namanganv_xtb | Неотсортированное

Telegram-канал namanganv_xtb - Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

43786

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy telegram kanali Boshqarmaning murojatlar boti t.me/Nam_VMMTB_murojat_bot Boshqarmaning darsliklar bo'yicha murojaat boti t.me/Namangandarslik_murojat_bot

Подписаться на канал

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog kadrlarni umumtaʼlim fanlari bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi.

👉 Batafsil tanishish

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#bolalar_kutubxonasi
#kitobxonlik_seminari

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Muhammadsharif So’fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Kitob mutolaasining yoshga doir me’yorlari” qo’llanmasi bo'yicha "Kitobxonlik seminari" o'tkazildi.

📍Bolalar kutubxonasi manzili🚘

Bolalar kutubxonasi axborot xizmati
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Telegram bot

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

“Турон” мактаб театр танловининг Наманган вилояти босқичи ўтказилди.

@yangidavr_rasmiy

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

MUROJAAT O‘RGANILDI

Chust tumanidagi 45 - umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchining 2024 - yil yanvar oyi ish haqidan Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limining 2024- yil 3 - yanvardagi 16112303812901-sonli talabnomasiga asosan 1700000 (bir million yetti yuz ming) so‘m, fevral oyi ish haqidan 1000000 (bir million) so‘m, mart oyi ish haqidan 1000000 (bir million) so‘m ushlanib, Majburiy ijro byurosining depozit hisob raqamiga o‘tkazib berilgan. Lekin, “VODIY TARAQQIYOT MIKROMOLIYA” tashkilotidan 54239392 (ellik to‘rt million ikki yuz o‘ttiz to‘qqiz ming uch yuz to‘qson ikki) so‘m bo‘lgan qarzdorligi tugatilganligi bo‘yicha u tomonidan maktab ish haqi hisobchisiga hech qanday hujjat taqdim etilmagan, natijada hisobchi tomonidan ijro talabi bajarilib, oylik to‘lovlar ushlab qolingan va xodim e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Yuqoridagi ortiqcha ushlab qolingan mablag‘ MIB tuman bo‘linmasi tomonidan o‘qituvchining plastik kartasiga tushirib berilgani bildiriladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

✔️ “Turon” maktab teatri tanlovida ishtirok eting!

🎭 Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovi tashkil etiladi.

☝️ Tanlov 5-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 ta shart asosida o‘tkaziladi.

➡️ Tanlovda ishtirok etish uchun 1-maydan 10-mayga qadar quyidagi https://turonteatri.uz/ havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!

➡️ Nizom bilan tanishing!

📣 Bizni @turonteatriuz telegram kanalida kuzatib boring!

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Axborot 24 | «Turon» maktab teatri tanlovi
#30apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

⚡️Bugun eksternat tartibidagi imtihonlarda qatnashishga ariza topshirishning so‘nggi kuni
✅ Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkaziladi.
🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
❗️ Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
➖ Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin. Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

Xabaringiz bor Namangan viloyati bo‘yicha eksternat tartibidagi imtihonlar Davlatobod tumani 58-maktabgda o‘tkaziladi.

❗️ Bugun 30 - aprel kuni soat 24:00 da eksternat bo‘yicha hujjat qabul qilish ishlari yakunlanadi.

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Онлайн

Бугунги битирувчи – эртанги мутахассис, ижтимоий ҳаётимизнинг фаол иштирокчисига айланади. Вилоят ҳокими юқори синф ўқувчилари билан учрашди. 

Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов Наманган шаҳар мактаб ва мактабгача таълим бўлимига қарашли 5- ҳамда 6-сонли мактабларда бўлиб, таълим сифати, давомат ҳамда ўқувчиларга яратилган шароитлар билан танишди.

Давлатимиз раҳбари томонидан мактабларнинг Миллий гвардия ходимлари назоратида давоматни яхшилаш, ўқувчи ёшларни, айниқса, битирувчи синфларни дарсларда мунтазам қатнашишларига замин яратилмоқда.


Вилоят раҳбари мактабларда таҳсил олаётган юқори синф ўқувчилари билан мулоқот қилиб, уларнинг қизиқишлари, қандай олий таълим йўналишида ўқишни исташлари ва келажакда қайси соҳа эгалари бўлишларига қизиқди. Катта ҳаёт остонасида турган йигит-қизларнинг фикр-мулоҳазалари, келгуси режаларини ўрганди.

Ўзаро мулоқотлар давомида мамлакатимизда ёшларга қаратилаётган эътибор ва яратилаётган имкониятлардан самарали фойдаланиб, ҳар жабҳада юқори марраларни эгаллаш лозимлиги таъкидланди.

Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

"Мураббий" газетасининг навбатдаги 2024 йил, 12-сони

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

🎓Oliygoh talabasi bo'lish baxtiga muddatidan avval erishish mumkin ekanidan xabardormisiz?

Agarda bu imkoniyat 4 yillik 100% grant asosida bo'lsa-chi?

⭐️Joriy 2024-yilning 11-12-may sanasida Turan International University tomonidan tashkil qilinadigan "TIU Fan olimpiadasi" sizlarga 4 yilga 100% grant asosida Xalqaro universitetda o'qish imkoniyatini taqdim etmoqda! Bundan tashqari, chegirmalar asosida 1 yildan 4 yilgacha, 25%dan 100%gacha qo'shimcha grantlar, noutbuk(kompyuter), planshet, telefon hamda boshqa qimmatbaho sovg'alar ham sizniki bo'lishi mumkin.
Buning uchun sizlardan faqatgina o'z bilim va ko'nikmalaringizni amalda namoyon qilish talab etiladi.

🎯Olimpiada oʻtkaziladigan fanlar:
1. Matematika;
2. Informatika;
3. Fizika;
4. Ingliz tili;
5. Rus tili;
6. Ona tili;
7. Tarix;
8. Biologiya.


Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 9-may soat 23:59

💎Olimpiada Turan International University o'quv binosida 11-12-may kunlari oʻtkaziladi.

Ushbu havola orqali ariza topshirishingiz mumkin!

❗️Bitiruvchi sinf o'quvchilari shoshiling, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

#join_tiu

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Наманган давлат университетида мактабларнинг битирувчи синф ўқувчилари учун фан олимпиадаси ўтказилди

Namangan davlat universiteti
«Press klub»

➡️Kanalga obuna bo‘ling
👉
/channel/namdupressklub

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan “Tajriba o‘tkazish, baholash va amaliyotga joriy etish” nomli mahorat darslariga start berildi.

❕Ayni damda tadbirning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

👉Mahorat darslarini jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, bitiruvchilarni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish, bandligini ta’minlash masalalariga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda boshqarma boshlig’i Oybek Zokirov va barcha apparat xodimlari ishtirok etdi. O’quvchilar davomati, maktablardagi ta’lim-tarbiya, tartib-intizom, vatanparvarlik yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish, hayit bayramini munosib kutib olish hamda xavfsizlik masalasiga e’tibor qaratish ta’kidlandi. Yig’ilish so’nggida boshqarma boshlig’i yaqinlashib kelayotgan tabarruk ayyom - Iyd-Ramazon bilan barchani samimiy muborakbod etib, sharafli faoliyatda kuch-quvvat va shijoat tiladi.

Boshqarma Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Namangan shahridagi Prezident maktabida Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ot va kamondan o'q otish sporti bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasi xodimlari, viloyat chavandozlar maktabi vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida Sohibqironning jahon maydonidagi o'rni, sarkardalik salohiyati, buyuk davlat barpo etishdagi jasorati o'quvchi - yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko'rsatildi.

Boshqarma Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

⚡️Endi sizda shaxmatni professionallardan o‘rganish imkoni bor!

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligining UzChess loyihasi O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yoshlar uchun shaxmat bo‘yicha bepul darslar berib bormoqda.

Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarovning strategiya darslari tavsiya etiladi 👉uzchesss" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@uzchesss

🔹Darslar 0 dan boshlovchilar uchun ham, professionallar uchun ham mo‘ljallangan.

@uzchesss

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

BOSHQARMA BOSHLIG‘I TA'LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI O‘RGANDI

Viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Oybek Zokirov Yangi Namangan tumanidagi 59-,70-, Namangan tumanidagi 31-sonli maktablarda obodonlashtirish, yaratilgan moddiy-texnik baza, davomat masalalarini ko‘zdan kechirdi. O‘quvchi-yoshlar va ustoz-muallimlar bilan yoshlar istiqboli hamda soha faoliyatidagi yangilanishlar xususida muloqot qilindi. Bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olish, ularni qiziqishlaridan kelib chiqib kasb tanlash masalalariga e’tibor qaratilib, bu borada taklif va tavsiyalar berildi. Namangan shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturiga asosan tashkil etilgan ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan tanishildi. Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, sharoitlar o‘rganildi. Mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar yuklandi.

Boshqarma Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

📚Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab badiiy tadbir davom etmoqda....

👉 batafsil

🌐Namangan viloyat bolalar kutubxonasi  axborot xizmati
👇👇
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|namanganvbk2022">Tik Tok

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi 27 – umumta’lim maktabi bo‘yicha yoritilgan murojaat tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan. Oʻrganish jarayoniga ko‘ra, murojaatda keltirilgan savdo do‘koni kadastr hujjati bo‘yicha maktabga tegishli emas, qizil hududdan tashqarida tadbirkor tomonidan qurilgani, “Tashabbusli byudjet” doirasida o‘quvchilar ovoz yig’ishga majburlanmagani aniqlandi. Ota – onalardan sinf xonalari ta’miri uchun majburiy ravishda pul mablag’lari so‘ralmagani, xohlovchilar ixtiyoriy ravishda homiylik ko‘rsatishi mumkinligi bildirilgani ma’lum qilinadi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yakuniy davlat attestatsiyasiga start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya fanidan yakuniy davlat attestatsiyasiga start berildi.

Mazkur jarayonda qizlar yengil atletika, gimnastika, basketbol, o‘g‘il bolalar esa yengil atletika, futbol: futbol to‘pini “aut” dan o‘yinga kiritish bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Umumtaʼlim maktablarida ushbu jarayonni uyushqoqlik bilan yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Unda 9-sinf o‘g‘il-qizlari faol ishtirok etdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

NAMANGANLIK O'QUVCHILAR ALEKSANDRIYAGA BORADI

Xalqaro informatika olimpiadasi - 2024 uchun yakuniy saralash bosqichi yakunlandi. Quvonarlisi, joriy yilning 1-8 sentyabr kunlari Misrning Aleksandriya shahrida bo‘lib o‘tadigan "IOI - 2024" musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi safida ikki nafar Namangan shahridagi Prezident maktabining o‘quvchilari ishtirok etadi. 11 – sinf o‘quvchisi Husanboy Mansuraliyev va 9 - sinf o‘quvchisi Ulug'bek Rahmatullayevlarning xalqaro olimpiadada munosib natija ko'rsatishlarini tilab qolamiz.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi 31-umumta’lim maktabi bo‘yicha yoritilgan xabar viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o’rganilmoqda. O’rganish yakuniga ko‘ra  batafsil ma’lumot berilishi  bildiriladi.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Хоким побеседовал со старшеклассниками
Сегодняшний выпускник уже завтра станет специалистом, активным участником нашей жизни.
https://nampravda.uz/obrazovanie/hokim_pobesedoval_so_starsheklassnikami.html

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

SAYT YARATISH ORTIDAN OYIGA 7 MLN SO‘M DAROMAD

Ismoil Ahmadboyev Namangan shahridagi 1- maktabning 8-sinf o‘quvchisi. Informatika hamda ingliz, rus tillarinini chuqur o‘zlashtirgan. Ayni paytda u web-dasturlash orqali oyiga 7 mln so‘m daromad topmoqda. Bugungacha yaratgan 100 dan ortiq saytlarini frontend dasturida ishlab chiqqan. Asosan uning mahsulotlari onlayn savdoga qaratilgan bo‘lib, do‘konlar uchun logotiplar ham yaratilgan. Yosh dasturchining saytlari Germaniya hamda Rossiya davlatlarida xaridorgir. Endilikda u IT yo‘nalishidagi bilimlarini “Algoritm” o‘quv markazida yanada mustahkamlamoqda. Maqsadi aynan shu yo‘nalishda o‘zbek brendiga asos solish.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

https://uza.uz/oz/posts/yosh-iqtidor-egalari-saralandi-video_593481

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

"TURON" MAKTAB TEATRINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

NAMANGANDA "TURON" MAKTAB TEATRI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

NAMANGANDA “TURON” MAKTAB TEATRI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBI ANIQLANDI

Unda maktab bosqichlarida 5700 dan ziyod o‘quvchilar ichidan g‘olib chiqqan 14 jamoaning 112 nafar “yosh aktyorlari” uch shart asosida bellashdi. Buyuk siymolar, yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlari sahna orqali mahorat bilan gavdalantirilib, ijro etilgan har bir rol tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra Namangan shahridagi 31–maktabning “Ibrat izdoshlari” jamoasi 1- o‘rinni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-va 3- o‘rinlar Uchqo‘rg‘ondagi 21-maktabning “Yuksalish” hamda Davlatobod tumanidagi 52-maktabning “Nihol” jamoalariga nasib etdi.

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Chortoq tumanidagi 40-maktabning 8-11- sinf o‘quvchilariga Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, favqulotdagi holatlarda o‘quvchilarning harakati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Boshqarma Axborot xizmati

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

Bugun — yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Amir Temur nafaqat harbiy sarkarda, balki ilm-fan, madaniyat homiysi sifatida ham tarixda o'chmas iz qoldirgan. Amir Temur o'z davrida adabiyot, san'at, ilm-fan va ta'limni rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shgan.

Aynan uning hukmronlik davrida buyuk olimlar yetishib chiqqan. Yurtda adolat va farovonlik ta'minlangan. Xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatilgan.

Amir Temurning mashhur “Temur tuzuklari” asari 1783-yilda Buyuk Britaniyada, 1891-yilda Hindistonda, 1868-yili Eronda chop etilgan. Asar bir qator, jumladan, fransuz, ingliz, urdu, rus tillariga tarjima qilingan.

“Temur tuzuklari” — XIV asr Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Temuriylar davlati, qoʻshni mamlakatlar va xalqlar bilan boʻlgan munosabatlar haqida hikoya qiluvchi muhim tarixiy hujjat ekanligi bilan katta ahamiyatga ega asardir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Oybek Zokirov Yangi Namangan tumanidagi ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini o’rgandi. Viloyat hokimligi va tegishli mas’ullar ishtirokida 69-, 86- maktablarning pedagogik jamoalari bilan o’tgan muloqotda umumta’lim maktablarida davomat masalasida jiddiy choralar ko‘rilayotgani, muntazam dars qoldirayotgan o’quvchilarning ota-onalariga jarimalar qo‘llanilayotgani, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa o‘quv dargohlarida davomat va ta’lim sifati hamda samaradorligini yaxshilash ekanligi tushintirildi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan yo’l xaritasi belgilanib, kamchilikka yo’l qo’ygan bir qator rahbarlar jiddiy ogohlantirildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал