migratsiyaagentligi | Неотсортированное

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Подписаться на канал

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qo'yilganmi?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇱🇻 Latviyaga "CE" toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etiladi!

Soha: "CE" toifaga ega yuk avtomobili haydovchisi
Ish haqi: 1100 yevro

Nomzodlar uchun talablar:

💢18 - 55 yosh;
💢rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
💢soha bo'yicha kamida 1 yillik tajriba;
💢sudlanmagan;
💢xorijga chiqish taqiqlanmagan;
💢sog'lom.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹 sug'urta;
🔹 hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro'yxatdan o'tkazish.

Fuqaro hisobidan:
📍Agentlik xizmatlari, o'qitish va ko'niktirish;
📍viza uchun to'lov;
📍aviachipta;
📍ovqatlanish;
📍yashash joyi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqam 17), 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiyaga borayotgan fuqarolar ogohlantiriladi

So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan, ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi so‘raladi.

Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etiladi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇬🇧O'zbekiston – Buyuk Britaniya: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi T. Smart bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston fuqarolarini Buyuk Britaniyaga jo‘natish bo‘yicha mavjud muammolarni hal qilish masalalari va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Germaniyaning “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” korxonasida ishlashni istaysizmi?

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekistonning migratsiya strategiyasini xalqaro norma va standartlar asosida ishlab chiqish borasida faol ish olib borilmoqda

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekiston Parij Olimpiadasida tarixiy natija qayd etdi

Parijdagi Olimpiada O‘zbekiston mustaqil taraqqiyoti tarixida eng muvaffaqiyatli o‘yin bo‘ldi. 13 ta medal bilan 206 ta davlat orasida umumiy medallar hisobida 13-o‘rinni, Markaziy Osiyoda va MDHda 1-o‘rinni hamda Osiyoda 4-o‘rinni egalladi.

🥇8 ta oltin:

Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg)
Ulug‘bek Rashitov (taekvondo WT, -68 kg)
Razambek Jamalov (erkin kurash, -74 kg)
Hasanboy Do‘smatov (boks, -51 kg)
Abdumalik Xalakov (boks, -57 kg)
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (boks, -71 kg)
Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg)
Bahodir Jalolov (boks, +92 kg)

🥈2 ta kumush:

Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika, -102 kg)
Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg)

🥉3 ta bronza:

Muzaffarbek To‘raboyev (dzyudo, -100 kg)
Alisher Yusupov (dzyudo, +100 kg)
G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg)

Sportchilarimizni va xalqimizni ushbu tarixiy g‘alabalar bilan tabriklaymiz!

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇬🇧O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmlari qanday ishlaydi?

Buyuk Britaniyaning ommabop "The London Post" yangiliklar portalida "O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solishning yangi mexanizmlari qanday ishlaydi?" sarlavhali maqola chop etildi.

👉 Maqolani to'liq o'qish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Xorijga ishga ketish osonmi?

Yuqori maoshli ishga yuboramiz deyayotgan "firmalarga" ishonsa bo'ladimi?

🎥 Batafsil "Studiya 24"da...

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Yekateringburgdagi “Trubnaya metallurgicheskaya kompaniya”, “Termoinjeniring”, Amurdagi “Stroitelno-ekspluatatsionnaya slujba”, Sverdlovskdagi “Stroyizolyatsiya” korxonalarida bo‘lib, yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

📍Korxonalar mutasaddilari bilan uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha ishga jalb qilish, mehnat migrantlariga munosib yashash va ish sharoitlarini yaratish, ish haqini vaqtida to‘lash, hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

📍Yurtdoshlarimizning muammo va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalarni hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

📍Shuningdek, Voronej, Yekaterinburg va Perm shahrida yurtdoshlarimizning murojaatlari o‘rganilib, ularga moddiy va huquqiy yordam berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish uchun 7-11 avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi qo'shimcha ma'lum qilinadi.

❗️Ro'yxatdan o‘tish uchun zarur hujjat va maʼlumotlar:

1.
One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishda xorijga chiqish pasporti maʼlumotlarini to‘g‘ri kiritish
👉 ONE IDdan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
2. Telefon raqami;
3. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim);
4. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim).
5. 28 AQSH dollari miqdoridagi to‘lovni berilgan invoys raqami asosida Click ilovasi orqali amalga oshirishi talab etiladi.

Muhim xabar!
Joriy yil 1-avgust kuni e'lon qilingan EPS-Topik testida ishtirok etuvchi 3608 nafar nomzodga qo'shimcha Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan 6-avgust kuni yana 832 nafar nomzod ro'yxati taqdim etilgan.

👉 Nomzodlar ro'yxati

☎️ Murojaat uchun:
71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇩🇪Qarshi shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o‘qitish o'quv markazi tashkil etildi.

Ushbu o'quv markazida ta'lim olib, xalqaro sertifikatni qo'lga kiritgan ishtirokchilar kelgusida Germaniyaga ishga yuboriladi.

👉Tafsilotlar "Qashqadaryo" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

28 nafar o‘zbekistonlik nemis tili mutaxassislari Germaniyaga yuborildi

Malaka oshirishga yuborilgan nomzodlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda germaniyalik hamkorlar tomonidan respublika bo‘ylab saralab olingan.

Saralangan o‘qituvchilar 8 hafta davomida Germaniyada malaka oshirib qaytgach, yoshlarni "Ishga marhamat" monomarkazlarida nemis tiliga o‘qitib, ularning til ko‘nikmalarini oshirishga va nemis tilini o‘qitish tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Mazkur loyiha doirasida jami 168 nafar nemis tili mutaxassislari 5 yil davomida bosqichma-bosqich Germaniyaga borib o‘zlarining til malakalarini oshirib, xalqaro toifadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritadi.

🌐/channel/mehnatvazirligi

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolarni Yevropaga ishga yuborishini vaʼda qilgan MCHJ rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “Ch.g” MCHJ rahbari G‘.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro B.R. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularga soxta sertifikat va diplom tayyorlab berish orqali Yevropa davlatlariga ishga yuborishini vaʼda qilib, evaziga B.R.dan 4500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruvda, MCHJ rahbari fuqaro U.T. va boshqalarni chet elga ishga yuborishi evaziga 25,8 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani, shuningdek 5 nafar fuqaroning nomiga “H-W.” MCHJda turli kasblarga o‘qigani to‘g‘risida soxta sertifikatlar tayyorlab qo‘ygani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112v-v uy. KOICA o'quv markazi.
Mo‘ljal: Sobiq Melkombinat.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda “31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” munosabati bilan bugun “Shahidlar xotirasi” majmuasida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining bir guruh xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda o‘tgan asr boshida yurtimizda kechgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, Vatan ozodligi uchun kurashgan xalqimiz oydinlari hayoti va faoliyati xususida so‘z yuritildi.

Ziyolilarning qatag‘on qilinishi sabablari va oqibatlari, bugungi dorilomon kunlarga erishishda ularning hissasi hamda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz nomini oqlash, xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar e’tirof qilindi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Kutilayotgan_loyihalar

Germaniyaga ketish uchun yangi loyihalarga start berilmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya federal bandlik agentligi hamkorligida O‘zbekistonda quyida ko'rsatilgan soha mutaxassislari uchun nemis tilini o'qitish loyihalariga start berilishi rejalashtirilmoqda.

✔️Malakali mutaxassislar uchun (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1 yillik tajriba va 2 yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar);

✔️ Diplomga ega bo‘lmagan yoshlar uchun (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi).

Loyihalar joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida bo‘lib o‘tadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇩🇪Germaniya ish beruvchi tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Yevropa davlatlarida yuk avtomobillarini haydash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash istagidagi yurtdoshlarimizni tayyorlash jarayonlarini O‘zbekiston hududida tashkil etish maqsadida Germaniyadan 2 ta yuk avtomobili olib kelindi.

👉Batafsil videoda

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Sankt-Peterburgdagi “Armagan”, Chelyabinskdagi “TSK Noviy vek”, “YevroDom”, “Energoinjiniring” korxonalari rahbariyati va bu yerda ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📍Sankt-Peterburgda ishlash uchun borib, murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarimizga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇧🇾 Belarusning “Belavtomaz” korxonasida ishlash uchun 31 nafar yurtdoshimiz jo‘nab ketdi

Fuqarolarimiz 5 kun 8 soatdan mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Oylik maosh o'rtacha 720 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ish turi: avtomobilsozlik
Shartnoma muddati: 1 yil

Aviachipta, yotoqxona, tibbiy ko'rik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyaning “Novo Agency” tashkiloti bilan hamkorlikda tibbiyot sohasi vakillarini Germaniyaga ishga taklif etadi.

Videoda aytilgan talablarga mos bo'lsangiz ushbu raqamga👇🏻

+998 88 239 32 23 qo'ng'iroq qiling.

➡️ Va ro'yxatdan o'ting!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolar uchun joriy yil 18-25-iyul kunlari Malaka imtihoni (Skill test) bo'lib o'tgan edi.

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ishlab chiqarish sohasi bo’yicha malaka imtihonidan jami 6774 nafar nomzod muvaffaqiyatli o'tgan.

👉Imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar

Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining filiallariga 13-avgustdan boshlab taqdim etish so‘raladi.

👉 Anketani yuklab olish

👉 Hududiy filiallar manzillari

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti bo‘yicha rasmiy bayonot

Buyuk Britaniyaning “Telpasc” (Ethero) tashkiloti tomonidan yurtdoshlarimizni mavsumiy ishga jalb qilish bo‘yicha 2024-yilning 22-27 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan tanlovlarda 2 500 dan ortiq fuqaro ishtirok etgan. Ish beruvchi tanlab olgan 1 822 nomzoddan 377 nafari Buyuk Britaniyaga ishga yuborilgan.

Ammo, joriy yil mavsumda noqulay ob-havo sharoiti sabab “Telpasc” bilan hamkor ko'plab fermalarda hosilning nobud bo'lishi oqibatida “Telpasc” litsenziyasi vakolatli organlar tomonidan to'xtatib qo'yilgan. Natijada, ushbu tashkilot homiyligi ostida fuqarolarni ishga yuborish jarayoni to'xtatib qo'yilgan edi.

Tashkilot litsenziyasini qayta tiklash yoki tanlab olingan fuqarolarni kvota asosida boshqa rasmiy operatorlar homiyligi ostiga SWS-loyihasi doirasida yuborish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy tomonning rasmiy vakillari - GLAA, Home Office (Ichki ishlar vazirligi) bilan bir necha bor muzokaralar o'tkazdi.

Afsuski, ushbu sa'y-harakatlarga qaramay, joriy yil 5-avgust kuni Buyuk Britaniya Oliy sudi tomonidan "Telpasc" tashkilotining litsenziyasini qaytarish yuzasidan apellatsiyasi yakuniy tarzda rad etilib, litsenziyasi bekor bo'ldi. Yakuniy qarorga ko'ra, "Telpasc" chet el fuqarolarini SWS-homiyligi asosida mavsumiy ishlarga jalb qilish huquqidan to'liq mahrum qilindi.

Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan joriy yil may oyida "Tier 5" vizasini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirgan 99 nafar fuqaroning pasporti va xarajatlarini qoplab berish yuzasidan Buyuk Britaniyaning vakolatli tashkilotlariga so'rovlar yuborilib, kerakli ishlar amalga oshirilayotganini ma'lum qilamiz.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar EPS-Topik testida ishtirok etish uchun 8-12 avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tadi.

👉 Nomzodlar ro'yxati

👉Ro'yxatdan o'tish

❗️Ro'yxatdan o‘tish uchun zarur hujjat va maʼlumotlar:

1.
One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishda xorijga chiqish pasporti maʼlumotlarini to‘g‘ri kiritish
👉 ONE IDdan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
2. Telefon raqami;
3. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim);
4. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim).
5. 28 AQSH dollari miqdoridagi to‘lovni berilgan invoys raqami asosida Click ilovasi orqali amalga oshirishi talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, EPS-Topik testi 2024-yil 9-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇧🇾#Hududlarda_tanlov

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari filiallarida Belarusning ”БЕЛАВТОМАЗ” tashkiloti vakillari tomonidan fuqarolar uchun tanlovlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida korxonalar mas’ullari tomonidan nomzodlarga kompaniyalardagi ish sharoitlar va oylik maoshlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berilib, chet tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab olinmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash uchun mehnat shartnomasi berilgan, CCVI viza keldi, ko'niktirish o'qishini tamomladim. Lekin hali ham Koreyaga ketolmayapman. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Nijegoroddagi “Klyuchevye resheniya”, “Ekspress”, Voronejdagi “Zavod JBK”, “Dorxan - Voronej”, Sverdlovskdagi “ASM”, Permdagi “Fasiliti Grupp” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

📍Unda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish, mehnat migrantlariga munosib yashash va ish sharoitlarini yaratib berish masalalari muhokama qilindi.

📍Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi, aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

📍Agentlikning Perm shahridagi vakilligiga kelgan yurtdoshlarimizning murojaatlari o‘rganilib, ularga moddiy-ijtimoiy va huquqiy maslahatlar berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷 Bugun, 5-avgust kuni 72 nafar yurtdoshimiz Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida ushbu davlatga yetib bordi.

Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida elchixona, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolar qaysi turdagi mahsulotlarni o‘zlari bilan aeroport hududidan olib o‘tishlari mumkin?

🔹 🔹 🔹

Какие виды продуктов могут провезти с собой через аэропорт граждане, направляющиеся в Республику Корея?

🔻 Следите за нашими новостными каналами

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…
Подписаться на канал