#Bilasizmi
Sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerak?
Sanepidqo‘mita tavsiyaga ko‘ra, yengil jismoniy ish uchun havo harorati kamida 21 daraja va nisbiy namlik esa 40-60 foiz bo‘lishi lozim.
@metodmarkaz
⚡️Мактабларда кузги таътил 4 ноябрдан бошланади
Мактаб ўқувчилари учун чоракнинг
сўнгги куни 2 ноябрга тўғри келиб, 4 ноябрь кузги таътилнинг илк куни саналади. Таътил 6 календарь кун, яъни 9 ноябргача давом этади. II чорак эса 11 ноябрдан бошланади.
Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йилдаги 140-сонли қарори билан тасдиқланган Низомга мувофиқ, ўқувчилар учун таътил кунлари қуйидагича белгиланган:
☑️кузги татил - 4 ноябрдан бошлаб
календарь кун;
☑️қишки таътил - 28 декабрдан бошлаб 14 календарь кун;
☑️баҳорги таътил - 21
календарь кун;
☑️ёзги таътил - охирги босқичли назорат синови ўтказилган кундан (босқичли назорат ўтказилмайдиган синфлар учун ўқув йили тугаган кундан кейинги кундан) бошлаб 1 сентябргача
1-синф ўқувчилари учун эса февраль ойи давомида қўшимча бир ҳафталик таътил белгиланади.
Маълумот учун: Таътилнинг охирги куни байрам (ишланмайдиган) кунга тўғри келиб қолган тақдирда, дарс машғулотлари кейинги иш кунидан бошлаб давом эттирилади.
Байрам (ишланмайдиган) кунларига тўғри келиб қолган дарс машғулотларининг мавзулари ўқув дастурларини ихчамлаштирган ҳолда кейинги дарс машғулотларида ўтказилади.
✅ ХОКИМ БУВА - Подписаться.
❗️ #ПКА_2024 #Педагогларга_ёрдам
‼️ Андижон вилояти педагоглари учун эълон!
Ҳудуд номи-Андижон вилояти;
Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи - Педагогларни янги методикаларга ўргатиш миллий маркази ( Андижон шаҳар, Истиқлол кўчаси 8-уй, мўлжал: собиқ Малака ошириш инстутуи)
Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2024 йил 29 октябрь;
Малака (тест) синовларида иштирок этадилар -Информатика ва ахборот технологиялари фани ўқитувчилари;
‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади: - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА
Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
⚡️Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi
Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.
Unga koʻra:
➖Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktyabr (1 kun);
➖Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktyabr (2 kun);
➖Boshlangʻich taʼlim fanidan — 1-2, 4-noyabr (3 kun);
➖Oʻzbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr (2 kun);
➖ Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik — 7-8-noyabr (2 kun);
➖ Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari — 9-noyabr (1 kun);
➖Fransuz tili, Ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili — 11-12-noyabr (2 kun);
➖Rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);
➖ Jismoniy tarbiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr (1 kun);
➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, psixologi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog, qoraqalpoq tili (Davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr (1 kun);
— Boshqa fanlar 16-noyabr kuni (1 kun);
@metodmarkaz
Toifa olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish 1-oktyabrga qadar davom etadi
📌 Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlandi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabri oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestasiyada ishtirok etishlari uchun 1 avgustdan 1 oktyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishi va murojaat yuborishi mumkin.
📌 Murojaatlarni:
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining veb-saytidagi 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasi orqali;
✅ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz orqali
✅ Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
📆 Avgust - sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi;
📆 Oktyabr - Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi;
📆 Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
💲 Ro'yxatdan o'tish narxi:
Navbatdagi majburiy topshiradiganlar uchun - BEPUL
Navbatdan tashqari - 306 ming so'm
©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
👉 Attestatsiyaga tayyorgarlik uchun TESTLAR
Ro'yxatdan o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr ga murojaat qiling
📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!
Ta'lim muassasalarida shtatlar qisqarishi mavzusida ovozli chat o'tkaziladi
Xabaringiz bor, yangi o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida bir qator lavozimlar, jumladan, psixolog, kutubxonachi va laborant shtatlari qisqarishi kutilmoqda.
Bu o‘zgarish qanday amalga oshirilishi haqida hali ham ko‘pchilik to‘liq ma'lumotga ega emas. Shu bois, ko‘p uchrayotgan savollarga javob berish maqsadida, @xalqtaliminfo telegram kanalida maxsus ovozli chat tashkil qilinadi.
🎙 Mazkur chat davomida quyidagi savollarga aniq javoblar beriladi:
➖Shtati qisqarayotgan xodimlarga qanday imtiyoz va kafolatlar taqdim etiladi?
➖Kimlar o‘z ish joyida qoladi?
➖Fizika va kimyo fani o‘qituvchilari orasida kabinet mudirligi to'lovlari qay tartibda amalga oshiriladi?
➖Maktab psixologlaridan qaysilari o‘z lavozimida qoladi?
👤Ovozli chat mehmoni: Muhammadamin Karimjonov — mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis.
👤Spiker: Ulug'bek Po'latov — xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori.
⏱Ovozli chat o'tkaziladigan sana: 12-sentyabr, payshanba, soat 19:00.
*Ovozli chat @xalqtaliminfo telegram kanalida o'tkaziladi.
🎤 Ovozli chatda qatnashish
Telegram I Facebook I Instagram
Asaka tumanidagi "Nihol school" tillarga ixtisoslashgan boshlang'ich 1-4-sinflar uchun xususiy maktabiga qabul boshlandi!
✅Dars jarayonlari Rus tilida olib boriladi
✅Ingliz-Koreys tillari
✅Matematika
✅Mental arifmetika
✅Prezident maktablariga tayyorlov
✅Sport va fan toʻgaraklari
✅2 mahal sifatli taomlanish
📍Asaka tumani Umid koʻchasi Huzur kafesi qarshisida
☎️+998-97-278-70-00
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⤵️
Telegram | Instagram | Facebook
#Variativ_sinflar_uchun_taqvim_mavzu_reja
#2024_2025
📘Tarix
#7_11_sinflar
Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|edurtm_uz">You Tube|Facebook|Instagram
✨ Сайёхат ва Зиёрат Туризм
📣 ТОШКЕНТ - САМАРКАНД - БУХОРО
📆 25-август куни бошланади
♾ Саёхат давомийлиги: 5 кун
ТОШКЕНТ шахрида
🎡 Toshkent city
🏙 Magic city
🎢 Seoul Moon
САМАРКАНД шахрида
🕌 Регистон Майдони
🕌 Бибихоним Мажмуаси
🕌 Хазрати Хизир масжиди
🕌 И.Каримов макбараси
🕌 ШохиЗинда
⛩ Самарканд Sity / Мусикали Фавора
Ва бошка тарихий обидаларга Сайёхат- Зийёрат
БУХОРО шахрида
🕌 Етти Пир тулик зиёрати
🕌 АРК мажмуаси
🕌 Минораий Калон
🕌 Савдо Тоглар мажмуаси
🕌 Лаби Ховуз
Ва бошка тарихий обидаларга Сайёхат - Зийёрат
‼️ Андижондан гурух булиб кетилади
✅ Тур ичига қуйидаги хизматлар киради:
🚅 Темирйўл чипталари
🚎 Замонавий Автобус хизмати
🏫 Барча кулайликларга эга шинам меҳмонхона
🍽 Уч маҳал тансик таомлар
🕌 Музей ва Обидалар чипталари
👩⚖️ Гидлар хизмати
👨💻 Батафсил маълумотлар:
☎️ +998940095255
☎️ +998330775755
/channel/ichkiturizm007
MG-TUR САЙЁХАТ АГЕНТЛИГИ
📍 Манзил: Андижон ш. Амир Темур кучаси. 22 А-уй (Автовокзал рупараси)
#Фото
❓Мактабларда жорий этиладиган “Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожланиш соати” тадбирлари қайси кунларда ташкил этилади?
✅Умумий ўрта таълим муассасалари ўқитувчилари учун фанлар кесимида “Касбий ривожланиш куни” ва “Касбий ривожланиш соати” тадбирлари ташкил этиладиган кунлар қуйидагича белгиланади:
➡️ Душанба: Ижтимоий фанлар (тарих, давлат ва ҳуқуқ асослари, тарбия) ўқитувчилари;
➡️ Сешанба: Филология фанлари (она тили ва адабиёт, ўзбек тили/рус тили) ўқитувчилари;
➡️ Чоршанба: Табиий фанлар (физика ва астрономия, кимё, биология, география ва иқтисодиёт, табиий фан – Science) ўқитувчилари;
➡️ Пайшанба: Аниқ фанлар (математика, информатика ва ахборот технологиялари) ўқитувчилари;
➡️ Жума: Хорижий тиллар ўқитувчилари;
➡️ Шанба: Амалий фанлар (тасвирий санъат, чизмачилик, мусиқа маданияти, технология, жисмоний тарбия, чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик) ўқитувчилари
‼️ Maktablardagi B2 sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga yana bir yil muddat beriladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatda maʼlum qilinishicha, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).
Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan.
Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.
⚡️Расман: Янгиланган супер-контракт нархлари ҳозирдан эълон қилинди!
Мазкур файлда 2024/2025 ўқув йили учун йўналишлар кесимида табақалаштирилган (супер) тўлов-контракт миқдорлари билан танишишингиз мумкин.
— Кундузги
— Сиртқи
— Кечки
— Масофавий
Эслатиб ўтамиз, супер-контракт фақатгина 1-курсда тўланади. Кейинги йилдан ҳамма қатори оддий контракт тўлаши ва ҳаттоки, янги тартибга кўра яхши ўқиса грантга ўтиши ҳам мумкин. Бундан ташқари, супер-контрактнинг 12% қисмини қайтариб олиш мумкин.
⚡️ 1-AVGUSTDAN 1-OKTABRGACHA KUZGI ATTESTATSIYA O'TKAZILADI
MMTVning 2024-yil 4-iyundagi 06-21-1046-sonli xati
Malaka sinovlari oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. P.S. Oktabrda inglizlarga yana test shaklida boʻladi ... Hali oldingi attestatsiya uchun sertifikatlar kabinetda koʻrinmadi vazirlik esa oʻqituvchilarni yozda ham tayyorgarlik koʻrishsin deb oldindan ogohlantirishmoqda...
@metodmarkaz
⚡️Бир ярим ставка дарс олган ўқитувчиларнинг бир ставкадан ортиқ бўлган дарслари энди вакант сифатида қайд этилмайди
Вазирлар Маҳкамасининг 275-сонли қарори билан тасдиқланган низомнинг 3-иловасига «Ўқитувчиларнинг тарификация рўйхати асосида ўқитувчиларга бир ярим ставка миқдоригача белгиланган дарс соатларининг бир ставкадан ортиқ бўлган қисми бўш иш ўринлари сифатида қайд этилмайди», - деган банд қўшилган.
Яъни бу ўқув йилидан бошлаб, умумтаълим муассасалари ўқитувчиларига бир ярим ставкагача ажратилган дарс соатлари вакант дарс соат сифатида туман (шаҳар) аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларига бериладиган ҳар ойлик ҳисоботларга киритилмайди. Шу сабабли бир ярим ставка дарс олган ўқитувчилар “Энди дарсимни олиб қўйишади” деган хадикда бўлмаса ҳам бўлади.
@metodmarkaz
❗️Og‘ir sumkalar maktab o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy ta’sir qiladi
🩰 Yoshlikda uzoq vaqt og‘ir sumka ko‘tarib yurish skoliozga, umurtqa pog‘onasining egriligiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib keladi.
✅ Portfel vazni standartlari:
• 1-2-sinf - 1,5 kg dan ortiq emas;
• 3-4-sinf - 2 kg dan ortiq emas;
• 5-6-sinflar - 2,5 kg dan ortiq emas;
• 7-8-sinflar - 3,5 kg dan oshmasligi kerak;
• 9-11-sinflar - 4 kg dan ortiq emas.
Ota-onalarga yuborib qo‘ying
@metodmarkaz
❓Болаларни спорт тўгаракларига неча ёшдан берган маъқул?
⚽️ Футбол - 10-11 ёш;
🏀 Баскетбол - 10-12 ёш;
🏐 Волейбол - 10-12 ёш;
🎾 Теннис - 7-9 ёш;
🤼 Кураш (барча тури) - 10-12 ёш;
🏃♂️ Енгил атлетика - 10-12 ёш;
🏒 Хоккей - 10-11 ёш;
🏓 Стол тенниси - 7-9 ёш;
🤸 Спорт гимнастикаси:
▫️ўғил болалар - 8-9 ёш;
▫️қиз болалар - 7-8 ёш;
🚴 Велоспорт - 12-13 ёш;
🤽 Сув полоси - 10-12 ёш;
🥊 Бокс - 12-14 ёш;
🏸 Бадминтон - 10-12 ёш;
♟ Шахмат - 9-12 ёш;
🏊♀️ Сузиш - 7-8 ёш;
🏋️ Оғир атлетика - 13 ёш.
@METIDMARKAZ
Qalbaki sertifikat ishlatgan o‘qituvchilarga nisbatan qanday chora ko’riladi?
Umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tizimi joriy qilingan.
Shuningdek, malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglar ham qo‘shimcha haq oladilar. Ushbu qo‘shimcha haqlar malaka toifasini olganlik to‘g‘risidagi sertifikat asosida to‘lab boriladi.
❌ Ammo, ba’zi holatlarda o‘qituvchilar tomonidan qalbaki sertifikat ishlatish holatlari kuzatilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimi Sardor Rahimboyevning xalqtaliminfo.uz’ga ma’lum qilishicha, tizimga soxta sertifikatlar kiritish holatlari ham uchrab turibdi.
“Ayrim pedagoglarimiz boshqa o‘qituvchining sertifikatini qalbakilashtirib, o‘z nomiga rasmiylashtirishga urinishmoqda. Ammo bu harakatlari bilan o‘zlarini noqulay ahvolga solib qo‘ymoqdalar, chunki platformaga qalbaki sertifikatlarni yuklash imkoni yo‘q,” — deydi Sardor Rahimboyev.
#Sõragan_edingiz
Endi o’qituvchilar har 5 yilda malaka oshiradimi?
Endi o'qituvchilar offlayn yoki onlayn ravishda bir yilda bir marotaba emas, faqat 5 yilda bir marotaba malaka oshiradimi? Yangi tartib qanday bo'ladi?
Bu savlovga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida javob berilgandi
@metodmarkaz
❗️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Юридик бошқарма бошлиғи Хуршид Асроров фарзандлари сабабсиз дарс қолдирган ота-оналарни огоҳлантирди.👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEC3FZ6kdZ99w4BwBg
⚡️Ўқувчиларга дарс жараёнини уяли алоқа воситасининг камераси орқали тасвирга олиш тақиқланади
“Умумий ўрта таълим муассасасининг такомиллаштирилган намунавий одоб-ахлоқ қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида”ги 282-сонли буйруқда мазкур меъёрлар белгиланган.
❌Унга кўра ўқувчиларга таълим муассасасида қуйидагилар тақиқланади:
➡️ таълим муассасаси уставида ман этилган либос ва қиёфада, жумладан ўғил болалар калта шим, футболка, шиппакда ва қиз болалар калта, тор ва танани очиқ кўрсатувчи юпқа (ҳарир) кийимда келиши ҳамда бўйни ва бармоқларига турли хил
тақинчоқлар тақиши;
➡️ ўзаро муносабатларда инсон шахсиятини ва қадр-қимматини камситиш (дискриминация), ҳақорат қилиш ва беҳаё сўзларни ишлатиши, турли хил (жисмоний, руҳий ва бошқа) зўравонликни (буллинг) кўрсатиши;
➡️ қонун билан тақиқланган, миллий ва умумбашарий қадриятларга хос бўлмаган ёки таълим муассасасининг фаолиятига тегишли, шунингдек, таълим муассасаси, ўқитувчи ва ўқувчиларнинг обрўсини туширишга қаратилган муносабатлар акс этган аудио ҳамда видеоматериалларни турли ижтимоий тармоқларга
жойлаштириши ёки ундан турли ғаразли мақсадлар йўлида фойдаланиши;
➡️ дарс жараёнида қулоқчинлар (наушник) орқали уяли алоқа воситалари ва турли хил аудио қурилмалардан фойдаланиши, дарс жараёнини уяли алоқа воситасининг камераси орқали тасвирга олиши;
➡️ таълим муассасаси компьютерларида таълим муассасасига тегишли бўлмаган
маълумотларни, шунингдек, қонун ҳужжатларида кўзда тутилган болаларнинг ёш хусусиятларига мос бўлмаган турли видеоматериаллар, тақиқланган диний маълумотлар, беҳаё суратлар, миллий, ирқий, этник, диний адоватни, зўравонликни тарғиб қилувчи, порнографик характердаги ҳар қандай видео, аудио ва фотоматериалларни тайёрлаши, сақлаши, фойдаланиши ва тарғиб этиши;
➡️ таълим муассасаси ҳудудида туғилган кун, Ўзбекистон қонунчилигида белгиланмаган турли байрам тадбирларини нишонлаши.
👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.
Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
Asaka tumanidagi "Nihol school" tillarga ixtisoslashgan boshlang'ich 1-4-sinflar uchun xususiy maktab.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⤵️
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Мазкур ўқув йилидан бошлаб мактабда ўқув-педагогик ҳужжатларни юритиш тўлиқ электрон шаклга ўтказилади
Хусусан, электрон баҳолар табели emaktab.uz платформасида автоматик тарзда шаклланади ва ота-оналар учун тизимдан юклаб олиш имконияти яратилади.
Бу орқали табелдаги баҳоларни ўзгартириш ва сохталаштиришнинг олди олинади.
✅Электрон шаклга ўтказиладиган ҳужжатлар:
➡️ Синф журнали;
➡️ Баҳолар табели;
➡️ Қолдирилган ва ўрни тўлдирилган дарсларни ҳисобга олиш дафтари;
➡️ Педагогик кенгаш баённомалари дафтари;
➡️ Ўқувчилар ҳаракати дафтари;
➡️ Шаҳодатномаларни ҳисобга олиш дафтари.
👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.
Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
⚡️545 та мактабда таълим сифати пастлиги белгиланган, мазкур мактабларга бориб ишласангиз қўшимча устама берилади
Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 26.03.2024 йилдаги 95-сонли буйруғи билан 2024-2025-ўқув йили учун таълим даражаси юқори бўлмаган мактаблар рўйхати тасдиқланди.
Мазкур мактабга бориб ишлайдиган педагогларга эса қўшимча устамалар тўлаб берилади. Ўтган йили шундай мактаблар рўйхати 642 та эди. Бу йил таълим сифати паст бўлган мактаблар сони 545 тани ташкил этмоқда.
🗂Буйруқ матни ва мактаблар рўйхати билан юқоридаги файлда батафсил танишишингиз мумкин.
👉 @Oylik_hisoblashbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.
Асосий каналимизга уланиш учун сўров қолдиринг 👇👇👇
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
/channel/+jdDEcMOPTegwNTc6
Navoiy innovatsiyalar universiteti 2024/2025 o‘quv yili uchun 2 milliard so‘m miqdorida grant o‘rinlarini e’lon qildi.
📌 Hoziroq ariza qoldiring va grant asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Undan tashqari:
- Chet el oliygohlarida o‘qishni davom ettirish imkoniyati
- 6 million so‘mgacha stipendiyalar
- To'lov shatnoma puli 8 milliondan boshlanadi
- Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari.
📨 Ariza topshirish
Bizning yo‘nalishlar
Batafsil ma’lumot: (55)500-00-43
Telegram | Instagram | Veb sayt
Maktablardagi B2 sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga yana bir yil muddat beriladi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).
Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan.
Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.
@metodmarkaz
#Sõragan_edingiz
B2 sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo‘shatiladimi?
Savol
#Расман
⚡️Контракт миқдорлари оширилди
Талабаларнинг 2024/2025-ўқув йили учун тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди. Контракт нархлари билан батафсил юқоридаги фотоларда танишишингиз мумкин.
👉 @metodmarkaz
⚡️ 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi
1. Buxoro viloyati — 75,9 ball
2. Toshkent shahri — 74,6 ball
3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball
4. Namangan viloyati — 68 ball
5. Xorazm viloyati — 68 ball
6. Navoiy viloyati — 67,2 ball
7. Samarqand viloyati — 67 ball
8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball
9. Jizzax viloyati — 65,5 ball
10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball
11. Toshkent viloyati — 64 ball
12. Andijon viloyati — 63,5 ball
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63,3 ball
14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball
👉 2024/2025-oʻquv yilida OTMlarga kirish imtihonlarida ball to‘plash bo‘yicha TOP–10 maktablar roʻyxati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabda pedagoglar yetarli bo'lsa ham direktor yana yangi o'qituvchini ishga olishga majbur(mi?)
Ko'pchilik obunachilarimiz o'qituvchilarning bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi endi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydimi deb savol bermoqda.
To'g'ri, haqiqatdan ham qonunchilik hujjatlarida shunday qoida mavjud. Bu haqda biz 2021 yil avgust oyida xabar berganmiz. Ammo bu yerda noaniqliklar mavjud. SHu sababli mazkur qoida mana ikki yildirki ishlagani yo'q.
Ta'lim tizimida bir-birini rad etuvchi normalar juda ko'p. Bunga esa na vazirlik na boshqasi izoh beroladi. Hamma jimgina indamay kuzatadi. Misol uchun, maktablarda kadrlar yetarli bo'lishiga qaramasdan joylarda hududiy aholi bandligiga ko'maklashish markazlari tomonidan vakant ish o'rinlari talab qilish holati kuzatiladi.
Direktor maktabda bo'sh ish o'rni yo'q desa, bandlik bo'limi xodimi, o'qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars mumkin emas, ana o'shalarning darsidan olib berasiz deb majburlaydi. Xullas, dars taqsimotini tartibga soluvchi nizomga amal qilay desa qonun hujjatlariga to'g'ri kelmaydi, o'qituvchilardagi ortiqcha dars soatlarni vakant sifatida ko'rsatmay desa, jarimaga tortiladi.
Vaholanki, ikki yil oldin Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qaroriga o'zgartirishlar kiritilib, unda «O'qituvchilarning tarifikasiya ro'yxati asosida ularga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo'lgan qismi bo'sh ish o'rinlari sifatida qayd etilmaydi» deb yozib qo'yilgan.
Ammo, buni hech kim tan olmaydi. CHunki, bu normaga qonun hujjatlariga zid deya baho berilgan. O'qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berish mumkin bo'lmasa, unda nima uchun “Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikasiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risida”gi (3271-sonli) nizom Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazilib, amaliyotga joriy qilindi degan savol ham ochiq qolgan.
Bu masalani Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan o'zaro kelishib olsa bo'ladi, lekin unday qilishmaydi. Buning ortidan ko'pchilik pedagoglar jabr ko'rib, qachonki kattaroq auditoriyaga ega bo'lgan OAVda e'lon qilinsa, keyin e'tibor qaratilsa kerak.
© Ulug‘bek Po'latov
@metodmarkaz