🦶Atrofda no‘tog‘ri tavsiyalar ham uchrab turadi
masalan.
➡️Och qolish
➡️suv bermaslik
➡️emizishni to‘xtatish
➡️qattiq non novvot choydan boshqa narsa berme turing.
➡️parxez qilish
Bu tavsiyalarni hozirgi kunda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilmaydi.
📌Albatta qattiq qovurilgan, yog‘li, su‘niy taomlarni berme turamiz lekin faqat guruch suvi ichish kerekan deb Bola o‘zi hohlasa ovqatlardan cheklash kerek emas.
Aytgancha Sizga yaxshi 🆕🆕🆕🆕 bor. Taxmin qilib ko‘ringchi
@neomaslahati
❗️Endi keling bilib olamiz o‘zi qachon ichi ketdi (diareya) hisoblanadi?
💡Qachonki bolajoningizda emishlar sonidan najas kelishi soni ko‘p bo‘lsa.
🔍 Misol uchun siz 10 marta emizasiz bolada 12 marta ich keldi (24 soatda Ichida) va har ichi kelganda tobora suvlanib ketdi va mana shu holatga ich ketishi deyiladi.
📝Lekin bolani 10 marta emizasiz va 5-6 marta ichi kelishi bu ich ketishi emas. Va bu holatda davo talab qilinmaydi. Shu sabab davolansayam foydasi bo‘lmaydi.
👍Bu nima bilan bog‘liqligi haqidayam ma‘lumot beraman.
Ungacha ayting siz necha marta ichi kelsa diareya deb havotirga tushasiz?
@neomaslahati
Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani Mahtumquli ko'chasi 99/6 ofis
+998910117711
Chaqalog'ingizni parvarish qilayotib charchaganingizda buni eshiting. Bolalar juda tez katta bo'ladi. 4 farzand onasi sifatida aniq ayta olaman.
Ko'z ochib yumguningizcha uni hadeb quchoqlashingizni istamay ham qoladi. 17 , 15, 13 yoshli o'smirlar onasiman, sinovdan o'tgan.
Har soniyangiz darrov o'tmishga aylanadi. Go'dagligida sizga o'ta muhtojdir bolangiz. Uning munchoq-munchoq ko'zlaridagi olam olam muhabbatdan kuch oling. Bu davrda siz uning dunyosisiz.
@neomaslahati
Bolajoningiz bilan o'tkazgan eng yoqimli payt qaysi?
Qo'shimcha ovqat kiritishda yo'l qo'yiladigan xatoliklar.
Qo'shimcha kiritishda pishgan sabzavotlardan ilk berilishida pyure holatidav1 choy qoshiqcha miqdorida boshlash lozim. Ko'pchilik onalar esa pechenyelarni suvga bo'ktirib berishdan va buni 6 oylik bo'lmay turib boshlashadi.
Butun jaxon sog'liqni saqlash tashkiloti shunchaki "Qo'shimcha oziqlanish 6 oylikdan kiritiladi", - deb aytmagan, minglab tadqiqotlar natijasiga tayanadi-ku.
Qo'shimcha ovqatni kam mahallarda berish. Aslida ona suti 1 yoshgacha bola ehtiliyojini 70-80%ini qoplaydi, qolgan energiyani qo'shimchadan oladi va asosan bolaning ozuqaga qiziqishini oshirish hamda chaynash, yutish reflekslarini rivojlantirish uchun beriladi.
Ozuqani yemasa berishni qayta-qayta davom ettiring, bola sekinlik bilan o'rganadi.
Kun davomida suyuqlik berishni ham unutmang. Kam suyuqlik ichishi, non va pechenye berib, sabzavotlarni yemasligi qabziyatga olib keladi
Bizga qo'shiling👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Emizikli davrda ko'kraklar hajmining farq qilishi keyinchalik o'rniga keladimi?
Inson tanasining barcha juft a'zolari tashqaridan bir hildek tuyulsa ham, o'lcham jihatdan ma'lum darajada farq qiladi. Ona qornida rivojlanish jarayonida qaysi biri avval shakllanishni boshlagan bo'lsa shunisi biroz katta bo'ladi.
