metodmarkaz | Неотсортированное

Telegram-канал metodmarkaz - METODIK XIZMAT BO‘LIMI

744

Ta'limdagi barcha yangiliklar va o'qituvchiga tegishli barcha ma'lumotlar birinchi bo'lib bizda KANALGA ULANING @metodmarkaz

Подписаться на канал

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️ 1-AVGUSTDAN 1-OKTABRGACHA KUZGI ATTESTATSIYA O'TKAZILADI

MMTVning 2024-yil 4-iyundagi 06-21-1046-sonli xati

Malaka sinovlari oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. P.S. Oktabrda inglizlarga yana test shaklida boʻladi ... Hali oldingi attestatsiya uchun sertifikatlar kabinetda koʻrinmadi vazirlik esa oʻqituvchilarni yozda ham tayyorgarlik koʻrishsin deb oldindan ogohlantirishmoqda...

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Бир ярим ставка дарс олган ўқитувчиларнинг бир ставкадан ортиқ бўлган дарслари энди вакант сифатида қайд этилмайди

Вазирлар Маҳкамасининг 275-сонли қарори билан тасдиқланган низомнинг 3-иловасига «Ўқитувчиларнинг тарификация рўйхати асосида ўқитувчиларга бир ярим ставка миқдоригача белгиланган дарс соатларининг бир ставкадан ортиқ бўлган қисми бўш иш ўринлари сифатида қайд этилмайди», - деган банд қўшилган.

Яъни бу ўқув йилидан бошлаб, умумтаълим муассасалари ўқитувчиларига бир ярим ставкагача ажратилган дарс соатлари вакант дарс соат сифатида туман (шаҳар) аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларига бериладиган ҳар ойлик ҳисоботларга киритилмайди. Шу сабабли бир ярим ставка дарс олган ўқитувчилар “Энди дарсимни олиб қўйишади” деган хадикда бўлмаса ҳам бўлади.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

❗️Og‘ir sumkalar maktab o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy ta’sir qiladi

🩰 Yoshlikda uzoq vaqt og‘ir sumka ko‘tarib yurish skoliozga, umurtqa pog‘onasining egriligiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib keladi.

✅ Portfel vazni standartlari:
• 1-2-sinf - 1,5 kg dan ortiq emas;
• 3-4-sinf - 2 kg dan ortiq emas;
• 5-6-sinflar - 2,5 kg dan ortiq emas;
• 7-8-sinflar - 3,5 kg dan oshmasligi kerak;
• 9-11-sinflar - 4 kg dan ortiq emas.

Ota-onalarga yuborib qo‘ying
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Po'lshada ishlab chiqarilgan Qon glyukoza o'lchagich, shuningdek, qon glyukoza o'lchagich sifatida ham tanilgan, qon shakar darajasini o'lchaydigan elektron qurilma. SAXR DARAJASINI o'lchash uchun poliklinikaga borib navbatda turib o'lchashni xojati yoʻq o'zingiz o'lchab olaveraslar.
Boshlangʻich to'lovi yoʻq
3 oyga 200 mingdan bo'lib to'lashga sotiladi.
Tel +998943878833

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘lmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingan.
Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi.
Unga ko‘ra, Prezidentning 2017-yildagi taklifiga binoan, 2018-yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining yagona maktab formasi to‘g‘risidagi 666-sonli qarori qabul qilinib, maktab formasining shakllari tasdiqlangan. Mazkur qaror bilan esa 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab esa to‘liq joriy etilishi belgilangan.
Keyinchalik, ya’ni 2019-yil may oyida o‘sha davrda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan Saida Mirziyoyeva maktab formasini majburiy qilishdan ko‘ra maktablarda hal qilinishi kerak muhimroq boshqa muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab o‘tgan.
Shundan so‘ng, 2019-yil 18-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 509-sonli qarori qabul qilinib, yagona maktab formasi 2019-2020 o‘quv yilidan emas, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladigan bo‘lgan.
2022-yil 19-may kuni esa hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024-2025 o‘quv yilidan emas balki, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab majburiy bo‘lishi haqida qaror qabul qilingan.
Shundan so‘ng, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi turli xil e’tirozlarga sabab bo‘lganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilingan.
Ya’ni, yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etiladi. So‘nggi qabul qilingan qarorda esa yagona maktab formasi joriy etishning aniq muddati belgilanmagan.
Shu sababli, o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi.
Eslatma! Maktablarda majburiy maktab formasi joriy qilinmagan bo‘lsada, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq o‘quvchilarning ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlanadi.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️1-августдан 1-октябргача кузги аттестация ўтказилади

Малака синовлари октябрь-ноябрь ойларида бўлиб ўтади.

ММТВнинг 2024-йил 4-июндаги 06-21-1046-сонли хати
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️O'zbekistonda ingliz tili bo'yicha milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish qancha turadi?

Milliy sertifikat uchun 459 500 so'm
IELTS British Council uchun 2 300 000 so'm
IELTS IDP uchun 2 340 000 so'm
TOEFL (IBT oki PBT) uchun ~ 2 340 000 so'm
TOEFL ITP uchun - 990 000 - 1 250 000 so'm
iTEP uchun ~ 1 550 000 so'm
FCE - 1 900 000 so'm
CAE - 2 090 000 so'm
TKT Module 1, 2, 3 uchun 770-900 ming so'mdan

P.S.: Narxlar 2024-yil IYUN holatiga ko'ra

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Биласизми
⚡️Мактаблар битирувчиларининг ОТМга кириш кўрсатгичи бўйича “яшил”, “сариқ” ва “қизил” тоифаларга ажратилади

Барчамизга маълумки, сўнгги йилларда умумтаълим мактабларида таълим сифати ва самарадорлиги даражаси шу муассасани битираётган ўқувчиларнинг олий таълим муассасаларига ўқишга кириши, касб-ҳунар танлаб, жамиятда ўз ўрнини топа олиши кўрсатгичи билан баҳоланмоқда.

Шу боис ҳам Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги (собиқ ХТВ) мактаб битирувчиларнинг ОТМга кириш кўрсатгичи бўйича “яшил”, “сариқ” ва “қизил” тоифалар бўйича таснифлашни йўлга қўйган.

🔰 Бунда:

🟢 мактаб битирувчиларининг ОТМга кириш кўрсаткичи 30 фоиздан юқори бўлгани “яшил”;

🟡 10 фоиздан 30 фоизгача битирувчиси ОТМга қамраб олинган мактаблар “сариқ”;

🔴 битирувчиси умуман ОТМга кирмаган ва 10 фоизгача кирган мактаблар “қизил” рангларда таснифланади.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Xususiy o‘quv markazlariga maktablardagi xonalardan tekin foydalanishga ruxsat etiladi

Prezident qarori (2024-yil 27-iyun,PQ-239-son)ga asosan endilikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.

Bunda tegishli umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek, tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma balansda saqlovchi va xususiy o‘quv markazi o‘rtasida tuziladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024-yilda kamida 1 mingta umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf xonalarini xususiy o‘quv markazlariga kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun tekin foydalanishga berish lozim.


Bunda sinf xonalarini ijaraga olgan xususiy o‘quv markazlari tomonidan tegishli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qiyotgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari, biroq o‘quv kurslarida tahsil oluvchilar umumiy sonining 20 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda bepul o‘qitiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Har bir tumandan mentor-oʻqituvchilar tanlab olinadi va ularga qoʻshimcha har oy 20 foiz ustama toʻlanadi

Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bunda:

➖“Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish uchun har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi;

➖“Kasbiy rivojlanish soati” doirasida fan metodika birlashmalari va mentor-oʻqituvchilar tomonidan oʻqituvchilarning darslari tahlil qilinadi, ularga metodik yordam koʻrsatiladi, kasbiy rivojlanishi boʻyicha tavsiyalar beriladi;

➖“Kasbiy rivojlanish kuni” doirasida har bitta fan boʻyicha tayanch maktablar tanlanadi va ushbu muassasalarda oʻqituvchilar uchun kasbiy rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi;

➖Mentor-oʻqituvchilar uchun alohida tayyorlov kurslari tashkil etiladi;

💵 mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda “Kasbiy rivojlanish soati” va “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Метод кунлар қайта жорий қилинади

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларини узлуксиз касбий ривожлантириш тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарори қабул қилинди.

Унга кўра, 2025 йил 1 январдан бошлаб педагог ва мутахассис кадрлар касбий ривожланишининг узлуксизлигини таъминлаш мақсадида барча умумий ўрта таълим муассасаларида малака оширишнинг «Касбий ривожланиш соати», таянч умумий ўрта таълим муассасаларида эса, шунингдек, «Касбий ривожланиш куни» каби шакллари босқичма-босқич жорий этилади.

Қуйидаги ҳафта кунлари ўқитувчиларга «Касбий ривожланиш кунлари» сифатида белгиланиши мумкин:

👉 Душанба — Аниқ фанлар (математика, информатика ва ахборот технологиялари) фани;

👉 Сешанба — Филология фанлари (Она тили ва адабиёт, Ўзбек тили/рус тили);

👉 Чоршанба — Табиий фанлар (физика ва астрономия, кимё, биология, география ва иқтисодиёт, табиий фан (Science);

👉 Пайшанба — Ижтимоий фанлар (тарих, давлат ва ҳуқуқ асослари, тарбия);

👉 Жума — Хорижий тиллар;

👉 Шанба — Амалий фанлар ва бошланғич таълим (тасвирий санъат, чизмачилик, мусиқа маданияти, технология, жисмоний тарбия, чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик, бошланғич таълим).
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

❗️Эндиликда сертификати йўқ чет тили ўқитувчиси ишдан бўшатиладими?

Мана 2023/2024 ўқув йили ҳам якунига етди. Келаси ўқув йилидан бошлаб мактабларда яна бир қатор ўзгаришлар бўлиши мумкин. Мазкур ўзгаришлардан бири мактабларидаги чет тили ўқитувчи ўз фани бўйича хорижий ёки миллий сертификат олишидир.

Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 майдаги 312-сон қарори 9-банди 5-хатбошисига қарасак, 2024/2025 ўқув йилига қадар умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган барча хорижий тиллар ўқитувчилари камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши лозимлиги белгиланган.


Демак, келаси ўқув йилига қадар мактабларнинг чет тили ўқитувчилари ўз фанлари бўйича камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификат олишлари талаб этилади.

❌ Шунга кўра, агар чет тили ўқитувчилари 2024/2025 ўқув йили бошлангунича чет тили сертификатини олмаса, улар билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Бунда иш берувчи улар билан тузилган меҳнат шартномасини Меҳнат кодексининг 161-моддаси иккинчи қисми билан (ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига мувофиқ эмаслиги) бекор қилиши мумкин бўлади.


👉 @davlattestmarkazi

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Чет тили фанидан имтиҳон ўтказилиш тартиби.

Умумтаълим мактабларнинг 11-синфлари учун чет тили фанидан якуний назорат имтиҳони тинглаб тушуниш (listening), ўқиб тушуниш (reading), ёзиш (writing), нутқ (speaking) кўникмасини аниқлаш юзасидан ўтказилади.

Имтиҳон гибрид шаклда ташкил этилади. Биринчи қисм учун умумий 105 дақиқа вақт ажратилади. Бунда ўқувчиларга имтиҳонни ёзма қисми учун олдиндан танлаган 2 та вариант таклиф этилади. Оғзаки имтиҳон қисмида 10 вариант орасидан ўқувчи битта топшириқ танлаб ўз вариантида тушган савол юзасидан 10 дақиқа тайёрланади ва 3 дақиқа гапиради.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

🏊‍♀ Bolajonlar uchun yozgi basseynlar sotiladi
📆 3 oylik muddatli toʻlovga beriladi.
Boshlangʻich toʻlov yoʻq
🔥Bonusiga havo nasosi qoʻshib beriladi
Razmerlari
110x85x35sm 80.000dan 3oyga
120x90x35sm 90.000dan 3oyga
120x90x45sm 100.000dan 3oyga
150x100x45sm 125.000dan 3oyga
180x130x45sm 160.000dan 3oyga
☎️ +998933231091
+998918783634

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#ДИҚҚАТ #ТЕЗКОР
⚡️«Сўнгги қўнғироқ»да БИТИРУВ КЕЧАЛАРИ ва бошқа тадбирлар тақиқланди

❌25 май куни тадбир 1 соат давом этади, унга 1, 4, 9, 11-синф ўқувчилари жалб этилади. Турли ресторан ва кафелар, хонадонларда «Битирув оқшоми»ни ўтказиш, ўқувчилардан пул йиғиш ТАҚИҚЛАНАДИ.

Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Расман
⚡️Контракт миқдорлари оширилди

Талабаларнинг 2024/2025-ўқув йили учун тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди. Контракт нархлари билан батафсил юқоридаги фотоларда танишишингиз мумкин.

👉 @metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi

1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3
. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball


👉 2024/2025-oʻquv yilida OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Maktabda pedagoglar yetarli bo'lsa ham direktor yana yangi o'qituvchini ishga olishga majbur(mi?)

Ko'pchilik obunachilarimiz o'qituvchilarning bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi endi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydimi deb savol bermoqda.

To'g'ri, haqiqatdan ham qonunchilik hujjatlarida shunday qoida mavjud. Bu haqda biz 2021 yil avgust oyida xabar berganmiz. Ammo bu yerda noaniqliklar mavjud. SHu sababli mazkur qoida mana ikki yildirki ishlagani yo'q.

Ta'lim tizimida bir-birini rad etuvchi normalar juda ko'p. Bunga esa na vazirlik na boshqasi izoh beroladi. Hamma jimgina indamay kuzatadi. Misol uchun, maktablarda kadrlar yetarli bo'lishiga qaramasdan joylarda hududiy aholi bandligiga ko'maklashish markazlari tomonidan vakant ish o'rinlari talab qilish holati kuzatiladi.

Direktor maktabda bo'sh ish o'rni yo'q desa, bandlik bo'limi xodimi, o'qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars mumkin emas, ana o'shalarning darsidan olib berasiz deb majburlaydi. Xullas, dars taqsimotini tartibga soluvchi nizomga amal qilay desa qonun hujjatlariga to'g'ri kelmaydi, o'qituvchilardagi ortiqcha dars soatlarni vakant sifatida ko'rsatmay desa, jarimaga tortiladi.

Vaholanki, ikki yil oldin Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qaroriga o'zgartirishlar kiritilib, unda «O'qituvchilarning tarifikasiya ro'yxati asosida ularga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydi» deb yozib qo'yilgan.

Ammo, buni hech kim tan olmaydi. CHunki, bu normaga qonun hujjatlariga zid deya baho berilgan. O'qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berish mumkin bo'lmasa, unda nima uchun “Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risida”gi (3271-sonli) nizom Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazilib, amaliyotga joriy qilindi degan savol ham ochiq qolgan.

Bu masalani Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan o'zaro kelishib olsa bo'ladi, lekin unday qilishmaydi. Buning ortidan ko'pchilik pedagoglar jabr ko'rib, qachonki kattaroq auditoriyaga ega bo'lgan OAVda e'lon qilinsa, keyin e'tibor qaratilsa kerak.

© Ulug‘bek Po'latov
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Диққат

❗Энди нодавлат яни хусусий олийгоҳлардан давлат олийгоҳларига ўқишингизни имтихонларсиз кўчиришингиз мумкин.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan ingliz tili o‘qituvchilariga bu yil ham ishlashga imkon berilishi mumkin

B2 darajaga (milliy va xalqaro sertifikatga) ega bo’lmagan amaldagi ingliz tili o’qituvchilari yangi o’quv yilida dars berishiga ruxsat beriladimi?
Ijtimoiy tarmoqda 2024-2025 o'quv yilida ingliz tili o’qituvchilari ishga kirish va ishda qolish uchun talab qilinayotgan B2 daraja sertifikati masalasi keng muhokama qilinyapti. Shu vaqtgacha maktabda ishlayotgan, lekin sertifikat olmaganlar nima qiladi? Agar ular sentabrda darslarga qo’yilmasa, o’qituvchilar vakansiyasini, yuklamasini kim to’ldiradi?
Kanalimga obunachilardan biri shu masalani so’rab yozgandi.
Bugun Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligida Hilola Umarova va vazir o’rinbosarlari ishtirokida o’tgan muloqotda ushbu savollarni so’radim.

Oydinlik kiritilishicha, hozirda o’qituvchilarga yana qo’shimcha muddat berilishi bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi kiritilgan. Ya’ni, ingliz tili o’qituvchilari 3 yil davomida ham zarur sertifikatga ega bo’lmagan bo’lsa, bu safar ham imkon beriladi.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) balldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.

Aslida esa, attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilamiz.

❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Мазкур ўқув йилидан бошлаб мактабда ўқув-педагогик ҳужжатларни юритиш тўлиқ электрон шаклга ўтказилади

Хусусан, электрон баҳолар табели emaktab.uz платформасида автоматик тарзда шаклланади ва ота-оналар учун тизимдан юклаб олиш имконияти яратилади.

Бу орқали табелдаги баҳоларни ўзгартириш ва сохталаштиришнинг олди олинади.

Электрон шаклга ўтказиладиган ҳужжатлар:

➡️ Синф журнали;
➡️ Баҳолар табели;
➡️ Қолдирилган ва ўрни тўлдирилган дарсларни ҳисобга олиш дафтари;
➡️ Педагогик кенгаш баённомалари дафтари;
➡️ Ўқувчилар ҳаракати дафтари;
➡️ Шаҳодатномаларни ҳисобга олиш дафтари.

👉 @metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Хорижий тилни С1 даражада биладиган талабаларга ишлашга рухсат этилади

Қарорга мувофиқ, 2024 йил 1 октябрдан:

👉 Ёшлар ишлари агентлиги ҳар йили хусусий ўқув марказларининг Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри кесимидаги рейтингини тузади ҳамда расмий веб-сайтида эълон қилиб боради;

👉 рейтинг натижаларига кўра олис ва чекка ҳудудларда фаолият кўрсатувчи энг юқори кўрсаткичга эга 100 та хусусий ўқув марказининг таълим жараёнида фойдаланадиган бино ва иншоотлар учун ижара тўлови харажатларининг бир қисми компенсация қилинади.

👉 2024–2026 йилларда олий таълим ташкилотларининг хорижий тил филологияси таълим йўналиши бўйича 3 ва 4-курсда таҳсил олаётган ҳамда камида С1 даражадаги сертификатга эга талабаларига умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларида ўқитувчи сифатида меҳнат фаолиятини амалга оширишига рухсат этилади.

👉 2024/2025 ўқув йилидан ота-оналар ва ўқувчилар талабидан келиб чиқиб, ихтисослаштирилган мактаблар ва касб-ҳунар мактабларида чет тили сифатида немис, француз, корейс, хитой ва япон тилларини ўқитишни йўлга қўйилади.

👉 2025 йил 1 январгача инглиз тили, кейинги йилларда бошқа хорижий тиллар ва замонавий касбларни ўргатиш бўйича дунёнинг етакчи марказлари, олий таълим ташкилотлари билан ҳамкорликни йўлга қўйилади ҳамда уларнинг халқаро таълим стандартларига мос таълим дастурлари “Ибрат фарзандлари” ва “Устоз” лойиҳаларига татбиқ этилади.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Диққат

‼️Педагоглар ҳар 5 йилда малака оширишади — Президент Қарори

Мактабгача ва мактаб таълими ташкилотларининг ходимлари учун 5 йилда бир маротаба ишдан ажралган ҳолда ўтказиладиган малака ошириш курслари жорий қилинади.

2024 йил 1 июлдан мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларининг хорижда малака ошириш курсларида ўқиганлиги ёки стажировкадан ўтганлиги ҳақидаги ҳужжатлари (диплом, сертификат, гувоҳнома ва бошқалар) миллий узлуксиз касбий ривожлантириш тизимида малака оширганлик тўғрисидаги ҳужжат сифатида тан олинади.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️DARS TAQSIMOTI QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILISHI KERAK.

Umumta’lim muassasalari tomonidan o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

1-xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

2-o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

3-chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

4-TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;

5-asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

6-o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

7-respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

8-oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

9-birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

10-asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

11-ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

12-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

13-belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

14-oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

15-qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

16-oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

17-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

18-oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

19-oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

Umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga yillik bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-s
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Илғор иш тажрибаларининг оммалаштирилганлиги тўғрисидаги Сертификатларнинг амал қилиш муддатлари қанча?

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️1-синфга қабул 20-июндан бошланади

Ота-оналар шу санадан бошлаб my.maktab.uz электрон платформаси орқали рўйхатдан ўтиб, ариза топширишлари мумкин.

Эслатма: «Таълим тўғрисида»ги Қонунга мувофиқ, болалар 7 ёшга тўладиган йилда мактабга қабул қилинади. Яъни бу йил 1-синфга 2017-йилнинг 31-декабрига қадар туғилган болалар қабул қилинади.

👉 @metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️1-AVGUSTDAN 1-OKTABRGACHA KUZGI ATTESTATSIYA O'TKAZILADI

MMTVning 2024-yil 4-iyundagi 06-21-1046-sonli xati

Malaka sinovlari oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar ushbu kanalda

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

✨ Сайёхат ва Зиёрат Туризми

📣 ТОШКЕНТ - САМАРКАНД
📆 27-май ва 5-июнь кунлари
♾ Саёхат давомийлиги: 3 кун
🏢 ТОШКЕНТ шахрида
Toshkent city - Magic city - Seoul Moon
🕌 Самарканд шахрида
Тарихий обидаларга сайёхат ва зиёрати


📣  САМАРКАНД ва БУХОРО
📆 22-май ва 1-июнь кунлари
♾ Саёхат давомийлиги: 5 кун
🕌 Самарканд ва Бухоро шахрида
Тарихий обидаларга сайёхат ва зиёрати
🕌 Етти Пир тулик зиёрати

📣  САМАРКАНД
ва ШАХРИСАБЗ
📆 29-май ва 10-июнь кунлари бошланади
♾ Саёхат давомийлиги: 4 кун
🕌 Самарканд ва ШАХРИСАБЗ шахрида
Тарихий обидаларга сайёхат ва зиёрати

‼️ Андижондан гурух булиб кетилади

✅ Тур ичига қуйидаги хизматлар киради:

🚅 Темирйўл чипталари
🚎 Замонавий Автобус хизмати
🏫 Барча кулайликларга эга шинам меҳмонхона
🍽 Уч маҳал тансик таомлар
👩‍⚖️ Гидлар хизмати

👨‍💻 Батафсил маълумотлар:

☎️
+998940095255
☎️
+998901720606

/channel/ichkiturizm007

📍 Манзил: Андижон ш. Амир Темур кучаси.  22 А-уй (Автовокзал рупараси)

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

✨ Сайёхат ва Зиёрат Туризми

📣  САМАРКАНД ва БУХОРО шахарларига саёхат
📆 18-май ва 1-июнь кунлари бошланади
♾ Саёхат давомийлиги: 5 кун
🕌 Самарканд ва Бухоро шахрида
Тарихий обидаларга сайёхат ва зиёрати
🕌 Етти Пир тулик зиёрати

📣 ХИВА шахрига сайёхат
📆 3-июнь ва 14-июнь кунилари бошланади
♾ Саёхат давомийлиги: 4 кун
🕌 ХИВА шахрида
Тарихий обидаларга сайёхат ва зиёрати

📣  САМАРКАНД
ва ШАХРИСАБЗ шахарларига саёхат
📆 26-май ва 10-июнь кунлари бошланади
♾ Саёхат давомийлиги: 4 кун
🕌 Самарканд ва ШАХРИСАБЗ шахрида
Тарихий обидаларга сайёхат ва зиёрати

‼️ Андижондан гурух булиб кетилади

✅ Тур ичига қуйидаги хизматлар киради:

🚅 Темирйўл чипталари
🚎 Замонавий Автобус хизмати
🏫 Барча кулайликларга эга шинам меҳмонхона
🍽 Уч маҳал тансик таомлар
👩‍⚖️ Гидлар хизмати

👨‍💻 Батафсил маълумотлар:

☎️
+998940095255
☎️
+998981117101

/channel/ichkiturizm007

📍 Манзил: Андижон ш. Амир Темур кучаси.   22 А-уй (Автовокзал рупараси)

Читать полностью…
Подписаться на канал