muhabbat_oyatlar | Неотсортированное

Telegram-канал muhabbat_oyatlar - 🌙 Muhabbat oyatlari

327

وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةً مِّنِّي طـه (39) Taa-Haa Ва сенга Ўзимдан муҳаббат солдим. Aloqa uchun : @oyatlar1bot

Подписаться на канал

🌙 Muhabbat oyatlari

Assalomu aleykum onajonla yahwimisila bollarila yahwimi uzr admin mavzudan tashqari yozvoman. Toshkentda yawimiz biza 2 ta oglim bor 2 chi oglim tugilganda travma olgani sababli ogir jaroxat bilan nogiron bolip qolgan. Xozir 5 yosh yurmidi, otirmidi, gapirmidi ovqatini xam chaynap yediraman ozi xatto ovqat yeyomidi. Xaligacha pampers taqadi. Ozimiz uyimiz yoq man onamnikida onam bilan yawiman. Bolam nogironlik pensa oladi dorilari qimmat zorga dorisiga yetkazaman. Ozim iwlomiman kasal bolani tawap ketomiman shu sababli qiynalip qoldik. Kelip waroiti bolani korsela boladi yolgon gapirmiman Allohdan qorqaman. Siladan iltimos shu bolami pampersidan dorisidan rozgordan yordam berip turila. Lichkaga yozsela adres nomer beraman. Ozila kelip korsela boladi bemalol. Yolgon yoq. Mani notori mawenik dep oylamela xamma gapim rost man pul berila dimiman, kelip bolani korip exsonila qiliwila mumkun. Ona farzandi uchun majbur bolarkan togri qabul qilila iltimos xammani bowida bor togri chunila iltimos. Alloh rozi bosin siladan. Yordamilani ayamela. Lichkaga yozsela nomer beraman tel qisela chuntiraman yana xammasini.
Tel 951910081
Karta 8600061027107381
Kulaxmedova Anora


P/S: Muallif xabari tahrir qilinmadi, imkoni borlar, tekshirib keyin ehson qilishingiz mumkin, Alloh barchamizdan rozi bo'lsin.

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Dunyoning ishlаri dоim shоshilinch. Оdаtdаgidek tik turgаnchа nоnushtа qilаyotgаn edim.
Оnаm оdаtdаgidek qistаrdi:
– O‘tirsаng-chi, bоlаm. Birpаs o‘tirgin.
– Bo‘ldi, ketdim.
– Shоshmа, bоlаm. – Оnаm ko‘zimgа оdаtdаgidаn bоshqаchа, qаndаydir mung bilаn termildi. – Gаp bоr.
Тipirchilаb sоаtgа qаrаdim: hаli yoqilg‘i оlish
kerаk, ishgа bоrish kerаk, keyin nаshriyotgа
o‘tish...
– Nimа edi?
Оnаm ko‘zimgа hаmоn mа’yus termilib o‘tirаrdi.
– Surаtgа tushаylik, – dedi to‘sаtdаn.
Ajаblаndim.
– Negа?
– Yaqindа men o‘lаmаn.
Оnаm bu gаpni хuddi: «Qo‘shninikigа chiqib
kelаmаn», degаndek оhаngdа аytdi. Kulib yubоrdim.
– Qo‘ysаngiz-chi, оyi.
Shundаy dedim-dа, chiqdim ketdim.
Оrаdаn ikki hаftа o‘tdi-yu... Kechаlаri uyg‘оnib ketаmаn, o‘ylаymаn. O‘ylаymаn: sen nоmаrd, sen аhmоq nimаgа, nimаgа o‘shаndа kulding? Surаtgа tushishgа vаqting yo‘qmidi? Kerаk bo‘lsа tоpаsаn-ku! Kitоb uchun, jurnаl uchun, ish ustidа, bоg‘dа, ko‘chаdа... Nimа, sen kinо￾yulduzmisаn? Jаhоnshumul shахsmisаn? Anа, bir dаstа surаting yotibdi. Hаr хil. Hаr yerdа... Fаqаt... Оnаng bilаn tushgаn surаting yo‘q!

@felikh_21

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Роҳатни эса мўл-кўлликда исташди. Балки роҳат етишмовчиликдадир. Қадр-қимматни халқдан исташди. Лекин обрў-эътибор тақводадир. Неъматни эса юмшоқ ва пўрим кийимларда, ҳамда лаззатли таомларда деб билишди. Неъмат бўлса, ислом, ҳаё ва офиятдадир".

Имом Байҳақийнинг "Аз-зуҳдул кабир" китобидан

@muhabbat_oyatlar

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ!
🕊
Рамазон ҳайитингиз муборак бўлсин! 🕊

https://t.me/joinchat/AAAAAD-ZGmdHp-O75FyVsg

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Бўғиқ, қисиқ, асабий бир кўнгил билан тун ва кун
Тўшакда, ўйлар орасинда инграб ётмак
Оғир… қийин…
Бу ётишнинг сўнги, сўнги келсун!
Ёзилмаганми бу тунлар сўнгида тонг отмак?
Кўзимда эрта ва кеч бир йиғин хиёл очилар,
Хаёл билан кўраман, кўк юзи булутли каби,
Бутун кўнгил ва юраклар оловли, ўтли каби;
Булут кўзидан эса ерга оғу –ёш сочилар.
Менинг ўйимми қора? Ёки юрт кўкида булут,
Қуюқ булут тўдаси қонли ёш тўкиб йиғлар?
Меним бу хаста дилимни яна нечун тиғлар?
Меним-да кўксима боқмоқчи истар ул бир ўт?
Бўғиқ , қисиқ бу кўнгил кучли ўт билан ёнадир,

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Мени бу шоира йиғлатди...
😢😢😢

Мен аёлман, паранжиларим
Қачонлардир ёнганлари бор.
Муҳаббат деб кўксимни доғлаб,
Сўнг баридан тонганлари бор.

Мен аёлман, қийшиқ қовурға,
Эгрилиги бошимга бало!
Нодираман, мана, юз йилки
Ўлдиради амир Насрулло!

Мен аёлман, душманим аёл
Қўлларидан заҳар ютдим жим.
“Сиз ўшами?” Мен ўша эдим
Кумушларинг урди, азизим.

Мана кетди Сибирга кимдир,
О, кимнидир дорга тортдилар.
Йўқ, билмайсиз улар ортига
Оналарин қўйиб отдилар.

Мана тулпор, унинг қўлида
Доро боши, оқиб борар қон.
Эй Тўмарис, қонлар юволмас
Иснодлар бор, қутқар, онажон!

Хонзодаман, тақдирим сулҳдир,
Ҳали ҳамон сулҳга кўнаман.
Қизларимнинг қисмати талҳдир,
Орзуларин ўзим кўмаман.

Мен аёлман, номардни туққан,
Ўйлайвериб эсдан оғаман.
Эй қаттол дун, қачон Алишер,
Яна қачон Темур туғаман?!

Мен аёлман, ким ёмон боқса,
Ўтда куйгай қорачиғлари.
Аёлининг номусин сотган
Элнинг одам бўлмас эрлари.

Мен аёлман, менга гуллар бер,
Шараф бергин, шафоат бергин.
Мен аёлман, номусим учун
Қилич тутгин, ҳимоят бергин.

Мен аёлман, агар хор бўлсам,
Тулпордан туш, бош эгиб юргин.
Эй сен эрлар, қавмингни қутқар.
Ўз қавмингга ҳидоят бергин!

ГУЛРУХ ХУДОЁРОВА


@shahnozxon

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

"Қизларни ёмон кўрманг. Чунки улар қимматли дўстдирлар".

Имом Аҳмаднинг Уқба ибн Омирдан ривоятлари

@MubashshirAhmad

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Farzandlaringizni onasi “charchadim” desa, bu shunchaki charchoq emas, bu soʻzning ostida olam - olam maʼno yotishi mumkin.

Charchoqga hamma har xil qaraydi, ahir bizda ayollar “charchash”maydi, ayollarga charchash taʼqiqlangan. Ayniqsa uyida mazza qilib “oʻtiradigan” va kuuuun boʻyi “hech nima” qilmaydigan uy bekalari va onalarga.

Aslida u boshqa bir nimadur deyaptiyu, siz uni eshitmayabsiz. “Bagʻringga bos”. “Mehnatimni qadrla”. “Kim uchundir emas, oʻzim uchun ham yashashimga imkon ber”. “Menga sen uchun qanchalik qadrli ekanimni eslat”. “Yonimdaligingni ayt”. “Biz bugun duch kelayotgan va ertaga hal qilishimiz kerak boʻlgan musibatlarni birgalikda yengib oʻtamiz” de.

U “charchadim” deydi. Lekin, koʻpligidan sababini ajratib boʻlmaydigan xavotirlardan asablarini idrab ketganini aytmaydi.

“Bundan ham yaxshiroq qilish mumkin edi”dan qochib, “odamlarning kelini palondaqa ekan”ga toʻqishib yiqilganini, vazifasi boʻlmasa ham yoʻq joydan yelkasiga ortib qoʻyganingiz masʼuliyatlardan, har kuni toʻrt devor orasida oʻzidan boshqa hammaning koʻngliga qarashdan, “sugʻur kuni”dek qaytariladigan hayotdan zerikganini, mukammal, yaltiroq boʻlishdan charchaganini aytmaydi.

Avvalgi “oʻzi” boʻlishni sogʻingani aytmaydi. Toʻgʻri, farzandlari tugʻilishi bilan qalbida paydo boʻlgan va chuqur ildiz otgan mehr-muhabbat uning uchun bebaho, ammo bular mutlaqo boshqa - boshqa tuygʻular.

Yoʻnalishlarni oʻzgartirishni istashini, uzoq ufqlarga vijdon azobisiz va hech qachon tugamaydigan kundalik tashvishlarsiz sayohat qilishni istashini aytmaydi. Keyinchalik, eslab yuziga tabassum yuguradigan va qalbini mehr-muhabbatga, zavqqa toʻldiradigan xotiralarni istashini aytmaydi.

“Charchadim” deydi. Aslida esa, “meni yupat”, “men bilan boʻl”, “menga ham vaqt ajrat”, “tilingni shirinroq qil” deyotgan boʻladi. Baxt haqidagi oʻziga hos orzularining eng boshida muhabbat turishini ayta olmaydi.

“Charchadim” deydi. Aslida esa, oʻzimni kerakli insondek his qilishimga yordam ber deydi. Masʼuliyat va mehnatning bir qismini sen ham yelkangga ol deyotgan boʻladi.

U charchagan. Aslida esa, “men ham tanamga gʻamxoʻrlik qilishim kerak” - deyapti. Unga gʻamxoʻrlik qilish, kasal vaqtida davolash, mazali taomlantirish, uhlash, charchoqni chiqarib yuborish, oʻzligini his qilish, goʻzalligini his qilishni istashini anglatadi. Oʻziniki boʻlmagan yuklarni koʻtaraverib charchagan yelkalari, sizga farzand dunyoga keltiraman deb tanasiga tushgan chiziqlar, quruqshab ketgan terisi, qoʻpollashib ketgan tovonlari, toʻkilayotgan sochlari, ajin tushib boshlayotgan yuzlari parvarishga muhtoj ekanini aytayotgan boʻladi.

Jonimga tegdi deydi. Aslida esa, “shamollab kelishim kerak” deyotgan boʻladi. Chunki ichida bir hillikdan, qaytariluvchi nasihat va taʼmalardan, ruhiyatini zildek ezuvchi “chida” “sabr qil”lar bilan, bolalaringiz va ota-onangizning injiqliklaridan toʻlib ketgan bir ruhiyati bor uning.

Charchoq - bir soʻz holos. Ortida esa qanchadan-qancha maʼnolar, iltimoslar, jimliklar, ehtiyojlar, sukutlar yashiringan...

Mingʻillab jonimga tegding, hamma sharoiting bor, oʻzi ayol zoti tovuqmiya, noshukur boʻladi deyishdan oldin, shular haqida oʻylab koʻring...

Ayolga ayolligini bermay turib, qanday qilib, qaysi vijdon bilan oʻzingizga boshqa ayol qidirasiz?

©️Raxshonaxon Muzaffar Qizi

t.me/uyqumashguloti

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

#ЖОНЛИ

• КИТОБ:
• Оила даврасида бир ҳаёт дарси ўрганамиз!

©️ Аброр Мухтор Алий

📌Каналга аъзо бўлиш учун
манзил👇👇👇

/channel/AbrorMuxtorAliy

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Бошлиғимнинг қизи телефон қилди:
- Ассалому алайкум, Дадажон яхшимисиз, томоғингиз огримаяптими? Бошингизчи? Овқатландингизми? Чарчамасдан ишланг ўйга тезроқ келинг, согиниб қолдим...

Шу ондан кейин бошлиқнинг юзидан сездим, у дунёдаги энг бахтли инсон қиёфасида эди...

Қизлар отасига нақадар мехрибон а?

@felikh_21

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Hissiyot

Bobom 96yoshlar. Shu yoshga kelib, juda og'ir kasalga chalindilar deyarli hech qayerlari ishlamay qoldi, o'zlarini o'lim tushagidaman deb o'ylab qoldilar, faqat ko'zlari va tillari ishlar edi. Bobomning yonlarida bo'lib kuzatdim: Ko'p yig'ladilar, Allohdan faqat kechirim so'rab tavba qildilar, farzandlarini bizlarni ko'rib, ovozlarimizni eshitib ham yig'ladilar, yaqinlari ko'rgani kelganda ham ko'z yoshlarini yashirmadilar. Yig'lardilar lekin hech kimga gapirmasdilar. Bir kun hammamiz yig'ilib bobomga qarab o'tirganimizda, bizlarga qarab sog'indim dedilar, menga shu so'zlari ta'sir qildi, har bir daqiqamizni g'animat bilib, yaqinlarimizning yonida bo'lishga harakat qilaylik...

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

-Vujudimda ekansan, bu paypoqchalarni sotib olganman.
Tugʻilding, oyoqchalaring nihoyatda kichik edi, bu paypoqchalar senga juda katta edi.
Hozir, har bir xarakatingdan oyoqlaring katta boʻlyapti, oʻsyapti.
Sen katta boʻlyapsan..
Qalbing katta boʻlyapti.
Buyuk muhabbating bilan men ham katta boʻlyapman.
Bizni oʻstiryapsan.
Har doim, ayni duoda boʻlaman.
Oyoqchalaring faqat yaxshilikka, halolga, Haq tomonga, madrasalarga, ilm suhbatlariga xizmat qilsin.
Sen Allohning eng sevgan quli, sevganlarining ham sevgani boʻl bolajonim.
Sen katta boʻlganing sari, onalikni, sevishni, gʻamxoʻrlikni oʻrganyapman.
Onalik-bilish bilan emas, his qilish bilan oʻlchanar ekan.
Aslida onalikni anglatish qiyin..
Fitrating pokligicha qolsin deb qilayotgan bu xarakatlarimni, sen katta boʻlgach ham, yelkangda bir buyuk mas’uliyatdek olib yurishingni Allohdan soʻrayman.
Seni avvalo Robbim uchun, soʻng jonimdan jon boʻlganing uchun sevaman.

12.02.2022.

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

​​#романтика

"Сенга осмондаги ойни ваъда қилмайман. Аммо, мен билан бўлсанг, қорли ва совуқ қиш кунларида, ихчам уйимизнинг иссиққина хонасида, қўлларинг-қўлларимда, тиззаларинг тиззаларимга тегиб тураркан, дунёларни унутиб сен билан бирга Қуръон ўқиймиз... "
дейдиган эркакларимиз купайсин!

Амийн!

@mehrli_oila

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Bir kun kelib, dunyodagi yaqinlaringiz sizni tark etadi, yoki siz yaqinlaringizni tashlab ketasiz, bu Allohning qonunidir. Barcha inson ayriliqqa tayyor bo'lishi kerak, qanchalar alamli bo'lsa ham kun kelib ayriliq sodir bo'ladi. Shu sabab, iloji boricha yaqinlaringizning yonida bo'ling.

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Svet, suv, gaz yo'q. Odamlar shu ne'matlarsiz ham yashay olisharmikan...)

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Rosululloh bilan muomala qilgan inson: "men rosulullohning eng ko'p yaxshi ko'radigan kishilari bo'lsam kerak", deb o'ylar edi.

@felikh21

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

- Нега менга муаммоларингни айтиб беряпсан?
- Қалбингни севинчга тўлдириш учун!

© Мубашшир Аҳмад

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Hayotlik paytida ota-onasidan xabar olmagan farzand ularning vafotlaridan keyin qabrlarini chiroyli qilib qo'ydim, deyishi juda ayanchli eshitilar ekan.


@muhabbat_oyatlar

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Esimni taniganimdan beri, hayyit namoziga opoqdadam rahmatli bilan chiqardim, namoz vaqtidan ikki soat oldin masjidning birinchi qatorida joy olib, bomdod namozigacha zikr va nafl o'qilardi. So'ng menga pul berib, masjidga deb pul yig'ib yurgan xodimlarga ehson qilishimni tayinlar edilar. Hayyit namozi tugagandan keyin, jamoat tarqashini kutib masjid ichkarisida masjid imomi va bir qancha nuroniylar bilan samimiy gaplashib o'tirar edilar. Shundan so'ng, uyga no'xot, qaymoq va non olib uyga kelardik.
Bugun hayyit namoziga opoqdadamsiz chiqamiz, Alloh opoqdadamning joylarini jannatda qilsin, barzax olamida martabalarini ulug' qilsin.

@muhabbat_oyatlar

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Ozgina sabr, ozgina yupunlik va dunyo kunlari sendan o'tib ketadi...

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

#muhabbat #asliyyat

Ey Mavlono!
Charchaydigan bo‘lsang,
Qiynaladigan bo‘lsang,
Shikoyat qiladigan bo‘lsang,
"Koshki" larga sig‘inadigan bo‘lsang,
So‘zni "Balki" deya boshlaydigan bo‘lsang,
Ishq yo‘liga kirma!

Ishq yo‘lida "Undan" qaytish yo‘qdir!
Ishq senga shunday demoqda:
— Yo‘limda ekansan, yo‘llaringga boshim fido bo‘lsin!

Ammo sen ham shuni yaxshi bil-ki, men ham yo‘limda boshingni istayman...

Sendan menga g‘azab va injiqliklar keladigan bo‘lsa, bosh ustiga!
Ammo oyog‘ingga tikon botsa yo‘limda, oh-voh qilma...

Ishq bilak kuchi emas, “YURAK” ishidir!
Yuraging dov bermayotgan bo‘lsa,
Ishq yo‘liga tushma!

Shams Tabriziy

@muhabbat_oyatlar

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Мен ўтмасимдан олдин дунёдан ўтманг! Ёки лоақал онам эканинингизни унутар даражада қариб-қартаяй.

Римо Али

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Har kuni bomdoddan so'ng yasin surasini o'qib berishimni yaxshi ko'rar edingiz, bugun ham siz yaxshi ko'rgan ishni qildim faqat qabringiz tepasida. Qur'on o'qishni o'rgatgan edingiz bugun o'sha o'rgatgan qur'oningiz qabringizda siz bilan hamroh, in sha Alloh. Sizni olamdan o'tishingiz qalbimda tuzatmasda bir yara paydo qildi. Naqadar, sahiy edingiz, naqadar kuchli edingiz, Allohim bobomning qabrlarini keng qil, qiyomatgacha jannatni tamosha qilib, yotishlarini o'zing nasib qil...

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!
Bir birodarimizning farzandlari kasal bo'lib qolibdi. Shifo tilab, qur'onni hatm qilyapti ekanlar, bizlardan ham yordam so'rabdilar. Qur'onni o'qishni bilganlar, bitta sura o'qib bo'lsa ham duo qilishingizga umidvorlar. Qur'onni o'qishni bilganlar, siz ham o'z hissangizni qo'shing. Ushbu manzilga yozing @Oyatlar1bot suralar bo'lib beriladi.
Muddat bugun 22:00gacha ekan.

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Шу кунларда умид ва умидсизлик ўртасида яшаяпмиз. Ҳаммаси яхшиликка бўлсин!

Аммо бундай ҳиссиётда вақтни ўтказмаслик керак, ҳар қандай вазиятда ҳам Аллоҳдан қолмаслик лозим. Чунки кутаётганимиз яхшилик бўлса ҳам, ёмонлик бўлса ҳам, Аллоҳнинг синови ҳисобланади. Аллоҳ таоло айтади:
"Биз сизларни ёмонлик ва яхшилик ила имтиҳон учун синаймиз" (Анбиё сураси, 35-оят).

Демак гап келажакнинг яхшилиги ё ёмонлигида эмас, балки улардаги Аллоҳнинг синовидан ўтишда.

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Bahor yaqin...
Ramazon yaqin...
Allohim, bizlarni ramazonga yetishtir...

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Бир эркак шайхдан сўради:

“Эй, ҳазрат, уйланганимга бир неча йил бўлган, фарзандларим ҳам бор, аммо негадир, охирги пайтларда хотиним мени қизиқтирмай қўйди".

Шайх сўради: “Нега? У ҳозир илгаригидек эмасми?”

- Йўқ, ўша уйланган пайтимдагидек...

- Нима, у бахтсиз ҳалокатга учраб, ҳуснини йўқотдими ёки пластик операция қилдириб, бадбашара бўлиб қолдими?

- Йўқ, у ўшандагидек, ўзгармаган.

Шунда шайх сўради:

“Унда бегона аёллар ёнингиздан ўтиб кетаётганида, уларга қарамаслик сизга қийинлик қиладими?

Бегона аёлларга назар солиб, шаҳват билан қарайсизми?”

Эркак жавоб берди:

- Ҳа, сиз буни қаердан билдингиз?

- Қачонки сиз харомга (маън қилинган) таслим бўлганингизда, харомни яхши кўрганингизда, харом еб, харомда ухлаб, харомдан нафас олганингизда ҳалол (рухсат этилган) сиз учун жирканч-ёқимсиз кўриниб қолади.

@mehrli_oila

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

"Инсон ҳаёти қаламга ўхшайди. Чиройли ёзсин деб хатолар уни учлайди. То қалам тугагунча шундай давом этади.
Қаламдан энди фақат чиройли ёзганларигина қолади.."

http://t.me/MubashshirAhmad

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Svet keldi, gaz ketdi, suv yo'q. Shu muammolarni hal qilmas ekanmiz, yangi O'zbekiston haqida gapirish kulguli.

Читать полностью…

🌙 Muhabbat oyatlari

Xotinim bilan urushib qoldim...

@muhabbat_oyatlar

Читать полностью…
Подписаться на канал