Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
NAMANGANLIK O‘QUVCHILAR JANUBIY KOREYADAGI XALQARO YOSHLAR FORUMIDA QATNASHADI
➖ Joriy yilning 22 – 24 – iyul kunlari Gyeongsangbuk-do provintsiyasi ta'lim boshqarmasi tomonidan global fuqarolik ta'limi bo'yicha xalqaro yoshlar forumi o‘tkaziladi.
🔗 AQSH, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, O‘zbekiston, Koreya Respublikasi, Mongoliya va Vetnamdan 141 nafar qatnashchi ishtirok etadigan mazkur forum SDG - Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan, 2030-yilgacha erishish mo'ljallangan 17 ta global maqsadlar to'plami: qashshoqlikni tugatish, tengsizlikni kamaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va barcha uchun tinchlik hamda farovonlikni ta'minlashga qaratilgan masalalarni o‘z ichiga oladi.
☄️ Quvonarlisi, ular orasida uch nafar namanganlik 10 – sinf o‘quvchilari - Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabidan Shahzoda Abdullayeva, Zilolaxon Jo‘rayeva va Chust tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabdan Lochinbek Sodiqjonov ham bor.
◀️ Shuningdek, tadbir doirasida «Xvaran» ta’lim markazi, Kyondju milliy muzeyi hamda ekspo markazlarga sayohatlar uyushtirish ko‘zda tutilgan.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
📢 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
📅 2025-yil 12-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi.
📌 Natijalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
✅ 1-bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 300 nafar nomzod 2-bosqich imtihoniga tavsiya etiladi.
🎯 2-bosqich natijalariga ko'ra 60 nafar eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar maktabga o‘qishga qabul qilinadi.
Bizni kuzating
MAKTABLARGA ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR TOPSHIRILMOQDA
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Respublika bo‘yicha umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirilib, taʼlim dargohlarini kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda.
➖Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 31-, 35-, 40-, 43-, 47- va 53-maktablariga zamonaviy kompyuter to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
🔰 Namangan viloyatidagi 107 ta umumtaʼlim maktabiga jami 1819 dona kompyuter jamlanmasi va printerlar yetkazib berildi.
➡️Buxoro viloyatidagi 26 ta umumtaʼlim maktabiga jami 442 dona zamonaviy kompyuter to‘plami, 26 ta nusxa ko‘chirish apparati taqdim etildi.
❕Mazkur texnik uskunalar maktablarda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘qitish sifatini oshirish, o‘quvchilarning raqamli ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
➖ Mamlakatimizda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratilgandi.
◀️ Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Chust tumanida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumandagi 70 - umumta’lim maktabida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida fan, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
✔️ Ta’lim muassasasida tashkil etilgan tadbirlarda tuman hokimi Baxtiyorjon Salimjonov qatnashdi. Hokim futbol, voleybol, stol tennisi, kurash, karate, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda faol qatnashayotgan yoshlar ishtirokini bevosita kuzatdi.
➡️ Shuningdek, rasm chizish, kitobxonlik, qo‘g‘irchoq teatri hamda musiqa san’ati yo‘nalishlarida o‘g‘il-qizlar o‘z iste’dodlarini namoyon etdi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Chet tillarini o‘rganishda yangi imkoniyat: Namanganda maktab o‘quvchilari uchun bepul kurslar tashkil etildi
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Namangan shahridagi 66-umumta’lim maktabida koreys va xitoy tillari bo‘yicha bepul o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu kurslar orqali o‘quvchilar boshlang‘ich til bilimlarini egallash, muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kelgusidagi kasbiy yo‘nalishini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Loyiha yosh avlodning til o‘rganish salohiyatini yuksaltirish, xalqaro muloqot qobiliyatini rivojlantirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ёшлар сиёсати: бандлик ва “Долзарб 90 кунлик” тадбирлари муҳокама қилинди
Наманган вилоят ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов раҳбарлигида ўтган видеоселектор йиғилишида вилоят ҳокимининг ўринбосарлари, ҳуқуқни мухофаза қилувчи идоралар, дахлдор ташкилот ва муассасалар раҳбарлари, шаҳар ва туманлар ҳокимлари, уларнинг ўринбосарлари ва бошқа мутасаддилар иштирок этдилар.
Йиғилишда дастлаб ёшлар бандлиги ва тадбиркорлигини таъминлаш, ўқувчиларнинг ёзги таътил даврини мазмунли ўтказиш, доирасидаги ишлар юзасидан вилоят ташкилотлари раҳбарларининг ҳисоботлари эшитилди.
Шунингдек, йиғилишда фуқаролар мурожаатлари ва вилоят ҳокими томонидан туманларда ўтказилган сайёр қабуллар натижалари ҳам кўриб чиқилди. Ҳар бир мурожаат ижроси қатъий назоратга олиниб, аҳоли муаммоларини бартараф этиш юзасидан масъулларга топшириқлар берилди.
Йиғилишда вилоят ИИБ бошлиғи Ш.Алиев ёшлар ўртасида ҳуқуқбузарликлар олдини олиш, уларни турли ёт ғоялардан асраш борасидаги ишлар ҳолати бўйича фикр-мулоҳазаларини билдирди.
Вилоят ҳокими ҳар бир масала юзасидан амалга оширилаётган чора-тадбирлар таъсири ва самарадорлигини ошириш лозимлигини таъкидлаб, галдаги долзарб вазифаларни белгилаб берди.
Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 54 - umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o'tkazilyotgan ma'naviy - ma'rifiy tadbirlar keng quloch yozmoqda
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
Kosonsoy tumag‘idagi 26 - umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida seminar tashkil etildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
Yangiqo‘rg‘on tumag‘idagi davlat - xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bog'cha, salom maktab" shiori ostida tadbir o'tkazildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
➖ Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi doirasida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Chust tumanidagi “Mehrjon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida kitobxonlikka bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
◀️ Jarayonda bolalarga turli mavzularda badiiy kitoblar tavsiya etilib, kitobxonlik bellashuvlari, savol-javoblar, adiblar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorinalar o‘tkazildi.
✔️ Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni mutolaa madaniyatiga yo‘naltirish hamda yozgi ta’til davrini intellektual jihatdan samarali o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон
📣 Hurmatli pedagoglar!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi maktablar uchun O‘QITUVCHILAR TANLOVIni e’lon qiladi.
➖ Yangi o‘quv yilida yurtimiz bo’ylab 20 dan ortiq yangi va zamonaviy maktablar ishga tushmoqda.
Bu yerda Siz o’z salohiyatingizni ro’yobga chiqarishingiz va yangi marralarni egallashingiz mumkin.
Bizni kuzating
Davlatobod tumanidagi 56 - umumta'lim maktabida tashkil etilgan "Dolzarb 90 kun" tadbirlari 700 nafar o‘quvchini qamrab oldi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
Prezident Qarori ijrosi doirasida Uychi tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda
➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 23 - sentyabrdagi PQ-330-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov Uychi tumanida bo‘lib, u yerda o‘ziga biriktirilgan xonadonlardagi aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
◀️ Samimiy muloqot davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, tumanning “Obod”, “O‘nhayat”, “Guliston” va “Pastguzar” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi 10 ta xonadonda o‘rnatilgan 5 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rganildi.
✔️ Ma’lumki, mazkur texnologik yechimlar elektr energiyasini barqaror yetkazib berishda muhim omil bo‘lmoqda. Uy xo‘jaliklari quyosh panellari orqali nafaqat o‘z ehtiyojlarini qondirish, balki ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyani davlatga sotish bilan bir qatorda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda.
💬 Bu esa aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda yashash darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
✅✅✅✅
➖ Pop tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 3 qavatdan iborat, 330 o‘rinli 80 – umumta’lim maktabi yangidan barpo etilib, uning qurilishiga 9 mlrd 284 mln so‘m investitsiya mablag’lari yo‘naltirilgan.
◀️ Tuman hokimi G’ulomjon Murodxo‘jayev hamda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakovlar mazkur ta’lim muassasasida bo‘lib, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirishdi. Sinf xonalari, sport maydoni va qolgan xonalardagi bajarilgan barcha ta'mirlash ishlari o'rganildi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
✈️ Cyber University — orzularingizning manziliga yo‘l shu yerdan boshlanadi!
📊 Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot… 8 ta zamonaviy bakalavriat yo‘nalishi va dunyoqarashingizni o‘zgartiruvchi ta’lim — shu yerda!
➖ Imtihon fanlari haqida o‘ylayapsizmi?
➖
Nega aynan Cyber University?
➖
Imkoniyatni boy bermang!
Bizni kuzating:
Yoshlar siyosati: Bandlik va "Dolzarb 90 kun" tadbirlari muhokama qilindi
Intervyu: A'zamjon Isakov
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
#бизнинг_шундай_ўқувчимиз_бор
IELTSdan 7,5 BALL
➖ Chortoq tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi Zulayho Odiljanova chet tilini bilish darajasi bo‘yicha IELTS dan bir urinishdayoq 7,5 ball yig’ib, yosh darajasi bo‘yicha viloyatdagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi.
✔️ 10 yoshidan xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirgan iqtidor egasi kelajakda huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olishni rejalashtirgan.
💬 Ta’kidlash joizki, joriy yilda birgina mazkur maktabning 95 nafar o'quvchisi IELTS va CEFR sertifikatlariga ega bo‘ldi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
Namangan shahar hokimi “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar bilan tanishdi
➖ 74-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
✔️ Shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev mazkur maktabda bo‘lib, ushbu dastur doirasida olib borilayotgan faoliyati bilan tanishdi.
➡️ Jarayonda hokim maskanda tashkil etilgan kitobxonlik, mental arifmetika, tabiy fanlar to‘garaklari, shuningdek, stol tennisi, shaxmat-shashka va futbol bo‘yicha sport mashg‘ulotlari hamda o‘yin musobaqalarini kuzatdi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🌟🌟🌟
Namangan tumanida “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar o‘rganildi
➖ Tuman hokimi Sadriddin Mo‘minov 16-, 41- umumta’lim maktablarida bo‘lib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.
◀️ Ta’lim muassasalaridagi to‘garaklar, sport musobaqalari va ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar o‘rganilib, bu kabi loyihalar orqali yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
https://uza.uz/oz/posts/jasorat-maktablariga-kirish-imtihonlari-davom-etmoqda_741298
Читать полностью…Янги Наманган туманидаги 86-мактабда қурилиш-таъмирлаш ишлари давом этмоқда
Янги Наманган туманида жойлашган 86-сонли умумтаълим мактабида кенг қамровли қурилиш ва таъмирлаш ишлари амалга оширилмоқда. Мавжуд 420 ўринли бино ёнидан қўшимча 620 ўринли янги ўқув биноси барпо этилмоқда.
Лойиҳа доирасида мактабнинг кириш қисми, ҳовлиси, синф хоналари ва спорт зали замонавий талабларга мос ҳолда янгиланмоқда. Бу мақсадлар учун 7,5 миллиард сўм маблағ ажратилган. Мактабнинг янгиланиши эса ўқувчилар учун қулай ва замонавий таълим муҳитини яратишга хизмат қилади.
Туман ҳокими объектда олиб борилаётган ишлар билан яқиндан танишиб, жорий таъмирлаш ва қурилиш жараёнларини тезкор ва сифатли амалга ошириш бўйича масъулларга аниқ вазифалар юклади.Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
"Ta'til oqshomi" shiori ostida To‘raqo‘rg‘on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
Universal jang sport turi bo‘yicha O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Joriy yilning 11–15-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l shahrida sportning Universal jang turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Osiyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchilar qatorida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardilar.
🏅Yangi Namangan tumani 57-maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiy Imomaliev Jahongirmirzo chempionatda ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Xalqaro sport ustasi (XSU) unvoniga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek
Muhiddinov Ulug‘bek — Yangi Namangan tumani 57-maktab, 18+ yosh, 80 kg vazn toifasida – 🥉 3-o‘rin
Abdullayev Nurmuhammad — Uychi tumani 27-maktab, 6-sinf o‘quvchisi, 12–13 yosh, 30 kg – 🥇 1-o‘rin
Burhonov Muhammadnizo — Davlatobod tumani 58-maktab, 4-sinf, 10–11 yosh, 35 kg – 🥉 3-o‘rin
Abduazizov Rahmatullo — Namangan shahar 14-maktab, 5-sinf, 10–11 yosh, 30 kg – 🥉 3-o‘rin
Abduvahobov Alisher — Davlatobod tumani I.Z.B. maktabi, 5-sinf, 12–13 yosh, 40 kg – 🥉 3-o‘rin
Olimov Temur — Davlatobod tumani I.Z.B. maktabi, 3-sinf, 10–11 yosh, 50+ kg – 🥇 1-o‘rin
🇺🇿Ushbu sportchilar o‘z mahorati va matonati bilan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi va O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib vatanimizga qaytishdi.
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati
📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube
#mental_kids
➖ Viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi tashabbusi bilan Norin tumanida "Mental kids" Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
🔗 Mazkur bellashuvda tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan "Barkamol avlod" bolalar maktablarining “Mental arifmetika” to‘garak a’zolari o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
✍️ Aqliy salohiyat, tezkor fikrlash va aniqlik mezonlariga asoslangan tanlov murosasiz va qizg‘in ruhda kechdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, Norin tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak a’zosi Asilbek Abdujalilov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda tanlovning mamlakat bosqichida viloyat sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.
◀️ G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
ЯНГИ БИНО ҚАД РОСТЛАМОҚДА
Уйчи туманининг Гулбоғ МФЙ ҳудудида жойлашган 46-сонли давлат мактабгача таълим ташкилотига 3 млрд. 600 млн. сўм маблағ эвазига 120 ўринли янги бино қурилмоқда.
Мазкур муассаса мамлакатимиз раҳбарининг 2024 йил 24 декабрдаги “2025-2027 йилларда Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-454-сонли қарорига асосан инвестиция дастурига киритилган.
Айни вақтда бу ерда “Наманган махсус иншоат қурилиш” МЧЖ томонидан қурилиш ишлари амалга оширилмоқда.
Вилоят ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов мазкур объектда бўлиб, амалга оширилаётган ишлар билан танишди ва қурилиш сифатига алоҳида эътибор қаратиш зарурлигини таъкидлади.
Уйчи тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
"Ta'til oqshomi" shiori ostida Uchqo'rg'on tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a'zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram | Facebook | Veb Sayt
Тест синовлари бошланди: Наманган вилояти ҳокими тест синовлари ўтказилаётган манзилларда яратилган шароитларни ўрганди
Айни кунларда Республикамизнинг барча ҳудудларида олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш учун тест синовлари босқичма-босқич ўтказилмоқда. Ушбу муҳим жараён қандай ташкил этилганини ўрганиш мақсадида Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов бугун тест синовлари ўтказилаётган ҳудудлардаги мавжуд шарт-шароитлар билан яқиндан танишди.
Дастлаб “Олимпия ва Паралимпия спорт турларига тайёрлаш маркази” ҳамда Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг Наманган вилоят филиалида тест топширувчилар ва уларнинг яқинлари учун яратилган кутиш майдонлари, тиббий ёрдам масканлари, совитиш воситалари, хавфсизлик ва тартиб-интизомни таъминлаш чоралари, шунингдек, тестларнинг шаффоф ва адолатли ўтишини таъминлаш бўйича кўрилган чора-тадбирлар билан танишилди.
Кейинги манзил Наманган давлат техника университети бўлди. Университет спорт мажмуасида 240, университет ҳузуридаги 1-сон академик лицейда эса 480 ўрин абитуриентларни қабул қилиш учун шай ҳолатга келтирилган. Тест синовлари ушбу биноларда икки сменада ташкил этилмоқда.
Вилоят ҳокими тест топшираётган абитуриентларнинг ота-оналари билан суҳбатлашиб, уларнинг фикр ва мулоҳазаларини тинглади. Ўрганиш давомида вилоят ҳокими мутасаддиларга тегишли топшириқ ва кўрсатмаларни берди. Жумладан, тест жараёнларининг тўлиқ шаффофликда ўтиши, абитуриентларга қулай ва осойишта муҳит яратилиши, ота-оналарга эса барча зарур шароитлар таъминланиши лозимлиги таъкидланди.
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.
Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.
Shuningdek:
➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;
➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;
➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;
➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;
➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;
➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;
➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.
Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!
Bizni kuzating
Гулчилик "Кесканёр"нинг янги анъанасига айланмоқда
" Кесканёр" маҳалласида томорқа маданияти тобора юксалиб, унга гул экиш ҳам қўшилмоқда. Ҳозирда ҳар бир ҳовли томорқаси нафақат маҳсулот етиштириш манбаи, балки кўз қувнар гулзорга айланмоқда.
Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов мазкур маҳаллада истиқомат қилувчи Ҳадиса ая Алибоева хонадонида бўлди.
Бу ҳовлига кирган ҳар бир киши ўзини гўёки гуллар боғида юргандек ҳис этади. Атиргул, райҳон, диефенбахия, кактус, орхидея каби ўсимликлар нафақат гўзаллик бағишламоқда, балки кайфиятни кўтариб, экологик муҳитни ҳам яхшиламоқда.
— Маҳаллаларда томорқадан унумли фойдаланиш билан бирга, бундай гулзорлар яратилиши инсонда ижобий кайфият уйғотади, муҳитни яшнатади, — деди вилоят ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов. — Бу тажриба бошқа ҳудудлар учун ҳам ибрат бўлиши лозим.
✈️ Cyber University — orzularingizning manziliga yo‘l shu yerdan boshlanadi!
📊 Kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot… 8 ta zamonaviy bakalavriat yo‘nalishi va dunyoqarashingizni o‘zgartiruvchi ta’lim — shu yerda!
➖ Imtihon fanlari haqida o‘ylayapsizmi?
➖
Nega aynan Cyber University?
➖
Imkoniyatni boy bermang!
Bizni kuzating: