migratsiyaagentligi | Неотсортированное

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Подписаться на канал

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

📍Xususan, Permdagi “Perm-USK”, Voronejdagi “Yedinstvo” korxonalarida uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakillari faol vatandoshlar, diaspora vakillari hamda talabalar ishtirokida Bosh konsulxonada o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Telegram kanalimiz kuzatuvchilarini ogohlantiramiz!

Telegram kanalda turli reklamalar, shu jumladan, xorijda ish takliflari, xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish kabi eʼlonlar paydo bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi reklamalar Telegram messenjeri tomonidan joylashtiriladi va ushbu reklamalarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining aloqasi yo‘q.

Bu kabi reklamalarga ishonmaslik va turli to‘lovlarni amalga oshirmaslikni so‘raymiz.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇬🇧Buyuk Britaniyada ishlayotgan yurtdoshlarimizga kuniga qancha ish haqi to‘lanmoqda?

🇰🇷Koreya Respublikasida qiyin ahvolda qolgan fuqarolarimizga qanday yordam ko‘rsatilmoqda?

👉 Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalida

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Hududlarda_tanlov

Hududlarda tanlovlar davom etmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining "АОН", "Kamaz" korxonasi vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Ish beruvchi nomzodlarni rus tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab oldi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

Bugun maxsus test boshlandi!

🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun EPS-Topik testi boshlandi.

Eslatib o'tamiz, EPS-Topik testi 3-4 va 7-8-oktabr kunlari bo'lib o'tadi.

📍Imtihon manzili:
Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy.

👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">

📝 Nomzodlar ro'yxati

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolarni AQSH va Angliyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari fuqarolar A.N. va D.I. fuqaro A.J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida aylanma yo‘llar orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 14000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlagan.

Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi fuqaro F.U. fuqarolar Q.H. va S.K.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimdagi tanishlari yordamida Angliyaga ishga yuborishi evaziga 2 500 AQSH dollari va 2,5 mln so‘mni qo‘lga kiritganini aniqlagan.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️
Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

🇰🇷 Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish maqsadida 2024-yil 8-12-avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tgan edi.

🗓Ushbu nomzodlar uchun EPS-Topik testi 3-4 va 7-8-oktabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

📍Imtihon manzili:
Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy.

👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">

📝 Nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli va rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.

❗️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami

Nijegorod viloyatida 1-oktyabrdan patent berish to‘xtatildi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Gorovoyning 2024-yil 23-sentyabrdagi 1/11198-sonli farmoyishiga asosan, joriy yil 1-oktyabrdan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgan chet el fuqarolariga Nijegorod viloyati hududida 2025-yil 1-martga qadar vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent berilishi vaqtincha to‘xtatilgani maʼlum qilinadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇭🇷Xorvatiyada ishlash istagidagi hamyurtlarimiz uchun tanlov o'tkazilmoqda.

Test sinovi hamda suhbat jarayonidan muvafaqqiyatli o'tgan fuqarolar ushbu davlatda qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshiradi.

Ro’yxatdan o’tgan nomzodlar uchun imtihon 3-oktabrgacha davom etadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyada ishlash imkoniyati yanada kengaymoqda!

Batafsil videorolikda 👆

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

🇸🇰 16 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun Slovakiyaga jo‘nab ketmoqda

Ish turi: avtokara haydovchilari
Ish haqi: 1080 yevro

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

“LUKOIL” да малакали ишчи кучига талаб жуда юқори. Биз алоқаларимизни кенгайтиришга тайёрмиз ва бу масалада Агентлик билан муваффақиятга эришишимизга аминмиз",- Анатолий Москаленко

Бу ҳақида Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги ва "LUKOIL" компанияси раҳбариятлари ўртасида бўлиб ўтган учрашувда компаниянинг вице президенти А.Москаленко таъкидлади.

Учрашувда юртдошларимизни "LUKOIL"компанияси билан амалдаги келишуви доирасида ташкилий ишга қабул қилишнинг жорий ҳолати, ўзаро ҳамкорлик самарадорлигини ошириш ва янги босқичга олиб чиқиш имкониятлари муҳокама қилинди.

Хусусан, ойлик маоши ва ижтимоий ҳимоя пакети юқори даражада бўлган ушбу йирик компанияга Ўзбекистондан нефт ва газ қазиб олиш соҳасида фаолият олиб борувчи малакали ишчи кучини жалб қилиш, шунингдек, талабгорларни касб-ҳунарга ўқитиш, муносиб меҳнат шароитларини таъминлашга устувор аҳамият қаратилиши таъкидланди.

👉Каналга обуна бўлиш

/channel/migratsiyaagentligi

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Sankt-Peterburgdagi “Politexstroy svargo”, Voronejdagi “Sezoni”, “SDK”, “SZ DSK”, Chelyabinskdagi “NPK”, Xabarovskdagi “KaptorStroy” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

– Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning yurtimizga tashrifidan so‘ng migratsiya sohasida qanday imkoniyatlar yuzaga keldi?

– Germaniyaga borish mehnat migrantlari uchun soddalashtiriladimi?

– Bugungi kunda Germaniyada qaysi sohalarda ish bor?

👉 Batafsil O'zAda

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷 Janubiy Koreyada ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish maqsadida 2024-yil 8-12-avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tgan edi.

🗓Ushbu nomzodlar uchun EPS-Topik testi 3-4 va 7-8-oktabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

📍Imtihon manzili:
Toshkent shahri Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasi 3-uy.

👉 Lokatsiya41.2076081,69.2118158,18z/data=!4m5!3m4!1s0x0:0xaad8e090ff9ffb6c!8m2!3d41.207713!4d69.212878">

📝 Nomzodlar ro'yxati

Imtihonga kirishda talab etiladigan hujjatlar va maʼlumotlar:

1.
xorijga chiqish pasporti;
2. 3,5 x 4,5 hajmdagi oq fonli, sifatli va rangli surat (2 dona).

❗️Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya maxsus testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.

❗️Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

📞 Murojaat uchun: 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇧🇾Fuqarolar Belarusning "Belavtomaz" avtomobil ishlab chiqarish zavodiga ishga taklif etiladi!

Ish turi: avtomobilsozlik

📍Ish haqi: 2370 Belarus rubli (720 AQSH dollari);
📍Ish vaqti: 5 kun 8 soatdan.

✔️aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan.

One ID orqali ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar tanlovlarga jalb qilinadi.

Tanlov o'tkaziladigan hududlar:

7-oktabr soat 11:00 da

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.

soat 12:00 da

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bog‘ishamol dahasi, Xalqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy. Aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi (sobiq Bog‘ishamol pedagogika kolleji).
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.

soat 14:00 da

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112v-v uy. KOICA o'quv markazi.
Mo‘ljal: Sobiq Melkombinat.
☎️ 91 327-63-60.

soat 15:00 da

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.

soat 16:00 da

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.

8-oktabr soat 11:00 da

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.

soat 12:00 da

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.

soat 14:00 da

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.

soat 15:00 da

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.

soat 16:00 da

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Saylov_2024

✈️ 4-oktabr kuni “Debat Xoll”da 2024-yilgi saylovlar taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan voqea sodir bo‘ladi!

Deputatlikka nomzodlar g‘oyalar va strategiyalar kurashida to‘qnash keladi, ular yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishadi.

❓ Ular orasida sizni munosib nomzodligiga ishontira oladigani kim bo‘ladi?

Bu oddiy debatlar emas — bu har birimizning hayotimizga taʼsir qiluvchi qarorlar qanday shakllanayotganini ko‘rish uchun imkoniyat.

Siz ushbu tarixiy lahzaning bir qismi bo‘lishga tayyormisiz?

✔️ Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🌐4-oktabr, 17:00, “Debat Xoll”, jonli efir!

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇩🇪 Qashqadaryoda Germaniyada ishlash istagida bo'lgan tibbiyot xodimlari o'quv kurslariga jalb qilinmoqda

Qashqadaryo viloyatida hamshiralarni nemis tiliga o‘qitish va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Germaniyaga ishga jalb qilishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Ushbu memorandum asosida tashkil etilgan o‘quv markazida joriy yilning iyul oyida ikkita guruhda 43 nafar hamshira nemis tilini o'rganishni boshlagan. Sentabr oyida esa uchinchi guruh tashkil etilib, 22 nafar tibbiyot xodimi jalb etildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu o'quv markazida ta'lim olib, xalqaro sertifikatni qo'lga kiritgan ishtirokchilar kelgusida Germaniyadagi klinikalarda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyaning “Novo Agency” tashkiloti bilan hamkorlikda tibbiyot sohasi vakillarini Germaniyaga ishga taklif etadi.

Videoda aytilgan talablarga mos bo'lsangiz ushbu raqamga👇🏻

+998882393223 qo'ng'iroq qiling.

