❗️❗️❗️❗️Malaka oshirishda 3,5 oy bo’laman, of-line va on-line konsultatsiyalar deyarli o’tmayman (vaqt masalasi). O’ta olganim ham “Baxtli onalik” o’quvchilari bo’ladi.
Chegirmamiz 6-sentyabrda tugaydi. Hadeb, eslatishga ulgurmayapman. Lekin siz chegirmaga ulgurib qoling
Murojat uchun:
@dokmer_admin
@dokmer_mm
Kurslarga qaytamiz.
📝Aslida sizga ko‘p narsani aytib berishim kerak edi. Menda bola parvarishida deyarli muammolar bo‘lmagan sababi chaqaloqlarni judayam yaxshi ko‘rgnman shu sabab ham yaxshi o‘rganganman menimcha.
lekin o‘zim bilan bog‘liq
Parxez, ich qotishi, bolani smesga o‘tib ketishi kabi muammolar bo‘lgan. (Keyinroq to‘liq yozaman)
Parxez shu darajada ediki suv, non, banan, yashil olma, dimlama, mastava, grechka yerdim.
🩵Albatta bola uchun sabr qilasiz lekin keyin keyin bu ham ich qotishiga, ham onani kayfiyatigayam ta‘sir qilishni boshlaydi. Bolada esa barbir bezovtalik bo‘laveradi.
👶Men sizni nafaqat shifokor sifatida ona sifatida ham tushunishimni aytmoqchi edim
/channel/neomaslahati/3214
/channel/neomaslahati/3215
💞Shu postlarni ham siz kabi ona bo‘lganimni ko‘rsatish uchun yozganman. Davomini ham inshaalloh aytib beraman.
Shunaqa holatlardan keyin bola parvarishi bo‘yicha kursni teng yarimini onani holatiga bag‘ishlandi.
19 yil davomida tajribamdan o‘tkan bilimlar 2022yilda tizimlashtirilgan va onalar qo‘llanmadek oson o‘rgana oladigan tarzda kurs yaraldi. Bolani ham ma‘nan ham jismonan ham ruhan sog‘lom bo‘lib katta bo‘lishini istaydigan onalar uchun.
Hozir esa 2 yildan beri qilinmagan 40% li chegirma berildi.
Ko‘proq onalar foydalana olsin maqsadida.
Chegirma tugashiga esa 2 kun qoldi.
Beriladigan bilimlar shu darajada ishonchliki. Agar kursdan foyda olinmasa pulini qaytaramiz.
@dokmer_admin
@dokmer_mm
@neomaslahati
Bu yil uchun oxirgi chegirma. Ulgurib qoling.
Chaqaloqni uzoq emishi va og'zini ochib qayta-qayta ko'krakka talpinishi.
Biz bolajonimizni emizayotganimizda 99% ehtiyojini qoplaymiz.
Bola ochiqishi, chanqashi, zerikishi, qo'rqishi, isib ketishi, peshob chiqarish, ich kelishi, uyqu kelishi kabi mingta ehtiyojlarini emish orqali qoplaydi.
Har qanday og'riq bo'lganida bu qorinda bo'lishi, quloqchasi qayrilib qolganida, kiyimini choki botganida bo'lishi mimkin, bola emganida ona suti bilan og'riq qoldiruvchi modda(endorfin)lar qabul qiladi va o'zini yengil his etadi.
KO'KRAK BOLA UCHUN UNIVERSAL VOSITA ekanini tushungan bo'lsangiz, ko'p emishi uni to'ymayotganidan emasligini ham anglaysiz.
Bola ko'p emib o'ziga yetarlicha sut hosil bo'lishi uchun imkoniyat yaratishi ham tabiiy hol. Ona organizmi shu yo'l bilan bola ehtiyojini qondirish uchun sut ishlab chiqaradi.
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Yanada ko'proq ma'lumot
Telegram | Instagram |Otzivlar
Vebinarlarga qaytamiz.
"Vitamin D" vebinari
Bolalarda eng ko‘p uchraydigan vitamin d yetishmovchiligi belgilari⤵️
-Terlash;
-Baland ovozlardan qo‘rqib ketish;
-Soch to‘kilishi;
-suyaklarni o‘zgarishi;
-uyqudagi bezovtalik ;
-vitamin d3 ta‘sir qilmasligi;
Bu belgilar eng ko‘p Onalarni tashvishga soladi.
Yevropada garmon d deb ataladigan bu vitamin sanab o‘tilgan muammolarga yechim bo‘libgina qolmay autizm kasalligini oldini oladi va yana organizmdagi ko‘plab jarayonlarda qatnashadi.
👶Aslida 6 oygacha vitamin va minerallar tavsiya qilmayman. Chunki bu vaqtda ona suti vitaminlar bilan bemalol ta‘minlay oladi, lekin vitamin dni yangi tug‘ilgan chaqaloqlikdan boshlab berishni tavsiya qilaman. Boshqa vitamin d haqidagi ma‘lumotlar
"Vitamin D3 nimaga,qachon, qanchadan" vebinaridan olsangiz
bo‘ladi.
Hozir esa vebinar narxi chegirmada150 000
110 000
@dokmer_ADMIN
@DOKMER_MM
@neomaslahati
🙈Ich ketishi va isitma haqida to‘liq ma‘lumotlar berganimizdan keyin bu masalada savollar ko‘paygan edi.
( /channel/neomaslahati/3053 bu silka orqali ich ketishiga oid ma‘lumotlarni o‘qisangiz bo‘ladi )
🍼Keyin Ona suti haqida ham to‘liq ma‘lumot berganmiz.
Shunda smesdan ona sutiga qaytarishni istaganlar onalar murojaatlari ko‘paygan.
( /channel/neomaslahati/3145 bu yerda biz ona sutidan smesga bolalarni o‘tib ketish sabablarini ko‘rib chiqqanmiz.)
💞Hozir esa konsultatsiyalarda shamollash bo‘yicha savollar ko‘paygan.
Lekin bu savollarga allaqachon vebinarlarda javob bor.⤵️
Hamma yoshdagi bolalarga mos keladigan. 1000lab onalar ishonchiga ega bo‘lgan
"Shamollashdan oson tuzalish" vebinari.
Smesdan ona sutiga qaytarish, umuman har bir yosh ona bilishi kerak bo‘lgan ma‘lumotlar jamlangan"Ona sutini ko‘paytirish" vebinari. (Hech qanday dori darmonlarsiz tabiiy usulda o‘rgatilgan.)
Va "Ich ketish" Vebinari bu vebinardan keyin bolani suvsizlanib qolishi sizni qo‘rqitmaydi, shifoxonagacha yetmasdan oldin uyda davolash, eng muhimi bolaga tezda yordam berishni o‘rganasiz.
Hozir esa
150 000 lik vebinarlarimiz chegirmada 110 000
6-sentabrgacha.
@dokmer_ADMIN
@DOKMER_MM
❕❕❕❕
Uzoq kutilgan bayram chegirmalarni boshladik
Yangi tug‘ilgan chaqaloq. 0-3 oylik bolalar haqidagi kursga 40% chegirma
Uch oy. 3-6 oylik bolalar haqidagi kursga 40% chegirma
Qo'shimcha ovqat. 6 oy. 6-9 oylik bolalar haqidagi kursga 40% chegirma
To'qqiz oy. 9-11 oylik bolalar haqidagi kursga 40% chegirma
Emizishga muqobil oziqlantirish. Ona sutini sog'ib berish va sun'iy oziqlantirish haqidagi kursga 20% chegirma
Ozuqanoma. Oziqa mahsulotlarini foyda-zararini tushinish orqali oila budjetini 20%ga saqlash haqidagi kursga 20% chegirma
Birdaniga 2-3 ta kurs olganda 45% chegirma
Birdaniga 4-6 ta kurs olganda 50% chegirma va barcha vebinarlar sovg'aga
Barcha vebinarlar (Chiniqish, Shamollashdan oson tuzalish, Ona sutini ko'paytirish, Vitamin D, Ich ketishi)ga 25% chegirma
Birdaniga barcha vebinarni olganda 35% chegirma
Isitma qo'llanmasiga chegirma yo'q
On-line konsultasiyaga kurslarimiz o'quvchilariga 30% chegirma
Of-line konsultasiyaga chegirma qilolmaymiz. Lekin bitta savol bilan kelsangiz, sizga 20-25 daqiqadan ko'p vaqt sarflanmasa 50% chegirma bera olamiz
Murojat uchun
@DokMER_admin
@dokmer_mm
Chegirma 6-sentyabrgacha davom etadi. Uni saqlab qolish uchun 100 000 to'lov qilish mumkin
Savollar bo'lsa izohda yoki adminlarga yozing. Sizni Baxtli onalikda ko'rishdan hursandmiz
@neomaslahati
Shanba kuni uchun of-line ko'rikga bo'sh joy bor
Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasi 99/6 ofis
+998910117711
Ha, yana mikrofon kerak. Kelajakda video-chat tez-tez qilishni rejalashtiryapman.
Istalgan telefon va notebook ga tushadigan iloji bo'lsa ikkitalik, uzoq buzilmaydigan, ishlatilishi oson, o'zi sifatli mikrofon kerak
Qanday mikrofon olishni tavsiya qilasiz?
Videozapis saqlanmabdi. 10 daqiqadan ovoz yaxshilangan
00:01 Bilirubinni uyda aniqlash
10:00 Fiziologik sariqlikni aniqlash
12:30 Kunlik bilirubin normalari
14:11 Sariqlik nega cho'ziladi
17:30 4 oyda sariqlik ketmasa
18:12 Necha oygacha foto
19:24 Kindik tushishi
22:30 Bilirubin normasi
23:01 Quyoshga qo'yish
26:44 Sariqliqdagi dorilar
29:50 Xavfli bilirubin va sroklar
31:00 Nega nevrologik asorat
37:13 Ota-ona qoni va sariqlik
39:33 Pregnan sariqlik
40:20 Oqargan bola sarg'aysa
43:46 Asoratini aniqlash
46:26 Ko'zdagi sariqlik
53:22 Uyga borib kons aksiya 100 000
Call centre: 📞 +998773393333
/channel/fotolampauz
@neomaslahati
Video instagramda bor
Etaga seshanba uchun of-line ko’rikga bo’sh joy bor.
Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasi 99/6 ofis
+998910117711
Homiladorlarga foydali, sababi tug'ruqdan keyin ilk kunlarda onalar o'zi bilan ovora bo'lib bolani kam emizishlari mumkin
Bunda oddiy sariqlik patologikga aylanishi hech gapmas
https://www.instagram.com/reel/C_DcZz0Nr7S/?igsh=MW80bGFjcXdodDY4aQ==
@neomaslahati
Farzandingizda sariqlik qancha muddat turgan?
Sut bezlarida sut ko'payishini ona doim sezadimi?
Qachonki ona sut bezlari shishib, og'irlashib, emizilmasa ham sut kelib ketgandagina sutini ko'p hosil bo'layapti deb hisoblaydi.
Aslida tug'ruqdan keyin barcha e'tibor sut hosil bo'lishiga qaratilgani uchun ham arteriya qon tomirlaridan qon oqimi ortadi, venalar kengayadi va qo'shimcha limfa oqimi ham kuchayib ko'krak bezlari yaxshigina kattalashishi mumkin.
Lekin ko'kraklar kattalashmasdan ham sut yetarlicha hosil bo'lishi va bolani ehtiyojini to'liq qoplashi mumkin. Buni esa ona hissiyotiga qarab emas, bolani vazn qo'shishiga qarab baholaymiz.
Bolani katta kichikligi, muddati, vazni va sog'lomlik holatidan qat'iy nazar shu bolaga yetarli sut hosil boladi va ona bunga shaxsan o'zi ishonishi kerak.
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Yanada ko'proq ma'lumot 👇👇👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Ona suti qachon butunlay qaytib ketadi
Sut hosil bo'lishi va hosil bo'lishini to'htashi organizmdagi garmonlar orqali boshqariladi.
Agar emizikli ona bolasini asta-sekin (oylar mobaynida) mahalini kamaytirib borib sutdan chiqargan bo'lsa, sutning qaytishi ham sekin asta bo'ladi. Bu yo'l bilan bolani ona ko'kragidan ayirishga tayyorlab boriladi va bola uchun stress kamroq bo'ladi.
Aksincha sutdan chiqarish birdaniga keskin olib borilsa sut to'htashi tezroq, lekin ona uchun og'riqli, bola uchun ham qiyinchilik tug'diradi. Bolani emmasligi miyaga sut kerak emas degan informatsiya bo'lib boradi, sut gormoni kamayib, sut hosil bo'lishi to'htay boshlaydi.
1-aytib o'tilgan yo'l ona va bola uchun havfsiz va ekologik hisoblanadi.
Ko'kraklarga qisib turuvchi bog'lam qo'yish, iliq suyuqliklarni taomlarni 2-3 kun kamroq yeyish sut kelishini kamaytiradi.
Emizish to'htatilgach qaytib yana emizib qo'yish keyingi martasiga sutni qaytarishni qiyinlashtirishi mumkin.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Keyin yana homilador bo'lib qoldim. Endi yoz tugagan, kun issiq. 1 yoshli o'g'lim qusishni boshladi. O'shanda sutdan ayrishga ikkilangan paytim, homila junsi emizikli bola bilan ikki hil bo'lsa bola qusadi degan gap eshitdim va qayta qusishi bilan chiqarmasam bo'lmas ekan, ya'ni bu holat infeksiya emas va to tug'ruqgacha davom etsa kerak deb o'yladim. Bir onaning miyasida antiqa qorquvlar yashashi mumkin a?
O'sha payt o'g'limni sutdan ayirib juda katta hato qilganman, bilimim yetmagani tufayli. Unda sigir suti oqsiliga allergiya bor bo'lgan. Buni bilmagan men har kuni bolam sutdan mahrum bo'ldi deb sigir sutida kasha pishirar va sutni stakanlab berar edim.
Shu o'g'lim bugun 18 yoshga to'ldi. Va o'sha men sutdan ayirib qo'zg'agan allergiya bilan bugun ham kurashadi. Bu alohida hikoya bir yozib berarman.
@neomaslahati
Bitta bola bilan yaxshi kelin bo'la olmayapman ikkita bilan nima qilaman deb o'ylar edim. Lekin qizim tug'ilgach onalikda men kutmagan narsa bu ikkinchi farzandimni oziqlantirish ham og'riqli ekani, uni ustiga har emizganingizda bachadon qisqarishi huddi to'lg'oqday ekanini hech qayerda yozilmagani.
Nechi marta ona bo'lsangiz ham o'sha jarayonlarni qaytadan boshdan o'tkazishigiz meni hayroni qoldirdi. To'g'ri bu davomli emas. Bir oyda hammasi iziga tushadi, но всё равно больно же.
🤱🤱🤱🤱🤱🤱
Vebinarlariga ham alohida to‘xtalib o‘tish kerak.
Ularni yaralishi kansultatsiyalar bilan bog‘liq.
Qaysi mavzuda murojaatlar ko‘paysa shu mavzuda vebinar bo‘ladi.
Har bir vebinar davomiyligi 3-8 soatgacha davom etgan.
Avzallik jihati istagan vaqt foydalanish mumkin. Konsultaysiyada 1 soatda tushuntirib ulgurolmagan mavzuni vebinarda to‘liq, oson, tushunarli qilib yoritib berish imkoniyati bor.
Vebinarda
Savolingizga javob;
Muammoning sababi;
Va uning parvarishi yoki davosi keltiriladi.
Xuddi mendan konsultatsiya olganday bo‘lasiz.
Infoma‘lumotlar ko‘p bo‘lgan zamonda
Kichik summaga bu qadar manfaatli ma‘lumot topa olmasligingizga ishonaman. (Hozir chegirmada 150 000 emas 110 000 hamma vebinarlar)
"Shamollashdan oson tuzalish"
Hamma bolaga mos keladi eng kamida antibiotik berish yoki bermaslikni uy sharoitida aniqlay olasiz.
"Ona sutini ko‘paytirish" tabletka dorilar kerak emas bola bilan tabiiy ona sutini ko‘paytira olasiz. Qo‘shimcha 1 ta smesni puliga smesdan ona sutiga qaytarish imkoniyati bor.
"Chiniqish" hamma e‘tibordan chetda qoldiradigan lekin dolzarb chunki chiniqtirish kabi hech qaysi mashg‘ulotlar imunitetni yuqoriga ko‘tara olmaydi.( shu vebinar skitkada 100 000 so‘m)
"Vitami D" bitta shu vitaminni ichib yurishni o‘zi onkologik kassaliklardan yaxshigina himoya qiladi yana autizmni ham oldini olishda ishlatiladi.
"Ich ketishi" . Bola ichi ketmasdan qayt qilsa ham mos keladi.
Va bola vaqtida yordam ko‘rsatilinsa shifoxonada ukol olishga hojat qolmaydi. Bu vebinar o‘zidan 100lab otzivlar kelgan
O‘qish uchun @dr_mushtariyotzivi
Chegirmani ertaga oxirgi kuni.
Kurslarga 40%
Yuqoridagi hamma vebinarlarga 25% chegirma berilgan.
@dokmer_admin
@dokmer_mm
Bu yil uchun oxirgi chegirma ulgurib qoling.📣
Kurs olganlar esa bu vebinarlardan istaganini sovg‘aga olishi mumkin.
@neomaslahati
🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤
Адрес: Ташкент, Яшнабадский район, ул. Махтумкули 99/6 офис
Телефон: 😀 +99891 0117711
📍Локация (геопозиция)🔽
📌https://yandex.ru/maps/org/neo_clinic/231610259969
Mening sutimni yog'lilik darajasi past
Barcha sut emizuvchilarni o'z turiga mos ravishda sutining tarkibidagi yog' miqdori bir xil bo'ladi. Ya'ni barcha emizikli 🤱ayollarda ham, 🐮🐄sigirlar, 🐻ayiqlar, 🐱🐈mushuklar, 🦭tyulenlar kabi jonzotlarda ham sut 🥛🧈yog'liligi bir hil bo'ladi.
Ohirgi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki 🏔❄️shimoliy mintaqalarda Sibir, Alyaska kabi joylarda yashovchi ayollar sutining yog'lilik darajasi issiq, mo'tadil iqlimda yashovchilarnikiga qaraganda ⚡️yuqoriroq bo'ladi.
Sovuqda 🔋energiya sarfi yuqori bo'lgani uchun, 👶🏻chaqaloqlar sovuqotmasligi uchun bu hususiyat asrlar mobaynida 🧬genetik avloddan avlodga berilar ekan.
🤱Barcha chaqaloq uchun o'z onasining suti uning uchun aynan mos energetik qiymatga ega ravishda hosil bo'ladi.
Sutim suyuq deyuvchi onalar endi qanday xulosa keldingiz❓
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Yanada ko'proq ma'lumot
Telegram | Instagram |Otzivlar
Balki kimdur bilmas yoki eslolmas, lekin mustaqil bo'lishimizdan oldingi hayotni va ilk mustaqillik yillarini juda yaxshi eslayman. Bizning oila qiynalganini ota-onam biz bolalariga bildirishmagan. Ammo oziq-ovqat magiznaridagi navbat, tokchalarda sifatli tugul umuman mahsulotlar deyarli yo'qligini boshlang'ich sinfda o'qisam ham tushunardim.
Kim nima desa ham mustaqillik bizga dunyoni, bizni esa dunyoga ochdi. Keng imkoniyatlar yaratdi va yaratib kelmoqda. Imkoniyatdan foydalanish yoki nolib o'tirurish bu insonning tanlovi.
Qiyinchilik va kamchiliklar bor va bo'ladi, aynan ular rivojlanishga va yaxshilanishga majbur qiladi. Rivojlanganlarni ko'rib "Mana ularda zo'r bizda yomon" emas "Qanday qilib ular bu natija kelgan, buni o'zimizga moslashtirish yo'li qanday?" deb fikrlasak xalqimizga yurtimizga farzandlarimiz kelajagiga ko'proq foydamiz tegadi.
Imkoniyatlar hammaga har hil ko'rinishda beriladi. Buni hayotim mobaynida ko'rib kelmoqdaman. Uni ushlab qolish o'zimizda.
Hammamizga "O'zbekiston mustaqilligi kuni" muborak bo'lsin azizlar.
@neomaslahati
Aynan homiladorlar uchun bizda ikki karra foydalanish imkoni bor. Bu juda qulay.
Qo'shimcha 100 000 so'm evaziga sizga ikki marta 90 kundan vaqt beriladi. Homiladorligingiz paytida birinchi 90 kundan foydalaning. Farzandingiz tug'ilishi bilan adminga yozsangiz ikkinchi 90 kun yoqiladi
Bu imkoniyat "YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQ" va "UCH OY" kurslarida bor
Murojat uchun
@DokMER_admin
@dokmer_mm
Aziz onalar, tayyor turilar bugun bayram munosabati bilan chegirma e'lon qilaman
Kimga nima kerak edi?
📣Shifokorlar diqqatiga
Qanday kurslarda o’qiysiz deb so’raydigan hamkasblar bor
Иноватционное развитие врача nomli 7 oy davom etadigan on-line kursda men bilan o’qishni hohlaysizmi?
Shifokor diplomi talab etiladi. Evidence base bilan oson ishlash va boshqa ko’p narsalar o’rgatiladi. Tanlangan tor soha bo’yicha malaka oshirish va ikki turdagi sertifikat olish imkoni bor
Darslar 9-sentyabrda boshlanadi. Qiziq bo’lsa @zahro_bonuu ga ism familiya tel raqam yuboring. O’zim bog’lanaman
@neomaslahati
Aziz onalar bazi narsalarni hisobga olmabman. Ovoz uzoqdan kelganiga yaxshi eshitilmabdi. Buni bilar edim, lekin unutibman.
O'zi ohirgi oylarda miyamda bir payitda ko'p vazifalarni saqlab, qog'ozga tushurmayotganimga odamlarga bir nimalarni va'da berib unitib qo'yyapman.
Kimdur kutib o'tiradi, yozishimni, qo'ng'iroq qilishimni. Bir hafta yoki oydan keyin eslayman, keyin qidirib yuraman qanaqa nikli ona edi deb.
Bunaqa davom etishi noto'g'ri. Men uchun yuk va bosh og'rig'i (majoziy emas haqiqiy bosh og'rig'i, bugun hatto nevrologdan on-line konsultasiya oldim).
Vazifalar o'ta ko'pligidan taqsimlayotganda nimadur esdan chiqmasligi uchun nima tavsiyangiz bor?
Ertaga Seshanba soat 15:00 da mehmon spiker gepatolog bilan Video-chat
mavzu: CHAQALOQLAR SARIQLIGINI ANIQLASH VA DAVOSI
@neomaslahati
Ko’rsatib berish uchun qo’g’irchoq ham ovolaman. Qon topshirmasdan aniqlashni ko’rsatamiz. Va albatta eng ishonchli va xavfsiz davo usulini bilib olasiz.
Tanishlarni chaqirishni unutmang
🩺Kechagi jonli konsultatsiyaga kelgan onajonlardan bir nechtasi
-qachon kurslarizga chegirma qilasiz kutyapmiz deb so‘rashdi.
4-oydan buyon kurslarga sotuv ochmadik. Rejalarimiz boshqacharoq edi.
Agar kutayotganlar bo‘lsa chegirma
Qilishni rejalashtiryapmiz.
👶Kutayotganlar bormi?
Qaysi kursimizga chegirma hohlaysiz?
Qanaqa kurslar bor deganlar⤵️
/channel/baxtli_onalik_hizmatlar/60
Shu silkadan o‘tib ko‘rishingiz mumkin.
@dokmer_admin
@dokmer_mm
@neomaslahati
Nega chaqaloq butilkachaga o'rganib ko'krakdan bosh tortadi?
Ko'pchilik onalar bolasini sun'iy oziqlantirishni boshlagach bola ko'krakdan bosh tortishidan shikoyat qilishadi va muammo ona sutini ta'mi va shirasida deb xato fikrlashadi.
Inson bolasi ham tirik mavjudot, uning miyasi hali to'liq yetilmagan bo'lsada qiyin va oson yo'lni ajratishni biladi, miya qizg'anchiq a'zo, o'z energiyasini har qanaqasiga tejashga harakat qiladi, doim yengil yo'lni tanlaydi.
Ko'krakni emish ko'proq kuch va vaqt talab qiladi, bola butilkadan osongina oziqlanib oladi. Butilkani soskasini formasini tanib olib, ona so'rg'ichini og'ziga olmay qo'yadi.
Butilkani esidan chiqarish va ko'krakka qaytarish uchun avval ona sutini ko'paytirishi, bu vaqtda sun'iy aralashmani piyola yoki qoshiqchada ichirib turishi va sekin to'liq ko'krak bilan emizishga o'tishi maqsadga muofiqdir.
Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida
Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin
Yanada ko'proq ma'lumot
Telegram | Instagram |Otzivlar
💐Chaqaloqlar sariqligi haqida ikkita efir bor, faqat qadalmagan ekan.
Sifatli video-chat o'tib bersammikin. Chaqaloqlar sariqligi haqidagi savolingizni qoldiring⤵️
O'z ehtiyojlaringizni unutmaslikga harakat qiling, eringiz qarashmasalar o'zi ularga bolani ishonasizmi o'zingizga savol bering
Читать полностью…❤️Ilk ona bo'lishimdan oldin faqat homiladorlik haqida izlangan, tug'ruq haqida qayg'urganman. Onalik ya'ni yaqin kelajak haqida o'ylabam ko'rmabman. Hatto chaqaloqlar kiyimchalari, buyumlari sotiladigan do'konga biron marta kirmabman.
Bola tug'ilgunigacha narsa olish mumkinmas deyishsa qattiq ishongan ekanman. O'g'lim tug'ilganidan keyin birinchi kutilmagan narsa bu bolani oziqlantirish jarayoni og'riqli ekani, sut ko'paysa ham og'riqli ekani. Umuman og'riqga yo'man.
Barcha qiyinchiliklarim bola bilan emas (har holda institutni qizil diplom bilan tamomlagan nazarimda hamma narsani biladigandek edimda) o'z organizmim bilan bog'liq bo'lgan.
Darrov kitob qidirganman. 2004 yilda hozirgiday internet bemalol emas edi. Qo'limizdagi telefon knopkali edi. Demir oldida kitoblar yarmarkasi bo'lar edi (kimning esida). Bola parvarishiga oid barcha kitoblarni oberishlarini iltimos qilganman, sababi uje uydan chiqmas edim.
@neomaslahati
Ona suti haqidagi institutda o'rgatilmagan ma'lumotlarni o'sha kitoblardan bilishni boshlaganman. Bola parvarishi bo'yicha qaynona oyijonimning har bir tavsiyasini so'zsiz bajarar edim. Rossa qarashardilar, bu borada omadli edim.
Bolam bir yoshgacha umuman shamollamagan. Yaxshi katta bo'lgan, lekin o'zim charchagan edim. Hammasiga ulgurish istagi va buni ko'ngildagidek uddala olmaslik, behol qilgan meni.
Keyin