neomaslahati | Неотсортированное

Telegram-канал neomaslahati - Dr Mushtariy Mamuriy

11655

💎Ona-bola sog'ligi haqida eng to'g'ri ma'lumot 💎 📌 da o'zingizga keragini topasiz 💎Biz bilan aptekaga yo'lni unutasiz 💎Shaxsiy konsultatsiya pullik @DokMER_admin @dokmer_mm ga yozing 🗨Fikrlar https://t.me/dr_mushtariyotzivi

Подписаться на канал

Dr Mushtariy Mamuriy

Aziz onalar, ilk ona bo'lganda 🦶 onalikning siz kutmagan va o'ylab ko'rmagan qanday qiyinchiligiga duch keldingiz?

@neomaslahati

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

00:01 Sut ko'krakda qotib qolishi
06:03 Laktostaz sabablari. Bola ko'krakni to'g'ri ololmagani
08:20 Emizishlar orasi cho'zilib ketishi
09:20 Ko'krak jarohati
12:20 Suvni kam ichish
15:56 Klinik holat tahlili
@neomaslahati

Instagram | Fikrlar

Murojat uchun:
@DokMER_admin
@dokmer_mm

Sizda laktostaz kuzatilganmi?

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Ona suti qachon butunlay qaytib ketadi

Sut hosil bo'lishi va hosil bo'lishini to'htashi organizmdagi garmonlar orqali boshqariladi.

Agar emizikli ona bolasini asta-sekin (oylar mobaynida) mahalini kamaytirib borib sutdan chiqargan bo'lsa, sutning qaytishi ham sekin asta bo'ladi. Bu yo'l bilan bolani ona ko'kragidan ayirishga tayyorlab boriladi va bola uchun stress kamroq bo'ladi.

Aksincha sutdan chiqarish birdaniga keskin olib borilsa sut to'htashi tezroq, lekin ona uchun og'riqli, bola uchun ham qiyinchilik tug'diradi. Bolani emmasligi miyaga sut kerak emas degan informatsiya bo'lib boradi, sut gormoni kamayib, sut hosil bo'lishi to'htay boshlaydi.

1-aytib o'tilgan yo'l ona va bola uchun havfsiz va ekologik hisoblanadi.

Ko'kraklarga qisib turuvchi bog'lam qo'yish, iliq suyuqliklarni taomlarni 2-3 kun kamroq yeyish sut kelishini kamaytiradi.

Emizish to'htatilgach qaytib yana emizib qo'yish keyingi martasiga sutni qaytarishni qiyinlashtirishi mumkin.

Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Assalomu alaykum,

Ilm-fan va tadqiqotlar, genetik muhandislik va hozir olib borayotgan ilmiy ishim haqida O'zbek tilida yuritish uchun telegram kanal ochdim. O'zbek tilida bunaqa platformalar kamligi sababli, ilm-fanni O'zbek yoshlari orasida keng tarqatishni niyat qilganman . Iltimos kanalga a'zo bo'lib qo'ying. Fanga qiziquvchi tanishlarga ham yuborib qo'ying!

Kanalda qanday qilib sun'iy inson miyasini yasayotganim va uni qaysi maqsadlarda ishlatishim haqida gapiraman.


/channel/research1uz


Kanal muallifi: Dr Nishonov

💎 "Siz ona bo'lasiz" klinikasi genetiki

📚 Ulsan milliy fan va texnologiyalar insitituti, molekulyar tibbiyot va o'zak hujayralari laboratoriyasi tadqiqotchisi. Ulsan, Janubiy Koreya

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Go’shtni o’z vaqtida kiritish haqida

@neomaslahati

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

3 yosh bolaning go'sht yemasligi.

Sabablari turlicha bo'lishi mumkin.

Qo'shimcha ozuqa kiritishni to'g'ri tashkillanmaganligi, bolada qattiq ozuqani tishlab olish, chaynash va yutish ko'nikmalarini yetarli emasligidan.

Ozuqa hulqining buzilishi: bolaga uning ruhsatisiz taomni majburlab og'ziga tiqish, yoki turli va'dlar bilan, telefon, planshetlar qarshisida taomlantirish.

Bola taomni uning yashashi uchun zarur homashyo ekani, uni qadrlashi va tartib bilan iste'mol qilishi kerakligini tushunib olishida ota-ona ma'sul hisoblanadi.

