metodmarkaz | Неотсортированное

Telegram-канал metodmarkaz - METODIK XIZMAT BO‘LIMI

1028

Ta'limdagi barcha yangiliklar va o'qituvchiga tegishli barcha ma'lumotlar birinchi bo'lib bizda KANALGA ULANING @metodmarkaz

Подписаться на канал

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

O'zbekistonning Tarixiy Shaharlariga Taklif QIlamiz !



📆 5️⃣➖🔤🔤🔤
📆 9️⃣➖🔤🔤🔤

5️⃣➖🔤🔤🔤🔤🔤🔤

1️⃣ 7️⃣5️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 🔤🔤🔤

Paketga Quyidagi Xizmatlar Kiradi:

🚌 Transport Xizmati
🍲 3 Mahal Milliy Va Yevropa Taomlari
🔻Gid Xizmati
📌Shinam MehmonXonalar
👨‍💻 Guruh Boshi

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌Samarqand Shahrida
🔺 Imom Al-Buxoriy Maqbarasi
🔺 Registon Maydoni
🔺 Shohizinda
🔺 Ulug'bek Rasadxonasi
🔺 va boshqa 10dan ortiq tarixiy obidalar ziyorati

📌Buxoro Shahrida
🔻Yetti Pir To'liq Ziyorati
🔻 Amir Olimxon Yozgi Saroyi
🔻 Ark Majmuasi
🔻 Minoraiy Kalon
🔻 va Boshqa 10 dan ortiq
Tarixiy Obidalar Ziyorati

💠 Murojaat uchun:

📞 +998940095255
📞+998337005255

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Диққат
‼️Педагоглар устама олиш учун неча балл тўплашлари керак?

Умумтаълим муассасалари педагог ходимларининг базавий тариф ставкаларига директор жамғармаси ҳисобидан ҳар ойлик устамалар янги ўқув йили учун ўтган ўқув йили якунлари бўйича белгиланади. Бунда педагоглар қуйидаги балларни тўплаши керак.

65 — 70 балл тўпласа — 10 фоиз;
71 — 75-балл тўпласа — 15 фоиз;
76 — 80 балл тўпласа — 20 фоиз;
81 — 85 балл тўпласа — 25 фоиз;
86 — 90 балл тўпласа — 30 фоиз;
91 — 95 балл тўпласа — 35 фоиз;
96 — 100 балл тўпласа — 40 фоиз.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

❗️ #ПКА_2024 #Педагогларга_ёрдам

‼️ Андижон вилояти педагоглари учун эълон!

🕍 Ҳудуд номи
-Андижон вилояти;

🏫 Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази ( Андижон шаҳар, Истиқлол кўчаси 8-уй, мўлжал: собиқ Ленинский кўча)

📅 Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2024 йил 26-29 апрель кунлари;

🧑‍🎓Малака (тест) синовларида иштирок этадилар -Математика фани ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади: - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Миллий Сертификат олган ўқитувчиларга устама қачон тўланади?

Савол: Men Jizzax shahridagi 5-son umumta'lim maktabining o'zbek tili fani o'qituvchisiman. Sizga butun O'zbekistondagi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarini qiynayotgan bir masalada murojaat qilyapman. Shu yilning mart oyida bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashib, barcha o'qituvchilar natijasiga qarab A+, A, B+, B, C+, C toifadagi sertifikatlarni qo'lga kiritdi. Bu safargi imtihon natijalari Rash modeli asosida hisoblanib, 75 baldan 65 ball maksimal ball qilib belgilangandi va barchaning o'qituvchilarning natijasi shu 65 balga nisbatan hisoblandi. Qabul qilingan nizomga ko'ra 80% natija ko'rsatgan barchaga ustama belgilanishi kerak. Bunga ko'ra yuqori sinf o'qituvchilari A+, A, B+, B darajali sertifikatni qo'lga kiritsa, ustama olishga haqli bo'ladi. Ammo mutasaddilar haligacha aniq bir javob aytishmayapti. Iltimos, shu masalada amaliy yordam berishingizni so'rayman.

Жавоб:Давлат дастурига асосан она тили адабиёт фанидан миллий сертификат олган фан ўқитувчиларига 50 фоиз устама тўлаш, 2025 йил 1 январдан тўланиши белгиланган, давлат дастурига асосан

ПФ-37-сон 21.02.2024. «Ўзбекистон-2030» стратегиясини «Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида
https://lex.uz/docs/6811936

12-бандни ўқинг.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Аттестация жараёнларини онлайн кузатиб бориш учун махсус сайт ишга туширилди

✅ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш жараёнларини шаффоф ташкил этиш мақсадида тест синовларини тўғридан-тўғри эфир (реал вақт режимида) орқали кузатиб бориш имконияти яратилди.


Жараёнларни қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин:

https://cams.uzedu.uz/

©️ Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги

P.S. Бугун, 20 апрель куни Бошланғич таълим ўқитувчилари малака (тест) синовларида иштирок этмоқдалар

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Менимча, Вазирлар Маҳкамаси қарори бу бандининг ўзи қай даражада қонунийлиги ҳам баҳсли масала”.
Шунингдек, эксперт Вазирлар Маҳкамаси қарори қонундан устун бўлолмаслигини эслатиб ўтди. Яна бир ҳужжат – “Меҳнат кодекси”га кўра, “ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига мувофиқ эмаслиги” аниқланган тақдирда, иш берувчи томонидан меҳнат шартномаси бекор қилинади. Малакани белгиловчи ҳужжат – бу диплом. Бундан келиб чиқадики на мактаб директори, на вазирлик ходимлари дипломли педагогни сертификат баҳона ишдан ҳайдаш ваколатига эга эмас. Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Вазирлар Маҳкамасининг қарорини бажараман, деб қарордан устувор бўлган қонунларни унутган кўринади. 
“Огоҳлантириш хати билан боғлиқ ҳолат бўйича вазирликнинг тегишли бошқармалари томонидан ўрганиш ишлари олиб борилаётганини маълум қиламиз”, дейди матбуот котиби. 
Янги ўқув йилида чет тили сертификатига эга бўлмаган ўқитувчилар ишдан ҳайдаладими, деган савол эса очиқ қолди. Вазирликнинг яна бир масъул ходими Вазирлар Маҳкамаси қарорини ишлаб чиқишдан мақсад – ўқитувчиларни ўз устида ишлашга ундаш эканини айтди. 
“Чет тили ўқитувчилари орасида ҳам ўз фанини яхши билмайдиган ўқитувчилар бор. Мақсад: уларнинг яна-да билимли бўлиши. Ҳозир талаб қўйилди, тўғрими? Энди ўқитувчилар мана шу B2 сертификатини олиш учун янада кўпроқ ўқиб изланади. Ўқиб излангандан кейин бу дарс ўтиш сифатига ҳам таъсир қилади” , дейди вазирлик ходими. 
Ўқитувчилар ҳар йили малака ошириш дарсларига боради, уни тугатгач, тест топширади. Бундан ташқари, ҳар беш йилда малака тоифасини белгилаб берувчи имтиҳонга юборилади. Энди эса педагоглар ҳар икки йилда чет тили билимини баҳолаш сертификатини олиш учун ҳам имтиҳон топширишлари керак. Шу ўринда савол туғилади: Вазирлик таълимни кучайтириш йўлида қила оладиган ягона ислоҳот – педагогларни қайта ва қайта имтиҳондан ўтказишми? Аслида, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ўқитувчиларни қўллаб-қувватлаши, уларга қулай меҳнат шароитлари яратиши керак эмасми?
Қайта ва қайта ўқиш, имтиҳон топшириш бирор самара берса, нега бу амалиёт барча соҳаларга татбиқ этилмайди? Яна қайси касб эгалари ҳар беш, икки ва бир йилда имтиҳон қилиняпти, қонунга зид қарори туфайли ўқитувчиларга шарт қўйган Вазирлар Маҳкамаси аъзоларими? Вилоят ҳокимига гап қайтаргани учун мактаб директорига муомала маданиятини эслатиб қўйган вазир Ҳилола Умаровами? Агар ҳар йили малака ошириш дарсларига қатнаб, тест топширган тақдирда, уларнинг қайси бири имтиҳондан ўта оларди?
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

O‘quvchilarning vaqtincha xorijiy davlatga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamalar portaliga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etadi.

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo‘lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan o‘qituvchilarini xabardor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

Maktab direktori quyidagi holatlarda o‘quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini va Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi:

xorijiy davlatga vaqtincha chiqib ketgan o‘quvchilar xorijda bo‘lish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bir xafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar;

ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

Maktab direktori har yili 25-mayga qadar o‘quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan (o‘quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o‘quvchilar bundan mustasno) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.

Mazkur o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.”

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97393

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#Диққат

⚡️Боғча ва мактаблар 13-апрель, шанба куни ишлайди.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Necha bal yig'sam attestatsiyadan o'taman?

Joriy yilda, attestatsiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

1️⃣-bosqich
Attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

bosqich
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»

Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

Eslatma: Navbatdan tashqari attestasiyalarda natijasidan qat'iy nazar toifa tushirilmaydi.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

(Rasm attestatsiya sinov testidan)

Attestatsiyada bo'yicha yangiliklar.

1. Attestatsiyada 3 marta yoningizga qarasangiz.

2. Ko'p gapirsangiz,savol so'rasangiz sherikdan

3. Birinchisida ogohlantirish tugmasi yonarkan.3 tadan kegin testingiz yopilib qoladi

4. 3 martadan ortiq qoidani buzsangiz natijaniz bekor qilinadi

Kompiyuterga kamera o'rnatilgan.

O'zingizga va bilimingizga ishoning aziz ustozlar.

✅ Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Хорижий тилларни билиш даражасини баҳоловчи халқаро тан олинган сертификатлар рўйхати

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Interfaol metodlar

Attestatsiyaning 2-bosqichi uchun juda foydali qo'llanma

💰Oylik bot

Ta'limga oid barcha hujjatlar
shu kanalda!
👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/talimiy_hujjatlar
/channel/talimiy_hujjatlar

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

3. M.X.Toxtaxodjayeva pedagogik mahorat darslik 2010-yil

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Эртадан, яъни 25 мартдан бошлаб барча педагог ходимлар учун иш куни ҳисобланади.

Наврўз байрами муносабати билан барча ходимларга кетма-кет 4 кунлик дам олиш куни берилди. Эртадан, яъни 25 мартдан бошлаб барча педагог ходимлар учун IV чоракнинг биринчи иш куни ҳисобланади.

Мактабларда дарс бўлмаган вақт яъни, ўқувчилар учун берилган баҳорги таътил пайти барча педагог ходимларга иш куни саналади. Бу пайтда ўқитувчилар педагогик юкламасида белгилаб берилган ишларни амалга оширади, ёки мактаб маъмурияти томонидан берилган топшириқларни бажаради.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

O'zbekistonning Tarixiy Shaharlariga Taklif QIlamiz !



📆 5️⃣➖🔤🔤🔤
📆 9️⃣➖🔤🔤🔤

5️⃣➖🔤🔤🔤🔤🔤🔤

1️⃣ 7️⃣5️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 🔤🔤🔤

Paketga Quyidagi Xizmatlar Kiradi:

🚌 Transport Xizmati
🍲 3 Mahal Milliy Va Yevropa Taomlari
🔻Gid Xizmati
📌Shinam MehmonXonalar
👨‍💻 Guruh Boshi

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌Samarqand Shahrida
🔺 Imom Al-Buxoriy Maqbarasi
🔺 Registon Maydoni
🔺 Shohizinda
🔺 Ulug'bek Rasadxonasi
🔺 va boshqa 10dan ortiq tarixiy obidalar ziyorati

📌Buxoro Shahrida
🔻Yetti Pir To'liq Ziyorati
🔻 Amir Olimxon Yozgi Saroyi
🔻 Ark Majmuasi
🔻 Minoraiy Kalon
🔻 va Boshqa 10 dan ortiq
Tarixiy Obidalar Ziyorati

💠 Murojaat uchun:

📞 +998940095255
📞+998337005255

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Bosh vazir 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar haqida qanday ko‘rsatma bergandi?

Yaqinda bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan hujjatda 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar haqida ham so‘z borgandi. Ammo hujjatning mazmuni turlicha talqin qilinmoqda.

Xo‘sh, bosh vazir imzolagan hujjatda o‘zi nima deyilgandi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/622

Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak?

Xabaringiz bor, Hukumat (10.01.2024 17-son) qarori bilan umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatini olish uchun test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilandi.

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

Qarorda abituriyentlarga beriladigan imtiyoz aniq koʻrsatilgan boʻlib, 65 balldan oʻtgan abituriyent “A +, A” darajaga ega boʻladi va OTMga kirishda oʻsha fandan maksimal ballga ega boʻladi.

Oʻtgan yillarda olingan milliy sertifikatlar 100 ballik tizimda hisoblanar edi va oʻqituvchilar uchun ustama belgilash boʻyicha qoʻshma qarorda 100 ballik tizim boʻyicha minimum 80 va undan yuqori ball, boshlangʻich taʼlim ustozlari (ona tili va adabiyot va matematika fanlaridan) minimum 60 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda ustama toʻlanishi belgilangan edi.

Hozirlikcha vakolatli vazirliklar tomonidan qoʻshma qarordagi oʻzgarish va ballar haqida rasmiy maʼlumot berilmadi.

Biroq bizga bu borada juda koʻp savollar yuborilgani uchun mustaqil mutaxassislardan izoh soʻraganimizda pedagoglarga minimum A daraja (65 — 69,9 ball), boshlangʻich taʼlim ustozlar esa minimum C daraja(46 — 49,9 ball) olgan taqdirda ustama toʻlanishi mantiqan toʻgʻri boʻlishini maʼlum qilishdi.

Vazirliklar tomonidan bu haqida rasmiy maʼlumot berilsa kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг топшириғи билан:

Умумтаълим муассасаларида “Табиий фан (счиенче)“, “Тарбия” ва “Информатика ва ахборот технологиялари” фанларини бошланғич синфларда “Бошланғич таълим” ўқитувчилари, “Табиий фан (счиенче)ни 5-6-синфларда эса “География”, “Биология” ва “Физика” ўқитувчилари, 5-11-синфларда “Тарбия” фанини, Тарих, Миллий истиқлол ғояси ва ҳуқуқ мутахассислигига эга фан ўқитувчилари дарс ўтишларига:

“Табиий фан (счиенче)“ ва “Тарбия” фанидан дарс бераётган бошланғич таълим, шунингдек, физика, география, биология, тарих, давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан амалдаги малака тоифаларига мос равишда ҳақ тўланишига розилик берилди.

Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 425-сон қарори билан белгиланган, олий малака тоифа (бош ўқитувчи лавозими)га эга бўлганидан сўнг олий малака тоифани 15 йил давомида сақлаб келган ва узлуксиз иш стажига эга бўлган педагог кадрлар навбатдаги мажбурий аттестатсияга жалб этилмаслик тартиби 2022 йил 2 августга қадар 15 йиллик узлуксиз иш стажига ҳамда олий малака тоифага эга (бунда олий тоифага эга бўлганлик даври муҳим эмас) бўлган педагогларга нисбатан татбиқ этилмайди.

Вазирлар Маҳкамасининг “Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштиришни самарали ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида” 2021 йил 19 майдаги 312-сон қарорининг 9-бандида келтирилган талаблар иккинчи хорижий тил педагогларга нисбатан татбиқ этилмаслиги белгиланди.

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Texnik nosozlik sabab attestatsiyada testni yakunlay olmaganlar bo'yicha

"16-aprel kuni ayrim hududlardagi texnik nosozliklar tufayli attestatsiya sinovlar jarayonida uzilishlar kuzatilgan.

Shuning uchun, 16-aprel kuni test topshiriqlarini toʻliq bajarishgan ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya oʻtkazish belgilandi. Bu haqida kuni kecha test ishtirokchilariga ham zarur tushuntirishlar berildi."

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Ўқитувчилар учун янги бошоғриқ: диплом оддий қоғозга айланадими?
April 16, 2024 by Manba: Qalampir.uz
Янги Ўзбекистон ўқитувчиларни пахта далаларидан олиб чиқди, ҳокимларнинг дўқ-пўписаларидан халос этди, қоғозбозлик ишларини бирмунча енгиллатди. Аммо хурсанд бўлишга ҳали эрта кўринади. Сентябрь ойидан бошлаб чет тили сертификатига эга бўлмаган хорижий тил ўқитувчилари 4 йиллик меҳнат эвазига олинган дипломи, иш тажрибаси, малака тоифасидан қатъи назар, мактабдан ҳайдалиши мумкин. Сабаби шундаки, ўтган ҳафтада Ўзбекистондаги хорижий тил ўқитувчиларига мактаб директорлари номидан огоҳлантириш хатлари юборилган. 
Qalampir.uz
“…Сизга шуни маълум қиламизки, 2024-2025 ўқув йилига қадар камида B2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлмасангиз, сиз билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши ҳақида огоҳлантирамиз”, дейилади унда. 
Бунга Вазирлар Маҳкамасининг "Хорижий тилларни ўрганишни самарали ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги (2021 йил 19 май) қарори асос қилиб олинган. Қарорда келтирилишича, 2024-2025 ўқув йилига қадар умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган барча хорижий тил ўқитувчилари камида B2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши лозим. Қизиқ томони шундаки, ўқитувчиларнинг B2 даражали сертификатдан-да қимматлироқ дипломи “юқоридагиларни” қизиқтирмаяпти. 
Демак, Вазирлар Маҳкамаси ўз таркибидаги Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги талабаларга бераётган дипломни тан олмайди ёки уни етарлича кучга эга эмас, деб баҳолайди. Акс ҳолда, бир умрга амал қиладиган диплом қолиб, “яроқлилик муддати 2 йил бўлган” сертификатни ишдан кетиш ёки қолиш даражасидаги масалага айлантиришармиди?
Негадир, бу сафар ижтимоий тармоқларда жимлик кузатилмоқда. Ўз мажбуриятига кирмаса-да, берилган топшириқни сўзсиз бажариб кўникиб кетган ўқитувчилар норозилигини кенг жамоатчилик олдида эмас, ёпиқ Телеграм гуруҳларида билдиряпти. 
“4 йил ўқидик, магистр учун яна 2 йил. C1 – бу оддий сертификат. Бу ихтиёрий бўлиши керак, пул ишлаш манбайи эмас. Сертификат дипломдан устун бўлиши мумкинми?... Ва бу нега фақат чет тили ўқитувчиларида? Ҳозир ҳамма фанда даража сертификат имтиҳони бор, лекин уларда бу сертификат натижаси аҳамиятсиз. Усиз ҳам диплом билан бемалол ишлайверади. Чет тили ўқитувчилари эса бусиз ишлолмайди. Нега? Биз демократик жамиятнинг тенг ҳуқуқли фуқаросимасмизми?” дейди хорижий тил ўқитувчиси.
Университетда чет тилидан чуқурлаштирилган ҳолда билим олган педагогга сертификат қанчалик зарур, – деган саволга эса педагоглардан бири шундай жавоб берди:
“Бошланғич синфларга дарс берадиганларга C1 сертификати шартмас, деб ўйлайман. Уларда, асосан, болалар билан ишлаш методикаси кучли бўлиши керак. Тан олиб айтаманки, менинг C1 сертификатим бўлгани билан ёш ўқувчиларга умуман дарс ўтиш қобилиятим йўқ, сабрим ҳам йўқ”.
Дарҳақиқат, Ўзбекистонда энг кам иш ҳақи таълим соҳаси ходимларига тўланади. Уларнинг маоши 2023 йилда ўртача 3,12 млн сўмни ташкил этган. Педагогларнинг ойлик иш ҳақи ўсиш суръати секинлашиб, Ўзбекистондаги ўртача иш ҳақига нисбатан камайиб боряпти. Масалан, таълим соҳаси ходимлари 2019 йилда Ўзбекистондаги ўртача иш ҳақининг 80 фоизи миқдорида маош олган бўлса, 2023 йилда бу кўрсаткич 68,6 фоизга тушиб кетди. 
Вазирлик қўйган талаб қонунга зид
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ўқитувчиларга B2 сертификатини олиш бўйича қўйилган талабни Вазирлар Маҳкамаси қарори билан изоҳлади. Аммо Вазирлар Маҳкамаси қароридан-да устуворроқ бўлган педагоглар фаолиятини тартибга солувчи қонунлар бор. Булар: "Педагогнинг мақоми тўғрисида"ги қонун ва Ўзбекистоннинг “Меҳнат кодекси”дир. 
Ҳолатнинг мантиққа зидлигига тўхталсак, чет тили ўқитувчисининг қўлида олий филологик таълим тўғрисида диплом бўлади. Яъни, ОТМ унинг хорижий тилни C1 даражасида билишини тасдиқлаб, давлат тан оладиган диплом беряпти. Демак, давлат ўз номидан бериладиган дипломга ишонмаяптими? Ўқитувчининг қўлидаги дипломи "сертификат бўлмаса ҳақиқий эмас" дейдиган биронта ҳуқуқий асос йўқ-ку.

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

‼️E'LON!

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari 13-aprel kuni ishlaydimi?

✔️Davlatimiz rahbarining 2024-yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash bo‘yicha farmoniga asosan 11–12 aprel kunlari Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun dam olish kuni etib belgilangan.

📆13-aprel shanba kuni haftalik ish tartibidan qat'i nazar barcha uchun ish kuni hisoblanadi.

🔴Maktabgacha ta'lim tashkilotlari shanba kuni to'liq ish rejimida ishlashini ma'lum qilamiz.

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Rasman: Pedagog kadrlar attestatsiya test kunlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

❗️Умумтаьлим, мусиқа мактаблари, ўрта махсус ва профессионал таьлим ташкилотларидаги бир қанча лавозимлар қисқартирилиши мумкин.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Халқ қабулхонаси ва адлиянинг туман бўлимлари тугатилади

Иқтисодиёт ва молия вазирлиги  ҳамма соҳада қисқартириш таклифини тайёрлаган.

Унга кўра,  бир бирини вазифасини такрорловчи бир нечта давлат ташкилотлари, шунингдек айрим давлат идораларининг туманлардаги бўлимлари тугатилади.

Жумладан туман (шаҳар) адлия бўлимлари ва Халқ қабулхоналари тугатилиб, бу борадаги электрон давлат хизматлари ривожлантирилади.

Ҳудудий Ғазначилик хизмати бошқармалари ҳамда Бюджетдан ташқари Пенсия бошқармалари ҳам тугатилади.

Умумтаьлим, мусиқа мактаблари, ўрта махсус ва профессионал таьлим ташкилотларидаги бир қанча лавозимлар ҳам қисқартирилади.

Соғлиқни сақлаш ташкилотларидаги керакмас штатлар ҳам қисқартирилади.
@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️Якуний назорат имтиҳонлари ўтказиладиган фанларнинг рўйхати ва имтиҳон ўтказиш шакллари

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️2023-2024-ўқув йилида умумий ўрта таълим муассасаларида ўқувчиларнинг якуний давлат аттестатсиясини ташкил этиш ва ўтказиш тўғрисида

ММТВ нинг 20.03.2024 йилдаги 87-буйруғи

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

#аттестация
Малака синовлари ўтказиладиган жой манзиллари белгиланди

❗️Жорий йилнинг март-май ойларида мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги педагоглар учун малака (тест) синовлари ўтказиладиган жой манзиллари маълум бўлди.

——————

Определены места проведения квалификационных экзаменов

❗️Объявлены места проведения квалификационных испытаний педагогов системы дошкольного и школьного образования, которые пройдут в марте-мае текущего года.


@metodmarkaz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

Joriy yilning 25-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

— — — — —

25 марта текущего года по инициативе Республиканского научно-методического центра развития образования будет проведена международная научно-практическая конференция на тему «Тенденции внедрения непрерывного образования, ориентированного на результат».

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz

Читать полностью…

METODIK XIZMAT BO‘LIMI

⚡️️Agar xodim o’zi rozi bo’lmasa, hashar munosabati bilan ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas

Har yilgi an'anaga muvofiq, joriy yilning 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Odatda, hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondiga o‘tkazib berilishiga odatlanib qolganmiz. Ya’ni hech kim xodimlardan so‘rab ham o‘tirmaydi, shunchaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik ish haqini o‘tkazadi, tamom.

Ko‘pchilik xodimlar esa buni sezmaydi ham!

‼️Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, hashar munosabati ish haqidan ushlab qolinishi mutlaqo IXTIYORIY, hech qanaqa MAJBURIY EMAS!

Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida hashar nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, hasharga 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish NOQONUNIY! Har bir xodim o‘zi shaxsan hashar uchun 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi SHART!

✅ Hashar — bu o‘zbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, hasharda albatta qatnashing, atrofimizni obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘ling. Kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslarga, ehtiyojmand oilalarga yordam qo‘lini cho‘zing, ulardan hol-ahvol so‘rang. Jamoatchilik ishlarida tomoshabin bo‘lib chetda turmang.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni halol ishlab topgansiz, o‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishiga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi. Haq olinur, berilmas!

© Xushnudbek

@metodmarkaz

Читать полностью…
Подписаться на канал