migratsiyaagentligi | Неотсортированное

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Подписаться на канал

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇩🇪Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning Sharqiy Tyuringiya/Gera shahridagi savdo-sanoat palatasi va "DBZentrum" o'quv markazi hamkorligida yoshlar nemis tiliga o'qitilmoqda.

O'quv markazida ta'lim olib xalqaro sertifikatni qo'lga kiritgan ishtirokchilar kelgusida Ausbildung tizimi orqali Germaniyaga yuboriladi.

☎️Murojaat uchun: (50) 571 02 29, (88) 178 83 33.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇧🇬 Ingliz yoki rus tilini biladigan oshpaz va xona tozalovchilar uchun Bolgariyada ish bor!

Ish haqi:
💢xona tozalovchi – 680 dollar (soliqlar ushlangandan keyin);
💢oshpaz – 970 dollar (soliqlar ushlangandan keyin).

Oshpaz uchun talablar:
🔹Milliy va yevropa taomlarini tayyorlash;
🔹mangalda va tandirda ishlashni bilish;
🔹oshpazlik bo‘yicha sertifikat, diplom, guvohnoma;
🔹ish tajribasi kamida 3 yil.

Xona tozalovchi:
🔹mehmonxona xonalarini tozalash;
🔹choyshablarni yangilash;
🔹tozalikka rioya qilish.

Umumiy talablar:
🔹22-45 yosh (ayol/erkak);
🔹sudlanmagan:
🔹kamida 3 yillik tajriba.

Yotoqxona, ish ruxsatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi hisobidan.

Agentlik xizmati, viza va aviachipta, o'qitish va ko'niktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi to'lov fuqaro hisobidan.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (oshpaz)
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (xona tozalovchi)

Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolar quyidagi havola orqali 10-iyun soat 14:30 dan 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Eʼlon!

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkaziladi.

Qachon va qayerda?
📍
2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha;
📍Toshkent shahridagi
“Ishga marhamat” monomarkazida.
👉 lokatsiya

Talablar
📍18 yoshdan 40 yoshgacha;
📍nemis tilidan kamida B1 sertifikati;
📍kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki oliy ta’lim bakalavr diplomi);
📍1 yillik kasbiy tajriba.

Sohalar
:
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgorlik;
- avtochilangar;
- mehmonxona;
- restoran;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshiralik;
- parvarishlash.


Mehnat yarmarkasi doirasida to'g'ridan-to'g'ri tanlovlar o'tkaziladi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇷🇸Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlashni xohlaysizmi?

▪️ish haqi 688 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
▪️yosh chegarasi - 20-50 yosh;
▪️kafolatlangan oylik ish soati - 200 soat;
▪️bepul yashash joyi;
▪️bepul 3 mahal ovqat;
▪️tibbiy sug‘urta;
▪️shartnoma yakunlangandan so'ng 150 yevro bonus.

Talablar:
▪️rus tilini bilish;
▪️jismonan sog‘lom bo‘lish;
▪️Serbiyaga ketish xarajatlarini qoplash.

Shartnoma muddati 10.08.2024 dan 10.12.2024 gacha!

Nomzodlar soni 500 nafarga yetganda ro'yxatdan o'tish yakunlanadi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Xivada fuqarolarni Norvegiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.E. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, 5 600 AQSH dollari evaziga ularni Norvegiya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇸🇰 Slovakiyada ishlash uchun 4-6-iyun kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

Bugun soat 15:00 dan 18:00 ga qadar rus tilida onlayn test o‘tkaziladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlarning anketada ko‘rsatilgan telefon raqamiga hamda platformadagi shaxsiy kabinetiga havola yuboriladi.

🔹20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Testning kamida 11 tasini to‘g‘ri yechgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.

❗️Unutmang testdan o‘tish sizga ishga qabul qilinish statusini bermaydi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “JD-East rekruting” tashkiloti hamkorligida ushbu davlatdagi mehmonxonalarda ishlash hamda 3 yillik Ausbildung tizimi bo'yicha kasb-ta'lim olish istagidagi fuqarolar uchun tanlov o'tkazildi.

Tanlovda ushbu sohada malaka diplomi va kasbiy tajribaga ega nomzodlar nemis tilini bilish darajasi hamda shu yo'nalishda ishlashga qiziqishi bo'yicha suhbat asosida tanlab olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

Xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlarga ishonmang

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

❗️СИЗЛАРДАН НИМА НАЖОТ ЭКАНИНИ ТУШУНМАЙМАН...

Бугун журналистиканинг олтин қоидалари унутилаётгандек. Мен мана шу соҳада олти йил таълим олган, ўн саккиз йил меҳнат стажига эга бўлган инсон сифатида – жамиятга тарқатаётган ахборотим ёлғон, ўз исботини топмаган, кимларнингдир “деди-деди”сига асосланишини асло қабул қилолмайман. Уялиб қолишдан қўрқаман, жавобгарлиги-ку алоҳида мавзу!

Аммо, соҳамизда шундай касаллик авж олди: оммани ўзига қаратиш, ижтимоий тармоқлардаги каналларига обуначиларни йиғиш ва бўлар-бўлмас, исботланмаган, кимларнингдир шаънига бўҳтонлар ёғдирилган, қўпол бўлсаям айтайин, челаклаб ахлат тўкиб, беркинибгина ўтириб ундан мазза қиладиганлар жамоаси пайдо бўлди.

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Матбуот хизматида иш бошлаганимга уч ярим ой бўлди. Шароитлар яхши, энг асосийси, муҳит яхши. Худдики, олдиндан шу жамоада ишлаб келгандек ўзимни ҳис қилдим ва вазирлик ходимларини яқиндан таниб олиш, ҳамкорликда ишлаш мен учун қулай бўлди. Яйраб ишлаш керак, деган хулосага келдим.

Хўш, энди очиқ айтадиган бўлсам, телеграмда канал очиб, ҳеч қандай талабларга жавоб бермаса-да ўзини “ОАВ” сифатида кўрадиган айрим “сариқ” каналларнинг ҳар ҳафта “йўқлаб” туриши одамнинг асабига тега бошлади. Сизларни ўқитган устозлар айтишмаганми, фактларни текширинг, тарқатаётган ахборотингиз ишончли бўлсин, ёлғон маълумот бўлиб кимнингдир обрўсига путур етказиб қўйманг, туҳмат хабарлар бўлмасин, уни тарқатманг, демаганми?

Менинг кўзим журналистикада бугун очилгани йўқ. Танқидни жуда яхши кўраман, албатта, у асосли бўлса! Ҳаттоки, ўзим ишлаб турган тизим бўлса-да, камчиликларини қўрқмасдан ёритаман, амалиётимда кўп бўлган. Олдинги ишлаган жойимдаги раҳбарларим ҳам буни яхши билади. Тилим озгина ёмонроқми, ёки журналистлигим тутиб қоладими, билмайман соҳадаги камчиликларни раҳбарим бўлсада юзига айтиб қўяқоламан. Мана ҳозир ҳам менга иш берувчи вазир бўладиган бўлса, уларгаям айтганман, “тизимдаги камчиликларни Матбуот хизмати сифатида ўзимиз кўтариб чиқамиз” деб.

Энг қизиғи, вазир Марказий аппаратда бўладими, вилоят бошқармаси ёки туман бўлимлари бўладими, Матбуот хизматининг ҳуқуқи бор, жойига чиқиб ўрганинглар, камчиликлар бўлса бемалол ижтимоий тармоқларимизга чиқаринглар, мен шу йўлнинг тарафдориман, деб топшириқ берган. Уни қилишга бироз вақт тополмай турибман, лекин албатта қиламан.

Сизлар юқорида айтганимдек, кимларнингдир ғийбатига ишониб ҳафтасига икки маротаба “йўқлайсизлар”. Ўша “инсайдерларингиз” қачондир вазирликда “ишлаган” ва ўз аравасини ўзи тортолмаслиги ортидан ишдан бўшатилган ёки бўшашини ўзиям билиб турган шахслар.

Бир атрофга қаранглар, зўр мутахассис қадрланади. Агар қандайдир характерида қусури бўлса ҳам ўз ишининг устасими, мен аниқ айтаман, ҳар қандай раҳбар уни жамоасида олиб қолишга уринади. Ишини эплай олмаган, аравасини торта олмагани “ҳамкорингиз”га айланади. Қизиқда, ҳуқуқлари бузилган бўлса, судга берсин, Сизлардан нима нажот эканини тушунмайман.

Ҳар қандай чиқарган хабарларингга ҳайрон қоламанда, маълумотни текшириб кўрмасангиз, у қип-қизил туҳмат, иғво, бўҳтон аралаш ёлғон бўлса, устига-устак тизим раҳбарининг расми билан оммага олиб чиқишга уялмайсизларми?

Гапнинг қисқаси, Сизларга ким ёлғон маълумотлар ташлаб тургани бизга аён, тарқатилаётган маълумотларнинг ёлғонлигини-ку вазирлик ходимлари билади. Аммо шу ёлғон маълумотлар билан жамиятни алдашга уринаётганингиз ачинарли.

Хуллас, биз ҳаммага очиқмиз, жавобсиз саволнинг ўзи йўқ. Вазирлик сайтида телефонларимиз, электрон почтамиз ҳаммаси ёзилган. Сўранглар, балки, биз билмаган қандайдир қонун бузилиш ҳолатлари бордир. Ундай бўлса биргалашиб жар соламиз.


Жамолиддин Қаландаров,
Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири матбуот котиби – ахборот сиёсати масалалари бўйича маслаҳатчиси


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">|bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

Koreyaga ishlash uchun imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar anketasi bazaga kiritilmoqda. Tanlovga qadar anketasi bazaga kiritilmagan fuqarolar taqdiri nima bo‘ladi? Anketasidagi maʼlumotlari noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, uni to‘g‘irlasa bo‘ladimi?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Fuqarolarni AQSHga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro G.A. fuqaro G.B.ning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroni 42000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida AQSHga yuborishi hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 28800 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tadbirda fuqaro F.A. fuqaro M.Y.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida AQSHga borishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirib, viza olib berishi evaziga 17000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇸🇰 Haydovchimisiz? Slovakiyada ish bor

Rus tilini yaxshi biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 6-iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram bandlikvazirligi">| Youtube

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va "Amudarja GmbH|Fluss in Sprachen und Karrieren" tashkiloti tomonidan Germaniya klinikasida parvarish va hamshiralik sohasida Ausbildung uchun tanlov bo'lib o'tmoqda.

Klinika haqida taqdimot va tanlov jarayonlari nemis tilida olib borilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Baxtsiz hodisaga uchragan yoki betob bo‘lib qolgan migrantlarga qanday yordam ko‘rsatiladi?

🎥 Ushbu masalada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikdagi “Migrantlar” loyihasida so‘z yuritiladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

Bazada tanlanganimni qayerdan bilsam bo‘ladi? Va shaxsiy kabinet parolimni unutib qo‘ysam, qanday tiklasam bo‘ladi?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇸🇰 Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor

Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa quyidagi havola orqali 12-iyun 09:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👉Ro'yxatdan o'tish

❗️MUHIM:
👉Ro'yxatdan o'tish uchun rus tilidan test topshiriladi!
👉Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart
.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇷🇴 Yurtdoshlarimiz Ruminiyada ishlaydi

Ruminiya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 18 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

🏗Ish turi: qurilish
💵Oylik maosh: 1200 $
📄Shartnoma muddati: 1 yil

Maʼlumot uchun, 2023-yilda Ruminiyaga ishlash uchun 100 nafarga yaqin vatandoshimiz tashkillashtirilgan tartibda jo‘natilgan edi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Mehnat migrantlari uchun qanday imkoniyatlar bor?

👉"ZO"R TV" ning "O'zimizda" tok-shousida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Vatandoshlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari Tuladagi “Tyajpromarmatura”, Samaradagi “Teplichniy”, Ufadagi “Mobil Beton”, Boshqirdiston Respublikasidagi “Severnoye” korxonalarida bo‘lib, yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvda ish beruvchilar bilan mehnat migrantlariga munosib yashash va ish sharoitlarini yaratish, ish haqini vaqtida to‘lash, hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Yurtdoshlarimizga Prezidentimizning 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Permda ishlayotgan yurtdoshlarimizga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Eʼlon!

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkaziladi.

Qachon va qayerda?
📍
2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha;
📍Toshkent shahridagi
“Ishga marhamat” monomarkazida.
👉 lokatsiya

Talablar
📍18 yoshdan 40 yoshgacha;
📍nemis tilidan kamida B1 sertifikati;
📍kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki oliy ta’lim bakalavr diplomi);
📍1 yillik kasbiy tajriba.

Sohalar
:
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgorlik;
- avtochilangar;
- mehmonxona;
- restoran;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshiralik;
- parvarishlash.


Mehnat yarmarkasi doirasida to'g'ridan-to'g'ri tanlovlar o'tkaziladi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇧🇬 Ingliz tilini biladigan loyihalovchi muhandislar Bolgariyaga ishga taklif etiladi

Ish haqi:

💢muhandis - 1100$;
💢oyna ishlab chiqarish ishchisi - 1110$;
💢elektrik - 832$.

Muhandislar uchun talablar:
🔹qismlar va chizmalarni tayyorlash, ishlab chiqarish;
🔹ishlab chiqarish chizmalari va sohaga oid dizayn ishlaridagi tajriba 4-5 yil;
🔹oliy maʼlumotli qurilish muhandisi;
🔹ingliz tilini kamida B1 darajada bilish.

Oyna ishlab chiqarish ishchisi:
🔹duradgorlik sohasida ish tajribasi (alyuminiy bilan ishlay olish);
🔹ish tajriba;
🔹rus tilini mukammal bilish.

Elektrik:

🔹qo'lda ishlaydigan elektr asboblar bilan ishlash;
🔹loyihani o'qish qobiliyati;
🔹soha bo'yicha erkin fikrlash;
🔹rus tilini mukammal bilish.

Umumiy talablar:

🔹25-35 yosh (erkak);
🔹 sudlanmagan:
🔹kamida 5 yillik tajriba.

Yotoqxona, aviachipta, ish ruxsatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, ovqatlanish ish beruvchi tomonidan.

Agentlik xizmati, viza, o'qitish va ko'niktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi to'lov fuqaro hisobidan.

👉
Ro‘yxatdan o‘tish (muhandis)
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (oyna ishlab chiqarish ishchisi)
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (elektrik)

Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolar quyidagi havola orqali 7-iyun soat 9:00 dan 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan va ushbu davlatda bo‘lib turgan fuqarolar diqqatiga!

Joriy yilning 3-iyun kunidan boshlab, Qozog‘iston Respublikasining barcha hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu reyd tadbirlari davomida Qozog‘iston hududida qonuniy bo‘lib turish va qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Taʼkidlash joiz, qonunbuzilish holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda.

Shu munosabat bilan, ushbu davlatga borayotgan va bo‘lib turgan yurtdoshlarimizdan migratsiya qoidalariga rioya qilish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida 30 kun muddatgacha bo‘lib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.

Bundan tashqari, ishlash uchun ushbu davlatga borgan shaxsdan darhol ishlash uchun va vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olish talab etiladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bobur shoh ko‘chasi 4-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
Mo‘ljal: Transport texnikumi yonida.
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112-v uy.
Mo‘ljal: Fargʼona shahridagi Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish markazi binosi.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi
Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 99 977-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Хотите работать медсестрой в Германии и ежемесячно зарабатывать в пределах 30 миллионов сум?

Тогда это предложение именно для вас!

Специалисты в возрасте от 18 до 39 лет, имеющие диплом колледжа или техникума в области медицины: лечения и акушерства, могут поехать в Германию для трудоустройства.

Будут оплачены обучение, виза, авиабилеты и другие расходы.
📹 Подробнее в видео.

👉 Регистрация

▪️Видеоурок по получению OneID
▪️Видео инструкция по регистрации

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasi o‘zbekistonliklar uchun yangi sohalarda ish taklif qilmoqda

🎥 Batafsil O‘zbekiston Milliy axborot agentligida so‘z yuritiladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Sōragan_edingiz

O‘zbekiston fuqarosi shartnoma asosida Koreya Respublikasiga ishga borib, shartnoma muddati tugagandan so‘ng qaytib kelmasdan yana ish bilan taʼminlansa bo‘ladimi?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlarda

Videorolik “Yuksalish” harakati tomonidan tayyorlangan.

* * * * *

Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki
eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingiz so‘raladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Eʼlon!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayerda?
Toshkent shahridagi
„Ishga marhamat“ monomarkazida.

Qachon?
📍
2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha.

Kimlar uchun?
📍18 yoshdan 40 yoshgacha;
📍nemis tilidan kamida B1 xalqaro til sertifikatiga ega;
📍kasbiy malaka diplomiga ega (texnikum, kollej yoki oliy ta’lim bakalavr diplomi);
📍1 yillik kasbiy tajriba.

Qaysi kasb turlari?
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgor;
- avtochilangar;

- mehmonxona;
- restoran
;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshira;
- parvarishlash.

Qatnashuvchilar ro‘yxatdan o‘tishi uchun tez orada alohida link beriladi.

Eslatma!
Tarjimai holni nemis tilida yozishingiz, barcha ma'lumotlarni to'liq kiritish, ayniqsa, egallagan kasb bo'yicha tajriba haqida batafsil yozish va qo'shimcha hujjatlar bilan ro'yxatdan o'tish uchun tayyor turish tavsiya etiladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

O‘zbekistonliklar kelgusida Qatarga ham borib ishlashi mumkin

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat Mehnat vaziri Janob Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Asosiy e’tibor, O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalariga qaratildi.

👉Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇺🇿🇩🇪Germaniyaga ishga ketish istagidagi fuqarolar uchun qanday takliflar bor?

👉Batafsil “Qashqadaryo” telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish

Читать полностью…
Подписаться на канал