Kamqonlik sababli ham ishtahasizlik va go'shtdan bosh tortish kuzatiladi. Bunda boshqa belgilar ham qo'shilib keladi. Labarator tahlil yordamida aniqlik kiritilib, shifokor tavsiyasiga ko'ra tabiiy va dorilar bilan davolash boshlanadi.


Qo'shimcha ovqat kiritishda yo'l qo'yiladigan xatoliklar

Yanada ko'proq ma'lumot 👇👇👇

Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

O'yinchoq o'ynamaydigan bolalar

Bolalar o'yinchoq o'ynashga majbur emas, o'yinchoq o'ynashga doim ham qiziqmaydi. Ota-onasini o'yinchog'iga qiziqadi.

Bolalarning biror mashg'ulotga qiziqmasligi hoh u o'yinchoq o'ynash bo'lsin, hoh kitob tamosha qilish yoki rasm chizish, bu ota - onasining bunga qiziqtira olmaganidan bo'ladi.

Chunki bola tug'ilgach uning vazifasi atrofga moslashish va ota-onasining u tug'ilgan paytdagi yoshiga yetib borish bo'ladi.

Bola
😳 ko'radi
🤔qiziqadi
🤗taqlid qilib bajaradi va shu tariqa rivojlanadi.

Onasini orqasidan kirib ovqat pishirsa, otasi kabi kompyuter qarshisida o'tirib olsa yoki bir nimalarni tuzatmoqchi bo'layotgan farzandingizdan hayron bo'lmang, kattalarni oldida yurib ko'nikma olgan bolalar yaxshiroq rivojlanadi.

Yanada ko'proq ma'lumot 👇👇👇

Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Aziz onalar, on-line bo'lsam on-line konsultasiya yoki dars o'tayotgan bo'laman. Lichkamga yozsangiz yoki qo'ng'iroq qilsangiz javob bera olmayman. Iltimos qayta-qayta qo'ng'iroq qilmang

Telegramga shunchaki rasm ko'rishga deyarli kirmay qo'yganman

Lichkaga kuni 10- tadan ortiq odamga javob bera olmayapman. Bir nima vada berib qo'yib esimdan chiqib qolmoqda. Inson diqqati chegaralangan.

Eng tezkor bog'lanish bu yordamchilarim orqali @DokMER_admin @dokmer_mm

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Chaynaydigan tishlar 1 yoshdan keyin chiqadi lekin bola 6 oydan bu jarayonni o'rganadi, qanday qilib?

     Bolalarning ilk tishlarining chiqishi odatda individual
5 oylikdan(tishi bilan tug'ilish ham bo'ladi)1yosh oralig'ida bo'ladi.

     Ona bolamni tishi chiqmayapti, chaynashni o'rgana olmaydi deb havotirga tushishi va hatto qo'shimcha ovqatni doim suyuq shaklda berib borishi to'g'ri emas.

     Chunki ilk chiqadigan tishlar uzib oluvchilar, chaynaydigan tishlar esa hammada 1 yoshdan o'tib chiqa boshlaydi. Bungacha chaynashni milk yordamida amalga oshiradi.

     6 oydan pyurelar bering, sekin-sekin yirikroq konsistensiyada berishga o'rgating, bu vaqtda 1-2 bor tiqilishi mumkin va esdan chiqaradi, chaynashni shu tariqa o'rganib oladi.

Aks holda bola aqlini tanigan sari tiqilishdan qo'rqib chaynaydigan ozuqani og'ziga olishdan qo'rqa boshlaydi.

Qo'shimcha ovqat kiritishda yo'l qo'yiladigan xatoliklar

Yanada ko'proq ma'lumot 👇👇👇

Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Tug'ruqxonada sutim yetmadi

     Ko'pchilik onalar farzandli bo'lgach tug'ruqxonada ilk kunlarda sutining kelmasligi, bola esa ochqab, ona sutiga qoniqmasdan bezovtalanganligiga shikoyat qilishadi.

     Aslida ham shunaqami? Aslo unday emas, chunki yangi tug'ilgan chaqaloqning 1-sutkasida  oshqozonining hajmi 5ml,  2-sutkada 20-27mlga yetadi, shunday qilib sekin asta me'da hajmi va bolaning sutga bo'lgan ehtiyoji ortib boradi. Ehtiyojiga qarab esa ona suti hosil bo'laveradi.

     Tug'ruq zalidayoq bolani ona ko'kragiga qo'yish, ona va bolaning doimiy birga bo'lishi, ona yaxshi kayfiyatda, to'g'ri kun tartibi va oziqlanishga amal qilib bolani emizilsa sut keragicha hosil bo'ladi.

     Shunday ekan tug'ruqxonada ona sutining yetishmasligini sabab qilib sun'iy aralashmadan foydalanish holatlari qanchalik to'g'ri deb o'ylaysiz?

Ona sutini ko'paytirish vebinari haqida

Murojaat uchun: @dokmer_mm
@DokMER_admin

Yanada ko'proq ma'lumot 👇👇👇
Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

❣️"Ona sutini ko‘paytirish" vebinarida

Faqat ona sutini ko‘paytirish yoki smesdan ona sutiga qaytarish o‘rgatilinmagan.

Vebinarda sal kam 8 soat davomida
sut qanday hosil bo‘ladi
Garmonlar
O‘g‘iz suti
O‘tkazuvchi sut
Ona kayfiyati
Emizishning asosiy 2 qoidasi
Bolada to‘yganlik hisini aniqlash
Sut hosil bo‘lishidagi tashqi omillar
Suyuq, quyuq ,yog‘li,yog‘siz sutlar
3 oltin qoida
Sut yetarlimi aniqlash
Nega bola sutdan chiqib ketadi
3 bosqichda smesdan ona sutiga qaytarish
Sog‘ilgan sutni saqlash va ona sutiga bog‘liq ko‘plab ma‘lumotlar.
Undan tashqari
Savol javob qismi zapisida 51 ta onalik bilan bog‘liq savolga javob bor

Shu sababdan agar siz homilador bo‘lsangiz bola uchun raddom sumka tayyorlashdan avval shu vebinarni oling. Bolangiz uchun eng yaxshi bilim bo‘ladi inshaalloh.

@dokmer_admin
@dokmer_mm

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Assalomu alaykum szga rahmat aytib yozmoqchiman bergan maslaxatlarzga amal qildik o'g'limni vadayankasi bir edi kuting degandz kutdi 1 yoshga kirdi so'rilib ketdi o'zi
Vadayanka sabab hodinokka qo'yolmadm yuradi qo'rqmen dediz hozur 1 yosh to'liq o'zi mustaqil hech nimasz yurub ketdi szga kattakin rahmat onalani savollariga javob berb charchameysz olloh rozi bo'lsn

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Bugun 19:30 da 🔹🔹🔹🔹🔹-CHAT

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

@neomaslahati

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Bunaqa tizimlashtirilgan ma‘lumotlarni kurslarda beriladi aslida

Ona sutiga oid postlarni shu yerdan boshlab o‘qib chiqishingiz mumkin.

/channel/neomaslahati/3144

5 kun ichida emizishni boshlagan va 14 kun ichida smesdan to‘liq ona sutiga qaytargan onajonimizi otzivi.

/channel/neomaslahati/3091

13 kunda to‘liq smesdan ona sutiga qaytargan onajonimizi otzivi

/channel/dr_mushtariyotzivi/486

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Etaga seshanba uchun of-line ko’rikga bo’sh joy bor.

Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasi 99/6 ofis

+998910117711

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Kechagi ko'krakda sut qotib qolishi - laktostaz gaqidagi efirda kim qatnashdi? Patsiyentlarim kelib qolib tez tugatishga to'g'ri keldi. Zapis kerakmi?

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Bola terisining marmarsimon bo'lishi

Teri ustida binafsha rangdagi turli shaklidagi dog'lar (mramornost)ning bo'lishi birinchi uch oyda venulalarning funktsional atoniyasi (chiqish tomirlari) va arteriolalarning (kichik qon tomirlar) gipertonikligi bilan bog'liq bo'lgan normal variant hisoblanadi.

Qon tomirlarning rivojlanishi jarayonida bu ko'rinish sekin asta yo'q bo'la boshlaydi va 1 yoshgach o'zi mustaqil o'tib ketadi.

Uy sharoitida chiniqtirish mashg'ulotlarini olib borish ya'ni havo vannasi, cho'miltirish(suv haroratini issiqdan sovuqqa sekin-sekin tushirib borish orqali), uqalash, toza havoda sayrni tashkil qilish ushbu holatni davosi desak ham to'g'ri bo'ladi.

Keyinchalik doimiy mramornost bo'lsa, markaziy asab tizimining ishidagi buzilishlarni istisno qilish uchun nevrolog va yurak-qon tomir tizimining patologiyasini istisno qilish uchun kardiolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

"Chiniqish" vebinari haqida ma‘lumot olish uchun : @dokmer_mm
@DokMER_admin yozing

Ko'proq ma'lumot
Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Mani katta farzandim ham goʻsht yemasdi. Kichkina farzandimga qoʻshimcha ovqat kiritishni boshlaganimda sizni 6 oy qoʻshimcha ovqat kursizda oʻqib, 3 yarim yoshli farzandim nega goʻsht yemasligini sababini topdim va oʻsha sababni bartaraf qildim. Hozir 4 yosh. Ovqat bersam birinchi goʻshtini terib yeydi 😅

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

E maniyam bolam yoqtrmidi ovqatda blmi yevormasa
Qaynatib dimlab qovrb tuwonka qb har qb korganma😂foydas yo
Prosta yoqmasa kere havotrli narsamas manimcha
Manam esmda ozm chiqarb otrardm ovqatdan maktab yowidayam

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Tug'ma stridor(zikr)

Zikr bolalarda nafas yo‘llari rivojlanishining yoshiga nisbatan ortda qolishi. Ba‘zi bir tog‘aylarni noto‘g‘ri joylashuvi natijasida o‘pkadan chiqayotgan havo to‘siqqa uchrab shovqin bo‘lib eshitiladi.  Bu tashxisga pediatr shubha qilganda LOR, Hirurg yoki Pulmonolog tasdiqlab beradi.

Belgisi bola uhlaganda va yoki uyg'oq bo'lganda ham nafas olib chiqarishida hirillagan shovqin tashqaridan eshitilib turadi. Nafas olishga halaqit bermaydi va gipoksiyaga olib kelmaydi.

Chaqaloqlarning 90%i tug'ma stridor bilan tug'iladi, shu bolalarning 95 %ida hayotining ilk 5 kunida o'zi o'tib ketadi. Qolgan bolalarda esa 1 yoshga bormay yoki yoshidan keyin o'tib ketishi mumkin.

Og'ir darajadagi stridor operativ yo'l orqali davolanadi.


Yanada ko'proq ma'lumot 👇👇👇

Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

🎞YouTube kanal yuritmoqchiman.

🤔 Qanday mavzularni yo'ritib beray?

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Etaga seshanba uchun of-line ko’rikga bo’sh joy bor.

Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasi 99/6 ofis

+998910117711

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Assalomu aleykum, Mushtariy Mamurovna. Sizga konsultatsiya uchun katta rahmat, juda ham yaxshi o‘tdi. Sokin va yengil yondashuvingiz tufayli o‘zimni hotirjam his qila boshladim, havotirlarim yo‘qoldi. Sizni tavsiyalaringizni bajaryapman, bolajonim yaxshi, kechqurun yiglashlari ancha kamaydi, Allohga shukur. O‘zim ham olgan bilimlarim tufayli o‘zimga ona sifatida ishonchim ancha oshdi, rahmat Sizga.

Men o‘zi Sizni Yengil tug‘ruq kursidan taniganman. Keyin kanalingizga ulanib, ko‘p efirlaringizni eshitib chiqdim. Ishingizda charchamang, Sizga rivoj tilayman. Juda ko‘p insonlarga katta foydangiz tegyapti, ko‘z tegmasin, Alloh sizdan rozi bolsin.

Ona suti haqidagi berayotgan ma‘lumotlaringiz tufayli o‘zimni emizikli ona sifatida уверенный his qilaman, boshqa insonlarning "smes berish kerak" degan gaplariga e‘tibor bermayman.

Simptomatik davolash uslubini avvaldan yoqtirmasdim, va Sizni muammoni asl sababini bartaraf qilish bilan davolashingiz menga rosa ma‘qul keldi.

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

2 yoshgacha bo’lgan bolalarga hech qanday choy mumkin emas.

O’zbek xalqi choysevar bo’lgani uchun doimo dasturxonidan bu ichimlik arimaydi. To’g’ri choyning organizm uchun foydasi bisyor, lekin ovqatlar orasida ichilgan taqdirda, biz nima qilamiz ovqat bilan choyni qo’shib ichamiz va turli moddalarni oshqozon ichaklarda parchalanishi va so’rilishini o’zimiz bilmagan holda izdan chiqaramiz.

Bolalarga keladigan bo’lsak har qanday o’simlik (choy, atirgul, romashka, yalpiz, jasmin,…)dan tayyorlangan choylar 2 yoshgacha tavsiya etilmaydi. Chunki ularning tarkibida antinutrientlar bor. Antinutrient bu boshqa mahsulotlarni tarkibidagi ozuqaviy moddalarni o’ziga biriktirib olib, organizmdan olib chiqib ketuvchi moddalardir, ulardan bittasi tannin.

Bu yoshdagi shamollash holatlarida eng yaxshi davo ona suti bilan tez-tez emizish va iliq suv ichkizish bo’ladi.

Yanada ko'proq ma'lumot 👇👇👇

Telegram | Instagram |Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

00:01 Qanday qilib umuman emmayotgan bolani ko'krak uchi bo'lmasa ham ona sutiga qaytardim
23:00 9 oylik bolani emizishga qaytarsa bo'ladimi
31:00 Molokootsosning qanday foydasi bor. 3-oyda nega kamroq ves olgan
37:12 Shamollaganga sut kamayadimi
41:41 11 oyda vazni kam, tishi endi chiqdi
51:05 Bolam kenayimni emadi, mani emmaydi


Mehmonimiz kanali 🖲️

@neomaslahati | Instagram | Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

×2 qilib eshitish mumkin

00:01 Ona suti haftaligi
02:24 Ona suti qachon butunlay qaytib ketadi
04:48 11 yarim oylik bola faqat emadi va ona homilador
06:45 Yangi chaqaloqni rejim qilib emizish kerakmi. Ko'p-ko'p emizsam sutim kamayapti
09:54 4,5 oylik bola smes ichadi va ko'krak olmayapti
23:55 1 oyga to'lmagan bola qusib ham yana qidirishi
31:52 Peshob soni najasfan nega ko'p
32:54 Ona suti yog'liroq bo'lishi
37:45 6 oylik ona sutidagi bola va yangi homiladorlikda nima qilamiz
43:46 6 oylik bola to'liq smesda va ichmay qo'ydi
45:00 6 oylik bola kam emadi va peshobi hidli, ko'p terlaydi
47:30 Chaqaloq ko'p qayt qilishi
52:10 Bolani peshobidan yomon hid kelishi nimadan
53:22 Ona ichayotgan dorilarni bolaga ta'siri bormi
55:25 2 oylik bola emayotganda boshqa yerga qaramoqda
57:40 Sut kelayotganini sezish shartmi
59:45 Nega har oy bola tekshiriladi
1:02:00 Sutni nega sog'amiz

@neomaslahati instagram Otzivlar

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Etaga seshanba uchun of-line ko’rikga bo’sh joy bor.

Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasi 99/6 ofis

+998910117711

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

Kursdagi malumotlarni yozibsiz shunga hayron bo’ldim

Читать полностью…

Dr Mushtariy Mamuriy

🩺Hayrli kech baxtli onajonlar.

3️⃣0️⃣ ga yaqin onajonlar bolalarini ona sutiga qaytarishga kirishdi. Ishonchingiz uchun raxmat.

💡Endi yana bir ma‘lumotni berib o‘tmoqchiman.

➡️Ko‘p murojatlarda onalar Sutini suyuq, yog‘siz deb o‘ylashlari yoki og‘il bolalar ko‘proq emishi va to‘ymayotgani haqida yozishadi.

➡️Aslida sut o‘zi yog‘li,yog‘siz qismlarga bo‘linadi.(emizish boshida yog‘siz suyuq, emizish oxirida quyuq, yog‘li)

➡️Lekin boshida yog‘li yog‘siz qismlarga bo‘linmidi shu vaqtda onalar sutum suyuq,yog‘siz deb o‘ylashadi. Lekin bu bolani tez tez emishi bilan bog‘liq. Bola 3 oyligidan emishlar soni kamayib
Sekin sekin avval suyuq keyin yog‘li sut kela boshlaydi.

➡️Aslida hammani sutida suyuq va quyuq, yog‘li va yog‘siz qismi bor.

➡️Endi o‘g‘il bolalarga keladigan bo‘lsak ha ular ko‘proq oziqlanadi.

➡️Sababi ham og‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan kattaroq bo‘ylari ham balandroq tug‘iladi shu sababdan ular qiz bolalarga nisbatan ko‘proq oziqlanishi mumkin.

➡️Shunda ham ona suti bemalol og‘il bolarga ham qiz bolalarga ham yetadi.
Chunki bola qancha talab qilsa shuncha sut keladi.

Ona sutini ko‘paytirish va smesdan ona sutiga qaytarish vebinarida sizni kutib qolaman.
@dokmer_admin
@dokmer_mm

Yaqinda ona bo‘lgan dugonangizga yuborib qo‘ying.

@neomaslahati

Читать полностью…
Подписаться на канал