O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Boku davlat universiteti Turkologiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, Bobur nomidagi xalqaro mukofot laureati, Navoiy shahrining faxriy fuqarosi , “Turon” ilmiy akademiyasi akademigi, professor Ramiz Asker tomonidan hadya etilgan “Nodira” va “Amir” kitoblarini taqdim etdi.
Mazkur kitoblarda ming sulolasining vakili, “Amiriy” tahallusi bilan ijod qilgan shoir, Qo‘qon xoni Amir Umarxon va “Nodirabegim”, “Komila” va “Maknuna” tahalluslari bilan ijod qilgan shoira, ma'rifatparvar va davlat arbobi Mohlaroyim sara asarlarining ozarbayjon tilidagi tarjimalari jamlangan.
2022-yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti tomonidan tashkil etilgan "Oliy ta'lim muassasalarida pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitishning muammo va yechimlari" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik olimlar bilan bir qatorda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlar universitetlari olimlari o‘z maruzalari bilan onlayn tarzda ishtirok etdilar.
Anjumandan maqsadini tashkil etgan pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitishni yanada yuqori bosqichga olib chiqish hamda ushbu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishish, ularni amaliyotga tatbiq qilish, yoshlar ongida pedagogika va psixologiya fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, xalqaro hamkorlikni rivojlantiri hamda oliy ta'lim sifatini oshirish kabi masalalar sho‘'balarda atroflicha muhokama qilindi.
#gururimmadhiyam,
#faxrimmadhiyam, #madhiyam_30
Bugun barcha muassasalarda ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ham vatanparvarlik ruhida davlat madhiyasiga ehtirom aylab bugungi kunni bayramona kayfiyatda boshladilar.
#gururimmadhiyam,
#faxrimmadhiyam, #madhiyam_30
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT MADHIYaSI
Abdulla Oripov so‘zi
Mutal Burxonov musiqasi
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod.
Shuhrating porlasin toki bir jahon!
Naqorot:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan, zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!
Naqorot:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan, zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
#gururimmadhiyam,
#faxrimmadhiyam, #madhiyam_30
Zamonaviy huquqiy ensiklopedik lug‘atlarda davlat madhiyasiga Vatanni, davlatni, tarixiy voqealarni, qahramonlarni madh etuvchi davlat ramzlaridan biri sifatida ta’rif beriladi. Madhiya davlatning umum-siyosiy haѐtida muhim ahamiyatga ega va u siyosiy tashviqotning muhim vositasi hisoblanadi. Biroq davlat madhiyasi faqat madh etish uchun emas, balki e’tiqodning ifodalanishidir. “Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi”. Davlat madhiyasining huquqiy maqomi maxsus qonun bilan mustahkamlanib, uning maqsadi davlat suverenitetiga bo‘lgan e’tiqodning rasmiyligini ta’minlash, davlat suverenitetining chetdan idrok qilinishi uchun matn va musiqa yordamida ifodalashdan iboratdir.
#gururimmadhiyam,
#faxrimmadhiyam, #madhiyam_30
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – milliy mustaqillik, ozodlik va o‘z taqdirini o‘z qo‘li bilan yaratishga e’tiqod kabi umuminsoniy va milliy qadriyatlar mahsulidir. Davlat madhiyasining elementlari davlatchilik tarixining ilk bosqichlaridayoq paydo bo‘lgan Davlat madhiyalari turli shakllarda va mazmuni uzoq zamonlardan beri u yoki bu tarzda ma’lumdir. Biz uning tarixiga to‘xtalib o‘tirmaymiz. Insoniyat tarixida eng yuksak qadriyatlardan biri – ozodlik va mustaqillikka e’tiqod. Milliy davlat madhiyasi davlat suverenitetiga bo‘lgan e’tiqodning ramzidir.
#Oltin_sandiq_javohirlari
Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Oltin_sandiq_javohirlari xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o'rin olgan "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Sizlarni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan qizg‘in muborakbod etadi.
Sizlarga sogʼlik, oilangizga tinchlik va xotirjamlik, yurtimizga farovonlik, totuvlik va barqarorlik tilaymiz.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining nashriyot-matbaa xizmati tomonidan Axborot-kutubxona muassasalari uchun quyidagi kutubxonachilik sohasiga doir nashrlar chop etildi. Nashrlarning elektron shaklidan einfolib.uz platformasi orqali foydalanishingiz mumkin.
🔹 История информационной культуры узбекистана;
🔹 Xiva – sharq me’morchiligining tengsiz javohiri,
🔹 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 2021-yilda kelib tushgan adabiyotlar katalogi;
🔹 Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlar;
🔹 Axborot-kutubxona muassasalarida onlayn tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar;
🔹 Metodik qo‘llanmalarni tuzish texnologiyasi;
🔹 O‘zbekiston kutubxonalari fondini sifatli saqlash haqida tavsiyalar;
https://telegra.ph/Kutubxonalarning-zamonaviy-madaniy-va-ijtimoiy-muhitidagi-o%CA%BCrni-12-06
Читать полностью…O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
👇👇👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/Ozbekiston-Milliy-kutubxonasida-Ozbekiston-Respublikasi-Konstitutsiyasi-qabul-qilinganligining-30-yilligiga-bagishlangan-bayram--12-06-2
#Oltin_sandiq_javohirlari
Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Oltin_sandiq_javohirlari xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o'rin olgan "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
#Muvaffaqiyat_kaliti
Denni Gregori sizga ichki tanqidchining ta'siridan qanday qutulish kerakligi haqida aytib beradi. Shaxsiy misol orqali u ichingizdagi zerikarli jonzot nimani xohlashini va uni qanday tinchlantirishni o‘rgatadi. Siz ushbu kitobda ko‘plab ijodiy odamlarga yordam bergan strategiyalar haqida bilib olasiz. Tez orada siz ajoyib g‘oyalaringizni erkin amalga oshira olasiz. Faqat muallifning misoliga amal qiling va ichki ovozingizni o‘chiring.
2022-yil 15-dekabr kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada xususan Usmon Nosir qalamiga mansub turli yillarda chop etilgan asarlar, uning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, hamda gazeta va jurnallarda Usmon Nosir shaxsiga doir maqolalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
2022-yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda jajji kitobxonlar uchun “Quvnoq yarmarka” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Erta yoshda ingliz tilini o‘rganishni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan mazkur tadbirda “English Speaking Nation Coaches” almashinuv dasturi treneri Vendi Koulson sherbola Daniel' personaji yordamida bolajonlar bilan ingliz tilida turli o‘yinlar o‘ynadilar, rasmlar chizish, bo‘yash musobaqasini o‘tkazdilar, birgalikda qo‘shiqlar kuyladilar.
Tadbir 14-dekabr kuni ham davom etadi.
https://telegra.ph/Ozbekiston-Milliy-kutubxonasida-Shuhrating-porlasin-toki-bor-jahon-deb-nomlangan-korgazma-ochildi-12-10
#gururimmadhiyam,
#faxrimmadhiyam, #madhiyam_30
#gururimmadhiyam,
#faxrimmadhiyam, #madhiyam_30
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi mustaqillikka e’tiqodni targ‘ib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yo‘lida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, tashabbuskorlik va kurashga chaqiradi, milliy g‘ururni uyg‘otadi. Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e’tiqod va hurmatni rasmiy musiqa va matn bilan ifoda etadi.
#gururimmadhiyam,
#faxrimmadhiyam, #madhiyam_30
1992 yil 10 dekabr tariximizga mustaqilligimizni mustahkamlash davrining muhim voqeligi sodir bo‘lgan kun sifatida kirdi. Bu kun O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti madhiyasining huquqiy maqomini belgilab bergan qonun qabul qilindi. “.... faqat istiqlolgina xalqimizga o‘z Vatanida o‘zini erkin his qilish, chinakam milliy qadriyatlarni tiklash, o‘z milliy davlatchiligini shakllantirish imkonini berdi”. Madhiyamiz mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan, farovon jamiyat qurilishi yo‘lida fidokorona mehnat, bunѐdkorlik va tadbirkorlikka ruh bag‘ishlashga xizmat qiladigan istiqlol ramzidir.
#Muvaffaqiyat_kaliti
Aziz kitobxon! Siz Jon Kexonning “Ong qudrati – bolalar xizmatida” va “Shuur har yarsaga qodir” kitoblarini katta qiziqish bilan o‘qib chiqqan bo‘lsangiz kerak. Biz sizga muallifning yanada qiziqarli va foydali “Pul muvaffaqiyat va siz ” kitobini taqdim etayotganimizdan mamnunmiz.
Bu kitob har qanday biznesda muvaffaqiyat qozonishning ruhiy jihatlariga bag‘ishlangan. Siz buning uchun nima qilish kerakligini bilasizmi? Muallif keng kitobxonlar ommasiga muvaffaqiyatga erishish uchun qanday fikr yuritish kerakligi to‘g‘risida hayotiy misollar keltiradi va bu boradagi tavsiyalarni beradi.
#bosh_qomusimiz
Aziz kitobxonlar!
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan videorolik tayyorladilar. Unda biz sizlarni kutubxona foydalanuvchilarining huquqiy savodxonligini bilish maqsadida o‘tkazilgan suhbat bilan tanishtiramiz.
#bosh_qomusimiz
Aziz kitobxonlar!
Biz sizlarni #bosh_qomusimiz xeshtegi ostida mustaqil O’zbekistonning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirgan va mustahkamlagan asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
E’LON
8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida dam olish kuni e’lon qilinadi. 8-dekabr soat 0:00 dan 9-dekabr soat 8:00 gacha Milliy kutubxonada foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 121-moddasiga asosan 7- dekabr - bayram oldi kuni ish vaqti 1 soatga qisqartiriladi va kutubxonaning asosiy o'quv zallarida soat 20:00 qadar, Elektron o‘quv zalida esa soat 24.00ga qadar foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Ma’muriyat
Konstitutsiya – barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevoridir
2022-yil 6-dekabr kuni mamlakatimizdagi ko‘plab soha vakillariga Davlatimiz rahbarining farmoni bilan taʼsis etilgan «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva ham ushbu yuksak mukofotga munosib topildi. Zero bugungi kunda yosh avlodni siyosiy-ijtimoiy salohiyatini yuksalishida, ularning huquqiy savodxonliklarini shakllanishida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi kutubxonalar olib borayotgan faoliyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.
#bosh_qomusimiz
Aziz kitobxonlar!
Biz sizlarni #bosh_qomusimiz xeshtegi ostida mustaqil O’zbekistonning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirgan va mustahkamlagan asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
📣📣E'lon📣📣
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 3️⃣0️⃣ yilligi munosabati bilan 📚Oʼzbekiston Milliy kutubxonasida “Konstitutsiya huquqiy davlatning poydevoridir” mavzusida tadbir oʼtkaziladi.
❇️Barchangizni bayram tadbirimizga taklif etamiz.
Tadbirni onlayn — zoom platformasi orqali kuzatish uchun
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://us06web.zoom.us/j/86595950415?pwd=YjFvb2JsS3YwUnllbjZ3dXgvbXd6Zz09
Идентификатор: 865 9595 0415
Код: 111