Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot
Tuman va shaharlardagi kamida 3 tadan eng namunali bogʻchalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi hamda Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.
2024-yil 1-sentabrga qadar:
har bir tuman va shahardagi kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek:
➖ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida tashkil etiladi;
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 7–11 yoshdagi (1–4-sinf) oʻquvchi-sportchilar ham qabul qilinadi;
➖har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam, 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Kasbiy_rivojlanish
#Fransiya
🔴 Ayni damda 60 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari Fransiyaning Nitsa shahrida amaliyot o‘tashmoqda.
Darslar sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etilgan, unda:
➖ Fransiya tarixi hamda ta'lim tizimi,
➖dars jarayonlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish,
➖ til o‘rganishda og‘zaki nutq darajasini oshirish kabi mavzularda so‘z bormoqda.
📍 Jarayonlar Nitsa shahrining Cote d'Azur universitetida bo‘lib o‘tmoqda.
❕Eslatib o'tamiz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida joriy yilda jami 120 nafar fransuz tili ustozlarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
NAMANGANDA VAZIR O‘RINBOSARI TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV-MULOQOT O‘TKAZDI
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Yangi Namangan, Davlatabod tumanlari va Namangan shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlarda shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Yangi o‘quv yilida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yoshlarning ma’naviy-axloqiy tafakkurini shakllantirish, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar tomonidan maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishlari samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish, iqtidorli o‘quvchilar bilan tizimli ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning davomati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama etildi.
🔔 Hurmatli ota-onalar!
📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.
💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi.
💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
🌐 mymaktab_uz
NAMANGANDA VAZIR O‘RINBOSARI TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV-MULOQOT O‘TKAZDI
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida Pop, Chust, To'raqo’rg’on, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan tumanlarida o'tgan mazkur uchrashuvda maktab direktorlari hamda ularning o'rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Unda maktab formasi, odob-axloq qoidalari, o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratilib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish eng asosiy vazifa ekani alohida ta’kidlandi. Sohada korrupsion elementlarni bartaraf etish, ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ta’minlashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi. Ishtirokchilar takliflari tinglanib, rahbar tomonidan yangi o‘quv yilida o‘ziga xos yondashuvlar asosida faoliyat yuritish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarma Axborot xizmati
✅ Hurmatli ota-onalar!
📹 Umumtaʼlim maktablariga 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA
💬 Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.
💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
🌍 mymaktab_uz
Namangan shahar va Yangi Namangan tumani bitiruvchilariga oltin va kumush medallari topshirildi
Читать полностью…https://uza.uz/oz/posts/davlatobodda-50-nafar-ogil-qiz-maktabni-oltin-medal-bilan-bitirdi_608810
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълими сифати ва педагоглар малакасини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества школьного образования и квалификации педагогов.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Axborot 24 | Bolajonlarning yozgi ta`tili maroqli o`tmoqda
Namangan viloyati
#19june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Yozgi ta’tilda yoshlarimiz uchun ajoyib loyiha
⚡️”Yangi O‘zbekiston“ universiteti tomonidan dunyoda top 13-oʻrinda turuvchi Chikago universiteti bilan hamkorlikda yozgi maktab tashkil etilmoqda.
➖ Yozgi maktab davomida o'quvchi yoshlarimiz TOP 50 reytingga kiruvchi oliygohlarga kirish bo‘yicha mutaxassislardan tajriba olishlari va iqtisodiyot bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada oshirishlari mumkin.
🌐 Dunyoning eng kuchli va saralangan professorlari – Chikago universitetidan Stiven Nil Durlauf, Kornel universitetidan Lourens E.Blume, Lankaster universitetidan Eyal Vinter, Viskonsin universitetidan Feliks Elvert, Janubiy Metodist universitetidan Klaus Desmet kabi taniqli olimlar o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
💥 Eng quvonarlisi, darslarni yaxshi o'zlashtirgan qatnashchilar professorlardan tavsiya xati (Recommendation letter) olishlari mumkin.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 Batafsil
🎗 Barcha yoshlarimizni yozgi ta’tildan unumli foydalanib, o‘z bilim va tajribalarini oshirish maqsadida mazkur loyihada faol ishtirok etishlarini so‘rab qolaman.
Aziz vatandoshlar!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi sizni bugungi bayram - Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik va shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz! Dasturxoningiz to'kinligi va oilalaringiz xotirjamligini tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam bo’lsin!
Ayyomlar muborak bo'lsin!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
NAMANGAN SHAHAR HOKIMLIGIDA “HOKIM VA BITIRUVCHI YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Mazkur muloqotda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, shahar prokurori Qobiljon Ahmadjanov, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda bitiruvchilar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Bir necha taklif va murojaatlar o‘rtaga tashlanib, hokim tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida 52 nafar maktab bitiruvchilariga oltin, 2 nafar o‘g‘il – qizga kumush medallari tantanali topshirildi. Ularning kelajakda ta’limni davom ettirib, yurtga xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib yetishishlari kabi ezgu tilaklar bildirildi.
#Jonli_efir
📣 Hurmatli ota-onalar!
✅ Joriy yilning 19-iyun kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2024/2025-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.
➖ Unda qabul jarayonlari bosqichlari, bu boradagi qonunchilik talablari va tartibi haqida so'z yuritiladi.
🖥 Bu borada sizni qiziqtirgan barcha savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
Mutaxassislar tomonidan ushbu savollarga jonli muloqot davomida batafsil javob beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Fransuz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro tanlov
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining yosh fransuz tili o‘qituvchilari uchun xorijiy til assistentlari loyihasini e’lon qiladi.
Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur loyihadan maqsad, Fransiya maktab o‘quvchilariga o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) tanishtirishdan iborat.
Nomzodlar:
➖30 yoshdan oshmagan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarning fransuz tili o‘qituvchisi bo‘lishi;
➖fransuz tilidan kamida DELF B2 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘lishi;
➖o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) yaxshi hamda rus tilini mukammal (ona tili darajasida) bilishi talab etiladi.
❗️Shartnoma muddati: 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 30-aprelga qadar.
Ish vaqti: haftasiga 12 soat.
Ish haqi: qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tomonidan to‘lanadi.
Ishga ruxsatnoma va viza masalalari Fransiya elchixonasi tomonidan qoplanadi.
Taklif etilgan lavozimlar soni: 2 ta
Saralash jarayonlari Fransiya elchixonasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Arizalar joriy yilning 22-iyuniga qadar qabul qilinadi.
👉Nomzodlardan ma'lumotlarni fl@uzedu.uz manzili orqali jo'natishlari talab etiladi.
🔴 Moskvadagi Crocus City Halldagi voqealar paytida jabrlangan oilalarning 100 nafar o‘g‘il-qizlari yurtimizdagi “Anor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarishmoqda.
➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari tomonidan ularning dam olishlarini maroqli tashkil etish maqsadida robototexnika, aviamodel, raketamodel, kulolchilik, tasviriy san’at kabi 10 dan ortiq to‘garaklar tashkil etildi.
To‘garak jarayonida dam oluvchi bolalar uchun mahorat mashg‘ulotlari hamda madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlar dam olayotgan bolalar uchun o‘zaro do‘stlik rishtalarini yaxshilash, ikki davlatning urf odatlari va an’analari bilan yaqindan tanishishga zamin yaratadi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️5300 nafar fuqaroning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqi ta’minlandi
📑 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda barchaning umumiy o‘rta ta’lim olishi huquqi kafolatlangan.
📍Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, ya’ni maktabni to‘liq tamomlay olmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish tizimi yaratilgan.
🗓 Joriy yilda eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalarini topshirish uchun 8038 nafar fuqarolar murojaat etgan.
✅ Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tgan 611 nafar fuqarolarga 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma hamda 4689 nafar fuqarolarga 11-sinf hajmida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnomalar berildi.
✔️ Barcha yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔔 Уважаемые родители!
📹 В данной видео-инструкции показано, как записаться в «очередь» для посещения школы в прикрепленном микрорайоне, на основании заявлений в статусе «Отправлено в школу», одобренных модераторами системы.
💭Примечание! Вы должны пойти в школу вместе со своим ребенком, самостоятельно определив очередь посещения школы, получив медицинскую справку о состоянии здоровья ребенка в это время.
💬 Дополнительную информацию о процессах приема вы можете получить через телеграм-канал ✏️ @mymaktab_uz или по телефону 📞 71 203 07 04.
🌐 mymaktab_uz
VAZIR O‘RINBOSARI ISHTIROKIDA TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA DOLZARB MASALALARGA BAGʻISHLANGAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Uchqo‘rg‘on, Norin, Uychi, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Yangi Namangan, Davlatabod tumanlari va Namangan shahrida o‘tkazilgan uchrashuvlarda shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, maktab direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yangi o‘quv yilida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yoshlarning ma’naviy-axloqiy tafakkurini shakllantirish, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar tomonidan maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishlari samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan tarbiyaviy jarayonlarni yanada takomillashtirish, iqtidorli o‘quvchilar bilan tizimli ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning davomati bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokamasi kun tartibida bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev rahbarligida o‘tgan uchrashuvda ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash, o‘quvchining odobi, o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi, yoshlar ta’lim-tarbiyasida “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” doirasida amalga oshirrilishi lozim bo‘lgan ishlarga batafsil to‘xtalindi.
Hayotiy misollar, dalillar, amaliy faoliyatdan kelib chiqqan holda umumta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, qutlug‘ dargoh bo‘lgan maktab va unda o‘quvchi va o‘qituvchilar rioya qilishi zarur bo‘lgan jihatlar, o‘qituvchi mavqeining daxlsizligi, ustoz-muallimlar va o‘quvchilar o‘rtasida, shuningdek, yoshlarning o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishining ta’lim sifati va samaradorlik, o‘g‘il-qizlarning ma’naviy kamolotida o‘z ifodasini ko‘rsatishi aytib o‘tildi.
Voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish, ushbu jarayonlarga ota-onalar va hududdagi faol fuqarolarni keng jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida ishtirokchilar fikri tinglanib, mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi. Bildirilgan taklif va savollarga javoblar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
✅ Уважаемые родители!
📹 ВИДЕО-ИНСТРУКЦИЯ электронной платформы my.maktab.uz по процессу регистрации и подачи заявки на онлайн-приём в первые классы общеобразовательных школ на 2024-2025 учебный год.
💬 Напоминаем, что с 20 июня по 31 июля текущего года заявки будут отправляться только в школы, прикрепленные к микрорайонам, начиная с 1 августа по 15 августа текущего года заявки будут отправляться в школы, находящийся за пределами микрорайонов.
💳 Дополнительную информацию о процессе приема можно получить в телеграм-канале ✈️ @mymaktab_uz или по телефону номеру 📞 71 203-07-04.
🌍 mymaktab_uz
1-SINFGA ONLAYN-QABUL ELEKTRON TIZIMI SOAT 12:00 DA ISHGA TUSHIRILADI!
Hurmatli ota-onalar!
2024-2025-o‘quv yilida farzandingizni umumta’lim maktabining 1-sinfiga joylashtirish uchun my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishingiz mumkin.
Shuni eslatib o‘tish joizki, dastlab joriy yilning 20-iyun sanasidan 31-iyuliga qadar faqat mikrohudud doirasida arizalar qabul qilinadi.
Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki ☎️71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
"Tog‘ turizmi" musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Читать полностью…#Bitiruvchi_2024
✅ 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 14 204 nafar bitiruvchilari oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi.
❗️Ma'lumot o'rnida, joriy yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 399 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.
✔️ Barcha maktab bitiruvchilariga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Эълон
📣 Diqqat, tanlov!
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tashkil etilmoqda.
❕Tanlovning tuman (shahar) bosqichi shu yilning 24-28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi, unda eng yuqori natijalarni qayd etgan tarbiyachilarimiz keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.
➖ Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
➖ “Eng yaxshi metodist”;
➖ “Yilning eng fidokor tarbiyachisi”;
➖ “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
➖ “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”;
➖ “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”;
➖ “Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi”.
👉 Tanlov Nizomi va shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1641
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Jonli_efir
🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 2024/2025-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.
➖ Unda mas'ullar tomonidan qabul jarayonlari bosqichlari, bu boradagi qonunchilik talablari va tartiblari haqida so'z yuritilmoqda.
👉Jonli efir
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!
⚡️Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini ma'lum qilamiz.
📍Joriy yil maktab bitiruvchilari elektron shahodatnomalarini quyidagi havolalar orqali bepul yuklab olishi mumkin.
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida shahodatnoma maʼlumotini olish davlat xizmati orqali.
2. Elektron shahodatnoma axborot tizimiga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish orqali.
❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.
Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Axborot 24 | Maktabgacha ta’lim tashkilotida seminar
#15june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
NAMANGAN SHAHAR HOKIMLIGIDA “HOKIM VA BITIRUVCHI YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
Mazkur muloqotda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, shahar prokurori Qobiljon Ahmadjanov, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda bitiruvchilar yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi. Bir necha taklif va murojaatlar o‘rtaga tashlanib, hokim tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida 52 nafar maktab bitiruvchilariga oltin, 2 nafar o‘g‘il – qizga kumush medallari tantanali topshirildi. Ularning kelajakda ta’limni davom ettirib, yurtga xizmat qiladigan farzandlar bo‘lib yetishishlari kabi ezgu tilaklar bildirildi.
Buxoroda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan "Turon" maktab teatri tanlovining Respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 31 – maktabning “Ibrat izdoshlari” jamoasi esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Международный конкурс для преподавателей французского языка
Министерство дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан объявляет совместно с посольством Франции в Ташкенте программу помощников иностранных языков для молодых учителей французского языка в общеобразовательных школах.
Цель, впервые организуемой данной программы заключается в знакомстве французских школьников с узбекской культурой (историей, языком, обычаями).
Кандидаты должны:
➖ быть учителями французского языка в общеобразовательных школах системы Министерства дошкольного и школьника образования Республика Узбекистан, моложе 30 лет;
➖ иметь сертификат владения французским языком не ниже уровня DELF B2;
➖ обладать хорошим знанием узбекской культуры (истории, языка, обычаев) и в совершенстве владеть русским языком (на уровне родного языка).
❗️Срок действия договора: с 1 октября 2024 года до 30 апреля 2025 года.
Время работы: 12 часов в неделю.
Заработная плата: оплачивается учреждением, принимающим на работу.
Вопросы о разрешении на работу и визе решаются посольством Франции.
Предлагаемое количество вакансий: 2.
Отбор кандидатов проводится специалистами посольства Франции.
Заявки принимаются по адресу fl@uzedu.uz до 22 июня текущего года.
Наманган давлат университети абитуриентларни табиий фанлар факультетига таклиф этади!
⌛ Namangan davlat universiteti
«Press klub»
➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 /channel/namdupressklub