#JARAYON
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari Armaniston Milliy kutubxonasining 105 yilligiga bag‘ishlangan "Barqaror kelajak uchun merosni saqlash" Xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda
Konferensiya butun dunyo bo‘ylab kutubxona, muzey, arxiv va nashriyot sohalarida yetakchi va yosh mutaxassislarni birlashtirib, soha vakillari dolzarb masalalarni muhokama qilish, innovasion yechimlarni taqdim etish, qabul qilingan xalqaro standartlar, boshqaruv tizimlari va texnologiyalarini joriy etish borasida tajriba almashishni maqsad qilgan.
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
📌 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ma'rifat bog‘iga bog‘bonsiz, ustoz!” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazmada ta'lim va tarbiya faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar, ta'lim sohasidagi islohotlar, o‘z ishiga sodiq o‘qituvchilar haqida hikoya qiluvchi kitoblar, jurnallar va fotosuratlar o‘rin olgan.
📌 Ko‘rgazmada ta'lim sohasida katta ijobiy natijalarga olib kelgan va ustoz va murabbiylarni shijoat bilan ishlashga ruhlantirgan, pedagogika masalalariga bag‘ishlangan, o‘qituvchilarni ta'lim-tarbiya sohasidagi yangiliklar, ilg‘or maktablar, mashhur va iqtidorli o‘quvchilar, fidoyi o‘qituvchilar sulolalari bilan tanishtiruvchi kitoblar alohida o‘rin egallagan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kun_hikmati
✅ Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
Aziz ustozlar! Sizlar har doim e’tirofga loyiqsiz!
✅ O'zbekiston Milliy kutubxonasida "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Milliy kutubxona xodimlari o'rtasida "Zakovat" intellktual o'yini o'tkazildi.
📌 O'yinda 7 ta jamoa o'zaro kuch sinashdi. 1-o'rin "Strategiya", 2-o'rin "Zukkolar" 3-o'rin esa, "Everest" jamoalariga nisib qildi. G'oliblarimizga O'zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alar taqdim etildi.
📌 G'olib jamoalarimizni yutuqlar bilan tabriklaymiz. Qolgan ishtirokchilarga ham kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigihida
"Yangi O'zbekiston" gazetasining 2024-yil 27-sentyabr kungi 197 (1258)-sonida O'zbekiston Milliy kutubxonasi direkori Umida Teshabayevaning "Kitobxon jamiyat ma'naviy tafakkur ildizi nechog'lik teran?" nomli maqolalari chop etildi.
📄 MAQOLANI O'QISH
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotchilarga seminar o‘tkazildi
📌 Joriy yil 26-sentyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talaba va ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi Husniya Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.
📌 Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
🔊🔊🔊 E’LON
📌 «O’qituvchi va Murabbiylar» kuni bayrami munosabati bilan 1-oktyabr dam olish kuni deb e’lon qilingan, 30-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Tozalik kuni» deb e’lon qilinadi, shu sababli ushbu kunlari kutubxona foydalanuvchilarga
xizmat ko‘rsatilmaydi.
30-sentyabr kuni kutunxona xodimlari uchun 1 soatga qisqartirilgan ish kuni.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
📚 2024-yil 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoira, yozuvchi va tarjimon Mahbuba Soqievaning “Bir kaft tuproq” va “Miliy drug” kitoblari taqdimoti hamda muallif ijodiga bag‘ishlangan “Men samo farzandi...” deb nomlangan adabiy-ma'rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
✅ Unda adiblar, Mahbuba Soqievaning izdoshlari, yaqinlari, she'riyat ixlosmandlari, o‘qituvchilar, talabalar, kitobsevarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
📌 Tadbirda so‘zga chiqqanlar Mahbuba Soqievaning ijodida ijtimoiy va oilaviy ziddiyatlar, inson ruhiyati, qalb iztiroblari, nozik kechinmalar o‘z ifodasini topgani, uning asarlari qahramonlarining komillikka intilishi yosh avlod shakllanishida ijobiy ta'sir etishini ta'kidladilar.
♻️ BATAFSIL
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kun_hikmati
✅ Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ "Bizni qaritolmas yillar, zamonlar..."
📌 O'zbekiston Milliy matbuot markazida O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi a'zosi, "Do'stlik" ordeni sohibi, taniqli jurnalist, mohir suhandon, istedodli ijodkor Sohibjon Alijonov xotirasiga bag'ishlab, jurnalistlar Laziz Rahmatov va Azizjon Alijonovlar tomonidan to'plab, nashrga tayyorlangan "Bizni qaritolmas yillar, zamonlar..." nomli kitob taqdimoti, hamda serqirra ijodkorning xotira kechasi bo'lib o'tdi.
📌 Sohibjon Alijonovning sermahsul faoliyati faqatgina televideniya bilan cheklanib qolgan emas. U ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, "Facebook" tarmog'ida faol ijod qildi. har bir chiqishi katta ijtimoiy bahs-munozaralarga sabab bo'lar edi. Uning o'ziga xos uslubi qisqalik, lo'ndalik va masalani o'quvchiga tushunarli va ravon tilda yetkazib berishga asoslanar edi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
"Non-Fiction" loyihasining 8-soni chiqdi!
Loyihamizning navbatdagi soni Morgan Houselning "Pul psixologiyasi" nomli kitobi haqida.
Ushbu kitob bizga pul bilan qanday muomala qilish kerakligini, moliyaviy savodxonlikka erishish uchun nimalarni bilishimiz kerakligini va insoniyatning pul bilan bog'liq psixologiyasini o'rgatadi.
Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiringlar.
📌 https://youtu.be/46fqZjWrCjE?si=t9tJ0uY2lK3dFAKV
@Bookerberg
✅ EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotchilarga seminar o‘tkazildi
📌 Joriy yil 20-sentyabr kuni Yangi O'zbekiston universiteti ilmiy xodimlari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati mutaxassisi Husniya Boysunova tomonidan xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalar haqida seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Seminarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining EBSCO Information services, ProQuest Dissertations & Theses, PressReader, EastView, EBS Znanium, Web of Science Core Collection, Springer Nature hamda EIFL xalqaro konsorsiumining elektron bazalari haqida ma’lumot berildi.
📌 Shuningdek, mazkur bazalardan foydalanish, platforma bilan ishlashning samarali usullari, to‘liq matnli resurslarni yuklash, ilmiy ma’lumotlar qidirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun platforma imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda batafsil ma’lumot berildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Muvaffaqiyat_sirlari
Tadbirkorlikka keng yo‘l berilgan bugungi kunda yoshlar ham firma va tashkilotlar ochib, o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘ymoqdalar.
Muallif mashhur biznesmenlarning hayotiy tajribalarini o‘rganib, o‘z fikrlarini ham uyg’unlashtirib bugungi zamon kishisi, ya’ni biznesmen yoki tadbirkor uchun o‘ziga xos va mos ushbu qo‘llanmani yaratdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ Barot Isroilning "Asriynoma yoxud Barotiynoma" deb nomlangan kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi
📌 Joriy yilning 19-sentyabr kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Barot Isroilning "Asriynoma yoxud Barotiynoma" deb nomlangan kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi
📌 Barot Isroilning kitob yozish orqali xalqimiz ma'naviyatiga qo'shayotgan hissalari bir taraf bo'lsa, Toshkent viloyatining To'ytepa tumanida o'ng mingdan ortiq kitoblarni o'zida jamlagan, ikki qavatli shaxsiy kutubxona ochib, tuman aholisiga tortiq qilgani alohida e'tirofga loyiqdir!
📌 Tadbirda yozuvchi, shoirlar, olimlar va yosh ijodkorlar o'zlarining ushbu yangi kitob haqidagi iliq fikrlari bilan ishtirok etishdi, qolaversa, bir qaton taniqli san'atkorlar ijrosida Barot Isroil so'zi bilan go'zal kuy-qo'shiqlar yangradi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasida xitoy tili va madaniyati festivali
📌 2024-yil 2-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi va Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti bilan hamkorlikda Xitoy faylasufi Konfusiy tavalludining 2575 yilligiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.
📌 Festival ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari Sobir Djampulatov iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda tabora mustahkamlanib borayotgan o‘zbek-xitoy munosabatlariga alohida urg‘u berdi, O‘zbekistondagi Shanhay hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolanganini, kutubxonada faoliyat yuritilayotgan “Xitoyga nigoh” o‘quv zali haqida gapirdi.
♻️ BATAFSIL
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ “Saylov va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildi.
📌Joriy yilning 2-oktyabr kuni Simpoziumlar saroyida tashkil etilgan Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida Siyosiy jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish, qonunchilik normalarini alohida keng tushuntirish, ko‘p sonli yosh saylovchilarga yangilangan saylov qonunchiligi, uning mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyati bo'yicha “Saylov va yoshlar” ochiq muloqoti o‘tkazildi.
Ochiq muloqotda vazirlik, idora va tashkilotlar qatorida O'zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari ham ishtirok etishdi.
#top_10
👤 Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedralarida foydalanuvchilar tomonidan 2024-yil avgust oyida eng ko‘p buyurtma berilgan adabiyotlar top 10 taligi bilan tanishing:
1. O‘.Umarbekov “Tanlangan asarlar”
2. M.Osim “Jayhun ustida bulutlar”
3. J.Jovliyev “Qo‘rqma”
4. U.Hamdamov “Muvozanat”
5. Homer “Iliada”
6. N.Makiavelli “Hukmdor”
7. D.Braun “Ibtido”
8. L.Tolstoy “Tirilish”
9. Bobur “Boburnoma”
10. R.Hamzatov “Mening Dog‘istonim”
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
💐 Bugun 1-oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”
Ushbu bayram munosabati bilan respublikamizdagi barcha O’qituvchilar, Murabbiylar, Ustozlarni O’zbekiston Milliy kutubxonasi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz!
✅ 2024-yil 28-sentyabr kuni "Intellektual" klubi a'zolari o‘zlarining navbatdagi uchrashuvida taniqli o‘zbek diplomati, siyosiy arbob Shoqosim Shoislomovning "Вспоминая о... будущем" nomli kitobi bilan tanishdilar.
🎥 Shuningdek, "Intellektual" klubi a'zolari e'tiboriga "Bar-Baris-fil'm" studiyasida
rejissyor Denis Kodzaev tomonidan taniqli jurnalist Boris Babaev faoliyatiga bag‘ishlab suratga olingan "Бенефис в кругу друзей" nomli hujjatli fil'mi havola etildi.
♻️ BATAFSIL
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Muvaffaqiyat_sirlari
📖Har bir inson tugʼilgandayoq boy boʼlish huquqiga ega boʼladi, degan mashhur qoidaga binoan, muallif pul bilan muomala qilish jarayonlarini keng kitobxonlar ommasiga batafsil tushuntirib beradi: pulni qanday tejash, toʼgʼri sarflash, qarzlarni uzish — xullas, birinchi million dollarni qanday qilib ishlab topishni oʼrgatadi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk
📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Men samo farzandi...” deb nomlangan adabiy-ma'rifiy kecha bo‘lib o‘tdi
https://uza.uz/posts/639277
✅ AOKA va O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutasaddilari Xalqaro kitob standart raqami agentligining (ISBN) yillik hisobot yig‘ilishida ishtirok etmoqda
📌 Joriy yil 24-26-sentyabr kunlari ISBN xalqaro agentligi tashabbusi bilan Parij shahridagi Fransiya Milliy kutubxonasida yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston bu yilgi hisobot yig‘ilishida Ozarbayjon va Namibiya davlatlari qatorida ilk marotaba ishtirok etmoqda.
Bu kabi yirik va nufuzli umumiy yig‘ilishda ishtirok etish orqali ko‘plab xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, hamkorlik o‘rnatish va malaka-ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatini beradi.
#Sandiqdan_sadaf
📝 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Sandiqdan_sadaf xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
O'zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan ham O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning Turkiyaning turkiy xalqlarning madaniyati, san'ati va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi “Bengütaş” kutubxona jurnalining 2024-yil 3-sonida chop etilgan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida hikoya qiluvchi maqolasi e'tirof etilmoqda.
👉 https://uza.uz/posts/638260
😊 She’riy kechamizdan lavhalar
“Mutolaa” loyihasi doirasida ikkinchi bor nazm kechasi tashkil qilindi.
Tadbir davomida shoir Shodmonqul Salom oʻzining she’rlarini mehmon shoirimiz Erkin Bozorov bilan ijro qildilar.
“Shodmonqul Salom she’rlarida kenglik, samimiylik, va takrorlanmas hislar bor. Buni bugun barcha angladi, menimcha!” deb yozmoqda, Javlon Jovliev.
✅ O’zbekiston Milliy kutubxonasida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasi bo’lib o’tdi
📌 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasi tashkil etildi.
📌 Unda dastur qahramoni “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul Salom hamda mehmonimiz shoir va aktyor Erkin Bozorov va yana bir qator ijodkorlar ajoyib chiqishlari bilan yig’ilganlarga haqiqiy ma’noda ma’naviy ozuqa bera oldilar desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.
Nazm kechasida chindan Adabiyotimiz jonlandi. Kechada yana shuni yana bir karra anglab yetdikki, Adabiyotga, kitobga bo’lgan chanqoqlik xalqimiz qalbida hali-hamon jo’sh urib turibdi!
#Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk
📔 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Qoshğariy_Devonu_luğotit_turk rukni ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
📖 Китоб ўқиган, ўзини устида ишлаган одамда қанот бўлади. У бефарқ бўлмайди – Ш.Мирзиёев
Алишер Навоий номидаги Миллий кутубхона директори Умида Тешабоеванинг туркий халқлар маданияти, санъати ва урф-одатлари тўғрисида маълумотлар тақдим этиб борувчи “Bengütaş” (Туркия) кутубхона журналида чоп этилган мақоласида Ўзбекистон давлат раҳбарининг китоб мутолааси ҳақидаги иродларидан келтирилган иқтибос мамлакатимизда китобхонликни тарғиб қилиш устувор йўналишлардан бири эканлигини яққол ифодалайди.
Мақолада айнан шу йўналишдаги ислоҳотлар, кутубхоначилик, китобхонликни ривожлантиришда Ўзбекистон Миллий кутубхонасининг роли очиб берилган.
Миллий кутубхонанинг умумий фонди жами: 8 108 066 нусха бўлиб, шундан босма нашрлар 7 121 062 нусхани, электрон ресурслар сони 987 004 нусхани ташкил этади. Фойдаланувчиларнинг сони ҳам кундан кунга ортиб бормоқда, айни дамда кутубхона рўйхатидан ўтган фойдаланувчилар сони 360 687 та бўлиб, кутубхона фондидан фойдаланиш учун кутубхонага йилига ўртача 600 000 га яқин китобхон ташриф буюради. Фойдаланувчилар учун 15 та турли соҳаларга ихтисослаштирилган ўқув заллари мавжуд.
Ҳар йили Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги томонидан “Йилнинг энг яхши Ахборот-кутубхона мутахассиси” кўрик танлови ташкил этилиб, танлов ғолиблари йил давомида стипендиялар олиш имкониятига эга бўлмоқдалар.
Бу соҳа вакилларини шу жумладан ёш кутубхоначи кадрларни янада куч ва шижоат билан кутубхона иш фаолиятини олиб боришида рағбатлантирмоқда.
Шу билан бирга, ахборот-кутубхона соҳасини ривожлантириш, аҳолига ахборот-кутубхона хизматлари кўрсатишнинг янги тизимини яратиш, кутубхоналарда сақланаётган миллий маданий меросни асраб-авайлаш ва бойитиш ишларига муносиб ҳисса қўшган, жамиятда мутолаа маданияти, китобхонликни кенг тарғиб қилиш ва ёш мутахассис кадрларни тайёрлаш борасида самарали меҳнат қилган ва мазкур йўналишда юқори натижаларга эришган ва узоқ йиллардан буён кутубхонада хизмат қилиб келаётган мутахасиссислар учун “Ахборот-кутубхона аълочиси” кўкрак нишони таъсис этилди.