Xatirchi tumanida "Toza havo" oyligi davomida avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
Shu kunlarda “Toza havo” oyligi doirasida viloyatining barcha hududlarida viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda avtotransport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Хаtirchi tumani bo‘ylab transport vositalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ulardan chiquvchi is gazi va tutun miqdorini o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Chiqindilarni olib ketish boʻyicha ommaviy oferta joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-son Farmoniga ko‘ra, joriy yilning 1-iyulidan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari ommaviy oferta asosida ko‘rsatilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/19533
__
Введена публичная оферта по вывозу бытовых отходов
Согласно Указу Президента Республики Узбекистан №УП-5, c 1 июля текущего года услуги по сбору и вывозу твердых бытовых отходов для юридических лиц и индивидуальных предпринимателей предоставляются на основе публичной оферты.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/19533
__
A public offer for the removal of household waste has been introduced
According to the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan, No. 5, dated January 4, 2024, "On measures to improve the waste management system and reduce their negative impact on the ecological situation", starting from July 1 of this year, services for the collection and removal of solid household waste are provided to legal entities and individual entrepreneurs based on a public offer.
https://gov.uz/en/eco/news/view/19533
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
🔎O‘zbekiston va Xitoy olimlari Orol dengizi tubini hamkorlikda o‘rganishga kirishdi
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o’rganish universitetida (“Green University”) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Shinjon ekologiya va geografiya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Orol dengizi qurigan tubining ekologiyasi va atrof-muhitiga oid kompleks ilmiy ekspeditsiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/eco/news/view/19609
🔎Ученые из Узбекистана и Китая начали совместное изучение осушенного дна Аральского моря
В Центрально-Азиатском университете изучения окружающей среды и изменения климата (Green University) состоялась Церемония открытия комплексной научной экспедиции по экологии и окружающей среде осушенного дна Аральского моря, организованной Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Синьцзянским институтом экологии и географии Китайской академии наук совместно с Академией наук Республики Узбекистан.
https://gov.uz/eco/news/view/19609
🔎Scientists from Uzbekistan and China have begun a joint study of the drained bottom of the Aral Sea
The Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies (Green University) hosted the opening ceremony of a comprehensive scientific expedition on ecology and the environment of the drained bottom of the Aral Sea, organized by the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change, the Xinjiang Institute of Ecology and Geography of the Chinese Academy of Sciences, and the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.
https://gov.uz/eco/news/view/19609
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
#Umumxalqhashari
Mahalla obod-yurt obod
Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Mahalla obod-yurt obod" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari ham xayriya hasharida faol ishtirok etdi.
Boshqarma xodimlar tomonidan ko‘chalar, ariqlar tozalanib, daraxtlar sug'orildi. Hasharchilar mehnati orqali korxona va yon atroflar obod bo‘lmoqda.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
📹Navoiyda 14 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi
Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Navoiyda 14 ta onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatildi.
Bu kameralar Navoiy shahrining “Tinchlik”, "Farovon", “Yoshlik” mahallalari, Zarafshon shahrining "Navro'z", "Bahor" mahallalari, Uchquduq tumanidagi “Yo'lchilar”, "Aytim", "Istiqlol" mahallalarida hamda Karmana tumanidagi “Yangiariq”, "Yangi hayot", “Navro'z” mahallalarida ishga tushirildi. Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
Endi belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan fuqarolar va avtomashinalar ro‘yxati shakllantirilib, viloyat IIB boshqarmasi maʼlumotlar bazasidan avtomashina egalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar, ularning manzillari olinadi. Keyin esa viloyat Ekologiya boshqarmasi hududiy inspektorlari fuqarolarning yashash xonadonlariga borib, huquqbuzarliklari haqida xabar berishadi. Ularning xatti-harakati belgilangan tartiblarga zid ekanligi, atrof-muhitga zarar keltirishi tushuntirilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtiriladi va tegishli jazo choralari qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik uchun fuqarolarga BHMning 1-3 baravari (340 ming so‘mdan 1 million 20 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa BHMning 10-20 baravari (3 million 400 ming so‘mdan 6 million 800 ming so‘mgacha) miqdorida jarima belgilangan.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
99 nafar huquqbuzarlar jarimaga tortildi
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 25- iyuldan 22-avgust kuniga qadar shahar va tumanlarida o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 99 nafar huquqbuzarlar noqonuniy ravishda belgilanmagan joyga maishiy va qurilish chiqindilarini tashlaganligi aniqlandi.
Bular:
❇️ Navoiy shahrida - 30 nafar
❇️ Nurota tumanida - 20 nafar
❇️ Qiziltepa tumanida - 10 nafar
❇️ Konimex tumanida - 6 nafar
❇️ Karmana tumanida - 10 nafar
❇️ Zarafshon shahrida - 8 nafar
❇️ Uchquduq tumanida - 7 nafar
❇️ Navbahor tumanida - 5 nafar
❇️ Xatirchi tumanida - 2 nafar
❇️ G‘ozg‘on shahrida - 1 nafar
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddaning 1 hamda 2 qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami: 36 mln 210 ming so‘m jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#Elon #Oбъявление
🖊 Chiqindilarni olib ketish bo‘yicha ommaviy oferta joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-sonli Farmoniga ko‘ra, joriy yilning 1 iyulidan boshlab alohida ko‘chmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar ommaviy oferta asosida amalga oshiriladi.
➡️Batafsil
💬
Введена публичная оферта по вывозу бытовых отходов
Согласно Указу Президента Республики Узбекистан №УП-5, c 1 июля текущего года услуги по сбору и вывозу твердых бытовых отходов для юридических лиц и индивидуальных предпринимателей предоставляются на основе публичной оферты.
➡️Подробно
🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube
Umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok eting!
24-25-avgust kunlari respublikamiz bo’ylab “Mahalla obod - yurt obod!” shiori asosida umumxalq xayriya hashari o’tkaziladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/19363
__
Примите активное участие во всенародном хашаре!
24−25 августа по всей республике под лозунгом «Благоустроенная махалля — благоустроенная страна» пройдет всенародный хашар.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/19363
__
Take an active part in nationwide khashar!
On August 24-25, a nationwide khashar will be held throughout the republic under the slogan "A well-maintained mahalla is a well-maintained country."
https://gov.uz/en/eco/news/view/19363
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
#BuQiziq
#ЭтоИнтересно
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar uchun tarbiya, ilm-fan, ekologiya, ingliz tili, koinot, matematika, rus tili, tabiiy fanlar, texnologiya kabi sakkizta yo‘nalishda ma’rifiy-tarbiyaviy multfilm yaratilibdi.
Biz ushbu multfilmlarni bolalaringizga qo‘yib berib, ular bilan birga ekologiya haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lish uchun kattalarga ham ko‘rishni tavsiya etamiz.
___
Министерство дошкольного и школьного образования создало образовательный мультфильм для школьников по восьми направлениям: образование, наука, экология, английский язык, космос, математика, русский язык, естественные науки, технологии.
Давайте поделимся этими видео с вашими детьми и узнаем вместе с ними больше об экологии. Рекомендуем смотреть мультфильмы и взрослым.
♻️Toshkent viloyati Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonasi "Zero Waste" birinchilardan bo‘lib zamonaviy chiqindixonani ishga tushurdi.
Angren shahridagi Nurchi mahallasida birinchi zamonaviy chiqindi yig‘ish stansiyasi paydo bo‘ldi. Bu yerda uch turdagi chiqindilar saralanadi: qayta ishlanadigan, oziq-ovqat va qayta ishlanmaydigan qattiq maishiy chiqindilar.
Bir paket chiqindi uchun 500 dan 1500 so‘mgacha olish mumkin. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, bunday stansiyalar respublikaning barcha hududlarida paydo bo‘ladi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
___
♻️Узбекистанцы смогут заработать на раздельном сборе мусора
Такой способ стимулирования внедрила одна из компаний по вывозу отходов.
За один пакет отсортированного мусора можно будет получить от 500 до 1,5 тыс. сумов.
Первая современная станция сбора мусора появилась в махалле "Нурчи" в Ангрене.
Подробнее о том, как работает станция — в материале
Kanalimizga obuna bo'ling: wasteuz
🏅O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi!
Chiqindi va tozalash ishlari sohalari xodimlarini rag‘batlantirish, mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlari o‘tkaziladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/19274
__
🏅В Узбекистане наградят защитников природы и самые чистые махалли
В целях поощрения работников, осуществляющих деятельность в сфере санитарной очистки, а также поддержке усилий по превращению махаллей в чистые и безотходные территории, будут проведены конкурсы «Защитник гармонии природы» и «Самая чистая махалля».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/19274
__
🏅Conservationists and the cleanest mahallas will be awarded in Uzbekistan
In order to encourage workers to engage in activities in the field of sanitary cleaning, as well as to support efforts to turn mahallas into clean and waste-free territories, contests "Defender of the Harmony of Nature" and "The Cleanest Mahalla" will be held.
https://gov.uz/en/eco/news/view/19274
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Hududlarda daraxt ko‘chatlarini parvarish qilish uchun sug‘orish ishlari olib borilmoqda
💦 Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shaharda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari tongi va tungi sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.
🌳 Hududlardagi ushbu daraxt ko‘chatlarning parvarish va sug‘orish ishlarini viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olingan.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
Sintetik to‘r yordamida 72 (yetmish ikki) dona qizilko‘z balig‘lari ovlangan holati aniqlandi
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi, Ekologiya vazirligi nazorat inspeksiyasi Aydar- Arnasoy ko‘llar tizimi nazorat qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi. Nazorat reyd tadbirlari davomida, Nurota tumani “Temirqovuq” MFY hududida yashovchi 3 (uch)nafar huquqbuzarlar tomonidan Aydarko‘l tabiiy suv havzasidan sintetik to‘r yordamida 72 (yetmish ikki) dona qizilko‘z balig‘lari ovlangan holati aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 24 mln 480 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi va tegishli tartibda ko‘rib chiqish maqsadida hujjatlar Nurota tumani jinoyat ishlari sudiga yuborildi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Ekologik loyihalarning situatsion xaritalarini tasdiqlashning elektron mexanizmi joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq atrof-muhitga ta’sirni baholash sohasini raqamlashtirish va shaffof tizim yaratilishi belgilangan.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/18911
__
Внедрен электронный механизм утверждения ситуационных карт экологических проектов
В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан «О мерах по эффективной организации деятельности Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата», внедряется система цифровизации сферы оценки воздействия на окружающую среду и создания ее прозрачной системы.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/18911
__
An electronic mechanism for approving situational maps of ecological projects has been introduced
According to the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On measures for the effective organization of the activities of the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change", a system for digitalizing the sphere of environmental impact assessment and creating its transparent system is being introduced.
https://gov.uz/en/eco/news/view/18911
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Yoshlar o‘rtasida badminton musobaqasi o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tashabbuskor yoshlar bilan badminton bo‘yicha "Ekologiya kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Navoiy viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi yoshlari ishtirok etdi. Badminton musobaqasida belashgan yoshlar o‘rtasida 1, 2 va 3 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga viloyat Ekologiya boshqarmasining Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#XUSHXABAR
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Abduxakimov Aziz Abdukaxarovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi jamoasi Abduxakimov Aziz Abdukaxarovichni ushbu davlat mukofoti bilan muborakbod etadi.
Jamoamiz Rahbar bilan birgalikda mamlakatimiz salohiyati, qudrati va ravnaqini yanada yuksaltirish, xalqimiz baxt-saodati yo‘lida Yurtboshimizga kamarbasta bo‘lib, Xalqqa xizmat qilishdan charchamasligini bildiradi.
#MAHALLA_OBOD_YURT_OBOD
#JARAYON
📌“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida Navoiyda umumxalq hashari
Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
#ЖАРАЁН
📌“Маҳалла обод — юрт обод” шиори остида Навоийда умумхалқ ҳашари
Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
Mahalla obod — yurt obod
Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar.
Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan 24-25-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlarida umumxalq hashari o’tkazilishi belgilangan.
“Chiqindi poligonlarini boshqarish” Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida hamda tuman poligonlari hududlarida 24-avgust erta tongdan “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq hashari jarayonlari boshlandi.
Hashar kunlarida poligon yon atroflarini tartibga keltirish, daraxtlarni sug'orish, er maydonlarini obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan.
#onlayn_kuzatuv_kamera
Navoiyda onlayn kameralar yordamida huquqbuzarliklar aniqlandi
Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyatida o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanmoqda.
Xususan, Navoiy shahar “Yoshlik” MFY hududida fuqaro R.I tomonidan noqonuniy chiqindi tashlanganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91 -moddasi 1-qismiga ko‘ra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 20 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
Atmosfera havosini ifloslantirganligi uchun 67 nafar huquqbuzarlar jarimaga tortildi
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2024-yilning 25-iyuldan 23-avgust kuniga qadar shahar va tumanlarida o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 67 nafar huquqbuzarlar noqonuniy ravishda atmosfera havosini ifloslantirganligi aniqlandi.
Bular:
📛 Xatirchi tumanida – 21 nafar
📛 Uchquduq tumanida - 10 nafar
📛 Nurota tumanida - 8 nafar
📛 Konimex tumanida - 7 nafar
📛 Karmana tumanida - 7 nafar
📛 Navoiy shahrida - 5 nafar
📛 Zarafshon shahrida - 3 nafar
📛 Navbahor tumanida – 3 nafar
📛 Qiziltepa tumanida - 2 nafar
📛 G‘ozg‘on shahrida - 1 nafar
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 1-qismi va 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 19 mln 626 ming so‘m jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#Tomdi_tumani
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Oqtog'-Tomdi" davlat qo'riqxonasi xodimlari tomonidan hududda uchraydigan cho'l kakligining video va foto suratini olishdi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#fotoqopqon
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi "Oqtog'-Tomdi" davlat qo'riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga jayronlar muhrlandi.
Jayron zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. Ustyurt yassi tekisligi, Janubiy Orolbo'yi, Qizilqum sahrosi, Kimirekqum, Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlari va boshqa joylarda tarqalgan. Hozirda taxminan 4000 tasi saqlanib qolgan. Bahorda "Oqtog'-Tomdi"da 27 ta jayron sanoqdan o‘tgan.
__
Джейраны в кадре фотоловушки, установленной на территории государственного заповедника «Октог-Томди» Департамента охраняемых природных территорий при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата.
Джейраны включены в Красную книгу Узбекистана и Красный список МСОП в статусе уязвимого и исчезающего подвида.
Распространены в некоторых районах Устюртской равнины, Южного Арала, пустыни Кызылкум, в Сурхандаоьинской области и в других местах. На сегодня насчитывается около 4 тыс джейранов, в заповеднике «Октог-Томди» около 27 особей.
__
Goitered Gazelles in the frame of a camera trap installed on the territory of the “Oktog-Tomdi” State Reserve of the Department of Protected Natural Territories under the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change.
Goitered Gazelles are included in the Red Book of Uzbekistan and the IUCN Red List as a vulnerable and endangered subspecies. They are common in some areas of the Ustyurt plain, the Southern Urals, the Kyzylkum desert, the Surkhandarya region, and in other places. Today there are about 4 thousand gazelles, or about 27 individuals in the “Oktog-tomdi” Nature Reserve.
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Qoraqalpog‘istonda Orol dengizini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalqaro ekomarafon o‘tkaziladi
14-15-sentabr kunlari Qoraqalpog‘istondagi noyob tabiiy maskan – “Borsa kelmas” hududida “Sayyoramiz kelajagiga qo‘shgan hissamiz” Xalqaro ekomarafoni bo‘lib o‘tadi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Orolbo‘yining ekologik muammolari, qurg‘oqchilik va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga xalqaro jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi hamda ProRun yugurish maktabi hamkorligida tashkil etiladigan marafonda 20 ta davlatdan 500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Ular orasida professional sportchilar bilan bir qatorda diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekologiya faollari ham bo‘ladi. Marafon nafaqat o'z kuchingizni sinab ko'rish, balki ekologik harakatning bir qismi bo'lish va har birimiz tabiiy resurslarni asrashga qanday hissa qo'shishimiz haqida o'ylash imkoniyatini beradi.
Ikki kunlik tadbir dasturidan uy lagerida joylashish, musiqiy dastur, etno-shou, “Borsa kelmas”ga sayohat, 42 km masofaga marafon, 21 km masofaga yarim marafon va 5 va 10 km masofada poygalar o’rin olgan
Tadbirda qatnashish uchun https://prorun.uz/competition-detail-present/35 havolasi yoki /channel/BARSA_KELMES_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Tadbir va dastur haqida batafsil ma’lumotni https://barsakelmesmarathon.com/ saytidan olishingiz mumkin.
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
#plogging
#ekologiya
ONА TАBIАTNI АSRАSHGА BАRCHАMIZ BIRDEK MАS’ULMIZ!
💎💎Tong sahardan Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi, viloyat Yoshlar ishlar boshqarmasi, viloyat Yoshlar ittifoqi Kengashi hamda viloyat “Bolalar” tashkiloti vakillari boshchiligida 50 nafardan ziyod volontyorlar bir maqsad sari jam boʼlib, “Plogging” chiqindi terish aksiyasi doirasida shahar markazidagi “Аlisher Navoiy” istirohat bogi hamda "Yoshlik" ko'li atrofida hashar tashkil etishdi.
💎💎Tashabbusdan ko`zlangan maqsad – mustaqilligimizning 33 yilligini munosib kutib olish, yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni obodonlashtirish va chiqindilardan tozalashdan iborat.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
📣 O‘zbekistonda tabiat himoyachilari va eng toza mahallalar taqdirlanadi
Chiqindi va tozalash ishlari sohalari xodimlarini rag‘batlantirish, mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Tabiat uyg‘unligi himoyachisi" va "Eng toza mahalla" tanlovlari o‘tkaziladi.
➡️Batafsil
💬
В Узбекистане наградят защитников природы и самые чистые махалли
В целях поощрения работников, осуществляющих деятельность в сфере санитарной очистки, а также поддержке усилий по превращению махаллей в чистые и безотходные территории, будут проведены конкурсы «Защитник гармонии природы» и «Самая чистая махалля».
➡️Подробно
🌐Veb-sayt| ✝️Telegram| ☮️Facebook| 💟Instagram| ☸️sanitationuz">YouTube
ICBA rahbari Qoraqalpog’istonga keldi
Xalqaro ICBA tashkilotining Birlashgan Arab Amirligidagi Bosh direktori Tarifa Alzaabi Orolbo‘yi innovatsiya markaziga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmon Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/19244
__
Глава ICBA посетила Каракалпакстан
Генеральный директор Международного центра биозасоленного земледелия (ICBA) в Объединенных Арабских Эмиратах Тарифа Альзааби посетила Международный инновационный центр Приаралья, где встретилась с министром экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Азизом Абдухакимовым.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/19244
__
Head of ICBA visited Karakalpakstan
Tarifa Alzaabi, Director General of the International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) in the United Arab Emirates, visited the International Innovation Center of the Aral Sea Basin, where she met with Minister of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change Aziz Abdukhakimov.
https://gov.uz/en/eco/news/view/19244
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Orolbo‘yi ekologiyasini yaxshilash borasidagi xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xitoy fanlar akademiyasining Sinszyan ekologiya va geografiya instituti, Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchlik xalqaro markazi (BAA), Yaponiyaning Tottori universiteti Arid va choʻllar tadqiqot markazi, Yaponiyaning Miye universiteti Bioresurslar tadqiqoti instituti professor-olimlaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/19180
__
Укрепляется международное сотрудничество по улучшению экологии региона Приаралья
В Международном инновационном центре Приаралья состоялась встреча министра экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Азиза Абдухакимова с делегацией ученых и профессоров из Синьцзянского института экологии и географии АН КНР, Международного Центра развития биоземледелия на засоленных почвах (ОАЭ), Международного центра исследований засушливых регионов при Университете Тоттори в Японии и НИИ биоресурсов Университета Миэ (Япония).
https://gov.uz/ru/eco/news/view/19180
__
International cooperation is being strengthened to improve the ecology of the Aral Sea region
The International Innovation Center for Aral Sea Basin hosted a meeting of Minister of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change Aziz Abdukhakimov with a delegation of scientists and professors from the Xinjiang Institute of Ecology and Geography of the Academy of Sciences of the People's Republic of China, the International Center for Biosaline Agriculture (UAE), the Centre for Scientific and Technical Research on Arid Regions at Tottori University in Japan, and the Research Institute of Bioresources of Mie University (Japan).
https://gov.uz/en/eco/news/view/19180
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Nurotada noqonuniy qum-shag‘al yuklab ketayotganlar jarimaga tortildi
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor nazorat guruhi xodimlari tomonidan «Mustaqillik» mahallasining cho‘l hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida fuqaro H.F o‘z boshqaruvida bo‘lgan ekskavator yordamida noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shag‘al foydali qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to‘xtatildi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarima hamda 1 mln 320 ming 480 so'm miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Navoiy viloyati Еkologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#HududlardanXabarlar
⚙️ Hududlarda maxsus texnikalar holati o‘rganildi
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi ishchi guruhi tomonidan Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida jismoniy, yuridik shaxslar murojaatlari, xizmat sifati hamda chiqindi yig‘ish punklari va maxsus texnikalar holati o‘rganildi.
Hududlardagi “Toza hudud” DUK va “Stimul Navoiy” MCHJ, “Mironshox komfort servis” MCHJ kabi bir qator sanitar tozalash korxonalariga foydalanish uchun ajratilgan chiqindi tashuvchi maxsus texnikalarning lizing shartlariga amal qilinishi hamda maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring tekshiruvi o‘tkazildi.
Shuningdek, jarayonda hududlardagi chiqindi yig‘ish shoxobchalari sharoiti ham ko‘zdan kechirilib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Ma'lumot o‘rnida, lizing beruvchi vakili tomonidan har 3 oyda texnikaning maqsadli ishlatilishi yuzasidan lizing obyekti maqsadli monitoring qilinadi.