moliyachiuz | Неотсортированное

Telegram-канал moliyachiuz - Moliyachi.uz

735

O‘zbekiston va jahon moliya olami yangiliklari, nazariya, amaliyot va tahliliy sharhlar. ✅Website: https://moliyachi.uz ✅Rus: @FinansistUZ ✅Aloqa: @MoliyachiUZbot ✅Hamkorlar: @minfinuzb http://www.uzse.uz @statistikauzb

Подписаться на канал

Moliyachi.uz

⚡️ Bizga ahamiyatsizdek tuyulgan ba’zi odatlarimiz, masalan, karta pin-kodini oshkora aytish va rekvizitlarini boshqalarga ochiqlash kabilar — moliyaviy xavfsizligimizga jiddiy zarar yetkazadi

Firibgarlar bundan qanday foydalanishi haqida yuqoridagi video orqali bilib olishingiz mumkin

➡️ Ushbu postni do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan bo‘lishishni unutmang, zero ushbu berilgan ma’lumotlar ularga ham foyda keltirsin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Obuna bo’ling 🌐 @finlituzb
Канал на русском 🌐 @finlituzb_ru

Читать полностью…

Moliyachi.uz

#2023_йил_1_декабрдан

🗓 1 декабрдан нималар ўзгаради?

▪️Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдори оширилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Аҳоли ва тадбиркорлардан 47 турдаги маълумотларни сўраб олиш бекор қилинади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Кучли зилзилалар ҳақида огоҳлантирувчи миллий тизим ишга туширилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Шаҳар ва вилоят марказларида электромобилларни қувватлантириш станциялари ўрнатилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Чорвачилик хўжаликларига наслдор қорамоллар учун ҳисобланган ҚҚСни 180 кунда тўлаш имконияти берилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Маъмурий баённомани автомобилни ишончнома билан бошқарувчига расмийлаштириш йўлга қўйилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Спорт соҳасида давлат хизматларини кўрсатиш янада такомиллаштирилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Махсус иқтисодий зоналар ҳудудида инвестиция лойиҳаларини жойлаштириш my.gov.uz орқали ҳам амалга оширилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Ташқи реклама рақамли мониторинг электрон тизими жорий этилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Транспортни рўйхатга олиш бўйича давлат хизматлари фуқароларнинг яшаш жойига бориб кўрсатилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️“E-sertifikat” ахборот тизими ишга туширилади ➖ БАТАФСИЛ

▪️Айрим шахматчиларга имтиҳондан ўтмасдан тренерлик фаолиятини амалга ошириш ҳуқуқи берилади ➖ БАТАФСИЛ

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Moliyachi.uz

O'zbekistonda moliya-iqtisodiyot sohasida ilmiy ish qilayotgan hamkorimiz so'rovnomada kanalning obunachilari ham ovoz berishini iltimos qilgandi.

2 daqiqa vaqt ajratga holda mazkur telegram botdagi savollarga javob berishingizni so'raymiz. Bu ertaga mazkur soha rivojlanishi uchun qilinayotgan tadqiqotda muhim rol o'ynaydi.

So'rovnomada qatnashish: t.me/gforms_robot?start=af77f570

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

🟥 Прогнозлаштириш ва макроиқтисодий тадқиқотлар институти (ПМТИ) юртдошларимизни сўровномада иштирок этишга таклиф этади.

♻️ Сўровномадан мақсад - аҳолининг ўз даромадларидан фойдаланиш жараёнини тадқиқ этиш ва  қарздорлик ҳолатларини олдини олиш бўйича самарали механизмларни таклиф этиш.

📂 Саволлар сони: 17 та
⏳ Ўқиш вақти: 3 дақиқа

📲 Сўровномани қуйидаги ҳавола орқали тўлдиришингиз мумкин: https://forms.gle/4VzvzSWif2KXn6R66

Иштирокингиз учун раҳмат!

Читать полностью…

Moliyachi.uz

"2023-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA"gi qonunga muvofiq davlat tashkilotlaridan 29,5 trillion so'm dividend olish kutilmoqda

Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar (shu jumladan, ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan) 2023-yilning 1-iyuliga qadar 2022-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanadi hamda 2023-yilning 1-sentabridan kechiktirmay tegishli darajadagi budjetlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan oltin qazib oluvchi korxonalar 2022 va 2023-yillardagi sof foydasining 100 foizini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga dividendlar tarzida o‘tkazadi.

E'tiborli jihati ushbu dividendlarning 25,5 trillion qismi faqatgina NGMK va OKMK hissasiga to'g'ri keladi.

🔎Batafsil

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

2023-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari

🔍Batafsil

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

#qonunchilikdagi_yangiliklar #foyda_soligi

Foyda solig‘i bo'yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

🔸Quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasini 50% ga pasaytirish huquqi beriladi:

а) 2022-yil 1-sentabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan AOS to‘lovchilarga – soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa.
Bunda mazkur soliq to‘lovchilar soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda jami daromadning 25 %i miqdorida belgilashga haqli;

b) 2022-yil 1-sentabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi 1- marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida.

Pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) dalillari aniqlangan taqdirda qo‘llanilmaydi.

🔸Foydali qazilmalar kavlab olinadigan konlarda tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari istiqbolni ko‘zlab amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ular alohida amortizatsiya aktivlari guruhiga o‘tkazildi. Ushbu xarajatlar mazkur amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘yicha amortizatsiya normasini, biroq 1 yilda jamg‘arilgan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘llash orqali soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida chegirilishi nazarda tutilgan.

🔸2022-yildan faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lgan.
Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi.

🔸2023-yil 1-yanvardan norezidentning montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatidan 20%).

🔸Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organiga taqdim etish muddati o‘zgartirildi. Xususan, 2023-yil 1-yanvardan soliq to‘lovchi ushbu ma’lumotnomani joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Читать полностью…

Moliyachi.uz

Akbarov Xikmat G'ayratovich ATB O'zsanoatqurilishbank Risk bosh direktori (CRO) - Bank boshqaruvi a'zosi lavozimiga tasdiqlandi

Bank Kengashi tomonidan mazkur tayinlovni O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgandan keyin lavozimga kirishish bo'yicha Bank Boshqaruviga va Kadrlarni boshqarish departamentiga ko'rsatma berildi.

🔍Batafsil

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

2023 yilda soliqdagi asosiy oʻzgarishlar boʻyicha rasmiy hujjat.

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Айрим туманларда тадбиркорлар учун фойда солиғи 1 фоиз этиб белгиланади

“Республика ҳудудларини тоифаларга ажратиш ва тадбиркорликни қўллаб-қувватлашнинг табақалаштирилган тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ–287-сон, 30.12.2022 й.) қабул қилинди

🔰Фармонга кўра, 2023 йил 1 январдан:

🔹республиканинг 208 та туман ва шаҳарлари 5 та тоифага ажратилади;
🔹туман ва шаҳар тоифасидан келиб чиқиб, тадбиркорларга солиқ имтиёзлари, субсидиялар берилади.

✅ 2023 йил 1 январдан 2026 йил 1 январгача солиқ солишнинг қуйидаги табақалаштирилган тартиби жорий этилади:

🔹5-тоифадаги (қуйидаги жадвалда келтирилган) туманларда рўйхатдан ўтган ва шу ҳудудларда фаолият юритадиган тадбиркорлар:

▫️фойда солиғи, айланмадан олинадиган солиқ ва ижтимоий солиқни 1 фоиз;
▫️юридик шахсларнинг мол-мулкига солинадиган солиқ ва юридик шахслардан олинадиган ер солиғини мазкур солиқлар бўйича ҳисобланган сумманинг 1 фоизи миқдоридаги солиқ ставкалари бўйича тўлайди.

Йирик солиқ тўловчилар, доимий муассаса, бюджет ташкилоти ва давлат корхонаси, устав жамғармаси (капитали)да давлат улуши 50 фоиз ва ундан кўпроқ миқдорда бўлган юридик шахслар бундан мустасно.

🔹Шунингдек, 5-тоифадаги туманларда рўйхатдан ўтган ва шу ҳудудларда фаолият юритадиган ЯТТлар жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғининг қатъий белгиланган суммаларини тўлашдан озод қилинади.

2023 йил 1 январдан:

🔹4 ва 5-тоифадаги туманларда рўйхатдан ўтган ва шу ҳудудларда фаолият юритадиган кичик тадбиркорлик субъектларига:

▫️банкларнинг кредит ва лизинглари бўйича унинг асосий ставкадан ошган, бироқ Марказий банк асосий ставкасининг 40 фоизидан кўп бўлмаган қисмини қоплаш учун компенсация;

▫️банклар кредитларининг 75 фоизигача, бироқ умумий қиймати 2,5 миллиард сўмдан ошмаган миқдорда кафиллик тақдим этилади.

📝 Фармон билан шунингдек, қуйидагилар тасдиқланди:

🔸аҳоли ва тадбиркорларга субсидия ажратишнинг оширилган миқдорлари;
🔸тадбиркорлик фаолиятини туман ва шаҳарлар тоифаларидан келиб чиқиб қўллаб-қувватлаш чоралари.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Moliyachi.uz

Ўзбекистон президенти фармони билан мамлакатнинг бир қатор қайта ташкил этилган вазирликларига раҳбарлар тайинланди. Уларнинг рўйхати билан қуйидаги ҳавола орқали тўлиқ танишиш мумкин.

@MoliyachiUZ

Читать полностью…

Moliyachi.uz

2022 yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, Biz obunachilarimiz o’rtasida turli yo’nalishlar bo’yicha Yilning Eng Yaxshi Moliyachisi nominatsiyalari bo’yicha so’rov o’tkazishga qaror qildik. Ovoz berish anonim tarzda o’tkaziladi va 2022 yilnin 31 dekabr kuni soat 24:00 ga qadar davom etadi. Obunachilarimizdan ovoz berishda turli xil telegramdan botlardan foydalanmasliklarini so’raymiz. Eslatib bu ovoz berish natijalari faqatgina ushbu kanal obunachilarining fikrini bildiradi va rasmiy kuchga ega emas.

Читать полностью…

Moliyachi.uz

www.invest.uplift.uz

@chiroylimoliya
@upliftuz

Читать полностью…

Moliyachi.uz

🔰Инфографика: Ўзбекистон Республикаси ташқи савдоси

Ушбу инфографика маълумотлари Ўзбекистон Республикаси Божхона Кўмитасига тегишли бўлиб, data.egov.uz информацион порталидан олинган ва малъумотларнинг порталга юкланган санаси 27.04.2022

__

🔰Инфографика: Внешняя торговля Республики Узбекистан

Данные инфографики относятся Государственному Таможенному Комитету Республики Узбекистан и получены с информационного портала data.egov.uz и дата загрузки данных на портал 27.04.2022

Понравился пост? Подпишитесь на
👉 @
snsratings

♻️Будем весьма признательны, если поделитесь этим постом

#foreigntrade

Читать полностью…

Moliyachi.uz

Uorren Baffetning aksiyalarni tanlash metodikasi

Читать полностью…

Moliyachi.uz

⚡️ Bugungi kunda moliyaviy firibgarlik turlari va ularni amalga oshirish sxemalari tobora ortib bormoqda. Ulardan biri – yutuqli oʻyinlar havolasi bilan odamlarning telefonlariga virus yuborib, shaxsiy maʼlumotlarini oʻzlashtirishdir.

Sxema qanday ishlaydi?

1️⃣ Siz foydalanayotgan internet sahifa yoki telegram kanalida goʻyoki yutuqqa erishganingiz haqidagi havola yoki reklama baneri paydo boʻladi;
2️⃣ Koʻpchilik sodda odamlar yutuqqa chindan ega boʻlaman, deb havola ustiga bosadi;
3️⃣ Ekranda shaxsiy maʼlumotlar talab etiladigan sahifa paydo boʻladi va baʼzan, “mukofot pulini qabul qilish uchun” bank kartasi maʼlumotlari ham soʻraladi;
4️⃣ Havola oʻzida saqlagan viruslar hamda kiritilgan maʼlumotlar orqali, jabrlanuvchining barcha shaxsiy maʼlumotlarini firibgarlarga yoʻnaltiradi;
5️⃣Sovgʻadan hali ham umidini uzmagan fuqaro esa eng soʻnggi qadam – telefoniga kelgan maxfiy kodni ham kiritadi;
6️⃣ Va shu tariqa, jabrlanuvchi firibgarlar uning bank kartasidan foydalanishiga oʻz qoʻli bilan imkon yaratib beradi.

Pullar esa oʻsha zahoti noaniq manzillarga yoʻnaltirib yuboriladi.
⚠️ Shunday ekan, tekin pishloq faqat qopqonda boʻlishini unutmang! Shaxsiy moliyaviy xavfsizligingizni oʻzingiz taʼminlang!

➡️ Ushbu postni do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan bo‘lishishni unutmang, zero ushbu berilgan ma’lumotlar ularga ham foyda keltirsin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Obuna bo’ling 🌐 @finlituzb
Канал на русском 🌐 @finlituzb_ru

Читать полностью…

Moliyachi.uz

🟦 Ipotekabank OTP Group bank sohasida ishlashga ishtiyoqi baland va innovatsion yechimlarni taklif eta oladigan tajribali nomzodlarni Loyiha menedjeri lavozimiga taklif etadi.

Ushbu ishlar bilan band bo’lishni istaysizmi, unda bizning jamoamizga qo'shiling.

Sizning vazifalaringiz:
loyiha rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
loyihani tuzish va uni metodologiyaga muvofiq tashkil qilish;
muhim uchrashuvlar va loyihalarni ko'rib chiqishni rejalashtirish va o'tkazish;
strategik o'zgarishlarni boshqarish va yetakchilik qilish;
biznes strategiyasi, risklarni boshqarish, buxgalteriya hisobi va operatsiyalarni kafolatlash kabi guruhlarga rahbarlik qilish;
kerakli tuzatish choralarini belgilash va nazorat yuritish.

Sizdan nimalar talab etiladi?
oliy ma'lumot (strategik menejment, bank ishi, moliya, iqtisod, menejment, matematika, MBA - afzallik beriladi);
yetakchilik fazilatlari, mas'uliyatli va moslashuvchan bo'lishga tayyorlilik;
banklar, Katta To'rtlik (Big 4) yoki boshqa moliya institutlarida strategiya yoki loyihalarni boshqarish bo'yicha 3 yillik ish tajribasi (Katta to'rtlik konsalting tajribasi afzallik hisoblanadi);
strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha yetarli tajriba – afzallikka ega
og'zaki va yozma ingliz tilini mikammal bilishi, rus tilini bilish ham maqsadga muvofiqdir;
kuchli analitik qobiliyat va mantiqiy fikrlash;
muddatlarga amal qilish va ko’p vazifalar ostida ishlash qobiliyati;

Sizga nima taklif qilamiz?
🟢 kompleks mukofot tizimi;
🟢 kar’era pog’onasida ko’tarilish imkoniyati;
🟢 o'qitish va rivojlanish dasturlaridan foydalanish imkoniyati;
🟢 keng professional imkoniyatlar, professionallar jamoalari bilan hamkorlik va eng yaxshi yechimlardan foydalanish imkoniyati.

Agar yuqoridagi talablarga javob bersangiz, rezyumeingizni ingliz tilida cv@ipotekabank.uz elektron pochta manziliga yoki Telegram orqali (97-0333061) yuboring.
Biz siz bilan bog‘lanamiz!

📨 Telegram | 🖼 Instagram
👨 Facebook | 😉 Linkedin
👍ipotekabankofficial"> Youtube | 👌 Sayt

Читать полностью…

Moliyachi.uz

Sof foyda miqdori bo'yicha top 5 talik O'zbekiston banklari.

Mazkur reyting banklarning MHXS (Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) bo'yicha audit tomonidan tekshirilgan va tasdiqlangan hisobotlari asosida tuzildi. Solishtirish uchun ushbu banklarning BHMS bo'yicha sof foyda ko'rsatkichlari ham aks ettirilgan.

Xalqaro investorlar aynan mana shu MHXS bo'yicha tuzilgan hisobotlarga qarab xulosa qiladi va mablag' ajratishi mumkin.

Tahlillar xususiy banklarning davlat banklariga nisabatan kam resursga ega bo'lishiga qaramasdan samaraliroq ekanligini ko'rsatmoqda.

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

​​“Moody’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosini “B1”dan “Ba3”ga oshirdi

Joriy yilning 20-yanvar kuni “Moody’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasiga bag‘ishlangan navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatimizning kredit reyting bahosi “B1” (ijobiy kutilma)dan bir pog‘ona yuqoriga “Ba3” (barqaror kutilma)ga oshirildi.

“Moody's” hisobotida respublika kredit reytingini oshiruvchi omillar sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:

✅ Davlatning fiskal holatiga putur yetkazmasdan iqtisodiyot va moliya sektorida mustahkam raqobat muhitining yaratilishiga qaratilgan murakkab islohotlar amalga oshirilsa;

✅ Fiskal defitsitini moliyalashtirish uchun ichki imkoniyatlarni safarbar etish, milliy valyutada qarz jalb qilishning rivojlantirilishi orqali defitsitni moliyalashtirish uchun davlat tashqi qarziga bog‘liqlik kamaytirilsa.

Respublika kredit reytingini pasaytiruvchi omillar sifatida quyidagilar qayd etilgan:

✅ Agentlik kutilmalariga nisbatan joriy tashqi shokning real iqtisodiy o‘sish sur’atlarini doimiy ravishda sekinlashtirishi va fiskal ko‘rsatkichlarni zaiflashtirishi natijasida makroiqtisodiy barqarorlik bilan bog‘liq xatarlar ortsa;

✅ Joriy operatsiyalar hisobi defitsitining ortishi hamda xorijiy investitsiyalarning mutanosib ravishda oshmasligi mamlakat tashqi pozitsiyasiga xavf solsa.

🔎Batafsil

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

So'nggi 35 yildagi dunyoning eng badavlat insonlari.

80 yillarda dastlab yaponlar ro'yxatda birinchi bo'lishgan. 90 yillarda Bil Geyts (Microsoft) ro'yxatni boshqargan bo'lsa, 2022 yilda Ilon Mask (Tesla/Space X), 2023 yil ayni vaqtda Bernar Arno (Louis Vuitton) birinchi o'rinda.

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil yanvar oyi uchun kalendari

🔸2022-yil yakunlari boʻyicha AOS hisobotini taqdim etish va to‘lash 2023-yil 16-yanvardan emas, 15-fevraldan kechiktirmay amalga oshiriladi.

🔍Batafsil

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i boʻyicha o‘zgarishlar

🔸2022-yilda amal qilgan soliq stavkalari Soliq kodeksining 422-moddasi 1-qismi 1-3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha oʻrtacha 10%ga indeksatsiya qilindi. 2018-yilda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan belgilangan jismoniy shaxslar uchun soliq solish obyektlarining kadastr qiymati miqdori (soliq bazasi) saqlanib qolishi shuni taqozo etdi.

🔸2023-yilda turar joy fondi obyektlariga (shu jumladan, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan mashina turar joylariga) ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan oshirishga cheklov qoʻllash amaliyoti saqlab qolindi.

Xususan
, 2023-yilda 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan soliq summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasidan 1,3 baravardan oshishi mumkin emas.

Bunda 2023-yildan boshlab yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari qismida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasini oʻtgan yildagiga nisbatan cheklashni qoʻllash amaliyoti bekor qilindi. Ushbu norma koʻchmas mulk obyektlari jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli ekanidan qatʼi nazar, ularning funksional vazifasiga (noturar joylar) qarab soliq solishning teng sharoitlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.

Yer soligʻi boʻyicha cheklov jismoniy shaxslar tomonidan 2022-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllanmaydi.

🔸2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga soliq solish tartibi bekor qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Читать полностью…

Moliyachi.uz

O'zbekistonda aksiyalarga pul tikib ikki baravar daromad ko'rish imkoniyati bormi?

Ha, buning iloji bor, buni qandaydir Ahmadboy orqali emas, balki "Farg'onaazot" AJ ning aksiyadorlari oxirgi 2 yilda shunday dividend ko'rinishida daromad olishmoqda.

🔍Batafsil

Kanalga aʼzo boʻlish🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Фармонга кўра, аҳоли ва тадбиркорларга субсидия ажратишнинг оширилган миқдорлари

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Moliyachi.uz

2023 yilda soliq va bojxona to'lovlaridagi o'zgarishlar

✅QQS - 12 % (hozirda 15%)

✅Foyda soligʻi - 15%, ayrim toifalar 20%, (stavka o'zgarishsiz, eksportda 0%, kichik biznes subyektlariga aylanma miqdoridan kelib chiqib 7,5%)

✅ Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i - 12% (oʻzgarishsiz)

✅ Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi - 1.5% (oʻzgarishsiz)

✅ Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi - 10% ga indeksatsiya qilindi,

✅Aylanmadan yagona soliq - 4%, ayrim toifalar uchun 1/2/3 %

😏2023 yil 1 apreldan uzoq muddatli hayotni sugʻurtalashga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaxslar daromadlari uchun belgilangan imtiyoz bekor qilinadi.

☝️Ipoteka kreditini soʻndirishga yoʻnaltiriladigan jismoniy shaxslar daromadlari uchun belgilangan imtiyoz miqdori yil davomida MHTEKM 80 baravari (73.6 mln soʻm) gacha oshirildi (hozirda 15 mln soʻm), bunda ipotekaga olingan uyning qiymatidan qatʼiy nazar imtiyozlarni qoʻllash mumkinligi belgilandi (hozirda 300 mln edi)

Rasmiy hujjatni yuklab olish

Kanalga aʼzo boʻling🤙

Читать полностью…

Moliyachi.uz

Yangi tashkil qilinayotgan "Iqtisodiyot va moliya vazirligi" umumiy moliya va iqtisod sohasini boshqarishni nazarda tutadi va ko'plab agentlik va qo'mitalar funksiyalarini oladi hamda ularni bir vaqtni o'zida boshqarishi mumkin.

Читать полностью…

Moliyachi.uz

#Адлия_хабари

Янги йил байрамида неча кун дам оламиз?

✅ Жорий йилги Янги йил байрамида иш ҳафтасининг давомийлигидан қатъи назар барча ходимлар кетма-кет 4 кун дам олишади.

🔰 Булар:

▫️31 декабрь (шанба) – Президент фармони асосида 6 кунлик иш ҳафтасидаги ходимлар учун дам олиш куни;

▫️1 январь (якшанба) – Янги йил байрами;

▫️2 январь (душанба) – иш ҳафтасидан қатъи назар барча учун қўшимча дам олиш куни;

▫️3 январь (сешанба) – 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунликлар учун 7 январь – шанба кунидан кўчирилган дам олиш куни.

Каналга уланиш👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot

Читать полностью…

Moliyachi.uz

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ МАРКАЗИЙ БАНКИ АХБОРОТИ

🔸Ўзбекистон Республикаси Марказий банки 2022 йилнинг 15 июлидан бошлаб номинал қиймати 200 000 сўм бўлган банкнот кўринишидаги янги пул белгиларини муомалага чиқарилиши тўғрисида қарор қабул қилинганлигини маълум қилади.

➡️Батафсил: https://cbu.uz/oz/press_center/news/665146/

———

СООБЩЕНИЕ ЦЕНТРАЛЬНОГО БАНКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

🔸Центральный банк сообщает о принятии решения о выпуске в обращение новых образцов денежных знаков в виде банкнот достоинством 200 000 сум с 15 июля 2022 года.

➡️Подробнее: https://cbu.uz/ru/press_center/news/665144/

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin

Читать полностью…

Moliyachi.uz

👉 Кредит - бу кредит ташкилотлари, масалан банк томонидан ажратиладиган қарз маблағларидир. Банклар пулларни бир ташкилотдан қарз олиб бошқасига маълум бир муддатга қарзга беради. Пулни қарз сифатида олиб ишлатгани учун фоиз тўлайди ва мижозларига қарзга бергани эвазига эса фоиз ундиради. Тўланган фоизлар ва ундирилган фоизлар ўртасидаги фарқ банкнинг даромади ҳисобланади.

🔹 Кредит асосан маълум бир мақсадга, муддатга, таъминот остида, уни сўндириш графиги асосида ва қарздорнинг тўлай олиш қобилиятига қараб ажратилади.

🔹 Давлат дастурлари асосида шартлари қатъий белгиланган имтиёзли кредитлардан ташқари ҳар қандай банк хизматлари бўйича фоиз ва комиссион тўловларни белгилашда банклар мустақилдирлар.

🔹 Кредит маблағларидан самарали ва мақсадли фойдаланиш икки карра масъулиятни талаб этади. Шундай экан, кредитни олиш, ишлатиш ва қайтаришда масъулиятни ҳис этиб, тартибли қарздорлардан бўлишга ҳаракат қилайлик

Биз билан молиявий саводхонликни ошириш жуда осон!

@finlituzb

Instagram | Telegram | Facebook

Читать полностью…

Moliyachi.uz

Каналимиз кузатувчиларидан бири рақамли иқтисодиётда трансормациялашув жараёнлари мавзусида тадқиқот олиб бораётган эканлар. Шу жихатдан уларнинг тадқиқотлари учун зарур бўлган тахлилий маълумотлар шаклланиши учун Сизнинг фикрингиз хам мухим ахамиятга эга.

Сиздан мазкур хаволадаги сўровномада имкон қадар қатнашишларингизни сўраймиз.

https://forms.gle/hmKijutHGNUriupD7

Читать полностью…
Подписаться на канал