Xorijiy diplomlarni tan olish bo‘yicha imtihonlar hududlarda ham tashkil qilinadi
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2023-yilning 20-may kuni o‘tkazilishi belgilandi. Bilim va malakalarni baholash agentligi sinovlar vaqtlari, binolar va talabgorlar ro‘yxatini e‘lon qildi.
👉@metodmarkaz
Бу йил "Сўнги қўнғироқ" қандай ўтказилади?
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилди.
Унга кўра:
👉 мактабларда тадбирни жорий йилнинг 25 май куни эрталаб соат 8:00 дан 9:00га қадар ташкил этилади;
👉 тадбирни тартибли ва хавфсиз ўтказиш мақсадида ушбу тадбирга фақатгина 1-, 4-, 9-, 11-синф ўқувчилари жалб этилади;
👉 тадбир маҳалла қўмитаси, ота-оналар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш идоралари вакиллари билан ҳамкорликда ўтказилади;
👉 мактаб ҳудудига техника воситалари ва бегона шахслар
киритилмайди;
❗️“Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини, босқичли назорат имтиҳонлари ва якуний давлат аттестацияларини ўтказишда, таълим муассасаларини янги ўқув йилига тайёрлаш борасида ўқувчи ва битирувчилар ҳамда уларнинг ота-оналаридан турли хил пул йиғимларига йўл қўйилмайди
@metodmarkaz
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-maydagi 01-06/3-255-sonli xati
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2022-2023-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha TAVSIYALAR
👉@metodmarkaz
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 109-sonli buyrug'i
⏳2023-yil 28-aprel
📜"🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 62-sonli buyrugʻi (ilovalari bilan)
⏳2023-yil 15-mart
📜"2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"
©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirlig
❗️Эндиликда маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари ҳар чоракда 3 млн 300 минг сўм миқдорда рағбатлантириб борилади.
Умумий ўрта таълим мактабларида тарбиявий ишларни самарали ташкил этган республика бўйича 200 нафаргача маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари ҳар чоракда 3 млн 300 минг сўм миқдорда Ёшлар ишлари агентлигининг махсус жамғармаси ҳисобидан рағбатлантириб борилади.
Бу ҳақда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги, Ёшлар ишлари агентлиги ҳамда Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий кенгаши томонидан жорий йилнинг 3 май куни имзоланган қўшма қарорида назарда тутилмоқда.
Умумий ўрта таълим муассасаларида ёшлар билан ишлаш самарадорлигини
ошириш чора-тадбирлари тўғ рисидаги қўшма қарори (3.05.2023 йил)
Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun toʻlanadigan ustamalar maʼlum qilindi
Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun:
➖ Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;
➖ Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigacha;
➖ Informatika kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizi;
🔹 Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizi;
Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uchun:
🔸 Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;
🔸 boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;
🔸 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigacha;
🔸Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha (bunda xodimning lavozim maoshi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq boʻlsa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan) to'lanadi.
Ayol oʻqituvchilar uchun:
🔺 Qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayol oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;
🔘 Shuningdek, joriy yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishli tanlov jarayonlaridan oʻtgan oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida ustama belgilangan.
Bu haqida Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.
🌐Manba
✅Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I
⚡️ Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingida ma'lum qilindi.
Xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlarga bazaviy ta'rif stavkalariga nisbatan:
🥇 oltin medal uchun 200 foiz;
🥈 kumush medal uchun 175 foiz;
🥉 bronza medali uchun 150 foiz.
👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 150 foiz;
👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 100 foiz;
👉 tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga ta’rif stavkalariga nisbatan – 50 foiz;
👉 xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga tarif stavkalariga ko‘ra – 50 foiz;
👉 kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog-kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining – 5.5 barobari;
👉 fizika-informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi to‘lovlariga – 50 foiz;
👉 chet tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ish haqiga – 50 foiz ustamalar beriladi.
🌐Manba
✅ Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
Jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi
🎚️ O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazining xabar beishicha o'qituvchilarning ish tajribasini ommalashtirish elektron platformasidan joriy yilning 23-yanvaridan – 1-fevraliga qadar bo'lgan muddatda 34 649 nafar o'qituvchilari ro'yxatdan o'tdi va jami 9 064 ta ijodiy ishlar kelib tushgan. Ulardan 2 848 tasini metodik qo'llanma, 5 419 tasini dars ishlanma, 797 tasini videodarslar tashkil etgan.
✍️ Elektron platformaga kelib tushgan jami 9 064 ta hujjatdan 2 048 ta ish dastlabki saralash bosqichidan o'tdi. Bunda eng yaxshi ishlar o'qituvchilar o'rtasida ovoz berish yo'li bilan aniqlangan.
🫥 2– saralashda elektron platformaga yuklangan ilg‘or ish tajribalarini baholash jarayoniga barcha fanlar kesimida 254 nafar ekspert jalb qilingan.
🏃♂️ So'nggi baholash natijalariga ko'ra, jami 454 ta ish ommalashtirishga tavsiya etildi. Shulardan 3 ta Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 68 ta ish Respublika, 104 ta ish viloyat, 279 ta ish tuman bosqichda ommalashtirilgan.
Quyidagi havola orqali Ilmiy metodik kengash qarori va sertifikatlarni onlayn shaklda yuklab olish mumkin:
➡️ http://certificate-ommalashtirish.uz/table
⚙️ Sertifikatlarni yuklab olish uchun yo'riqnoma
©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi
Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I
"Kundalik" elektron sinf jurnalida har qanday nazorat turi bo'yicha o'quvchilarni 3 kun ichida baholang!
🛑“Kundalik” elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga muvofiq tizimda 2023-yilning 15-aprelidan cheklov (muzlatish) o‘rnatilishini, hamda kiritilgan chorak va yillik baholarga maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalariga rasmiy xatsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyati bo‘lmasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 04-04/2-119-sonli xati orqaliogohlantirilgan.
‼️15-apreldan chorak va yillik baholar, “Kundalik” elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish uchun cheklovlar o'rnatildi. Bu nafaqat joriy nazorat uchun qo'yilgan ballarni 72 soat ichida o'zgartirish imkoni borligini anglatishi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2021-yil 6-sentabrda tasdiqlangan "Ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida"gi 284-sonli buyrug'iga 1-ilova "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi NIZOM"ning 2-bob 14-bandida umumta'lim muassasasi rahbar va pedagog xodimlarining majburiyatlari aks ettirilgan 5-xatboshi e kichik xatboshida:
"yozma nazorat (test) ishlari o‘tkazilgan taqdirda o‘qituvchi tomonidan ishni tekshirishi va o‘quvchilarga ish uchun baho qo‘yishini quyidagi muddatlarda amalga oshiradi:
- matematika (algebra) fanidan 5-8-sinflarda nazorat diktantlari va testlari tekshirilib va keyingi darsga, 9-sinflarda uch kun davomida elektron jurnalga kiritiladi;
- o‘zbek, rus va ingliz tilidagi bayon va insholar, yozma ishlar 5-8-sinflarda bir haftadan kechiktirmay tekshiriladi va elektron jurnalda ko‘rsatiladi, 9-11-sinflarda 10 kundan kechiktirilmay elektron jurnalga kiritilishi lozim;
f) 9-11-sinflarda matematika (algebra), fizika, kimyo fanidan testlar 4 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda tekshiriladi va elektron jurnalga kiritiladi. " - deb ko'rsatilgan bo'lsa-da, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 04-04/2-119-sonli xatidagi cheklovlar tufayli endilikda har qaysi sinfdagi har qanday nazorat turi orqali baholanishi lozim bo'lgan baholash dars boshlangan vaqtdan boshlab 72 soat ichida baholash lozimligi haqida ogohlantirilmoqda (nazorat turini DJ dan NI ga va hklarga o'zgartirilgan taqdirda foizlar tushib ketmaydi).
Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi
Барча ёшдаги фарзандларнинг таълимига йўналтирилган тўловлар солиқдан озод қилинади
2023 йил 1 августдан бошлаб, солиқ тўловчилар томонидан ёшидан қатъи назар фарзандларининг Ўзбекистондаги таълим ташкилотларида ўқиши учун йўналтириладиган тўловлар солиқ солинмайдиган даромадлар тоифасига киритилади.
👉 https://kun.uz/10526033
Kun.uz расмий канали
“Кундалик” электрон синф журналига ўз вақтида қўйилмаган жорий, чорак ва йиллик баҳолар устунидаги камчиликларни бартараф этиш қуйидаги тартибда амалга оширилади:
а) фан ўқитувчиси нима сабабдан ва қайси сана устунига баҳо қўймаганлигини батафсил ифодалаб мактаб директори номига тушунтириш хати ёзган ҳолда ёзма мурожаат қилади;
б) мактаб директори ва директорнинг ўқув ишлар бўйича ўринбосари фан ўқитувчиларидан тушган ёзма мурожаатлар асосида ўз вақтида қўйилмаган жорий, чорак ва йиллик баҳолар устунидаги камчиликларни бартараф этиш бўйича ҳамда Халқ таълими вазирининг (Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги) 2022-йил 24- июндаги 205-сон буйруғининг 7-бандида кўрсатилган функционал вазифаларига совуққонлик билан қарагани, ўз мажбуриятларини тўлиқ бажармаганлигини ифодалаб туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлими мудири номига тушунтириш хати ёзган ҳолда ёзма мурожаат қилади;
д) мактаб директорларидан тушган ёзма мурожаатлар асосида туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлими мудири камчиликка йўл қўйган раҳбар ходимлар ва педагог кадрлар иштирокида танқидий кўринишда камчиликларни бартараф этиш бўйича муҳокама йиғилишини ўтказади.
Муҳокама йиғилиши баённома шаклида расмийлаштирилади.
Баённома қарорида: ‒ ўз вақтида баҳо қўйишга улгурилмаган, тизимда музлатилган устун санаси, ўқувчининг синфи, Ф.И.Ш ва баҳоси кўрсатилиб, ушбу санага баҳо қўйиш имкониятини яратиш мақсадга мувофиқ деб топилиши;
‒ муҳокама йиғилиши баённомасининг нусхаси туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлими мудири номидан расмий хат билан ҳудудий бошқармага тақдим этилиши кераклиги кўрсатиб ўтилиши керак.
э) Муҳокама йиғилиши баённомасининг нусхаси ҳудудий бошқарма томонидан расмий тарзда Вазирликка тақдим этилганидан сўнг музлатилган устундаги йўл қўйилган камчиликлар бартараф этилади.
Мактабгача ва мактаб таълими вазири ўринбосарининг хатидан
👉@shavkat_xojaqulov
#олимпиада
Асосий олимпиаданинг IV (республика) босқичи қачон ва қаерда ўтказилиши маълум бўлди
Батафсил:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/18818
—————————
Стало известно, где и в каком порядке пройдет IV (республиканский) этап основной олимпиады
Подробно:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/18818
🚀 @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
⚡️Асосий олимпиаданинг IV (республика) босқичи 14 майдан 29 майгача ўтказилади
✅ Асосий олимпиаданинг IV (республика) босқичи қаерда ва қачон ўтказилиши маълум бўлди:
➡️ Она тили ва адабиёти; Рус тили ва адабиёти; Ўзбек тили ва адабиёти; Қозоқ тили; Тожик тили; Қорақалпоқ тили ва адабиёти; Тарих; География фанлари Фарғона шаҳридаги Хорижий тиллар мактаб-интернетида 14-17 май кунлари;
➡️ Кимё; Биология; Физика фанлари, Ал-Хоразмий номидаги олимпиада (кимё, биология, физика) Бухоро шаҳридаги 23-сон махсус мактаб-интернетида 19-22 май кунлари;
➡️ Математика; Информатика ва ахборот технологиялари; Хорижий тиллар (инглиз, немис, франсуз тили) фанлари Тошкент шаҳридаги Амитй университетида 19-22 май кунлари;
➡️ Математика (махсус мактаблар учун); Она тили ва адабиёт (махсус мактаблар учун); Тарих (махсус мактаблар учун) фанлари Тошкент шаҳридаги 102-сон махсус мактаб-интернетида 26-29 май кунлари ўтказилади.
☝️Математика фанидан Ал-Хоразмий номидаги олимпиада май ойининг охири, июнь ойи бошида Тошкент шаҳрида ўтказилади. Аниқ саналари тез орада эълон қилинади.
💯Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!
👉 @metodmarkaz
#Биласизми
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарорига мувофиқ, қуйидаги йўналишларда 3 йил ўқиб, бакалавр дипломини олиш мумкин:
➖ Мусиқа таълими
➖ Жисмоний маданият
➖ Технологик таълим
➖ Чақириққача ҳарбий таълим
➖ Тасвирий санъат ва муҳандислик графикаси
➖ Мактабгача ва бошланғич таълимда жисмоний тарбия ва спорт.
@oylikhisoblaydigan_bot – ойлик ҳисоблаш учун бот
Каналга уланиш👇
@metodmarkaz
#Тезкор #Хушхабар
⚡«Педагог ходимнинг мақоми тўғрисида»ги қонун лойиҳаси ванихоят 3 йил деганда мақулланди
Бу Қонунда педагогларга:
➖ 5 йил олдин имтиёзли пенсияга чиқиши;
➖ уй-жой ва автотранспорт сотиб олиш учун йўналтирилган маблағлари даромад солиғидан озод этилиши;
➖ йилда бир марта моддий ёрдам берилиши;
➖ кўп йиллик хизмати учун устама тўланиши;
➖ ОТМларга имтиёзли асосда қабул қилиниши
Батафсил👉 @metodmarkaz
#Bilasizmi
Yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda toʻlanadi?
Amaldagi qonunchilikka qoʻra, yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar oʻquvchining ota-onasi, shuningdek ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki oʻqituvchilar tomonidan quyidagi tartibda toʻlanadi:
— darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalar koʻrinishida;
Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymat miqdorida:
👉 birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;
👉 2 – 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 – 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv metodik qoʻllanmalari uchun – uning toʻrt baravari miqdorida.
➡️ @metodmarkaz
⚡️⚡️Талабa бўлиш истагидаги аёл-қизлар шошилинг: Оила ва хотин-қизлар қўмитасидан тавсиянома олиш учун аризалар қабули бошланди
✅ Ҳукумат қарорига мувофиқ мутахассислиги бўйича камида 5 йил меҳнат стажи мавжуд, бироқ олий маълумотга эга бўлмаган хотин-қизлар давлат олий таълим муассасаларига алоҳида қабул параметрлари (жами 500 та квота) доирасида тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиниши белгиланган.
📝Ушбу имтиёздан фойдаланмоқчи бўлган хотин-қизлар Оила ва хотин-қизлар қўмитасининг тавсияномасига эга бўлишлари лозим.
🗣Тавсиянома олиш учун талабгорлар қуйидаги мезонларнинг барчасига мувофиқ келиши керак:
⏺ ўрта махсус ёки профессионал таълим бўйича мутахассисликка
эга бўлиши;
⏺ тавсиянома олгунга қадар олий таълим олмаганлиги ёки олмаётганлиги;
⏺ ўрта махсус ёки профессионал таълим мутахассислиги бўйича камида беш йиллик меҳнат стажига эга бўлиши.
📝 Талабгорлар жорий йилнинг 1 июнига қадар (шу куни ҳам) ариза билан доимий яшаш ёки вақтинча рўйхатда турган жойидаги туман (шаҳар) Ишчи гуруҳларига мурожаат этадилар ва қуйидаги ҳужжатларни тақдим этадилар:
😉 Фуқаролик паспорти ёки ID карта нусхаси;
😉 Меҳнат дафтарчаси (электрон меҳнат дафтарчаси)дан кўчирма;
😉 Ўрта-махсус ёки профессионал таълим бўйича диплом.
🔎Талабгорлар томонидан тақдим этилган ариза ва ҳужжатлар туман (шаҳар) Ишчи гуруҳлари томонидан ўрнатилган тартибда 1-7 июнь кунлари кўриб чиқилади ва тавсиянома бериш ёки тавсиянома беришни рад этиш тўғрисида хулоса қабул қилинади.
‼️2022/2023 ўқув йилида тавсиянома олган, бироқ олий таълим муассасаларида талабаликка тавсия этилмаган хотин-қизларнинг тавсияномалари 2023-2024 йиллар учун ҳам амал қилади.
@metodmarkaz
⚡️25 yillik maxsus stajga ega pedagog xodimlar umumiy belgilangan yoshni 5-yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻlishlari mumkin
2023-yil 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Yigʻilishda shuningdek, «Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham atroflicha koʻrib chiqilib, maʼqullandi.
«Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining 21-moddasiga koʻra (Pedagog xodimlarni ijtimoiy himoya qilish), pedagog xodimlar umumiy belgilangan yoshdan 5-yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.
Qonun loyihasining 28-moddasiga koʻra, pedagog xodimlar, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʻqituvchilari – maxsus ish staji kamida 25-yil boʻlgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5-yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
Demak, agar Qonun qabul qilinsa 25-yillik maxsus stajga ega pedagog xodimlar: erkaklar — 55 yoshga toʻlganda; ayollar — 50 yoshga toʻlganda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlishlari mumkin boʻladi
➡️
@metodmarkaz
⚡️Энди ўқитувчи, мактаб директори, унинг ўринбосарлари, психолог, кутубхоначи ҳамда тарғиботчиларга ҳам 56 календарь кундан иборат меҳнат таътили берилади
"Педагог ходимларга меҳнат таътили беришнинг янгича тартиби ишлаб чиқилди", - деб ёзмоқда Халқ таълими инфо телеграм канали:
Маълумки, янги таҳрирда қабул қилинган Меҳнат кодексига мувофиқ барча ҳолларда қонунчилик билан белгиланган таътилларни жамлашда уларнинг давомийлиги бир иш йили учун 56 календарь кун этиб белгиланди.
Педагог ходимларга бериладиган меҳнат таътиллари давомийлигини тартибга солиб турувчи аввалги қўшма қарор жуда эскирганлиги боис янги Меҳнат кодекси талаблари асосида Ўзбекистон таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси республика кенгаши томонидан қўшма қарор лойиҳаси ишлаб чиқилди.
Қарор лойиҳасида нафақат ўқитувчиларга, балки мактаб директори, унинг ўринбосарлари, психолог, кутубхоначи ҳамда тарғиботчиларга ҳам 56 календарь кундан иборат бўлган меҳнат таътили берилиши назарда тутилган.
Бугун мазкур ҳужжат лойиҳаси муҳокамасининг охирги куни ҳисобланади. Демак, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги бир неча масъул идоралар билан биргаликда бу ҳужжатни имзолаши билан кучга киради.
Ҳужжат расман кучга кириши билан мактабларда фаолият юритувчи барча ходимларнинг меҳнат таътили муддати ҳақида тўлиқ маълумот берамиз. Бизни кузатишда давом этинг.
👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.
Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 04-04/2-366-sonli xati
⏳2023-yil 5-may
📜"“Kundalik” elektron sinf jurnaliga oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish, umumta‘lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida “jismoniy tarbiya” fanidan nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan kunda to‘g‘ri kelib o‘tilmay qolgan barcha fan mavzularini kelgusi haftadagi dars davomida tig‘izlashtirib o‘tish maqsadga muvofiqligi haqida"
©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I
☄️Ta'limga oid eng muhim savol va murojaatlarga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tegishli mas'ullarining javoblari to'plami
Xabaringiz bor, yaqindan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Vazirga murojaat” portali ish boshladi.
Yurtdoshlarimiz ushbu manzilga o‘zlarini qiziqtirgan tizimga oid savol, murojaat va takliflarini yuborishlari belgilangan.
Portalga kelib tushgan savol va murojaatlarga tegishli mas’ullar tomonidan berilgan javoblar jamlanmasi: ➡️
Googlе for Education" sertifikatiga ega o'qituvchilarga oylik ustama bir vaqtning o'zida, ham asosiy ish joyidan, ham o'rindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan to'lanishi mumkinmi?
" Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi" tanlovida sovrinli o'rinlarni egallagan, "O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan o'qituvchilarning oylik maoshiga har oylik ustamalar belgilanadimi?
Nega ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasida bepul ovqatlanish va yotoqxona mavjud emas?
Vazir jamg'armasidan belgilangan ustama kimlarga beriladi? Uning berilish tartibi qanday?
Maktab o'qituvchisi bo'lib ishlayotgan II guruh nogironlarining Milliy sertifikat olishlari uchun testga qatnashishi va uning to'lovini to'lashda biror imtiyoz belgilanganmi?
Oliy ta’lim muassasalarining “Maktab menejmenti” bitiruvchilari maktabda qanday lavozimlarda ishlashlari va qaysi fandan dars berishlari mumkin?
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilidan dars berayotgan hamda IELTS darajasiga ega xodimlarga ham ustama belgilanganmi?
2023-yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to'lmagan bolalar yangi o'quv yilida 1-sinfga qabul qilinadimi?
11-sinf o’quvchisi yoz oylarida xorijiy davlatlardan birida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro olimpiada ishtirok etsa, maktabdagi bitiruv imtihonlaridan ozod qilinishi mumkinmi?
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul jarayonlari qay tartibda bo‘ladi? Kirish imtihonlarida qatnashish shartlari qanday?
Umumta'lim maktablari o‘qituvchilarining sinf rahbarligi uchun qanday ustama va imtiyozlar belgilangan?
©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
✅Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I
#️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish ham 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.
Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.
©️O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I
“Kundalik” tizimida “Jurnallar” bo‘limi yangilandi
Yangilangan “Jurnallar” bo‘limi bilan ishlash o‘qituvchilar uchun yanada qulayroq bo‘ldi. Endilikda darsbay rejalashtirish “Fan bo‘yicha jurnal” bilan bir sahifaga chiqarildi. Ilgari o‘qituvchi ko‘proq ishni bajarishi kerak edi: jurnalga kirish hamda alohida sahifada darsbay rejalashtirishni ochish. Bugungi kunda o‘qituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin.
O‘qituvchilarning iltimosiga ko‘ra, “Kun uchun jurnal”da “dars o‘tkazildi” katagiga belgi qo‘yish mumkin bo‘ldi. Endi siz “Kun uchun jurnal”da davomat va baholarni belgilashingiz hamda darhol dars o‘tkazilganligini belgilashingiz mumkin.
Shuningdek, interfeys dizayni ham yangilandi, u yanada zamonaviy va qulay bo‘ldi. O‘qituvchilar jurnalni “Kundalik”ning veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek Kundalik.Teacher ilovasida to‘ldirishlari mumkin.
MMTV huzuridagi Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining iltimosiga binoan, sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi.
Uzrli sababli:
• Uzrli sababga ko‘ra qatnashmaslik (p | dq)
• Kasallik sababli yo‘qligi (b | k)
Uzrli sababsiz:
Uzrli sababsiz qatnashmaslik (n|s)
• Muntazam o‘tkazib yuboradi (c | m)
•Ruxsatsiz xorijda (zg | ch)
• Ota-onalar o‘qishiga qarshilik qiladilar (rp | q)
• Ota-ona nazorati yo‘q (bk | ns)
Turmush qurganligi sababli o‘tkazib yuborgan (cn | tq)
Boshqa sabablar:
• Darsga kechikkanligini bildirish (o | kq)
Direktorlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Ma’naviyatni boshqarish, Maktab” hama “Ma’naviyat boshqaruvi”, “Sinf rahbari uchun” davomat hisobotlari paydo bo‘ldi, bu esa nazorat qiluvchi organlarga ma’lumotlarni uzatishni soddalashtiradi.
Dars o‘tilgan kundan boshlab 72 soatdan keyin baholarni tahrirlashni taqiqlash 2023-yil 26-apreldan kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va o‘quv jarayonining shaffofligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug‘iga asosan baholar “Kundalik” elektron sinf jurnaliga onlayn va oflayn rejimda kiritiladi.
Onlayn kiritilgan baholar “Oʻzgarishlar tarixi” boʻlimida kuzatiladi va ularni 72 soat ichida oʻzgartirish (toʻldirish) mumkin. Boshqa hollarda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga rasmiy xat bilan murojaat qilishingiz kerak.
🌐Manba:
🔽🔽🔽
✅ /channel/uzedu/21194
Kanalga a'zo bo'lish I Savol yuborish I Muhokama guruhi I
⚡️Kundalik.com бўйича муҳим эслатма
Давлат имтиҳони йўқ фанлар чорак ва йиллик баҳолари қўйилади. Имтиҳон ва натижа графасига ОЗ белгиси қўйилади. Давлат имтиҳони бор фанлар чорак, йиллик, имтиҳон баҳоларини қўйишади ва натижа графасига имтиҳон ва йиллик баҳоларнинг ўртачаси қўйилади
*Изоҳ: Ўртача балл имтиҳон ва йиллик баҳо қўшиб иккига бўлиб чиқарилади.
👉 3,5 гача бўлган балларга «3» баҳо;
👉 3,6 дан 4,5 гача бўлган балларга «4» баҳо;
👉 4,6 дан 4,9 гача бўлган балларга «5» баҳо.
Ўқувчи ўзлаштиришига қараб:
👉 3,5 баллга 4 баҳо
👉 4,5 баллга 5 баҳо қўйиш ўқитувчига боғлиқ.
Ойлик ҳисоблаш учун бот
@metodmarkaz
Айниқса Миллий тикланиш партияси депутатининг таклифи жуда ўринли бўлибди,анча иш ўрни бўшайди,кўп ёш кадрлар ишли бўлади,ростдан ҳам 55 ёш эркаклар ва 50 ёш аёллар учун нафақага чиқиш учун энг мақбул ёшдир педагогик сохада
@metodmarkaz
#абитуриент
#мактаб_битирувчиларига
Мактаб баҳоси ўқишга киришда ҳисобга олинади.
Бу тизим қандай ишлайди?
Батафсил:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/18822
————————
При поступлении в вуз учитываются школьные оценки.
Как работает эта система?
Подробно:
➡️ https://idum.uz/ru/archives/18822
🚀 @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисобловчи бот
#устама
Вазир жамғармасидан 5 млн сўмлик устамани олиш учун нималар қилиш керак?
Батафсил👉https://muallimlar.uz/?ru=1257
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Каких результатов нужно достичь, чтобы получать ежемесячную надбавку из Фонда министра?
Подробно👉https://muallimlar.uz/?ru=1257
👉«Ўқитувчи» канали | Ойлик маошни ҳисобловчи бот
⚡️ Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги Конституцияси тўлиқ шаклда.
⚡️Ўзбекистонда янги таҳрирдаги Конституция бугун 1 майдан эътиборан расман кучга кирди.
@metodmarkaz
Перевод: uz-ru
⚡️ Новая редакция Конституции Республики Узбекистан находится в полной форме.
⚡️С 1 мая официально вступила в силу новая редакция Конституции Узбекистана.
@metodmarkaz
Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarning taklif va istaklari, shuningdek jamoatchilik muhokamasi doirasida kelib tushgan takliflar asosida qayta ishlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi Rayosati qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim qilingan bo‘lib, joriy yilning 2-may kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tishi hamda birinchi o‘qishda qabul qilinishi kutilmoqda.
Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.
Oliy majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 2-may kuni soat 15:00da Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Янги таҳрирдаги Конституция бугун, 1 майдан кучга киради
2023 йил 30 апрелдаги Ўзбекистон Республикаси референдумида қабул қилинган “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни (Марказий сайлов комиссиясининг 2023 йил 1 майдаги 1245-сонли қарорига асосан) 2023 йил 1 майдан эътиборан кучга кирган.
Марказий сайлов комиссияси
👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.
Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇
@metodmarkaz