⚡️Bugun "Namangan International School" xususiy maktabimizda "Zakovat" o'yinlari bo'lib o'tadi.
Siz ham "Zakovat"ning zavqini tatib ko'rishni xohlarmidingiz? Marhamat!!!
Savol: 2006-yil Angliyada maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomada “Kimni Buyuk Britaniya bosh vaziri bo’lishini xohlaysiz?”, degan savoliga eng ko’p javob Manchester Yunayted jamoasi Ueyn Rooney degan javob olinadi. Ikkinchi o’rinni egallagan inson real shaxs bo’lmasa-da, u butun dunyo bolalari qalbidan joy olgan. U kim?
"Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
⚡️ Hurmatli ota-onalar!
Endi bankka borib o'tirmay, mobil telefoningizda Payme ilovasi orqali ham to'lov amalga oshirishingiz mumkin.
"Payme" ilovasining telefonda "Servislar", kompyuterda esa "Xizmatlar" orqali "Xisob raqamiga to'lov" bo'limiga kirib to'lovni amalga oshirasiz.
Eslatma: Tashkilotning yuridik nomi degan joyga "Chorsayyoh Yuksalish" deb yozing. "Namangan International School" bizning tovar belgimiz hisoblanadi.
Hurmat bilan,
"Namangan International School" xususiy maktabi ma'muriyati
⚡️Nodavlat oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas!
Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar;
▫️ipoteka kreditlari.
❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
➡️Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring
📱 Telegram | Instagram |
Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi
Joriy yilning 1-6-oktyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
✅ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
🕰 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#namangan_international_school
⚡️Namangan International School maktabining o‘quvchilari IELTS xalqaro imtihonidan yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
Ular:
➖ E'zozaxon Tursunpo'latova – 7,5 ball
➖ Muhammadzohid To'xtarov– 7,0 ball
➖ Temirova Robiyaxon – 6,5 ball
👏 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
#Namangan_International_school
#tanlov
📣"Namangan International School" xususiy maktabida yoshlarning ongini ma'naviy boyitish va 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Mening - Ustozim” mavzusida rasmlar tanlovi o'tkaziladi. Bu tanlovda 7-15 yoshli barcha bolalar oʻzlari chizgan rasmlar bilan qatnashishi mumkin.
Barcha g'oliblar maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi
Ishlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.
⚡️Ushbu tanlovlarni o'tkazishdan maqsad bolalarning tasviriy san'at yo'nalishi bo'yicha o'z iste'dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
⚡️KUNDALIK REJA
Kundalik rejani tuzib, unga to’liq amal qilish koni foyda, u o'quvchining bilimini yuz chandon orttirib yuborishi hech gap emas. Masalan, saharlab uyg’onish, jismoniy mashqlarni bajarib, yuz qo’lni yuvish, tonggi dars tayyorlash jarayoni, keyin nonushta qilish, … , kechki nonushtani qilib, yana dars tayyorlash, va nihoyat, 22:00 da uyquga yotish. Ertasi kuni yana shu ssenariyni takrorlash. Rejamisan-reja.
"NAMANGAN INTERNATIONAL SCHOOL” XUSUSIY MAKTABI O'Z O’QUVCHILARI UCHUN USHBU KUNLIK REJANI TAVSIYA ETADI.
МАКТАБДА ЎҚУВЧИ ТЕЛЕФОН ИШЛАТСА НИМА ҚИЛИШ КЕРАК?
Амалдаги тартига кўра ўқувчи дарс жараёнида ёки мактаб ҳудудида мобил телефондан фойдаланиш қоидаларига риоя этилишини барча педагоглар, жумладан синф раҳбарлари шахсан назорат қилади.
Ўқитувчи томонидан огоҳлантирилишига қарамай дарс жараёнида телефондан фойдаланиш ҳолатлари давом этганда фан ўқитувчиси, синф раҳбари, директор ўринбосари, психолог (инспектор-психолог) иштирокида ўқувчининг телефони (смартфон, планшет ва бошқа қурилмалар) олиб қўйилади ва ҳолат юзасидан мактаб директори ҳамда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари огоҳлантирилади. Мактабнинг “Оила-маҳалла-таълим муассасаси” ҳамкорлиги Жамоат кенгаши ва кузатув кенгаши аъзолари иштирокида ҳолат муҳокама этилиб, тегишли тушунтиришлар олиб борилганидан сўнг мобил алоқа воситалари ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакилларига қайтариб берилади.
Шундай ҳолат ўқув йили давомида бир ўқувчи томонидан икки ва ундан ортиқ маротаба такрорланганда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг тегишли моддаси асосида маъмурий жавобгарликка тортилади, ўқувчи ички ишлар органларининг профилактик рўйхатига олинади.
Асос: Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 31 августдаги 282-сон буйруғи
Bola fantastik kitob o'qishi nima uchun muhim?
Bolalarning rivojlanishida sarguzasht va fantastik kitoblarning ahamiyati katta. Bunaqa kitobni o‘qish jarayonida inson xayolan o‘zgacha dunyoga sayohat qiladi, kitobdagi dunyo inson miyasida shakllanadi. Bu insonda kreativlikni, mantiqni, fantaziyani rivojlanishiga, har tomonlama fikrlash oshishiga olib keladi.
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
⚡️Nima uchun yil fasllari o’zgaradi?
Bir yilda Yer sayyorasi Quyosh atrofida deyarli milliard kilometr masofani o’tadi. Yer o’qi orbitaga nisbatan biroz qiyaroq joylashgan. Shu tufayli Quyosh yil mobaynida Shimoliy va Janubiy yarimsharlarni turli kuch bilan isitadi. Bizning kengliklarimizda to’rt fasl (bahor, yoz, kuz, qish) ning mavjudligiga asosiy sabab ana shu.Qish. Qish –yilning eng sovuq fasli. U qishki quyosh turishi kuni, ya’ni 22-dekabrdan boshlanadi. Ana shu kun – yilning eng qisqa kuni. Shu kundan boshlab kunlar borgan sari uzayib boradi. Qishda ko’p daraxtlar o’sishdan to’xtaydi, ba’zi hayvonlar (masalan, ayiq) uyquga kiradi.Bahor. Astronomiya kalendari bo’yicha bahor 20 martdan boshlanadi. Ana shu kuni kechasi bilan kunduzi tenglashadi va kecha-kunduz tengligi deb ataladi. So’ngra kunlar asta-sekin uzaya boradi, havo issiqlashadi. O’simliklar uyg’ona boshlaydi va gullaydi.Yoz. Yoz 21-iyundan boshlanadi. Shimoliy yarimsharda bu kun yilning eng uzun kuni hisoblanadi, u 16 soatcha davom etadi. Bu kun yozgi Quyosh turishi deb ataladi. Shu kuni o’zining eng baland holatini egallaydi. Har yili 21-iyundan boshlab kunlar yana qisqara boradi. Bizning kengliklarimizda yoz hamma fasllardan issiqroq bo’ladi.Kuz. Har yili kuz 23-sentabrdan boshlanadi. Shu kuni yana kecha-kunduz tengligi yuz beradi, keyin har kuni tong kechroq otadi, kechqurun vaqtliroq qorong’ilashadi. Shimoliy yarimsharda Quyosh nurlari borgan sari qiyaroq tushadi, Yer sirtini deyarli “siypab” o’tadi. Harorat pasayadi, daraxt barglari sarg’ayib, to’kila boshlaydi.
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
❗️Мактабга киришда ўқувчи ва бошқа фуқаролар мобил телефонларни мактаб маъмуриятига топшириш тартибини йўлга қўйиш тавсия этилди
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 31 август кунги 282-сонли буйруғи билан тасдиқланган "Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидалари"да мактаб ҳудудида мобил телефонлар фойдаланиш бўйича бир қанча тавсиялар берилди.
Унга кўра, таълим муассасаси ҳудудида ҳар бир таълим-тарбия жараёни иштирокчилари ҳамда ташриф буюрувчи бошқа фуқаролар шахсий мобил алоқа воситаларини овозсиз ҳолатга келтиришлари, мактаб ички имкониятларидан келиб чиққан ҳолда (мактаб фойеси, маънавият хонаси, синф хоналари ва бошқа қулфланадиган жойларда) қулфли қутилар ташкил этилиши лозим бўлади.
Бунда таълим муассасасининг биносига кирилганда мобил алоқа воситаларини топшириш ва дарс жараёнлари тугагандан сўнг қабул қилиб олиш тартибини йўлга қўйиш тавсия этилади.
Таълим муассасасида педагог ва техник ходимлар ҳамда ташриф буюрувчи бошқа шахслар томонидан мобил телефондан фойдаланиш қоидаларига риоя этилишини мактаб раҳбарияти назорат қилади.
Ўқувчилар томонидан мобил телефондан фойдаланиш қоидаларига риоя этилишини эса барча педагоглар, жумладан синф раҳбарлари шахсан назорат қилади.
Ўқитувчи томонидан огоҳлантирилишига қарамай дарс жараёнида телефондан фойдаланиш ҳолатлари давом этганда фан ўқитувчиси, синф раҳбари, директор ўринбосари, психолог (инспектор-психолог) иштирокида ўқувчининг телефони (смартфон, планшет ва бошқа қурилмалар) олиб қўйилади ва ҳолат юзасидан мактаб директори ҳамда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари огоҳлантирилади.
Шундай ҳолат ўқув йили давомида бир ўқувчи томонидан икки ва ундан ортиқ маротаба такрорланганда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг тегишли моддаси асосида маъмурий жавобгарликка тортилади, ўқувчи ички ишлар органларининг профилактик рўйхатига олинади.
#namangan_international_school
#IELTS
📣 ''NAMANGAN INTERNATIONAL SCHOOL MAKTABI'' UYCHI FILIALI O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONDAN YUQORI NATIJALARGA ERISHMOQDALAR!
Jumladan,
✅ IELTS xalqaro sertifikati bo‘yicha:
➖Rayhona Xudayberdiyeva – 7 ball
➖Farrux Sattorov – 7 ball
➖Muhammadrasul Qosimjanov– 6,5 ball
➖Gulsanam Akbarjanova – 6 ball
➖O‘g‘iloy Nasriddinova – 6 ball
⚡️O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
⚡️“Bilim uchun 100 million” loyihasining yangi mavsumi boshlandi
2022-yil qariyb 250 ming ishtirokchini qamrab olgan “Bilim uchun 100 million” onlayn olimpiadasining 2023-yilgi mavsumiga 12-sentabr kuni start berildi. Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich onlayn (12-sentabrdan 1-dekabrgacha), ikkinchi bosqich oflayn shaklda o‘ktaziladi.
Birinchi bosqich 12-sentabrdan 1-dekabrga qadar @bilimtestbot Telegram botida onlayn shaklda o‘tkaziladi va bu bosqich 12 turdan iborat bo‘ladi. Har hafta yangi tur e’lon qilinadi va unda ishtirokchilar qatnashib, ball yig‘ib boradilar. Onlayn bosqichda 1-dekabrga qadar eng ko‘p ball yiqqan 100 nafar ishtirokchi finalga taklif etiladi.
Finalda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘olibga 100 million so‘m, 99 nafar final ishtirokchisiga esa 1 million so‘mdan mukofot beriladi. Tanlov nizomi.
Ishtirok etish uchun: @bilimtestbot
Kitob oʻqishning oʻn foydasi
1. Kitob oʻqish insonning suhbat qilish qobiliyatini oʻstiradi.
2. Oʻqish insonlar bilan muloqot qurishga yordam beradi.
3. Kitob oʻqish oʻziga ishonchni kuchaytiradi.
4. Oʻqish ruhiy toliqish va tushkunlikka tushishning oldini oladi.
5. Kitob oʻqish xotirani charxlab, fikrlashni rivojlantiradi.
6. Kitob oʻqish alsgeymer kasalligining oldini oladi (alsgeymer — miya hujayralarining nobud boʻlib, aqliy salohiyatining pasayib borishi).
7. Kitob insonni yoshartiradi.
8. Kitob oʻqish insonning ijodkorligini oshiradi.
9. Kitob oʻqish uyquni yaxshilaydi.
10. Kitob oʻqish diqqat-eʼtiborni jamlashni yaxshilaydi.
⚡️Besh tashabbus olimpiadasi doirasida
📚 YOSH KITOBXON tanlovining mahalla bosqichlari
📆 21-23-sentabr kuni boʻlib oʻtadi.
Musobaqada yoshlar yakkalik bahslarida
10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalarida ishtirok etadilar.
@material_5tashabbus
⚡️28-sentabr kuni sentabr oyi sinovi birinchi bosqich imtihonlari boshlandi.
Bugun Chortoq va Uychi tumanlarida sentabr oyi sinovlariga start berildi. Oylik sinov ikki bosqichdan iborat bo'lib, birinchi bosqichda imtihon asosiy fanlardan bo'lib o'tadi. Ikkinchi bosqichda esa qo'shimcha fanlardan bo'ladi. Bu imtihon orqali o'quvchilarimizning fanlarni o'zlashtirishi aniqlanadi.
29-sentabr kuni ikkinchi bosqich imtihonlar bo'lib o'tadi.
P/S: Oylik sinovlarida A+ olgan o'quvchilar "Direktor stipentiyasi"ni qo'lga kiritadi.
"Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
⚡️Rasman: 2-oktyabr — dam olish kuni
◼️ Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram sanalari dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi ish kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi.
1-oktyabr o‘qituvchilar kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sabab 2-oktyabr kuni dam olinadi.
❌ Shu kuni OTMlarda ham, maktablarda ham dars bo'lmaydi.
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
❗️Super yangilik. NAMANGAN INTERNATIONAL Pre-SCHOOL maktabga tayyorlov boshlandi.
"Namangan International School" xalqaro maktabi 5-6 yoshdagi bolajonlarning maktab sharoitlariga ko‘nikishlariga ko‘maklashish maqsadida tayyorlov guruhlariga qabul qilishni boshladi.
Darslarda bolalar maktab dasturi fanlari asoslarini o‘rganish bilan bir qatorda xorijiy tillarni o‘zlashtiradilar hamda ijodiy va sport mashg‘ulotlari bilan band bo‘ladilar.
⠀
Bolajonlarga
➖ Rus tilida yozishga tayyorgarlik;
➖ Rus tilida nutqni rivojlantirish;
➖ Rus tilida matematika + mantiqiy fikrlash;
➖Rus tilida tasviriy san'at;
➖Ingliz tili;
➖ Arab tili; ⠀
➖Mental arifmetika;
➖Shaxmat o'rgatiladi.
Наманган филиали
📞 +998500067377
📞 +998902227377
Чортоқ филиали
📞 +998500107377
📞 +998999750770
Уйчи филиали
📞 +998930057377
📞 +998941560770
Чуст инновация мактаби филиали
📞 +998500027377
📞 +998500047377
Qabul jarayonlari boshlandi.
INSTAGRAM | TELEGRAM
XXI asr yoshlarini IT siz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bor qadamimiz, har sohamiz kompyuter bilan bo'lib bormoqda. Hamma narsa avtomatlashmoqda. Shu boisdan bolalarni zamonga moslash uchun ularga yoshligidan IT savodxonligini oshirib bormoqdamiz. Shu boisdan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun "Digital Literacy" (Raqamli savodxonlik) bo'yicha klavyaturada tez yozish mashqini oshirish uchun ota-onalar farzandlariga klavyatura olib berishingizni so'raymiz. Farzandingizni Keyboard typingda mohir bo'lib ketganini ko'rasiz.
Читать полностью…🇺🇿O'zbekistonda TOP 500talik universitetlarni bitirgan studentlarga, qo'shimcha ustama miqdori:
🌐Xalqaro reytingdagi o'rni:
🟢 — 1-100
🔵 — 101-300
🟠 — 301-500
💵Ustama miqdori (bazaviy hisoblash miqdori)
➡️BAKALAVRIAT:
🟢 — 30 barobar (9 mln 900 ming so‘m)
🔵 — 20 barobar (6 mln 600 ming so‘m)
🟠 — 15 barobar (4 mln 950 ming so‘m)
💵Ustama miqdori:
➡️MAGISTRATURA:
🟢 — 40 barobar (13 mln 200 ming so‘m)
🔵 — 30 barobar (9 mln 900 ming so‘m)
🟠 — 20 barobar (6 mln 600 ming so‘m)
💵Ustama miqdori
➡️ILMIY DARAJA
(PHD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja):
🟢 — 75 barobar (24 mln 750 ming so‘m)
🔵 — 60 barobar (19 mln 800 ming so‘m)
🟠 — 50 barobar (16 mln 500 ming so‘m)
"Namangan International School" "Zakovat ligasi" 1-mavsum o'yinlarini ochiq deb e'lon qiladi!
📣 Zakovat intellektual o'yinida qatnashish istagi bor NIS o'quvchilari diqqatiga!
📌"Zakovat ligasi"da qatnashish uchun talablar!
✔️ 6 nafar talabadan iborat jamoa tashkil etish.
❗️❗️❗️bitta sinfdan 2 tagacha jamoalar qatnashishlari mumkin.
✔️Shakllangan jamoa o'zlariga sardor tayinlab, jamoaga nom berishlari lozim.
✔️ Har bir jamoadagi faol ishtirokchilar alohida ahamiyatga olinib, NIS terma jamoasiga taklif etiladi.
☎️ Jamoa sardorlari Chorshanba 27-sentabr 12:00 ga qadar jamoangizni ro'yxatdan o'tkazish uchun murojaat qiling.
29-sentabr kuni "Namangan International School" maktabi har bir filialida soat 14.00 da bo'lib o'tadi.
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
Elon Mask Kim o'zi? Fantastik asarlar ta'sirida ulg'yagan Mask bugungi kunda nimalar qilib tashlamoqda?
Читать полностью…Сунъий интеллект "Namangan International School" логотипини жонли кўринишга келтирди.
Сўнгги пайтларда трендга айланаётган "Photoleap" иловаси орқали "Namangan International School" логотипини "жонли" кўринишга келтиришга ҳаракат қилдик.
Хўш, Сизнингча сунъий интеллект логотип билан яхши ишлай олганми?
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
⚡️ Ўқувчиларга таълим муассасасида қуйидагилар тақиқланади:
Таълим муассасаси уставида ман этилган либос ва қиёфада, жумладан ўғил болалар калта шим, футболка, шиппакда ва қиз болалар калта, тор ва танани очиқ кўрсатувчи юпқа (ҳарир) кийимда келиши ҳамда бўйни ва бармоқларига турли хил тақинчоқлар тақиши;
Ўзаро муносабатларда инсон шахсиятини ва қадр-қимматини камситиш (дискриминация), ҳақорат қилиш ва беҳаё сўзларни ишлатиши, турли хил (жисмоний, руҳий ва бошқа) зўравонликни (буллинг) кўрсатиши;
Қонун билан тақиқланган, миллий ва умумбашарий қадриятларга хос бўлмаган ёки таълим муассасасининг фаолиятига тегишли, шунингдек, таълим муассасаси, ўқитувчи ва ўқувчиларнинг обрўсини туширишга қаратилган муносабатлар акс этган аудио ҳамда видеоматериалларни турли ижтимоий тармоқларга жойлаштириши ёки ундан турли ғаразли мақсадлар йўлида фойдаланиши;
Дарс жараёнида қулоқчинлар (наушник) орқали уяли алоқа воситалари ва турли хил аудио қурилмалардан фойдаланиши, дарс жараёнини уяли алоқа воситасининг камераси орқали тасвирга олиши;
Таълим муассасаси компютерларида таълим муассасасига тегишли бўлмаган маълумотларни, шунингдек, қонун ҳужжатларида кўзда тутилган болаларнинг ёш хусусиятларига мос бўлмаган турли видеоматериаллар, тақиқланган диний маълумотлар, беҳаё суратлар, миллий, ирқий, этник, диний адоватни, зўравонликни тарғиб қилувчи, порнографик характердаги ҳар қандай видео, аудио ва фотоматериалларни тайёрлаши, сақлаши, фойдаланиши ва тарғиб этиши;
Таълим муассасаси ҳудудида туғилган кун, Ўзбекистон қонунчилигида белгиланмаган турли байрам тадбирларини нишонлаши.
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 31 августдаги 282-сонли буйруғи билан тасдиқланган Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидалари
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!
Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.
Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.
Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1000 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovga ishlar 2024-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/
@grantlar
19-sentabr kuni, Nyu-York: Markaziy Osiyo va AQSH yetakchilarining birinchi sammiti, BMTning yuksak minbaridan ilgari surilgan muhim tashabbuslar va samarali ikki tomonlama uchrashuvlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi
Namangan International School'ning rasmiy sahifalariga ulanish:
INSTAGRAM | TELEGRAM
Хитойликлар ўзининг учар автомобилининг биринчи парвозини амалга оширди.
ХPeng Х2 ҳавода 4 дақиқа вақт сарфлаб, 1,5 км масофани босиб ўтиб, Сян дарёсини кесиб ўтди.
Автомобиль 160 кг. юк кўтара олади.
Батарея қуввати ҳали эълон қилинмаган, ҳозирча Х2 ҳавода 25 дақиқа қолиши мумкин.
📍 “KITOBXONLIK TANLOVI” Namangan International School'da
⏱ "Namangan International School" o'quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida yil davomida har oyning yakunida "Kitobxonlik tanlovi"ni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Kitobxonlik koʻrik-tanlovlari quyidagi nominatsiyalarda bo'lib o'tadi:
✅“Eng kitobxon maktab”
✅“Eng faol kitobxon oʻquvchi”
✅“Ijodkor bolalar”
✅“Eng kitobxon oila”
⚠️Diqqat! Barcha kitobxonlarni 29-sentabr kuni "Kitobxonlik tanlovi" 1-turiga chorlab qolamiz!
😀 Tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va maktabimiz ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.
♾Diqqat_tanlov!
📣📣 Aziz o’quvchilar!
❓1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?
✅ Unda biz sizga shunday imkon beramiz!
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.
❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!
⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?
➖ Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;
➖Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);
➖Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.
✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.
🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk
❕Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.
❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.
⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat 1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.
⏳Vaqt ketdi!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram