metodmarkaz | Неотсортированное

Telegram-канал metodmarkaz - METODIK XIZMAT BO‘LIMI

744

Ta'limdagi barcha yangiliklar va o'qituvchiga tegishli barcha ma'lumotlar birinchi bo'lib bizda KANALGA ULANING @metodmarkaz

Подписаться на канал

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️O'quvchilarga dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olish taqiqlanadi

“Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to'g'risida”gi 282-sonli buyruqda mazkur me'yorlar belgilangan.

Unga ko'ra o'quvchilarga ta'lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

➡️ ta'lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o'g'il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko'rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo'yni va barmoqlariga turli xil
taqinchoqlar taqishi;

➡️ o'zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminasiya), haqorat qilish va behayo so'zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo'ravonlikni (bulling) ko'rsatishi;

➡️ qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo'lmagan yoki ta'lim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, ta'lim muassasasi, o'qituvchi va o'quvchilarning obro'sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirishi yoki undan turli g'arazli maqsadlar yo'lida foydalanishi;

➡️ dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;

➡️ ta'lim muassasasi kompyuterlarida ta'lim muassasasiga tegishli bo'lmagan
ma'lumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo'lmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy ma'lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targ'ib etishi;

➡️ ta'lim muassasasi hududida tug'ilgan kun, O'zbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Biologiya fani o'qituvchilari diqqatiga!

25-oktyabr soat 20:00 da Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining Biologiya fani oʻqituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi Dilbarxon G'ulomovaning "Pedagogning kasbiy o‘sishi: yangicha qarash" mavzusidagi onlayn seminariga taklif etamiz.

🌐Zoom linki: https://us06web.zoom.us/j/82658158318?pwd=aazjA0Spe7uSo4PUF8WT0XN6yjo5VL.1

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Ўқувчилар ўртасида фан олимпиадаси III (вилоят) босқичини ўтказиш саналари белгиланди

Олимпиада математика, физика, кимё, биология фанларидан иккита турда (ёзма иш ва тест синовлари шаклида) ташкил қилинади.

Биринчи босқич: 5 та масала (7, 7, 10, 10 ва 16 балли топшириқлар) 50 балл;
Иккинчи босқич: 30 та тест 50 балл;

Эслатиб ўтамиз,
асосий фан олимпиадасининг III (вилоят) босқичида ҳар бир фан ва синф кесимида ғолиб бўлган ўқувчиларга қуйидаги миқдорда бир марталик пул мукофотлари топширилиши белгиланган:

1-ўринни эгаллаган ўқувчига базавий ҳисоблаш миқдорининг 6 баравари;

2-ўринни эгаллаган ўқувчига базавий ҳисоблаш миқдорининг 4 баравари;

3-ўринни эгаллаган ўқувчига базавий ҳисоблаш миқдорининг 3 баравари миқдорида.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Диққат

❗️
Болалар пакана бўлиб қолишини сабаблари мактабга борганда тақадиган оғир сумка экан

Ота-оналарга юбориб қўямиз!

👉 @metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Ommalashtirish platformasi qachon ishga tushadi?

Ta’limda ilg‘or ish tajribalarining ommalashtirilishi o‘qituvchilar uchun o‘zaro yangi g‘oyalar almashinuvi, o‘quv muhitining zamonaviy texnologiya hamda innovatsiyalarga asoslanib rang-barang tarzda olib borilishiga xizmat qiladi. Qolaversa, ommalashishga muvaffaq bo‘lgan metodikalar umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilanishi (Vazirlar Mahkamasining 823-qaroriga muvofiq) va bu orqali fidoyi ustozlar mehnati rag‘batlantirilishiga asos bo‘lishi bilan ham katta ahamiyatga ega.

Aytish joizki, “O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-buyrug‘i amalda tizimli va qat’iy talablar bilan amalga oshmayotgani yangi o‘quv yili boshidan ko‘plab o‘qituvchilarda savollar tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘tgan 2022-2023-o‘quv yili davomida atigi bir marta 1-yanvardan 1-fevralgacha ommalashtirish platformasiga ishlar qabul qilindi. Baholash ishlari esa vazirlik buyrug‘ida ko‘zda tutilgan bir oy muddatdan ortiq vaqtga cho‘zilib ketgandi. Bu esa o‘qituvchilarning noroziliklariga sabab bo‘ldi.

Navbatdagi belgilangan metodik ishlarni yuborish muddatida (1-martdan 1-aprelgacha) platformaga qabul ochilmadi. Bundan tashqari, ommalash­tirish jarayonida qatnashayotgan fan o‘qituvchilari bir-birlarining tajribasini baholashi va ovoz berish jarayoni noxolis va ko‘r-korona tarzda amalga oshdi. Oqibatda ko‘plab munosib tajribalar va zamonaviy metodikalar e’tibordan chetda qolib, ayrim ahamiyati haminqadar ishlar ovoz yig‘ishdagi “ura-urachilik” tufayli baholashning keyingi bosqichiga ko‘tarilib oldi.

– Bir oy davomida platformaga kirib har kuni bir nechtadan hamkasbimning ishi bilan tanishib baholab bordim, – deydi Farg‘ona tumanidagi 59-maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Feruzaxon Parpiyeva. – Yakunda ne ko‘z bilan ko‘rayki, mening ishimni atigi 16 kishi baholabdi. Tanish-bilishi ko‘p, iltimoslar bilan telegram guruhlarida faollik ko‘rsatgan o‘qituv­chilarga omad kulib boqdi. Bunday holatda har qanday odam tushunib-tushunmay, asosiy masala bo‘l­mish ommalashtirilayotgan ishga e’tibor ham qaratmay, tanishiga baho qo‘yib chiqaveradi. Menimcha, vazirlik baholashni o‘qituvchilarning o‘ziga qo‘yib katta xato qildi. Jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirishimizga hali ancha bor ekan.

– Maxsus platforma ochilishi bizni ortiqcha qog‘ozbozlik, yugur-yugurlardan chekladi, metodikaning oltin zaxirasini bir yerda jamladi, – deydi Farg‘ona tumanidagi 12-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituv­chisi Diloyat Obidova. – Ammo baholash jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekspertlar tomonidan amalga oshirilmasligi o‘qituvchini xavotirga soladi.

Shu kabi noroziliklar va takliflarni inobatga olib ommalashtirishning “yangi nizomi ishlab chiqilarkan” qabilidagi norasmiy xabarlar aylanib qolgan edi, biroq o‘quv yilining birinchi oyi o‘tib borishiga qaramay hanuz bu borada yangilik yo‘q.

Har qanday fidoyi o‘qituvchi mehnatiga yarasha maosh olishni, o‘quv yili yakunida direktor jamg‘armasidan oylik ustamaga munosib topilib rag‘batlantirilishni istaydi. Lekin bu istak ustamaning talab qilingan bandlariga munosib tushishi shart. Shu bandlarning bittasi – o‘qituvchi ishining ommalashtirilganligiga borib taqaladi. O‘tgan o‘quv yilida tizimli ishlamagan ommalashtirish platformasi qanchadan-qancha o‘qituv­chining ustama ololmasligiga sabab bo‘ldi. Yil boshidan esa bu borada hech bir yangilik yo‘q. Bu vazifaga mas’ul bo‘lgan Respublika ta’lim markazidan maqola­mizga munosabat kutib qolamiz. 

@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Ertadan asosiy fan olimpiadasining II bosqichi boshlanadi

Ertaga, 17 oktabr kuni qoraqalpoq tili va adabiyot, qozoq tili, tarix va geografiya fanlaridan olimpiadaning II (tuman, shahar) bosqichi o'tkaziladi. 18-oktabr kuni ingliz tili, nemis tili, fransuz tilidan bo'lib o'tadi.
Tuman bosqichi savollari na’munalari bilan yuqorida gaolashishingiz mumkin

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Халқаро стандартлар асосида малака сертификатини олган педагогларга 70 фоиз миқдорида қўшимча ҳақ тўланади

Президент фармони (ПФ-79-сон, 26.05.2023 й)га кўра 2025-йил 1-январга қадар малака тоифаларини бериш тизимини ваколатли хорижий ташкилотларнинг аккредитациясидан ўтказиш орқали педагог кадрларга халқаро стандартлар асосида малака сертификатини бериш амалиёти йўлга қўйилади.
Бунда, халқаро стандартлар асосида малака сертификатини олган педагог кадрларга тариф ставкаларининг амалдаги миқдорларига нисбатан 70 фоиз миқдорида қўшимча ҳақ тўланади;
Педагог кадрларнинг “электрон портфолиоси” шакллантириб борилади ва унга ўқитувчиларнинг малака даражаси, касбий ривожланиш натижалари ва педагогик фаолияти давомида эришган ютуқлари киритилади.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Maktablarda I chorakning oxirgi darsi 3 noyabr kuni bo'ladi

Maktablarda ta'til muddatlari Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga asosan belgilangan.

Qarorga ko'ra:

Maktab o'quvchilari uchun I chorakning so'nggi kuni 3 noyabr (juma) kuniga to'g'ri keladi, 4 noyabr kuni kuzgi ta'tilning ilk kuni sanaladi. Ta'til 6 kalendar kun, ya'ni 9 noyabrgacha davom etadi, II chorak esa 10 noyabr (juma) kunidan boshlanadi.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Toifa berishning yangi tartibi 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etiladi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga ko'ra:

2023-yilning noyabr oyiga qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilinadi;

Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida o‘tkaziladi.

@metodmarkaz

Qisqasi noyabrda attestasiya degan fribgarlardan uzoqroqda yuring

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Maktab o‘quvchilariga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish mumkin emas

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2023-yil 31 avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra pedagoglarga qo’yilgan talablar:

o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;

o‘quvchini ommaviy izza qilmaslik;

o‘quvchilar chet elga chiqib ketgan taqdirda, bu haqida o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish;

o‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;

ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro‘siga ziyon yetkazish uchun yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik;

o‘quvchilarga ibrat bo‘lib, shaxsiy namuna ko‘rsatish, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish;
ta’lim muassasasi manfaatlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish va bunday holatlarni oldini olish;

biror-bir noxush voqea yoki hodisa ro‘y bersa, zudlik bilan ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish;

yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni zararli odatlardan va boshqa turli halokatli tahdidlar hamda jamiyatimiz uchun yot bo‘lgan diniy ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;

mazkur qoidalarni haftaning
juma kunlarida o‘tkaziladigan “Sinf soati” darslarida o‘quvchilarga keng tushuntirib borish.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Биласизми

Синф раҳбарлиги ҳамда дафтар ва ёзма ишларни текширганлик учун қанча миқдорда қўшимча ҳақ тўланади?

Умумтаълим муассасалари ўқитувчиларига синфдаги ўқувчилар сонига кўра синф раҳбарлиги учун қуйидагича қўшимча ҳақ тўланади:

➖15 нафар ўқувчигача — 258 минг 720 сўм;

➖16 нафардан 20 нафар ўқувчигача — 309 минг 680 сўм;

➖21 нафардан 25 нафар ўқувчигача — 361 минг 620 сўм;

➖26 нафардан 30 нафар ўқувчигача — 412 минг 580 сўм;

➖31 нафар ва ундан кўп ўқувчи бўлганда — 517 минг 440 сўм.

❕Дафтарларни ва ёзма ишларни текширганлик учун (ўқувчилар икки гуруҳга бўлиб ўқитиладиган фанлар бўйича ҳам) ўқитувчиларга қуйидагича қўшимча ҳақ тўланади:


➖Синфдаги (синф — комплектдаги) ўқувчилар сони 15 нафаргача бўлганда — 86 минг 240 сўм;

➖Синфдаги (синф — комплектдаги) ўқувчилар сони 15 нафар ва ундан ортиқ бўлганда — 172 минг 480 сўм.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Асосий фан олимпиадасининг II (туман, шаҳар) босқичини ўтказилиш саналари маълум бўлди‌‌

Асосий фан олимпиадасининг II (туман, шаҳар) босқичи Республикамизнинг барча туманларида 17-21 октябрь кунлари ўтказилади.
 
✅Тарих, География, Қозоқ тили, Қорақалпоқ тили ва адабиёти — 17 октябрь, вақти: 11:00
 
✅ Инглиз тили, Немис тили, Француз тили — 18 октябрь, вақти: 11:00
 
✅Кимё, Рус тили ва адабиёти, Тожик тили — 19 октябрь, вақти: 11:00
 
✅ Биология, Физика, Информатика ва ахборот технологиялари — 20 октябрь, вақти: 11:00
 
✅ Математика, Она тили ва адабиёти, Ўзбек тили — 21 октябрь, вақти: 11:00
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

‼️Малака тоифасини тасдиқловчи сертификатларнинг амал қилиш муддати узайтирилади!

❓Савол: ✍️ Мен Андижон вилояти Андижон  шаҳридаги 30 мактабнинг Бошланғич синф ўқитувчисиман. Малака тоифам иккинчи. 2018 йилда 2 тоифа олганман. Бу йил 2023 йил май ойида Сертификатимнинг амал қилиш муддати тугади. Аттестация бўлмаганлиги сабабли тоифага топшира олмадим. Ойлигимдан тоифа пулини олиб қолишяпти ва муатахассис тоифаси бўйича ҳақ тўлашяпти? Шу тўғрими? Менга иккинчи тоифа бўйича тўлаши керакми ёки муддат  тугади деб тўламайдими? (Ҳ.М.Т)


❗️Жавоб: Амалдаги иккинчи малака тоифангиз бўйича ҳақ тўланишида давом эттирилади.

📌 Ўзбекистон Республикаси Президентининг
2023 йил 26 майдаги ПФ-79-сон Фармонинг 3-банди:

📍2024 йил 1 январдан бошлаб давлат мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрларига малака тоифасини беришнинг янги тартиби жорий қилинади.
Бунда:
📍малака тоифасини олиш бўйича синовлар бир йилда камида бир маротаба икки босқичда ўтказилади ҳамда биринчи босқичда талабгорнинг мутахассислик фани ва касб стандарти бўйича билим даражаси, иккинчи босқичда –– педагогик маҳорати баҳоланади;

📍малака тоифаси беришнинг янги тартиби жорий қилингунига қадар малака тоифасини олиш бўйича синовларни ўтказишга мораторий жорий этилади (аттестация ўтказилмайди);

📍мораторий давомида педагог кадрлар навбатдаги малака тоифасини олиш синовларига жалб этилмайди ҳамда уларнинг малака тоифасини тасдиқловчи сертификатнинг амал қилиш муддати навбатдаги синовларга жалб қилингунига қадар автоматик равишда узайтирилади;

P.S Мурожаатда қайд этилган манзилда фаолит олиб бораётган масъулларга Ўзбекистон Республикаси Президентининг
2023 йил 26 майдаги ПФ-79-сон Фармонинг 3-бандини билан танишиб чиқишни ва ўқитувчиларни ортиқча "сарсон" қилмасликларини тавсия қиламиз!

💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

👉 @metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ

⚡️
Ота-оналар огоҳ бўлинг!

❗️ Оғир портфель(сумка)лар мактаб ўқувчиларининг ўсиши ва ривожланишига жиддий таъсир қилади

Ёшликда узоқ вақт оғир сумка кўтариб юриш сколиозга, умуртқа поғонасининг эгрилигига ва оёқларнинг қийшайиб ривожланишига олиб келади.

🎒 Портфель вазни стандартлари:
• 1-2 синф - 1,5 кг дан ортиқ эмас;
• 3-4 синф - 2 кг дан ортиқ эмас;
• 5-6 синфлар - 2,5 кг дан ортиқ эмас;
• 7-8-синфлар - 3,5 кг дан ошмаслиги керак;
• 9-11 синфлар - 4 кг дан ортиқ эмас.


👉
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Она (ўзбек, рус, қорақалпоқ) тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат учун тест синовларини қачон ўтказилади?


Она (ўзбек, рус, қорақалпоқ) тили ва адабиёт фанидан миллий сертификат учун навбатдаги навбатдаги тест синовларини 2023 йилнинг 4 чорагида ўтказиш режалаштирилган. 

Талабгорлар она (ўзбек) тили ва адабиёт фанидан тест синовларига пухта тайёргарлик кўришлари учун ўқиш тавсия этиладиган бадиий адабиётлар рўйхати шакллантирилди.
Тавсия этиладиган адабиётлар рўйхати:
✅ “Тушда кечган умрлар” романи (Ўткир Ҳошимов).
✅“Сарвқомат дилбарим” қиссаси (Чингиз Айтматов)
✅“Олтин Зангламас” романи (Шуҳрат).
✅“Жайҳун устида булутлар” қиссаси (Миркарим Осим).
✅“Асрор бобо” ҳикояси (Абдулла Қаҳҳор).
 
✅Рус тили ва адабиёт ҳамда қорақалпоқ тили ва адабиёт фанларидан тавсия этиладиган адабиётлар рўйхати ўзгармайди.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Ўқитувчидан қоғоз кўринишдаги йиллик тақвим-мавзу режа талаб қилиниши тўғрими?



#Савол Бизнинг директоримиз тақвим-мавзу иш режани қоғоз вариантини талаб қиляпти. Ваҳоланки, тақвим-мавзу иш режани eMaktab.uz платформасига юклаб қўйганман. Шу ҳолатда директорнинг талаби ўринлими? Жавоб учун олдиндан раҳмат эътиборсиз қолдирманг илтимос. #Жавоб "Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисида"ги йўриқноманинг 15-бандига кўра умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиларининг дарс ва тўгарак машғулотларини ташкил этиш ҳамда синф журналини юритишдан ташқари бошқа педагогик юкламалар бўйича ҳисоботлар ва қўшимча маълумотларни талаб қилиш қатъиян тақиқланади. 15-банднинг 2-хатбошига кўра умумий ўрта таълим муассасалари педагог ходимлари томонидан фақатгина синф журнали (босма ёки электрон) юритилади. Ўқитувчи томонидан йиллик тақвим-мавзу режа eMaktab.uz платформасига юкланган бўлса, унда ушбу режани қоғоз кўринишдаги шаклини юритишга эҳтиёж йўқ деб ҳисоблаймиз. Демак, ўқитувчидан қоғоз кўринишдаги йиллик тақвим-мавзу режа талаб қилиш ноқонуний хатти-ҳаракат ҳисобланади.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi Ingliz, Nemis, Fransuz tillari fanlaridan olimpiada topshririqlari va ularni baholash mezonlari
Viloyat bosqichi 2-turda amalga oshiriladi:
✅ 1-tur: Listening, Reading, Lexical and Grammar competency (60 ball)
✅ 2-tur: Test (30ta) (40 ball)
Maksimal to'plash mumkin bo'lgan bal 100 ball
Ajratilgan vaqt jami 180 daqiqa

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

❗️ Мактаб директлори учун муҳим

Умумий ўрта
таълим мактаблари фаолиятини ташкил этиш бўйича асосий норматив ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати:

1. Таълим тўғрисида Қонун
https://lex.uz/docs/5013007

2. Умумий ўрта таълим тўғрисида Низом
https://lex.uz/docs/3137130

3. Давлат хизматлари
— 1-синф онлайн қабул;
— ўқувчини
бир мактабдан бошқа мактабга онлайн кўчириш;
— чет эл фуқаролари фарзандини мактабга қабул;
экстернат имтиҳон;
— дубликат шаҳодатнома кўрсатиш бўйича Регламент
https://lex.uz/docs/6044094

4. Ўқувчилар ҳаракати
— ўқувчини бир мактабдан бошқа мактабга ўтказиш;
— ўқувчини хорижий давлатдаги таълим муассасасига ўтказиш;
— хорижий давлатда таълим олган Ўзбекистон Республикаси фуқаросини мактабга ўтказиш тўғрисида Низом
https://lex.uz/docs/2678463

5. Якуний давлат аттестацияси тўғрисида Низом
c
https://lex.uz/docs/1331874

6. Мактаб битирувчиларига шаҳодатнома бериш тартиби
https://lex.uz/docs/6374834

7. Мактаб битирувчиларига олтин ва кумуш медаль бериш тартиби
https://lex.uz/docs/4211827

8. Педагогик кенгаш тўғрисида Низом
https://lex.uz/docs/2978386

9. Синфларни комплектлаш ва тарификация Низоми
https://lex.uz/docs/4919258

10. Педагогик мутахассисликларнинг намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби
https://lex.uz/docs/3876821

@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

O'qituvchi o'quvchilarni dars mashg'ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborishi yoki kiritmasligi mumkinmi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023 yil 31 avgustdagi “Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to'g'risida”gi 282-sonli buyrug'ida mazkur me'yorlar belgilangan.

Pedagog va xodimlarga ta'lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

➡️ jamoa a'zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo'ravonlik ko'rsatish;

➡️ o'quvchilarni dars mashg'ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

➡️ “CHiqish” qo'ng'irog'i chalingandan keyin o'quvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

➡️ dars mashg'ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

➡️ ta'lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste'mol qilgan holda kelish;

➡️ ta'lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish;

➡️ muassasa hududi va binosida o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasiga aloqasi bo'lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

➡️ ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashg'ulotlari vaqtida o'tkazish.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Расман: Ўқитувчи бўлиб ишлайдиган талабаларга ҳам сертификат учун устама тўланади.

Миллий сертификат олган талаба-ўқитувчиларга ҳам бошқа ўқитувчиларга тўлангани каби сертификат учун устама
тўланади. Талаба бўлгани учун уларга алоҳида қоида қўлланилмайди.

Маълумот учун, умумтаълим фанларидан миллий сертификатлар учун ўқитувчиларга 20 фоиз, халқаро сертификатлар учун эса 50 фоиз устама тўланади.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Асосий фан олимпиадасининг II (туман, шаҳар) босқичини ўтказилиш саналари маълум бўлди‌‌

Асосий фан олимпиадасининг II (туман, шаҳар) босқичи Республикамизнинг барча туманларида 17-21 октябрь кунлари ўтказилади.
 
✅Тарих, География, Қозоқ тили, Қорақалпоқ тили ва адабиёти — 17 октябрь, вақти: 11:00
 
✅ Инглиз тили, Немис тили, Француз тили — 18 октябрь, вақти: 11:00
 
✅Кимё, Рус тили ва адабиёти, Тожик тили — 19 октябрь, вақти: 11:00
 
✅ Биология, Физика, Информатика ва ахборот технологиялари — 20 октябрь, вақти: 11:00
 
✅ Математика, Она тили ва адабиёти, Ўзбек тили — 21 октябрь, вақти: 11:00
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

15-oktabr — o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

2023-yil 9-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Ro‘yxatga olish
my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 15-oktabr (to‘lov qilish 16-oktabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar
15-oktabr kuni (shu kuni ham) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

📆 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va 2023-yil
29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi.

Milliy sertifikat | INFO👇


@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️29-oktabr kuni O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni bo'ladi

📆 2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 9-oktabrdan 15-oktabrga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📚 Talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

✅ Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

Milliy sertifikat | INFO👇
/channel/+_15AFgc5YlQ4OTFi
/channel/+_15AFgc5YlQ4OTFi

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Emaktab.uz da o‘quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S – sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M - surunkali dars qoldirish

Fan o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan ta’lablar!
S – sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

🧠
Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N - noma’lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️OLIMPIADA NATIJALARI USTAMA OLISHNING ASOSIY KALITI.

Shu kunlarda respublikamizning barcha maktablarida asosiy fan olimpiadasining tuman, shahar bosqichiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Pedagoglar ustama olishlari uchun fan olimpiadasida yaxshi natija ko‘rsatilgan taqdirda 30 ball beriladi.

Ushbu 30 ball olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlardan birini olgan o‘quvchining ustoziga beriladi.

Agar o‘quvchi 4- va keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsachi, unda nechchi ball beriladi. Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiadada qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g’olib ko‘rsatkichining 55% dan yuqori bo‘lsa 10 ball, 70% dan yuqori bo‘lsa 20 ball beriladi.

Ballarni hisoblab chiqish haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot berib o‘tamiz.

E’tibor qarstish kerak bo‘lgan muhim jihati shuki, o‘quvchilar olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida yuqori ball olishlari kerak. Shunda, ustamaga beriladigan ball ham yuqori bo‘lib, ustama olish ehtimoli oshadi.

Shu sababdan, hozirda maktablarda bo‘lib o‘tayotgan olimpiadada o‘quvchilarni to‘g‘ri tanlab olishni va tuman (shahar) bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qilamiz.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Eslatma

Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktablarni tekshirish vakolati tugatilgan

Prezidentning 2023-yil 26 maydagi PF-79-sonli farmoni bilan 2023-yil 1 sentabrdan boshlab tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari tugatilgan.

Yuqoridagi tartibni inobatga olgan holda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 2 iyuldagi 147-sonli buyrug‘i bilan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining nizomi va lavozim yo‘riqnomalarini qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilangan.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

«1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни» муносабати билан ўқитувчиларга 490 000 сўмдан мукофотланиши тўғрисида

Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сон қарори билан тасдиқланган "Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини рағбатлантиришнинг директор жамғармасини ташкил этиш ва унинг маблағларидан фойдаланиш тартиби тўғрисида"ги низомнинг 29-бандига асосан
Умумтаълим муассасалари ходимлари, шу жумладан раҳбар ходимлари фақат «1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни» муносабати билан Жамғарманинг мавжуд маблағлари ҳисобидан меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 50 фоизигача миқдорида мукофотланиши мумкинлиги белгиланган. Қоидадан англашиладики, умумтаълим муассасалари ходимлари, рахбар ходимлари дейилмоқда бу дегани ишлаётган техник ходим бўладими, фаррош бўладими, педагог бўладими, рахбар бўладими фарқи йўқ барча мукофотланиши керак.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Texnikumlarning yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 26-30-sentabr kunlari 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida
to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.

✅ Bugun esa
professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar tanlov natijalarini
my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4-oktabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

ЎҚИТУВЧИЛАР ОЛАДИГАН УСТАМА УЙ ТАЬЛИМИ ДАРСЛАРИ УЧУН ХАМ ТЎЛАНИШИ КЕРАКМИ?

Yurist Xizmati каналидан олинди
3850-савол:

Ассалому алейкум мен мактабда узбек синфларда рус тилидан дарс бераман. С1 даражадаги сертификатим бор. Дарсим 20 соат мактабда ва 3 соат якка тартибда дарс бераман. С1 учун 50 % хамда директор фондидан берилган 15% лик устамалар факатгина 20 соат дарсим учун туланяпти. Завучнинг айтишича якка тартиб учун хеч кандай устама туланмас экан. Шу конунан ту‌грими? Кейинги саволим 1 соат якка тартибдаги дарс учун канча хак ту‌ланади? Жавоб учун олдиндан рахмат.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Бундай дейиш нотўғри.

✅ Чунки
ҳар икки устама умумий дарс соатларидан келиб чиқиб тўланади. Шунингдек, якка тартибда ўтиладиган дарс соатлари ҳам ўқитувчига тарификатсия асосида бириктирилади.

Қаранг! Ўзбекистон Республикаси Президентининг 11.05.2022 йилдаги ПФ-134-сон Фармони 9-бандига кўра халқаро тан олинган сертификатга эга бўлган педагог кадрларга — уларнинг тариф ставкасига нисбатан
50 фоиз миқдорида ҳар ойлик қўшимча устама тўланиши белгиланган.

Ушбу фармон ижросини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳамда Халқ таълими вазирлигининг 2022 йил 29 июлда 34 қ/к, 15-хх сонли қўшма қарори қабул қилинди.

Ушбу қарорга мувофиқ ўқитувчи бир нечта сертификатга эга бўлган тақдирда, унга устама юқорироқ устама олиш ҳуқуқини берувчи сертификат бўйича тўланади.

Вазирлар Маҳкамасининг 2021-йил 12-октябрьдаги 638-сон қарорига 2-иловада тасдиқланган Жисмоний, ақлий, сенсор ёки руҳий нуқсонлари бўлган болалар учун давлат ихтисослаштирилган таълим муассасалари тўғрисида Низомнинг 18-бандига кўра Ўқув режасидаги ҳафталик соатлар миқдори:
➖1 — 4-синфлар учун
8 соат,
➖5 — 9-синфлар учун
10 соатни,
➖10-11-синфлар учун
12 соатни ташкил қилади.

Бунда дарс жадвали ҳафтасига камида
уч кунга мослаб тузилади.

Тарификатсия масаласига келсак, мазкур низом ҳамда “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами № 3271)20-бандига мувофиқ якка тартибда ўтиладиган дарслар ўқитувчига тариф асосида бириктирилади.

Юқоридаги қоиданинг мазмунига кўра якка тартибдаги ўқувчи ҳам тарификатсия асосида ўқитувчига берилади. Тарификатсия асосида дарс берилганда ўқитувчига ҳам дарс соати ҳам педагогик юклама белгиланади. Бу қоида “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги низом (рўйхат рақами № 3271) 23-бандида ҳам келтирилган.

Шундай экан
сизга устама тўлашда якка тартибда ўтилган дарсларингиз ҳам ҳисобга олиниши керак.

Kanalimizga obuna bo‘ling!
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Milliy sertifikat imtihonlari faqat abituriyentlar uchunmi?

Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi degan mazmunda ko‘plab savollar berilmoqda.

Qayd etish kerakki, umumta’lim fanlaridan
milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.

Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan
cheklov mavjud emas. Ya’ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi
o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.

Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri
milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.

➖ Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib,
100% lik natijadan kamida 80% natija qayd etgan xalq taʼlimi tizimidagi pedagog kadrlar 3 yil davomida oyligiga 20% ustama qoʻshiladi.

@metodmarkaz

Читать полностью…
Подписаться на канал