#Reyd
Bir kunda 4 nafar huquqbuzar jarimaga tortildi
Uchquduq tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan joriy yilning 22- iyul kuni tumanning “O‘zbekiston”, «Abay», “Mustaqillik” hamda “Navoiy” mahalla hududlarida o‘tkazilgan ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida 4 nafar fuqarolar noqonuniy ravishda belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarni tashlaganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddaning 1- qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 20ming so‘m jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
Daraxt ko‘chatlarini parvarish qilish uchun sug‘orish ishlari olib borilmoqda
💦 Qiziltepa, Navbahor, Uchquduq, tumanlari Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlari maxsus texnikalar yordamida tongi va tungi sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.
🌳 Hududlardagi ushbu daraxt ko‘chatlarning parvarish va sug‘orish ishlarini viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olingan.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#Tomdi_tumani
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tassrufidagi «OqTog‘-TomdI» davlat qo‘riqxonasi hududga o‘rnatilgan fotoqopqon obyektiviga muhrlangan tulki (Vulpes)ning foto lavhalari.
Tulkilar (Vulpes) — boʻrisimonlar oilasiga mansub. Oʻzbekistonda 2 turi (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Asosan, kemiruvchilar, sut emizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
“Yoshlar - kelajak bunyodkorlari”: ekologiya va turizm sohasidagi faolligingizni namoyish qiling
8–13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!” III xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
https://gov.uz/eco/news/view/16832/
__
«Молодежь – создатели будущего»: продемонстрируйте свою активность в области экологии и туризма
С 8 по 13 августа в Шахрисабзком районе Кашкадарьинской области пройдет III Международный слёт «Молодежь – создатели будущего!». Мероприятие организовано Министерством экологии, охраны окружающей среды и изменения климата, Комитетом по туризму, хокимиятом Кашкадарьинской области и рядом министерств и ведомств.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/16832/
__
"Youth are the creators of the future": demonstrate your activity in the field of ecology and tourism
From August 8 to 13, the III International Meeting "Youth—creators of the future!" will be held in Shakhrisabz district of Kashkadarya region. The event was organized by the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change, the Committee on Tourism, the Khokimiyat of the Kashkadarya region, and several ministries and departments.
https://gov.uz/en/eco/news/view/16832/
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
🤝O‘zbekiston va Qirg‘iziston ekologik ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va Qirg‘iz Respublikasi Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri v.b. Azis Saparaliyev Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida ("Green University") grant o‘rinlarini yaratish bo‘yicha Memorandum imzolashdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/16709/
🤝Узбекистан и Кыргызстан укрепляют сотрудничество в сфере экологического образования
Министр экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан Азиз Абдухакимов и и.о. министра природных ресурсов, экологии и технического надзора Кыргызской Республики Азис Сапаралиев подписали Меморандум о взаимопонимании по предоставлению грантовых мест в Центрально-Азиатском университете изучения окружающей среды и изменения климата (Green University) в Ташкенте.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/16709/
🤝Uzbekistan and Kyrgyzstan strengthen cooperation in the field of environmental education
Minister of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change of the Republic of Uzbekistan Aziz Abdukhakimov and acting Minister of Natural Resources, Ecology and Technical Supervision of the Kyrgyz Republic Azis Saparaliev signed a Memorandum on providing grant places at the Central Asian University for the Study of Environment and Climate Change (Green University) in Tashkent.
https://gov.uz/en/eco/news/view/16709/
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
#Reyd
Olti tup terak daraxtini ruxsatnomasiz kesib tashlangan huquqbuzar 18 mln 700 ming so'm to'laydigan bo'ldi
Xatirchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari davomida tuman hududida yashovchi fuqaro A.J tomonidan tumaning “Qo'shchinor” mahallasidagi Nafosat ko'chasi hududida olti tup terak daraxtini ruxsatnomasiz kesib tashlanganlik holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 mln 500 ming so‘m jarima hamda 10 mln 200 ming so'm tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga bel bog‘lagan aziz yoshlarimizni universitet talabasi bo‘lishga chorlaydi.
Universitet turizm, menejment, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, hozirgi kunda 10 dan ortiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda.
📞 Abituriyentlar quyidagi telefon raqami orqali “Call-markaz”ga murojaat qilib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishlari mumkin:
66 240 67 70
66 240 86 06
66 240 67 86 66 240 86 16
✉️E-mail: admission@univ-silkroad.uz
❗️Murojaatlar markazi (Call-markaz) ish vaqti dushanba-juma kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha.
Qashqadaryoda “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” III xalqaro qurultoyi o‘tkaziladi
17-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” III xalqaro qurultoyini yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tashkiliy qo’mita yig’ilishi o’tkazildi.
https://gov.uz/eco/news/view/16628/
__
В Кашкадарьинской области пройдет III международный слёт «Молодежь – создатели будущего!»
17 июля в Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан состоялось заседание оргкомитета по организации и проведению III Международного слёта «Молодежь – создатели будущего!» на высоком уровне.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/16628/
__
The III international meeting "Youth—creators of the future!" will be held in Kashkadarya region
On July 17, the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change of the Republic of Uzbekistan hosted a meeting of the organizing committee for the organization and holding of the III International Gathering "Youth—creators of the future!" at a high level.
https://gov.uz/en/eco/news/view/16628/
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan "Atmosfera havosining ifloslanishi" to‘g‘risidagi axborotni Navoiy shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida Navoiy Kon metallurgiya kombinatiga qarashli Navoiy mashinasozlik boshqarmasi quymachilik sexi metall eritish bo‘linmasida o‘rnatilgan chang gaz tozalash uskunasida aniqlangan vaqtinchalik nosozlikni taʼmirlash jarayonida pechdan ajralib chiqayotgan moddalar 10-15 daqiqa davomida atmosferaga tashlanganligi aniqlandi.
Sex bo‘limining masʼullari tomonidan kamchiliklar joyida bartaraf qilindi hamda meʼyordan yuqori ajralma ajratilishiga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Tayinlov!
Botirov Usmon Istamovich “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi Navoiy viloyati filiali direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi Bosh direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi.
U.Botirov 1984-yilda Navoiy viloyati, Karmana tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mishni va realizatsiyasini nazorat qilish inspektsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Navoiy viloyati Davlat ekologik ekspertizasi markazi DUK bosh mutaxassisi, Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
__
Назначение!
Ботиров Усман Истамович назначен директором Навоийского областного филиала государственного учреждения ”Центр государственной экологической экспертизы".
Назначение состоялось по соответствующему приказу генерального директора “Центра государственной экологической экспертизы".
Ботиров У. родился в 1984 году в Карманинского районе Навоийской области. В 2005 году окончил Навоийский государственный педагогический институт. В период трудовой деятельности работал заместителем начальника инспекции по контролю за сбором, хранением, транспортировкой, утилизацией, переработкой, захоронением и реализацией отходов управления экологии и охраны окружающей среды Навоийской области, главным специалистом ГУП Центра государственной экологической экспертизы Навоийской области, начальником отдела по борьбе с отходами управления экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Навоийской области.
До назначения работал начальником отдела по работе с отходами управления экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Навоийской области.
📱 Telegram 📱 Facebook 📱Youtube
Davlat inspektorlari tomonidan 2024-yil olti oy davomida viloyat hududida o‘tkazilgan tezkor reyd vaqtida 84 nafar huquqbuzarlar tomonidan yer osti boyliklaridan foydalanish talablari va tartibini buzish holatlari aniqlandi.
👉 Batafsil
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#reyd
Inspektorlar tomonidan qum-tuproq aralashmasini yuklamoqchi bo‘lgan xuquqbuzarlar to‘xtatildi
Qiziltepa tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida fuqaro A.Y tomonidan noqonuniy ravishda qum-tuproq aralashmasini yuklamoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatildi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
#Reyd
Bir tup qurigan tol daraxtini ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi
Xatirchi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari davomida tuman hududida yashovchi fuqaro U.X tomonidan tumaning “Alisher Navoiy” MFY hududida bir tup qurigan tol daraxtini ruxsatnomasiz kesib tashlanganlik holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 mln 500 ming so‘m jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan “Fuqaro murojaati Navoiy shahar havosidan 2 kundan buyon nafas olib bo‘lmasligini aytishmoqda” to‘g‘risidagi axborot yuzasidan Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o'rganildi.
O'rganish davomida Navoiy viloyat Ekologiya boshqarmasining AMMIO‘Z va ChQKB xodimlari, Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi hamda «Navoiyazot» A.J markaziy laboratoriyasi xodimlari tomonidan «Navoiyazot» A.J sanitar himoya zonasi atrofidan olingan tahlil natijalariga ko‘ra atmosfera havosiga tashlanmalar miqdori meʼyordan yuqori ekanligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan A.J maʼmuriyatiga tegishli tartibda majburiy ko‘rsatmalar berildi. Bugungi kunda «Navoiyazot» A.J hududida tekshiruvlarni o‘tkazish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakiliga kelishilgan holda tekshiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar taqdim etishga tayyorlanmoqda.
O‘rganish ishlari yakuni bilan qo‘shimcha axborot berishimizni ma’lum qilamiz.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🌳Joriy yilda “Mening bogʻim” loyihasi doirasida Respublikamizning jami 208 ta tuman va shaharlarida “yashil bogʻ” va “yashil jamoat parki” barpo etiladi.
Daraxtlar insoniyatni toza havo bilan ta'minlovchi vosita sifatida muhim ahamiyatga ega. Xususan, 1 tup katta yoshli chinor daraxti bir yilda 100-120 kg toza kislorod ishlab chiqaradi va 12-15 kishini bir yilga yetadigan toza havo bilan ta'minlaydi.
___
🌳В этом году в рамках проекта «Мой сад» в 208 районах и городах республики будут созданы «зеленые сады» и «зеленые общественные парки».
Деревья важны как средство обеспечения человечества чистым воздухом. В частности, 1 взрослое дерево платана за год выделяет 100-120 кг чистого кислорода и обеспечивает достаточным количеством свежего воздуха 12-15 человек в течение года.
___
🌳This year, within the framework of the “My Garden” project, "green gardens" and "green public parks" will be created in 208 districts and cities of the republic.
Trees are important as a means of providing humanity with clean air. In particular, one adult sycamore tree emits 100–120 kg of pure oxygen per year and provides enough fresh air for 12–15 people throughout the year.
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
#Reyd
Qum- tosh aralashmasini yuklagan huquqbuzarlar 10 mln 312 ming so'm to'laydigan bo'ldi
Navbahor tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida, Navbahor tumani "Koʻxron" MFYda yashovchi fuqaro A.Sh va Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro S.Z lar tomonidan oʻz boshqaruvida boʻlgan yuklagich traktor hamda bir dona yuk mashinasiga “Yuqori Beshrabot” MFYning cho'l hududidan noqonuniy ravishda qum-tosh aralashmasini noqonuniy ravishda yuklatganlik holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 mln 800 ming soʻm miqdorida jarima hamda 3 mln 521 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
Navoiyda 53 nafar masʼul shaxslarga nisbatan 180 mln 200 ming so‘m miqdorda jarima qo‘llanildi
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan hududlarda joriy yilning 23-yanvardan 22–iyul kunlarida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish davomida quyidagi hududlarda jumladan;
Uchquduq tumanida 10 nafar
Konimex tumanida 7 nafar
Navbahor tumanida 6 nafar
Karmana tumanida 5 nafar
Qiziltepa tumanida 5 nafar
Tomdi tumanida 5 nafar
Xatirchi tumanida 5 nafar
Zarafshon shahrida 4 nafar
Nurota tumanida 3 nafar
Navoiy shahrida 2 nafar
G‘ozg‘on shahrida 1 nafar
masʼul shaxslar tomonidan hududlarda 2023 - yil kuz va 2024 - yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga eʼtibor qilmaganligi va sug‘orilmaganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan ekilgan daraxt ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘ormaganligi va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmaganligi oqibatida qurib qolganligi uchun hududlardagi 53 nafar masʼul shaxslarga nisbatan davlat inspektorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3- qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 180 mln 200 ming so‘m miqdorda jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “«Navoiazot» A.J dan chiqayotgan zaharli tutundan nafas olishni imkoni yo‘q” to‘g‘risidagi axborotni Navoiy shahar Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida Navoiazot» A.J sanitar himoya hududi atrofidan Viloyat Ekologiya boshqarmasining Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari vizual monitoring ishlari olib borilib, atmosfera tarkibi to‘liq tahlil qilindi. Tahlillar natijalariga ko‘ra atmosfera havosiga meʼyordan yuqori tashlangan tashlanmalar sababli joriy yilning 15- iyul kuni tonggi soat 05:50 da korxonaning 918- sonli sexda uskunalarning ichki harorati oshib ketishi sababli bir vaqtning o‘zida sexning barcha uskunalari gaz va elektr tarmog‘idan uzilish holati aniqlangan.
Natijada kompressor va sexning barcha uskunalari avtomatik tarzda to‘xtagan va sexdagi barcha quvurlarda yig‘ilib qolgan qoldiq gazlar umumiy chiqindi gazlarni to‘plash quvuri orqali mashʼalaga yoqilgan. Kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan korxona masʼul xodimlariga nisbatan ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Hozirda to‘plangan hujjatlar sud organlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilmoqda.
#Qiziltepa_tumani
Qiziltepa tumani Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qiziltepa tumanidagi To'dako'l suv havzasi atrofida dam olayotgan fuqarolarga dam olish vaqtida hosil bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik to‘g‘risida tushunchalar berilib, targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#reyd
Qum-shagʻal aralashmasini yuklab olib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi
Navbahor tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida, fuqaro G'K tomonidan oʻz boshqaruvida boʻlgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasida tumanning cho'l hududidan noqonuniy ravishda qum-tosh aralashmasini noqonuniy ravishda yuklatganlik holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming soʻm miqdorida jarima hamda 352 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Respublikamizning 6 ta muhofaza hududlari moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi
18-iyul kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentida mamlakatimizning 6 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlariga (METH) texnika vositalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
https://gov.uz/eco/news/view/16662/
6-ти охраняемым природным территориям страны пополнили материально-техническую базу
18 июля в Департаменте охраняемых природных территорий при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата состоялась церемония передачи профессионального оборудования и технических средств 6-ти охраняемым природным территориям (ОПТ) страны.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/16662/
6 protected natural territories of the country have been replenished with the material and technical base
On July 18, the Department of Protected Natural Areas under the Ministry of Ecology, Environmental Protection, and Climate Change hosted a ceremony for the transfer of professional equipment and technical means to six protected natural areas (PNA) of the country.
https://gov.uz/en/eco/news/view/16662/
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida ekologiya sohasida qanday natijalarga erishildi?
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
https://gov.uz/eco/news/view/16601/
Какие результаты достигнуты в сфере экологии в рамках Стратегии «Узбекистан – 2030»?
В Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата состоялось мероприятие, посвященное Стратегии «Узбекистан – 2030» и Государственной программе на 2024 год.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/16601/
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Ichki turizm - ham sayohat, ham ziyorat
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rahbar-xodimlari ishtirokida “Ichki turizm - ham sayohat, ham ziyorat” mavzusida sayohat tashkil etildi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari boshchiligida Jizzax viloyati “Zomin” dam olish maskani va davlat qo‘riqxonasiga tashrif buyurildi.
Sayohat davomida qo‘riqxona mas'ullari boshqarma xodimlarga “Zomin davlat qo‘riqxonasi” to'g'risida ma’lumotlar berildi.
Ichki turizm - O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o‘z ichiga oladi.
Mahalliy turist — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardir.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Uyimizni oldidagi axlatlarni olishingizni so‘rab qolaman uylarimizga umuman o‘tirib bo‘lmayapti ekologiya juda ham buzilgan” to‘g‘risidagi axborotni Uchquduq tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumaning “Do‘stlik” mahallasi hududida maishiy chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlandi. Ushbu to‘planib qolgan maishiy chiqindilardan hudud tozalandi va chiqindi poligoniga joylashtirildi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan “Atmosfera havosining ifloslsnishi ” to‘g‘risidagi axborot yuzasidan Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish ishlari yakuni bilan qo‘shimcha axborot berishimizni ma’lum qilamiz.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz
🌊Aydarkoʻl - Qizilqum choʻlidagi firuzarang voha
✅Batafsil
✈️Yaqinlaringizga ulashing!
🌊Озеро Айдаркуль – бирюзовый оазис в пустыне Кызылкум
✅Подробнее
✈️Поделитесь с друзьями!
🌊Aydarkul Lake is a turquoise oasis in the Kyzylkum desert.
✅Read more
✈️Share it with your friends!
💬Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook 🤩Youtube 💬Whatsapp
🌪️BMT 2025–2034-yillarni “Qum va chang bo'ronlariga qarshi kurashning o‘n yilligi” deb e'lon qildi
Mazkur tashabbus xalqaro va mintaqaviy hamkorlik orqali qum va chang bo'ronlarining salbiy ta'sirini yumshatishga qaratilgan.
https://gov.uz/eco/news/view/16245/
🌪️ООН объявила 2025-2034 годы «Десятилетием борьбы с песчаными и пыльными бурями»
Эта инициатива направлена на смягчение негативного воздействия песчаных и пыльных бурь посредством международного и регионального сотрудничества.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/16245/
🌪️The UN has declared 2025–2034 the "Decade of Combating Sand and Dust Storms"
This initiative aims to mitigate the negative impact of sand and dust storms through international and regional cooperation.
https://gov.uz/en/eco/news/view/16245/
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Xatirchi tumanida nazorat reyd tadbiri o'tkazildi
Xatirchi tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida fuqaro U.J tomonidan «Maydonsoy» MFY hududidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini yuklayotgan vaqtida to‘xtatildi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 400 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
/channel/navoiyeco_uz/20565
Президент Бағдод туманидаги Юксалиш маҳалласида бўлди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X