#Фото
⚡️Мактабларда ўқувчилар учун 3-10 январь кунлари турли тадбирлар, танловлар, мусобақалар ва саёҳатлар ташкил этилади
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги қишки таътил мобайнида таълим муассасаларида қандай ишлар олиб борилиши бўйича юқоридаги фотодаги кўрсатмани берди.
✅Кўрсатмага мувофиқ 2024 йил 3 январдан бошлаб:
➡️ Умумтаълим мактабларида ўқувчиларнинг хоҳишларига асосан фан ва спорт тўгараклари фаолиятини ташкил этиш;
➡️ Қишки таътил режасига асосан ота-оналарни жалб қилган ҳолда ўқувчиларни, айниқса кам таъминланган ва ижтимоий ҳимояга муҳтож оила фарзандларини, хавфсизлигини таъминлаган ҳолда teaтр, музей ва тарихий обидаларга саёҳатларини ташкил этиш;
➡️ “Энг яхши китобхон мактаб”, “Китоб билан бир кун”, “Зукко китобхон” танловлари, “Қувноқ стартлар”, “Умид ниҳоллари”, “Беш ташаббус олимпиадаси” спорт мусобақаларининг мактаб босқичини ўтказиш;
➡️ “Заковат”, “Рокировка” интеллектуал ўйинларини ташкил этиш;
➡️ “Баркамол авлод” болалар мактаблари ва “Болалар кутубхона”ларини тўлиқ фаолият кўрсатишини таъминлаш;
➡️ Ўқувчилар қизиқишларига қараб “Баркамол авлод” болалар мактабларида бепул тўгараклар фаолиятини йўлга қўйиш.
Ойлик ҳисоблаш учун бот:
✈️ @Oylik_hisoblovchibot
👩🏻🏫 @Oqituvchi | Обуна булинг👇
/channel/+ngRPMExoXBU2ZDcy
⚡️Maktablarda qishki ta'tilni qay tartibda o'tkazish bo'yicha ko'rsatmalar
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 28-dekabrdagi 06-04/3-3609-sonli ko'rsatma xati.
@metodmarkaz
❗️Диогностика тести натижалари эълон қилинди
Малака ошириш бўйича кейинги 3 йил давомида қандай шаклда малака оширишингиз юзасидан натижалари эълон қилинди.
Олган фоизга қараб келаси 3 йиллик малака шакли қуйидагича белгиланади:
🔵 75% дан юқори — 3 йил (онлайн);
🔵 50%дан юқори — 2 йил (онлайн), 1 йил (офлайн);
🔵 25% дан юқори — 1 йил (онлайн), 2 йил (офлайн);
🔵 25% паст олганлар — 3 йил (офлайн).
Батафсил шахсий кабинетингизга кириб, билиб олишингиз мумкин.
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
Maktab direktorligiga nomzodlarni o‘qitish va menejerlik sertifikatini berish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
2024-yil 1-yanvardan boshlab — Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinadi;
2024-yil 1-sentabrdan boshlab — menejerlik sertifikatiga ega umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar hodimlariga sertifikat amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
maktab direktorlariga – 50 foiz;
direktor o‘rinbosarlariga – 30 foiz.
Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra:
umumta’lim maktablari direktorlari har 5 yilda bir marotaba belgilangan talablarga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi;
nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tadi;
sertifikat 5 yil davomida amal qiladi.
@metodmarkaz
⚡️2024-yil yanvardan boshlab o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunar o‘rgatish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.
2023-yil 14-dekabr 560-son
@metodmarkaz
⚡️Расман: Мактабларда қишки таътил 28 декабрдан бошланади
Мактаб ўқувчилари учун II чоракнинг сўнгги куни 27 декабрга тўғри келиб, 28 декабрь куни қишки таътилнинг илк куни саналади.
Таътил 14 календарь кун, яъни 2024 йил 10 январгача давом этади.
III чорак 2024 йилнинг 11 январидан бошланади.
@metodmarkaz
⚡️«Замонавий мактаб» мақомини олган мактаблар рўйхати
«Замонавий мактаб»ларга қўйиладиган талаблар асосида умумий ўрта таълим муассасаларини баҳолаш лойиҳаси доирасида ўтказилган ўрганишлар бўйича «Замонавий мактаб» мақомини олган мактаблар рўйхати
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
Hurmatli ustozlar!
✅ 6-dekabr kuni reja-grafik bo'yicha quyidagi fanlardan diagnostika testi o'tkaziladi:
➡️ Ingliz tili
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat (o'zbek) tili
➡️ Davlat (qaraqalpoq) tili
➡️ Kimyo
➡️ Amaliyotchi psixologlar
Hurmatli ustozlar, test jarayonlari boshlangunga qadar "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi (onlinedu.uz) akkauntlaringizni tekshirib qo'yishingizni so‘raymiz!
Ma'lumot uchun:
🖥 Platformadan foydalanish bo'yicha videoyo'riqnomalar: /channel/video_yoriqnoma
🗣Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
😀 Telegram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 📷Instagram
❕Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari bilan tanishing
Demak, 4–15-dekabr kunlari respublika bo'yicha barcha o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari quyidagicha:
❕4-dekabr kuni
➖O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari (ona tili va adabiyoti);
➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari.
❕4–5-dekabr kunlari
➖Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari.
❕5–6-dekabr kunlari
➖Ingliz tili fani o‘qituvchilari;
➖Nemis tili fani o‘qituvchilari.
❕6-dekabr kuni
➖Fransuz tili fani o‘qituvchilari;
➖Davlat (o‘zbek) tili fani o‘qituvchilari;
➖Davlat (qoraqalpoq) tili fani o‘qituvchilari;
➖Kimyo fani o‘qituvchilari;
➖Rus tili va adabiyoti fani (rus sinflarda) o‘qituvchilari;
➖Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari.
❕7-dekabr kuni
➖Biologiya fani o‘qituvchilari;
➖Geografiya fani o‘qituvchilari;
➖Fizika fani o‘qituvchilari.
❕7–9-dekabr kunlari
➖Matematika fani o‘qituvchilari.
❕9-dekabr kuni
➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari.
❕9–11-dekabr kunlari
➖Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari.
❕11-dekabr kuni
➖Tarix fani o‘qituvchilari;
➖Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari;
➖Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari.
❕11–12-dekabr kunlari
➖Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari.
❕12-dekabr kuni
➖Texnologiya fani o‘qituvchilari;
➖Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari;
➖Tarbiya fani o‘qituvchilari;
➖Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari.
❕13–15-dekabr kunlari
➖Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda).
❕15-dekabr kuni
➖Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (qoraqalpoq sinflarda);
➖Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (rus sinflarda).
© xalqtaliminfo
Pedagoglar kanaliga obuna boʻling👇
/channel/+SEjhuG-0kd7dL2wl
Bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi
Prezidentning (2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son) Farmonining muvofiq Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tashkil etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 363- sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 3-bobi 45-bandiga koʻra bolani xorijiy davlatdagi taʼlim muassasasiga oʻtkazish munosabati bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasasidan chiqarish faqat taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Agar farzandini xorijda oʻqishini xohlovchi ota-ona, bolani xorijga dam olishga olib ketayotganligini koʻrsatib, taʼlim muassasasi joylashgan tuman (shahar) komissiyasining roziligini olmaslik holati kuzatilsa, vazirlikning 2022-yil 30-noyabrdagi 06-06/3-2155-sonli xatida asosan oʻquvchining qayerdaligi haqida 3 kun muddat ichida aniqlik kiritib tuman (shahar) komissiyasiga yozma xabar berilishi lozim.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
МАКТАБДА ЎҚУВЧИ ТЕЛЕФОН ИШЛАТСА НИМА ҚИЛИШ КЕРАК?
Амалдаги тартига кўра ўқувчи дарс жараёнида ёки мактаб ҳудудида мобил телефондан фойдаланиш қоидаларига риоя этилишини барча педагоглар, жумладан синф раҳбарлари шахсан назорат қилади. Ўқитувчи томонидан огоҳлантирилишига қарамай дарс жараёнида телефондан фойдаланиш ҳолатлари давом этганда фан ўқитувчиси, синф раҳбари, директор ўринбосари, психолог (инспектор-психолог) иштирокида ўқувчининг телефони (смартфон, планшет ва бошқа қурилмалар) олиб қўйилади ва ҳолат юзасидан мактаб директори ҳамда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари огоҳлантирилади. Мактабнинг “Оила-маҳалла-таълим муассасаси” ҳамкорлиги Жамоат кенгаши ва кузатув кенгаши аъзолари иштирокида ҳолат муҳокама этилиб, тегишли тушунтиришлар олиб борилганидан сўнг мобил алоқа воситалари ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакилларига қайтариб берилади.
Шундай ҳолат ўқув йили давомида бир ўқувчи томонидан икки ва ундан ортиқ маротаба такрорланганда ўқувчининг ота-онаси ёки бошқа қонуний вакиллари Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг тегишли моддаси асосида маъмурий жавобгарликка тортилади, ўқувчи ички ишлар органларининг профилактик рўйхатига олинади.
Асос: Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023 йил 31 августдаги 282-сон буйруғи
@metodmarkaz
ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH QUYIDAGICHA BO’LADI
www.ommalashtirish.uz platformasi orqali
O’qituvchilarning ilg'or ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali quyidagicha amalga oshiriladi.
Bunda, talabgor maxsus platformada oʻziga shaxsiy kabinetini yaratadi hamda ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida toʻgʻridan- to'g'ri elektron shaklda joylashtiradi.
Tayyorlagan metodik ishini maktabda ommalashtirish uchun Metod birlashmaga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi
Metod birlashma talabgorning murojaatiga muvofiq, metodik ishini birlashmaga a'zo o'qituvchilar bilan birga ko'rib chiqadi hamda zarur holda dars jarayonida sinovdan o'tkazadi.
Ushbu metodik ishga metod birlashma tomonidan ijobiy xulosa berilib, maktab miqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik kengashga tavsiya etiladi. (talabgorning metodik ishi qo'yilgan talabga javob bermasa yoki innovatsion yangiliklar joriyqilinmagan bo'lib salbiy xulosa berilsa, ushbu metodik ish asoslantirilib talabgorga qaytariladi).
Metod birlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengash talabgorning ijobiy xulosa olgan metodik ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirishni rad etish bo'yicha qaror qabul qiladi o'qituvchilarning maxsus platformasiga joylashtiriladigan ilg'or metodik ishi ta'lim muassasasi metod birlashma tavsiyasi asosida pedagogika kengashida koʻrib chiqilib, ommalashtirishga tavsiya etilgan bo'lishi lozim
Talabgor ilg'or ish tajribasini tuman (shahar), hudud (viloyat), respublika miqyosida ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shaxsiy kabinetiga quyidagi hujjatlarni joylashtirishi lozim:
talabgor tavsiya etgan ish tajribaning ta'lim muassasasi miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilganligi to'g'risida pedagogika kengashi qarorining elektron (pdf) nusxasi;
ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan ish uslubi aks etgan metodik materialning tegishliligicha elektron (pdf) nusxasi, video mahsulotlar yoki ularning kombinatsiyasi yuklanadi.
Yuboriladigan materiallar uch xil yo'nalishda bo'lishi mumkin:
birinchi yoʻnalish: O'quv metodik qo'llanmalar (o'quv metodik qo'llanmalar, tavsiyanoma pdf formatda yuboriladi);
ikkinchi yoʻnalish: Dars ishlanmalar (xalqaro tajribalarga asoslangan, ilg'or interfaol metodlar bilan o'tilgan yuqori saviyadagi bir soatlik namunali dars yoki to'garak mashg'uloti ishlanmasi);
uchinchi yoʻnalish: Video mahsulotlar (darsdagi yoki darsdan tashqari mashg'ulotlardagi interfaol metodlarni yoritib bergan jarayonlar yoki shaxsiy innovatsion metodik tajribani tushuntirib beruvchi, davomiyligi 7 minutgacha bo'lgan, hajmi 300 mb dan oshmagan videorolik).
Boshqa turli ishlar va talab darajasida bo'lmagan ishlar qabul qilinmaydi va ko'rilmasdan qoldiriladi.
ilg'or metodik ishlarni yuborish muddatlari:
birinchi muddat 1-sentabrdan 1-oktabrgacha;
ikkinchi muddat 1-noyabrdan 1-dekabrgacha;
uchinchi muddat 1-yanvardan 1-fevralgacha;
to'rtinchi muddat 1-martdan 1-aprelgacha. talabgor ilg'or metodik ishlarini har bir muddatda faqat bir marta yuborishi mumkin.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’I.
@metodmarkaz
⚡️O'quvchilarga dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olish taqiqlanadi
“Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to'g'risida”gi 282-sonli buyruqda mazkur me'yorlar belgilangan.
❌Unga ko'ra o'quvchilarga ta'lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:
➡️ ta'lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o'g'il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko'rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo'yni va barmoqlariga turli xil
taqinchoqlar taqishi;
➡️ o'zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminasiya), haqorat qilish va behayo so'zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo'ravonlikni (bulling) ko'rsatishi;
➡️ qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo'lmagan yoki ta'lim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, ta'lim muassasasi, o'qituvchi va o'quvchilarning obro'sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga
joylashtirishi yoki undan turli g'arazli maqsadlar yo'lida foydalanishi;
➡️ dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;
➡️ ta'lim muassasasi kompyuterlarida ta'lim muassasasiga tegishli bo'lmagan
ma'lumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo'lmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy ma'lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targ'ib etishi;
➡️ ta'lim muassasasi hududida tug'ilgan kun, O'zbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.
@metodmarkaz
Biologiya fani o'qituvchilari diqqatiga!
25-oktyabr soat 20:00 da Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining Biologiya fani oʻqituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi Dilbarxon G'ulomovaning "Pedagogning kasbiy o‘sishi: yangicha qarash" mavzusidagi onlayn seminariga taklif etamiz.
🌐Zoom linki: https://us06web.zoom.us/j/82658158318?pwd=aazjA0Spe7uSo4PUF8WT0XN6yjo5VL.1
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
⚡️Ўқувчилар ўртасида фан олимпиадаси III (вилоят) босқичини ўтказиш саналари белгиланди
Олимпиада математика, физика, кимё, биология фанларидан иккита турда (ёзма иш ва тест синовлари шаклида) ташкил қилинади.
Биринчи босқич: 5 та масала (7, 7, 10, 10 ва 16 балли топшириқлар) 50 балл;
Иккинчи босқич: 30 та тест 50 балл;
Эслатиб ўтамиз, асосий фан олимпиадасининг III (вилоят) босқичида ҳар бир фан ва синф кесимида ғолиб бўлган ўқувчиларга қуйидаги миқдорда бир марталик пул мукофотлари топширилиши белгиланган:
1-ўринни эгаллаган ўқувчига базавий ҳисоблаш миқдорининг 6 баравари;
2-ўринни эгаллаган ўқувчига базавий ҳисоблаш миқдорининг 4 баравари;
3-ўринни эгаллаган ўқувчига базавий ҳисоблаш миқдорининг 3 баравари миқдорида.
@metodmarkaz
Шавкат Мирзиёев 2024 йилни «Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили » деб эълон қилди
@METODMARKAZ
❗️Педагоглар олган баллар қараб келаси 3 йиллик малака шакли белгиланди
Ўтказилган диагностика тестида қатнашган педагогларнинг натижасига қараб келгуси 3 йиллик малака ошириш шакли бўйича режаси белгилаб берилди.
Унга кўра:
🔵 75% дан юқори — 3 йил (онлайн);
🔵 50%дан юқори — 2 йил (онлайн), 1 йил (офлайн);
🔵 25% дан юқори — 1 йил (онлайн), 2 йил (офлайн);
🔵 25% паст олганлар — 3 йил (офлайн).
Айнан сизга қандай режа белгилаб берилганлигини onlinedu.uz платформасида шахсий кабинетингиздан билиб олишингиз мумкин.
Онлайн малака ошириш шакли ишдан ажралмаган ҳолда, иш билан паралел равишда амалга оширилади. Офлайн малака ошириш учун эса ишдан ажраб (яъни ойлик сақланган ҳолда таътил олиб) қатнашиш керак бўлади.
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
#Эслатма
Эртага, 28 декабрь кунидан мактаб ўқувчилари учун қишки таътил бошланади
Мактаб ўқувчилари учун 28 декабрь куни қишки таътилнинг илк куни саналади.
Таътил 14 календарь кун, яъни 2024 йил 10 январгача давом этади.
III чорак 2024 йилнинг 11 январидан бошланади.
@metodmarkaz
O‘zbekistonda 2023-2024-o‘quv yilida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mahalliy olimpiadalar reja grafigi.
(Mahalliy olimpiadalar reja grafigiga qo‘shimcha va o‘zgaritirishlar kiritilishi mumkin)
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram
Bugun diagnostika testida ishtirok etamagan quyidagi fan o'qituvchilari uchun test jarayonlari bo'lib o'tadi
➖O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➖Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
➖Ingliz tili
➖Nemis tili
➖Fransuz tili
➖Davlat (o‘zbek) tili
➖Davlat (qoraqalpoq) tili
➖Kimyo
➖Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
➖Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➖Biologiya
➖Geografiya
Telegram | Instagram | xalqtaliminfo">YouTube
❗️ Diagnostika testida texnik sabablarga ko'ra ishtirok etamagan pedagoglar qayta test topshirishi mumkin
Diagnostika jarayonlaridagi ishtirokchilar qamrovini oshirish hamda barcha o‘qituvchilarning ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida, diagnostika testlarida ishtirok etmagan hamda texnik holatlar kuzatilgan oʻqituvchilar uchun joriy yilning 18-19 dekabr kunlari diagnostika testlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Diagnostika testida ishtirok etamagan pedagoglar quyidagi sanalarda test topshirishi mumkin:
❕18-dekabr kuni
➖Fizika
➖Matematika
➖Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
➖Informatika va axborot texnologiyalari
➖Tarix
➖Davlat va huquq asoslari
➖Musiqa madaniyati
➖Tasviriy san’at va chizmachilik
➖Texnologiya
➖Iqtisodiy bilim asoslari
➖Tarbiya
➖Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
➖Boshlang‘ich ta’lim
❕19-dekabr kuni
➖O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
➖Qoraqalpoq tili va adabiyoti
➖Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
➖Ingliz tili
➖Nemis tili
➖Fransuz tili
➖Davlat (o‘zbek) tili
➖Davlat (qoraqalpoq) tili
➖Kimyo
➖Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
➖Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➖Biologiya
➖Geografiya
@metodmarkaz
#xabarlar
⚡️Diagnostika testidan o'ta olmaslik degan tushuncha yo'q
Ko'pchilik ustozlarimiz ayni kunlarda fanlar kesimida topshirilayotgan diagnostika tetslaridan xavotir bilidirishmoqda. Ustozlar buning uchun hech qanday xavotir olishga hojat yo'q.
Bu yerda malaka toifa (attestatsiya) berishning yangi shakli sinov tariqasida o'tkazilayotgani va malaka oshirishning diagnostika testlari bir vaqtda bo'lib o'tayotganligi ayrim ustozlarimizda chalkashlikni paydo qilmoqda.
Ustozlar malaka toifa (attestatsiya) olish boshqa narsa, malaka oshirish boshqa narsa.
Agarda diagnostika testini kam yechsangiz, kelgusi yilda an'anaviy (oflayn) tarzda bir haftalik malaka oshirasiz. Ko'p yechsangiz kelasi yilda onlayn tarzda malaka oshirasiz. Diagnostika testi faqat shuni aniqlashtish va 2024-yildan tabaqalashtirilgan malaka oshirishni tashkil etish maqsadida o'tkazilyapti.
Diagnostika testi natijalari hech qayerda e'lon qilinmaydi hamda past natija qayd etgan xodimlarga nisbatan biror chora ko'rishni nazarda tutmaydi.
Diagnostika testlariga maktablarda ishlayotgan talabalar va rahbar xodimlar jalb etilmaydi. Shuningdek, ro'yxatdan o'tish uchun pedagog xodim ERP ma'lumotlar bazasiga kiritilgan bo'lishi lozim.
@metodmarkaz
⚡️Бугун тоифа аттестацияси янги тизимининг илк тажриба-синов жараёнлари бўлиб ўтди
Янги аттестация тизими Бирлашган Араб Амирликлари ва Сингапур давлатлари тажрибаси асосида ишлаб чиқилган.
Бугун Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан ташкил этилган педагог кадрларга малака тоифалари беришнинг янги тизимининг илк тажриба-синов жараёнлари бўлиб ўтди.
➖ Бугун тест синови жараёнлари Тошкент шаҳридаги мактаб ўқитувчилари учун бўлиб ўтади.
Тест синовларининг 1-сменаси соат 11:00 да бошланди, 2-смена жараёнлари соат 14:00 да бошланган.
❗️Маълумот учун: мазкур янги тизим хорижий мамлакатлар, хусусан Бирлашган Араб Амирликлари ва Сингапур каби давлатлар тажрибаси асосида ишлаб чиқилди.
👉 @metodmarkaz
⚡️⚡️⚡️ #ПКА_2024 #Педагогларга_ёрдам #Сўраган_эдингиз
Жорий йилнинг 5-7 декабрь кунлари Республикамизнинг 20 та туман (шаҳар)ларида педагогларга малака тоифаси беришнинг янги тартиби тажриба синовдан ўтказилади.
Жумладан, Андижон вилояти педагоглари учун тажриба синов жараёнлари 6-7 декабрь кунлари Педагогларни янги методикаларга ўргатиш ҳудудий маркази ( Андижон шаҳри Истиқлол кўчаси 8-уй) да ўтказилади.
@metodmarkaz
⚡️ Fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e`lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko'ra bugun, 13-noyabr kuni fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro'yxatdan olish boshlandi.
👨🏻💻 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
@metodmarkaz
Malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchilarining lavozim maoshi mos keluvchi malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilarining lavozim maoshiga tenglashtiriladi
2023-yil 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 591-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga:
2024-yil 15-yanvardan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilariga ta’lim tashkilotlarining boshqa fan o‘qituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka tofasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy ta’lim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
➰ 2024-yil 20-fevralga qadar Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘likni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining yangi o‘quv dasturi va darsligini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklandi.
➖ Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra:
Malakaviy attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlari umumta’lim muassasalarida - mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
@metodmarkaz
АНОНС! АНОНС! АНОНС! Тез кунларда каналимиз саҳифаларида:
‼️Тоифа беришнинг янги тартиби тажриба-синовдан ўтказиладиган туман ва шаҳарлар рўйхати ҳамда тажриба-синов ўтказилиши тўғрисида батафсил маълумотлар берилади!
💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz
Ўқитувчидан қоғоз кўринишдаги йиллик тақвим-мавзу режа талаб қилиниши тўғрими?
#Савол Бизнинг директоримиз тақвим-мавзу иш режани қоғоз вариантини талаб қиляпти. Ваҳоланки, тақвим-мавзу иш режани eMaktab.uz платформасига юклаб қўйганман. Шу ҳолатда директорнинг талаби ўринлими? Жавоб учун олдиндан раҳмат эътиборсиз қолдирманг илтимос. #Жавоб "Умумий ўрта таълим муассасаларининг педагогик мутахассисликлари бўйича намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби тўғрисида"ги йўриқноманинг 15-бандига кўра умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиларининг дарс ва тўгарак машғулотларини ташкил этиш ҳамда синф журналини юритишдан ташқари бошқа педагогик юкламалар бўйича ҳисоботлар ва қўшимча маълумотларни талаб қилиш қатъиян тақиқланади. 15-банднинг 2-хатбошига кўра умумий ўрта таълим муассасалари педагог ходимлари томонидан фақатгина синф журнали (босма ёки электрон) юритилади. Ўқитувчи томонидан йиллик тақвим-мавзу режа eMaktab.uz платформасига юкланган бўлса, унда ушбу режани қоғоз кўринишдаги шаклини юритишга эҳтиёж йўқ деб ҳисоблаймиз. Демак, ўқитувчидан қоғоз кўринишдаги йиллик тақвим-мавзу режа талаб қилиш ноқонуний хатти-ҳаракат ҳисобланади.
@metodmarkaz
Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi Ingliz, Nemis, Fransuz tillari fanlaridan olimpiada topshririqlari va ularni baholash mezonlari
Viloyat bosqichi 2-turda amalga oshiriladi:
✅ 1-tur: Listening, Reading, Lexical and Grammar competency (60 ball)
✅ 2-tur: Test (30ta) (40 ball)
Maksimal to'plash mumkin bo'lgan bal 100 ball
Ajratilgan vaqt jami 180 daqiqa
@metodmarkaz
❗️ Мактаб директлори учун муҳим
Умумий ўрта таълим мактаблари фаолиятини ташкил этиш бўйича асосий норматив ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати:
1. Таълим тўғрисида Қонун
https://lex.uz/docs/5013007
2. Умумий ўрта таълим тўғрисида Низом
https://lex.uz/docs/3137130
3. Давлат хизматлари
— 1-синф онлайн қабул;
— ўқувчини бир мактабдан бошқа мактабга онлайн кўчириш;
— чет эл фуқаролари фарзандини мактабга қабул;
— экстернат имтиҳон;
— дубликат шаҳодатнома кўрсатиш бўйича Регламент
https://lex.uz/docs/6044094
4. Ўқувчилар ҳаракати
— ўқувчини бир мактабдан бошқа мактабга ўтказиш;
— ўқувчини хорижий давлатдаги таълим муассасасига ўтказиш;
— хорижий давлатда таълим олган Ўзбекистон Республикаси фуқаросини мактабга ўтказиш тўғрисида Низом
https://lex.uz/docs/2678463
5. Якуний давлат аттестацияси тўғрисида Низом
c https://lex.uz/docs/1331874
6. Мактаб битирувчиларига шаҳодатнома бериш тартиби
https://lex.uz/docs/6374834
7. Мактаб битирувчиларига олтин ва кумуш медаль бериш тартиби
https://lex.uz/docs/4211827
8. Педагогик кенгаш тўғрисида Низом
https://lex.uz/docs/2978386
9. Синфларни комплектлаш ва тарификация Низоми
https://lex.uz/docs/4919258
10. Педагогик мутахассисликларнинг намунавий йиллик иш режасини шакллантириш тартиби
https://lex.uz/docs/3876821
@metodmarkaz
@metodmarkaz
@metodmarkaz