Emizikli davrda ko'kraklar o'lchamining ko'rinarli farqi laktatsiya jarayoni to'htagach bir necha oylar o'tib o'z holatigacha tiklanadi. Lekin bu shu organizmning yoshiga, to'g'ri ovqatlanishiga, jismoniy faolligiga, doimiy kayfiyatiga, turli vitamin, minerallar va kollagen tolalarining yetarlicha bo'lishiga bog'liq ravishda tez yoki sekin vaqt ichida bo'lishi mumkin.
Ko'kraklar uchun jismoniy mashqlar foydadan holi bo'lmaydi. Lekin turli malhamlarni, kremlarni surtish befoyda😉
Yagona ko'krak bilan emizish to'g'risidagi post bu yerda
Bizga qo'shiling👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Chaqaloq ko'z qorachig'ining tepaga, yonga ketib qolishi.
Chaqaloqlar nerv tizimi yetilmaganligi sababli ko'zning tepaga va yonga ketib qolishi 2 oylikkacha nisbiy meyor hisoblanadi.
Nerv tolalarini usti mielin deb nomlanuvchi qobiq bilan o'ralib, ushbu tolani tashqaridan bo'ladigan turli ta'sirlardan himoya qiladi. Chaqaloqlarda esa shu qobiq ba'zi joylarda bor, ba'zi yerlarida yetilayotgan bo'ladi va tashqi ta'sirga tezlik bilan reaksiya qaytaradi. Iyaklarini titrashi, oyoq qo'llarini yengil uchishi ham shundan bo'ladi.
Agar ko'zini ketishiga qo'shimcha yana sizga yoqmaydigan belgilarni ko'rsangiz neonatolog va nevropatolog ko'rigi kerak bo'ladi.
Bizga qo'shiling👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Yaqinlaringiz bilan bo‘lishing📮
Emizikli bolalarda ko’zlarining ko’p qichishishi.
Chaqaloqqa e’tibor bersak qo’llarini ko’zini oldiga olib kelib, ishqalaydi, qichishish achishish hissi bo’lgani uchun bezovtalanadi ham.
Buning sababi asosan 3ta bo’lishi mumkin:
1⃣ Vitamin D yetishmovchiligidan
Shifokor bilan maslahatlashib, vitamin yetishmovchiligini boshqa belgilari borligiga ham ahamiyat berib davo boshlanadi.
2⃣Bolada atopik dermatit bor, sizga tanish bo’lgan DIATEZ. Bunda yuzida toshmalar bo’lmasligi yoki sust bo’lishi mumkin, e’tibor berib qarasangiz quloq orqasida, boshida teri quruqshiraganga o’hshash oqish-sariq toshmalar bo’ladi. Bu “gneys” deb ataladi. Shu toshmalar qichishishi ko’zga ham beradi. Bu holda ham shifokor ko’rigi va tavsiyasi kerak bo’ladi.
3⃣Konyuktivit. Ko’z shilliq qavatlarini yallig’lanishi, infeksion yoki allergik bo’lishi mumkin. Bunda ko’zda qizarish, yoshlanish, shilimshiq ajralma paydo bo’lishi mumkin. Pediatr yoki oftalmolog ko’rigiga qarab davo boshlanadi.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Nutq yaxshi rivojlanishi uchun bola bilan gaplashish kerak.
Atrofida qanchalik suhbatdoshlar ko’p bo’lsa shuncha rang-baranglik yuzaga keladi. Har bir insonning o’z so’z boyligi, ovozini baland- pastligi, intonatsiyasi bo’ladi-ku shu omillar bola nutqi uchun juda muhim.
Bilsangiz agar ko’p sayohat qiluvchi insonlarning dunyoqarashi keng, so’z boyligi yuqori, o’ziga ishonchi baland va yangiliklarni qo’rqmay amalga oshirishga qodir bo’lishadi, chunki bunday insonlar turli xalq va millat kishilariga ro’baro kelgan, shu orqali tajriba yiqqan bo’ladi.
Huddi shu singari bolalar ham qancha atrof bilan butun tanasi ishtirokida: ko’rib, eshitib, hidlab, ta’m totib, oyoq qo’llari bilan paypaslab muloqotda bo’lsa nutqi sifatli shakllanadi.
Gadjetlar qarshisida esa faqat ko’radi, eshitadi. Turli tilda ma'lumotlar, multfilm, kino va o'yinlarni ko'rmasin nutq bo'yicha imkoniyati cheklangan bo'ladi.
Ma'lumotni voiceda eshiting
1⃣ 2⃣
Chet eldagi yaqiningizga yuboring😉
Telegram | Instagram |Otzivlar
Bolaning nutqi kech chiqishiga unga bir nechta tilda gapirish sababmi?
2-qism
@neomaslahati
Bugun konsultasiyada chet elda yashaydigan oiladan savol keldi
Bolaga birdaniga bir necha tilda gapirsa, tili kech chiqadimi?
Siz nima fikrdasiz? Keyin voice qilib tushuntiraman
Bugun ESA men ham bolajonim ham Mazza qildik huddi ona qornida yotgandek Mazza qilib yotdi, inshallah buyogiga Har doim siz bilanman , kurslaringizni qoldirmasdan hammasiga qatnashaman inshallah🤲🤲🤲
Читать полностью…Ichak mikrobiotasini tabiiy yo'l bilan shakllantirish
Avvalambor chaqaloq tug'ilgach ona suti bilan to'laqonli emizish (imkon qadar 2 yoshgacha). Ona sutida tayyor foydali mikroblar ham bor va ular uchun ozuqa hosoblanuvchi yuzlab oligosaharidlar saqlaydi.
Ko'pchilik onalar bola 1 yoshiga kelib emizishdan charchayotganday, jamiyatga qo'shila olmayotganday his qiladi va ko'krakdan chiqarishga qaror qiladi. Buning farzandining yaqin 15-20 yillik hayotidagi sog'ligiga ta'siri etishini o'ylab ko'rishmaydi.
Oziq ovqatlar bilan boyitish.
6 oylikdan boshlab bola ratsioniga hilma-xil sabzavot, mevalar va sut mahsulotlarini kiritishni boshlaymiz. Tabiiy mahsulotlar ham mikroblar, ham oligosaharidlar, vitamin va minerallar saqlaydi.
1 yoshdan keyin bolada ozuqaga qiziqish kamayganday bo'ladi, bunda siz beriladigan mahsulotlarni yanayam rang-barang va turli ko'rinishda tayyorlab bering, turli idishchalarda torting.
Immunitetning shakllanishida ichakning o'rni 👍
Telegram | Instagram |Otzivlar
🩵Hammada har hil javoblar
❎ 5-6 marta ichi ketganda davolash foyda bermaganligi va qayta qayta shifokorlarga borish, o‘zi yo‘q kasallikni davolash uchun sarflangan pullar.
✅Aslini olib qaraganda bu jarayon tabiiy bolalarda bo‘ladigan o‘sish va rivojlanish bilan bo‘g‘liq bo‘lgan o‘zgarish. Bola o‘sgani, vazn qo‘shgani kabi ichaklarda ham rivojlanish bo‘ladi, fermentlar hosil bo‘ladi mikrobiota o‘zgaradi va shu jarayonlarda bolada ich kelishi 2 kunda bir bo‘b qolishi, yoki bir kunda 5-6 mahal bo‘lib qolishi mumkin. Bu vaqtinchalik)
🍼Ko‘pincha onalar ich ketish nimaligini bilmasdan ichi ketdi diydi va no‘rmani davolashni boshlashadi, tabiyki shu sabab natija ololmaydi.
💡 Ich ketishidagi noto‘g‘ri tavsiyalar haqida keyingi postda bilib olasiz.
📝Sizga bolajoningizni ichi ketganda odatda qanday tavsiyalar berishadi?
💐Yoz kelishi bilan bolalarda juda ko‘p uchraydigan muammo bu Ich ketishi
👶Boladagi tez tez ich ketishi va ba‘zan qusishi onani qattiq qo‘rquvga sabab bo‘ladi.
💡Aslida Ich ketishi bu himoya refleksi, (ya‘ni organizm o‘zidan yot moddani chiqarib yuborishga harakat qilishi) organizmga tushgan infeksiya, zaharli modda, hazm bo'lmagan ovqat qoldiqlarini chiqarib yuborish uchun ichaklar harakati kuchayib ketadi va tez-tez suyuq najas kelishi kuzatiladi.
❎Lekin har doim ham bu shifoxonagacha boradigan jarayon emas.
❓Ich ketishi kuzatilganda sizda qanaqa qo‘rquvlar bo‘ladi.
@neomaslahati
Chaqaloqlarda ichning avval sariq, yakuniy qismi esa yashil kelishi.
Bunday holat ko'pincha chaqaloq qornining to'ymayotgani sababli kuzatiladi. Bir safar to'yadi, bir safar to'ymaydi.
Esda tuting! 2 oygacha bo'lgan chaqaloqlarni kamida 25 daqiqa emizing. Sutni old qismi suyuq bo'lib, bola 5-10daqiqa emib chanqog'oni qondirib olib uhlab qolsa, sutning kerakli hajmdagi va yog'li qismini ema olmaydi.
Ko'krak sutining old qismini emib, yog'li orqa qismini emmaganlik najas rangini yashil bo'lishiga sabab bo'ladi.
To'yib emganida masalan 60ml sut kirgan bo'lsa, shunga
Yarasha o't suyuqligi ishlab chiqariladi va sutni hazmiga sarflanadi. Keyingi emizishda bola o'yinqaroqlik qilib yoki uhlab qolib emizilgan sut kamroq kirsa o't suyuqligi ortiqligi hisobiga najas yashil tusga kiradi.
3 oylik bola sutga to'ymasligi
Shu va boshqa ko'plab ma'lumotlarni olish uchun👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Aziz onalar ro'za bilan bog'liq qanday tibbiy savolingiz bor? Izohda qoldiring, umumlashtirib voice yoki post shaklida javob beraman
Mavzuga oid savol qoldiring, shunda bu mavzuni keng yorita olaman. Hamma uchun manfaatli bo'ladi
Qo'shimcha ovqatni kiritish haqida turli tavsiyalar uchratasiz. Albatta 6 oydan degani eng maquli, lekin bazi bolalarda ozuqa qiziqishi ertaroq paydo bo'ladi. Bu degani bola miyasida qattiq ozuqani yuta olishi uchun markaz ishga tushayapti.
Ozuqa qiziqish qo'shimcha ovqat kiritish uchun yagona tayyorlik belgisimas, ammo asosiysi. @neomaslahati kanalida wadalgan habardagi "Qo'shimcha ovqat" nomli efirni eshiting ancha savolingizga javob bor.
Siz necha oydan qo'shimcha ovqat kiritgansiz bolajoningizga?
Assalomu alaykum Mushtariy opa ishlariz yaxshimi, salomatmisiz. To'g'risi 6-9, 9-11 oylik kursizzi omoqchiydim peredoplata ham qib qo'ygandim. Hech iloji bo'madi shu paytgacha. Lekin albatta qatnashaman Insha'Alloh. Bilaman puliga arziydi. Oldingi safar ham platinum ogandim sizdan mingdan ming roziman to'lagan pulimgayam vaqtimgayam. Ettegi bilimlani bemalol hayotda qo'llab bolani stressiz kasal qimasdan katta qilish mumkin. Hozir 8 oylik bo'ldik Alhamdulillah zo'r yaxshi hammasi. Umuman kasal bo'mayapti dimeman rostini aytaman kasal bo'b qoldi ora sirada lekin relniy gap hech qanday dorilasiz tuzalyapmiz Alhamdulillah 😍. Siz manga bilasmi eng qiyin vaziyatlarimda nafaqat pediatr sifatida balki psixolog sifatida ham yordam berdiz🥹🥹🥹. Chin dildan minnatdorman sizdan ❤️❤️❤️. Eng muhimi kasal bo'sayam isitma qisayam kolika bo'ganda ham vahimaga tushib qomaslikni o'rgandim. Qancha xatolarimmi ko'rdim o'zimmi xavotirlarim bilan soppa sog' tug'ilgan bolammi kasal qilarkanman. Ishonasmi hozir atrofimdegi yaqinda ona bo'gan tanishlarimmi qigan xatolarini ko'rsam ulani bilimsizligiga achinib ketaman. Siz auditoriyezzi kengaytirishiz kereda. Sizzi kanalizzi hamma onalar kuzatib bilim olishi kerak dib oylemandaqancha ayollar manfaat osa bo'ladi kanalizdan. Hamma onalar o'qishi kere. Bola kasal bo'b ham bola ham butun oila qiynalib bezovta bo'b hamma stresda bo'ganga arzimeydi bu pul. Axir hamma ota ona farzandini sog'lom va baxtli ko'rishni xohleydiku🙏🙏🙏. Sizga esa alohida tashakkurlarim❤️❤️❤️. Insha'Alloh toshkenga borganda yonizga o'taman☺️
Читать полностью…10 joy! 🤱🏻
Bahorning ilk oyiga Mushtariy Mamuriy shaxsiy nazoratiga o’tish imkoniyati faqat 10ta joy bilan chegaralanadi.
• Bir oy nazorat
• Bir oy maslahatlar
• Bir oy suhbat
• To’liq kurs paket (yoshga mos)
• Tanlashingiz mumkin bo’lgan 5tadan 3ta vebinar
• 1 soatlik to’liq online konsultatsiya
• Boshqa mahsulotlarimizga chegirmalar
• Keyingi online konsultatsiyalarga 30% chegirma
Bir oy davomida bolada pediatrik muammolarni ko’rib, unga yechim topishda sizga ko’makdosh bo’la oladilar.
Pedatrik muammolarga nima kiradi?
- anemiya
- uyqu bilan muammolar
- ovqatlanish bilan muammolar
- emizish
- vazn bilan muammolar
- vitamin D dozani moslab berish
va shu kabi boshqa pediatriyaga aloqador muammolarni Mushtariy Mamuriyning to’liq nazorati ostida yechishingiz mumkin!
1 yoshgacha bo’lgan 10ta bolani tanlab olamiz.
Taklifimiz sizga qiziq bo’lsa va u haqida to’liq bilmoqchi bo’lsangiz - @mariiamakbar shaxsiy xabarlarga yozing. 🌱
Bolani ko’krakdan ajratish oson bo’lishi uchun
Sekin asta ko’krak bilan emizish sonini qisqartirish kerak. Ya’ni bolangizni ikki yoshgacha emizmoqchi bo’lsangiz harakatni bir yoshidan boshlang. Bolangiz qanday ehtiyojlarini emish orqali qondirayotganini his qiling va birin –ketin shu ehtiyojlarga boshqa yechim topishni boshlang.
Misol uchun bola havotirga tushganda yoki uyquga ketishi uchun albatta emishi kerak, bunda tinchlanish va uyquga ketishni boshqa yo’llarini o’rgatishni boshlaysiz. Bola o’z ehtiyojlarini qondirishni boshqacha yo’llarini bilib olgach ko’krakni oson unutadi.
Emizikli bolalar kam suv ichadi, chunki ona suti orqali suvga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Chanqagani uchun ham onasiga kelib yopishib, emishni hohlaydi, onalar suv bersa ichmasligini aytishadi. Uyda idishga suv qo'yib qo'ying va har 1-1.5 soatda bolaga taklif qilavering, bu sizning vazifangiz. Sekin-sekin suv orqali chanqog'ini qoldirsa bo'lishini tushunadi.
Sizda qanday bo'lgan?
Telegram | Instagram |Otzivlar
Bolaning nutqi kech chiqishiga unga bir nechta tilda gapirish sababmi?
Dunyo bo’yicha bilingual so’zlashuvchi ya’ni bir vaqtda ikki tilda so’zlashuvchi aholi 43%ni tashkil etar ekan. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra ikki tilda muloqot qilingan bolalarning nutqi kech rivojlanishiga gadjetlar orqali muloqot sabab bo’lar ekan. Gadjetlar deb televizor, kompyuter, planshet, telefonlarni nazarda tutyapmiz. Oilada ikki tilda gaplashilishi esa nutq rivojlanishini cheklamaydi, aksincha bunday bolalar izlanuvchan, miya shakllanishiga ijobiy ta’siri borligi aniq.
Nutq rivojlanishi ko’plab omillarning bola tug’ilganidan boshlab ayni gapiraoladigan yoshiga yetgunigacha ta’siri natijasida bo’ladi.
Bola tug’ilgandan keyin rivojlanish jarayonida bosh miya hujayralari ko’paymaydi, balki mavjud hujayralar orasida yangidan-yangi bog’lanishlar yuzaga keladi, buning uchun bola harakatda bo’lishi kerak. Gadjetlar qarshisidagi bolakay esa harakati cheklanadi.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Bolaning nutqi kech chiqishiga unga bir nechta tilda gapirish sababmi?
1-qism
@neomaslahati
Probiotik berishni bola uchun zarari ham bormi?
Probiotiklar tirik mikrobakteriyalardir. Bularga bifidobakteriyalar, laktobakteriyalar, xamirturushli qo'ziqorinlar, ichak tayoqchasi, streptokokklar va enterokokklar kiradi. Prebiotiklar - bu foydali bakteriyalar va ichaklarni oziqlantiradigan organik birikmalar, oziq-ovqat tolalari.
Har qanday dori preparatini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashib, ko'rsatmaga qarab qo'llash lozim.
Probiotiklar tarkibi turlicha, qo'shimcha kalsiy, temir kabi mikroelementlar va vitaminlarga ega bo'lishi mumkin. Bu moddalar organizmda yetarli bo'lsa, tashqaridan qo'shimcha kiritilganda miqdori ortib ketib, shu moddadan zaharlanish yuzaga kelishi mumkin.
Bazi holatlarda onalar bir necha turdagi probiotikni bir vaqtda qo'shib katta dozada bolaga berishadi va tezroq ijobiy natijaga erishmoqchi bo'lishadi. Bu ichaklar mikroflorasini izdan chiqaradi.
Eng yaxshisi tabiiy yo'llar bilan mikroflorani boyitish.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Allohim ishlaringizga doim rivoj, umringizga Baraka bersin, siz Kabi doktorlar kopayib, xotirjam ona va sog'lom bolalar ham kopayaversin ilohim🤲🤲🤲
Читать полностью…Assalomu alaykum, Mushtariy Ma'murovna yaxshimisiz?
Kursingizga endi qoshilgan bolsam ham endi 2- mavzuga kelgan bolsak ham sizga katta Rahmat aytmoqchiman 💐💐💐
Ayniqsa chomilish darslarini korib olishik uchun qoshimcha guruhga qoshib qoyganingiz uchun katta Rahmat🥰🥰🥰
Bugun videoyingiz asosida bolamni chomiltirdim , chomilish emas haqiqiy SPA boldi bolajonim uchun . Umuman qiynalmadim ikki qolim ham bosh turdi , oldin bolamni bir qolimda ushlab osiltirib chomtirayotgan edim. Bolajonim qizarib, qattiq ushlaganim uchun tanasi ham qizarib qiynalib ketardi. Ozimni ESA belim, qolim ogrir, qorqib qilganim uchun asabiy bolardim
Ozim uchun ham bu eng qiyin ish hisoblanardi bu jarayon.
Immunitet 5-tamoyili - bu chiniqish.
Chiniqtirish chaqaloq tug'lishi bilan boshlansa maqsadga muofiq. Lekin sizning farzandingiz necha yosh bo'lishidan qat'iy nazar ayni vaqtda chiniqtirishni boshlasangiz bo'ladi.
Passiv usullar:
☀️Xonadagi harorat 22-24° dan oshmasligi kerak. Uni asta-sekin 18 ° ga kamaytiring
💨 Xonani muntazam ravishda shamollatib turing va namlang (optimal namlik 50-70%)
Toza havoda sayr. Sovuq mavsumda ham bola kuniga kamida 2 soat ochiq havoda bo'lishi kerak.
Yengil kiyintirish. Uyda u maksimal bir qavat kiyimga odatlansin
Keyin faol chiniqtirishni boshlaymiz.
1️⃣Havo vannalari. Kichkintoyingizni yechintirib, bir muddat yalang'och qoldiring.
Xona harorati 24 ° dan boshlang. Birinchi marta 1 daqiqa kifoya qiladi. Sekin-asta havo haroratini 16-18 ° gacha kamaytiring va davomiylikni 30-40 daqiqagacha oshiring.⠀
2️⃣Suv bilan chiniqtirish.
36,5-37,5° da boshlang va har 3-4 kunda yarim darajaga kamaytiring.
Telegram | Instagram |Otzivlar