namanganv_xtb | Неотсортированное

Telegram-канал namanganv_xtb - Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

43786

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot

Подписаться на канал

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga ariza topshirish bo'yicha video yo'riqnoma

✅ Milliy dasturga ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.

💥Dunyoning nufuzli oliygohlarida talaba bo'lishni maqsad qilgan yoshlarimizni Milliy dasturda kutib qolamiz.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Bolalar_kutubxonasi
#Dolzarb_90kun

😵‍💫 Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi mamlakatimiz bo’ylab keng amalga oshirilmoqda.

✔️ Mazkur tashabbus doirasida Kosonsoy tumanidagi 26- umumta’lim maktabi hamda Muhammadsharif So'fizoda nomidagi bolalar kutubxonasi hamkorligida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🔗 Kechada o‘quvchilarga rang-barang kitoblar, ertaklar, qiziqarli hikoyalar va yangi adabiyotlar haqida ma’lumot berildi. Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, badiiy tafakkurini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish maqsadida turli interaktiv o‘yinlar, savol-javoblar va viktorinalar tashkil etildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog’lomlashtirish jarayonlarini qay tarzda amalga oshirilayotgani masalalarini o’rganish yuzasidan boshqarma boshlig’i A’zamjon Isakov Namangan tumanidagi 1- va 20 – sonli bog’chalarda bo’ldi.

🔗 “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat, yozgi sog’lomlashtirish mavsumida muassasalardagi bolalarning salomatligini mustahkamlash, ma’nan va jismonan chiniqtirish, vaqtlarini unumli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

💬 Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, sharoitlar o‘rganildi. Sport va musiqa xonalaridagi moddiy-texnik baza ko‘zdan kechirilib, kichkintoylarning mashg’ulotlardagi ishtiroki kuzatildi. Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar yuklandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10 - umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fanga oshno etish, kreativ g‘oya va fikrlari bilan muntazam o‘rtoqlashib borish hamda yozgi ta’til kunlarini mazmunli va saviyali tashkil etish maqsadida davlatimiz rahbari belgilab bergan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 64 -umumta’lim maktabida ham keng quloch yozgan.

🛠 13 turdagi to‘garaklarda 100 nafardan ziyod yoshlar mashg‘ulotlar bilan band. Qolaversa, turli tanlov va tadbirlarda kashf etilayotgan yangi chehralar ilm dargohi uchun muvaffaqiyat manbai.

💬 Bir so‘z bilan aytganda, bugungi o'g'il - qizlar ertangi kunimizning chinakam davomchilari, ilm-fan yutuqlarining istiqbolidirlar.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Mazkur topshiriqlar doirasida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 4- umumta’lim muassasasida ham faol amalga oshirilmoqda. Yozgi ta’til davomida yoshlar fan to‘garaklari, sport va musiqa mashg‘ulotlari, kitobxonlik bellashuvlarida ishtirok etmoqdalar.

Quvonarlisi shundaki, o‘quvchilar yangi bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, tikuvchilik va pazandachilik ortidan daromad ham topmoqdalar. Kunlik jarayonlarga 500 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar qamrab olinib, 23 turdagi to‘garak mashg‘ulotlari muntazam olib borilmoqda.

Quvonarlisi shundaki, o‘quvchilar yangi bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, tikuvchilik va pazandachilik ortidan daromad ham topmoqdalar.
Kunlik jarayonlarga 500 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar qamrab olinib, 23 turdagi to‘garak mashg‘ulotlari muntazam olib borilmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#imtihon_2025
#Prezident_maktablari

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarda Kosonsoy tumanidagi 28 - umumta'lim maktabi o‘quvchi - yoshlari faol ishtirok etmoqda

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Bolalar_kutubxonasi
#Dolzarb_90kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Muhammadsharif So'fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Uychi tumanida joylashgan "Umid nihollari" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida kitobxonlik tadbiri o'tkazildi.

🔗 Kechda kutubxona xodimlari bolalarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tanishtirdilar, “Eng yaxshi kitobxon” musobaqalari, savol-javoblar, ijodiy bellashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, kitob o‘qish madaniyati, axborot manbalaridan to‘g‘ri foydalanish, yozgi ta’tilni ilm olish va rivojlanish davriga aylantirish borasida muhim tavsiyalar berildi.

Jarayonda ishtirok etgan eng faol yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

O‘zbekiston milliy pedagogika universitetidan yangi avlod ta’limi

📣O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzurida, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab chuqur bilimga ega o‘qituvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan Aniq fanlar oliy maktabi (School of Exact Sciences) tashkil etilmoqda.

🎓 Oliy maktab quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarini taklif etadi:

• 60540100 — Matematika
• 60610100 — Axborot tizimlari va texnologiyalari
• 60610500 — Sun’iy intellekt va robototexnika

O’quv dastrulari Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda , “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

✨ Darslar ingliz va o’zbek tillarida malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

📌 QABUL: 2025-yilgi qabul jarayoning 2-bosqichida O'MPU ni tanlang va kelajak ta’limining bir qismiga aylaning.

📍Toshkent sh., Bunyodkor k, 27-uy.
🌐https://uznpu.uz/
📞: +998712024421

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Vakansiya

🌟Ta'lim sohasida yangi yutuqlarga erishishni istaysizmi!
Bu-aynan siz uchun imkoniyat!

Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari bilan tashkil etilgan "Prezident iqtidorli farzandlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, Sizni o‘zining professionallar jamoasiga taklif etadi.

🔎 Biz - Xorijda ta'lim olgan va amaliy tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali va fidoyi pedagoglarni ishga taklif qilamiz.
Maktabda quyidagi fanlardan darslar ingliz tilida o’tiladi:
* Fizika
* Kimyo
* Biologiya
* Matematika
* Kompyuter texnologiyalari
* Xalqaro siyosat
* Biznes boshqaruvi
* Iqtisod
* San’at va madaniyat
* Tadqiqot
* Ingliz tili

Quyidagi fanlardan darslar o’zbek tilida o’tiladi:
* Ona-tili va adabiyoti
* O‘zbekiston va jahon tarixi

Ikkinchi xorijiy til sifatida o'tiladigan Fransuz va Nemis tili o'qituvchilari uchun ham bo'sh ish o'rinlari mavjud

🎓 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️IELTS 7.5 va undan yuqori darajadagi ingliz tili sertifikatiga ega bo'lishi
✔️ Kamida magistr darajasi (tegishli mutaxassislik bo'yicha)
✔️ 2 yildan ortiq pedagoglik tajribasi
✔️ 9–11-sinf o‘quvchilari bilan ishlashda yondashuv va murabbiylik mahorati
✔️ O‘quvchilarni xalqaro imtihonlar va dunyoning TOP-10 talik universitetlariga tayyorlash bo'yicha tajribasi
✔️Xorijning nufuzli TOP-300 talik Universitetlarida tahsil olgan bo’lishi ✔️IB dasturi asosida ta'lim bera olish malakasi

💼 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?
🔹 Yuqori va barqaror maosh
🔹 Mamlakatdagi eng iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati
🔹 Zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar
🔹 Xalqaro Bakalavriat (IB) dasturi asosida dars berish imkoniyati
🔹 Ijodkorlik, tashabbus va erkin pedagogik metodikalarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhit
🔹 Kasbiy o‘sish, xalqaro tajriba almashuvi va doimiy malaka oshirish imkoniyatlari

📨 Arizalar 2025-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.
📎 Hujjatlar ro‘yxati:

* Ingliz tilidagi yangilangan CV
* Ma'lumotnoma (obyektivka) oxirgi 3 oyda tushilgan rasm bilan
* Ingliz tili sertifikati (IELTS 7.5+, TOEFL iBT 109+) yoki unga tenglashtirilgan sertifikatlar)
* Bakalavr va Magistratura diplomlarining nusxasi
* GRE (75+), GMAT (75+), SAT (1300+), TESOL, CELTA kabi sertifikati borlarga ustunlik beriladi
📥 https://job.piima.uz/send-cv manziliga hujjatlaringizni yuboring

📲Savollaringizni esa quyidagi Telegram botga yuboring: @BeruniyHireBot

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

«Dolzarb 90 kun» tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi

Namangan tumani hokimligining majlislar zalida viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov boshchiligida umumta’lim maktablari direktorlari va yoshlar yetakchilari ishtirokida «Dolzarb 90 kun» tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim muassasalari va mahalla yetakchilarining o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqotda «Dolzarb 90 kun» davomida o‘zaro hamjihatlikdagi tadbirlar izchilligini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarga asoslangan qiziqarli to‘garaklar joriy etib, ularga o‘g‘il-qizlarni ko‘proq jalb etish zarurligi ta’kidlandi.  

Shu bilan birga, umumta’lim muassasalarida kutubxonalar, sport zallari va sanitar-gigiyenik xonalarni ta’mirlash, ularni zarur vositalar bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Namanganlik 6-sinf o‘quvchisi CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Izoh: sertifikat haqiqiyligi QR-kod orqali tekshirildi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/35002/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#kasbiy_sertifikatlash

📣 Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.

Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari quyidagi manzillarda oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

📍 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

✔️Prezident maktabi: bir o‘ringa 197 talabgor

✔️Tadbirkor homiyligida maktab ko‘rkamlashadi

“Namangan haqiqati” gazetasi

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov Namangan tumanidagi 26 – umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasadagi obodonlashtirish ishlari, yaratilgan shart – sharoitlar va moddiy texnik baza ko‘zdan kechirildi.

✔️ Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan bog‘liq ishlarni namunali olib borish, sinf xonalaridagi shart – sharoitlar zamon talablari darajasida bo‘lishi yuzasidan tegishli tavsiya va muhim vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Янги Наманган туманидаги 60-мактабда капитал таъмирлаш ишлари олиб борилмоқда

Янги Наманган туманида жойлашган 60-мактабда инвестиция дастури доирасида капитал таъмирлаш ишлари амалга оширилмоқда. Таъмирлаш лойиҳасига асосан мактабнинг кириш қисми, ҳовлиси, ёзги спорт майдони, синф хоналари ва спорт зали тубдан янгиланмоқда.

Мактаб ҳовлисида пиёдалар йўлаклари ва саф майдони чизиқлари янгидан ташкил этилади. Йўл ҳаракати қоидалари хонаси барпо қилиниши, 360 градуслик кузатув камераси ўрнатилиши ҳамда workout зонаси яратилиши режалаштирилган.

Ушбу ишлар учун 15 миллиард сўм маблағ ажратилган бўлиб, таъмирлаш жараёнларини сифатли ва ўз вақтида бажариш юзасидан туман ҳокими томонидан тегишли топшириқлар берилди.

Янги Наманган тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

👉 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | yanginamangantumanihokimligi">Youtube | Guruh

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fanga oshno etish, kreativ g‘oya va fikrlari bilan muntazam o‘rtoqlashib borish hamda yozgi ta’til kunlarini mazmunli va saviyali tashkil etish maqsadida davlatimiz rahbari belgilab bergan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 64 -umumta’lim maktabida ham keng quloch yozgan.

🛠 13 turdagi to‘garaklarda 100 nafardan ziyod yoshlar mashg‘ulotlar bilan band. Qolaversa, turli tanlov va tadbirlarda kashf etilayotgan yangi chehralar ilm dargohi uchun muvaffaqiyat manbai.

💬 Bir so‘z bilan aytganda, bugungi o'g'il - qizlar ertangi kunimizning chinakam davomchilari, ilm-fan yutuqlarining istiqbolidirlar.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Oliy toifaga munosib baho

Joriy yilgi attestatsiya sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy malaka toifasini himoya qilib, natijada 70 foizli ustama olish huquqiga ega bo‘lgan Yangiqo‘rg’on tumanidagi 10 – umumta’lim maktabining o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Nilufar Ashurovaning dil so‘zlari

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Mazkur topshiriqlar doirasida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 4- umumta’lim muassasasida ham faol amalga oshirilmoqda. Yozgi ta’til davomida yoshlar fan to‘garaklari, sport va musiqa mashg‘ulotlari, kitobxonlik bellashuvlarida ishtirok etmoqdalar.

Quvonarlisi shundaki, o‘quvchilar yangi bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, tikuvchilik va pazandachilik ortidan daromad ham topmoqdalar. Kunlik jarayonlarga 500 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar qamrab olinib, 23 turdagi to‘garak mashg‘ulotlari muntazam olib borilmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Namanganda “Yangi O‘zbekiston” universitetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Universitet ta’lim jarayonlari to‘liq ingliz tilida olib borilishi sababli, imtihonlar ham ingliz tilida tashkil etildi. Ishtirokchilardan 40 ta topshiriqdan iborat test yechish talab etilib, buning uchun 120 daqiqa vaqt ajratildi.

✔️ Jarayon videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qo‘llagan holda ota-onalar hamda jamoatchilikka onlayn tarzda namoyish etib borilishi ta’minlandi.

🔗 Ta’kidlash joizki, imtihon savollari Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan tuzilgan va ushbu tashkilot tomonidan tekshiriladi.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Anons. Namangan davlat pedagogika institutining salohiyatli o’qituvchisi Ra’no Lutfiddinova faoliyatini Madaniyat va ma’rifat kanalining “Muallimning bir kuni” teleloyihasida tomosha qiling.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 22 - umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" doirasidagi tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#мактабгача_таълим

😵‍💫 Namanganda yozgi sog’lomlashtirish mavsumida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining salomatligini mustahkamlash, ma’nan va jismonan chiniqtirish, vaqtlarini unumli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔗 Norin tumanidagi 27 - hamda 50 - sonli bog’chalarda yigirmadan ortiq to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari, aqliy faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar bolajonlarning sog’lom rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Milliy qadriyatlarimizni saqlash va yosh avlodga yetkazish jarayoni ta’lim tizimining barcha bosqichlarida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida bu jarayon bolalarning ilk bilim va tarbiya olish bosqichida shakllanib, milliy urf-odatlar, an’analar, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatish orqali ularning madaniy merosimizga bo‘lgan hurmati oshishiga xizmat qiladi.

💬Ta’kidlash joizki, tumanda 52 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda 9054 nafar bola ta’lim – tarbiya olib kelmoqda

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#UCHRASHUV
Kelajak taʼlimi uchun hamkorlik: vazir oʻrinbosari bilan muhim muloqot

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari E'zozaxon Gapirjanovnaning Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrifi doirasida institut jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari bugungi kundagi maktab va maktabgacha hamda oliy taʼlim muassasalari oldida turgan dolzarb masalalar, maktab va OTM oʻrtasida aloqalarni mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, institut rektori tomonidan oliygohning yangi oʻquv yilidagi istiqboldagi rejalari, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, bunyodkorlik ishlari, pedagog-xodimlar va talaba-yoshlar uchun zamonaviy, qulay sharoitlar yaratish, infratuzilmani rivojlantirish borasidagi tashabbuslar haqida taqdimot qilindi.

Tashrif doirasidagi uchrashuv institut hayotida yangi bosqichni boshlab berishi, taʼlimda uzviylik va sifatni taʼminlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 /channel/namspii

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#TASHRIF
Vazir oʻrinbosarining NamDPIga rasmiy tashrifi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Karimova E’zozaxon Gapirjanovna Namangan davlat pedagogika institutiga rasmiy tashrifini amalga oshirdi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari institut rektori B.Xusanov boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari bilan samimiy suhbatlashdi.

Shu bilan birga, institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar hamda institut tarkibidagi har bir kafedra faoliyati bilan alohida tanishib, ularning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion yo‘nalishdagi ishlari yuzasidan maʼlumot oldi. Kafedra jamoalarining pedagogik salohiyati, ta’lim sifati, o‘quv dasturlari va amaliyotga yo‘naltirilgan tashabbuslari baholandi.

Shuningdek, institut infratuzilmasi, zamonaviy taʼlim texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalar, ilmiy laboratoriyalar ko'zdan kechirildi.

♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 /channel/namspii

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

"...Prezident juda uzoq va natija beradigan maqsadni ilgari surgan. Biz mana shu maqsad sari intilyapmiz. Va buning natijasini maktab taʼlimida koʻryapmiz..."

Namangan davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Xusanov

"Oʻzbekiston 24"— "Ortga qaytmas islohotlar"

♻️ Kanalga ulanish👇
🌐 /channel/namspii

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Namangan_Flowers_Fest_2025

НАМАНГАНДА ГУЛЛАР БАЙРАМИ! ЭНГ КАТТА ФЕСТИВАЛГА ТАЙЁР ТУРИНГ!

25 майдан 29 июнгача "64-Халқаро Гуллар Фестивали" сизга ёрқин гуллар, ажойиб тадбирлар ва унутилмас таассуротлар оламини тақдим этади!

Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Вазир_жамғармаси

"Vazir jamg‘armasi" ustamasiga nomzod ustozlarni saralashning 2-bosqich jarayonlaridan foto va videoreportaj

Ma'lumot o'rnida: bugun 2-bosqich sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Sirdaryo, Namangan, Buxoro, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlar 8-mayga qadar davom etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Подписаться на канал