#Kun_tarixi
📅 Bugun, 14-fevral – Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
🔹 Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Andijon shahrida tavallud topgan. Bobur - oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan.
👑 Otasi Umarshayx Mirzo bevaqt halok bo‘lgach 12 yoshida taxtga o‘tirgan Bobur, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning 100 ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qilishi bilan “Boburiylar” sulolasiga asos solgan buyuk shoh sanaladi.
✍️ Bobur 18-19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
📔 1521-yil Hindistonga yurishlari davrida Bobur “Mubayyin” asarini yaratdi. Bobur “Xatti Boburiy”ni kashf qilib, unda arab alifbosini tahrirlagan, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan.
📓 Oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar sifatida yaratilgan “Boburnoma” asari Boburning eng yirik ijodiy merosi hisoblanadi. “Boburnoma”da 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻliqdir.
✔️ Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539-yil), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.
📖 @natlibuz
✅ Bobur 541 yoshda
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yil yilligini nishonlash maqsadida, tuzuvchi-muallif Sh.Sh.Rustamxo‘jayevning 5 jildli: “Zahiruddin Muhammad Bobur, Boburiylar” nomli qomusiy, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar to‘plami kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
#Jadidlar
Butun kuchni xalq ichidan olaylik,
Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!
✍️ Cho‘lpon
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazma
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada
-bobokalonimiz Alisher Navoiyning O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan asarlari taqdim etilgan.
-Alisher Navoiy asarlariga sharhlar, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan ilmiy kitoblar namoyish etilmoqda.
-dunyo tillariga tarjima qilingan Alisher Navoiyning tanlangan asarlari, g‘azallari, ruboiylari, o‘z asarlari izohi, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan xikmatlari va turli aforizm, maqol va matallari taqdim etilgan.
-Oybek, Maqsud Shayxzoda va boshqa shoirlar tomonidan turli davrlarda Alisher Navoiy haqida yozilgan asarlar o‘rin olgan.
-Foydalanuvchilar kutubxona kitob fondida mavjud Alisher Navoiy hayoti va ijodiga oid adabiyotlar bilan tanishadilar.
telegra.ph/Navoiyni-anglamoq--saodatdir-mavzusida-insholar-tanlovi-goliblarini-taqdirlash-marosimi-bolib-otdi-02-09
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
https://telegra.ph/MAHBUB-UL-QULUB-02-09-3
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kun_tarixi
📅 Bugun, 9-fevral - So‘z mulkining sultoni, mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
🔹 Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yildan 3-yanvar 1501-yilgacha umr koʻrgan) — oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi. Gʻarbda Chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469-yilda) mansabiga, vazirlik (1472-yilda) va Astrobod hokimligi (1487-yilda)ga tayinlanadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga "Muqarrabi hazrati sultoniy" ("Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi") degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
📚 "Lison ut-tayr"(1499 y.), "Tarixi mulki ajam"(1488 y.), "Muhokamat ul-lug‘atayn"(1499 y.), “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”(1489 yildan so‘ng), "Xamsat ul-mutahayyirin"(1492 y.), "Holoti Pahlavon Muhammad"(1493 yildan so‘ng), "Xazoyin ul-maoniy"(1498 y.), “Tarixi anbiyo va hukamo”(1485 yildan so‘ng), “Majolis un-nafois”(1491—1492, 1498-1499 y.), “Mahbub ul–qulub” (1500 y.)
📗 Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi "Xamsa"(1483-1485 yy.) dostoni hisoblanadi.
📖 @natlibuz
#Kutubxona_OAV_nigohida
https://uza.uz/uz/posts/vaqtdan-ozgan-odamlar-zahmatkash-zhurnalistlar-mehnatining-etirofi_565487
#Kun_hikmati
✅ Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
https://telegra.ph/Ozbekiston-Milliy-kutubxonasida-shoir-mutafakkir-davlat-arbobi-Mir-Alisher-Navoiyning-583-yilligi-munosabati-bilan-tadbir-bolib--02-06
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Jadidlar
Turma — yugur, tinma — tirish, bukilma — yuksal,
Hurkma — kirish, qo‘rqma — yopish, yo‘rilma — qo‘zg‘al.
✍️ Abdurauf Fitrat
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
✅ Bayozdan lavha (XVIII asr)
📚 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan XVIII asrning qo‘lyozma durdonasidan biri bo‘lgan bayoz turli mavzudagi arab, fors va turkiy tilda yozilgan nasriy va she'riy asarlar to‘plamidir.
Qo‘lyozmada buyuk shoir, tarixchi olimlarning asarlaridan namunalar keltirilgan.
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Firdavsiy, Sanoiy, Sa'diy, Hofiz Sheroziy, Shayx Fariduddin Attor va boshqalarning yuksak badiiy bezak, mohir xat bilan bitilgan she'riy va nasriy janrdagi tanlangan asarlari jamlangan.
Qo‘lyozmaning 37a-varag‘ida Zahiriddin Muhammmad Boburning nabirasi - o‘n ikki yoshida Dehli taxtiga o‘tirgan va 52 yil davomida imperiyani boshqargan Akbarshoh ibn Humoyun xaqida muhim tarixiy ma'lumotlar keltirilgan. Voqealar sa'j uslubida bayon qilingan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Kutubxona_OAV_nigohida
https://uza.uz/uz/posts/zahiriddin-muhammad-bobur-boburiylar-nomli-besh-zhildlik-kitob-taqdimoti-otkazildi_567100
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Менделеев – учёный и химик" deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi
2024-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm” o‘quv zalida rus ensiklopedik olimi, kimyogar, fizik, metrolog, iqtisodchi, texnolog, geolog, meteorolog, neftchi, o‘qituvchi Dmitriy Ivanovich Mendeleev tavalludining 190 yilligiga bag‘ishlangan "Менделеев – учёный и химик" (Mendeleev-buyuk olim va kimyogar) deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
-Ko‘rgazmada rus olimi D.Mendeleevning hayoti, uning ilmiy yo‘li haqidagi maqolalar taqdim etilgan.
-Kimyogar sifatida uning asosiy va eng mashhur kashfiyoti - kimyoviy elementlarning davriy jadvali.
-Ko‘rgazmada uning nafaqat kimyo, balki fizika, metrologiya, aeronavtika, navigasiya, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, pedagogika sohasidagi asarlari ro‘yxatini topishingiz mumkin.
-Uning ilmiy faoliyati nihoyatda keng va ko‘p qirrali.
-Hayoti davomida u turli sohalarga oid 1,5 mingdan ortiq asarlarni nashr etdi.
https://telegra.ph/Ozbekiston-Milliy-kutubxonasi-mutaxassislarining-navbatdagi-sayyor-tadbiri-02-09
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
https://telegra.ph/Xazoyin-ul--maoniy-Manolar-hazinasi-02-09-3
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
#Muvaffaqiyat_sirlari
📘 Noldan birga, Piter Til
✅ Kitob keng doiradagi o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
✅ O'zbekiston Milliy kutubxonasida O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy siyosatshunoslikda Navoiyning o'rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy uchrashuv bo'lib o'tdi
Unda O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktor o‘rinbosari S. Djampulatov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori J. Shabanov , shoira Gulchexra Shahobiddin qizi va bir qator universitet talabalari ishtirok etdi.
✅2017-yil 22-fevral sanasida kutubxonamizda o'tkazilgan Zayniddin Faxriddinov xotira uchrashuvi
Aynan bugun, 8-fevralda, sitruschi olim 102 yoshga kirgan bo'lar edi.
✅ Ozarbayjon madaniyat markazi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga kitoblar hadya etdi
📚 Hadya etilgan kitoblar kutubxona fondiga hamda viloyat axborot-kutubxona markazlariga topshirildi. Ushbu sovg‘a ikki qardosh - Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, madaniyat va tarixni targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
📚 Ushbu kitoblar to‘plami javonlardan munosib o‘rin egallaydi va o‘zbek kitobxonlarini ozarbayjon xalqi tarixi, iqtisodiyoti, madaniyati va hayoti bilan tanishtiradi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
✅ Bizda kitob taqdimotlari davom etadi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Turkiston” gazetasining 100 yilligi ( hozirgi “Yoshlar ovozi” ) gazetasi faoliyati, 1980-1990-yillar jurnalistikasi haqida adib, publisist To‘lqin Hayitning “Vaqtdan o‘zgan odamlar” xotira maqolalar to‘plamidan iborat kitobi taqdimoti bo‘lib o'tdi.
#Yoshlar_ijodi
DO‘STIM
Do‘stim, sizning qalbingiz osmon ekan, bilmabmiz.
Ko‘nglingizga yo‘l topmoq oson ekan, bilmabmiz.
Bu kamoldan, quvonchdan yuzinggizda rang desam,
Kaftinggizni o‘rtagan armon ekan, bilmabmiz.
Bu taqdirning tuhfasi, umidlarga qo‘l berdi,
Orzularim ijobat, menga yorug‘ yo‘l berdi,
Ilohi Robbim o‘zi ishq yaratib men uchun
Sizdan hech uzib bo‘lmas bir muqaddas dil berdi.
Yolvoraman o‘yinggiz o‘zga o‘yga ko‘chmasin,
Bag‘rim qonli bo‘lsin-u, sizdan quvonch kechmasin.
Nigohimga tun qo‘nib, mayli qolay g‘aflatda
Qaytib sizni hech qachon g‘am balosi quchmasin.
Yo‘linggizga yo‘l solib, bir kun yetib borurman.
Meni unutganlarni men yod etib borurman,
Qarshingizda turarman, qo‘limda baxt sharobi
“Iching!” deya har qachon sizga tutib borurman.
Do‘stim, sizning qalbingiz, osmon ekan, bilmabmiz.
✍️ Shohruh Imamov
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👤 Dispetcherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedralarida foydalanuvchilar tomonidan 2024-yil yanvar oyida eng ko‘p buyurtma berilgan adabiyotlar.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram l Instagram l NatlibuzMedia/featured">YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt