#Bayrogim_gururim
#Bayrogim_kuni
#Bayroq_31
🇺🇿“Mangu hilpirayver, yurtim bayrog‘i” nomli ko‘rgazma tashkil etildi
❇️📚Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatimiz bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda yurtimizning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.
📌📚18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Adolat” o‘quv zalida “Mangu hilpirayver, yurtim bayrog‘i” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Foydalanuvchilar ushbu ko‘rgazmada davlatimiz ramzi bo‘lmish bayrog‘imiz qabul qilinganligi haqidagi qonunlar, tarixda turkiy bayroqlar ramzlari haqida boy ma'lumotlar, shuningdek matbuot nashrlaridan maqolalar bilan tanishishlari mumkin.
#Oltin_sandiq_javohirlari
Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Oltin_sandiq_javohirlari xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o'rin olgan "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
🇺🇿Aziz vatandoshlar, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun tasdiqlangan kun barchaga muborak bo‘lsin!
🇺🇿Vatanimizning beqiyos g‘urur va faxr timsoli bayrog‘imiz hamisha xilpirayversin. U azaldan bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlab, yo‘limizni mashʼal kabi yoritib kelgan. U bizni bir millat sifatida birlashtirgan.
🇺🇿Bayroqni o‘z milliy qadriyati, or-nomusi deb bilib, uni ko‘z qorachig‘iday himoya qilmoqlik har bir fuqaro burchidir. Zero, toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor!
#Muvaffaqiyat_kaliti
📚Роберт Келси
❇️Код уверенности: как умному человеку стать уверенным в себе
🔰Миллионам людей не хватает уверенности, чтобы полностью раскрыть свой потенциал и достичь успеха в карьере и личной жизни. В своей книге, основанной на многочисленных исследованиях и личном опыте, Роберт Келси расскажет, что такое уверенность и как ее можно достичь, а также какие мифы и препятствия заставляют нас терять веру в себя. Вы справитесь со своим страхом, тревогой и стрессом, научитесь легко налаживать отношения с окружающими и достигнете высот в карьере и личной жизни, о которых раньше могли только мечтать.
Muhamedova, H. Mustaqil yurtimizning davlat ramzlari : [O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi haqida] / H. Muhamedova // Toshkent oqshomi. – 1995. – 12 apr.
Muhammadjonov, O. Parvozing yuksak bo‘lsin! : 18 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 30 yilligi / O. Muhammadjonov // Yoshlar ovozi. – 2021. – 17 noyab.
Olim, S. Borliq va birlik ramzi / Sultonmurod Olim // Xalq so‘zi. –2003. – 18 noyab.
Olim, S. Tug‘ va tug‘ro, burj va burch. Vatan timsollari / Sultonmurod Olim // Tafakkur. – 1994. – № 1. – B. 31–36.
Oripov, A. O‘zbekiston bayrog‘i : [sheʼr] / Abdulla Oripov // O’zbekiston adabiyoti va san’ati. – 2019. – 15 noyab.
Rahmon, I. O‘zbekiston Milliy bayrog‘i : [sheʼr¬] / Iskandar Rahmon // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash. – 2001. – 13 noyab.
Rustamov, I. Mustaqillik va erkinlik ramzi : [O‘zbekiston bayrog‘i haqida] / I. Rustamov // Qishloq hayoti. – 2005. – 18 noyab.
Saidov, A. Davlat ramzlari hurmat – muqaddas burch // Hurriyat. – 2001. – 3 yanv.
Saidov, A. Davlat ramzlari hurmat – muqaddas burch // Huquq. – 2001. – № 1. – B. 11–13.
Safarov, A. Ramzlarda g‘urur, faxr tuyg‘ular : [12 iyul – Davlatimiz gerbi qabul qilingan kun] / A. Safarov // Vatanparvar. – 2006. – 30 iyul.
Safarov, A. Yurtimga keragisan bayrog‘im / A. Safarov // Vatanparvar. –2000. – 18 noyab.
Sulaymonov, M. Hilpira bayrog‘im, hilpira mag‘rur! : [18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun] / M. Sulaymonov // Farg‘ona haqiqati. – 2019. – 16 noyab.
Xolov, J. 18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun / J. Xolov // Fidokor. – 2005. – 17 noyab.
Sharipova, N. Millatning erkinligi, orzu va maqsadlar ifodasi; [18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun] N. Sharipova // Adolat.-2021.- 12 noyab.
O‘zbekiston bayrg‘i qabul qilingan kunning 30 yilligi keng nishonlandi : [Bayroq jasorat, g‘urur, fidoyilik, or-nomus maktabidir] // Buxoronoma. – 2021. – 20 noyab.
G‘afurov, G‘. Bu Vatanda bir Vatan qurmoq istaydur ko‘ngil... : O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i, gerbi, madhiyasi va mustaqil davlatchilik huquqiy asoslari haqida / G‘. G‘afurov // Xabar. – 1995. – 15 dek.
#Bayrogim_gururim
#Bayrogim_kuni
#Bayroq_31
🇺🇿G‘urur-iftixorimiz timsoli
📌O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi. Mustaqillikning ilk yilidayoq mamlakatimizning davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjati qabul qilindi. 📌Ushbu qonun hujjatiga 1999, 2010, 2017 va 2019 yillarda bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉BATAFSIL
🌐https://www.natlib.uz
🌐 /channel/natlibuz
🌐 https://www.facebook.com/NationalLibraryOfUzbekistan
🌐 https://www.youtube.com/user/natlibuz
Tailand Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo-Okeaniyadagi IFLA mintaqaviy seminari davom etyapti. Unda O‘zbekiston axborot-kutubxonalari nomidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva ishtirok etmoqda.
Seminarning 3-kunida qatnashchilar jamoalarga bo‘linib, taqdimotlar, maʼruzalar, treninglarlarda ishtirok etib, o‘z fikrlarini, sohadagi yangiliklar, yangi loyihalar hamda muammolarni muhokama etmoqdalar.
VATAN BAYROG‘I🇺🇿
Yurt bayrog‘in har joygamas,
Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y.
Ishlov bergin, yumshatib tur,
Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y.
To bu bayroq, Vatan, nurlar
Ich-ichingga ketsin kirib,
Toki g‘anim – vatanxo‘rlar
Ololmasinlar sug‘irib.
Shunday o‘rgat qulni, xonni,
Uchmas qush ham uchar bo‘lsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermoq oson kechar bo‘lsin.
Halima Xudoyberdiyeva
O‘zbekiston xalq shoiri
#Muvaffaqiyat_kaliti
Дэвед Аллен
Как привести дела в порядок. Искусство продуктивности без стресса.
Это обновленноеиздание самой известной книги по личной эффективности, переведенной на несколько десятков языков. С ее помощью клубки вашихпроблем распутаются гораздо быстрее: вы обрете ясность сознания и упорядоченность мыслей, научитесь отделять важные дела от второстепенных, верно ставить цели и распределять приоритеты, доводить начатое до конца, а также полноценно отдыхать.
В новом издании большое внимание уделено работе с электронной почтой и другойцифровой информацией, так что теперь методика Getting Things Done поистине универсальна.
#Bayrogim_gururim
#Bayrogim_kuni
#Bayroq_31
🇺🇿📚O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasviri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. U bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda mamlakatning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtiradi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, o‘z ko‘rinishiga ko‘ra, butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangda uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.
👉BATAFSIL
#Bayrogim_gururim
#Bayrogim_kuni
#Bayroq_31
🇺🇿📚Sarbaland bo‘l, Vatan bayrog‘i!
🇺🇿18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Milliy kutubxona mutaxassislari ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini jo‘r bo‘lib ijro etdilar.
https://telegra.ph/Har-oyning-17-sanasi-Kitobxon-onalar-kuni-deb-belgilangan-11-17
Читать полностью…Avval xabar berganimizdek, Tailand Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo-Okeaniyadagi IFLA mintaqaviy seminarida O‘zbekiston axborot-kutubxonalari nomidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshabayeva ishtirok etmoqda.
U.Teshabayeva IFLA (International Federation of Library Accosiations) prezidenti Barbara Lizon tomonidan faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
#Bayrogim_gururim
#Bayrogim_kuni
#Bayroq_31
🇺🇿📌O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi quyidagi adabiyotlar bilan batafsil tanishib chiqishni tavsiya etadi.
🇺🇿📚KITOBLAR
Temur tuzuklari / nashr uchun masʼul Alisher Nazar ; fors tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan tarjimonlar: A. Sog‘uniy va H. Karomatov. – Toshkent : Hilol media, 2019. – 192 b. – (O‘zbek mumtoz adabiyoti). – 3000 nusxa. – ISBN 978-9943-5347-1-1.
Olim, S. Davlatimiz ramzlari / Sultonmurod Olim, Sh. Jumayev ; masʼul muharrirlar: N. Jo‘rayev, A. Boliyev. – Toshkent : Maʼnaviyat, 2002. – 40 b.
Davlat ramzlari // Mustaqillik : izohli ilmiy-ommabop lug‘at / M. Abdullayev, M. Abdullayeva, G. Abdurazzoqova [va boshq.] ; A. Jalolov, Q. Xonazarov umumiy tahririda. – Toshkent : Sharq, 1998. – B. 38–39.
Davlat ramzlari // Mustaqillik : izohli ilmiy-ommabop lug‘at / M. Abdullayev, M. Abdullayeva, G. Abdurazzoqova [va boshq.] ; A. Jalolov, Q. Xonazarov umumiy tahririda. – Toshkent : Sharq, 2000. – B. 38–39.
Davlat ramzlari // O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. J. 3. Gidrofiliya-Zebralar / tahrir hayʼati: M. Aminov, B. Ahmedov, T. Daminov [va boshq.]. – Toshkent : O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. – B. 163.
Ramzing – qanoting // Oripov, A. Adolat ko‘zgusi : Sheʼrlar. Maqolalar. Suhbatlar. Tarjimalar / so‘zi boshi muallifi O. Sharafiddinov ; nashrga tayyorlovchi, izohlar va so‘ng so‘z muallifi D. Begimkulov. – Toshkent : Adolat, 2005. – B. 222–223.
🇺🇿📰MAQOLALAR
Abudulaziz, A. Hilpirayda erur bayrog‘i / Asliddin Abdulaziz // Inson va qonun. – 2006. – 14 noyab.
Boboyeva, Z. Millatimiz faxri, baxtu iqboli timsoli : [O‘zbekiston Resp. bayrog‘i] / Z. Boboyeva // Do‘stlik bayrog‘i. – 2019. – 19 noyab.
Boymurod, A. O‘zbekiston bayrog‘i : [sheʼr] / Ashurali Boymurod // Turkiston. – 2006. – 18 noyab.
Vohidov, D. Milliy iftixor / D. Vohidov // Xalq so‘zi. – 2000. – 18 noyab.
Davlatimiz ramzlari // O‘zbekiston ovozi. – 2002. – 4 iyun.
Yoqubov, Sh. Ozod xalqning g‘ururi : [18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni] / Sh. Yoqubov // Turkiston. – 2005. – 16 noyab.
Yoqubov, Sh. Sarbaland bo‘l, hilpira, yurtim yalovi / Sh. Yoqubov // Turkiston. – 2006. – 18 noyab.
Jabborov, R. Istiqlolimiz timsoli / R. Jabborov // Mulkdor. – 2005. – 18 noyab.
Jabborov, R. Kuch-qudartimiz timsol / R. Jabborov // Toshkent oqshomi. – 2003. – 18 noyab.
Jabborov, R. Ozod elning muqaddas bayrog‘i / R. Jabborov // Ishonch. – 2004. – 17 noyab. ; Toshkent haqiqati. – 2004. – 17 noyab. ; Xalq so‘zi. – 2004. –18 noyab.
Jabborov, R. Hurlik va ezgulik bayrog‘i / R. Jabborov // Toshkent haqiqati. – 2006. – 18 noyab.
Yo‘ldoshev, O. Tug‘imiz – g‘ururimiz : [18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun] / O. Yo‘ldoshev // Toshkent haqiqati. – 2021. – 17 noyab.
Karimov, D. Istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli : [O‘zbekiston Resp. Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan] / D. Karimov // Xalq so‘zi. – 2019. – 19 noyab.
Ko‘chimov, A. O‘zbekiston bayrog‘i : [sheʼr] / A. Ko‘chimov // Xalq so‘zi. –1993. – 21 dek.
Latipova, G. Aziz va muqaddas timsollar / G. Latipova // Toshkent oqshomi. – 2004. – 21 sent.
Mamadaliyev, Z. Vatan bayrog‘i / Z. Mamadaliyev // O‘zbekiston ovozi. –2006. – 18 noyab.
Mansurov, Sh. Bayroq : [O‘zbekiston bayrog‘i haqida] / Sh. Mansurov, J. Berdiyev // Ko‘zgu. – 2000. – 17 fevr.
Minginov, H. Davlat gerbi, bayroq haqida saboq : maktablarda o‘quvchilarni O‘zbekiston bayrog‘i, gerbi haqida tanishtirish / H. Minginov // Maʼrifat. – 1996. – 6 dek.
Mirzo, G‘ O‘zbekning bayrog‘i – iqbolidek yorqin, g‘ururidek sarbaland / G‘olib Mirzo // O‘zbekiston ovozi. – 2002. – 16 noyab. ; Toshkent oqshomi. –2002. – 18 noyab.
Musurmon, R. O‘zbekiston bayrog‘i : [sheʼriy lahza] / Rustam Musurmon // O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati. – 2006. – 17 noyab.
📣YANGI LOYIHA!📣
📚O'zbekiston Milliy kutubxonasi 📺"Ma'naviyat va ma'rifat" telekanali bilan hamkorlikda "Olamning qalbi" nomli yangi loyihani taqdim etadi.
✏️📚 Kitob aql hujjatidir. Mutolaa esa ulug‘vor parvoz. Kitob va mutolaa haqida o‘zbek ziyolilarining o‘zgacha qarashlari "Olamning qalbi" ko‘rsatuvida!
⏰ Tez kunda!
🌐 @mm_telekanal
🌐 /channel/natlibuz
📚 „Toʻmaris“, „Shiroq“ kabi qissalar muallifi Mirkarim Osim tavalludining 115 yilligiga bagishlangan "Olis tarix elchisi" deb nomlangan kitob rasmli korgazma ochildi.
👇 👇 👇
❇️BATAFSIL
📕📗📘📙
#Bayrogim_gururim
#Bayrogim_kuni
#Bayroq_31
🇺🇿📚Sarbaland bo‘l, Vatan bayrog‘i!
🇺🇿18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
🇺🇿Bayroq qadim-qadimdan Vatan ozodligi, millat birligi va g‘alabasi timsoli bo‘lib kelgan. Bayrog‘imizdagi har bir rang va belgida xalqimizning asriy anʼanalari, milliy qadriyatlari aks etgan.
O‘zbekistonning davlat ramzi – bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsolidir. U o‘zida o‘zbek xalqining asriy orzu-istaklari, shon-sharafi va xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan.
Qadimdan o‘z tug‘ini asrab-avaylash or-nomus hisoblangan. Vatan bayrog‘ini jonidan ortiq asragan To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi hamda Shayx Najmiddin Kubro kabi o‘nlab sarkardalar hayoti bugun barchamizga katta ibrat.
🇺🇿Aslida, Vatan bayrog‘ini asrab-avaylash, Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lish har birimizning eng oliy burchimizdir.
#Oltin_sandiq_javohirlari
Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Oltin_sandiq_javohirlari xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o'rin olgan "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
Navbatdagi metodik to‘garak onlayn tarzda o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 10-noyabr kuni navbatdagi metodik to‘garak zoom platformasi orqali (online) tarzda o‘tkazildi. Unda Hududiy axborot-kutubxona markazlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish xizmati rahbari D.Mirzaraximova "Viloyat va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini yuritish qoidalari" hamda Ilmiy-metodik xizmati bosh mutaxassisi A. Qilichboyev "Metodik qo‘llanmalar tuzish texnologiyasi" mavzularida taqdimot qildilar.
200 nafardan ortiq mutaxassislar ishtirok etgan mazkur metodik to‘garak qiziqarli muzokaralarga, savol javoblarga boy bo‘ldi.
📣YANGI LOYIHA!📣
📚O'zbekiston Milliy kutubxonasi 📺"Ma'naviyat va ma'rifat" telekanali bilan hamkorlikda "Olamning qalbi" nomli yangi loyihani taqdim etadi.
✏️📚"...U kitobga oshiq edi. U kitobni dunyo deb bildi. Uning o‘zi kitob edi. Ularning qalbi kitob, dunyosi kitob..."
⏰ Tez kunda!
Работа с издательствами Узбекистана перед публикацией книжной продукции (октябрь, 2022 года)
Читать полностью…Обслуживание пользователей Национальной библиотеки Узбекистана за октябрь 2022 года
Читать полностью…