Ассалому алайкум!
Муродбахш чоршанба тонгги муборак!
Оилам, рўзғорим деб остонадан чиқаётган, азиз ҳазрати инсоним... Йўлларингиз бехатар бўлсин...
Ризқу~насибангизни берсин...
Фарзандларингизнинг бахту~камолини кўринг...
Assalomu alaykum!
Murodbaxsh chorshanba tonggi muborak!
Oilam, ro‘zg‘orim deb ostonadan chiqayotg‘an hazrati insonim!
Rizqu~nasibangizni bersin!
Farzandlaringizni baxtu~kamolini ko‘rib yurish nasib yetsin! 🌹
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
TO‘Y.
Bo‘lgan voqeani qildim ko‘chirma,
Qarg‘aning bolasi bo‘ldi uchirma.
Ko‘z ochib yumguncha vaqt o‘tib ketdi,
Nihoyat Jo‘jacha voyaga yetdi.
Balog‘atga yetgach xar bir mavjudot,
Juftini izlaydi, azaldan odat.
Ota-ona Qarg‘a rosa chopdilar,
Axiyri o‘g‘liga qayliq topdilar.
Sovchilikka borib To‘ti –kayvoni,
Roziligin oldi Qarg‘a -qudaning.
Chorladilar uyga qarindoshlarni,
To‘yin belgilamoq bo‘lib yoshlarni.
Sovchi To‘ti dedi:”Qudalar sharti-
“Vecher “qilmoqqa mos”Burgutlar” parki.
Shu joydan uzatdi Sarlochin qizin,
Kam emas deyishdi qizimiz bizning
Mingdan kam bo‘lmaydi mexmonlar soni,
Ushalsin farzandlar orzu armoni.
“Fata” kerak emish Tovus patidan,
Libosi oq xarir, o‘n to‘rt qatidan.
Juda past dedilar Bulbul navosi,
O‘yinga mos kelar Xo‘roz ovozi.
Yoshlar alohida “Zags “qilarmish,
Shunda kelinchakning ko‘ngli to‘larmish.
So‘ngra o‘tisharmish”Kolokolchik”ka,
Markazdagi yaxshi ,bo‘lmasmish chekka.
(Tushunmay To‘tining ayrim so‘zini,
Qog‘ozga tushurdim aynan o‘zini).
Shunda tog‘a Qarg‘a solib qovog‘in,
Dedi: -O‘ylangizlar, avval buyog‘in,
Birov bilan bormi bizning baxsimiz?
Burgut emasmiz-ku Qarg‘a naslimiz.
Bilmasak xam “Vecher”, ”Zags”ning otin,
Qolmagan edik-ku bizlar bexotin.
Ne kerak ortiqcha xarajat ,tashvish,
Yopishtirgan kabi “kal boshga saqich”.
Nechin o‘zgalarning udumin qilmoq,
Boshqalar libosin kelinga ilmoq?”
Xotin shivirladi erga-Otasi,
Azaldan ko‘rolmas sizni tog‘asi.
Quloq solmang hasadgo‘yning so‘ziga,
Cho‘p tiqilsin ko‘rolmagan ko‘ziga.
Burgutdan qolishmas sizda xam savlat,
Xudo nasib etsa , topilar “davlat”.
Qudalarning aytganini qilaylik,
Parrandalar oldi bo‘lib yuraylik”.
Oxirida shu qarorga keldilar,
Qudag‘aylar shartin qabul qildilar.
Undan-bundan so‘rab mablag‘ topishdi,
Bo‘yingacha rosa qarzga botishdi.
To‘y bo‘ldi , juda ko‘p mexmonlar keldi,
Yarmidan ko‘prog‘i Jo‘jalar bo‘ldi.
Yoshlar yeb-ichishib , rosa bo‘kishdi,
Ko‘plar kayfi oshib ,yoqa bo‘g‘ishdi.
...Kunlar o‘tdi,hafta ketidan hafta,
Olmoqning bermog‘i bo‘lar albatta.
Qushlar eshik qoqib qarzin so‘rashar,
Qarg‘alar bor - budin sotib to‘lashar.
Dasturxondan qochdi hayru baraka,
Ko‘zga ko‘rinmaydi to‘yu-ma’raka.
Minnat qilar kunda kuyovga kelin,
La’natlaydi unga qo‘shgan taqdirin.
Muxabbat qalblarni oxir tark etdi,
Yoshlar bir-biridan ajralib ketdi.
Alqissa: qarg‘alar bo‘lmasdi xarob,
“oyoq uzatishsa ko‘rpaga qarab”.
✍Zikrilla Oxun.
Qashqadaryo viloyati.
Koson tumani.
Muhammad Yusuf izdoshlariga 👈
qo‘shiling.
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanali.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
Эрта бахор қийғос гуллаган
Ўрик гулларига ўхшайман.
Кипригингда асрагин мени
Атига бир бахор яшайман.
Сал шамолда тўкилиб кетгум
Хар фаслда гулламайман лек.
Чаман тўла турфа гуллар-у,
Бирортаси бўлолмас мендек!☝️
🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸
2023 йил
✍ Шоира Манзур
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali
@Muhammadyusufizdoshlari👈 guruhi
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
#𝑷𝒓𝒆𝒎𝒚𝒆𝒓𝒂 #𝒚𝒂𝒏𝒈𝒊
𝑺𝑬𝑽𝑰𝑳𝑰𝑩 𝒀𝑨𝑺𝑯𝑨...
𝑴𝒖𝒉𝒂𝒃𝒃𝒂𝒕𝒊𝒎 𝒃𝒐‘𝒍𝒂𝒓 𝒛𝒊𝒚𝒐𝒅𝒂,
𝑯𝒖𝒓𝒌𝒊𝒃 𝒕𝒖𝒓𝒔𝒂𝒏𝒈 𝒐𝒉𝒖𝒈𝒂 𝒐‘𝒙𝒔𝒉𝒂𝒃.
𝑩𝒖 𝒃𝒆𝒔𝒉 𝒌𝒖𝒏𝒊 𝒃𝒐𝒓, 𝒚𝒐‘𝒒 𝒅𝒖𝒏𝒚𝒐𝒅𝒂
𝑺𝒆𝒗𝒎𝒂𝒔𝒂𝒏𝒈 𝒉𝒂𝒎 𝒔𝒆𝒗𝒊𝒍𝒊𝒃 𝒚𝒂𝒔𝒉𝒂!
✍𝑻𝒂𝒏𝒈𝒓𝒊𝒃𝒆𝒓𝒅𝒊𝒎𝒖𝒓𝒐𝒅
🎙𝑬𝒍𝒓𝒐𝒛
𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒊𝒎𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒐𝒃𝒖𝒏𝒂 𝒃𝒐ʻ𝒍𝒊𝒏𝒈!
👇👇👇
𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒊𝒎𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒐𝒃𝒖𝒏𝒂 𝒃𝒐‘𝒍𝒊𝒏𝒈!!!
👇👇👇👇
🥀Аразлама аразчим🥀
Аразингни қўйгин жонгинам,
Қайнар мени танда қонгинам.
Бахтли ўтсин сен-ла онгинам,
Аразлама эркам аразчим!
Юзларингдан ёғилсин ифор,
Қовоғингдан ёғилмасин қор.
Очил, яйра ҳар эрта наҳор,
Аразлама эркам аразчим!
Менда ҳам бор нозик бир кўнгил,
Меҳринг бергил менга бир шингил.
Кўнглим қараб меҳр-ла қонгил,
Аразлама эркам аразчим!
Лаб буришиш ярашмас сенга,
Ой ҳам васфин алишмас кунга.
Малҳам бўлгин ҳокисор жонга,
Аразлама эркам аразчим!
Дунёларни тўлдир роҳатга,
Ёндош фақат сабр- тоқатга.
Эришгайсан шунда жаннатга,
Аразлама эркам аразчим!
Меҳр кўзда ширин сўздадир,
Ҳаё ибо чирой юздадир.
Энди кўнгил қўйиш сиздадур,
Аразлама эркам аразчим!
Аразлама фақат илтимос.
✍Акромжон Алиқулов.
Қашқадарё вилояти.
Муҳаммад Юсуф издошларига 👈қўшилинг.
@Muhammadyusufizdoshlari👈канали.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
Ассалому алайкум азизлар !
Қўрқинглар.
Олим Бобо
Қалдирғоч сирли сўзлар,
Айтишидан қўрқинглар.
Қайтар дунё дейдилар,
Қайтишидан қўрқинглар.
Давлатим денг, отани,
Жаннатим денг, онани.
Қарғаб қўйманг болани,
Қайтишидан қўрқинглар.
Ҳар ташвиш ўзингиздан,
Хатарли изингиздан.
Сўнг ўғил-- қизингиздан,
Қайтишидан қўрқинглар.
Бировга отсангиз тош,
Тош қайтиб ёради бош.
Қинғир иш қирқ кунда фош,
Қайтишидан қўрқинглар.
Дўстларни қилманг ғийбат,
Кўйиб кетар оҳират.
Ўзингизга оқибат,
Қайтишидан қўрқинглар.
Деманг, беш кунлик сафо,
Бобога қилмас вафо.
Қайтар дунё, бу дунё,
Қайтишидан қўрқинглар!!!
✍Олим бобо.
Фарғона вилояти.
Бувайда тумани.
Муҳаммад Юсуф издошларига 👈
қўшилинг.
@Muhammadyusufizdoshlari👈канали.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
Hukm
SHerxonga arz yozdi hayvonlar,
Masalchining ustidan nolib.
Nega bizni masxara qilar,
Atrofida o‘z qovmi qolib.
Odam bo‘lsa yursin odamday,
Bizlar bilan bo‘lmasin ishi.
To‘rt oyoqlab yurolmas axir,
Yo‘qdir dumi, chayonday nishi.
Insonlarin yozmaydi nega,
Bilgani sher, qarg‘a-yu eshak.
Hayvonlarmish ovsarlar go‘yo,
Insoniyat farishta beshak.
Istagimiz majlis chaqiring,
Masalchini sud qilmoq uchun.
Hayvonlarday yashab yuribmiz,
Der xo‘rlamoq bizlarni nechun?
O‘rmon axlin chorladi sherxon,
Majlis qildi joylashib to‘rga.
Yo‘q jonzodning o‘zi yo‘q bunda,
It boshiga joylashgan burga.
Ilon chiqdi so‘zga vishillab,
Dedi juda o‘tkir qalami,
Tulki demish mendan ham makkor,
Hayvon borki unda alami.
U yozmagan jonzod qolmadi,
Chaplab bo‘ldi barchamizga loy.
Arpasini xom o‘rdikmikan,
O‘chi bordir bizda hoy nohoy.
Ayta ketdi barcha dardini,
Majlis ahli bir bir vag‘illab.
Masalchidan rosaa nolishdi,
Shaqol g‘ingshib, qarg‘a qag‘illab.
Izdan chiqay degandi majlis,
Mushtin tugib sherxon o‘kirdi.
Xulasachun olib jiddiy tus,
Salvorlanib o‘rnidan turdi.
-Bas! Bizda ham bor axir yurak,
Ortiq dillar bo‘lmasin pora.
Bundaylarga qilmaymiz shafqat,
Hukm o‘lim shu unga chora.
Krilovning bir masalida,
Bo‘ri qonxo‘r haqiqat shumi.
Gulxaniyda maymun sho‘rlikni,
Xodachaga tiqildi dumi.
SHerxon so‘ngra yonida turgan,
Maymunchaga qarab xo‘rsinar.
Ne qilibdi bir bola paqir,
O‘rganmoqchi bo‘libdi hunar.
Och bo‘rining holiga tushib,
Sinab ko‘rsin inson o‘zini.
Bir birini g‘ajiydi ular,
Yesa yebdi bitta qo‘zini.
O‘rmondagi odatiy hol bu,
Ish bo‘lmadi biror nojuya.
Qilib hayvon ahlini kulgu,
Yasamoqlik shartmi fojia.
Hayvonlar deb bizni kamsitib,
Ne shoirlar masal bitmadi.
Nuqsonsizlik yaratganga hos,
Odamzodning aqli yetmadi.
Sabrning ham chegarasi bor,
Qachongacha o‘zni bosamiz.
Olib keling ul nabokorni,
Qaror shudir sharta osamiz.
Saboq bo‘lsa bizni hilqatga,
Hech bir jonzod tiqmas burnini.
Odamzodmi yoki boshqasi,
Bilib yursin axir o‘rnini.
Eshak hangrab, itlar hurib der,
SHerxon zarbi endi bilindi.
Qidirildi, topildi manzil,
Ijrochilar tayin qilindi.
Qora qoplon mas’uldir bunga,
Nazorati bo‘lsin tulkida.
Dastlab uni tiqinglar qopga,
Ezg‘ilansin ayiq ilkida.
Loqayd bo‘lmang aslo bu ishga,
Odamizod bilamiz ayyor.
Qoplon borsin sizlarman birga,
Qochsa tursin g‘ajishga tayyor.
Kameraga tushmang kunduzi,
Yarim tunda borib bosilsin.
Shu o‘rmonning qoq markazida,
Aytganimday dorga osilsin.
O‘rnak bo‘lsin bu hol barchaga,
O‘rmon gazetida bosilsin.
Barcha birdek ma’qullashdilar,
Osilsin!, Osilsin!, Osilsin!.
Osildimi yo‘qmi bilmadim,
Chunki sapchib uyg‘onib ketdim.
Tong. Xo‘rozlar qichqirar edi,
Shu tushimni qog‘ozga bitdim.
Ming shukurki masalchimasman,
Aralashmam hayvon koriga.
Asrasina Allohning o‘zi,
Osilmoqdan ular doriga.
T. Do‘lanov
Koson tumani.
Muhammad Yusuf izdoshlariga👈
qo‘shiling.
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanali.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈
guruhi
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
©Muhammad Yusuf
Onajon she'ri
🎙Afzal Rafiqov
Azizlar bu she'rni eshiting va baho bering qalami o'tkir shoir O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tasirli sherlaridan.
Ассалому алайкум, қадрдонлар..
Бахшиларимиз ижодларидан баҳраманд бўлингизлар..
Сизларга яхши кайфият тилаб қоламиз
14-yanvar VATAN HIMOYACHILARI kuniga bagʻishlanadi
🇺🇿☀ASKAR MAKTUBLARI☀🇺🇿
1
Assalom, Onajon, Salom, Otajon,
Sogʻu omonmisiz, baquvvat, bardam.
Shu Vatan meniki — jonimdagi jon,
Sizlardek ardoqlar bolam deb har dam.
Tonglar koʻzlarimda uygʻonar Quyosh,
Hurlik sabolari oʻpar yuzimdan.
Kecha-kunduz hamroh shijoat, bardosh,
Saflarda oʻt chaqnar bosgan izimdan.
Yigitni yurt uchun tugʻar onalar,
Mardlikni oʻrgatar Otalar — jasur.
Vatan — tinch, yurt obod, nurli xonalar,
Oʻgʻlonlar hamisha mardona, magʻrur.
Askarlar, asrarlar nomus, orini,
Munosib yoʻl bosib ajdodlrga xos.
Yotlarga, yovlarga bermas borini,
Kelajak kutajak — olgʻa qadam bos!
Yurtboshi ishonchi bizlarga qanot,
Jasorat merosdur Sohibqirondan.
Lochinlar tugʻilar yovqur umrbod
Qoʻrqoqlar chiqmagay Oʻzbekistondan!
2
Onajon, mana, men, yoʻq kam-koʻstlarim,
Shunqor oʻgʻlingizdan olmang xavotir.
Yonimda yelkadosh askar doʻstlarim,
Yurtni qoʻriqlaymiz barchamiz — botir!
Qonimda joʻsh urar gʻayratim, kuchim,
Muqaddas toj-taxtim boshimda humo.
Mustaqil Vatanim asramoq burchim,
Arziydi etsam gar jonimni fido.
Mashqlarda toblanib chiniqmoqdaman,
Komandirlarimning mendan koʻngli toʻq.
Kamolotda koʻrkam tiniqmoqdaman,
Koʻksimda koʻklarni koʻzlaydi bir choʻgʻ.
3
Kecha tush koʻribman qishlogʻimizni,
Oʻsha qadrdon uy, koʻcha-koʻylarni.
Ukam minib olgan toychogʻimizni,
Dalaga haydaydi suruv qoʻylarni.
Ana, bolaligim — orzusi osmon,
Shahdam odimlaydi jajji askarcha.
Uni quchogʻiga chorlaydi shu on,
Oydanmi, quyoshdan ochilgan darcha.
Dono Muallimim — darsda, maktabda,
Nurli nigohidan uchar yulduzlar.
Koʻzni pana qilib qurgʻur shu tobda,
Kimgadir xat yozar sinfdosh qizlar.
Sogʻinchning qoʻlida Siz yopgan kulcha,
Meni kuzatarmish harbiy xizmatga.
Yuzga kirgan bobom yoʻl tilab shuncha,
Va bugun yetibman qadr-qimmatga.
Singlimning qoʻlida mening maktubim,
Sekin moʻralarmish oʻng yon devordan.
Bogʻ ichra qoʻshni qiz xayol surar jim,
Sovchilar kelarmish unga bahorda...
Mayliga, Onajon, koʻrishguncha sogʻ-
Omon boʻling, deyman, barchangiz omon.
Nurli ostonada otamdek, shu choq
Meni kutib turar jon Oʻzbekiston!
✍️Lochin ELMUHAMMAD
Muhammad Yusuf izdoshlariga 👈
qo‘shiling.
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanali.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈
guruhi.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
ТЎЙ.
Бўлган воқеани қилдим кўчирма,
Қарғанинг боласи бўлди учирма.
Кўз очиб юмгунча вақт ўтиб кетди,
Ниҳоят Жўжача вояга етди.
Балоғатга етгач хар бир мавжудот,
Жуфтини излайди, азалдан одат.
Ота-она Қарға роса чопдилар,
Ахийри ўғлига қайлиқ топдилар.
Совчиликка бориб Тўти –кайвони,
Розилигин олди Қарға -қуданинг.
Чорладилар уйга қариндошларни,
Тўйин белгиламоқ бўлиб ёшларни.
Совчи Тўти деди:”Қудалар шарти-
“Вечер “қилмоққа мос”Бургутлар” парки.
Шу жойдан узатди Сарлочин қизин,
Кам эмас дейишди қизимиз бизнинг
Мингдан кам бўлмайди мехмонлар сони,
Ушалсин фарзандлар орзу армони.
“Фата” керак эмиш Товус патидан,
Либоси оқ харир, ўн тўрт қатидан.
Жуда паст дедилар Булбул навоси,
Ўйинга мос келар Хўроз овози.
Ёшлар алоҳида “Загс “қилармиш,
Шунда келинчакнинг кўнгли тўлармиш.
Сўнгра ўтишармиш”Колокольчик”ка,
Марказдаги яхши ,бўлмасмиш чекка.
(Тушунмай Тўтининг айрим сўзини,
Қоғозга тушурдим айнан ўзини).
Шунда тоға Қарға солиб қовоғин,
Деди: -Ўйлангизлар, аввал буёғин,
Биров билан борми бизнинг бахсимиз?
Бургут эмасмиз-ку Қарға наслимиз.
Билмасак хам “Вечер”, ”Загс”нинг отин,
Қолмаган эдик-ку бизлар бехотин.
Не керак ортиқча харажат ,ташвиш,
Ёпиштирган каби “кал бошга сақич”.
Нечин ўзгаларнинг удумин қилмоқ,
Бошқалар либосин келинга илмоқ?”
Хотин шивирлади эрга-Отаси,
Азалдан кўролмас сизни тоғаси.
Қулоқ солманг ҳасадгўйнинг сўзига,
Чўп тиқилсин кўролмаган кўзига.
Бургутдан қолишмас сизда хам савлат,
Худо насиб этса , топилар “давлат”.
Қудаларнинг айтганини қилайлик,
Паррандалар олди бўлиб юрайлик”.
Охирида шу қарорга келдилар,
Қудағайлар шартин қабул қилдилар.
Ундан-бундан сўраб маблағ топишди,
Бўйингача роса қарзга ботишди.
Тўй бўлди , жуда кўп мехмонлар келди,
Ярмидан кўпроғи Жўжалар бўлди.
Ёшлар еб-ичишиб , роса бўкишди,
Кўплар кайфи ошиб ,ёқа бўғишди.
...Кунлар ўтди,ҳафта кетидан ҳафта,
Олмоқнинг бермоғи бўлар албатта.
Қушлар эшик қоқиб қарзин сўрашар,
Қарғалар бор - будин сотиб тўлашар.
Дастурхондан қочди ҳайру барака,
Кўзга кўринмайди тўю-маърака.
Миннат қилар кунда куёвга келин,
Лаънатлайди унга қўшган тақдирин.
Мухаббат қалбларни охир тарк этди,
Ёшлар бир-биридан ажралиб кетди.
Алқисса: қарғалар бўлмасди хароб,
“оёқ узатишса кўрпага қараб”.
✍Зикрилла Охун.
Қашқадарё вилояти.
Косон тумани.
Муҳаммад Юсуф издошларига 👈қўшилинг.
@Muhammadyusufizdoshlari👈канали.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari.
☀️Хайрли тонг азизлар!!
🌹Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин!!
☀️Xayrli tong, azizlar!
🌹Bugungi boshlanayotgan yangj kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
SURXONDARYO VILOYATI
DENOV TUMANIDAN
BEKZOD BAXSHI HOMIDOV
SHERABOD TUMANIDA
XOSIYAT MOMANI 75-YOSH YUBLEY
TO'YIDA XIZMADA BULDI.
BEKZOD BAXSHI HOMIDOV
Tel...+998972442018
15. 01. 2024. Yil
Erta bahor qiyg'os gullagan
O'rik gullariga o'xshayman.
Kiprigingda asragin meni
Atiga bir bahor yashayman.
Sal shamolda to'kilib ketgum
Har faslda gullamayman lek.
Chaman to'la turfa gullar-u,
Birortasi bo'lolmas mendek!☝️
🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸
2023 yil
✍ Shoira Manzur
Muhammad Yusuf izdoshlariga
qo‘shiling.👈
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanali.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈
guruhi.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
Хайрли кеч, азизлар....
Аудио ижроларидан баҳраманд бўлинг... 🌹
Кечки дам олиш саотларингиз мароқли ўтсин.... 🌹
🌹Ассалому алайкум, азизлар...
Бошланган ҳафта кунлари барчангизнинг хонадонингизга файзу~барокат олиб келсин...
🌹Assalomu alaykum, azizlar....
Boshlangan hafta kunlari barchangizning xonadoningizga fayzu~barokat olib kelsin...
Baxshilarimiz ijodidan bahramand bo‘ling... 🌹
🥀Arazlama arazchim🥀
Arazingni qoʻygin jonginam,
Qaynar meni tanda qonginam.
Baxtli oʻtsin sen-la onginam,
Arazlama erkam arazchim!
Yuzlaringdan yog'ilsin ifor,
Qovogʻingdan yog'ilmasin qor.
Ochil, yayra har erta nahor,
Arazlama erkam arazchim!
Menda ham bor nozik bir koʻngil,
Mehring bergil menga bir shingil.
Koʻnglim qarab mehr-la qongil,
Arazlama erkam arazchim!
Buxoro havosi goʻzal ekanmu?
Yozgan bitiklarim gʻazal ekanmu?
Yo yurgan yoʻllarim tikon ekanmu?
Arazlama erkam arazchim!
Lab burishish yarashmas senga,
Oy ham vasfin alishmas kunga.
Malham boʻlgin hokisor jonga,
Arazlama erka arazchim!
Dunyolarni toʻldir rohatga,
Yondosh faqat sabr- toqatga.
Erishgaysan shunda jannatga,
Arazlama erkam arazchim!
Mehr ko'zda shirin so'zdadir,
Hayo ibo chiroy yuzdadir.
Endi koʻngil qoʻyish sizdadur,
Arazlama erkam arazchim!
Arazlama faqat iltimos🙏🙏
✍✍ Muallif Akromjon Aliqulov Qashqadaryo viloyati
Muhammad Yusuf uzdoshlariga qo‘shililing👈
/channel/Muhammadyusufizdoshlari👈kanali.
Аssalomu alaykum azizlar !
Qo'rqinglar.
Olim Bobo
Qaldirg'och sirli so'zlar,
Аytishidan qo'rqinglar.
Qaytar dunyo deydilar,
Qaytishidan qo'rqinglar.
Davlatim deng, otani,
Jannatim deng, onani.
Qarg'ab qo'ymang bolani,
Qaytishidan qo'rqinglar.
Har tashvish o'zingizdan,
Xatarli izingizdan.
So'ng o'g'il-- qizingizdan,
Qaytishidan qo'rqinglar.
Birovga otsangiz tosh,
Tosh qaytib yoradi bosh.
Qing'ir ish qirq kunda fosh,
Qaytishidan qo'rqinglar.
Do'stlarni qilmang g'iybat,
Ko'yib ketar ohirat.
O'zingizga oqibat,
Qaytishidan qo'rqinglar.
Demang, besh kunlik safo,
Boboga qilmas vafo.
Qaytar dunyo, bu dunyo,
Qaytishidan qo'rqinglar!!!
✍Olim bobo.
Farg‘ona viloyati.
Buvayda tumani.
Muhammad Yusuf izdoshlariga 👈qo‘shiling.
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanali.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈
guruhi.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
Ҳукм
Шерхонга арз ёзди ҳайвонлар,
Масалчининг устидан нолиб.
Нега бизни масхара қилар,
Атрофида ўз қовми қолиб.
Одам бўлса юрсин одамдай,
Бизлар билан бўлмасин иши.
Тўрт оёқлаб юролмас ахир,
Йўқдир думи, чаёндай ниши.
Инсонларин ёзмайди нега,
Билгани шер, қарға-ю эшак.
Ҳайвонлармиш овсарлар гўё,
Инсоният фаришта бешак.
Истагимиз мажлис чақиринг,
Масалчини суд қилмоқ учун.
Ҳайвонлардай яшаб юрибмиз,
Дер хўрламоқ бизларни нечун?
Ўрмон ахлин чорлади шерхон,
Мажлис қилди жойлашиб тўрга.
Йўқ жонзоднинг ўзи йўқ бунда,
Ит бошига жойлашган бурга.
Илон чиқди сўзга вишиллаб,
Деди жуда ўткир қалами,
Тулки демиш мендан ҳам маккор,
Ҳайвон борки унда алами.
У ёзмаган жонзод қолмади,
Чаплаб бўлди барчамизга лой.
Арпасини хом ўрдикмикан,
Ўчи бордир бизда ҳой ноҳой.
Айта кетди барча дардини,
Мажлис аҳли бир бир вағиллаб.
Масалчидан росаа нолишди,
Шақол ғингшиб, қарға қағиллаб.
Издан чиқай деганди мажлис,
Муштин тугиб шерхон ўкирди.
Хуласачун олиб жиддий тус,
Салворланиб ўрнидан турди.
-Бас! Бизда ҳам бор ахир юрак,
Ортиқ диллар бўлмасин пора.
Бундайларга қилмаймиз шафқат,
Ҳукм ўлим шу унга чора.
Криловнинг бир масалида,
Бўри қонхўр ҳақиқат шуми.
Гулханийда маймун шўрликни,
Ходачага тиқилди думи.
Шерхон сўнгра ёнида турган,
Маймунчага қараб хўрсинар.
Не қилибди бир бола пақир,
Ўрганмоқчи бўлибди ҳунар.
Оч бўрининг ҳолига тушиб,
Синаб кўрсин инсон ўзини.
Бир бирини ғажийди улар,
Еса ебди битта қўзини.
Ўрмондаги одатий ҳол бу,
Иш бўлмади бирор ножуя.
Қилиб ҳайвон аҳлини кулгу,
Ясамоқлик шартми фожиа.
Ҳайвонлар деб бизни камситиб,
Не шоирлар масал битмади.
Нуқсонсизлик яратганга ҳос,
Одамзоднинг ақли етмади.
Сабрнинг ҳам чегараси бор,
Қачонгача ўзни босамиз.
Олиб келинг ул набокорни,
Қарор шудир шарта осамиз.
Сабоқ бўлса бизни ҳилқатга,
Ҳеч бир жонзод тиқмас бурнини.
Одамзодми ёки бошқаси,
Билиб юрсин ахир ўрнини.
Эшак ҳанграб, итлар ҳуриб дер,
Шерхон зарби энди билинди.
Қидирилди, топилди манзил,
Ижрочилар тайин қилинди.
Қора қоплон масъулдир бунга,
Назорати бўлсин тулкида.
Дастлаб уни тиқинглар қопга,
Эзғилансин айиқ илкида.
Лоқайд бўлманг асло бу ишга,
Одамизод биламиз айёр.
Қоплон борсин сизларман бирга,
Қочса турсин ғажишга тайёр.
Камерага тушманг кундузи,
Ярим тунда бориб босилсин.
Шу ўрмоннинг қоқ марказида,
Айтганимдай дорга осилсин.
Ўрнак бўлсин бу ҳол барчага,
Ўрмон газетида босилсин.
Барча бирдек маъқуллашдилар,
Осилсин!, Осилсин!, Осилсин!.
Осилдими йўқми билмадим,
Чунки сапчиб уйғониб кетдим.
Тонг. Хўрозлар қичқирар эди,
Шу тушимни қоғозга битдим.
Минг шукурки масалчимасман,
Аралашмам ҳайвон корига.
Асрасина Аллоҳнинг ўзи,
Осилмоқдан улар дорига.
Т. Дўланов
Косон тумани.
Муҳаммад Юсуф издошларига 👈қўшилинг.
@Muhammadyusufizdoshlari👈канали.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
Ассалому алайкум, хайрли оқшом....
Шоир мухлис ва мухлисалари.... Қалам соҳиб ва соҳибалари... Кечки соатларда сизларга озгина
бўлсада,яхши кайфият улашишдан мамнунмиз
Assalomu alaykum, xayrli oqshom.....
Shoir muxlis va muxlisalari... Qalam sohib va sohibalari..
Kechki soatlarda sizlarga ozgina bo‘lsada, yaxshi kayfiyat ulashishdan mamnunmiz....
Муҳаммад Юсуф издошларига👈
қўшилинг.
@Muhammadyusufizdoshlari👈канали.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
ЎТИНЧ
Фарғонамнинг паривашлари,
Эй, жонимнинг қариндошлари,
Бўйнингизга марварид бўлсин,
Маржон-маржон кўзим ёшлари!..
Муҳаббатдан айтишиб ўлан,
Қувалашиб ўсдик сиз билан.
Кетдим кейин булутдай кўчиб,
Қайтай энди кайси юз билан?..
Ёдимда соф туйғуларингиз,
Жаранглаган кулгуларингиз.
Ҳаётимда бўлмасангиз ҳам,
Хаёлимда юрдиларингиз.
Сиз мен учун ўша-ўша шўх,
Ўша-ўша эрка бўлдингиз.
Қўрғонимга келмасангиз ҳам,
Армонимга бека бўлдингиз.
Ўйин дедик бу ёруғ олам,
Ўйин қилдик муҳаббатни ҳам.
Қизлар, ўлан айтиб гоҳида,
Эслаб қўйинг Муҳаммадни ҳам.
✍Мухаммад Юсуф
Муҳаммад Юсуф издошларига 👈қўшилинг.
@Muhammadyusufizdoshlari👈канали.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
14-yanvar VATAN HIMOYACHILARI kuniga bag‘ishlanadi
🇺🇿☀АСКАР МАКТУБЛАРИ☀🇺🇿
1
Ассалом, Онажон, Салом, Отажон,
Соғу омонмисиз, бақувват, бардам.
Шу Ватан меники — жонимдаги жон,
Сизлардек ардоқлар болам деб ҳар дам.
Тонглар кўзларимда уйғонар Қуёш,
Ҳурлик саболари ўпар юзимдан.
Кеча-кундуз ҳамроҳ шижоат, бардош,
Сафларда ўт чақнар босган изимдан.
Йигитни юрт учун туғар оналар,
Мардликни ўргатар Оталар — жасур.
Ватан — тинч, юрт обод, нурли хоналар,
Ўғлонлар ҳамиша мардона, мағрур.
Аскарлар, асрарлар номус, орини,
Муносиб йўл босиб аждодлрга хос.
Ётларга, ёвларга бермас борини,
Келажак кутажак — олға қадам бос!
Юртбоши ишончи бизларга қанот,
Жасорат меросдур Соҳибқирондан.
Лочинлар туғилар ёвқур умрбод
Қўрқоқлар чиқмагай Ўзбекистондан!
2
Онажон, мана, мен, йўқ кам-кўстларим,
Шунқор ўғлингиздан олманг хавотир.
Ёнимда елкадош аскар дўстларим,
Юртни қўриқлаймиз барчамиз — ботир!
Қонимда жўш урар ғайратим, кучим,
Муқаддас тож-тахтим бошимда ҳумо.
Мустақил Ватаним асрамоқ бурчим,
Арзийди этсам гар жонимни фидо.
Машқларда тобланиб чиниқмоқдаман,
Командирларимнинг мендан кўнгли тўқ.
Камолотда кўркам тиниқмоқдаман,
Кўксимда кўкларни кўзлайди бир чўғ.
3
Кеча туш кўрибман қишлоғимизни,
Ўша қадрдон уй, кўча-кўйларни.
Укам миниб олган тойчоғимизни,
Далага ҳайдайди сурув қўйларни.
Ана, болалигим — орзуси осмон,
Шаҳдам одимлайди жажжи аскарча.
Уни қучоғига чорлайди шу он,
Ойданми, қуёшдан очилган дарча.
Доно Муаллимим — дарсда, мактабда,
Нурли нигоҳидан учар юлдузлар.
Кўзни пана қилиб қурғур шу тобда,
Кимгадир хат ёзар синфдош қизлар.
Соғинчнинг қўлида Сиз ёпган кулча,
Мени кузатармиш ҳарбий хизматга.
Юзга кирган бобом йўл тилаб шунча,
Ва бугун етибман қадр-қимматга.
Синглимнинг қўлида менинг мактубим,
Секин мўралармиш ўнг ён девордан.
Боғ ичра қўшни қиз хаёл сурар жим,
Совчилар келармиш унга баҳорда...
Майлига, Онажон, кўришгунча соғ-
Омон бўлинг, дейман, барчангиз омон.
Нурли остонада отамдек, шу чоқ
Мени кутиб турар жон Ўзбекистон!
✍️Лочин ЭЛМУҲАММАД
Муҳаммад Юсуф издошларига 👈
қўшилинг.
@Muhammadyusufizdoshlari👈канали
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈
гуруҳи.
/channel/Muhammadyusufizdoshlari
Oqshom ilhomlari✨🌙
Yigitlsrimiz uchun
,, Chanqovuz kuyi"
Bayram tuhfasi
Fofur Mirzo.(Doda) ustozimiz iltimoslariga ko‘ra... Bayramlaringiz muborak bo‘lsin! 🌹
Ijroda: Robiya Chaman qizi