Immunitet 4-tamoyili kayfiyat.
Yaxshi kayfiyat albatta. Bu esa o'z-o'zidan to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik va to'laqonli uyquga bog'liq.
Aksariyat ko'pchiligimiz hayotimizda hammasi joyida bo'lsa ham, biror bir arzimas sabab topib yomon kayfiyatda yurishni "yaxshi ko'ramiz".Uzoq muddatli depressiyadan hosil bo'ladigan garmonlar shu insonni qoniqishiga yordam beradi.
O'z sog'ligingiz o'z qo'lingizda, masuliyatni bo'yningizga oling. Baxonalar ahtarmang va aksincha xatolaringizni to'g'irlashga hozirdan harakatni boshlang.
Inson miyasi shundayki ma'lum foydali ishni 21- kun takrorlayversa bu odatga aylanadi. Har kungi ishlarni 1 kun oldindan rejalashtirib ro'yhat tuzing, soatini belgilang.
Erta turish, sog'lom taomlar menyusini tuzish, sport bilan shug'ullanish, kitob o'qish, qiziqqan mashg'ulotni bajarishni hayot tarzingizga aylantiring.
Shunda kayfiyatingiz a'lo, immunitetingiz baland, ishlaringiz ham besh bo'ladi.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Yaqiningizga ulashing
Immunitet 1-tamoyili - sog'lom oziqlanish
🥩🍗🧆🐟🥚Sog'lom oziqlanishda birinchi e'tibor berishimiz kerak bo'lgani go'sht mahsulotlari. Go'sht bu oqsil, immun hujayralar ham oqsil tabiatiga ega. Bolalarni 7 oyligidanoq go'sht mahsulotlarini va tuhumni berishni boshlash zarur. Go'shtni yoqtirmaydigan bola: tishini orasiga kirib qolishidan bezib yemasligi mumkin, kamqonlikda ham bosh tortishi mumkin.
🥦🥕🥬🫑🥒🍅Hom sabzavotlar va ko'katlar bu kletchatkaga ega mahsulotlar. Kletchatka ichakdagi foydali bakteriya, viruslarni ozuqasi
🥛Fermentlangan ozuqa - qatiq, ryajenka, kvashennaya kapusta.
🍞🥖🍝Past navli undan, kepak qo'shib tayyorlangan nonlar, makaron mahsulotlari, bular ayniqsa B guruh vitaminlari va uglevodga boy
🌰🥜🫘Yong'oqlar - yog'da eruvchi vitaminlar va minerallar saqlaydi.
🍏🍎🍊🍋🍌🍉🍒🫐🍇Mevalar - tabiat mo'jizalari.
🧁🍰🍭🍬Shakar va u qo'shilga shirinliklar umuman kerak emas. Iloji bo'lsa yoshligidan bunga o'rgatmang!
Siz to'g'ri yo'ldamisiz?
Telegram | Instagram |Otzivlar
Immunitet uchun masuliyat
Kichik yoshdagi bolalar katta dunyoda ota-onasini yordamiga muhtoj, o'zini-o'zi tashqi omillardan himoya qilish qobilyatiga deyarli ega emas.
Farzandimiz sog'ligi uchun masuliyatni o'z bo'ynimizga olishimiz immunitetini mustahkamlovchi birinchi qadamimizdir.
Atrofdagi yaqinlaringiz, shifokoringiz sizchalik farzandingizni sog'ligi uchun qayg'urmaydi va majbur ham emaslar.
Onaning sog'lom bo'lishi, sog'lom fikrlashi, bolasini tushunishi, u uchun meyor bo'lgan ko'rsatkichlarni bilishi bolaning kasal bo'lmasligiga aniq ta'sirini ko'rsatadi.
Misol uchun: ona farzandini faolligi yuqoriligidan buni kasallikka yo'yib, qani edi tinchlansa, bir joyda uzoq o'tirsa, yotsa deb doimiy hayoliga keltirsa shu bola aniq kasallanib yotib qoladi. Yoki uy ishlaridan ortmay bolaga vaqt kam ajratyapman deb kasal bo'lganida doim yonida bo'lar edim, qarar edim deb o'ylasa ham bola betob bo'lib qolishi mumkin. Bu PSIHOSOMATIKA.
Bizga qo'shiling👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Tish chiqishida isitmalash norma emas.
Buni bilarmidingiz?
"Nega bolalar kasal bo'ladi?" nomli jonli efir zapisini albatta eshiting
Bolada tish chiqayotganda normada isitma ko'tarilmasligi so'ngi tadqiqotlarda aniqlandi. Isitmaning asl sababini qidirish tavsiya etiladi.
Isitmaning sabablari turli bo'lishi mumkin. Nega tish chiqishi bilan bog'lanadi unda? Tish chiqishi odatda boladagi zahira immunitet tugash paytiga to'g'ri keladi.
Bola notanish viruslar bilan to'qnash kelganida kasallik rivojlanadi. Sababini topilguniga qadar tuzalib ham qoladi, tish ham yoradi. Hamma hursand.
Isitmaning sabablari, tana haroratini to'g'ri aniqlash, termometrlar farqi, tushirish uchun mumkin bo'lgan dori (dozani tanlay bilish) va usullar, isitmadagi talvasa (sudorogi), xavfli belgilarni bilishni hohlasangiz ISITMA qo'llanmasidan foydalaning.
Telegram yopiq kanalida prezentatsiya, tekst, ovozli habar shaklida tayyor qo'llanma. Dostup umrbod. Qatnashish uchun
@DokMER_admin
@dokmer_mm ga yozing
Farzandingiz tishlari chiqayotganda isitmalaganmi?
Ho’sh, endi mavzuni eng qaymog’i - narxlarga to’xtalsak 😁
Shamollashdan oson tuzalish 150.000 so’m - 135.000 so’m
Chiniqish130.000 so’m - 117.000 so’m
Isitma99.000 so’m - 89.000 so’m
Yana qanday sovg’alar bor?
2️⃣tasi birda:
Shamollash + Chiniqish280.000 so’m - 224.000 so’m
Shamollash + Isitma249.000 so’m - 199.000 so’m
Chiniqish + Isitma229.000 so’m - 183.000 so’m
3️⃣tasi birda:
Shamollash + Chiniqish + Isitma379.000 so’m - 265.000 so’m
Sotuv e’lon qilingan kundan 3 kun o’tib - 20-fevralda yopiladi.
@neomaslahati
“Chiniqish” vebinari 🦋
Deyarli har bir konsultatsiyamda, har bir postimizni tagida “bolam ketma-ket kasal bo’lyapti, uni qanday chiniqtirsam bo’ladi?” degan davol olganman.
Shu sababli buni dolzarb deb hisoblab, bunga aloqador barcha savol, mavzularni yeg’ib vebinar tashkillashtirganman.
Shundan keyin bizning “Chiniqish” mahsulotimiz paydo bo’lgan 🥰
Vebinar ushbu mavzularni qamrab olgan:
• chiniqish nima?
• tabiatga yaqinlashish
• mikrobiotani boyitish
• havo vannalari
• gipoksiya
• cho’milish
• oyoq-qo’l tomirlari gimnastikasi
• kuchli immunitetning 5ta tamoyili
kabi mavzular yoritilgan.
Bu vebinar orqali siz bolani chiniqtirishga oid barcha ma’lumotlarga ega bo’lasiz. 👶🏼
Ishonamiz, miyyangizdagi chiniqtirish bo’yicha barcha miflardan halos bo’lib, berilgan maslahatlarni qo’llab, yaxshi natijalar ko’rsatasiz! 💌
@neomaslahati
Bahor oldi viruslar ko’payib shamollash avj olishni boshlagani sababli, @neomaslahati kanalimizda bir emas, 3ta mahsulotimizni sotuvga qo’ymoqchimiz. 🦋
Ho’sh, bular qaysilar?
• Shamollashdan oson tuzalish vebinari
• Chiniqish vebinari
• Isitma qo’llanmasi
Sizga birma bir post shaklida har bir mahsulotimizning qadriyatini ochiqlab beramiz, qolgani esa sizning qaroringizga bog’liq.
Sizga qiziq bo’lsa, reaksiyalar orqali bildiring 🔥
Bundan bir yil muqaddam, “shamollashdan oson tuzalish” vebinarini o’tkazgan edim. 🗣️
Ushbu vebinardan mening asl maqsadim - shamollashga nisbatan bo’lgan qarashingizni o’zgartirib yuborish bo’lgan.
Qisman o’z maqsadimga yetdim, sababi hali hanuz postlarimning tagida ko’p o’quvchilarim immunitetga ishondim, sizning tavsiyalaringiz bo’yicha ish tutib natijalarni ko’ryapman degan xatlar qoldirishadi. 💌
Bundan men juda xursandman.
Aslida ham, hayotimizning har bir jabxasida bizga to’g’ri yo’l ko’rsatadigan yagona vosita - ilm. 🧠
Har qanday holatda tahlikaga tushmaslik uchun,“nima qilishimiz kerak?” degan savolimizga to’liq javob ko’z oldimizda bo’lishi kerak.
Huddi shunday shamollashga to’qnash kelganda ham. 🦠
So’rovlarimiz bo’yicha, bu qish faslida bolalar quyidagi kasalliklar bilan ko’proq to’qnash kelishgan:
• Shamollash
• Tomoq og’rig’i
• Bronxit
• Gripp
• Ko’k yutal
• Qizamiq
Kommentariyalar orasida juda ko’p usullar, ya’ni: asal, sut, yodli setka, zaytun moyi va sarimsoq, anaferon, spirt bilan gripp, shamollash yoki tomoq og’rig’iga qarshi davolashganini kuzatdik.
@neomaslahati
Bizni xursand qilgan tamon esa, ko’pchilik onalar - immun tizimiga ishonch bildirdik degan xabarlarni qoldirishibti.
Mana shu nuqta aslida juda muhim va biz siz bilan aynan shu haqida suhbat quramiz.
Bugun sizlar bilan bir dolzarb mavzu bo’yicha suhbat qurmoqchimiz.
Qish mavsumida shamollashga ko’pchilik duch kelganiga ishonchimiz komil, sababi qish sovuq mavsum va aynan shu faslda: tomoq og’rishi, gripp, shamollash kabi kasalliklar avj oladi.
@neomaslahati
Bahor oldi fevral oyida kasallanganlar soni ortib bormoqda va orishda davom etadi. Hozirgi vaqtda har birimizning badanimiz kasalliklarga ochiq va ketma-ketlikdan immun tizimimiz ham ancha sustlashgan. 🌱
Muhim savol: shu qish faslida bolangiz qanday kasallikga duch keldi, qancha vaqt kasallik davom etdi va bolaning holati qanday bo’ldi? 🫂
O'qishni juda hohlaganlar ko'p bo'lsa, chegirma qilib beramiz. Sizga chegirma kerakmi?
Читать полностью…3 oylik bola 20 kundan beri vazn qo'shmayapti
Yangi tug'ilgan chaqaloq butunlay yangi olamga tushib qolgach: ona qornida nafas olmas edi, ovqat yemay tayyor ona qonidan oziqlanar edi, harorat 38°C edi, tashqari sovuqroq, qorong'u edi, yoruq olamga kelib qoldi, jimjitlikdan shovqinga moslashish jarayonlarini boshidan kechiradi.
Shu moslashish jarayonida takroriy emadi va tinchlanadi, shunga yarasha vazn qo'shadi.
3 oylikka o'tib bosh miyasi keskin rivojlanishga o'tib ketadi. Bola o'sib, shakllanishi kuzatiladi. Atrofni ancha o'rganib moslashuvi yaxshi bo'ladi. Emgisi kelib yig'lasa oyisi kelishini biladi va oz-oz emishga o'tib, u yog'iga chalg'ib
atrofni organishga e'tibor qaratadi.
Shunaqa paytda ona suti bilan emizishni to'g'ri yo'lga qo'ya olmasak bola vazn qo'shishi susayadi. Ona suti ham kamayib ketadi.
Asosan uyqu oldidan emizilsa bunga yechim bo'ladi.
Siz qaysi bosqichdasiz?
1⃣oy 2⃣oy 3⃣oy yoki ⬆️
Bizga qo'shiling👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Farzandingizga гипоаллергенная смесь yoki аминокислотная смесь tavsiya qilingan bo'lsa, ESHITING
/channel/neomaslahati
Murojat uchun👇👇👇 @DokMER_admin
@dokmer_mm
Assalomu alaykum, sevimli doktorimiz Mushtariy Ma'murovnaning aziz jamoasi!
Minnatdorchiligimni yozgim keldi. Yanvarda boshlangan 3-6 oy olib borish kurslarida õqidim. Shunchalar darslar tushunarli va yoqimliki, Mushtariy Ma'murovna xuddi bolamni gapirtirayotganga õxshaydi😍 bolamning har bir xatti-harakati, yiğlashi, olamni kuzatishiga qarab, darslardagi ma'lumotlarni aynan bolamda kõraman. Õzim ham PhD man, bilimni qadrlayman, tadqiqot natijalariga ishonaman. Tõğri, onalik umuman boshqa bilim, boshqa hayot,.boshqa tajriba ekan. Lekin menga õxshab har narsani fact checking qilmaguncha kõngli joyiga tushmaydiganlar uchun ideal darslar deb ayta olaman. Qolaversa, bonus sifatida berilgan vebinar yordamida aralash oziqlantirishdan tõliq ona sutiga qaytdik😇🤗😍 endi atrofimda kimdir bolamga sutim yetmayapti desa, hammasiga erinmay tushintirib chiqyapman bunaqa bõlishi mumkinmasligini.
Bilimingiz bundanam ziyoda bõlsin,.doktor! Farzandlariz baxt-u kamolini kõrib yuring! Sizni uchratganiga shukur! Sizni judayam hurmat qilamiz oilamiz bilan! Bolajonlar va onajonlar baxtiga soğ bõling!
Immunitet 3-tamoyili bu uyqu.
Organizmda regeneratsiya hususiyati bor ya'ni o'zini-o'zi tiklash qobilyati. Bu hususiyat yosh kattalashgan sari susayib boradi.
Uyqu nima uchun kerak? Uyqu vaqtida organizmda qayta tiklanish jarayonlari(regeneratsiya), asosiy gormonal almashinuvi yuz beradi. Bu soat 22:00dan 02:00gacha ayniqsa ahamiyatli. Yana kun davomida yig'ilgan informatsiya uyqu davomida qayta ishlanib kerakli joylarga uzatiladi.
Hozirgi zamonda chiroqlar borligi, televizor, kompyuter va telefonlar insoniyat bioritmini o'zgartirib kattalar va xattoki bolalar uyqusini kechikishiga sabab bo'lmoqda.
Uyqu gigienasiga rioya qilmaslik natijasida immunitet pasayishi, kamqonlik, gormonlar disbalansi, asab kasalliklari va yana boshqa ko'plab patologik yakunlarga olib kelishi mumkin!
Farzandim uhlaganda ishlarimni qilib olaman deguvchi onalar, voqtli yotib, voqtli turing. Oilada bu an'anaga aylansin, ota-onani ham, bolalarni ham immuniteti yaxshilanadi.
Telegram | Instagram |Otzivlar
Immunitet 2-tamoyili jismoniy faollik.
Immunitetga javobgar hujayralarning asosiy qismi limfa tomirlarda oqadi. Qon tomirlarda qon harakatini yurak ta'minlaydi, limfalarda bunday nasos yo'q. Jismoniy harakatda muskullar qisqarib limfani harakatga keltiradi.
Hozirgi kunda texnika asri qulayliklari hisobiga jismoniy faollik kamayib ketmoqda, bolalar ham kam harakat bo'lib ketmoqda.
Shuning uchun oilda jismoniy harakat an'anasini shakllantirish lozim. Imkoningiz bo'lsa siz va farzandingiz turli jismoniy to'garak, fitness zallarga boring. Sharoit bo'lmasa hech yo'q kunlik piyoda yurishni tashkil qiling.
Piyoda yurganda tananing barcha qismlari harakatga kelib, qon aylanishi yaxshilanadi, ichaklar faoliyati yaxshilanadi, uyqu sifatli bo'ladi, kislorodga to'yingan miya yanayam yaxshi ishlay boshlaydi.
Bizga qo'shiling👇
Telegram | Instagram |Otzivlar
Yaqinlaringiz bilan bo‘lishing📮
Farzandingiz betob bo'lishi hayolingizdan tez o'tib ketgan fikrdan keyin bo'lganini kuzatganmisiz?
Читать полностью…Postlardagi ma'lumotlardan tahlikaga tushayotgan bo'lsangiz, qo'rquvingiz ko'pligidan. Tekstda ohang eshitilmaydi va hamma o'z holatidan kelib chiqib, nuqta yoki undovli eshitadi uni.
Meni oldindan kuzatganlar onalarni gormonal fonini tushungan holda, hatto butilka va yig'layotgan bola rasmlarini ishlatmasligim (bazida rasm admin tomondan ketib qolmasa), dunyodagi tragedik vaziyatlarni qo'ymasligimni bilishadi. Qo'rqitib gapirmayman va yozmayman. Onalar va bolalarini imkonim darajasida asrayman.
Lekin sizga yetkazmoqchi bo'lgan fikrim va siz qabul qilolgan ma'no orasida ancha farq bo'lishi mumkin. Bu tabiiy. Insonlar bitta tilda gaplashib bir birini tushunolmaydiku, yozishganda tushunmovchiliklar % ortadi.
Ko'nglingizni kanalimdagi postlardan asrashga tavsiyalarim:
1. Postni diqqat bilan qayta-qayta o'qing, balki oradan vaqt o'tib o'qirsiz. Misol yuqoridagi postda, so'ngi tadqiqotlar jumlasining ahamiyati katta edi, lekin bazi o'quvchilar nigohidan qochgan
2. Ko'p efirlar zapisi qadalgan habarda bor, tinglang. Bu kanal bilimlar sandig'idir. Savol-javoblardagi mehr va ohangga moslashganingizdan keyin, postlarni o'qiganingizda o'sha mehrni his qilasiz.
Har efirdan oldin duo qilaman, men kerak deb o'ylaganimni emas, tinglovchilarimga kerakligini berishni nasib aylagin deb, zero hechkim sig'dirolganidan ortig'ini ololmaydi.
@neomaslahati
Vebinarlarga qo'shilish uchun yordamchilarimga yozing👇
@DokMER_admin
@dokmer_mm
Chet eldan to'lov qabul qilinadi
“Isitma” qo’llanmasi 🌡️
Bu qo’llanma onalarning eng katta qo’rquvi - isitmaga qarshi kurash haqida.
Qanday mavzular qo’llanmada yoritilgan? 🫧
Mavzular:
• isitma sabablari
• tana haroratini baholash
• qanday harorat bola uchun xavfli?
• isitmani tushirish
• qaysi vaqt shifokorga murojaat qilamiz?
• termometr
• tish chiqayotganda harorat ko’tarilishi normami?
• isitma chiqganda nima qilish kerak?
• talvasa huruji (sudorogi) vaqtida birinchi yordam
mavzulari ko’rib chiqilgan va to’liq sharhlangan.
Har bir mavzu to’liq matn shaklida va qo’shimcha audio shaklida yoritilib berilgan! 🗣️
@neomaslahati
“Shamollashdan oson tuzalish” 🌱
Bu vebinar - onalarga malham.
Shamollashga aloqador barcha mavzular, ya’ni:
• shamollash asli nima
• shamollash vaqtidagi o’zgarishlar
• virus va bakteriyali shamollashning farqlari
• antibiotiklarsiz davolash
• tomoqdagi o’zgarishlar - 3 turdagi jarayon
• tana harorati haqida ma’luotlar
• haroratni qanday tushirish mumkin?
• davoda nima muhim?
• “cho’milganda shamollaydi” degan fikrga izoh
@neomaslahati
shu kabi va undanda ko’p mavzularni qamrab olgan va fikrimizcha shamollash bo’yicha savollaringizga to’liq javob ola oladigan vebinar.
Bu vebinar sizga qadam ba qadam: immunitetga ishonishingiz , antibiotiklarsiz bolangizni davolashingiz, tana harorati ko’tarilganda qo’rqmasligingiz va shamollashni to’liq o’zingiz davolashingiz uchun huddi-ki harita bo’lib bera oladi. 🗺️
Aziz onalar, shu yerda ancha ma'lumot bor. Diqqat bilan tinglab, hayotga tadbiq qilsansiz shamollashlar soni oilangizda ancha kamayadi
Читать полностью…Immun tizimi - bu bizning va bolalarimizning kasalliklarga qarshi asosiy qurolimiz. 🌱
Kasalliklarga qarshi bizning organizmda himoya reflekslari joylashgan, yani: harorat ko’tarilishi, aksi urish, yo’tal, burun oqishi - bu hammasi himoya reflekslari. 😷
Immun tizimimiz esa organizmga kirgan virus va bakteriyalar bilan kurashib ularni undan olib chiqish payida bo’ladi.
Shu sababli doimo shamollash, gripp kabi kasalliklardan keyin bizning organizmimiz juda sust bo’lib qoladi va shifokorlar aynan immunitetni ko’tarishimiz kerakligini bizga uqtirishadi.
Ho’sh, davoda eng muhimi bu nima?
Albatta suv, ishonch, davo, mehr va sharoit .🫂
Aksariyat hollarda bemorlar davoga muhtoj emaslar, ya’ni o’zlari immun tizimining yordami bilan mustaqil tuzalishga qodir bo’ladilar. Ammo onalar antibiotiklar tomon yugurishadi, sababi bola kasal bo’lganda ko’pincha tahlikaga tushib qoladilar.
Tasavvur qilyapsizmi? 🤯
Shamollashga qarshi birga kurashamiz! 🦸🏻♀️
Bizning halq ko’p uchraydigan kasalliklar, ya’ni: gripp, shamollash, yo’tal va boshqalarga to’qnash kelganda, ko’p hollarda shifokorga murojaat qilmaydi. ❌
@neomaslahati
Uy sharoitida tuzalish, halq tabobati, uyda muolaja qilish doim ham yomon emas aslida. Bilsangiz agar bunga to’g’ri yondashilsa, qanday muolaja qilishni bilsa va eng asosiysi bolaning immun tizimiga ishonch bildirilsa - uyda davolash real narsa.
Siz ko’p hollarda qanday davolash uslubiga murojaat qilasiz? 🍯🫖
💡O'qishni hohlovchi onalar talaygina ekan. Faqat 3 kun 20% chegirma e'lon qilamiz Yakshanba kechgacha
/channel/baxtli_onalik_hizmatlar/17
Yordamchilarimga yozing va kursga qo'shiling 🪶
@DokMER_admin
@dokmer_mm
Bilimli onalar safi gengaysin🌑
Ko'pchilikda bir hil muammo. Avvaliga yaxshi emmay qoy'di, endi kechadi bilan kemirib chiqadi. Ona suti yoki sun'iy aralashmadaligidan qat'iy nazar
Bu muammo boladagi fiziologik o'zgarishlar bilan bog'liq. Va ular 6 oydan keyin ham davom etadi
Ma'lumotlarni bitta ikkita postga sig'dirib bo'lmaydi. Shuning uchun ham UCH OY 3-6 oylik bolalar haqidagi kurs tashkillashtirilgan
Oldingizda ikkita yo'l bor ikkisi ham to'g'ri.
1- bu yo'l
2- bu ham yo'l
Ya'ni 1-istasangiz biz bilan darslarni ketma-ketlikda eshitib o'rganib bolangiz ehtiyojlarini tushunib, mazza qilib hotirjamlikda bola o'stirasiz
Yoki 2-atrofda bola fiziologiyasini tushunmaydigan, ammo bola katta qilgan tanish va dugonalardan so'rab, boshingiz devorga urilib qiynalib farzandingizni tushunolmay, keraksiz smes va dorilarga pul sarflab, lekin katta qivolasiz
Hulosa o'zingizdan. UCH OY kursida asosiy darslar joylanib bo'ldi, endi bonus darslarga o'tamiz. Siz qo'shilishingiz mumkin, dostup 90 kun
Yozilish uchun👇👇👇
@DokMER_admin
@dokmer_mm
O'zingiz vitamin yoki bio faol qo'shimcha ichishingiz bo'yicha 🔽🔽🔽
/channel/+-8xoXwS4WOk0NTVi
Kanalizdagi har bir malumotlar foydali savol javoblarda ham etibor bilan birma bir javob berasiz sizga oxwagan shifokorlarimiz kopaysin
Читать полностью…