migratsiyaagentligi | Неотсортированное

Telegram-канал migratsiyaagentligi - Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

37919

Ташқи меҳнат миграцияси агентлигининг расмий Telegram-канали Мурожаат учун: 71 202 33 55, 71 200 00 61 ёки 1282

Подписаться на канал

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

🇯🇵 Ayni paytda Yaponiyada qurilish sohasida ishlash istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov bo‘lib o‘tmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Muqaddasdir_vatan_bayroği

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan “Muqaddasdir vatan bayrog‘i!” mavzusida chellenj tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida kemasozlik sohasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar 2023-yil 27-28-noyabr kunlari Agentlik taqdim etadigan havola orqali anketa to'ldirib, ushbu anketa raqami bilan Milliy bankning mobil ilovasi yordamida (bank shoxobchalariga bormasdan) 28$ miqdorodagi toʻlovni amalga oshirgan holda onlayn ro‘yxatdan o‘tish rejalashtirilgan.

Eslatma!

Kemasozlik sohasi uchun ajratilgan kvota soni 1221 ta ekanini inobatga olgan holda ro'yxatga olish jarayoni nomzodlar sonining 3 barobari, ya'ni 3663 nafarga yetganidan so‘ng to‘xtatiladi.

Eps-topik test imtihonida qatnashish uchun:

1.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
2. 18 yoshga toʻlgan (2005-yil 27-noyabr sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1983-yil 28-noyabr sanasidan keyin tugʻilgan);
3. Koreys tilini biladigan;
4. Xorijga chiqish uchun ta’qiqi boʻlmagan;
5. Sogʻlom, yuqumli kasallikka chalinmagan;
6. Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yoʻq;
7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan;
8. Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.

Roʻyxatdan oʻtish va yuklash uchun zarur maʼlumotlar:

1.
Telefon raqami;
2. Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim);
3. 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (150x190 piksel) gacha JPG formatida boʻlishi lozim).

👉 Pasport va rasmni yuklash tartibi

4. Yashash manzili (viloyat, tuman, MFY, koʻcha va xonadon).

❗️Maʼlumotlar faqat lotin alifbosida kiritilishi zarur.

Maʼlumotlari xato yuklangan yoki kirtilgan nomzod testda qatnasha olmasligi yoki testdan muvafaqqiyatli oʻtgan taqdirda ham unga viza rad etilishi mumkin.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live 🇰🇷
17-noyabr. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Koreya Respublikasida ishlash uchun bo‘lib o‘tgan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga ushbu davlatga jo‘nab ketish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va ko‘niktirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Twitter |Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Qashqadaryoda Yevropa davlatlarida ishlash istagida bo'lgan yoshlar o'rtasida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar "Koreys-o‘zbek" koreys tili markaziga taklif etiladi

Markaz afzalliklari:

− Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar Topik va EPS-Topik test imtihonlariga tayyorlanadi va kursni yakunlagani bo‘yicha sertifikat beriladi;

− Koreya Respublikasida taʼlim olgan malakali o‘qituvchilar dars beradi;

− barcha sharoitlarga mos jihozlangan o‘quv xonalari mavjud;

− viloyatlardan kelgan tinglovchilar qulayliklarga ega bo‘lgan yotoqxona bilan taʼminlanadi;

− tizimlashgan o‘quv dasturi;

− qulay joylashuv.

📍 Toshkent shahri Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasi 47-uy.

☎️ 71 278-82-65, 71 273-17-48, +998 91 030-20-72, +998 90 999-02-92

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi (ISMPD)ning mehnat migratsiyasi sohasidagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahrida Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi vakolatxonasini ochish, “Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlarida migratsiya boshqaruvini takomillashtirish” loyihasi bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha doimiy amaliyotlarni tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Migrantlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Sankt-Peterburgdagi “Токио-сити”, “Баракат”, Varonejdagi “Агропример”, Ryazandagi “Комплектор”, “Русская Кожа”, “Асранов.О.Я”, “Каримов Х.А” hamda Tula, Krasnodar viloyatlaridagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

📍Nijegorod viloyati ko‘patrmoqli migratsiya markaziga hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📍Irkutsk shahrida og‘ir moliyaviy ahvolda qolgan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Nijnevartovsk va Volgograd shaharlarida ishlayotgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

16-noyabr. 🛫🇩🇪Germaniya

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslarini tamomlagan navbatdagi tinglovchilar Germaniyaning Gyottingen shahriga joʻnab ketdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Agentlik xodimlari, loyiha menejeri hamda Germaniyaning “Asklepios” shifoxonasi rahbariyati tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

👉 Ma'lumot o'rnida, lohiya bo'yicha o'quv kursiga qabul davom etmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Litvaning "Transporto vystymo grupė" tashkiloti bilan hamkorlikda "CE" toifadagi haydovchilarini tayyorlash uchun tashkil etilgan dars jarayonidan reportaj

🔹 🔹 🔹

Репортаж о процессе подготовки водителей категории "CE", организованном в сотрудничестве с Агентством по внешней трудовой миграции и литовской организацией «Transporto vystymo grupė»

🔻
Следите за нашими новостными каналами

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz!

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internetdagi e'lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Murojaatlardan maʼlum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Hududlarda_Litva_tanlovi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Navoiy, Andijon va Farg'ona viloyatlari filialida Litva davlatining “Eurodas” kompaniyasi vakili qurilish sohasida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun onlayn tanlov o'tkazdi.

Tanlovda korxona vakili fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berib, talabga javob beradigan nomzodlarni tanlab olmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Brifing

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Toshkent shahar hududiy filiali tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida qanday ishlar amalga oshirildi?

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Twitter |Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiryotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet davlatlar fuqarolaridan joriy yil 10-noyabridan 21-noyabrigacha Qozog‘iston chegarasida hujjatlarsiz, yaʼni hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishi so‘raldi” degan xabarlar Qozog‘iston hududida ishlab yurgan yurtdoshlarimiz o‘rtasida keng tarqalmoqda va tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda.

Shu munosabat bilan, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi hukumatining 2022-yil 31-dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. Ammo, umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, yaʼni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turish mumkin emas.

Qozog‘istonga ishlash maqsadida boryotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oygacha bo‘lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Twitter |Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Hududlarda_Litva_tanlovi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Jizzax viloyati filialida Litva davlatining “Eurodas” kompaniyasi vakili qurulish sohasida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun onlayn tanlov o'tkazdi.

Tanlovda korxona vakili fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshi to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berib, talabga javob beradigan nomzodlarni tanlab olmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Muqaddasdir_vatan_bayroği

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida bayram tadbiri o'tkazildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇬🇧 Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash maqsadida 2023-yilning 10-11-noyabr kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 14-noyabr kuni rus tili bo'yicha onlayn test o'tkazilgan edi.

📍Ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nomzodlar uchun suhbatlar 21-noyabr kuni soat 8:00 da Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari uchun, 22-noyabr kuni soat 8:00 da Samarqand viloyati uchun Samarqand shahridagi eski "Temurbeklar" maktabi binosida o'tkaziladi.

Samarqand shahrida o'tkaziladigan suhbat joyi lokatsiyasi

📍Ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nomzodlar uchun suhbatlar 23-noyabr soat 12:00 da Toshkent viloyati va Toshkent shahri uchun, 24-noyabr soat 8:00 da Andijon, Namangan, Farg'ona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on shahri, Tolovul MFY, Oybek ko‘chasidagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosida boshlanadi.

Toshkent viloyatida o'tkaziladigan suhbat joyi 40.8953252,69.0611771,15.5z/data=!4m4!3m3!8m2!3d40.894315!4d69.061376?entry=ttu">lokatsiyasi

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Migrantlar_bilan_muloqot
🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

📍Tuladagi Peterburgdagi “Ясногория-Форест korxonasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

📍Novosibirsk, Leningrad viloyatlarida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan X.T. I.A. Sh.F. va Sankt-Peterburg shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan yurtdoshimiz S.A. Sankt-Peterburg – Toshkent, Novosibirsk – Toshkent aviareyslari orqali Vatanga qaytarildi. Volgogradda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshimizga yordam ko‘rsatildi.

📍Chuvash Respublikasida mehnat shartnomasini tuzmasdan ishlagan va ish haqi ololmay, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz ishga joylashtirildi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇱🇹Litvada qaysi sohalarda ishlash mumkin?

Litvaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar haqida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi ishtirokida tashkil etilgan onlayn muloqotda batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

👉 Muloqotni to'liq tomosha qilish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🔔🔔🔔

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi yirik kompaniyalardan biri “Renaissance Heavy Industries”ga ishga taklif etadi!

⏳Tanlovlar 20-noyabrdan boshlanadi!

Batafsil videoda 🎥

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

17-noyabr. 🛫🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

Rossiya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz “ЗМК” va “ЮникомДельта” korxonasida ishlash uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi.

Toshkent va Urganch xalqaro aeroportida fuqarolar uchun targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇬🇧 Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlash maqsadida 2023-yilning 10-11-noyabr kunlari ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun 14-noyabr kuni rus tili bo'yicha onlayn test o'tkazilgan edi.

Ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nomzodlar uchun Toshkent viloyati (Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Farg'ona, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridan ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun) va Samarqand viloyatida (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun) suhbat bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

❗️Suhbat kuni va aniq manzili haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.

👉 Testdan muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar ro'yxati

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o'tkazildi.

Unda “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur qonun bilan Fuqarolik, Yer va Shaharsozlik kodekslariga hamda Mulkchilik, Ijara, Ipoteka, Garov to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida Agentlik xodimlariga ma'lumot berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Live

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Namangan viloyati filialida xorijda ishlash istagidagi fuqarolar bilan Litva davlatining “EURODAS" kompaniyasi ish beruvchi vakillari suhbat asosida onlayn tanlov o‘tkazmoqda.

Nomzodlar ish beruvchi kompaniya vakillari tomonidan xorijiy til bilish va kasbiy salohiyatiga ko‘ra tanlab olinmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Litvada qaysi sohalarda ishlash mumkin?

16 noyabr kuni
soat 16:00 da Litvaga ishga ketishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan onlayn muloqot tashkil etiladi.

Muloqotni jonli kuzatish:

👉 Тelegram
👉 Facebook
👉 Youtube

Mavzu yuzasidan savol yuborish: @migratsiya_savol

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali Yevropaga ishlash uchun yuborilgan yurtdoshlarimiz yashash va ish sharoitlari haqida maʼlumot bermoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘ldingizmi?

❗️Unda zudlik bilan bizga xabar bering!

📞Ishonch telefoni: 71 202 44 11

Pochta manzili:
anticorruption@migration.uz

Telegram bot: /channel/anticor_migrationbot

☑️Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari : 71 202-33-55, 71 200-00-61, 1282 (qisqa raqami).

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

🇩🇪 Germaniyaga fuqarolar quyidagi sohalarga ish va Ausbildungga (dual ta'lim) taklif etiladi:

− mehmonxona xodimi;
− restoran xizmatchisi;
restoranda tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis;
− oshpaz va oshpaz yordamchisi.

✔️Nomzodlar uchun muhim ma'lumotlar:
💶 oylik maosh 1800€ (soliqlar ushlangandan keyin);
💶 stipendiya 930€ (Ausbildung uchun)
🚌 aeroportdan turar joygacha transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
🏚 arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko'mak;
🕘 to'liq ish vaqti (haftasiga 40 soat);
⏳ sinov davri 1-4 oy.

❗️Nomzodlar uchun talablar:
🔸nemis tilidan B1 sertifikat (Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC);
🔸turizm yoki mehmonxona yo'nalishi bo'yicha bakalavr diplomi (tog'ridan to'g'ri ishga);
🔸Umumta'lim maktabi shahodatnomasi (Ausbildung)
🔸18 yoshdan 30 yoshgacha;
🔸sog‘lom;
🔸sudlanmagan;
🔸tartibli, do'stona, xushmuomala bo‘lishi.

👉 Ro'yxatdan o'tish (tog'ridan to'gi ish)
👉 Ro'yxatdan o'tish (Ausbildung)

☎️ 1282 (qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Migrantlar_bilan_muloqot
🇰🇷 Koreya Respublikasi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan ushbu davlatda ishlayotgan yurtdoshlarimizning murojaatlari o‘rganilmoqda.


Koreya Respublikasidagi “Woosu wood industrial Co.Ltd” kompaniyasi rahbariyati bilan o'tkazilgan uchrashuvda xodim va ish beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan muammo ijobiy hal etildi.

Mazkur korxonada mehnat qilayotgan fuqarolarimizga bir ish beruvchi bilan uzoq muddat qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari, ish haqi bilan bog‘liq holatlar tushuntirilib, xodim tomonidan mehnat shartnomasi majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari haqida ma'lumotlar berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration

#Eslatma

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash maqsadida 2023-yilning 10-11 noyabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun rus tili bo‘yicha onlayn test bugun soat 18:15 dan 19:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

👉Test havolasi: https://www.autoproctor.co/tests/wKm4qIwelp/load

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Twitter |Veb-sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал