metodik_yordam | Неотсортированное

Telegram-канал metodik_yordam - METODIK YORDAM

14044

«METODIK YORDAM» kanaliga hush kelibsiz! ✔Ta'lim yangiliklari ✔️Dars ishlanmalar ✔️Testlar ✔Taqdimotlar ✔️Media mahsulotlar ✔️Ssenariylar ✔Kitoblar Kanal boshqaruvchisi: @Zafarbek_admin Reklama: @rek_info

Подписаться на канал

METODIK YORDAM

Xadeb serial ko'ravermasdan mana shunaqa fantastikayam ko'rib turinglar.
Ketgan trafikka achinmaysiz.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️​​Pedagoglarning mehnat ta’tili masalasi Respublika uch tomonlama komissiya tomonidan koʻrib chiqildi

Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha Respublika uch tomonlama komissiyasiga kelishish uchun kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tizimi xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tillari muddatlari” koʻrib chiqildi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar hamda takliflarni inobatga olgan holda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilingan.

Ayrim manbalarning aytishicha, Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi pedagoglarning ta’tilini 56 kalendar kun etib belgilash boʻyicha qaror qabul qilgan.

Amaldagi tartibga koʻra, endi pedagoglarning mehnat ta’tiliga oid Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishi kerak. Oʻylaymizki, mazkur qaror tez kunlarda imzolanadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

Maktablarning egasi bormi?

Oltiariq tumani 10-maktabdagi xolatga munosabat.

Umuman olganda maktablarga xoxlagan odamning kelib tekshiruv qilishi bu maktablar darvozasiz karvonsaroy bo'lib qolganligini, maktabga tekshirish deganda hech yo'q tekin tushlik yoki tekin choyxona ko'zga ko'rinadi.
Maqsad nima o'zi agar shunchaki yelkani tepasidagi boshni ishlatib qaralsa ro'mol aslida bir parcha mato xalos. Shu mato yoshlarning ta'lim olishiga qanchalik ta'sir o'tkazadi. Agar boshingiz ishlasa albatta buni tushunasiz.
Xo'sh qayoqdagi bir mahalla faoli maktabga kelib voyaga yetmagan qizlarga sen vatan xoinisan deyishi qaysi mantiqqa to'g'ri keladi. Na qonunga na o'zbekchilik na axloqqa to'g'ri kelmaydi. Direktor janoblari siz nima qilib o'tiribsiz maktabda. Kim kelsa quchoq ochib kutib olavermasdan keskinroq va qatiyatliroq bo'lmaysizmi.
Prezidentni o'zi ro'molga ruxsat deb turganida qolganlar kim bo'libdiki buni rad etsa. Yoki sizlar prezident siyosatiga qarshimisizlar? Shunda kim xoin ekanini qaytadan ko'rib chiqarmiz?
Endi ta'lim vazirligi qayoqqa qarayabdi? Maktablarga huquqiy ongi bor, dunyoqarashi kengroq shahslarni raxbar qilinglar. Yoki bu imkonsizmi?
Shu qizlarni sinf raxbari yoki maktabdagi ustozlar sizlar nima qildinglar? Qarsak chalib turdinglarmi?

Maktablarni egasi bormi o'zi ?

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi

Joriy yil umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻtkaziladigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Unga koʻra:

👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!» shiori ostida tashkil etiladi;

👉 tadbirga maktabdagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

👉 mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni koʻrish taʼminlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

👉 maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi;

👉 2022-2023-oʻquv yili davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;

👉 faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.

2022-2023-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taʼqiqlanadi:

👉 “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

👉 umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni oʻtkazish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari 3.3 mln soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi

Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyatini Yoshlar agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilangan boʻlib, mazkur yoʻnalishda eng yaxshi naʼmunali direktor oʻrinbosarlarini har chorakda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan BHMning 10 barobar miqdorida mukofot beriladi!

Asos: MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda imzolangan yuqoridagi fayldagi qoʻshma qarori.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

MAY OYIDAN BOSHLAB PEDAGOG XODIMLAR QANCHA OYLIK OLADI?

2023-yilning 1-may oyidan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

❗️May oyidan oshirilgan oyliklar boʻyicha hisoblanganda pedagog xodimlar quyidagicha oylik oladilar:

👉 Mutaxassis – 2 755 655 soʻm
👉 Oliy toifa– 3 798 940 soʻm
👉 Birinchi toifa – 3 437 739 soʻm
👉 Ikkinchi toifa – 3 085 098 soʻm (
👉 Oʻrta maxsus ma’lumotli – 2 575 883 soʻm

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish ham 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʻlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Kundalik.com: Endi o‘qituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kundalik.com tizimiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

❇️ “Kun uchun jurnal”da “dars o‘tkazildi” katagiga belgi qo‘yish mumkin bo‘ldi. Endi o‘qituvchilar “Kun uchun jurnal”da davomat va baholarni hamda darhol dars o‘tkazilganligini belgilashlari mumkin.

💻 O‘qituvchilar jurnalni “Kundalik”ning veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek Kundalik.Teacher ilovasida to‘ldirishlari mumkin.

🔰 Direktorlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Ma’naviyatni boshqarish, Maktab” hamda “Ma’naviyat boshqaruvi”, “Sinf rahbari uchun” davomat hisobotlari paydo bo‘ldi. Bu esa nazorat qiluvchi organlarga ma’lumotlarni uzatishni soddalashtiradi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Oʻquv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qoʻshimcha dam olish kunlari 21-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari boʻlmasligini, oʻquv jarayonlari joriy yilning 25-aprelidan boshlanishini maʼlum qilamiz.

Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan mavzular oʻquv yilining 4-choragi davomida tigʻizlashtirib oʻtilishi tavsiya etiladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

❗️Rasman: 4 kun ketma-ket dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga ko’ra, Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

👉 21-aprel, juma — Hayit bayrami;
👉 22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
👉 23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
👉 24-aprel, dushanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

❗️Surxondaryo viloyatida erkak o'qituvchi ayol oʻqituvchilarni kaltakladi

Aytishlaricha bu holat 14-aprel kuni Uzun tumani 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabida sodir boʻlgan.

Bosh prokuratura tomonidan maktab oʻqituvchilari ommaviy doʻpposlanganligi bilan bogʻliq videoyozuvdagi holat oʻrganilmoqda.

Manba: @uzaxborot24

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling


👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Oʻzbekistonda maktab direktorlari tanlov asosida tayinlanishi mumkin

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga videobayonot tarzida berilgan javobga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda”, — deyilgan bayonotda.

Ayni paytda maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish hokimlar boshchiligidagi mahalliy xalq deputatlari kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshirilmoqda.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Shu yildan maktabda olingan yakuniy baholar kirish imtihonlarida hisobga olinadi

Hukumat qarori bilan Ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o'rtacha ko'rsatkichini hisoblash va uni oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so'nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo'shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o'rtacha ko'rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig'indisini o'qitilgan fanlarga bo'lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o'tkaziladi:

👉 86-100% uchun – 5 baho;
👉 71-85% – 4 baho;
👉 56-70% – 3 baho va 56% gacha – 2 baho.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati

✅ 9-sinflar uchun
:
👉 Ona tili va adabiyot (yozma, bayon)
👉
Matematika (yozma)
👉
Oʻzbek tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun)
👉
Rus tili (taʼlim rus tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) (ogʻzaki)
👉
Tarix (ogʻzaki)
👉
Jismoniy tarbiya (amaliy)

✅ 11-sinflar uchun:
👉 Ona
tili va adabiyot (yozma, insho)
👉
Matematika (yozma)
👉 Oʻzbek tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun) (Taʼlim muassasasi tanlovi) (yozma va ogʻzaki)
👉
Chet tili (yozma va ogʻzaki)
👉
Oʻzbekiston tarixi (ogʻzaki)
👉 Oʻquvchining tanlovi boʻyicha (ogʻzaki)

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Toʻrtinchi chorak boʻyicha taʼlim sifati monitoringi quyidagi sinflardan olinadi.

Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 11-oktabrdagi 313-sonli buyrugʻi koʻra, oʻquv yilining yakuni boʻyicha taʼlim sifati monitoring jarayoniga 2-7-sinf oʻquvchilari amaliy fanlardan (musiqa, tasviriy sanʼat, texnologiya, jismoniy tarbiya) jalb qilinadi.

Bunda:

👉 2-4-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 20 talik (musiqa, tasviriy sanʼat, texnologiya, jismoniy tarbiya) fanlaridan har bir fan boʻyicha 5 tadan topshiriqlar shaklida oʻtkaziladi.

👉 5-7-sinf oʻquvchilaridan 2 variantda 40 talik (musiqa, tasviriy sanʼat, texnologiya, jismoniy tarbiya) fanlaridan har bir fan boʻyicha 10 tadan topshiriqlar shaklida oʻtkaziladi.

Taʼlim sifati monitoringini oʻtkazish tartibi aprobatsiya jarayonlariga, tajriba-sinov oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️Ushbu monitoring testlari may oyida oʻtkaziladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

«Oʻtgan kunlar» romanini kim yozgan edi?

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling


👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining "Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 125-sonli buyrugʻi.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv reja BUYRUGʻI va unga ILOVALAR bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

Таълим масканларида яна ҳижоб мавзуси...

Олтиариқ тумани, 10-умумтаълим мактабидан билдирги ёзишибди.

Сиз ҳижоб мавзусига қандай қарайсиз?

Каналга уланиш👇👇👇

Telegram | Instagram | ma-newsagency">YouTube

Читать полностью…

METODIK YORDAM

Direktor oʻrinbosarlari maktab direktori hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan imzolangan qoʻshma qarorga koʻra maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi.

Shuningdek, tashabbuskor, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatgan har tomonlama munosib direktor oʻrinbosarlari davlat mukofotlariga ham tavsiya etib boriladi.

Eslatib oʻtamiz, tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etgan respublika boʻyicha 200 nafargacha maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari har chorakda 3 mln 300 ming soʻm miqdorda Yoshlar ishlari agentligining maxsus jamgʻarmasi hisobidan ragʻbatlantirib boriladi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

❗️Endilikda ish haqini har bir kechiktirib berilgan kuni uchun ish beruvchi tomonidan pulli kompensatsiya toʻlanadi

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining 333-moddasiga koʻra, ish beruvchi ish haqi toʻlash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar boʻlishi belgilandi.

▪️Unga koʻra, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankning oʻsha vaqtda amalda boʻlgan asosiy stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar(pulli kompensatsiya)bilan birga toʻlashi shart!

Xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan pulli kompensatsiyaning miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining oʻn foizi miqdorida belgilanadi. Uning miqdorida jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin.

❗️Ish haqi toʻlanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelganda, ish haqi ushbu kunlar arafasida toʻlanadi.

◽️ Maʼlumot uchun, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

Манетта - ҳар йили 1 синф ўқувчиларига (халқ/бюджет пули хисобидан) бериладиган “Президент совғаси” учун 13,5 млрд сўмга қимматроқ харид ҳолати аниқланипти.

Кун.узнинг ёзишича Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлиги раҳнамолигидаги унитар корхона орқали 13,5 миллиард сўм бюджет пули туда-сюда бўбкетиш арафасида экан. (Бу сезилиб қолгани. Ҳали, ўтган йилларда нималар бўлгани номалум). 👉Батафсил

Энг қизиғи Мактабгача ва Мактаб таълими вазирлиги юқоридаги ҳолат бўйича изоҳ бермай, қочиб юрипти экан. Давлат даражасидаги бундай шубҳали “олди-бердилар” авваллари ҳам кўп кузатилган юртимизда. Лекин, бу сафаргиси ими-жимида ёпти-ёпти бўбкетмаслиги керак. Хеч йўқ шу таълим вазирликлари ўз жиғилдонларини жиловлай олишлари даркор ва шарт!

Юқоридаги ҳолат (халқ пулларининг шубҳали сарфланиши) юзасидан ММТВ вазири Хилола Умаровадан изоҳ талаб қиламиз!

@RaisBuva

Читать полностью…

METODIK YORDAM

Ingliz tilini online shaklda oʻrganib IELTS 7 natija olishni xohlaysizmi?

U holda navbatdagi bepul darslarda ishtirok eting!

📎 Productive School online taʼlim markazida navbatdagi bepul darslarga start berilmoqda!!!

🗒 Darslarning davomiyligi 1 hafta boʻlib ushbu darslarda siz ingliz tilini oʻrganishga doir foydali bilimlarga ega boʻlasiz. Shu bilan birgalikda IELTS olish uchun general Englishʼning ahamiyati, soʻz yodlashdagi muammolar va ularning yechimi, speaking va tarjima qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy darslar tashkillashtiriladi.

📊 Darslar 1 may soat 20:30 dan boshlanadi
Ishtirok etish mutlaqo bepul, shunchaki @productive_school kanalini kuzatib boring va oʻz bilimlaringizni rivojlantiring!

IELTS 7 masalasida hazillashmadik, o’quvchilarimiz orasida ushbu natijaga erishganlar bor!

[Productive_school — sifatli taʼlimning online timsoli

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Oʻquvchilar faqat o‘zlari yashaydigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda bu haqida ma'lum qilindi:

➡️ Oʻquvchilar faqat oʻzlari oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi.

➡️ Respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulugʻbek va Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishlari mumkin.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

Maktablarda oʻqish 25-apreldan boshlanadi

21-apreldan 24-aprelga qadar Oʻzbekistondagi barcha umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari boʻlmaydi, oʻquv jarayonlari 25-apreldan boshlanadi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

🌙Rasman: Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel kuni nishonlanadi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

IT va BIZNES sohasiga qiziqasizmi ?

Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang!

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

📥Hujjatlar 27-aprelga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

🎲 Universitetga kirish imtihoni 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.

🔗Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram

Читать полностью…

METODIK YORDAM

#Tezkor
⚡️9-11-sinflarga 2022-2023-oʻquv yili uchun imtihon javoblarini hoziroq yuklab oling!

👉 Tarix
👉 Fizika
👉 Kimyo
👉 Rus tili
👉 Ingliz tili
👉 Biologiya
👉 Geografiya
👉 Informatika
👉 Matematika


Boshqa fanlarni yuklash ⬇️
/channel/+LiOt5sqe34RiMjEy
/channel/+LiOt5sqe34RiMjEy

Читать полностью…

METODIK YORDAM

⚡️Oʻzbekistonda pensiya yoshini 65 yoshga oshirish tavsiya qilindi

Jahon bankiga koʻra, Oʻzbekistondagi demografik oʻzgarishlar va qariyalar sonining koʻpayishi pensiya tizimiga bosim koʻrsatmoqda.

«2025-yildan pensiya yoshini sekin 65 yoshgacha oshirishni nazarda tutuvchi 2021-2030-yillarga moʻljallangan Milliy ijtimoiy himoya strategiyasi doirasida qaror qabul qilish eng yaxshi variant boʻladi. Kelgusida bu demografik oʻzgarishlar bosimini kamaytirib, mehnatga layoqatli va pensiya yoshi oʻrtasidagi chegarani asta-sekin oʻzgartiradi. Ishchi kuchining demografik oʻsish salohiyati tugagunga qadar (2040-yillarning oʻrtalarida) buni amalga oshirish uchun mamlakatda vaqt boʻlishi juda muhim, chunki bu milliy raqobatbardoshlik masalasidir», deyiladi Jahon banki hisobotida.

Eslatib o'tamiz, hozirda pensiya olish huquqiga: erkaklar 60 yoshda - ish staji 25 yil bo'lganda, ayollar esa 55 yoshda - ish staji 20 yil bo'lganda ega bo'ladilar.

📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi

Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…

METODIK YORDAM

📌 Kundalik.com da o'quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S – sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M-surunkali dars qoldirish

Fan o'qituvchilar tomonidan qo'yiladigan ta'lablar!
S – sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

🧠 Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N - noma'lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;


📚 «METODIK YORDAM» kanaliga obuna boʻling

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEPOVqHKFHKTugKY_Q

Читать полностью…
Подписаться на канал