Axborot 24 | «Yashil makon» umummilliy loyihasi
#19nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Uchquduq tuman Ekologiyabo'limi xodimlari tomonidan tumandagi mayishiy chiqindilarni to'plash paligonida chiqindilarni rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🌳 Karmana tumani hokimligi hamda tegishli mas'ul tashkilot rahbarlari ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirish uchun ekin maydoni tayyorlanmoqda.
✅ Xususan, "Sardoba" mahallasi hududidagi bo‘sh turgan 22 gektar yer maydoni maxsus texnikalar yordamida tayyorlanib, jami 40 mingdan ziyod manzarali ko‘chatlar ekilishi belgilangan.
KONIMEX TUMANIDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI KUZGI MAVSUMI DOIRASDA SAKSOVUL KO'CHATLARI EKILDI.
Bugungi kunda respulikamiz bo'ylab davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi kuzgi mavsumi doirasida ko'chat ekish ishlari Konimex tumanida uyushqoqlik va yuqori saviyada amalga oshirilmoqda.
Bugun Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev boshchiligida Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tuman bo'limi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, tegishli tashkilotlar, mas'ullar, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘chat ekish aksiyasi doirasida saksovul nihollari o‘tqazildi.
Ta'kidlash joizki, tumanimiz atrofi bo‘ylab tashkil etilayotgan ushbu "saksovul belbog‘lari" qum va chang bo‘ronlaridan asraydigan belbog‘ vazifasini bajaradi.Читать полностью…
#Diqqat_tanlov
⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov❗️
🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi
📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.
📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.
❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.
🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.
Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin
UCHQUDUQDA YANA BIR BOG‘ UCHUN ILK NIHOLLAR QADALDI
🌱Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021 yildan buyon mamlakatimizda har yili “Yashil makon” umummilliy harakati davom ettirilmoqda.
🌳Xususan, Uchquduq tumanining Yo‘lchilar ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi qariyb 1 gektar maydonda "Uchquduq tuman ichki ishlar bog‘i"da 1200 tup tut va qayrag‘och kabi manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib bog‘ning ilk nihollari qadaldi.
🌱Uchquduq tuman hokimligi, tuman IIB hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirok etgan xayrli tadbirda “Qizilqum” jo‘me masjidi imom xatibi tomonidan yaxshi niyatlarda duo o‘qildi. Ezgulikni ko‘zlab yerga qadalgan har bir niholda yaxshiliklar unib o‘saversin.
🌱Shu bilan birga, nihollarni sug‘orish maqsadida hududda texnik suv quvurlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
🌳Bunday saʼy-harakatlar mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish hamda tumanimiz va mahallalar hududlarini, aholi turar joylari atrofini yana-da ko‘rkam ko‘rinishga keltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
🌱Siz ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, yurtimiz obodligiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida havodan ichimlik suvi olish qurilmasi yaratilib, sinovdan o‘tkazilibdi. «Havo suv»dan ichib ko‘rganlar zo‘r deyishmoqda.
Uskuna bir sutkada 1000 litr suv ishlab chiqarar ekan. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, qurilmada ishlab chiqarilgan suvning tarkibi ichimlik suvi meʼyorlarga to‘liq mos kelishi tasdiqlangan.
Uskuna havoning namligi 4 gr/m3 va 10 - 70 °S harorat oralig‘ida ishlaydi. Qurilma suv yetishmovchiligi yuqori bo‘lgan hududlarda sifatli ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam berishi mumkin.
“Navoiy” EIZ direktori Habib Abdullayevga ko‘ra, bu haqiqatdan ham ilg‘or texnologiya. Afrika, Yaqin sharq va Janubiy Osiyoning 32 mamlakati allaqachon uskunaning xaridi yuzasidan qiziqish bildiribdi.
2025 yildan “Navoiy” EIZ hududida yiliga 500 dona ana shunday qurilma ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda ekan.
♻️Yurtimizda chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar soni oshib bormoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan maishiy chiqindilarni boshqarish, ularni qayta ishlab, elektr energiyasi va boshqa foydali mahsulotlar olish tizimi yo'lga qo'yilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/27794
♻️В стране растет число предприятий по переработке отходов
По инициативе главы государства создается система обращения с бытовыми отходами, их переработки в электроэнергию и другие полезные продукты.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/27794
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp
Qum-shag‘al aralashmasini yuklab olib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi
Navoi viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining tezkor guruh davlat inspektorlari hamda Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo'limi xodimlari ishtirokida Konimex tumanida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat reyd tadbiri davomida, huquqbuzar tomonidan Konimex tumani “Yuksalish” MFY hududidan noqonuniy ravishda qum-shag'al aralashmasini yuklab olib ketayotgan holati aniqlanib to‘xtatildi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma tuzilib, 3 mln 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
✅Ekologiyaga oid tanlovlarda ishtirok eting
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi "Uzbekistan eco-publications and video clips award ("Eng yaxshi eko-maqola va video roliklar") va "Tabiat madhiyasi" tanlovlari davom etayotganligini ma'lum qiladi.Ijodiy ishlar 2024-yil 5-dekabrgacha qabul qilinadi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/26628
✅Успейте принять участие в экологических конкурсах
Продолжается прием заявок на участие в конкурсах «Uzbekistan Eco-Publications and video clips award» («Лучшие эко-публикации и видеоклипы») и «Гимн природы», организованных Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата. Работы принимаются до 5 декабря 2024 года.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/26628
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp
🐈⬛Fotoqopqon kadrlarida to'qay mushugi
Oqtog'-Tomdi davlat qo'riqxonasi hududiga o'rnatilgan fotoqopqonlarga tunda ozuqa qidirib yurgan to'qay mushugi tasviri muhrlandi.
Ma'lumot uchun, qo‘riqxona Navoiy viloyati Tomdi tumani "Shiyeli" ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan bo'lib, 2022-yil 16-fevralda tashkil topgan. Unda 47 tur o'simlik, 41 tur hayvonot olami mavjud. hayvonot olamining 11 turi esa O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Eng ko'p uchraydigan hayvonlar: Jayron va Turkman qoraqulog‘idir.
———
🐈⬛В кадрах фотоловушки - лесной кот
На установленных в заповеднике Актаг-Тамди фотоловушках была запечатлена песчянная кошка, которая в поисках пищи.
Справочно, заповедник расположен на территории сельского схода граждан "Шиели" Тамдинского района Навоийской области и был образован 16 февраля 2022 года. В нем насчитывается 47 видов растений, 41 вид животного мира. 11 видов животного мира занесены в Красную книгу Республики Узбекистан. Самые распространенные животные: джейран и туркменский кулан.
🧭Website🌐Instagram🌐Telegram
🌐natureareasuz">Youtubenatureareasuz">✅ Facebook
#xalqaromunosabatlar #международныеотношения
🤝Turkiy davlatlar bilan ekologiya sohasidagi diplomatik aloqalar yangi bosqichga koʻtarilmoqda
2024-yilning 5–6-noyabr kunlari Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) navbatdagi sammiti oʻtkaziladi. Mazkur sammitda Oʻzbekiston faol ishtirok etib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohalarida dolzarb masalalarni ilgari surishni maqsad qilgan.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/26553
🤝Дипломатические отношения с тюркскими странами в сфере экологии выходят на новый уровень
5-6 ноября 2024 года в городе Бишкек Кыргызской Республики состоится очередной саммит Организации тюркских государств (ОТГ). Узбекистан принимает активное участие в данном мероприятии, нацеливаясь на продвижение актуальных вопросов в области экологии, охраны окружающей среды и изменения климата.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/26553
🤝Diplomatic relations with Turkic countries in the field of ecology are reaching a new level
On November 5-6, 2024, the next summit of the Organization of Turkic States (OTS)will be held in Bishkek, Kyrgyz Republic. Uzbekistan is actively participating in this event, aiming to promote topical issues in the fields of ecology, environmental protection, and climate change
https://gov.uz/en/eco/news/view/26553
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp
#seminar
"Green University"da OTM rektorlari uchun seminar tashkil etildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, ekologiya sohasida kadrlar tayyorlovchi 35 nafar oliy ta’lim muassasalari rektorlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/26301
В Green University организован семинар для ректоров вузов
В Центрально-Азиатском университете окружающей среды и изменения климата (Green University) при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата прошел семинар-тренинг. В нем приняли участие заместитель министра экологии Жусипбек Казбеков, ректоры и заведующие кафедрами 35 высших учебных заведений, готовящих кадры в области экологии.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/26301
A seminar for university rectors has been organized at Green University
A training seminar was held at the Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies (Green University) under the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change. It was attended by Deputy Minister of Ecology Jusipbek Kazbekov, rectors, and heads of departments of 35 higher educational institutions training personnel in the field of ecology.
https://gov.uz/en/eco/news/view/26301
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp
#Nazorat #Navoiy
🚯 Navoiyda fuqaro tashlagan chiqindisini tozalab, kuzatuv kamerasi orqali uzr so‘radi
Navoiy viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi holatlar aniqlandi. Huquqbuzarliklar Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.
Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining derazasidan tashqariga voyaga yetmagan shaxs chiqindi uloqtiradi va uning bu xatti-harakati tufayli ota-onasiga qonuniy chora ko‘rildi.
Yana bir holatda esa Q.A. ismli fuqaro avtomoshinasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlab ketadi va unga Davlat nazorati inspektori tomonidan bayonnoma rasmiylashtirib, jarima qo‘llanilgandan so‘ng tashlagan chiqindilarini o‘zi bartaraf etib, kuzatuv kamerasi orqali uzr so‘radi.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha MJtKning 91¹ 1-moddasi bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, har bir huquqbuzarga nisbatan BHMning 1 barobari — 375 ming so‘mdan jarima belgilandi.
⚡️Xatirchida tungi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
🔰Xatirchi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan «Uchqara» MFY hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida fuqarolar P.A va B.U tomonidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan yuk mashinasida noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shag‘al foydali qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to‘xtatildi.
✅Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 7 mln 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#eko_turizm
Sangijumon toshi haqida eshitganmisiz?
Sangijumon - Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi qishloqning nomi. Nurota tog' tizmasining tarmog'i bo'lgan Oqtog'ning janubiy yonbag'rida joylashgan, ya'ni Maydon qishlog'i va Jizmon soyining o'rtasida.
Qishloqning nomi ham bahaybat xarsang tosh nomiga qo`yilgan. Ya'ni "tebranuvchi, qimirlovchi tosh" degan ma'noni bildiradi.
Mazkur tosh Sangijumon soyi bo'yida 900 metr balandlikda joylashgan bo'lib, uning aylanasi 20 metr. Balandligi qariyb 6 metr, og'irligi 250 tonnadan ortiq.
Arxeologlarning ta'kidlashlaricha, Sangijumon 280 million yil avval yer qaridan ko'tarilgan suyuq va qaynoq magmatik jinslarda paydo bo'lgan. Ular o'z vaqtida yer qobig'ini yorib chiqa olmasdan, taxminan, 250 million yil avval ma'lum chuqurlikda qotib qolgan. Bu yerdagi jinslar bundan kamida 10 ming yillar ilgari yuzaga kelgan.
/channel/navoiyeco_uz
#Yashil_makon
🌳 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Karmana tumani "Sardoba" mahallasi hududidagi bo‘sh turgan 22 gektar yer maydoni maxsus texnikalar yordamida tayyorlanib, jami 40 mingdan ziyod manzarali ko‘chatlar ekilishi belgilangan.
/channel/navoiyeco_uz
⚡️ Audio intervyu ruknidan
📈 Ishga tushirilgan yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksida abonentlar uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan mutaxassis sharhi
🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube
Nurotada noqonuniy qum-shag‘al yuklab ketayotganlar jarimaga tortildi
Nurota tumani Ekologiya bo'limi davlat inspektorlari tomonidan «Tinchlik» mahallasining cho‘l hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida "Mirishkor" mahallasida yashovchi fuqaro O.F o‘z boshqaruvida bo‘lgan yuk yuklagich yordamida noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shag‘al foydali qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to‘xtatildi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 7 mln 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Еkologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
Hududlarda "Manfaatlar toʼqnashuvi" to'g'risidagi qonun bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda
👉 Batafsil
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
Jamiyatga katta zarar keltiradigan illatlar, yaʼni korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bor joyda sohada rivojlanish bo‘lmasligi shubhasiz.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Axmedov Nurota tumani bolimi xodimlari ishtirokida «Manfaatlar to‘qnashuvi – nima u?» mavzusidagi davra suhbatida bu haqda so‘zlab berdi.
👉 Batafsil
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🇺🇿Vatanning suvrati, mehru tarovati, ajdodlar o‘tmishi, buguni, fidokorligi va istiqbolini oʻzida namoyon etgan Davlat bayrog‘i shu millatning or-nomusi, sha’ni va g‘ururi. Bugun bayrog‘imiz qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi. 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi tarixiy hujjatga imzo chekilgan.
❗️O‘zida milliy-ma’daniy an’analarimizni aks etgan bayrog‘imiz jonajon o‘lkamizning davlat ramzidir. Iftixorimiz hisoblanmish bayrog‘imiz bizni hech kimdan kam emasligimizni bildiradi. Unga munosib bo‘lish esa har birimizning burchimizdir.
O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!
Oʻzbekistonda “yashil” energetika: iqlim maqsadlariga erishish yoʻlida dadil qadam tashlandi
Oxirgi 6-7 yilda Oʻzbekistonda “yashil” iqtisodiyot, xususan, “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha dadil qadam tashlandi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/26853
«Зелёная» энергетика в Узбекистане: решительный шаг на пути к климатическим целям
За последние 6-7 лет в Узбекистане уделяется особое внимание развитию «зелёной» экономики, особенно «зелёной» энергетике. В этом направлении предприняты решительные шаги по увеличению объемов производства электроэнергии на основе возобновляемых источников энергии.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/26853
"Green" Energy in Uzbekistan: A Decisive Step Towards Climate Goals
Over the past 6-7 years, Uzbekistan has been paying special attention to the development of the "green" economy, especially in the area of "green" energy. Decisive steps have been taken to increase the production of electricity from renewable energy sources.
https://gov.uz/en/eco/news/view/26853
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp
#Elon #Объявление
📣 Tanlov: O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi
Chiqindi va tozalash ishlari sohalari xodimlarini rag‘batlantirish, mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlari o‘tkaziladi.
➡️Batafsil
💬
Kонкурс: В Узбекистане наградят защитников природы и самые чистые махалли
В целях поощрения работников, осуществляющих деятельность в сфере санитарной очистки, а также поддержке усилий по превращению махаллей в чистые и безотходные территории, будут проведены конкурсы «Защитник гармонии природы» и «Самая чистая махалля».
➡️Подробно
🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube
❗️ Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi: Internet tarmog‘ida firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olmoqda
Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas'ul xodimlari nomidan sohta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda. Davomi
❗️ Тошкент шаҳар ИИББ огоҳлантиради: Интернет тармоғида фирибгарликнинг янги кўриниши авж олмоқда
Шу кунларда фирибгарлар томонидан телеграм мессенжери орқали юқори лавозимларда ишловчи вазирлик, идора ва турли хил ташкилотлар раҳбар ҳамда масъул ходимлари номидан соҳта профиллар яратилиб, қўл остидаги ходимларни алдаш ҳолатлари кузатилмоқда. Давоми
❗️ ГУВД города Ташкента предупреждает: в сети Интернет распространяется новый вид мошенничества
За последние дни наблюдаются случаи обмана следующего характера: мошенники создают в месседжере Telegram фейковые профили на имена руководителей и ответственных сотрудников министерств, ведомств и различных организаций, работающих на высоких должностях. Далее
💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 iibb_uz">Threads
«Ассалом, янги кун!» Вилоят экология бошқармаси масъули Гулноза Мирзаева дастур меҳмони.
@Navoiy_trk
Qum-shag‘al aralashmasini yuklab olib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi
Navoi viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining tezkor guruh davlat inspektorlari tomonidan nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat reyd tadbiri davomida, huquqbuzar tomonidan Navbahor tumani “Mirzo Ulug'bek” MFY hududidan noqonuniy ravishda qum-shag'al aralashmasini yuklab olib ketayotgan holati aniqlanib to‘xtatildi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma tuzilib, 3 mln 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Xatirchida tungi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
🔰Xatirchi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan «Bug‘irdoq» MFY hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida fuqaro R.I tomonidan o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavatorda noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shag‘al foydali qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to‘xtatildi.
✅Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 750 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Navoiy #Ekologiya
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi barcha fuqarolar va tadbirkorlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi.
Agarda siz ekologiya sohasida korrupsiya holatlarga duch kelsangiz yoki guvoh boʼlsangiz, Ekologiya xodimlari sizdan noqonuniy talablar asosida pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz, boshqarmaning ishonch telefoniga ☎️ (79)-220-61-65, yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisga 📞97- 211-38-06 raqamiga murojaat qiling!
МUROJAATLAR TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR QAT'IY SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz/20565
2025-yil - Prezidentimiz tomonidan Navoiy viloyati uchun “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilindi.
📝📝📝
2025 йил - Президентимиз томонидан Навоий вилояти учун “Алишер Навоий йили” деб эълон қилинди.