namanganv_xtb | Неотсортированное

Telegram-канал namanganv_xtb - Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

43786

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot

Подписаться на канал

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Xalqaro_tanlov

Joriy yilning 30-aprel — 5-may kunlari Ispaniya davlatining Loret de Mar shahrida “Sea Sun Festival” hamda “Costa Bravo go’zalliklari” Xalqaro tanlovi o’tkazildi.

Unda 12 davlatdan 300 nafarga yaqin iste’dodli yoshlar ishtirok etib, “Milliy raqs”, “Estrada-vokal”, “Cholg’u ijrochiligi” hamda “Tasviriy va amaliy san’at” yo’nalishlari bo’yicha kuch sinashishdi.

❗️Mazkur tanlovda "Barkamol avlod" bolalar maktablarining jamoalari ham munosib ishtirok etishdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra:

📍Samarqand viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi — 7 ta oltin va 8 ta kumush medal,
📍Namangan viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi — 3 ta kumush va 1 ta bronza medal,
📍Surxondaryo viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi — 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Barcha o‘quvchilarimizni xalqaro g‘alaba bilan tabriklaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#PISA_2025

Ertaga mamlakatimizda PISA 2025 xalqaro sinovlariga start beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan PISA 2025 asosiy sinovlariga tayyorgarlik bosqichida test administratorlari uchun maxsus treninglar tashkil etildi.

Unda kompyuter va texnik qurilmalarni soz holatda tayyorlash, AKT mutaxassislarining vazifalari, shuningdek, umumiy tashkiliy jarayonlar bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalar berildi.

Ma’lumot uchun: joriy yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafarga yaqin 15 yoshli oʻquvchining bilimi PISA xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Batafsil videolavhada tanishishingiz mumkin.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#al_Xorazmiy
#xalqaro_olimpiada

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi

Olimpiada 7-13-may kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.

Eslatma: III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.

Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#attestatsiya_2025
#Xushxabar

🔴 Malaka toifa sinovlari davom etmoqda. Bugun malaka toifa sinovlarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Sirdaryo viloyati, Guliston tumanidagi 11-maktab o'qituvchisi Zulfiya Ismatova 90 ball,

Jizzax shahridagi 29-maktab o‘qituvchisi Dildora Tursunmurodova 90 ball,

Forish tumanidagi 67-maktab o'qituvchisi Zohid Ilhomov 92 ball,

Peshku tumanidagi 26-maktab o'qituvchisi Mayram Nizomova 94 ball,

Margʻilon shahardagi 29-maktab o‘qituvchisi Odinaxon Xoshimova 90 ball,

Namangan shahridagi 31–maktab ‘qituvchisi Feruza Rajabboyeva 90 ball,

Namangan shahridagi “Yuksalish” maktab o‘qituvchisi Nozimaxon Xudayberdiyeva 88 ball,

Namangan shahridagi 26–maktab o‘qituvchisi Munisa Moxirjonova 88 ball,

Davlatobod tumanidagi 84–maktab o‘qituvchisi Fotima Djabbarova 92 ball,

Namangan shahridagi 22–maktab o‘qituvchisi Ominaxon Akbarova 88 ball,

Namangan shahridagi 85–maktab o‘qituvchisi Dilshodaxon Usmanova 88 ball,

Chust tumanidagi 19-DIMI oʻqituvchisi Yulduzoy Karimova 88 ball,

Chust tuman 56–maktab oʻqituvchisi Goʻzal Ulkanova 94 ball,

Navoiy shahridagi 21-o'qituvchisi Orasta Axtamova 92 ball,

Navoiy shahridagi 12-maktab oʻqituvchisi Dilafruz Qayumova 90 ball,

Navoiy shahridagi 19-maktab oʻqituvchisi Gulsara Yoqubova 88 ball,

Qo'shko'pir tumanidagi 35-maktab o‘qituvchilari Yoqutjon Rahimova 92 hamda Aziza Hasanova 90 ball,

Qo'shko'pir tumanidagi 18-maktab o‘qituvchisi Ziynatoy Ibadullayeva 92 ballni qo'lga kiritdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Attestatsiya_2025

✔️Namangan shahridagi 31 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Feruza Rajabboyeva 90 ball bilan oliy malaka toifasiga o‘tdi.

✔️Namangan shahridagi “Yuksalish” maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Nozimaxon Xudayberdiyeva 88 ball bilan oliy malaka toifasiga o‘tdi.

✔️Namangan shahridagi 26 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Munisa Moxirjonova 88 ball bilan oliy malaka toifasiga o‘tdi.

✔️Davlatobod tumanidagi 84 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Fotima Djabbarova 92 ball bilan oliy malaka toifasini saqladi va 70 foizli ustamaga ega bo‘ldi

✔️Namangan shahridagi 22 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Ominaxon Akbarova 88 ball bilan oliy malaka toifasini himoya qildi va 70 foizli ustamaga ega bo‘ldi

✔️Namangan shahridagi 85 – umumta’lim maktabining boshlang’ich ta’lim o‘qituvchisi Dilshodaxon Usmanova 88 ball bilan birinchi toifaga o‘tdi

✔️Chust tumanidagi 19-DIMIning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Yulduzoy Karimova 88 ball bilan oliy malaka toifasiga oʻtdi

✔️Chust tuman 56 – umumta’lim maktabining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Goʻzal Ulkanova 94 ball bilan birinchi malaka toifasiga oʻtdi

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

https://uza.uz/oz/posts/global-money-week-davom-etmoqda_716091

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

VAZIR MASLAHATCHISI ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI

Unda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Ulug’bek Toshkenboyev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari, Pedagogik mahorat markazi mas’ullari hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.

✉️ Jarayonda viloyatdagi tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, sifat va samaradorlikka e’tibor qaratildi. Ta’limni rivojlantirishda avvalo murabbiyning bilim, tajribasini oshirish, ko‘tarish masalalari ta’kidlandi.

◀️ Shuningdek, bo‘lib o‘tadigan PISA 2025 xalqaro tadqiqoti doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalinib, uning ahamiyati borasida tushunchalar berildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Наманган вилояти ИИБ раҳбарияти Янги Наманган туманидаги 60-сонли мактабнинг таъмирлаш жараёни билан танишди

Ички ишлар вазирлигининг жорий йил 31 мартдаги фармойишига асосан ҳудудлардаги мактабларга ташкилий ва тарбия-методик жиҳатдан манзилли кўмаклашиш мақсадида ишчи гуруҳи таркиби тасдиқланиб, ИИВ ва вилоят Ички ишлар бошқармаси раҳбарияти бошчилигидаги ишчи гуруҳлар томонидан ҳудудлардаги мактабларда ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.

Жумладан, бугун вилоят Ички ишлар бошқармаси раҳбарияти Янги Наманган туманидаги 60-сонли мактабда бўлиб, таълим муассасасининг маъмурий биноси ва ўқув хоналаридаги қурилиш жараёни кўздан кечирилди ҳамда мукаммал таъмирлаш режаси билан танишилди.

Шунингдек, мактаб биносининг замонавий талабларга мос равишда таъмирланиши, ўқувчилар учун қулай ва хавфсиз шароитларни яратиш, шу билан бирга, таълим сифатини ошириш ҳамда ўқув-тарбия жараёнини самарали ташкил этиш бўйича масъул ходим ва мутахассисларга аниқ топшириқлар берилди.

Наманган вилояти ИИБ Ахборот хизмати.

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Iqtidor maktab ansambli: iste’dodli yoshlar bir sahnada

Iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy salohiyati va tashabbuslarini keng jamoatchilikka namoyish etish, yosh havaskor ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Namangan tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilib, unda tumandagi 11 ta umumta’lim maktab jamoalari o‘zaro musiqiy bellashuvda kuch sinashdi. Har bir jamoa o‘z repertuaridan jonli ijroda musiqa asarlarini taqdim etdi. Ishtirokchilar ijodiy yondashuv, sahnadagi madaniyat, asarlarni ijro etish texnikasi bo‘yicha baholandi. Tanlov yakunida 41-umumta’lim maktabining “Yoshlik” ansambli eng yuqori natijani ko‘rsatib, 1-o‘ringa loyiq deb topildi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

🧠Bunday tanlovlar o‘quvchilar o‘rtasida san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Informatika fani o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi

🖥Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlaridagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan informatika fani o‘qituvchilari uchun navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 100 dan ortiq pedagog ishtirok etdi.

🔖Seminar Raqamli texnologiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni soha mutaxassislari — Kamoliddin Rahimov, Firdavs Rustamov va Sobitxon Toshtemirov olib bordilar.

✉️Unda ishtirokchilarga raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz dan foydalanish tartibi, sohadagi eng so‘nggi tendensiyalar, shuningdek, IT-ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatlari va ularning ahamiyati haqida muhim tavsiyalar taqdim etildi.

Mutaxassislarning axborot texnologiyalari sohasiga oid davlat siyosati, mavjud imkoniyatlar va yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi ma’ruzalari seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir yakunida o‘qituvchilarning savollariga javob berildi va o‘zaro tajribalar almashildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

TO‘RAQO‘RGʻONDA PREZIDENT QARORI YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

🤔O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 - yil 3 - yanvardagi "2025 - yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1 sonli qarorida voyaga yetmaganlar ta’lim-tarbiyasi, ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan.

“Fayziobod” MFY hududida joylashgan 24-umumta’lim maktabida tashkil etilgan mazkur qaror ijrosiga bag‘ishlangan seminarda tuman hokimi Sherali Qosimov, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i E’zoza To‘raboyeva, barcha maktab va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, mahalla nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📊Tadbirda o‘g‘il – qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ta’lim – tarbiya jarayonlari, “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Ilm maskanida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, tomorqadan unumli foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Yuqori sinf o‘quvchilari bilan muloqot asnosida ularning kelgusidagi maqsadlari, qaysi oliy ta’lim dargohiga topshirishi, tanlagan kasblari borasida o‘rtoqlashildi. Seminar yakunida berilgan savollarga amaliy javoblar olindi.

Ta’kidlash joizki, ayni paytda ilm maskanida 24 ta fan, 5 ta ijod va sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishlarga 400 dan ortiq o‘quvchi – yoshlar qamrab olingan. Shuningdek, muassasa jamoasi maktab tomorqasidan unumli foydalanib, har yili qulupnay yetishtirib sotish orqali 50 mln so‘m daromad topib kelmoqda.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

YANGIQO‘RG’ON TUMANIDAGI 47 – SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

◀️Amalga oshirilayotgan ishlar, to‘garaklar faoliyati, “Ilk qadam” o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig’i Abdurashid Qayumov mazkur bog’chada bo‘ldi. Har bir guruh xonalari ko‘zdan kechirilib, mas’ullar bilan suhbat asnosida ushbu maskan kelajagimiz egalari uchun xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Aytish joizki, “Yangi Bog’iston” MFY hududida joylashgan 150 o‘rinli muassasa ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning qurilishiga 6 mlrd 900 mln so‘m investitsiya mablag’lari yo‘naltirilgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Universal jang turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi

Yangiqo‘rg‘on tumanida sportning universal jang turi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi. Uning tantanali ochilish marosimida Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi Asadullo Najmiddinov hamda mutasaddi rahbarlar, sport sohasining murabbiylari va jamoatchilik vakillari qatnashishdi. Marosimda so‘z olgan tuman hokimi barcha ishtirokchilarga omad tiladi va bu kabi tadbirlar yoshlarni jismonan chiniqtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Uch bosqichdan iborat bellashuvda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yuzlab sportchilar kuch sinashishdi.

Yakuniy bahslar orqali har bir vazn toifasi va yosh guruhida g‘oliblar aniqlandi. G’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda maxsus kamar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

“Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida Norin tumanidagi 1- hamda 40- umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorlari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ota – onalarga murojaat qilindi. Yo‘llangan murojaatda ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilishga o‘rgatish, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, ekologik madaniyat, farzandlar vaqtini behuda o‘tkazmaslikka ahamiyat berishlari qayd etildi. Yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada ko‘proq e’tibor qaratish, ularning ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash eng asosiy, hal qiluvchi vazifa ekani ta’kidlandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmat

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

BOSHQARMA BOSHLIGʻI NAMANGAN SHAHRIDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA BO‘LDI

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Muzaffar Isayev Namangan shahridagi 45 –umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, davomat, o‘quvchilarning darslarga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. “Mahalla – maktab –oila” tamoyili asosida hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Keyingi manzil shahardagi 45- hamda 62- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lib, muassasalar faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Tashkilotlar xodimlari bilan suhbat asnosida sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga munosib bola shaxsini shakllantirish g‘oyat muhim masala ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181- moddasi 1-bandiga ko‘ra o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun Yangiqo‘rg’on tumanidagi 27 – sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori hamda tashkilot hamshirasiga nisbatan “Xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani bildiriladi.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

🎨 Bolalar kontenti: Yangi avlod qahramonlari — ijodkorlar uchun ajoyib imkoniyat!

Milliy ruhdagi zamonaviy kontent yaratishga qiziqasizmi?

Unda zamonaviy qahramonlarni birgalikda yarataylik!

📍 Tadbir joyi:
🛖 “Renassans” bolalar oromgohi. 7-9-may kunlari

📌 Kimlar ishtirok eta oladi?
— Raqamli va ananaviy uslubdagi rassomlar;
— Dizaynerlar;
— Fotograf va videograflar;
— Bolalar yo‘nalishida ijod qiluvchilar;
— Kontent yaratuvchilar;
— Animatorlar.

🎯 Nima kutmoqda?
— Milliy va zamonaviy kontent yaratish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
— Soha mutaxassislaridan mahorat darslari;
— Xorijiy tajriba;
— Tabiat qo'ynida erkin ijod qilish muhiti.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish:
🌐 online.raqamliavlod.uz

🧠O‘rinlar soni cheklangan.

Bolalar tasavvurini birga yaratamiz!

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

PREZIDENT QARORI YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

🇺🇿 Yangi Namangan tumanidagi 71 – umumta’lim maktabida Davlatimiz rahbarining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393 - son Qarori ijrosi yuzasidan viloyat seminari tashkil etildi.

Unda maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov, tuman hokimligi, mudofaa, ichki ichki ishlar, milliy gvardiya bo’limlari mas’ullari, tuman hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari boshliqlari ishtirok etdi.

◀️ Jarayonda yoshlarni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida, jismonan sog’lom va ma’naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashga yo’naltirilgan – ilm maskani negizida viloyatda birinchi tashkil etilgan “Jasorat maktabi” faoliyati mehmonlarga tanishtirildi. Uning ahamiyati va imkoniyatlari borasida keng tushunchalar berildi.

✉️ “Jasorat maktablari”da matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga, oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshirilishi, robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkazilishi, oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib borilishi kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.

📎 Ta’kidlash joizki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

“JASORAT MAKTABI” FAOLIYATI YO‘LGA QOʻYILDI

#Хотира_ва_қадрлаш_куни

Учқўрғон тумани "Ёғду" маҳалласида жойлашган 37-сонли умумтаълим мактабида 9 май – Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан маънавий-маърифий байрам ҳамда спорт тадбирлари ташкил этилди.

Тадбирда маҳалланинг нуронийлари, ёшлар, ўқитувчилар ва ўқувчилар фаол иштирок этишди. Йигит-қизлар ўртасида спорт беллашувлари, шеър ва қўшиқлар, саҳна кўринишлари намойиш этилди.

Мазкур тадбир орқали ёш авлодга тинчлик, ватанпарварлик ва кекса авлодга ҳурмат туйғуси сингдирилди.

Хотира муқаддас, қадрлаш шараф!

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Аttestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʼgʼridan-toʼgʼri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jarayonlarni toʼgʼridan-toʼgʼri kuzatib borishingiz mumkin:

👉🏻 ONLАYN KUZАTISH UCHUN BOSING 👈🏻

©️ Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

"Milliy qadriyatlarimiz - Yangi O'zbekiston yoshlari nigohida" mavzusida festival bo'lib o'tdi

Norin tumanidagi 37 - maktab

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Uchqurg‘on tumanida joylashgan 5 - umumta’lim maktabi oshxonasida fasfud, yarim tayyor ovqatlar sotilayotgani yuzasidan yo‘llangan murojaat o‘rganildi. Ta’lim muassasasidagi ikkita oshxona ijara shartnomasi asosida ish yuritadi. Faoliyat yuzasidan rahbarlariga bir necha bor ogohlantirishlar berildi, shuningdek, tuman sanitariya – epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizamtiga tashkilot oshxonasida ta’qiqlangan mahsulotlar sotilishini oldini olish yuzasidan xatlar yuborilgani bildiriladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

📣  Habaringiz bor, "Ijod yoshlari" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining  4-, 5-, 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning 1-bosqichi:
    ✅  Bir turda test shaklida o‘tkaziladi. O‘quvchining ijodkorligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi berilgan ma‘lumotni tahlil qila olishi, akademik salohiyatini baholashga qaratilgan intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha 20 ta test beriladi;
    📅  Sana:
            6-sinf   — 17-aprel kuni;
            5-sinf   — 18-aprel kuni;
            4-sinf   — 19-aprel kunlari o'tkaziladi.
    🏫 O'tkazish joyi — Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
    📍 Manzil — To’raqo’rg’on  shahri, To’raqo’rg’on  ko’chasi, 21-uy;
    ↔️ Mo'ljal — To’raqo’rg’on tuman hokimligi yonida;

🌍 Ruxsatnoma olish uchun: https://ijodyoshlari.piima.uz/ruxsatnoma

📞 Qo‘shimcha savollar uchun: +998 (71) 207-20-17 (ichki: 161, 164)

📍41.0056582,71.5077279,16.25z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38bb35432bb9f099:0x26b6556ed6592403!2sIs%CA%BChoqxon+Ibrat+nomidagi+ijod+maktabi!8m2!3d41.0058981!4d71.5075669!16s%2Fg%2F11rsv14zfv!3m5!1s0x38bb35432bb9f099:0x26b6556ed6592403!8m2!3d41.0058981!4d71.5075669!16s%2Fg%2F11rsv14zfv?entry=ttu">Maktab geolokatsiyasi
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

CHORTOQ TUMANIDAGI 9 - UMUMTA’LIM MAKTABIDA NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING OʻQUV - METODIK MARKAZI TASHKIL ETILDI

🕯Taʼlim sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, tajriba almashinuvi, maktab va institut o'rtasidagi hamkorlik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan markazning ochilish marosimida oliy ta’lim dargohi rektori Bahodir Xusanov, tuman hokimi o’rinbosari Difuza Hakimova, maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi boshlig’i Samandar Mamatvaliyev, ustoz – murabbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tashkil etilgan koʻrgazmada ilm maskani oʻquvchi-yoshlarining innovatsion ishlanmalari, sport musobaqalarida erishilgan yutuqlari namoyish etildi. Pedagog kadrlar bilan uchrashuvda institut professor – oʻqituvchilarining ma’ruzalari tinglandi, jarayonda qoʻshma tadbirlar, taʼlim sohasida amaliy seminarlar, konferensiyalar, forumlar va koʻrgazmalar oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu markaz ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchilari xalqaro til sertifikatlariga ega bo'lishdi

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

CHUSTLIK O‘QUVCHINING BIRLASHGAN ARAB AMIRLIGIDAGI MUVAFFAQIYATI

☄️Dubay shahridagi Dove Green xususiy maktabida “International English, Arabic, Russian, Mathematics and Mental Arithmetic Competition” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 12 ta davlatdan 236 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Mental arifmetika bellashuvi reglamentiga ko‘ra, bilimdonlardan 10 daqiqa ichida 200 – 280 ta arifmetik amalni bajarish talab etildi. Quvonarlisi, shiddatli va qiziqarli kechgan turnirda Chust tumanidagi 60 – umumta’lim maktabining 1- sinf o‘quvchisi, “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a’zosi Parizoda Abdukarimova oliy o‘rinni egalladi. G'oliblikni qo'lga kiritgan iqtidor egasini erishgan yutugʻi va butunjahon musobaqasida Vatanimiz sharafini yuksak pogʻonaga olib chiqqani munosabati bilan muborakbod etamiz!

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram | Facebook | Veb Sayt

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#bolalar_kutubxonasi

KITOBXON ONA - KITOBXON BOLA LOYIHASI

ISOKHON IBRAT nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. Mirzanazarova tashabbusi bilan “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha oilaviy o‘qish madaniyatini shakllantirishga, ayniqsa, onalar orqali bolalarning kitobga bo‘lgan mehrini uyg‘otishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida institutning talaba qizlari asosiy ishtirokchi sifatida qatnashib kelishmoqda. Ular dastlab o‘zlarida oilaviy (ona-bola) o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish ustida ishlaydilar, so‘ngra yosh onalar bilan ishlash orqali bu ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etadilar. Bu ikki tomonlama o‘rgatish jarayoni: talaba qizlar o‘rganadi va o‘rgatadi, yosh onalar esa farzandlariga qanday qilib o‘qish muhiti yaratishni o‘zlashtiradilar.

"Bolalar kutubxonasi rahbari Zulxumor Turaxodjayeva tomonidan talabalarga oilalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda bolalarning yoshiga mos, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni tanlab o‘qish bo‘yicha tavsiyalar berdi."

Mazkur loyiha “Oliy ta’lim – mahalla – oila – kutubxona – ta’lim muassasasi” tamoyiliga asoslanadi. Talabalar kutubxona bilan hamkorlikda o‘quv muhiti yaratadi, yosh onalarni va ularning maktabgacha yoshdagi farzandlarini kitob o‘qishga jalb qilishga ko‘maklashadilar.

Shu maqsadda loyiha ishtirokchilari — talaba qizlar — bugun Namangan viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular kutubxona fondi, bolalar adabiyoti, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar bilan tanishdilar. Kelgusida loyiha ishtirokchilari yosh onalar va bolalarda kutubxonaga tashrif buyurish madaniyatini va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishni maqsad qilganlar.

📍Bolalar kutubxonasi manzili🚘

Bolalar kutubxonasi axborot xizmati
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Telegram bot

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

“Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida Norin tumanidagi 1- hamda 40- umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorlari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida ota – onalarga murojaat qilindi. Yo‘llangan murojaatda ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlarni hurmat qilishga o‘rgatish, ularning qalbida vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, ekologik madaniyat, farzandlar vaqtini behuda o‘tkazmaslikka ahamiyat berishlari qayd etildi. Yoshlarimizning hayotiy muammolariga yanada ko‘proq e’tibor qaratish, ularning ezgu intilish va tashabbuslari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash eng asosiy, hal qiluvchi vazifa ekani ta’kidlandi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmat

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Joriy yilning 30-sentabr kuni Davlatimiz rahbari pedagoglar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qilib, yoshlarning ta’lim – tarbiya masalasiga alohida to’xtalgan edi. Bugun Namangan shahridagi 1- umumta’lim maktabida “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida ota-onalarga keng jamoatchilik ishtirokida direktor tomonidan murojaat qilindi. Ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar tarbiyasida ota-onaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etishi, bu boradagi ishlarni yanada samaradorligini oshirishda, ota-onalar maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi har qachongidan dolzarb ekani ta’kidlab o’tildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал