#Kun_hikmati
✅ Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
📝 O’zbekiston Milliy kutubxonasi Turkiya jurnalida📖
🟡Turkiyaning turkiy xalqlarning madaniyati, san'ati va urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi “Bengütaş” kutubxona jurnalining 2024-yil 3-sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayevaning Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida hikoya qiluvchi maqolasi chop etildi.
🟡Maqolada yurtimizda kitobxonlik, mutolaa madaniyati, kutubxona sohasi hamda uning vakillari bo‘lmish kutubxonachilarga qaratilayotgan yuksak e'tibor alohida ta'kidlangan, mamlakatimizdagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz bo‘lgan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining tarixi va bugunini bog‘lab turuvchi maʼnaviy, madaniy markaz sifatida jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirib, intellektual va yuksak ma’naviy mulk manbai sifatida xizmat qilib kelayotgani tilga olingan.
🟡 Shuningdek, U. Teshabayeva o‘z maqolasida bugungi kunda Milliy kutubxonada foydalanuvchilarga zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan Milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi, Skanerlash va raqamlashtirish, Multimedia studiyasi, Raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash, Texnik va texnologik qo‘llab quvvatlash xizmatlarining faoliyati bilan tanishtiradi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
She’riy konsert davom etadi!
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.
• Dastur qahramoni: “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Shodmonqul SALOM
• Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV
📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 20-sentabr (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.
Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/BJeQBMhLreJXnHj29
BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 – O'zbekiston uchun IT sohasidagi eng muhim tadbir
📌 Joriy yilning 17–20 sentyabr kunlari oralig’ida o’tkazilishi rejalashtirilgan "ICT WEEK UZBEKISTAN 2024", o‘zining 20 yillik yubileyini nishonlagan holda, yana bir bor O‘zbekistonning IT mutaxassislari va innovatorlarini birlashtirgan asosiy maydon bo‘ldi. 17-sentyabr kuni poytaxtda tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda 50 dan ortiq mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniyalar qatnashdi.
📌 Ushbu ochilish marosimida O’zbekiston Milliy kutubxonasining IT mutaxassislari ham ishtirok etishdi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 17-sentabr kuni soat 15:00 da Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorlikda “KITOBXON ONALAR” kuni o'tkazilishini malum qilamiz.
Ko'pchilikning xabari bor, ushbu tadbir an'anaviy tarzda har oyning 17-sanasida respublikamiz bo'ylab barcha Axborot-kutubxona markazlarida o'tkaziladi.
#Kutubxona_OAV_nigohida
DIYOR YANGILIKLARI | KITOBXONLIK HAFTALIGIGA MARHAMAT!
16.09.2024-yil
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
Dunyo bo'ylab telekanali | Yangi kitob taqdimoti
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Navoiy_583
#Kutubxona_va_Navoiy
✅ Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan #Navoiy_583 va #Kutubxona_va_Navoiy xeshtegi ostida ulug‘ bobomiz g‘azallarida qayd etilgan Navoiy lug‘atidan o‘rin olgan so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
➡️ Navbatdagi so‘zimizni...
👆Yuqoridagi rasm orqali bilib olishingiz mumkin.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
✅ Eng zamonaviy kutubxonalar qanday bo’ladi?
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
Ахborot 24 | Yangi kitob taqdimoti
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ Akademik Qori Yoqubov xotirasiga bag’ishlangan «Судьба, как эпоха» nomli film taqdimoti
📌 Taqdimot soat 16:00 da O’zbekiston Milliy kutubxonasining katta majlislar zalida bo’lib o’tadi.
🔶 Barchangizni taqdimot marosimiga taklif qilamiz!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ Uzreport telekanali tashabusi bilan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Manaviyat va ma’rifat markazi, Green hills resort va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “BITMAS XAZINA” adabiyot festivali bo'lib o'tadi
📌 Festivaldan ko'zlangan maqsad shundan iboratki: Millatni kitobxon qilishga hissa qo‘shish, qolaversa, adabiyotni jonlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, sohadagi mavjud masalalar, katta kichik muammolarni ziyolilarimiz bilan birgalikda muhokama qilish, yechimlar izlash, takliflar berishdir.
Ushbu festival an'anaviy tarzda har yili sentyabr oyida o'tkazilib borilishi rejalashtirilmoqda.
✅ Haftalik doirasida adabiy viktorina bo‘lib o‘tdi
📌 "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Kitob olami bo‘ylab sayohat” deb nomlangan adabiy viktorina va “Kitob javonidagi xazina” nomli kvest o'yini tashkil etildi.
📌 Unda Toshkent shahridagi 35-son umumta'lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar. Viktorinada yosh kitobsevarlar o‘zlarining o‘zbek va jahon adabiyotidan boxabarligi, xalq og‘zaki va yozma ijodi namunalarini, ertaklar, topishmoqlar, maqol va matallarni bilish darajasini namoyon etdilar.
📌 Bolajonlar o‘z uylarida mavjud shaxsiy kutubxonalari va ularda qancha kitob borligi haqida gapirib berishdi. O‘quvchilar o‘qigan ertaklari asosida viktorina savol-javoblari o‘tkazildi.
📌 Adabiy viktorinada faol ishtirok etgan yosh kitobsevarlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan kitoblar bilan taqdirlandilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekiston Respublikasi va jahon hamjamiyati” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
📌 2024-yil 13-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida siyosiy fanlar doktori, professor Qodir Jo‘raevning “O‘zbekiston Respublikasi va jahon hamjamiyati” nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tadbir ishtirokchilariga xush kelibsizlar der ekan, bunday kitob taqdimotlari Milliy kutubxonada ko’p o’tkazilishini va bu jarayonlar juda ham quvonarli ekanligini takidladi.
#Muvaffaqiyat_sirlari
📖 Jo Vitalening "Pul topishning ulkan sirlari" kitobi dunyodagi eng bozori chaqqon kitoblardan biri sanaladi.
📌 Ushbu kitob o‘ziga xos bo‘lib, odamlarni hamisha yaxshilik qilib yashashga undashi bilan qimmatli ahamiyatga ega. Mavzuni kengroq yoritish maqsadida hamkor mualliflarning fikrlari va maqolalaridan o‘rinli foydalangan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
📝 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘quv zallari xizmati yetakchi mutaxassisi Shahlo O’ktamovaning "Путь к самопознанию. Роль рефлексии в образовательном процессе" nomli maqolasi chop etildi 📔
⏺Библиотека" Rossiya ommaviy jurnalining 2024-yil 7-sonida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘quv zallari xizmati yetakchi mutaxassisi Shahlo O’ktamovaning "Путь к самопознанию. Роль рефлексии в образовательном процессе" nomli maqolasi chop etildi. Unda muallif ta'lim jarayonida mustaqil anglashda refleksiyaning rolini tahlil qildi.
⏺Maqolada maktab o‘quvchilarining tanqidiy fikrlashini rivojlantirishning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Muallifning fikricha, bu shaxsni shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, xotira va tasavvurni kuchaytiradi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi. U o‘qitishga an'anaviy yondashuvni qayta ko‘rib chiqilishi va qayta tashkil etilishi, o‘quv jarayoniga interaktiv modellar kiritilishi kerakligini ta'kidlaydi.
⏺ Misol tariqasida u O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan tajribalar bilan o‘rtoqlashadi. Turli xil ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish yosh kitobxonlarga nafaqat yangi ma'lumotlarni olishga, balki ularni anglashga ham yordam beradi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
Assalomu alaykum aziz kuzatuvchilar!
🔹 Barchangizga malumki, #xatosiz_yozing heshtegi muntazam ravishda sahifamiz orqali ulashilmoqda. Ushbu heshteg bilan sahifamizga joylanadigan so'rovnomalar davom etishini xohlasangiz riaksiya qoldiring.
✅ Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Hurmat bilan, O'zbekiston Milliy kutubxonasi Matbuot xizmati.
✅ 2024-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Kitobxon onalar” kuni o'tkazildi
📌 An'anaviy tarzda har oyning 17-sanasida o'tkaziladigan tadbir ZOOM platformasi orqali respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona markazlariga uzatildi.
📌 Navbatdagi “Kitobxon onalar” kuni ma'naviy-ma'rifiy tadbiri 1-oktyabr - “O‘qituvchi va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan bo‘lib, “Ma'rifat bog‘iga bog‘bonsiz-ustoz!” deb nomlandi.
📌 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, yurtimizda kitobxon onalarning ko‘payib borayotgani quvonarli xol ekanligini, yoshlarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirishda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosligini ta'kidladi.
♻️ BATAFSIL
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Sandiqdan_sadaf
📝 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Sandiqdan_sadaf xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ “BITMAS XAZINA” adabiyot festivali bo’lib o’tmoqda
📌 Uzreport telekanalida 2016-yildan buyon "Bitmas xazina" nomli ko'rsatuv efirga uzatiladi, endi esa ushbu ko'rsatuv o'z faoliyatini yanada kengaytirdi, ya'ni ko'rsatuv festival darajasiga ko'tarildi. Bu esa albatta quvonarli, festivaldan asosiy ko'zlangan maqsad adabiyotni jonlantirishdir.
Festival doirasida turli mavzulardagi davra suhbatlari, davlat arboblari bilan uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, 10 ortiq nashriyotlar bilan hamkorlikda kitob yarmarkalari tashkil qilindi.
#Kutubxona_OAV_nigohida
Agar...
#12sep #madaniyat
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ “BITMAS XAZINA” adabiyot festivaliga start berildi
📌 Festival maqsadi millatni kitobxon qilishga hissa qo‘shish, qolaversa, adabiyotni jonlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, sohadagi mavjud masalalar, katta kichik muammolarni ziyolilarimiz bilan birgalikda muhokama qilish, yechimlar izlash, takliflar berishdir.
📌 Eslatib o’tamiz festival 16-17-sentyabr kunlari davomida bo’lib o’tadi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
✅ “Yoshlar kitob o’qimayapti deydiganlarning o’zlari kitob o’qimayapti” - Nasiba Xoldorova
✅ “Uyda ota onalar farzandlariga kitob o’qi deb, o’zlari telefonda o’tirsa, unda hech qachon bolalar kitob o’qimaydi” - Gulnoza Alimova
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
Biz xohlayotgan zamonaviy kutubxonalar aslida qanday bo’lishi kerak?
#Sevimli_TV
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
Tafsilot | "Davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishda Farg‘ona tajribasi" mavzusida o‘tkazilgan mintaqaviy seminar tafsilotlari.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ "Ochiq eshiklar haftaligi" o'z nihoyasiga yetdi
📌 2024-yil 9-13-sentyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ochiq eshiklar haftaligi doirasida tanishtiruv ekskursiyalari tashkil etildi.
📌 Ekskursiya davomida foydalanuvchilar an'anaviy va onlayn ro‘yxatga olish tartiblari, axborot resurslardan, elektron va an'anaviy katalog hamda kartotekalardan foydalanish bo‘yicha batafsil ma'lumot oldilar.
📌 Jami 1096 nafar yoshlar uchun tashkil etilgan 40 dan ortiq tanishtiruv va mavzuli ekskursiya davomida tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kafedralar, ochiq hamda yopiq kitob fondlari, o‘quv zallari va boshqa xizmatlar haqida o'zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni oldilar.
📌 Haftalik davomida Toshkent shahri va viloyatida joylashgan muassasalardan kutubxona foydalanuvchilari sonini 1219 nafarga ko‘paytirdilar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
#Kutubxona_OAV_nigohida
✅ YOSHLAR RADIOSI
XXI asr kutubxonalari qanday bo'lishi kerak?
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website
✅ An’anaviy ikkinchi respublika mintaqaviy seminari Farg'ona viloyatida bo'lib o'tdi.
👉 https://youtu.be/lFOs4k1lPjQ?si=RDm69nct2eijAVnb
✅ Joriy yilning 13-sentabr kuni IFLA ning kelgusidagi Dunyo kutubxonalari axborot kongressi (The Future for WLIC: WLIC Review Consultation #1) ni qay tarzda tashkil etish bo'yicha barcha kutubxonalar ishtirokida birinchi maslahatlashuv yig'ilishini o’tkazdi
📌 Unda O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassis xodimlari ishtirok etdi. Vebinarda konferensiya yanada samarali tashkil etishning turli xil kategoriyalari ko'rib chiqildi, jumladan, Konferensiya o'z ichiga oladigan sho'balarning samaradorligi, ularda taqdim etiladigan muzokaralar mavzusini va konferensiyani o'tkazishda mezbon davlatlarni qay tarzda tanlash, ishtirokchilarning o'zaro aloqalarini yanada mustahkamlash uchun tezkor uchrashuvlar tashkil etish, konferensiyada ishtirok etish uchun ko'proq grandlar taqdim etish, onlayn va oflayn ishtirokni ta'minlash kabi mavzularni qamrab oldi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Website