migratsiyaagentligi | Неотсортированное

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Подписаться на канал

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇷🇺🇷🇸#Hududlarda_tanlov

Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Fargʻona va Buxoro viloyatlari filiallarida Rossiya Federatsiyasi hamda Samarqand va Navoiy viloyatlari filiallarida Serbiya ish beruvchi tashkilotlari vakillari tomonidan fuqarolar uchun tanlovlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida korxonalar mas’ullari tomonidan fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berilib, chet tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab olmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash maqsadida jo'nab ketgan yurtdoshlarimiz bugun ushbu davlatga yetib bordi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪Germaniya

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan navbatdagi tinglovchilar Germaniyaga joʻnab ketdi.

Ish turi: tibbiyot
Ish haqi: 2600 yevrodan boshlanadi

🔔 Ma'lumot o'rnida, lohiya bo'yicha o'quv kursiga qabul davom etmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi hamda ushbu davlatda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish borasida sizni qiziqtirgan barcha savollarga joriy yil 19-iyul soat 11:00 da tashkil etiladigan onlayn muloqot orqali javob beramiz.

Sizda ushbu masalada savollar bo'lsa, quyidagi bot orqali 17-iyul soat 18:00 ga qadar yuborishingiz so'raladi:

👉 Bot havolasi

Muloqotni jonli kuzatish:

👉 Telegram

👉 Тelegram

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tuladagi “Meros grupp”, Nijniy Novgoroddagi “OKA”, “Sokol” va “Sladkaya jizn” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ish beruvchilar bilan O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish, mehnat migrantlariga munosib yashash va ish sharoitlarini yaratib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️Mehnat migrantlari bilan muloqotda ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi, aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Mehnat_yarmarkasi

Qarshi shahrida "Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi" bo'lib o'tdi

Yarmarka davomida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy davlatlarning, jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Litva, Latviya, Belarus va Rossiya Federatsiyasining ish beruvchi korxonalari tomonidan berilgan qurilish, xizmat ko'rsatish, tibbiyot, ishlab chiqarish va qishloq xoʼjaligi sohalaridagi mavjud vakansiyalar ishtirokchilarga taklif etildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash uchun bo‘lib o‘tgan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ushbu davlatga jo‘nab ketish oldidan ko‘niktirish va hujjatlarni rasmiylashtirish tadbirlari tashkil etildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

AQSH va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari tomonidan “F.T.” MCHJ rahbari F.B. fuqaro U.A. ni 13000 AQSH dollari evaziga AQSHga ishga yuborishini aytib, oldindan 10000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan muqaddam sudlangan D.M. va D.X. fuqaro A.Y.ning ishonchiga kirib, uning farzandini Janubiy Koreyaga ishga yuborishi evaziga 1900 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇷🇸Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlashni xohlaysizmi?

▪️ish haqi 688 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
▪️yosh chegarasi 20-50 yosh;
▪️kafolatlangan oylik ish soati - 200 soat;
▪️bepul yashash joyi;
▪️bepul 3 mahal ovqat;
▪️tibbiy sug‘urta;
▪️shartnoma yakunlangandan so'ng 150 yevro bonus.

Talablar:
▪️Rus yoki ingliz tilini bilish;
▪️Jismonan sog‘lom bo‘lish;
▪️Agentlik to'lovi (5 BHM) va aviachipta.

Shartnoma muddati 2024-yil 10-avgustdan 10-dekabrgacha!

👉Ro‘yxatdan o‘tish (11-iyul soat 18:00 ga qadar)

👉OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
👉Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇩🇪Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning Sharqiy Tyuringiya/Gera shahridagi savdo-sanoat palatasi va "DBZentrum" o'quv markazi hamkorligida nemis tili markazi faoliyat ko'rsatmoqda.

Ushbu o'quv markazida ta'lim olib xalqaro sertifikatni qo'lga kiritgan ishtirokchilar kelgusida Ausbildung tizimi orqali Germaniyaga yuboriladi.

📍Manzil: Toshkent shahri Mirobod tumani Shahrisabz ko'chasi 16-uy, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti binosining 5-qavati

☎️Murojaat uchun: (50) 571 02 29, (88) 178 83 33.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇯🇵O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyada IT sohasida ishlaydi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning “CAL” Co. Ltd." tashkiloti rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda yapon kompaniyasi vakillari tomonidan joriy yilning aprel oyida Toshkentda tashkil etilgan IT hamda yapon tiliga tayyorlash kurslari faoliyati haqida maʼlumotlar almashildi.

Tadbir yakunida esa 200 nafar fuqaroni IT va elektrotexnika sohalari bo‘yicha Yaponiyaga ishga jalb qilish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Namangan viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlov o‘tkazilmoqda.

Tanlovda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇸🇰 Slovakiyaga ishga ketish uchun nima qilish kerak?

Bugun, 4-iyul soat 15:00 da Slovakiyaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Muloqotni jonli kuzatish:

👉 Тelegram

👉 Facebook

👉 Instagram

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇱🇻 Payvandchilar Latviyaga ishga taklif etiladi!

Afzalliklari:
− ish haqi 1500 yevro (netto - soliqlar ushlangandan keyin));
− haftada 5 ish kuni;
− bepul yashash joyi;
− tibbiy sug‘urta;
− bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar.

Talablar:

📍18-45 yosh;
📍TIG, MIG/MAG payvandlash sertifikati;
📍kamida 4 yillik ish tajribasi;
📍chizmalarni o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
📍rus yoki ingliz tilini bilish;
📍jismonan sog‘lom bo‘lish;
📍viza va Latviyaga borish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.

Ish tajribasi rasmiy bo‘lishi lozim!

Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolardan quyidagi havola orqali 5-iyul soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

❗️Suhbat vaqti va joyi bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#tig_mig_mag; #payvandlash; #сварка;

O'zbekistonda TIG, MIG, MAG payvandlash turlari bo'yicha sertifikatlarni qayerdan olish mumkin?


Batafsil ma'lumot uchun: +998900181908, +998950447250

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Hududlarda_tanlov

Hududlarda tanlovlar davom etmoqda

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallarida Rossiya Federatsiyasining "ПРОМЕТ-СЭЗ", “ЗМК” “АвтоВАЗ" korxonalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Ish beruvchi nomzodlarni rus tilini bilish darajasi va kasbiy malakasiga ko‘ra tanlab oldi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Samarqandda xorijiy tillarni o‘qitish markazi yana bittaga ko‘paydi

🎥 Tafsilotlar "Samarqand" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇩🇪Namangan viloyatidan tibbiyot xodimlari Germaniyaga ishga jalb qilinadi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Shveysariyaning "Globogate concept AG." tashkiloti menejeri Yoxanes Meyer va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini viloyatda nemis tiliga o‘qitish va Germaniya klinikalariga ishga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyatda hamshiralarni nemis tiliga o‘qitish va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Germaniyaga ishga jalb qilishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumi imzolandi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiyada qarovsiz qolgan 7 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Respublikamizning masʼul tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruh Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

Ushbu davlatning vakolatli tashkilotlari vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari”da saqlanayotgan, ota-onasi tomonidan qarovsiz yoki nazoratsiz qoldirib ketilgan 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Hozirgi vaqtda bolalar tegishli markazga joylashtirilgan va keyinroq ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

"Qashqadaryolik" loyihasi: xorijdagi yosh vatandoshlar bilan onlayn uchrashuv!

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov xorijdagi qashqadaryolik vatandoshlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuv o'tkazadi.

🕘 Uchrashuv vaqti: 13-iyul soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan);
💻 Format: onlayn.

Uchrashuvdan maqsad:
➖ Xorijda istiqomat qilayotgan qashqadaryolik yoshlar bilan viloyat rivoji haqida davra suhbatini tashkil etish;
➖ Xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitish;
➖ Vatan taraqqiyoti yo‘lida hamjihatlikda qadam bosishdir!

❗️ Kimlar ishtirok etishi mumkin: Xorijda ta'lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan barcha qashqadaryolik yoshlar!

👉 Murojaat uchun @MustafayevSuhrob

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Chet davlat ish beruvchilari yarmarkasi xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qanday imkoniyatlarni yaratmoqda?

🗞Bu haqida batafsil “Pravda vostoka” gazetasining 2024-yil 4-iyul sonida o‘qing.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida ishlash maqsadida 2024-yil 15-apreldan 13-iyunga qadar tashkil etilgan EPS-Topik imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar uchun 18-25 iyul kunlari (dam olish kunlari ham) Malaka imtihoni (Skill test) bo'lib o'tadi.

👉Imtihonga kirish vaqti va sanasini ko'rish

👉 Manzil: Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi 331-uy.

❗️Nomzodlardan faqatgina fuqarolik va xorijga chiqish pasportlari talab etiladi:

📍Imtihon ishtirokchilari uchun muhim ma'lumotlar:

1.
Belgilangan vaqtdan 1 soat oldin ko‘rsatilgan manzilga yetib kelish va ro‘yxatdan o‘tish lozim.
2. Xorijga chiqish pasportini olib kelmagan, belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar imtihonga kiritilmaydi.
3. HRD shartlariga ko‘ra, takror yoki qayta apellyatsiya Skill testi o‘tkazilmaydi.
4. Imtihonda elektron vositalaridan (mobil telefon, elektron soat, shpargalka va h.k.) foydalanish qat'iyan man etiladi.
5. HRD talablariga muvofiq, imtihon qoidalarini buzgan nomzodning natijalari bekor qilinadi va keyingi testlarda qatnashishi uchun 4 yil muddatga cheklov qo‘yiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

🇰🇷Koreya Respublikasida ishlash uchun imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar anketasi bazaga tanlovga qadar kiritilmasa nima bo'ladi yoki anketadagi maʼlumotlar noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, uni to‘g‘irlasa bo‘ladimi?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇧🇬Fuqarolar Bolgariyaga ishga taklif etiladi!

Sohalar
:
g'isht teruvchi (каменщик) - 1300$;
tashqi qoplama montajchisi (монтажник навесных фасадов) - 1300$;
alyuminiy romlarni o'rnatish (установщик алюминиевых оконных рам) - 1300$.

❗️Nomzodlar uchun talablar:

G'isht teruvchi:
🔹Metal konstruksiyalar uchun g'isht terish tajribasi;
🔹Poydevor, yuk ko'taruvchi devor va bo'laklar, ustun, kamar, tonozlarni qurish malakasi;
🔹konstruksiyalar uchun prefabrik temir-beton elementlarini birlashtirish;
🔹rus tilini bilish.

Tashqi qoplama montajchisi:
🔹fasad keramikasi - lamenam, alyuminiy-plastmassa kompozit materiallar bilan ishlash tajribasi;
🔹rus tilini bilish.

Alyuminiy romlar o'rnatish mutaxassisi
🔹Duradgorlik sohasida tajriba;
🔹Deraza va oyna o'rnatish tajribasi;
🔹rus tilini bilish.

Umumiy talablar:

🔹 oilali, 25-35 yoshdagi erkaklar;
🔹 sudlanmagan;
🔹 sohada kamida 5 yillik tajriba.

Ish beruvchi hisobidan:
✅ Yashash joyi;
✅ Aviachipta;
✅ Ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
✅ Oziq-ovqat.

Fuqaro hisobidan
:
📍Agentlik xizmati, o'qitish va ko'niktirish uchun;
📍viza to'lovi.

👉Ro'yxatdan o'tish (g'isht teruvchi);
👉Ro'yxatdan o'tish (tashqi qoplama montajchisi);
👉Ro'yxatdan o'tish (alyuminiy romlarni o'rnatish mutaxassisi)

❗️7-iyul soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Samarqandda 2 nafar fuqaroni 24 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini vaʼda qilib, har biridan 12 000 AQSH dollaridan jami 24 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 4 000 AQSH dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇷🇺Tatariston ish beruvchilari bilan uchrashuv

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va Tatariston Respublikasi ish beruvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlik, xususan, Tataristonda mavjud ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish imkoniyatlari, nomzodlar malakasini oshirish, ularning ijtimoiy himoyasi kabi masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida nomzodlarni tayyorlash va baholash jarayonini boshlash, ish beruvchilar bilan yangi formatda shartnomalar imzolash, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti orqali rus tili bo‘yicha sertifikat berishni soddalashtirish yuzasidan kelishib olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

🇸🇰Slovakiyada avtomobil zavodida ishlash maqsadida Xorazm va Andijon viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan onlayn tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Tanlovlarda nomzodlarga oylik ish haqi va mehnat sharoitlari haqida toʻliq maʼlumot berilib, kasbiy malaka va til bilish darajasi boʻyicha tanlab olinmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari!

2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar yurtimizda "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" tadbiri o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

🔹 🔹 🔹

Уважаемые соотечественники, и гости нашей страны!

С 1 июля по 1 августа 2024 года по республике проводится мероприятие ""Чрезвычайные 30 дней" обеспечения пожарной безопасности".

Просим принять активное участие.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…
Подписаться на канал