bo'lmasligiga e'tbor qaratiladi.
🧴🧼Gipoallergen vositalardan foydalaning.
Kasallikning asosida terini quruqlashuvi bo'lgani uchun suvli muolajalar yaxshi foyda beradi, 🚿❌dushdan foydalanish mumkin emas, terini shikastlashi mumkin.
Vanna qilish vaqti 10daqiqa atrofida, suv harorati 33-34
Uzoq vaqt va harorati yuqori vanna teriga zarar yetkazishi mumkin.
Cho'milishdan keyin terini sochiq bilan artmang, pelenka yoki choyshabda quriting.
Suv muolajasidan so'ng teriga mahsus emolentlar bilan ishlov bering, terida oqsil defitsitini to'ldirib, namlik chiqib ketishini kamaytiradi.
Toshmali, jarohatli joylarga tarkibida lanolin saqlovchi malham(bepanten) surting.
Qichishish juda kuchli bo'lganda gormonal mazlarni vrach ko'rsatmasi bilan qo'llang.
Voice
Telegram | Instagram |Otzivlar
DIATEZ emas Atopik dermatit
Bola yuzlarining qizarib qipiqlanib turishiga diatezi bor ekan deb organib qolganmiz. Aslida bu eski umumiy atama, hozirda bunday tashxis yo'q.
Atopik dermatit terining surunkali yallig'lanish kasalligi, ma'lum bir terini himoyalovchi oqsil yetishmovchiligidan kelib chiqadi. Bu oqsil teri yuzasida joylashib, teri namligini tashqariga chiqib ketishidan saqlaydi.
Bu oqsil genetik yetishmaganda teri zichligi kamayib, namlik yo'qolib, quruqshirash yuz beradi. Allergiyaga, yallig'lanishga moyilligi kuchayib ketadi.
Esda tuting atopik dermatit 30% holatdagina allergiya hisobiga yuzaga keladi, qolgan holatda teri bilan bog'liq turli muammolar hisobiga sodir bo'ladi.
Atopik dermatit belgilari:
Qizarish
Shish
Quruqshirash, qipiqlanish
Qichishish, toshma
Voice
Bizni kuzating va yaqinlarga ham ulashing.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Emizikli onaning ko'kraklari yumshoq, sut to'lganini his qilmasa
Oksitotsin nomli gormon onalarda bolasi haqida o'ylaganda, uni kiyimlari, o'yinchoqlarini ko'rganda, ovozini eshitsa yoki bolaga qarab turganida organizmda sintezlanadi. Bu garmon silliq muskullarni qisqartiradi. Ya'ni ko'kaklarda sutni siqib tashqariga oqib chiqishini ta'minlaydi.
Ona bola bilan ruhiy aloqaga kirishganda ko'kraklarida og'riq, sut kelib ketishi, bir ko'kragini emizsa ikkinchisidan sut kelishi oksitotsin refleksi yuz beryotganini bildiradi.
Bu refleks hammada har xil namoyon bo'ladi. Kimdadir kuchli, kimdir umuman sezmaydi, hammada harakter turlicha bo'lgani singari.
Sut kelayotganini sezmaslik sut kelmayapti degani emas. Bu o'sha ayol uchun norma, emizishni uzluksiz davom ettirish va to'g'ri emizishni yo'lga qo'yish doimiy sut hosil bo'lishini ta'minlaydi. Ko'kraklarni tubi yo'q sut tugab qolmaydi. Zahirga hosil bolaveradi.
Prolaktin va oksitotsin
Telegram | Instagram |Otzivlar
Chaqaloqni qayt qilishi qanday hollarda havfli ?
Chaqaloqda normada 1 kunda 20martagacha og'ziga sut kelishi va ayrim hollarda qayt qilib yuborishi kuzatiladi. Emib bo'lgach ko'p miqdorda og'iz burnidan chiqarib 4-5 marta qayt qilishi ham me'yor bo'lishi mumkin.
Qachon kasallik tufayli qayt qilayapti deb hisoblaymiz?!
Qayt qilishlar soni vaqt o'tishi bilan ko'payib borsa( kuniga 4-5 marta, keyin 5-6 marta, keyin 8-9marta, ...)
Qayt qilish hajmi ko'payib borsa (avval 2 qoshiq, keyin 1 piyola, 1kosa,...)
Qusish mobaynida najas kelishi kamaysa (8mahal edi, keyin 3mahal, keyin 1mahal ham emas).
Bola qayt qilishdan qiynalib, o'xchib o'zini bezovta his qilayotgan bo'lsa (me'yoriy qusishdan oldin bola qiynalmaydi ).
Yuqoridagi salbiy belgilar kuzatilsa chaqaloqlar shifokori ko'rigi, zarurat bo'lsa hirurg, nevropatolog konsultatsiyalari talab qilinadi.
Chaqaloqni qayt qilishi me'yormi
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Telegram | Instagram |Otzivlar
Ustoz bilan yo‘l qisqaradi...
Bu bilimlar 4 ta farzand va 19 yil tajribamdan yig‘ilgan hech qachon qilmagan 40% chegirmada kurslar qarshingizda.
Asab tolalaringizni asrang,
Hotirjam ona bo‘lsangiz ham bo‘ladi
Emizish og‘riqli emas
Bola yig‘lashi sizga muloqotga aylanadi.
Toshmalar qo‘rqitmaydi
Shamollash ham imunitetini mustahkamlaydi agar bilim bo‘lsa
Shunaqa
Hozirgi naxhi esa shok narx biz unaqa chegirma qilmaganmiz
Chaqaloqlar sariqligini onaning ovqatlanishi bilan aloqasi.
Chaqaloqlar sariqligini kelib chiqishiga sabab hayotining dastlabki kunlarida bilirubbin darajasi ortiq bo'lishi, bu modda teriga va shilliq qavatlariga sariq rang berishi. Bilirubin jigarga borib bog'langan holatga o'tadi va najas, siydik orqali tashqariga chiqib ketadi.
Chaqaloq jigarining holati onaning homiladorlikni qanday o'tkazganiga bog'liq. Ya'ni ona noto'g'ri ovqatlangan bo'lsa(fast food, gazli ichimliklar, yarimtayyor mahsulotlar, politielen-plastmad idishlardan taomlanish,...) kamqonlik, turli infeksion kasalliklar, qon kasalliklarini boshidan kechirgan bo'lsa bu onaning va bolaning jigar faoliyatiga ta'sir qilmay qolmaydi.
Tatqiqotlarda yangi tug'ilgan chaqaloqlar jigarida nanoplastik aniqlangan. Bu degani ona iste'mol qilgan plastik bolaning jigariga borib to'planishi.
Jigar yetishmovchiligida sariqlikdan tashqari boshqa modda almashinuv jarayonlari izdan chiqishi mumkin.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Chaqaloqlar sariqligi qachon havfli hisoblanadi.
Sog'lom chaqaloqlarda hayotining 3-4-kunida sariqlik yuzaga kelishi, yuzi, ko'zi, og'zi va tanasining sarg'ayishi, bu holat vaqtida tug'ilgan chaqaloqlarda 14 kun, vaqtidan ilgari tug'ilganlar uchun 21 kun davom etishi me'yoriy.
Havfli sarg'ayish🆘
Hayotining ilk kunida tananing har qanday sohasida sariqlik paydo bo'lishi
2-kunida qo'l va oyoqlargacha sarg'ayishi
3-kunida oyoq va qo'l kaftigacha butun tananing sarg'ayishi
7-kunidan keyingi sarg'ayish ham patologik hisoblanadi
Fiziologik sariqlikning vaqtida tug'ilgan chaqaloqlarda 14 kundan, muddatidan ilgari tug'ilganlar uchun 21 kundan ortiq davom etishi ham kasallik belgisi hisoblanadi.
Sariqlik kuzatilib, bola bo'shashib, uyquchan, yaxshi ema olmasa yoki bezovtalik kuzatilsa, najasi och tusga siydigi to'q tusga o'tayotganini sezsangiz zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Call centre: 📞 +998773393333
/channel/fotolampauz
Telegram | Instagram |Otzivlar
Toksoplazmoz homiladorlikda qanchalik havfli.
Toksoplazma hujayra ichida yashaydigan parazit. Dunyo aholisini 30%ida uchraydi.
Yuqishi mumkin: mushuklardan, yaxshi pishmagan go'shtlarni iste'mol qilish.
Ayol sog'ligida o'zgarish bo'lmasdan, homiladorlikda homilaning o'smay qolishi yoki tez-tez homila tushish holatlari kuzatiladi.
Agar infeksiya ayolda bo'lsa yoki 1-,2-trimestirida yuqsa bu homila uchun juda havfli nobud bo'lishi yoki og'ir rivojlanish nuqsonlari bilan tug'ilishi kuzatiladi. 3-trimestrda yuqqanda bola tug'ma toksoplazmoz bilan tug'iladi, ammo sog'ligida jiddiy o'zgarishlar kuzatilmasligi mumkin.
Homiladorlikni rejalashtirayotganda barcha ayollarlar TORCH infeksiyaga tahlil topshorib, salomatlik holatiga aniqlik kiritsa yuqoridagi holatlarni oldi olinadi, infeksiyaga davolanib keyin homilador bo'lish maqsadga muofiqdir.
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Telegram | Instagram |Otzivlar
Ona shamollaganda suti kamayadimi?
Yo’q to’g’ridan to’g’ri shamollash sut kamayishiga olib kelmaydi.
Lekin burun bitib nafas olish qiyinlashganda, tomoqda og’riq, achishish bo’lganda, isitma chiqib butun tanaga og’riq berganda onada oksitotsin gormoni ishlab chiqarilishi kamayib (bu garmon sutga to’lgan ko’kraklardan sutni ajralib chiqishini ta’minlaydi), bola emsa yaxshi sut chiqmaydi, kam emish o’z- o’zidan miyaga sut kam ishlab chiqarish haqida informatsiya beradi. Shunday qilib ona suti kamayib qolishi mumkin.
Bunday vaqtda tez-tez emizishni tashkillash kerak, har bola emganda, ona bolasiga qarab mehr berganda oksitotsin gormoni ko’payishni boshlaydi va sut ko’p ajralishi iziga tushadi.
Onaning kiyimsiz badaniga bolaning kiyimsiz badani qanchalik ko’p sohasi tegsa shunda ham oksitotsin ko’p ajraladi. Bu usulni kenguru usulida ko’tarib emizish desak bo’ladi.
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Telegram | Instagram |Otzivlar
Autizm spektr buzilishlari 2-qism
Ovoz sifati pastroq
00:01 Preventiv yondashuv
08:30 Katta yoshda autizm. ABA terapiya
13:50 Autizm tuzaladimi?
Spiker: Bolalar nevrologi epileptolog PhD Furqat Nasibovich Samadov ⤵️
/channel/neoclinic_uzb
@neomaslahati da sizga eng kerakligi
3 yilda bir o’tkaziladigan katta konferentsiya faqat autizmga bag’ishlanadi. Spikerimiz hozirda Avstriyada shu konferentsiyada qatnashmoqdalar. Eng so’ngi ma’lumotlar bilan biz bilan bo’lishishga tayyor.
On-line bo’lishni rejalashtiring
Ona ko'krak so'rg'ichlarining shakli emizishda muhim ahamiyat kasb etmasligini bilasizmi?
Har bir ayol ko'kragining va so'rg'chlarining shakli, o'lchami o'ziga hos, individual bo'ladi. Homiladorlik davrida gormonal o'zgarishlar hisobiga sut bezlari kattalashuvi, sut hosil bo'lishiga tayyorgarlik kuzatiladi.
Tug'ruqqacha bo'lgan davrda ko'kraklar quruqlashuvi, terisining dag'allashuvi kuzatilsa yumshatuvchi krem, tabiiy o'simlik yog'laridan surtib ishlov bersak bo'ladi. Lekin emizikli davr uchun ko'krak uchlarini tayyorlovchi mahsus ishlov berilmaydi.
Bola onasini so'rg'ichlari yassi yoki ichiga botgan holatida ham ema oladi chunki to'g'ri emizishda bola og'zini katta ochishi va so'rg'ichdan yuqori areolani qamrab olishi lozim.
Bola emsa so'rg'ichlar shakllanib bolaga moslashadi, emishga qiynalsa shifokor tavsiyasi bilan ko'krak uchlariga mahsus usullarda ishlov beriladi.
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Telegram | Instagram |Otzivlar
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 - 🚩🚩🚩🚩- Siz va farzandlaringiz uchun!
❤️ ONA - ilk ustoz.
😍🟠Bolalariga erta ta'limni yoʻlga qoʻyishni istagan, Qur'on yodlatish, til o'rgatishning oson yoʻllarini izlagan, undan tashqari o'quv materiallarini qanday yasashni o'rganishni, qaysi yoshda bolalar uchun nimalar o'rgatishni bilmayotgan Onalar diqqatiga🔴✅ Ustozim Onam kursining 2-GURUHI uchun ro'yxatdan o'tishga shoshiling!
📣Kecha Million mam formida savol bergan Sitorakhan ona sutiga bolani qaytarish bo'yicha ertagalikga on-line konsultasiyaga 50% chegirmada yoziling.
@DokMER_admin yoki @dokmer_mm ga yozing
Chegirma vaqtida sotib olgan onamiz.
Bo‘lib to‘lash imkoniyati bor bizda doim.
Va yana kurs foyda qilmasa pulni qaytaramiz.
@dokmer_ADMIN
@DOKMER_MM
Ona yoki ota bolalikda go'shtni yoqtirmagan bo'lsa, bolasi ham yoqtirmasligi tabiiymi?
Go'shtni emizikli bola ratsioniga kiritish muddati 6-7 oylikdan kechikmasligi kerak deydi Butunjaxon sog'liqni saqlash tashkiloti. Sababi aksariyat bolalarda temir tanqisligi kamqonligi kuzatiladi. deyarli barcha emiziklilarda ham shu tanqislik bo'ladi va bolaga yetarlicha Temir moddasi kiritilishi qo'shimcha ovqatni vaqtida va to'g'ri kiritish ushbu holatga yechim hisoblanadi. Tarkibida temir saqlovchi mahsulotlar orasida go'sht mahsulotlari 1- o'rinda turadi.
Go'shtni o'ta mayin holatda blendrdan o'tkazib berish ham to'g'ri emas, bola go'sht yeyayotganini sezmaydi va uni chaynash ko'nikmasini egallamaydi, 1 yoshdan keyin kiritish bolada chaynashni eplay olmasligiga olib keladi, shuning hisobiga katta bo'lgan sari go'shtga bo'lgan qiziqishi uyg'onmaydi.
Ota-onasini bolalikda go'sht yemaganidan bolasi ham yemayapti degan fikr xato ekanligini tushundingizmi?
Telegram | Instagram |Otzivlar
6 oylik bola birdaniga emmay qo'ysa
Bu davrda bolada tish chiqishiga tayyorgarlik bo'layotgani hisobiga milklar og'riqli va shunga yarasha emishi ham og'riqli bo'lib emishi kamayishi mumkin.
Yoki turli buyumlarni o'g'ziga solaverganidan og'izda stomatit yuzaga kelib bu sababdan emishdan bosh tortadi.
Yoki tomog'ida, qulog'ida yallig'lanish yuzaga kelib, bola injiqlanadi, ishtaxasi pasayadi va og'riq hisobiga emishida o'zgarish bo'ladi.
Yoki bu davrda bolada tush ko'rishi yaqqollashadi, qandaydir ijobiy yoki salbiy ko'rinishda yorqin taаssurot ham bola kayfiyatiga va holatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi, tabiiyki emishi susayib qoladi.
Har qanday holatda onaning sinchkovligi kerak va zarurat bo'lsa shifokor ko'rigi talab etiladi.
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Yanada ko'proq ma'lumot
Telegram | Instagram |Otzivlar
❕❕❕❕ chegirma tugashiga sanoqli soatlar qoldi.
Kursning Gold va platinum ta‘riflariga qabul yopildi ular to‘ldi.
Endi silver ta‘rifiga to‘xtalamiz.
Ayni vaqtda Oyiga 200mingdan ham bo‘lmaydigan chegirmada bo‘lgan bu ta‘rifda
Kurs ma‘lumotlari to‘liq beriladi.(0-3dan tashqari)
Darslarni nazoratsiz qoldirmaslik uchun kurator ham tayinladik. Bu sizni kursdan maksimal foyda olishingizni ta‘minlaydi.
📝📝📝📝 mavzularini konspektlashtirishdan tashqari kunlik vazifa ham beriladi. Ya‘ni Chiniqish mashg‘ulotlari berilgan, Bolangiz har kuni sog‘lomlashib borayotganini his qilasiz.
Darslarni to‘liq yuborgan vazifalarni to‘liq bajargan o‘quvchilar uchun sovg‘alar bor.
Yana bir muhim jihati. "Vitamin d" vebinari silkasi 📝📝📝📝kanaliga joylangan.
Silver ta‘rifida siz istalgan boshqa vebinarni sovg‘aga olasiz. Demak silver ta‘rifidayam 2 ta vebinar sovg‘a va 3 oy ichida bo‘ladigan vebinarga bepul dostup ham.
Haliyam ikkilanayotgan bo‘lsangiz real otzivlarni izohlarda kurs o‘quvchilaridan so‘raymiz.
Kurs maqsadi ko‘proq onalar baxtliroq bo‘lishi zero qachon ona baxtli bo‘lsa bola ham baxtli bo‘ladi.
Oxirgi imkoniyatdan foydalanib qoling.
Bugun istalgan summa bilan chegirmani saqlab qoling.
@dokmer_admin
@dokmer_mm
🤱🤱📍🤱🤱🤱🤱ni tanlaganlar uchun
@neomaslahati