muhammadyusufizdoshlari | Неотсортированное

Telegram-канал muhammadyusufizdoshlari - Muhammad Yusuf izdoshlari

544

Sen tebratgan beshigini Sohibqiron, Sening bolang yulduzlarga qo‘ygan narvon. Bir mayizni qirqqa bo‘lgan bir tanu jon— Kunlaringga qaytay desang—xalq bo‘l elim. ✍ Muhammad YUSUF https://t.me/Muhammadyusufizdoshlari @Muhammadyusufizdoshlariguruhi

Подписаться на канал

Muhammad Yusuf izdoshlari

. МУТОЛАА
✍🎤 Ҳасан Алматов,
Самарқанд вилояти.

Муҳаммад Юсуф издошлари
:
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Andijon viloyati, Qo'rg'ontepa tuman MMTB tasarrufidagi 19 DMTT ning musiqa rahbari : Gulmatova Xayotxon va tarbiyachilar O.Yoldosheva, .S.Xoliqova va bolalar muhabbat kuychisi "MUHAMMAD YUSUF" tavalludi munosabati bilan shoir tug'ilib o'sgan Marhamat tumaniga tashrif buyurib, qo'shiq va raqslari bilan ziyoratchilarni xushnud etdi

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

@Muhammadyusufizdoshlari
👆Муҳаммад Юсуф издошлари телеграм канали.

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

Хабарландыру

ШЫҒАРМАШЫЛЫҚ БАЙҚАУ!

ГРАММАТИКАЛЫҚ ҚАТЕСІЗ ЖӘНЕ ПОЭЗИЯ , ШЫҒАРМАШЫЛЫҚ ЕРЕЖЕЛЕР НЕГІЗІНДЕ ЖАЗЫЛҒАН ШЫҒАРМА НОМИНАЦИЯСЫ !


Сәлеметсіздер ме, құрметті достар, шығармашыл жандар!
Өзбекстан халық ақыны, сүйікті ақынымыз Мухаммад Юсуф туған күнінің 70( жетпіс ) жылдық мерейтойына орай интернет әлеуметтік желілері - фейсбук, одноклассники, телеграмм каналдарында жаңа ШЫҒАРМАШЫЛЫҚ БАЙҚАУ өтетіні туралы хабарлаймыз!!!

БАЙҚАУ 8(сегіз) номинация бойынша болып өтеді:

1. Өзбекстан халық ақыны Мухаммад Юсуфтің Отан туралы өлеңдеріне нәзира шығару;

2. Отан туралы өлеңдер;

3. Өзбекстан халық ақыны Мухаммад Юсуф өлеңдері зерттеушісі , сүйікті ақынымыз шығармаларына нәзира үйлестіру;

4. Ата - аналарға арналған өлеңдер;

5. Мейірім тақырыбындағы өлеңдер;

6. Өзбекстан халық ақыны Мухаммад Юсуф туралы бұқаралық ақпарат құралдары беттерінде жарияланбаған мақала, очерк және өлеңдер;

7. Еркін тақырыптағы өлеңдер;

8. Проза: Отан туралы, оны мадақтау бойынша мақала, шағын әңгіме және қиссалар.

Байқауда номинациялар бойынша авторлар тарапынан берілген шығарма үлгілерін қазылар алқасы бағалап барады. Байқауда аты - жөні, мекен - жайы көрсетілмеген авторлар шығармасы байқауда есепке алынбайды. Байқауға қойылған әр шығарма қай номинацияға жататындығын көрсетіп өту шарт.
Байқауда көрші мемлекеттегі ақын, жазушылар қатыса алады.

Байқау қазылар алқасы:

Өзбекстан Жазушылар одағы
Қырғызстан Жазушылар одағы
Қазақстан Жазушылар одағы
Тәжікстан Жазушылар одағы

Номинациялар бойынша жүлделі орын иегерлерінің шығармалары Мухаммад Юсуф атындағы фондтың " Олтин қалам" газетасында және жинақта жарияланады.

Сонымен қатар, 1-2-3- орынды иеленген қатысушылар да Өзбекстан Жазушылар одағы және көрші мемлекеттердің әдеби одақтары тарапынан арнайы Дипломдар және Иқбол Мирзо, Нурали Қобул, Мунаввара Усмонова, Гулжамол Асқарова, Нодир Жонузоқ, т.б. ақын ,жазушыларымыздың тәуелсіздік кезеңінде жарияланған кітаптарымен марапатталады.

Байқауда қатысқан барлық қатысушылар мадақтамалар және естелік сыйлықтармен марапатталады.

Байқауға еш жерде жарық көрмеген шығарма үлгілері жіберіледі.
Қазылар алқасына қиындық тудырмау мақсатында, ілгері жарияланған шығармалар қалдырылып, басқа түсінік берілмей, өшіріледі!
Байқау бүгіннен басталалып, мамырдың 20- дейін жалғасады.
20 мамырда талдау және бағалау жұмыстары " Мухаммад Юсуф издошлари" каналында нәтижелер жарияланады!

Ескерту!

Байқауда қатысатын мектеп оқушылары өз мектептері туралы мәліметті көрсетулері керек.

Келіңіздер, қатысыңыздар! Байқауымыз туралы хабарламаны дос- жарандарыңызға да жіберіңіздер!

Барлық шығармашыл жандарды @Muhammadyusufizdoshlari ссылкасында күтіп қаламыз

Мухаммад Юсуф издошлари каналы
/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

KUMUSH

✍ Muhammad YUSUF

🎤 Orsinbek Shafi'bek o‘g‘li
(Buyuk Britaniya)


Muhammad Yusuf izdoshlari 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

УСТОЗ

Инсонлар бахтини қидирса ойдан,
Умидвор бўлсалар ночорлар бойдан,
Ҳеч ким кутмаганда сирли бир жойдан,
Биз шунда ёрдамга шошамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз.

Муҳаббат қолади, меҳринг қолар деб,
Халқинг тинч бўлса гар, кўнглинг тўлар деб,
Юртим деб, халқим деб, эрта ғамин еб,
Ҳаттоки осмондан тушамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз.

Римга алишмасдан бедапоямиз,
Кўҳна Андижонга улкан қоямиз,
Жаҳонга номини бир кун ёямиз,
Минг синов, довондан ошамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз.

Бизни паст билганга қасд қилмайин жим,
Сирли хилқатларга топамиз ечим,
Қани, йўлимизни тўсар энди ким?
Илм-фан дарёсида тошамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз!

Райёна АРЖУМАНД,
Андижон вилояти, Асака тумани.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.


USTOZ

Insonlar baxtini qidirsa oydan,
Umidvor boʻlsalar nochorlar boydan,
Hech kim kutmaganda sirli bir joydan,
Biz shunda yordamga shoshamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz.

Muhabbat qoladi, mehring qolar deb,
Xalqing tinch boʻlsa gar, koʻngling toʻlar deb,
Yurtim deb, xalqim deb, erta gʻamin yeb,
Hattoki osmondan tushamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz.

Rimga alishmasdan bedapoyamiz,
Koʻhna Andijonga ulkan qoyamiz,
Jahonga nomini bir kun yoyamiz,
Ming sinov, dovondan oshamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz.

Bizni past bilganga qasd qilmayin jim,
Sirli xilqatlarga topamiz yechim,
Qani, yoʻlimizni toʻsar endi kim?
Ilm-fan daryosida toshamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz!

Rayyona ARJUMAND,
Andijon viloyati, Asaka tumani.

Muhammad Yusuf izdoshlariga qoʻshiling 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi.

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

Сұлу Қызғалдақ .(Қозоқча)
Муҳаммад ЮСУФ

Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи
@Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

/channel/Muhammadyusufizdoshlari/734

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

УСТОЗНИНГ ЁДИ...

Суйсангиз шоирни борида суйинг,
Қадрланг шўрликни тириклигида,
У ёнган ўтларнинг кулидан куйинг!
Арзир-арзимасга куймай беҳуда!

Фиғони тутундек ўрлаб фалакка,
Шоир халқ дардини туйиб юради.
Осон ола кўрманг ўша юракка,
Ҳатто қабрда ҳам уриб туради!

Шеърга айланади бедор тунлари,
Кундузлар сиз каби оддий ташвишда.
Ёзнинг қоқ ўртаси музлай олар ким,
Ким гуллай олади қаҳратон қишда.

Кетаман ичимга кўз ёшим ютиб,
Муҳаммад Юсуфнинг қабри қошидан
Унинг шеърларини юз бора ўқиб,
Яна ўқийвергим келар бошидан.

Битта "Қизғалдоққа" ўхшамас афсус,
Шоирлар шеър битиб ўтсалар абад!
Йиғланг, Муҳаммаднинг онаси ўлган,
Қайта туғилмайди демак Муҳаммад.



ЛОЛА

Қон томиб кетгандек
Баҳор бағридан,
Табассум қилгандек,
Очофат тупроқ.
Омонлик тиланиб
тиллар захридан,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!
Сенга ҳайкал қуриб,
Кетди бир шоир,
Ҳатто Эфильдан ҳам
бўйи баландроқ.
Шеърлар ёзаверди,
Ҳуснингга доир,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ!
Ҳокисор гул эдинг,
Энг умри қисқа.
Абадий яшашга
Сайландинг бироқ,
Умр асли китоб,
Фақат бир нусҳа,
Лола, лолажоним,
Лолақизғалдоқ.

Малика САЛИМОВА.

Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи



USTOZNING YODI...

Suysangiz shoirni borida suying,
Qadrlang shoʻrlikni tirikligida,
U yongan oʻtlarning kulidan kuying!
Arzir-arzimasga kuymay behuda!

Figʻoni tutundek oʻrlab falakka,
Shoir xalq dardini tuyib yuradi.
Oson ola koʻrmang oʻsha yurakka,
Hatto qabrda ham urib turadi!

Sheʼrga aylanadi bedor tunlari,
Kunduzlar siz kabi oddiy tashvishda.
Yozning qoq oʻrtasi muzlay olar kim,
Kim gullay oladi qahraton qishda.

Ketaman ichimga koʻz yoshim yutib,
Muhammad Yusufning qabri qoshidan
Uning sheʼrlarini yuz bora oʻqib,
Yana oʻqiyvergim kelar boshidan.

Bitta “Qizgʻaldoqqa” oʻxshamas afsus,
Shoirlar sheʼr bitib oʻtsalar abad!
Yigʻlang, Muhammadning onasi oʻlgan,
Qayta tugʻilmaydi demak Muhammad.



LOLA

Qon tomib ketgandek
Bahor bagʻridan,
Tabassum qilgandek,
Ochofat tuproq.
Omonlik tilanib
tillar zaxridan,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
Senga haykal qurib,
Ketdi bir shoir,
Hatto Efildan ham
boʻyi balandroq.
Sheʼrlar yozaverdi,
Husningga doir,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq!
Hokisor gul eding,
Eng umri qisqa.
Abadiy yashashga
Saylanding biroq,
Umr asli kitob,
Faqat bir nusʼha,
Lola, lolajonim,
Lolaqizgʻaldoq.

Malika SALIMOVA.

Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

/channel/Muhammadyusufizdoshlari/1528

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

/channel/Muhammadyusufizdoshlari/723

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

T A S K I N

Ustoz shoir Muhammad YUSUFning onasi Enaxon aya tilidan yozilgan marsiya.

(Bu sheʼr yozilgan paytda shoirning onaizori hayot edilar. Ilohim, har ikkisining ham oxiratlarini obod aylasin).


Yuragim bir xatar sezdi,
Ne boʻlganin uqolmadim.
Koʻz oldimdan oʻtdi tezda -
Shoir bolam - Muhammadim.

Qoʻlni ochdim duolarga:
Safarini bexatar qil!
Qoraqalpoq diyoriga -
Ketgan edi bolam, axir.

Onaizor koʻnglim bilan,
Xavotirda yonar edim.
Bu dunyoning gʻamlaridan -
Tonar edim, tonar edim.


* * *

Bu xabarni tinglaguncha,
Kar boʻlsin-a, quloqlarim!
Yo Rab, mehring qattiq buncha?
Koʻpmi edi gunohlarim ?!

Osmon qulab yerga tushdi,
Unda quyosh, oy qolmadi.
Jimirlagan jonginamni -
Qoʻyarga bir joy qolmadi.

Qariganda bu boshimga,
Ne kunlarni solding, bolam?!
Mendan oldin ketmoqlikka -
Kimdan ruxsat olding, bolam?!


* * *

O, bu dardni koʻtarmoqning -
Uddasini qilolmayman.
Yurak koʻz yosh boʻlib oqdi,
Ne qilishni bilolmayman.

Sen ulgʻaygan beshikka ham,
Hasratimni aytolmayman.
Chiqolmayman eshikka ham,
Chiqar boʻlsam, qaytolmayman.

Ming-minglarni musibatga,
Otib ketding, Muhammadjon!
Quyosh eding, qay zulmatga -
Botib ketding, Muhammadjon?!


* * *

Shoirlarning onasiga
Qiyin derding, qiyin derding.
Yur, Toshkentga olib ketay -
Kiyin derding, kiyin derding.

Menga atab yozgan sheʼring,
Koʻp ekan-ku sochimdan ham.
Bu fojeni sezarmiding,
Bolajonim, yo chindan ham?!

... Balki mening yonimdasan,
Kirib kelib derazadan.
Qara, bolam!
Shoirlarning -
Onasi ham sheʼr yozarkan...


* * *

Har bir ota, har bir ona
Ortda qolsin bolam, derkan.
Baxti baxtimdan nishona,
Dogʻi menga harom, derkan.

Ne qilayki, taqdir meni,
Tahqirlarga solib qoʻydi.
Meni sendan ...
o, qaniydi!
Seni mendan olib qoʻydi.

Endi koʻrgan kunim qursin,
Oʻkinarman qismatimdan.
Oq sutimga roziman men,
Sen rozi boʻl xizmatingga...


* * *

Onamga, deb xarid qilgan,
Roʻmolingni oʻrolmayman.
Yurolmayman yigʻlamasdan,
Yigʻlamasdan turolmayman.

Umid bilan qoʻygan nomni,
Bolajonim, oqlab ketding.
Va umrimning har damini
Yoding bilan bogʻlab ketding.

Yurakdadir duolarim,
Oʻkinch, afsus - ovozimda.
Muhammadim, duch kelasan -
Hatto...
besh vaqt namozimda.


* * *

“Oʻnta boʻlsa, oʻrni boshqa...”
Boʻshab qoldi oʻrning, bolam.
Koʻksim turib, qaysi toshga -
Boshginangni urding, bolam?!

Toshkentning tosh yoʻlagidan,
Topolmadim izlaringni.
Boʻyin koʻrib...
toʻyin koʻrmay -
Ketdingmi gul qizlaringni?!

Xalq dilida qoldi soʻzing,
Emas kitob varogʻida.
Muhammadjon, porlar koʻzing -
Farzandlaring qarogʻida.


* * *

Menga yozgan har xatingdan,
Mehring qoʻmsab, izlayapman.
Kulib tushgan suratingdan,
Yigʻlab, koʻzim uzmayapman.

Alam oʻti kuydiradi,
Yer qaytarar mushtlarimni.
Nahot endi toʻldiradi -
Armonlarim tushlarimni?!

Ishonmayman!
Bu dunyodan -
Shunchaki yuz burgandaysan.
Nazarimda Toshkentlarda -
Sheʼrlar yozib yurgandaysan!

Orif TOʻXTASH,
Samarqand viloyati.


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhi

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

/channel/Muhammadyusufizdoshlari/748

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

НАВОИЙДАН ТОПДИМ

Қушдирман, мусаффо осмонда кўнглим,
Юракка ранг берган бўстонда кўнглим,
Ҳар куни беш гўзал достонда кўнглим,
Изладим Навоий ҳазратдан топдим.

Муҳаббат насими эсгайдир ҳур-ҳур,
Эй дил, бу “Арбаъин”, “Назмул жавоҳир”,
Не қилсам кўнгилга тақдир бўлгай нур,
Изладим Навоий ҳазратдан топдим.

Қалбга Ундан ўзга не ҳожот керак,
Бул денгиз соҳили зўр нажот керак,
Йиғласам, кулсам ҳам муножот керак,
Изладим Навоий ҳазратдан топдим.

Дил учун бекаму кўстлик эҳтиёж,
Поклар тутган йўли – ростлик эҳтиёж,
Англадим, дўст бирла дўстлик эҳтиёж,
Изладим Навоий ҳазратдан топдим.

Бир гулга ошиқлик қисмат истарам,
Мен фақат камолот, исмат истарам,
Элга Хақ йўлинда хизмат истарам,
Изладим Навоий ҳазратдан топдим.

Бемор юракларга даво сўздурур,
Бегумон хушнафас, ҳаво сўздурур,
Наво истаганга наво сўздурур,
Изладим Навоий ҳазратдан топдим.


ВАТАН ХАЁЛИ

Учиб кетди оламга Оқсаройдан оқ хатлар,
Оқ хатлар эмас улар, соғинч, фироқ, оҳ хатлар,
Руҳу жонимга туташ мулки сўнгсиз сарҳадлар,
Ҳазрат Соҳибқироннинг тоза ниҳоли – Бобур.

Бори элга яхшилик қилмоқ надир, билдик биз,
Сиз Ҳинд сори кетдингиз, сиз сориға елдик биз,
Сиз Ватанга келдингиз, сиз томонга келдик биз,
Оҳ, бунчалар ёруғдир Ватан хаёли, Бобур.

Ватандан мужда келса, айтинг қанда жон қолди –
Ширин қовун таъмидан на-да танда жон қолди,
Самарқандда дил қолди, Андижонда жон қолди,
Бир мард юрт деб йиғласа тутгай уволи, Бобур.

Киши ғариб кўнглини тушунгайдир ғурбатда,
Ғурбат – бу ғарибликдир, ғам-андуҳдир, албатта,
Инсон билмас не сир бор, дунё деган турбатда,
Идрок этдим, бу кимнинг жавоб-саволи, Бобур.

Тўхтамайди Жайхундай сўзи – ҳаёт китоби,
Ҳар кўнгилда мавж урар, унинг шиддат, шитоби,
Маҳшаргача янграгай ҳақ йўлида хитоби,
Шундан доим баланддир дарду иқболи, Бобур.

Айтган билан тугамас, жон-жонимнинг жон сўзи,
Ватаним, миллатимнинг ҳар ўғлони, ҳар қизи,
Ҳазрат боболаримнинг қутлуғ, муборак изи,
Ҳумоюн ҳам Гулбадан, Комрон, Ҳиндоли Бобур.

Маним ёниб айтганим бир хатти жаҳон бўлгай,
Бўйи кўкка етган сарв, тик қадди жаҳон бўлгай,
Пойдевори мустаҳкам, зўр садди жаҳон бўлгай,
Жаннатлардан хуш насим – юртим шамоли, Бобур.

Учиб кетди оламга Оқсаройдан оқ хатлар,
Оқ хатлар эмас улар, соғинч, фироқ, оҳ хатлар,
Руҳу жонимга туташ мулки сўнгсиз сарҳадлар,
Ҳазрат Соҳибқироннинг тоза ниҳоли – Бобур.

Ғайрат МАЖИД,
Қашқадарё вилояти.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈каналимиз,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳимиз.

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

АЛИШЕР НАВОИЙ ҒАЗАЛИГА МУХАММАС

Бир қиё боққилки, сайди чашми фаттонинг бўлай,
Бир табассум қил, фидои лаъли хандонинг бўлай.
Бир дам ўлтургил қошимда, садқаи жонинг бўлай,
«Эврулай бошингғаву беҳушу ҳайронинг бўлай,
Бир замон садқанг бўлай, бир лаҳза қурбонинг бўлай»
.

Беадаблар тузсалар мажлис адибинг рағмиға,
Базм этиб барпо зағанлар андалибинг рағмиға.
Уйғотиб кўй итларини бу ғарибинг рағмиға,
«Хони васлингдин агар қовса рақибинг, рағмиға
Кўнглум истардек тахайюл бирла меҳмонинг бўлай».


Ваҳ, не бўлғай эрди бошингға ҳумонинг болидек
Соя солсам офтобинг узра зулфунг долидек
Илмайин Кавсар шаробин кўзга лаълинг болидек,
«Нетти жон топсам висолингдин лабингнинг холидек,
Кўзу зулфингдек неча масту паришонинг бўлай».


Гар муяссар бўлса бир оқшом сенинг-ла сайри боғ,
Мақдамингға гулшан ичра лоларлар ёқса чароғ.
Васл саҳбосидин, эй соқий, менга сунсанг аёғ,
«Хушурур васлинг майидин ҳар тараф хирқамда доғ,
Неча, жоно, мубталои доғи ҳижронинг бўлай».


Жавр этиб ошиқни кўп ношод қилма лутфдин,
Меҳр бунёдин ўкуш барбод қилма лутфдин.
Анчу1 қулга ишқ аро бедод қилма лутфдин,
«Гарчи бандангмен, мени озод қилма лутфдин –
Ким, қуюндек садқаи сарви хиромонинг бўлай».


Айладим эсор ишқинг йўлида ҳар йўқу бор,
Йўқу борим не, йўлингга руҳу жисмим ҳам нисор.
Ҳам санга қурбон хироминг чоғи бу жони фигор
«Танни жилванг вақти туфроғ айлай, эй чобуксувор,
То бошингға эврулурга гарди майдонинг бўлай»
.

Гар, Лабиб, ошуфта ҳол истар эсам, тон йўқ сени,
Туну кун маҳви хаёл истар эсам, тонг йўқ сени.
То абад беқилу қол истар эсам, тонг йўқ сени,
“Эй Навоий, гунгу лол истар эсам, тонг йўқ, сени,
Тобакай озурдаи фарёду афғонинг бўлай”
.

Саййид Муҳаммад Олим Лабиб,
Туркия, Анкара.

----------------------------------------------------------------------
1- Анчу ё энчу - камина, нотавон, бечора, сиғинмачи, сиғинди.

Муҳаммад Юсуф издошлари телеграм канали ва гуруҳи👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали.

@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи




ALISHЕR NAVOIY GʻAZALIGA MUXAMMAS

Bir qiyo boqqilki, saydi chashmi fattoning boʻlay,
Bir tabassum qil, fidoi laʼli xandoning boʻlay.
Bir dam oʻlturgil qoshimda, sadqai joning boʻlay,
Evrulay boshinggʻavu behushu hayroning boʻlay,
Bir zamon sadqang boʻlay, bir lahza qurboning boʻlay”.


Beadablar tuzsalar majlis adibing ragʻmigʻa,
Bazm etib barpo zagʻanlar andalibing ragʻmigʻa.
Uygʻotib koʻy itlarini bu gʻaribing ragʻmigʻa,
Xoni vaslingdin agar qovsa raqibing, ragʻmigʻa
Koʻnglum istardek taxayyul birla mehmoning boʻlay”.


Vah, ne boʻlgʻay erdi boshinggʻa humoning bolidek
Soya solsam oftobing uzra zulfung dolidek
Ilmayin Kavsar sharobin koʻzga laʼling bolidek,
Netti jon topsam visolingdin labingning xolidek,
Koʻzu zulfingdek necha mastu parishoning boʻlay”.


Gar muyassar boʻlsa bir oqshom sening-la sayri bogʻ,
Maqdaminggʻa gulshan ichra lolarlar yoqsa charogʻ.
Vasl sahbosidin, ey soqiy, menga sunsang ayogʻ,
Xushurur vasling mayidin har taraf xirqamda dogʻ,
Necha, jono, mubtaloi dogʻi hijroning boʻlay”.


Javr etib oshiqni koʻp noshod qilma lutfdin,
Mehr bunyodin oʻkush barbod qilma lutfdin.
Anchu1 qulga ishq aro bedod qilma lutfdin,
Garchi bandangmen, meni ozod qilma lutfdin –
Kim, quyundek sadqai sarvi xiromoning boʻlay”
.


Ayladim esor ishqing yoʻlida har yoʻqu bor,
Yoʻqu borim ne, yoʻlingga ruhu jismim ham nisor.
Ham sanga qurbon xiroming chogʻi bu joni figor
Tanni jilvang vaqti tufrogʻ aylay, ey chobuksuvor,
To boshinggʻa evrulurga gardi maydoning boʻlay”
.

Gar, Labib, oshufta hol istar esam, ton yoʻq seni,
Tunu kun mahvi xayol istar esam, tong yoʻq seni.
To abad beqilu qol istar esam, tong yoʻq seni,
“Ey Navoiy, gungu lol istar esam, tong yoʻq, seni,
Tobakay ozurdai faryodu afgʻoning boʻlay”
.

Sayyid Muhammad Olim Labib,
Turkiya, Ankara.

----------------------------------------------------------------------
1- Anchu yo enchu - kamina, notavon, bechora, sigʻinmachi, sigʻindi.

Muhammad Yusuf izdoshlari telegram kanali va guruhi👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.

@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz.


/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

🎤 Minara QALBAEVA,
Qoraqalpog‘iston. Nukus shahri.


Muhammad Yusuf izdoshlari:
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhi.

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

Қамчиқ довони.
2024-йилнинг 26-апрель тонги.
Бугун халқимизнинг севимли шоири Муҳаммад Юсуфнинг таваллуд куни ва 70 йиллик юбилей айёмлари. Шу муносабат билан Марҳаматга отландик.
Бир замонлар Отабек Кумишбиби кўйида бу довондан от миниб неча бор ошган. Биз эса Муҳаммад Юсуф соғинчида ошяпмиз.
Муҳаммад Юсуфнинг излари бор бу йўлларда.

Бугун сенга аталган кун, шоирим,
Андижонча янграйди куй, шоирим.
Манов йўллар сени қумсаб турибди,
Бошингни бир кўтариб қўй, шоирим.

Сенла бирга уйғонсин тонг-саҳаринг,
Соғинибди Тошкент деган шаҳаринг,
Сўрамоқда етмишинчи баҳоринг,
Бошингни бир кўтариб қўй, шоирим.

✍ Ҳасан Алматов,
Самарқанд вилояти.

Муҳаммад Юсуф издошлари канали
@Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

21:00 04.05.2024

#Samarqand

MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR

muxbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

НОЗ ВА ФИРОҚ

Ўлай агар, аразнинг хўп гашти бор,
Агар араз беғараз, бегард бўлса.
Энди етар! Хизматига мен тайёр –
Яраштириб қўядиган мард бўлса.

Жон-жон дердим агар жоним олса ҳам,
Совуб кетмай ўртансайди, куйсайди.
Учрашганда ёлғон қовоқ солса ҳам,
Четга қараб ростдан кулиб қўйсайди.

Сал чўзилиб кетди фироқ бу сафар,
Ўйиндан ўқ чиқмаса деб қўрқаман.
Шайтон бор-да ўртада, шу баччағар
Тумшуғини тиқмаса деб қўрқаман.

Алоқ-чалоқ тушга ўхшар ҳаётим,
Кўнглим боғда, ўзим эса тоғдаман.
Учолмасанг, ортиқча юк қанотинг,
Бир баҳона тополмасдан доғдаман.

Муддат керак экан нозу аразга
Агар ишқда шу қийноқлар шарт бўлса.
Совға оберардим айтиб у қизга
Яраштириб қўядиган мард бўлса.

✍️ Иқбол МИРЗО.

Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.



NOZ VA FIROQ

Oʻlay agar, arazning xoʻp gashti bor,
Agar araz begʻaraz, begard boʻlsa.
Endi yetar! Xizmatiga men tayyor –
Yarashtirib qoʻyadigan mard boʻlsa.

Jon-jon derdim agar jonim olsa ham,
Sovub ketmay oʻrtansaydi, kuysaydi.
Uchrashganda yolgʻon qovoq solsa ham,
Chetga qarab rostdan kulib qoʻysaydi.

Sal choʻzilib ketdi firoq bu safar,
Oʻyindan oʻq chiqmasa deb qoʻrqaman.
Shayton bor-da oʻrtada, shu bachchagʻar
Tumshugʻini tiqmasa deb qoʻrqaman.

Aloq-chaloq tushga oʻxshar hayotim,
Koʻnglim bogʻda, oʻzim esa togʻdaman.
Ucholmasang, ortiqcha yuk qanoting,
Bir bahona topolmasdan dogʻdaman.

Muddat kerak ekan nozu arazga
Agar ishqda shu qiynoqlar shart boʻlsa.
Sovgʻa oberardim aytib u qizga
Yarashtirib qoʻyadigan mard boʻlsa.

✍️ Iqbol MIRZO.

Muhammad Yusuf izdoshlariga qoʻshiling👇

@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhi.

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

КУЛАКТАНДЫРУУ!

ЖАРЫЯ!

ЖАРЫЯ!

ЖАРЫЯ!

ЧЫГАРМАЧЫЛЫК СЫНАК
ЖАРЫЯЛАНАТ!

ПОЭЗИЯ ЭРЕЖЕЛЕРИНЕ НЕГИЗДЕЛГЕН ЖАНА
ГРАММАТИКАЛЫК КАТАЛАРСЫЗ ЖАЗЫЛГАН ЧЫГАРМАЧЫЛЫК НОМИНАЦИЯСЫ!

Саламатсыздарбы, кымбаттуу достор жана талант ээлери!
Өзбекстан Республикасынын Эл акыны Мухаммад Юсуфтун 70 жылдыгына карата социалдык тармактардын Фейсбук, одноклассник, телеграмм тармактарында жаңы ЧЫГАРМАЧЫЛЫК СЫНАК жарыялап жатабыз!!!

Сынак төмөнкү 8 номинация боюнча болот. Анда ырлар жана башка чыгармачылык үлгүлөрдү сунуштоого болот.

1) Өзбекстан Республикасынын Эл акыны Мухаммад Юсуфтун Ата- журт жөнүндөгү ырларына назира ( назира - Чыгыш адабиятында кеңири тараган жанр болуп, мында акын өзүнөн мурда өткөн жана замандаш акындардын чыгармаларына окшотуп, же ошолорго жооп катары чыгармалар жазса болот)жазуу;

2) Ата-Журтту даңазалаган ырлар;

3) Өзбекстан Республикасынын Эл акыны Мухаммад Юсуфтун башка ар кандай чыгармаларына назира жазуу;

4)Ата-энелерибизге арналган ырлар;

5) Мээримдүүлүк, акыбеттүүлүк темалары чагылдырылган ырлар;

6) Өзбекстан Республикасынын Эл акыны Мухаммад Юсуф тууралуу басма сөз беттеринде мурда жарыяланбаган жаңы макала, эскерүү жана ага арналган ырлар, чыгармалар ;

7) Эркин темада жазылган ырлар;

8) Проза: Мекен жөнүндө же анын улуулугун даңазалаган макала, чакан аңгеме жана чакан повесттер.

Сынакта ар бир чыгармачыл инсан жогоруда көрсөтүлгөн номинациялардын бирөөсүндө гана жаңы жазылган, эч жерде жарык көрө элек чыгармасы менен катышууга болот.

Тандоодо катышкан авторлодун иштерин номинациялар боюнча калыстар тобу талдап, баалап барышат.
Тандоодо автордун аты- жөнү, учурда жашап жаткан туруктуу дареги (Республика, область, район ...) көрсөтүлбөсө, сынакка катышуусу эсепке алынбайт.
Ошону менен бирге тандоодо автор чыгармасын кайсы номинация боюнча жиберип жатканын сөзсүз көрсөтүүгө тийиш.

Сынакка боордош, кошуна өлкөлөрдөн да чыгармачыл инсандар катышса болот.


СЫНАКТЫН КАЛЫСТАР ТОБУ:

Өзбекстан Жазуучулар союзу,
Кыргызстан Улуттук жазуучулар союзу,
Казакстан жазуучулар союзу,
Тажикстан жазуучулар союзу мүчөлөрү.

Номинациялар боюнча жеңишке ээ болгон чыгармалардын үлгүлөрү Мухаммад Юсуф атындагы фонддун "АЛТЫН КАЛЕМ" гезитинде жана жыйнагында жарыкка чыгарылат.

Ошону менен бирге 1-2- 3-орундарды багындырган катышуучулар Өзбекстан жазуучулар союзунун жана кошуна өлкөлөрдүн адабий коомдору, уюшмалары тарабынан атайын диплом, Икбол Мырза, Нурали Кабил, Мунаввара Усманова, Гулжамал Аскарова, Нодир Жонузок жана башка прозаиктер тарабынан Эгемендүүлүк доорунда жарыкка чыккан эң сонун 30 китептер менен тиешелүү тартипте сыйланышат.
Калган бардык сынактын катышуучуларына Ардак грамота жана баалуу белектер ыйгарылат.

Кайра эскертебиз, сынакка жаңы жазылган, мурда эч жерде жарыяланбаган чыгармалар кабыл алынат. Калыстардын иштөөсүнө ыңгайлуу шарт түзүү максатында тандоого накта катыша турган чыгармалар калтырылып, башкалары авторлорго түшүндүрмө берилбей эле же эскертүүсүз өчүрүлөт!

Тандоо бүгүндөн баштап, 20- май күнүгө чейин кабыл алынат.

20-май күнү калыстар тарабынан талдоо жана баалоо жумуштары башталып, "Мухаммад Юсуфтун жолун жолдогондор" каналында ЖЫЙЫНТЫК жарыяланат!

ЭСКЕРТҮҮ:

Тандоого катышкан мектеп окуучулары окуп жаткан мектебинин аталышын, дарегин толук жазып көрсөтүүгө тийиш.

Тандоого кош келиңиз!
Тандообуздун жарыясын өз досторуңуз менен, чыгармачылык топторуңуз менен бөлүшүңүз!

Тандоодо катышуучу досторубузду 👉
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi 👈 да кутамиз!

Мухаммад Юсуф издошлари канали
/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

Севимли шоиримиз Муҳаммад Юсуфнинг онасига

(Муҳаммад Юсуфнинг "Онамга хат" шеърини ўқиб)

Қанча мактуб битди сизга Муҳаммад?!
Нечтаси қоғозда, нечтаси дилда.
Ўзи Тошкентда -ю қалби, хаёли
Марҳаматга элтар қадрдон йўлда.

Соғинганида ҳам бора олмайин,
Йиғлатди, титратди қаламларини.
Шеър битди қоғознинг бағрини ўйиб,
Юрагидан олди аламларини.

Кимга кўнгил ёрсин, дардини айтсин,
Тунлари чароғон, бағритош шаҳар.
Шоирнинг шеърини севарлар, аммо
Ғам -у ташвишига қилмаслар назар.

Бошидан ўтганин ичга ютди-ю,
Зангор яйловларга қараб кетди у.
Ҳар битта оҳидан, ҳар битта шеърдан,
Ўзига ҳайкаллар қуриб кетди у.

Энди шеърлар ўқиб жаннат боғларин,
Она, сиз -ла кезар шоир ўғлингиз.
Мангу дийдор билан қутлуғ манзилда,
Энди хотиржамдир, шоддир руҳингиз.

Муҳаммад тирикдир ҳар икки олам,
Жаранглатиб ўқир шеърларин ҳамон.
Қўлма -қўл китоблар узра жилмайиб
Кўнгилларга дастхат қўяр миллион.

Кўнгилларга дастхат қўяр миллион...

Шоира ШАМС,
Хоразм вилояти.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи
@Muhammadyusufizdoshlari


Sevimli shoirimiz Muhammad Yusufning onasiga

(Muhammad Yusufning “Onamga xat” sheʼrini oʻqib)

Qancha maktub bitdi sizga Muhammad?!
Nechtasi qogʻozda, nechtasi dilda.
Oʻzi Toshkentda -yu qalbi, xayoli
Marhamatga eltar qadrdon yoʻlda.

Sogʻinganida ham bora olmayin,
Yigʻlatdi, titratdi qalamlarini.
Sheʼr bitdi qogʻozning bagʻrini oʻyib,
Yuragidan oldi alamlarini.

Kimga koʻngil yorsin, dardini aytsin,
Tunlari charogʻon, bagʻritosh shahar.
Shoirning sheʼrini sevarlar, ammo
Gʻam -u tashvishiga qilmaslar nazar.

Boshidan oʻtganin ichga yutdi-yu,
Zangor yaylovlarga qarab ketdi u.
Har bitta ohidan, har bitta sheʼrdan,
Oʻziga haykallar qurib ketdi u.

Endi sheʼrlar oʻqib jannat bogʻlarin,
Ona, siz -la kezar shoir oʻgʻlingiz.
Mangu diydor bilan qutlugʻ manzilda,
Endi xotirjamdir, shoddir ruhingiz.

Muhammad tirikdir har ikki olam,
Jaranglatib oʻqir sheʼrlarin hamon.
Qoʻlma -qoʻl kitoblar uzra jilmayib
Koʻngillarga dastxat qoʻyar million.

Koʻngillarga dastxat qoʻyar million...

Shoira SHAMS,
Xorazm viloyati.

Muhammad Yusuf izdoshlariga qoʻshiling 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

/channel/Muhammadyusufizdoshlari/822

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

Muhammadni eslamaydi kim?

🎤🎶 Parizoda DAVLATOVA

✍ Dilobarxon MAHMUDOVA


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz.

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

🎤 Jasmina Tojiddinova,
Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani

Muhammad Yusuf izdoshlari 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi.

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

/channel/Muhammadyusufizdoshlari/1046

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

O'ZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 70 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ...

"Taqdirlar" teleloyihasi
Matn Sanjar Sa'dullayev tomonidan o'qilgan.
Rejissyor - Nodir Komilov

Muhammad Yusuf izdoshlari 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

Т А С К И Н

Устоз шоир Муҳаммад ЮСУФнинг онаси Энахон ая тилидан ёзилган марсия.

(Бу шеър ёзилган пайтда шоирнинг онаизори ҳаёт эдилар. Илоҳим, ҳар иккисининг ҳам охиратларини обод айласин).


Юрагим бир хатар сезди,
Не бўлганин уқолмадим.
Кўз олдимдан ўтди тезда -
Шоир болам - Муҳаммадим.

Қўлни очдим дуоларга:
Сафарини бехатар қил!
Қорақалпоқ диёрига -
Кетган эди болам, ахир.

Онаизор кўнглим билан,
Хавотирда ёнар эдим.
Бу дунёнинг ғамларидан -
Тонар эдим, тонар эдим.


* * *

Бу хабарни тинглагунча,
Кар бўлсин-а, қулоқларим!
Ё Раб, меҳринг қаттиқ бунча?
Кўпми эди гуноҳларим ?!

Осмон қулаб ерга тушди,
Унда қуёш, ой қолмади.
Жимирлаган жонгинамни -
Қўярга бир жой қолмади.

Қариганда бу бошимга,
Не кунларни солдинг, болам?!
Мендан олдин кетмоқликка -
Кимдан рухсат олдинг, болам?!


* * *

О, бу дардни кўтармоқнинг -
Уддасини қилолмайман.
Юрак кўз ёш бўлиб оқди,
Не қилишни билолмайман.

Сен улғайган бешикка ҳам,
Ҳасратимни айтолмайман.
Чиқолмайман эшикка ҳам,
Чиқар бўлсам, қайтолмайман.

Минг-мингларни мусибатга,
Отиб кетдинг, Муҳаммаджон!
Қуёш эдинг, қай зулматга -
Ботиб кетдинг, Муҳаммаджон?!


* * *

Шоирларнинг онасига
Қийин дердинг, қийин дердинг.
Юр, Тошкентга олиб кетай -
Кийин дердинг, кийин дердинг.

Менга атаб ёзган шеъринг,
Кўп экан-ку сочимдан ҳам.
Бу фожени сезармидинг,
Болажоним, ё чиндан ҳам?!

... Балки менинг ёнимдасан,
Кириб келиб деразадан.
Қара, болам!
Шоирларнинг -
Онаси ҳам шеър ёзаркан...


* * *

Ҳар бир ота, ҳар бир она
Ортда қолсин болам, деркан.
Бахти бахтимдан нишона,
Доғи менга ҳаром, деркан.

Не қилайки, тақдир мени,
Таҳқирларга солиб қўйди.
Мени сендан ...
о, қанийди!
Сени мендан олиб қўйди.

Энди кўрган куним қурсин,
Ўкинарман қисматимдан.
Оқ сутимга розиман мен,
Сен рози бўл хизматингга...


* * *

Онамга, деб харид қилган,
Рўмолингни ўролмайман.
Юролмайман йиғламасдан,
Йиғламасдан туролмайман.

Умид билан қўйган номни,
Болажоним, оқлаб кетдинг.
Ва умримнинг ҳар дамини
Ёдинг билан боғлаб кетдинг.

Юракдадир дуоларим,
Ўкинч, афсус - овозимда.
Муҳаммадим, дуч келасан -
Ҳатто...
беш вақт намозимда.


* * *

“Ўнта бўлса, ўрни бошқа...”
Бўшаб қолди ўрнинг, болам.
Кўксим туриб, қайси тошга -
Бошгинангни урдинг, болам?!

Тошкентнинг тош йўлагидан,
Тополмадим изларингни.
Бўйин кўриб...
тўйин кўрмай -
Кетдингми гул қизларингни?!

Халқ дилида қолди сўзинг,
Эмас китоб вароғида.
Муҳаммаджон, порлар кўзинг -
Фарзандларинг қароғида.


* * *

Менга ёзган ҳар хатингдан,
Меҳринг қўмсаб, излаяпман.
Кулиб тушган суратингдан,
Йиғлаб, кўзим узмаяпман.

Алам ўти куйдиради,
Ер қайтарар муштларимни.
Наҳот энди тўлдиради -
Армонларим тушларимни?!

Ишонмайман!
Бу дунёдан -
Шунчаки юз бургандайсан.
Назаримда Тошкентларда -
Шеърлар ёзиб юргандайсан!

Ориф ТЎХТАШ,
Самарқанд вилояти.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

BOBURLAR KO‘PDIR BU YURTDA.!

Turon adiblariga qo‘shiling:
@Turonadiblari 👈 kanalimiz,
@Turon_adiblari 👈 guruhimiz.

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

Бухорои Шарифнинг Ғиждувон туманида яшовчи Камолиддин Шукур ижодларидан намуналар.


ОДАМИЙЛИК ДАРСИ

Саноғи топилмас хатоларданмас,
Сочга қиров сепган жафоларданмас.
Мени суйган казо - казоларданмас,
Отамдан ўргандим Одамийликни!

Узун тунлар муштоқ келишим кутган,
Мени деб овора, ўзни унутган.
Титроқ қўлларида борини тутган,
Онамдан ўргандим Одамийликни!

Менинг дардим ўзи бутун Оламча,
Ҳеч бир дам татимас, сен бўлган дамча.
Анов ачак - чечак юрган одамча,
Боламдан ўргандим Одамийликни !!!


ОТАМНИНГ СУҲБАТЛАРИДАН


Бир сўз учун бағрингни эзмай қўяқол, Ўғлим,
Шеър учун ҳаётингдан безмай қўяқол, Ўғлим.
Ёзар бўлсанг, ҳақни ёз!
Эл шод бўлсин шеърингдан,

Кимнидир мақтаб ёзсанг
Ёзмай қўяқол, Ўғлим..!!!



АСЛИДА...

Тиригида қилмай илтифот, қадр,
Ўлганда қабрига қурамиз қаср..?
Не - не улуғ зотлар ўтдилар фақир,
Оддийгина яшар экан даҳолар...

Камолиддин ШУКУР

" ЭСКИ ДАФТАР " дан.


Макрлари кўпдир асли ҳаётнинг,
Гоҳ кулиб яшайсан, гоҳо қон қусиб.
Ким дейди: " Менимча адабиётнинг,
Чўққисига етган Муҳаммад Юсуф..."

Яна кимдир айтар: " Яшаб хилватда,
Тўрт - беш хил мошини бўлган, албатта..
Диванларда ётиб, ботиб шуҳратга,
Ғазалларин битган Муҳаммад Юсуф..."

Ким айтар: Ялтироқ ҳайкалин ўпиб,
Яшаган шеър ёзиб, кунда пул топиб.
Боғларда Навоий байтларин ўқиб,
Париларин кутган Муҳаммад Юсуф..."

Ким оғиз кўпирар, қалаб сўзларни,
Лофдан қизартириб, оппоқ юзларни.
"Шеър ўқиб, қанчадан - қанча қизларни,
Қўлларидан тутган Муҳаммад Юсуф..."

Аслидачи, асли..?
Безиб жафодан,
Баъзан кўнгли қолиб, назм-у наводан.
Оқилни хорлаган, қаттол Дунёдан,
Йиғлаб ўтиб кетган Муҳаммад Юсуф...

Камолиддин ШУКУР.
Бухоро вилояти Ғиждувон тумани.

Муҳаммад Юсуф издошлари телеграм канали👇

@Muhammadyusufizdoshlari


Buxoroi Sharifning G‘ijduvon tumanida yashovchi Kamoliddin Shukur ijodlaridan namunalar.


ODAMIYLIK DARSI

Sanogʻi topilmas xatolardanmas,
Sochga qirov sepgan jafolardanmas.
Meni suygan kazo - kazolardanmas,
Otamdan oʻrgandim Odamiylikni!

Uzun tunlar mushtoq kelishim kutgan,
Meni deb ovora, oʻzni unutgan.
Titroq qoʻllarida borini tutgan,
Onamdan oʻrgandim Odamiylikni!

Mening dardim oʻzi butun Olamcha,
Hech bir dam tatimas, sen boʻlgan damcha.
Anov achak - chechak yurgan odamcha,
Bolamdan oʻrgandim Odamiylikni !!!


OTAMNING SUHBATLARIDAN

Bir soʻz uchun bagʻringni ezmay qoʻyaqol, Oʻgʻlim,
Sheʼr uchun hayotingdan bezmay qoʻyaqol, Oʻgʻlim.
Yozar boʻlsang, haqni yoz!
El shod boʻlsin sheʼringdan,

Kimnidir maqtab yozsang,
Yozmay qoʻya qol, Oʻgʻlim..!!!



ASLIDA...


Tirigida qilmay iltifot, qadr,
Oʻlganda qabriga quramiz qasr..?
Ne - ne ulugʻ zotlar oʻtdilar faqir,
Oddiygina yashar ekan daholar...

Kamoliddin SHUKUR

“ ESKI DAFTAR ” dan.



Makrlari koʻpdir asli hayotning,
Goh kulib yashaysan, goho qon qusib.
Kim deydi: “ Menimcha adabiyotning,
Choʻqqisiga yetgan Muhammad Yusuf...”

Yana kimdir aytar: “ Yashab xilvatda,
Toʻrt - besh xil moshini boʻlgan albatta..
Divanlarda yotib, botib shuhratga,
Gʻazallarin bitgan Muhammad Yusuf...”

Kim aytar: Yaltiroq haykalin oʻpib,
Yashagan sheʼr yozib, kunda pul topib.
Bogʻlarda Navoiy baytlarin oʻqib,
Parilarin kutgan Muhammad Yusuf...“

Kim ogʻiz koʻpirar, qalab soʻzlarni,
Lofdan qizartirib, oppoq yuzlarni.
”Sheʼr oʻqib, qanchadan - qancha qizlarni,
Qoʻllaridan tutgan Muhammad Yusuf..."

Aslidachi, asli..?
Bezib jafodan,
Baʼzan koʻngli qolib, nazmu - navodan.
Oqilni xorlagan qattol Dunyodan,
Yigʻlab oʻtib ketgan Muhammad Yusuf...

Kamoliddin SHUKUR.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani.


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz

/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…

Muhammad Yusuf izdoshlari

ЎЗБЕК НАВОИЙНИ ЎҚИМАЙ ҚЎЙСА…

(Ўзбекистон Халқ шоири Эркин Воҳидов)


Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Олтин бошнинг калла бўлгани шудир.
Бедил қолиб Демьян Беднийни суйса,
Қора сочнинг малла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Дод демоққа палла бўлгани шудир.
Маърифатдан айру ўйнаса, кулса,
Аза чоғи ялла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Алдангани, алла бўлгани шудир.
Юлғич азиз бўлиб, билгич хор бўлса,
Пайтаванинг салла бўлгани шудир.

Эл комил бўлмаса юрт эмас улуғ,
Беқадр маҳалла бўлгани шудир.
Қалб тўла нур халқнинг ризқи ҳам тўлуғ,
Омбор тўла ғалла бўлгани шудир.

Ўзбек ўзлигини англаса бекам,
Унинг «Баракалла» бўлгани шудир.
Оламга Навоий наслиман деган
Овози баралла бўлгани шудир.


Муҳаммад Юсуф издошлари телеграм канали ва гуруҳи👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.



OʻZBEK NAVOIYNI OʻQIMAY QOʻYSA…

(Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov)

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Oltin boshning kalla boʻlgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla boʻlgani shudir.

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Dod demoqqa palla boʻlgani shudir.
Maʼrifatdan ayru oʻynasa, kulsa,
Aza chogʻi yalla boʻlgani shudir.

Oʻzbek Navoiyni oʻqimay qoʻysa,
Aldangani, alla boʻlgani shudir.
Yulgʻich aziz boʻlib, bilgich xor boʻlsa,
Paytavaning salla boʻlgani shudir.

El komil boʻlmasa yurt emas ulugʻ,
Beqadr mahalla boʻlgani shudir.
Qalb toʻla nur xalqning rizqi ham toʻlugʻ,
Ombor toʻla gʻalla boʻlgani shudir.

Oʻzbek oʻzligini anglasa bekam,
Uning “Barakalla” boʻlgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman degan
Ovozi baralla boʻlgani shudir.

Muhammad Yusuf izdoshlari telegram kanali va guruhi👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhi.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari

Читать полностью…
Подписаться на канал