mizan_uz | Неотсортированное

Telegram-канал mizan_uz - Mizan.uz

1585

"Masjidul xayr" jome masjidi kanali #Улуғлар_ҳикмати #Ғўзал_қироат #нашид #жонли_сухбатлар Барчаси бизнинг каналда.. Илмий, диний-маърифий канал. Ўзбекистон мусулмонлари идораси рўйҳатига олинган. Савол учун: @mizan_travel

Подписаться на канал

Mizan.uz

#Hikmatlar

Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
"Sening ko'ksingni keng qilib qo'ymadikmi?" (Sharh surasi, 1-oyat)
Ushbu oyatning ma'nosi bunday: Biz sening qalbingni keng, yorug', nurli, masrur, sokin, xotirjam, shod va obod qilib qo'ymadikmi?.

Ulug‘lar nasihati...

Ulug' donishmandlarning hikmatli so'zlaridan bahramand bo'ling. Qalblaringizni go'zal hikmat jilolari ila to'ldiring... #Hikmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi Manzillar:
Telegram|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Mizan.uz

Iltimos shuni koʻpro kishi oʻqishligi uchun tarqating

Читать полностью…

Mizan.uz

🕌 "Масжидул хайр" жомеъ масжиди азон ва намоз вақтлари!

🗓 13-октябрь
2024-йил:

🏙 Тонг - 05:13 (Такбир - 05:52)

🌅 Қуёш - 06:32

🏞 Пешин - 12:09

🌇 Аср - 16:01 (Такбир - 16:11)

🌆 Шом - 17:50

🌃 Хуфтон - 19:01 (Такбир - 19:11)

”Аҳлингизни намоз (ўқиш)га буюринг ва (ўзингиз ҳам) унга (намозга) бардошли бўлинг!” (Тоҳа, 132).


Албатта яқинларингизга ҳам улашинг
⬇️
@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

Allohning sizlarga bergan ne'matini kamsitmasligingizga undaydi” (Imom Muslim va Ibn Moja rivoyati). 
Bizchi, biz odatda o‘zimizdan yuqoridagilarga qarab to‘n bichamiz, o‘zimizdan ko‘ra ko‘proq ta'minlanganlarga qarab, oilada janjal qilamiz. Mantiqan o‘ylab qarasak ham o‘zidan tepadagilarga qarab ish tutgan odam, o‘zidan tepadagilarga qarab turmush o‘rtog‘ini malomat qilgan ayol, o‘zidan pastdagilarga ko‘zi tushganda o‘sha turmush o‘rtog‘ini maqtab qo‘yish mantiqan to‘g‘ri ish bo‘lgan va adolatdan bo‘lardi. Ammo, ne ajabki, biz faqat birtomonlama fikr yuritadigan bo‘lib qolganmiz. Ha, Alloh o‘z hikmati bilan hammaning sharoitini harxil qilib qo‘ygan. Dunyo kimgadir keng kimgadir torroq qilib berilgan. Kimki, shukr qilsa, Alloh unga ne'matni ziyoda qiladi va oxiratda ajr ham oladi. Ayol kishi erini qadrlasa, unga minnatdorlik tuyg‘ularini o‘zining muomalasi va xatti-harakatlari bilan izhor qilsa, Alloh unday ayoldan rozi bo‘ladi. Zero, insonlarga shukr qilmagan, insonlarning yaxshiliklarini bilmagan odam Allohga ham shukr qilmaydi. Shu ma'noda Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib, shunday deganlar: “لا يشكر اللهَ من لا يشكر الناس” ya'ni: “insonlarga shukr qilmagan kishi Allohga ham shukr qilmaydi!” (Imom Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari). 
Ulamolar ushbu hadisga sharh berib quyidagi so‘zlarni aytganlar: “ya'ni, biror banda Allohga Uning ehsoni va yaxshiliklari uchun shukr qiladigan bo‘lsa, Alloh uning shukrini qabul qilmaydi, modomiki, o‘sha banda insonlarning yaxshiliklariga shukr qilmaydigan nonko‘r bo‘lsa”. Hadisning yana bir ma'nosi shundayki, “qaysi insonning odati odamlarning yaxshiligini bilmaslik, qadrlamaslik va nonko‘rlik bo‘lsa, unday inson odatda Allohga ham shukrni tark qiluvchi, noshukr bo‘ladi. Chunki, beruvchisi ko‘rinib turgan, kichik yaxshilikni qadrini bilmagan va ko‘ra olmagan inson katta yaxshilikni ham ko‘ra olmaydi”. Yana bir hadisda esa: “إنَّ أَشْكَرَ الناسِ لله تعالى أشكرُهُمْ لِلناس ” ya'ni: “Allohga eng ko‘p shukr qiladigan inson odamlarga eng ko‘p shukr qiladigan inson bo‘ladi”, deyilgan. 
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: لا تُؤْذِي امْرَأَةٌ زَوْجَهَا فِي الدُّنْيَا إِلا قَالَتْ زَوْجَتُهُ مِنَ الْحُورِ الْعِينِ : لا تُؤْذِيهِ قَاتَلَكِ اللَّهُ فَإِنَّمَا هُوَ عِنْدَكِ دَخِيلٌ يُوشِكُ أَنْ يُفَارِقَكِ إِلَيْنَا ya'ni: «Qay bir xotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning huri iyndan bo‘lgan xotini «Alloh halok qilgur(!), unga ozor berma! U sening oldingda vaqtinchalik mehmon bo‘lib turibdi, xolos. Yaqinda seni tark etib, bizning oldimizga kelajak», deya xitob qiladi (Imom Termiziy rivoyat qilgan).
6. Xotin erining do‘stiga notanishdek bo‘lishi lozim. Eri uyida bo‘lmaganida uning do‘sti eshik qoqsa, o‘zi va eriga rashk qilib, u bilan so‘zlashmasin. Zero, kishi do‘stining xotini bilan tanishar ekan, bu hol rashk va fitnaga sabab bo‘ladi.
7. Xotin go‘zalligi bilan eriga faxrlanmasligi, eri xunuk bo‘lsa, yomon ko‘rmasligi, agar boy bo‘lsa, eri oldida moli bilan g‘ururlanmasligi kerak. Balki er tomonini nazarga olishi, uni hurmat qilishi va qadrlashi lozim.
8. Xotin farzandlariga rahm qilishi, ularni hurmat qilishi, farzandlarni urishib la'natlashdan tiyilishi lozim. Chunki, bu narsa farzand tarbiyasi va ruhiyatiga juda salbiy ta'sir qiladi.
Er – oilaning rahbari. Agar ayol erning itoatida bo‘lsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan bo‘ladi. Oqibatda oilada do‘stlik, ahillik, muhabbat hukm suradi, oila mustahkamlanadi, qut-barakali bo‘ladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishiga va boshqa ko‘plab noxushliklarga sabab bo‘ladi. Ushbu haqiqatni har bir musulmon oilaning har bir a'zosi yaxshilab tushunib olishi kerak. Shu bilan birga, Allohga gunoh bo‘ladigan ishlarda erga ham, undan boshqaga ham itoat qilish yo‘qligi umumiy qoida ekanini ham bilib qo‘yish kerak.

Manba: Muxlis.uz
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li

@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

Ayol kishi eriga gap qaytaradigan, hurmatsizlik qiladigan, odobsiz bo‘lsa, Alloh asrasin, bunday oila tagidan yemirilgan oila hisoblanadi va ertami-kechmi u qulab tushadi, parchalanib ketadi. Ayolning eriga itoat qilishi naqadar buyuk fazilat va baxt ekanligi haqida Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qiladilar: إذا صلِّت المرأة خمسها، وصامت شهرها، وحفظت فرجها، وأطاعت زوجها، قيل لها: ادخلي الجنة من أيِّ بابٍ شئت" . ya'ni: “ayol besh vaqt namozini o‘qisa, (yilda) bir oy (farz) ro‘zasini tutsa, o‘z farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga “jannatning istagan eshigidan kir!”, deyiladi” (Tabaroniy rivoyati). Erning ayol ustidagi mazkur haqqi, ya'ni ayol kishi muboh ishlarda eriga itoat qilishi masalasiga ayol kishi erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutmasligi, uning ruxsatisiz nafl haj qilmasligi, unga aytmasdan uyidan chiqib ketmasligi, uning roziligisiz uydagi narsalardan birovlarga sadaqa va ehson qilmasligi ham kirib ketadi. Islom shariatida erga itoat qilish ayol kishiga vojib bo‘lishining hikmatlaridan biri shuki, erning o‘z ayoli ustidagi haqlari va fazli oilaning boshqa a'zolariga nisbatan buyukdir. Er tufayli ayol kishi hurmatga sazovor bo‘ladi, er tufayli uning kam-ko‘sti butlanadi. Er tufayli ayol oilaning hurmatli bekasiga aylanadi. Er tufayli ayol kishi yomon ko‘zlardan, yomonlardan muhofaza qilinadi, himoyalanadi. Eri yo‘q ayolga - u ayol harqancha yaxshi ayol bo‘lmasin - begonalar, qalbida marazi bor kimsalar ko‘z olaytirishlari, shahvoniy jihatdan umidvor bo‘lishlari mumkin. O‘z hirs va ta'malari tufayli uning ketidan tushib, tegajoqlik qilishlari mumkin. Ammo, eri bor ayolga nisbatan bunday holatlar kamdan-kam sodir bo‘ladi. Umuman ayol kishi hayotda har tomonlama eridan qarzdor. Hayotdagi barcha yutuqlari eri tufayli hosil bo‘lishini ayol kishi unutmasligi lozim. Shuning uchun ham Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “لو كنت آمراً أحداً أن يسجد لأحد، لأمرت الزوجة أن تسجد لزوجها، لعظم حقِّه عليها” ya'ni: “agar biror kimsani biror kimsaga sajda qilishga buyurganimda (shu ish mumkin bo‘lganda) albatta, xotin kishini o‘z eriga sajda qilishga buyurgan bo‘lardim. Zero, erning xotin ustidagi haqqi buyukdir”, deya marhamat qilganlar. Bu hadisni Imom Hokim, Imom Ahmad, Imom Termiziy va Imom Abu Dovudlar rivoyat qilishgan.
2. Erning ayoli ustidagi ikkinchi haqqi shuki, ayol kishi asosiy vaqtini uyda o‘tkazib, faqat erining roziligi bilangina ko‘chaga chiqishi lozimligidir. Chunki, mantiqan o‘ylab qaralsa ham uy ayol kishining fitrati va tabiatiga mos bo‘lgan faoliyat maydoni hisoblanadi. Erkak kishi ko‘chadagi ishlar, pul topish, ro‘zg‘or tebratish uchun mas'ul ekan, o‘z-o‘zidan bolalarni parvarishlash, ularni uy ichida yedirib-ichirib o‘tirishga, kiyim-kechaklarni yuvib dazmollashga vaqti bo‘lmaydi. Bu tabiatan ayol kishining fitriy vazifalaridandir. Agar er uy ichidagi yumushlarga ham mas'ul qilinsa, ko‘chadagi ishlar qolib ketib, zoye bo‘ladi, oilaning sarf-xarajatlari, turli tuman to‘lovlar kim tomonidan ado etiladi?! Shunday ekan, ayol kishi ko‘proq vaqtini uyda o‘tkazishi, farzandlariga yordamlashishi, ularning maktab yoki bog‘chaga vaqtida borishlari uchun vaqtida uyg‘otib, kiyintirib, bosh-qosh bo‘lishi, nonushta va hokazolarini o‘z vaqtida tayyorlab berishi, uy vazifalariga yordam berishi lozim. Bu nafaqat Islom shariatida balki, e'tibor bersangiz butun dunyoda, hatto g‘arb olamida ham shunday. O‘z fitrati va tabiatini yo‘qotmagan o‘sha ovro‘polik ayollar ham uyda farzand parvarishi va uy ishlarini idora qilish bilan shug‘ullanadi. Uy ishlari bir maromda ketishi uchun ayol kishi ko‘p vaqtini uyda o‘tkazishi talab etiladi. Alloh taolo Qur'oni karimda ayollarga xitoban “وقرن في بيوتكن” ya'ni “uylaringizda qaror toping!” degan (Ahzob surasi). Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qiladilar: “حق الزوج على زوجته ألا تخرج من بيته إلا بإذنه، فإن فعلت لعنها الله حتى تتوب أو ترجع” ya'ni: “erning o‘z xotini ustidagi haqqi ayolning er ruxsatisiz uydan chiqmasligidir.

Читать полностью…

Mizan.uz

Dolzarb❗️❗️❗️❗️

Shariatda Er-xotinning huquq va majburiyatlari

Dinimiz Islom ta'limotida oilaviy hayot muqaddas hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining g‘ishti, bir bo‘lagidir. Agar binoning g‘ishtlari sog‘lom bo‘lsa, bino ham mustahkam bo‘ladi, aks holda bunday bino yemirilish va qulash xavfi ostida qoladi. 
Aynan shuning uchun dinimizda oila masalasiga benihoya jiddiy e'tibor qaratiladi, uning mustahkamligi, er-xotin o‘rtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini ta'minlash uchun dinimiz Islom o‘ziga xos qonun-qoidalarni joriy qilib qo‘ygan. Oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va a'zolari bo‘lmish er va xotinning har biriga o‘ziga xos burch va vazifalarni yuklagan, bir-birlariga nisbatan haq va huquqlarni belgilab bergan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilishsa, bir-birlariga nisbatan zimmalaridagi burch va mas'uliyatlarini his qilib, sidqidildan ado etishsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tug‘ilgan farzandlar ham go‘zal tarbiya topadilar va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi. Bordiyu, oila boshliqlari ya'ni er va xotin bir-birlarining haq-huquqlarini tanimasalar, balki, ularni poymol qilsalar, tabiiyki, unday oilada tinchlik va xotirjamlik bo‘lmaydi, o‘zaro mehr-muhabbat zavol topadi va oila parokanda bo‘lish va parchalanish xavfi ostida qoladi. 
Shu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga o‘ziga xos huquqlar ato etib, ma'lum majburiyatlarni ham yuklagan. Mazkur huquqlarning ba'zilari er va xotin o‘rtasida mushtarak bo‘lsa, ba'zilari erga tegishli va yana ba'zilari xotinning o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqlar hisoblanadi. 
Islomda er va xotinlik aloqalari eng muqaddas insoniy aloqa ekan, mazkur aloqalar qay tarzda yo‘lga qo‘yilishi kerakligini ham bilishimiz va mazkur bilimga amal qilishimiz lozim. Er-xotinning o‘zaro munosabatlari qanday bo‘lishi kerak? Er kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Xotin kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Ikkovining qanday oilaviy huquqlari bor? Bir-birlariga munosabatlari qay tarzda bo‘lishi kerak? 
Shariatimizda shunga o‘xshash savollarning barchasiga javob berilgan. Qur'oni karim oyatlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bu masala atroflicha yoritilgan. Mujtahid ulamolarimiz mazkur oyat va hadislardan ko‘plab hukmlarni chiqarganlar. Hamma hujjat va dalillarni to‘plab o‘rgangan ulamolarimiz erning xotindagi haqlarini quyidagicha bayon qilganlar:
Xotinning er zimmasidagi haqqi erning o‘ziga ham, moliga ham tegishlidir. Xotinning eri zimmasidagi mahr va nafaqa singari moliyaviy va shaxsiy haqlari bor. Ular quyidagilar:
1. Xotinning er zimmasidagi haqlaridan birinchisi er tomonidan unga yaxshi va adolatli muomala qilinishidir. Zero, Alloh taolo O‘z kitobida: “وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ” ya'ni “ayollar bilan yaxshilik bilan umrguzaronlik qilinglar!”, deya amr etgan (Niso surasi: 19-oyat). Bu buyruq erning xotinga yaxshi muomalada bo‘lishini, tabiatidagi ayrim noqisliklarga sabr qilishni, ba'zi xatolariga ko‘z yumishni taqozo etadi. Shuningdek, bu buyruq ayolni tarbiyalash hamda unga dunyoyu oxiratda foydasi tegadigan narsalarni o‘rgatib, ta'lim berishni ham lozim tutadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallamning bir hadislarida: “mo‘min er mo‘mina xotindan nafratlanmasin, agar uning bir xulqini yomon ko‘rsa, boshqa xulqi tufayli undan rozi bo‘lib ketaveradi”, deyiladi (Imom Muslim rivoyati). Ya'ni, er xotining ayrim fe'lidan g‘azablansa, oilani buzib yuborishga shoshilmaslik, shu tufayli xotinini yomon ko‘rib qolmaslik lozimligi, balki, uning yaxshi odatlarini ham ko‘z oldiga keltirib, shu bilan ko‘nglini to‘q qilib yurishi kerakligi kelib chiqadi. Shuningdek, Er xotiniga xushfe'l bo‘lishi, u bilan yaxshi muomala qilishi, birga farovon hayot o‘tkazishi, unga ozor yetkazmasligi kerak. Bu bilan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislariga amal qilgan bo‘ladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan quyidagi hadisga quloq tutamiz: وَخِيَارُكُمْ خِيَارُكُمْ لِنِسَائِهِمْ ya'ni: «Sizlarning eng yaxshilaringiz xotinlariga nisbatan yaxshilaringizdir».

Читать полностью…

Mizan.uz

🕌 "Масжидул хайр" жомеъ масжиди азон ва намоз вақтлари!

🗓 12-октябрь
2024-йил:

🏙 Тонг - 05:12 (Такбир - 05:51)

🌅 Қуёш - 06:31

🏞 Пешин - 12:09

🌇 Аср - 16:03 (Такбир - 16:13)

🌆 Шом - 17:52

🌃 Хуфтон - 19:03 (Такбир - 19:13)

”Аҳлингизни намоз (ўқиш)га буюринг ва (ўзингиз ҳам) унга (намозга) бардошли бўлинг!” (Тоҳа, 132).


Албатта яқинларингизга ҳам улашинг
⬇️
@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

#Islom – tinchlik va ezgulik dini

Xalqaro konferensiyaga tashrif buyuradigan ulamolar

Joriy yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Mazkur anjumanga tashrif buyuradigan moʻtabar ulamolar haqida maʼlumot berib boramiz.

Bulgʻor islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi oʻqituvchisi Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy.

Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy 1975-yilda Yamanning Haj viloyatida tavallud topgan.

1979-yilda oilasi bilan Jidda shahriga koʻchib kelgan va oʻn yil oʻsha yerda istiqomat qilgan. Dastlabki diniy taʼlim va Qurʼoni karimdan saboqlarini aynan shu joyda olgan.

1989-yili vatani Yamanga qaytib, ilm tahsilini davom ettirgan. Shayx Abdulmajid Zindoniy rahbarlik qiladigan “Imon” universitetiga oʻqishga kirgan.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3419

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

Mizan.uz

#Islom – tinchlik va ezgulik dini

Xalqaro konferensiyaga tashrif buyuradigan ulamolar

Joriy yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Mazkur anjumanga tashrif buyuradigan moʻtabar ulamolar haqida maʼlumot berib boramiz.

Dor al-Huda Islom universiteti asoschisi va prorektori Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi.

Islom mutafakkiri va buyuk voiz, ahli sunna val-jamoaning eng koʻzga koʻringan olimlaridan biri, nufuzli 500 ta ulamolar roʻyxatiga kiritilgan alloma Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi 1951-yil Hindistonda tavallud topgan.

1974-yilda Hindistondagi “Nuriya” arab universitetini, 1979-yilda Kalkutta dorulfununini tamomlagan. Soʻng taʼlim va tadris ishlari bilan shugʻullangan.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3418

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

Mizan.uz

#JUMA_MUBORAK

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram

Читать полностью…

Mizan.uz

🕌 "Масжидул хайр" жомеъ масжиди азон ва намоз вақтлари!

🗓 11-октябрь
2024-йил:

🏙 Тонг - 05:11 (Такбир - 05:50)

🌅 Қуёш - 06:30

🏞 Пешин - 12:09

🌇 Аср - 16:04 (Такбир - 16:14)

🌆 Шом - 17:53

🌃 Хуфтон - 19:04 (Такбир - 19:14)

”Аҳлингизни намоз (ўқиш)га буюринг ва (ўзингиз ҳам) унга (намозга) бардошли бўлинг!” (Тоҳа, 132).


Албатта яқинларингизга ҳам улашинг
⬇️
@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

#Hikmatlar

Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
"Ketgan narsaga qayg'urib, kelgan narsadan xursand bo'lmasligingiz uchun" (Hadid surasi, 23-oyat).
Shunday ekan, hasrat va nadomat sababli kuyib- yonmang. Afsus va yig'i bilan o'zingizni halok qilmang. G'azab va baqir-chaqir qilib o'zingizni qiynamang.

Ulug‘lar nasihati...

Ulug' donishmandlarning hikmatli so'zlaridan bahramand bo'ling. Qalblaringizni go'zal hikmat jilolari ila to'ldiring... #Hikmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi Manzillar:
Telegram|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Mizan.uz

🕌 "Масжидул хайр" жомеъ масжиди азон ва намоз вақтлари!

🗓 11-сентябрь
2024-йил:

🏙 Тонг - 04:38 (Такбир - 05:19)

🌅 Қуёш - 05:59

🏞 Пешин - 12:19

🌇 Аср - 16:47 (Такбир - 16:57)

🌆 Шом - 18:44

🌃 Хуфтон - 19:57 (Такбир - 20:07)

”Аҳлингизни намоз (ўқиш)га буюринг ва (ўзингиз ҳам) унга (намозга) бардошли бўлинг!” (Тоҳа, 132).


Албатта яқинларингизга ҳам улашинг
⬇️
@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

🥺 Ya Rasulalloh sollallohu alayhi vasallam! - Hasanxon Yahyo Abdulmajid

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qalblar tabibi»
suhbatlari xatmonasi

🎬 Videosini ko'ring

👉 Obuna bo'ling: @HasanHusayn_Audio

@salaamtravel_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

🕌 "Масжидул хайр" жомеъ масжиди азон ва намоз вақтлари!

🗓 10-сентябрь
2024-йил:

🏙 Тонг - 04:37 (Такбир - 05:18)

🌅 Қуёш - 05:58

🏞 Пешин - 12:19

🌇 Аср - 16:49 (Такбир - 16:59)

🌆 Шом - 18:46

🌃 Хуфтон - 19:59 (Такбир - 20:09)

”Аҳлингизни намоз (ўқиш)га буюринг ва (ўзингиз ҳам) унга (намозга) бардошли бўлинг!” (Тоҳа, 132).


Албатта яқинларингизга ҳам улашинг
⬇️
@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

🕌 "Масжидул хайр" жомеъ масжиди азон ва намоз вақтлари!

🗓 14-октябрь
2024-йил:

🏙 Тонг - 05:14 (Такбир - 05:53)

🌅 Қуёш - 06:33

🏞 Пешин - 12:08

🌇 Аср - 16:00 (Такбир - 16:10)

🌆 Шом - 17:49

🌃 Хуфтон - 19:00 (Такбир - 19:10)

”Аҳлингизни намоз (ўқиш)га буюринг ва (ўзингиз ҳам) унга (намозга) бардошли бўлинг!” (Тоҳа, 132).


Албатта яқинларингизга ҳам улашинг
⬇️
@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

#Hikmatlar

Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
"Mahzun bo'lma, Alloh, albatta, biz bilan" (Tavba surasi, 40-oyat).
U Zot bizni ko'rib turadi, so'zlarimizni eshitadi, dushmanlarimizga qarshi yordam beradi, bizni g'amga solgan narsalarni yengil qilib qo'yadi va ulardan bizni ozod qiladi.

Ulug‘lar nasihati...

Ulug' donishmandlarning hikmatli so'zlaridan bahramand bo'ling. Qalblaringizni go'zal hikmat jilolari ila to'ldiring... #Hikmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi Manzillar:
Telegram|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Mizan.uz

#Hikmatlar

Alloh taolo marhamat qiladi:
"Albatta, Alloh taqvo qilganlar va go'zal ishlar qilganlar bilandir" (Nahl surasi, 128-oyat).
Ulardan dushmanlarni daf qiladi, balolardan najot va kasalliklarga shifo beradi. Ularni qiyinchilik va og'ir kunlarda O'z hifzida saqlaydi.

Ulug‘lar nasihati...

Ulug' donishmandlarning hikmatli so'zlaridan bahramand bo'ling. Qalblaringizni go'zal hikmat jilolari ila to'ldiring... #Hikmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi Manzillar:
Telegram|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Mizan.uz

Agar shunday qilsa, (ya'ni er iznisiz ko‘chaga chiqib ketsa) to tavba qilguncha yoki uyga qaytguncha Alloh unday ayolni la'natlaydi” (Bayhaqiy va Tayolisiy rivoyatlari). Albatta, bu zikr qilingan oyat va hadislar ayol kishining umuman ko‘chaga chiqishi mumkin emasligini anglatmaydi. Balki, bu – uyning ishlarini zoye qilgan holda besabab, eriga aytmasdan ko‘chaga chiqib ketaverish, yurimsak bo‘lib qolish kabi salbiy holatlarga taalluqli. Holbuki, eriga aytib o‘z ehtiyoji uchun ko‘chaga chiqish, ota-onasini ko‘rib kelish va hokazolar albatta shariatimizda mumkin bo‘lgan ish. Er kishi ayolini umuman uyga bandi qilib zulm qilmasligi kerak. Agar o‘zaro rozilik asosida bo‘lsa ayol kishi hatto ishga kirib, oilaviy holatga o‘zining hissasini qo‘shishi ham mumkin. Ammo, dinimiz Islom ayolga yengillik yuzasidan oila nafaqasini erning zimmasiga yuklab qo‘ygan. Chunki, ham uy yumushlari, ham tashqarida pul topish ayol kishiga mashaqqat bo‘ladi. Hozirgi paytda ayrimlar ayol umuman ko‘chaga chiqmay, faqat uyda o‘tirishi kerak, deb da'vo qilsa, boshqa birlari esa ayolini ishlatib qo‘yib, o‘zi uyda ularning ishini qilib o‘tiradi. Islom shariati bu ikki yo‘lni ham birday qoralaydi Joriy “Sog‘lom ona va bola yili”da ham avvalo, ayol zotining jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini yanada oshirish, xotin-qizlarning jamiyatda qilayotgan ishlarini munosib baholash, har qaysi xonadonda uy bekasi bo‘lmish opa-singillarimizning og‘irini yengil qilishga yo‘naltirilgan ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
3. Xotin erining haqqini o‘z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun qo‘yishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi juda kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: 
لاَ يَحلُّ لامْرَأَةٍ أَنْ تَصُومَ وَزَوْجُهَا شَاهِدٌ إِلا بِإِذْنِهِ وَلاَ تَأذَنَ فِي بَيْتِهِ إلاَّ بِإذْنِهِ 
ya'ni: «Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga birovni kiritishi halol bo‘lmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy).
4. Xotin uyiga erining ruxsatisiz hech kimni qo‘ymasligi, erining uyidan uning ijozatisiz biror narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas. Agar bersa, xotinga gunoh, erga savob bo‘ladi.
5. Shuningdek, erning ayoli ustidagi haqlaridan biri Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Maishat qiyinchiligi yo hol nochorligi uchun g‘azablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga o‘tishidan qo‘rqib, undan hojatdan ortig‘ini talab qilmasligi darkor. Balki, erini ham qanoatga undab, harom yo‘llardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib shunday derdilar: «Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo do‘zax oloviga chiday olmaymiz». Ayol kishi o‘z erining tuyg‘ularini rioya qilishligi, u yoqtirmaydigan yoki unga ozor beradigan gap-so‘z va ishlardan yiroq bo‘lishligi hamda erining moliyaviy sharoitini hisobga olmog‘i, erining uy tashqarisidagi mas'uliyatlarini qadrlab, uyga kech kelishidan bezovta bo‘lmasligi yoki shu borada eriga bosim o‘tkazmasligi lozim. Shuningdek, Eri toqat qilolmaydigan darajada pul talab qilmasligi kerak. Zero, ba'zi ayollar, ehtimol ko‘plab ayollar nuqul o‘zga oilalarni, o‘zga erning o‘z xotiniga sarflagan narsalarini misol qilgan holda erlaridan xuddi shunday ta'minot talab qiladilar. Holbuki, dunyoviy sohada inson o‘zidan yuqoridagiga emas, o‘zidan pastroqdagilarga qarashi ayni hikmatdandir. Ana shunda inson o‘zining qanchalar ko‘p ne'mat ichida ekanligini his qilib, shukr qilishni boshlaydi. Shu ma'noda Nabiy sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qiladilar: “ أُنْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ دُونُكُمْ وَلَا تَنْظُرُوا إِلَى مَنْ هُوَ فَوْقَكُمْ ، فَإِنَّهُ أَجَدَرُ أَنْ لَا تَزْدَرُوا نِعْمَةَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ ”  Ya'ni: “O‘zingizdan pastdagilarga qarang, o‘zingizdan yuqoridagilarga qaramang! Zero, shu ish (ya'ni o‘zingizdan pastdagilarga qarashingiz)

Читать полностью…

Mizan.uz

2. Ayolning eri zimmasidagi ikkinchi haqqi bu mahr haqqidir. Bu ayolni ikrom qilish, unga yaxshilik qilish bobidandir. Alloh taolo Qur'oni karimda erlarni ayollarining mazkur haqlariga rioya qilishga chaqirib: “وَآتُواْ النَّسَاء صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً ” ya'ni “xotinlariga mahrlarini hadya kabi (ya'ni chin ko‘ngildan) beringiz” (Niso surasi: 4 -oyat), deya amr etgan.
3. Er xotinning ozorini ko‘tarishi, u g‘azablanganida va jahli chiqqanida muloyim bo‘lishi, uning xatolarini kechirishi kerak. Bunday qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga amal qilishdir. Imom Muslim rivoyat qilishlaricha, Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadilar: «Rasullulohdan boshqa oilasiga mehribonroq biror kishini ko‘rmadim».

4. Erkak ayolini qizg‘anishi, uning or-nomusini saqlashi kerak. Oqibati buzuq bo‘ladigan har qanday holga beparvo bo‘lmasligi lozim. Ammo yomon o‘y, o‘ta talabchanlik va gumonda haddan oshish durust emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganlar. Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan shunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh erni oilasini xiyonatda gumon qilib kechqurun kelishdan qaytarganlar».
5. Er xotinning o‘ziga alohida joy qilib berishi, unda erning yaqinlaridan hech kim bo‘lmasligi kerak.
6. Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli ta'minlashi kerak. Er oilasiga sarflagan xarjlari uchun ajr va savobga erishadi. Imom Buxoriy va Muslim "Sahih"larida shunday kelgan: "Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: ("إِنَّكَ لَنْ تُنْفِقَ نَفَقَةً تَبْتَغِي بِهَا وَجْهَ اللَّهِ إِلَّا أُجِرْتَ عَلَيْهَا حَتَّى مَا تَجْعَلُ فِي فَمِ امْرَأَتِكَ" (متفق عليهya'ni: "Sen Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining og‘ziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor». Shuningdek, bu masalada ya'ni nafaqa masalasida er o‘zining iqtisodiy holidan kelib chiqib ish ko‘radi. Xotinning bitmas-tuganmas talab va xohishlari uchun o‘zini o‘tga cho‘qqa urib, noshar'iy va noqonuniy yo‘llar bilan pul topishga kirishmaydi. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: “لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍ مِّن سَعَتِهِ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُ فَلْيُنفِقْ مِمَّا آتَاهُ اللَّهُ لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْساً إِلَّا مَا آتَاهَا سَيَجْعَلُ اللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍ يُسْراً”  “Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya'ni o‘z boyligiga yarashadigan tarzda) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato etgan narsadan (o‘z holiga yarasha) nafaqa bersin. Alloh hech bir jonga O‘zi unga ato etgan narsadan boshqa narsani yuklamas. Alloh tanglik-kambag‘allikdan so‘ng yengillik-boylikni ham paydo qilur” (Taloq surasi: 7-oyat).
7. Er xotinining iffatini saqlashi lozim. Xotinini haromdan himoya qilish erga vojibdir.
8. Er xotinini yaxshi ko‘rsa, juda hurmatlashi lozim, yomon ko‘rsa, zulm qilmasligi kerak. Istasa, chidab yashasin yo yaxshilikcha ajralsin. Ayolni faqat mardlar qadrlaydi, pastlar xorlaydi.

Tegirmon ham navbati bilan degandek, erning ham o‘z xotini ustidagi shar'iy haq-huquqlarini bilib qo‘yishimiz lozimdir. Toki, ayollarimiz mazkur huquqlarga og‘ishmay amal qilganlarida oilaviy baxt saodat hosil bo‘lsin. Zero, oilaning davomiyligi er xotinning bir-biridan roziligi va bir-birining haqlarini ado etishiga chambarchas bog‘liqdir. Xotin kishi erining haqlarini bilib, ularni ado qilganidagina soliha xotin bo‘ladi. Erning xotin zimmasidagi eng muhim haqlari quyidagilardir:
1. Xotinning eriga nisbatan eng birinchi burchi, yoxud erning o‘z ayoli ustidagi eng birinchi haqqi bu – ayol kishining eriga itoatkor bo‘lishidir. Ayol Allohga ma'siyat hisoblanmaydigan barcha ishda eriga itoat qilishi lozim. Busiz hayot hayot bo‘lmaydi. Ayol kishi oilada o‘z o‘rnini bilmas ekan, eriga itoatsiz, o‘jar-qaysar bo‘lar ekan, unday oilaning davomiyligi va mustahkamligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

Читать полностью…

Mizan.uz

🗣 "ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ" ХАЛҚАРО КОНФЕРЕНЦИЯСИГА ПУХТА ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА

🔝 Жорий йил 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини” мавзусида нуфузли халқаро конференция ўтказилади.


💬Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Дин ишлари бўйича қўмита ахборот хизмати раҳбари Илҳом Маърупов маълум қилди.

😄Анжуман ишида Саудия Арабистони, Миср, Туркия, Иордания, Ўмон, Россия, АҚШ, Франция, Озарбайжон, Қозоғистон, Қирғизистон, Туркманистон, Ҳиндистон ва Покистон каби дунёнинг 22 мамлакатидан 70 дан ортиқ нуфузли халқаро ташкилот раҳбарлари, дин арбоблари, муфтийлар ва таниқли уламолар иштирок этади.

Конференциядан кўзланган асосий мақсад – шиддатли глобаллашув шароитида ислом дини қадриятлари, унинг тинчликпарварлик моҳиятини кенг тарғиб қилиш, ёшларни диний бағрикенглик ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш, уларда ислом динига ёт радикал қарашларга қарши муросасизлик туйғусини шакллантириш ва бунда Ўзбекистон тажрибасини, динийлик ва дунёвийлик мувозанатини сақлаш йўлидаги саъй-ҳаракатларини халқаро жамоатчиликка етказишдан иборатдир.


⏺Муҳим масалаларнинг асл моҳиятини очиб беришга қаратилган Конференция 15 октябрь куни Тошкент шаҳридаги “Hilton” мажмуасининг анжуманлар залида ўз ишини бошлайди. Анжуман 3 та шўъбага бўлинган ҳолда ўтказилади.

Биринчи шўъба: “Ислом қадриятларини асраб-авайлашда ҳанафий-мотуридий таълимотининг ўрни”.

Иккинчи шўъба: “Глобаллашув шароитида ислом: мўътадиллик ва бағрикенглик”.

Учинчи шўъба: “Замонавий жамиятда ғоявий таҳдидларнинг олдини олиш омиллари ва амалий ечимлар”.

✅ Конференция 16 октябрь куни Хива шаҳрида давом этади. Унда “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини” мавзусидаги халқаро конференциясининг якуний декларацияси қабул қилинади.

📌 Батафсил

✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

Читать полностью…

Mizan.uz

🔈 "Ислом – тинчлик ва эзгулик дини" халқаро илмий-амалий конференциясини ўтказиш ва тайёргарлик ишлари бўйича

АОКАда Дин ишлари бўйича қўмита ахборот хизмати раҳбари Илҳом Маърупов иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

🎥 Брифинг
〰️〰️〰️〰️〰️〰️


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Читать полностью…

Mizan.uz

#Islom – tinchlik va ezgulik dini

Xalqaro konferensiyaga tashrif buyuradigan ulamolar

Joriy yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Mazkur anjumanga tashrif buyuradigan moʻtabar ulamolar haqida maʼlumot berib boramiz.

Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Doxa dinlararo muloqot markazi raisi Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy.

Qatar universiteti Shariat va islomshunoslik fakulteti professori Shayx Ali Qoradogʻiy 1949-yil Iroq Kurdistonining Sulaymoniya viloyatiga qarashli Qoradogʻ mintaqasida dunyoga kelgan.

Dastlabki taʼlimni oʻz yurtidan olgan. Qurʼoni karimni toʻliq yodlagach, Sulaymoniya shahriga amakisi Shayx Najmuddin Qoradogʻiy, Shayx Mustafo Qoradogʻiy va boshqa bir guruh olimlardan ilm oʻrganish uchun borgan.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3417

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

Mizan.uz

#Xalqaro_konferensiya #anjuman
🗣ХАЛҚАРО КОНФЕРЕНЦИЯГА ТАШРИФ БУЮРАДИГАН УЛАМОЛАР

📢 2024 йил 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини” номли халқаро конференцияга ташриф буюрадиган мўътабар уламолар ҳақида маълумотлар:

⬆️↗️↘️⬇️↙️⬅️↖️➡️

☪️ ШАЙХ МУҲАММАД АВВОМА
💼
Ибн Халдун университети доктори

Замонамиз муҳаддисларидан бири – Шайх Муҳаммад Аввома Суриянинг Ҳалаб шаҳрида ҳижрий 1385 (милодий 1939) йили таваллуд топган.

Илм талабини 12 ёшида бошлаб, шайх Абдуллоҳ Сирожиддин ва Абдулфаттоҳ Абу Ғудда каби олимларни маҳкам тутди.

Шайх Муҳаммад Аввома таълим муассасаларини битирганидан сўнг ҳам асло устозларидан узилмаган, илмий масалаларда доимо улар билан маслаҳатлашиб, насиҳат ва кўрсатмаларини олиб турган. Устози шайх Абдуллоҳ Сирожиддин билан 50 йил, шайх Абдулфаттоҳ Абу Ғудда билан 45 йил давомида вафотларига қадар доимий алоқада бўлиб, дуоларини олиб турган.
..
✉️ БАТАФСИЛ

⬆️↗️↘️⬇️↙️⬅️↖️➡️

☪️ ШАЙХ САЛОҲ АБУЛҲОЖ
💼
Бутунжаҳон ислом илмлари университети профессори

Ислом илмлари халқаро университети, ҳанафий фиқҳи факультети мудири, устоз доктор Салоҳ Муҳаммад Солим Абул Ҳаж Иордания давлатининг Уммон шаҳридаги Сувайлиҳ минтақасида 1974 йилда туғилган.

2002 йили Бағдод университетининг шариат факультетида ҳанафий фиқҳи бўйича олий баҳо билан докторлик даражасини олган.

2006 йили Иорданиядаги Балқо амалий университетининг усулуд дин факультетида ёрдамчи устоз вазифасини эгаллаган.

2011 йили Иорданиядаги Ислом илмлари университетидаги Шариат ва қонун факультетида доцент лавозимига эга бўлган.

2016 йили Иорданиядаги Ислом илмлари университетидаги Шариат ва қонун факультетида профессор лавозимини эгаллаган.
..
✉️ БАТАФСИЛ

⬆️↗️↘️⬇️↙️⬅️↖️➡️

☪️ ДОКТОР МУҲЙИДДИН МУҲАММАД АВВОМА
💼
Дорул ҳадис ал-Аввомия маркази раиси

Доктор Муҳйиддин Аввома 1976 йили Ҳалаб шаҳрида таваллуд топган. Отаси шайх Муҳаммад Аввома билан Мадинаи мунавварага келганида уч ёшда бўлган. Сўнг Мадинани ватан тутиб, барча таълим босқичларини ўша ерда таҳсил олган.

12 ёшида Қуръонни тўлиқ ёд олиб, олий санад билан ижозага эга бўлган.

Муҳйиддин Аввома ҳадис, фиқҳ ва усулул фиқҳ бўйича 3 та фан доктори унвонига эга.

Илмда отасининг йўлидан юриб, аввало, қадимий услуб – Қуръони каримни ёдлаш, Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг муборак суннатларини ўрганиш ва амал қилиш услубида, сўнг замонавий академик услубда давом эттириб, даврининг етук устоз ва олимларидан ақида, фиқҳ, усулул фиқҳ, ҳадис ва араб тили каби фанлардан мукаммал таълим олди...

✉️ БАТАФСИЛ

✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

Читать полностью…

Mizan.uz

#Hikmatlar

Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
"Ey Nabiy, Senga va senga ergashgan mo'minlarga Alloh kifoyadir" (Anfol surasi, 64-oyat).
Alloh sizga O'zi kifoya qiladi hamda sizni to'g'ri yo'lga boshlaydi, hifzida saqlaydi va himoya qiladi. Shunday ekan, hech narsadan qo'rqmang.

Ulug‘lar nasihati...

Ulug' donishmandlarning hikmatli so'zlaridan bahramand bo'ling. Qalblaringizni go'zal hikmat jilolari ila to'ldiring... #Hikmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi Manzillar:
Telegram|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Mizan.uz

#Xalqaro_konferensiya #anjuman
🗣ХАЛҚАРО КОНФЕРЕНЦИЯГА ТАШРИФ БУЮРАДИГАН УЛАМОЛАР

📢 Аввал, шу йил 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини” номли халқаро конференция бўлиб ўтиши ҳақида хабар берган эдик. Ижтимоий тармоқлар орқали мазкур анжуманга ташриф буюрадиган мўътабар уламолар ҳақида маълумот бериб борамиз.


⬆️↗️↘️⬇️↙️⬅️↖️➡️

☪️МУФТИЙ МУҲАММАД ТАҚИЙ УСМОНИЙ
💼
Дорул улум Карачи Ислом университети профессори

Замонамизнинг мужтаҳид олимларидан бири Муҳаммад Тақий Усмоний ҳафизаҳуллоҳ 1943 (ҳижрий 1326) йил Ҳиндистоннинг Саҳаронпур шаҳридаги Девбанд қишлоғида дунёга келди. Машҳур нақлга кўра, бу оиланинг насаби учинчи халифа Ҳазрат Усмон ибн Аффон розияллоҳу анҳуга бориб етади.

Муҳаммад Тақий Усмоний дастлабки илмларини ота-онасидан олган. Муҳаммад Тақий Усмонийнинг юксак илм чўққиларини эгаллашида отаси Муҳаммад Шафи раҳимаҳуллоҳнинг улкан ҳиссаси бор...

✉️ БАТАФСИЛ

⬆️↗️↘️⬇️↙️⬅️↖️➡️

☪️НАЗИР МУҲАММАД АЙЁД
💼 Миср Араб Республикаси Бош муфтийси

Назир Муҳаммад Айёд 1972 йили Қоҳира шаҳрида туғилган.

1995 йил “Усул ад-дин” бўйича “Ақида ва фалсафа” йўналишида бакалавр даражасини олган.

2000 йилда “Усул ад-дин” йўналиши бўйича “Ақида ва фалсафа” бўйича магистр даражасини, сўнгра 2003 йили биринчи даражали имтиёз билан докторлик даражасини олди.

Дастлаб Кафр аш-Шайх шаҳридаги Ислом ва арабшунослик коллежида ўқитувчи бўлиб ишлади. Мансура университетининг Усул ад-дин факультетида доцент лавозимида фаолият юритди.

2016 йилда профессор унвонига эга бўлди...

✉️ БАТАФСИЛ

⬆️↗️↘️⬇️↙️⬅️↖️➡️

☪️ МАВЛОНО АРШАД МАДАНИЙ
💼
Дорулулум Девбанд мадрасаси мудири, Ҳинд уламолари жамияти раиси

"Ҳинд уламолари" жамияти раиси ва Девбанд мадрасаси мудири забардаст олим мавлоно Аршад Маданий ҳафизаҳуллоҳ 1941 йилда туғилган. Ҳинд Ислом олими ва Дорул Улум Деобанднинг ҳозирги мудири. У Ҳиндистон уламолар жамиятининг саккизинчи президенти сифатида Асад Маданийдан кейин ўрин эгаллади. Ташкилот 2008 йилда бўлиниб кетди ва Шайх Маданий “Аршад” шўъбаси раҳбари бўлиб ишламоқда...
✉️ БАТАФСИЛ

✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати

🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

▶️ Muslimuzz/featured">YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

Читать полностью…

Mizan.uz

#Hikmatlar

Baxtiyor inson kechagi kunidan ibrat olgan, nafsini nazorat qilgan hamda oshkora va maxfiy holda Allohdan qo'rqqan kishidir.

Ulug‘lar nasihati...

Ulug' donishmandlarning hikmatli so'zlaridan bahramand bo'ling. Qalblaringizni go'zal hikmat jilolari ila to'ldiring... #Hikmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi Manzillar:
Telegram|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Mizan.uz

Qiyomatda inson oʻzi yaxshi koʻrgani bilan birga boʻladi!

@mizan_uz

Читать полностью…

Mizan.uz

#Hikmatlar

Dunyodagi eng yaxshi narsa Allohga muhabbat, jannatdagi eng go'zal narsa Allohni ko'rish, eng manfaatli kitob Allohning Kalomi va eng komil inson — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Ulug‘lar nasihati...

Ulug' donishmandlarning hikmatli so'zlaridan bahramand bo'ling. Qalblaringizni go'zal hikmat jilolari ila to'ldiring... #Hikmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi Manzillar:
Telegram|Instagram|Youtube

Читать полностью…

Mizan.uz

Bir koʻrishda nimani his qildingiz izohlarda yozing

Читать полностью…
Подписаться на канал