➡️ Va ro'yxatdan o'ting!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

📍Xususan, Sverdlovskdagi “Stroitelnoye predpriyatiye SMU-30”, Chelyabinskdagi “Sad i ogorod”, Lipeskdagi “Opalubochniye sistemi”, “Art-Fasad”, “JBI-2 Invest”, Tuladagi “Kapitan”, “Promed”, “Dobroflot”, Sverdlovskdagi “SibirEkoStroy”, Ryazandagi “Gamma”, “Texnoservis”, “Bolshaya Istoriya”, “Avtotreyd” korxonalarida uchrashuvlar tashkil etildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги, Ўзбекистоннинг Қатардаги элчихонаси ва Қатарнинг “Jusour” бандлик агентлиги раҳбариятлари ўртасида онлайн учрашув ўтказилди.

Унда Қатар томони Ўзбекистондан ишчи кучини жалб қилиш бўйича ҳамкорликни янада кенгайтириш истагида эканлигини ва туризм, IT ва тиббиёт соҳалари мутахассисларига талаб ва қизиқиш мавжудлигини таъкидлади.

“Ўзбекистон Қатар давлати учун ҳар соҳада стратегик ҳамкор мамлакат ҳисобланади. Шу боис юртингиздан малакали мутахассисларни жалб қилиш бўйича ҳам катта режаларимиз бор”,- деди Қатарнинг “Jusour” бандлик агентлиги раҳбари Абдулҳодий Биҳайт Барқон.

Учрашувда икки томон ушбу имкониятлардан фойдаланиб, Ўзбекистон фуқароларини Қатар давлатида меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун ҳамкорлик шартномасини тез кунларда имзолашга келишиб олди.

“Jusour” бандлик агентлиги Қатар ҳукуматига тегишли бўлиб, мамлакат иқтисодиётининг асосий секторларини малакали мутахассислар билан таъминлаш вазифасини бажаради.

👉Каналга обуна бўлиш

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Hurmatli ustozlar, barchangizni 1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni – kasb bayramingiz bilan muborakbod etamiz.

Sizning mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar tilaymiz!

Hurmat ila Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro J.Y. fuqaro D.T.ning ishonchiga kirib, uni aylanma yo‘llar orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 5000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar M.R. va R.M. ikki nafar qo‘shnisi M.R. va S.R.ning ishonchiga kirib, ularni AQShga ishga yuborishi evaziga jami 18000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️
Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷Koreys kompaniyalariga ishga kirish uchun ilk qadamni Qirol Sejong markazi bilan boshlang!

Ma'lumot o'rnida, o'quv kursiga qabul davom etmoqda.

👉 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Murojaat uchun

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyada 2025-yil mart va avgust oylaridan Ausbildung!

Sizda nemis tilidan B1 sertifikati bo'lsa, unda hoziroq Germaniyada mehmonxona, gastranomiya, mexatronika va parvarish sohalarida kasbiy ta'limni o'rganish va ishlash uchun ro'yxatdan o'ting.

Nomzodlar uchun talablar:

💢Maktab shahodatnomasi;
💢Nemis tilidan kamida B1 (Geothe, ÖSD, TELC, ECL) darajadagi sertifikat;
💢Yosh chegarasi 18-35 yosh.

Afzalliklari:

🔹Stipendiya 1000-1300 yevro;
🔹Yashash joyi topishga ko'mak;
🔹Tibbiy sug‘urta;
🔹Kasbiy ta'limdan keyin kafolatlangan ish joyi;
🔹Aeroportdan ish joyigacha bepul transfer.

Sohalar kesimida ro'yxatdan o'tish:

👉 Mexatronika
👉 Gastronomik sohalar
👉 Parvarish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪Nemis tilini B1 darajada biladigan fuqarolar Germaniyada 2025-yil uchun Ausbildung va ishga taklif etiladi!

Soha: qishloq xo'jaligi texnikalari mexanigi

➡️ Ausbildung uchun talablar:

📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish

➡️ Ishlash uchun talablar:

📍Batafsil
📍Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇷🇺Moskva shahridagi Domodedovo xalqaro aeroporti orqali sayohat qilayotgan yo‘lovchilar diqqatiga!

Xorijiy fuqarolar uchun pasport nazoratidan o‘tish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab pasport nazorati kabinalarida qo‘shimcha ravishda suratga olish va daktiloskopik nazorat (barmoq izlarini olish) amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, Moskvaning Domodedovo aeroportidan rejalashtirilgan aviaqatnovlarga parvozdan oldingi nazoratdan o'tishga ulgurish uchun aeroportga vaqtliroq borishingizni so‘raymiz.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇯🇵 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi nomzodlar uchun suhbat-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan fuqarolar kasb tajribalari va til bilish darajasiga muvofiq tanlab olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇭🇷Xorvatiyada ishlash uchun qanday talablarga javob berish kerak?

👉Batafsil "Uzreport tv"da

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|OrtikkhujaNorov/videos">Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…
Подписаться на канал