Ta'limdagi barcha yangiliklar va o'qituvchiga tegishli barcha ma'lumotlar birinchi bo'lib bizda KANALGA ULANING @metodmarkaz
⚡️⚡️⚡️#ПКА_2024_ПЕДАГОГЛАР_УЧУН_МУҲИМ_ЭСЛАТМА!
‼️Аттестацияда иштирок этиш учун мурожаат юбориш 1 мартга қадар давом этади!
📌 Ҳар бир вилоят марказида, яъни Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг ҳудудий бошқармаларида мурожаатларни ўрганиш бўйича ишчи гуруҳлар фаолият олиб бормоқда.
📌 Навбатдаги-мажбурий аттестацияда иштирок этиш учун юборилган мурожаатлар юборилган кундан бошлаб бир ой муддат ичида ўрганиб чиқилади.
📌 Навбатдан ташқари аттестацияда иштирок этиш учун юборилган мурожаатлар эса тўлов қилинган кундан бошлаб бир ой муддат ичида ўрганиб чиқилади.
📌Навбатдан ташқари аттестация учун тўлов қилинмаса, мурожаатлар электрон базада кўринмайди ва ўрганиб чиқилмайди.
📌Мурожаатнинг ўрганиш натижалари билан педагоглар ўзларининг шахсий кабинетинлари орқали танишиб чиқишлари мумкин.
📌Педагог кадрлар аттестацияси ёки мурожаат юбориш жараёнлари бўйича саволларингиз бўлса, ҳудудлардаги ишчи гуруҳларига мурожаат қилишингиз мумкин!
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot👈
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik
ustama olish uchun nomzodlarni 1-bosqich test sinovlari orqali saralash
boʻyicha REGLAMENT
👉2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 etib belgilandi!
⚡️️QUYIDAGI PEDAGOGLAR NAVBATDAGI MAJBURIY ATTESTATSIYAGA JALB ETILMAYDI
🔹fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
🔹oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
🔹pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
🔹yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;
🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;
🔹pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;
🔹homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔹homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔹pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
🔹uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
🔹malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan pedagoglar, ularga toifa berilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;
🔹respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;
🔹ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.
🔹qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur bandda ko‘rsatilmagan boshqa pedagog kadrlar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.
⚠️Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin
@metodmarkaz
Attestatsiyaga qaysi sertifikatlar imtiyoz beradi?
Xabaringiz bor, bugundan attestatsiyaga ariza topshirish boshlandi. Hozirda navbatdagi majburiy attestatsiya uchun imtiyoz sifatida pedkadr.uzedu.uz platformasiga hozirda tugatilgan va qayta tashkil etilgan tashkilotlar Ta'lim inspeksiyasi va Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi tomonidan imzolangan 3318-qaror ro'yxatida berilgan ushbu sertifikatlarni kiritish mumkin.
1. Milliy Sertifikat (Multi-level) C1
2. IELTS (7.0-8.0)
3. TOEFL iBT (95-113)
4. TOEFL ITP (627)
5. Cambridge Assessment English (CAE 180)
6. TOEIC (1305-1309)
7. Linguaskill (180+)
8. TKT
9. TESOL, TEFL, TESL
10. CELTA
11. DELTA
12. Aptis
📚 @metodmarkaz
https://pedkadr.uzedu.uz/ - платформасида Шахсий кабинети бор бўлган педагоглар (яъни, 2022 йилда тоифа олиш учун мурожаат юборган), янги аттестацияда иштирок этишлари учун Шахсий кабинетларидаги "+янги мурожаат юбориш" тугмачасини босиш орқали янги мурожаат юборишлари мумкин
@metodmarkaz
#аттестация
Аттестацияда иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш йўриқномаси (видео)
Бугундан ўқитувчиларга аттестация учун рўйхатдан ўтиш бошланади. Видео орқали ариза топшириш йўриқномаси билан танишиб чиқишингиз мумкин.
Батафсил:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/16658
————————————
Инструкция по регистрации для участия в аттестации (видео)
С сегодняшнего дня начинается регистрация для участия в аттестации педагогических кадров. Вы можете ознакомиться с инструкцией по подаче заявки с помощью видео.
Подробно:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/16658
📱 @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
⚡️TOIFA BERISHNING YANGI NIZOMI. BARCHA O‘ZGARISH VA QO‘SHIMCHALAR JAMLANMASI BILAN TO‘LIQ HOLDA.
@metodmarkaz
Иш тажрибаларни оммалаштириш бўйича вазирлик баёнот берди.
Ҳозирда иш тажрибаларни оммалаштириш учун ommalashtirish.uz платформаси жорий қилинган бўлиб, у платформа ҳозирда ишламаяпти.
ММТ Вазирлигининг ахборот ҳизмати бунинг сабабини қуйидагича изоҳлади.
“Айни вақтда педагог ходимлар иш тажрибаларини оммалаштиришнинг тезкор ва аниқ йўналишларини жорий қилиш мақсадида ишлар олиб борилмоқда. Оммалаштириш тартибига бироз ўзгартиришлар киритилмоқда. Ушбу жараёнлар якунига етгандан сўнг ommalashtirish.uz платформаси яна қайта ишга туширилади.”
Joriy attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim?
Maktabgacha va maktab talimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev joriy yilgi attestatsiyada kimlar majburiy va kimlar navbatdan tashqari sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi haqida ma
lumot berdi.
Unga ko‘ra barcha pedagoglar toifa sertifikatida ko‘rsatilgan muddatga qarab hujjat topshirishlari lozim.
Toifa sertifikati 2019-yil iyulga qadar rasmiylashtirilgan bo‘lsa bu pedagoglar uchun birinchi yarim yillikdagi attestsiya majburiy hisoblanadi.
Agar toifa sertifikati 2019-yil avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda o‘tkaziladigan attestatsiya majburiy hisoblanadi.
➡️ Oylik maoshni hisoblovchi bot
Ta'limga oid barcha hujjatlar
shu kanalda!
👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/talimiy_hujjatlar
/channel/talimiy_hujjatlar
⚡️⚡️⚡️ #ПКА_2024_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!
⁉️МАЛАКА ТОИФАСИНИ ОЛИШ УЧУН МАЛАКА ОШИРИШ ТАЛАБ ҚИЛИНМАЙДИ (ЧҚТБ фани ўқитувчилари бундан мустасно)!
❓Савол: ✍️ Олий таълимда ўқишни 2022 йилда тамомладим ва ишга кириб 2 йилдан буён ишлаяпман, малака оширганлик ҳақида сертификатим йўқ Мен ҳам навбатдан ташқари тоифа олишга ҳужжат топширсам бўладими?
❗️Жавоб: Бўлади албатта!
Асос: Низомнинг 23-банди Бевосита давлат хизматлари марказларига мурожаат қилинганда педагог кадр номидан давлат хизматлари маркази ходими, Ягона интерактив давлат хизматлари портали ёки Таълим инспекциясининг расмий веб-сайти орқали мурожаат қилинганда эса педагог кадрнинг ўзи мустақил равишда НИЗОМга 2-иловага мувофиқ сўровномани (кейинги ўринларда — сўровнома) электрон тарзда тўлдиради.
📌Сўровномага қуйидаги ҳужжатлар илова қилинади:
📍педагог кадрнинг таълим тўғрисидаги ҳужжати (хорижий давлатда таълим олганлик тўғрисидаги ҳужжатни Ўзбекистон Республикасида тан олиш ҳақидаги гувоҳнома);
📍қайта тайёрлаш курсларидан ўтганлиги ҳақидаги диплом нусхаси (агар мавжуд бўлса);
📌Педагог кадрлардан ушбу бандда кўрсатилмаган ҳужжатларни тақдим этишни талаб қилиш тақиқланади.
‼️Тақдим этилган ҳужжатлардаги маълумотларнинг ҳаққонийлигига педагог кадр масъул ҳисобланади.
P.S. Аттестацияда иштирок этиш учун юбориладиган ҳужжатлар орасида малака ошириш Сертификати талаб қилинмаган.
@metodmarkaz
⚡️MAKTABDA DIREKTORLIK QILISH UCHUN MENENJERLIK SERTIFIKATINI OLISH
BO‘YICHA
Endilikda viloyat MMTB tomonidan menenjerlik sertifikatiga ega nomzodlardan maktab direktorlari zaxirasi shakllantiriladi.
Bunda maktab direktorlarining vakant lavozimlariga nomzodlar faqat menenjerlik sertifikati mavjud va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.
Menenjerlik sertifikatini olmoqchi bo‘lgan nomzodlar kamida bakalavr darajasiga va maktab direktorligi uchun belgilangan malaka talablariga ega bo‘lishi kerak.
Menejernlik sertifikatiga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan nomzodlar A.Avloniy instituti tomonidan tashkillangan o‘quv kurslarda 1 oy davomida o‘qishi va yakunda imtihon topshirishi kerak bo‘ladi.
O‘qish jarayoni nomzodlarning tanloviga ko‘ra online yoki offline shakilda bo‘ladi. Nomzod ish jarayondan ajralgan holda o‘qisa ish haqqi saqlanmaydi. O‘quv kurslari nomzodlar uchun pullik bo‘ladi.
Direktorlarning menejerlik sertifikati uchun o‘quv kurslardagi ishtiroki bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar reja-taqsimoti tasdiqlanadi.
Reja-taqsimot bo‘yicha o‘qiyotgan direktorlar bepul o‘qiydi, ishdan ajralgan holda o‘qigan taqdirda ish haqqi saqlanadi, hizmat safari harajatlari asosiy ish joyidan qoplanadi.
O‘qishni muoffaqiyatli tugatib, yakuniy imtihonlardan o‘tib tegishli menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritgan rahbar xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Agar rahbar xodim direktor bo‘lsa 50%, agar direktor o‘rinbosarlari bo‘lsa 30% miqdorida qo‘shimcha ustama.
Yakuniy sinovlar 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat tarzda shakllantiriladi. Bajarish uchun jami 120 daqiqa vaqt beriladi.
Yakuniy test sinovlar uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball, jami 100 ball beriladi.
70 balldan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga QR-kod qoʻyilgan elektron shaklda menejerlik sertifikati beriladi.
Menejerlik sertifikati 5 yil davomida amal qiladi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarori.
@metodmarkaz
⚡️Endi tugʻruq taʼtilidagi oʻqituvchilar ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev endilikda tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkinligi maʼlum qildi.
Unga koʻra maktabdan beriladigan maʼlumotnoma bekor qilinganligi sababli endi tugʻruq (dekret) taʼtilidagi maktab va bogʻcha oʻqituvchilari ham attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin. Faqat navbatdan tashqari sifati ariza berib toʻlov qilish lozim. Batafsil javob olish uchun audioni tinglab ko‘ring.
Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.
@metodmarkaz
📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 15-yanvardan boshlanadi
✅ Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari 2024-yil 15-yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15-yanvardan 1-martga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.
❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:
➖Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi;
➖shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o‘tgan kunning o‘zidayoq attestatsiya natijalari bilan tanishishi;
➖attestatsiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.
🔹Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanmoqda.
Ma’lumot uchun: 2023-yilning 5-7-dekabr kunlari “pedkadr.uzedu.uz” elektron platformasi orqali 20 ta tuman (shahar) pedagoglari ishtirokida malaka toifalari berishning yangi tizimi kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) tajriba-sinovdan o‘tkazildi.
@metodmarkaz
⚡️Dars jadvalini tuzishda fanlarning qiyinlik darajasi quyidagicha
1. Matematika va informatika
2. Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillari)
3. Fizika, kimyo, astronomiya
4. Tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari
5. Tabiiy fanlar, geografiya, biologiya
6. Tarbiya va ma’naviyat asoslari
7. Jismoniy tarbiya
8. Texnalogiya
9. Chizmachilik
10. Tasviriy san’at
11. Musiqa
Dars jadvalini tuzishda ushbu fanlarning qiyinlik darajasini hisobga olish tavsiya etiladi.
➡️ Oylik maoshni hisoblovchi bot
@metodmarkaz
Attestatsiya imtihoniga ariza topshirish nech pul?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarori 2-bob 20-21-bandlariga ko'ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi. Ya'ni NAVBATDAGI MAJBURIY attestatsiya BEPUL!
Pedagog kadrlarni NAVBATDAN TASHQARI attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Hozirgi kunda 340 ming so'mga to'g'ri keladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti (pedkadr.uzedu.uz va pedagog.edu.uz) orqali murojaat qilinganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Ya'ni hozirda 306 ming so'mni tashkil qiladi!
Pedagog kadr attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini himoya qilolmagan va attestatsiyadan o'ta olmagan taqdirda to'langan to'lov QAYTARIB BERILMAYDI!
Pedagog kadrlar UZRLI SABABlarga ko'ra attestatsiyalarga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko'chirilgan taqdirda yig'im takroran undirilmaydi!
@metodmarkaz
⚡️⚡️⚡️ #ПКА_2024_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар
❓Савол: Тўловни ИНВОЙС рақами орқали қилинг дейишяпти. ИНВОЙС рақамини қаердан олиш мумкин?
❗️Жавоб: ИНВОЙС рақами тўлов хабарномаси (квитанция)да ёзилган бўлади.
📍Тўлов хабарномаси (квитанция)ни ҳар бир педагог шахсий кабинетидан юклаб олиши мумкин.
📍Шахсий кабинет мурожаати муваффақиятли юборилган педагоглар учун очилади.
📍Шахсий кабинетга мурожаат юборишда ишлатилган телефон рақамига юборилган логин ва пароль орқали кирилади.
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
👉Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot👈
⚡️⚡️⚡️ #ПКА_2024_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар
⁉️Бир аттестацияда иккита фандан тоифа олса бўладими?
❓Савол: Навбатдан ташқари аттестацияда бир вақтда 2 та фандан имтиҳон топшириш мумкинми? Мисол учун математика ва физика фанларидан. (Амударё тумани 27 мактаб ўқитувчиси Ё.И.С)
❗️Жавоб: Мумкин албатта! Мурожаат юборишда фойдаланган телефон рақамингизга юборилган логин ва пароль ёрдамида ШАХСИЙ КАБИНЕТИНГИЗГА кириб, "+янги мурожаат юбориш" тугмачаси ёрдамида иккинчи фандан янги мурожаат юборишингиз мумкин.
Бажарган амалларингиздан кейин "САҚЛАШ" тугмачасини босишни унутманг.
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot👈
‼️ #ПКА_2024_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!
❓Савол: ✍️ Мен Сурхондарё вилояти Узун туманидаги ихтисослаштирилган мактабда тарих фани ўқитувчиси бўлиб ишлайман. Саволим 2024 йилда олий тоифа олиш учун навбатдаги-мажбурий аттестацияда қатнашсам, менга миллий сертификатим учун максималл балл бериладими?
❗️Жавоб: Йўқ берилмайди.
P/S. Амалдаги тартибга кўра, Низомниг 36-банди: Умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларининг камида С1 даражадаги миллий ёки унга мос даражадаги халқаро сертификатга эга чет (инглиз, француз, немис, испан, итальян, араб, хитой, япон, корейс, турк, форс, пушту, дари, урду, ҳинд) тили фани ўқитувчиларига навбатдаги мажбурий аттестацияда ўқув фани бўйича малака синовидан максимал 80 балл берилади ҳамда улар ушбу малака синовидан озод этилади.
@metodmarkaz
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishning yangi tartibini amaliyotga joriy etish ishlariga start berildi.
🔹“Dolzarb mavzu” loyihasi doirasida mazkur jarayonlarning o‘ziga xos jihatlari va kiritilayotgan yangiliklar xususida atroflicha fikr yuritilgan. Jumladan:
➖attestatsiya savollari mazmuni va yo‘nalishlari, ularni shakllantirishda e’tibor berilgan asosiy mezonlar;
➖attestatsiya kimlarga majburiy, kimlarga ixtiyoriy tarzda o‘tkaziladi;
➖qaysi toifa uchun qanday ustamalar belgilanadi kabi mavzuga doir savollar yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tilgan.
Spikerlar:
👉 Safarali Hamrayev — Vazirlik Pedagog kadrlarga malaka toifasini berish va sertifikatlash bo‘limi bosh mutaxassisi;
👉 Dilrabo Davidova — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori .
❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish jarayonlari 15-yanvardan 1-martga qadar davom etadi.
https://www.youtube.com/watch?v=Fhdt3aKRy7U
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
⚡️Расман: Энди миллий сертификат имтиҳонида 70+ балл тўплаган абитуриент ўқишга киришда максимал баллга эга бўлади
✅ Вазирлар Маҳкасининг тегишли (2024-йил 10-январдаги 17-сон) қарорига мувофиқ, Миллий сертификат имтиҳонида 70 баллдан ўтган абитуриент "А +" даражага эга бўлади ва ОТМга киришда максимал баллга эга бўлади.
📚 Шунингдек, B+, B, C+, C даражага эга бўлган абитуриентларга тест синовларида эгаллаган балларига нисбатан фоиз асосида максимал баллга нисбатан табақалаштирилган балл берилади.
Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
#аттестация
ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН!
Жорий йилги аттестация жараёнлари учун рўйхатдан ўтиш бугундан бошланди
✅ Аввал хабар қилинганидек — 2024 йил 15 январдан мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларининг жорий йилги аттестация жараёнлари учун рўйхатдан ўтиш бошланади.
👉 Аттестацияда иштирок этувчи педагоглар шу вақтдан бошлаб pedkadr.uzedu.uz платформаси орқали рўйхатдан ўтишлари ва мурожаат юборишлари мумкин.
@metodmarkaz
⚡️⚡️⚡️#ПКА_2024_ПЕДАГОГЛАР_УЧУН_МУҲИМ_ЭСЛАТМА
‼️🗓 Эртага тоифа олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланади!
📌 Хабар берганимиздек, Январь-июнь ойлари аттестациясига иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш жорий йилнинг 15 январидан бошланади.
📌 Мурожаатларни:
📍Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг веб-сайтидаги 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - платформаси орқали;
📍Ягона интерактив давлат хизматлари портали 👉 my.gov.uz/uz орқали
📍давлат хизматлари марказлари орқали юбориш мумкин.
P.S. 📍Январь-февраль ойларида мурожаатлар қабул қилинади;
📍Март-май ойларида малака (тест) синовлари ўтказилади;
📍Июнь ойида Сертификатлар тарқатилади.
#Sõragan_edingiz
Vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan pedagoglar ro'yxatini kim vazirlikka taqdim etadi?
Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko'ra har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bo'lingach, xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.
Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.
❕Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?
➖ Kengash raisi — hokimlar;
➖ Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari boshliqlari.
Asosan shu ikki mas'ullar vazir ustamasiga da'vogar bo'lgan nomzodlar masalasini kengash yig'ilishida ko'rib chiqib hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki mas'uldan tashqari yana 21 nafar mas'ul shaxslar mavjud.
Hududiy kengashlar nomzodlar ro'yxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilgandan so'ng, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.
Saralash bosqichlaridan muvoffaqiyatli o'tgan pedagog kadrlarga vazir jamg'armasi hisobidan ustama tayinlash bo'yicha vazirlik buyrug'i chiqariladi.
@metodmarkaz
2024-2025-ўқув йилида Вазир жамғармасидан Педагогларни қўшимча рағбатлантириш тўғрисидаги Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 576-сонли буйруғи 2023-йил 27-декабр @metodmarkaz
Читать полностью…⚡️⚡️⚡️#ПКА_2024_ПЕДАГОГЛАР_УЧУН_МУҲИМ_ЭСЛАТМА
‼️🗓 Мурожаатлар қабул қилиш бошланишига 3️⃣ кун қолди!
📌 Хабар берганимиздек, Январь-июнь ойлари аттестациясига иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш жорий йилнинг 15 январидан бошланади.
📌 Мурожаатларни:
📍Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг веб-сайтидаги 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - платформаси орқали;
📍Ягона интерактив давлат хизматлари портали 👉 my.gov.uz/uz орқали
📍давлат хизматлари марказлари орқали юбориш мумкин.
P.S. 📍Январь-февраль ойларида мурожаатлар қабул қилинади;
📍Март-май ойларида малака (тест) синовлари ўтказилади;
📍Июнь ойида Сертификатлар тарқатилади.
@metodmarkaz
Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyada ishtirok eta olmaydi
Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Yangi tartib boʻyicha ishsiz pedagoglar ham oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etishi mumkinmi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.
Javob: Yoʻq ishtirok eta olmaydilar. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi koʻra “Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi”.
Yaʼni malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.
@metodmarkaz
Diqqat qidiruv !!!
Umaralyeva ziyoda
2003- yil
24-dekabr kuni 17:30 larda
Uyidan ziyon ilashib chiqib ketib qolgan
Egnida jigarrang kadak kuylak
Qora panchoda bulgan
Yaqinda farzandlik bulgan
Shu kelinchakni kurganlar
U haqida malumotga ega bulganlar bulsa ILTIMOS
+998883730129. 913687870 yoki 102
Qongiroq qiling
Uyida chaqalogi qolgan
Suyinchisi 500$
Iltimos alloh yulida quldan kelganca Tarqatib yuboringlar
#аттестация
Чет тили фани ўқитувчилари учун малака синовлари қандай шаклда ўтказилади?
Батафсил:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/20580
———————————————
В какой форме будет проводиться аттестация для преподавателей иностранного языка?
Подробно:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/20580
🎄 @talim_obrazovaniye
⚡️Rasman: abituriyentlar qaysi fanlardan imtihon topshirishi aniq bo'ldi
2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.
📌 2024/2025-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.
❗️Eslatma: taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy